Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Theoretical bases of assessment of reading comprehension skills
in mother tongue education
Shohruh ABDIRAIMOV
1
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021
Native language education develops students’ speaking skills.
Determining and assessing the level of development of these
skills is a complex process. This article discusses what should be
considered in assessing the level of development of reading
comprehension skills, and what indicators should be used to
assess reading comprehension skills.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
assessment,
reading comprehension,
domain,
construction,
indicator,
test.
Ona tili taʼlimida o‘qib tushunish malakasini baholashning
nazariy asoslari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
baholash,
oʻqib tushunish,
mavzu doirasi,
kostruktsiya,
indikator,
test.
Ona tili taʼlimida oʻquvchilarning nutqiy malakalari
rivojlantiriladi. Mazkur malakalarning rivojlanganlik darajasini
aniqlash, baholash murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu
maqolada
nutqiy
malakalardan
biri
oʻqib
tushunish
malakasining rivojlanganlik darajasini baholashda nimalarga
eʼtobor berilishi kerakligi, aynan qanday indikatorlar bilan oʻqib
tushunish malakasini baholash maqsadga muvofiqligi haqida fikr
yuritilgan.
1
Lecturer, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, Tashkent,
Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
120
Теоретические основы оценки навыков понимания
прочитанного при обучении на родном языке
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
оценка,
понимание прочитанного,
предметная область,
конструкция,
индикатор,
тест.
Обучение на родном языке развивает у учащихся
разговорные навыки. Определение и оценка уровня
развития этих навыков – сложный процесс. В этой статье
обсуждается, какой из речевых навыков следует учитывать
при оценке уровня понимания прочитанного и какие
показатели следует использовать для оценки понимания
прочитанного.
Maʼlumki, matnni o‘qib tushunish, o‘zlashtirish jarayoni va bosqichlari haqida
tilshunoslikda ham, pedagogik o‘lchovlarga oid tadqiqotlarda ham matnni
o‘zlashtirishning muayyan boshqichlari aniqlangan va ilmiy tomondan isbotlanib dalillar
keltirilgan. Tadqiqotlardagi ilmiy farazlar bir-birini to‘ldiradi. O‘zbek tilishunosligida
psixolingvist olima I. Azimova
O‘qib tushunish
malakasiga to‘xtalib, matnni o‘qib
o‘zlashtirishni quyidagicha izohlaydi: “Matnni oʻqib tushunish murakkab psixolingvistik
jarayon boʻlib, grafemalarni tanish, soʻzni oʻqish, soʻzning lugʻaviy maʼnosini, kontekstual
maʼnosini anglash, sintaktik strukturani toʻgʻri hal etish (yaʼni, soʻzlarning oʻzaro
munosabati, qaysi soʻz gapdagi asosiy tushunchani, qaysilari unga tobe tushunchalarni
ifodalayotganini anglash), shuningdek, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini
tushunish kabi darajalardan iborat boʻladi”[1. B. 222]. Olimaning mazkur nazariy
qarashlari asosida matnni o‘zlashtirish harfni tanish → so‘zni o‘qish → so‘zning ma’nolarini
anglash → gap bilan bog‘liq grammatik hodisalarni qabul qilish → matnning umumiy va
qismlarini anglash kabi jarayonlardan iborat deyishimiz mumkin.
Jahon tilshunosligida Kolin M. Braun, P.Xagurt, M.Kutaslar matnni tushunishni
quyidagi darajalarini farqlaydilar:
a) signalni boshqa signallardan farqli o‘laroq nutqiy signal sifatida anglash;
b) signalning tarkibiy qismlarga segmentatsiyasi;
v) segmentatsiya qilish jarayonining mahsuliga asoslangan holda mental leksikonga
chiqish;
g) leksikondan mos so‘zni tanlash;
d) oxirgi so‘zni hisobga olgan holda gap uchun mos grammatik strukturani tuzish;
e) gap tarkibidagi so‘zlar o‘rtasida semantik aloqani o‘rnatish[2.881].
Darhaqiqat, mazkur nazariy qarash ham matnni o‘zlashtirish bir-birini davom
ettiruvchi murakkab jarayonligini dalillaydi.
Mazkur qarashlarni birlashtirgan holatda shunday xulosaga kelishimiz mumkinki,
matnni tushunish, uni idrok qilish, o‘zlashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi.
(1-rasm) Ammo hammada ham bu bosqichlar tartibli amalga oshmaydi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
121
1-rasm. Matnni o‘qib tushunish bosqichlari
Modul sifatida keltirilgan mazkur matnni o‘qib tushunish bosqichlari baholash
mezonlarini belgilashda alohida hisobga olinishi lozim.
Baholash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning hisobotlarida, pedagogik
o‘lchovlarni takomillashtirish yuzasidan tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarning ilmiy
materiallarida o‘qib tushunish malakasini baholash mezonlarini hamda domen, sub-
domen, konstruktlarni belgilash yuzasida bir qancha tavsiyalar berilgan. Xususan, bizda
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro
tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash” metodik qo‘llanmasida
matnni tushunish darajasini baholashda quyidagi o‘rinlarga diqqat qaratilishi keltirib
o‘tiladi[3.92]:
–
matndan tegishli ma’lumotni qidirish va tanlash;
–
matnni tushunish;
–
matnning juz’iy ma’nosini ifodalashni o‘rganish;
–
integratsiya qilib matn yaratishni ifodalash;
–
matnni sifat va ishonchliligini baholash;
–
matnda ifodalangan shakl va mazmun haqida mulohaza yuritish;
–
tafovutlarni aniqlash va ular bilan ishlash.
Mazkur talablardan bilinib turibdiki, ona tilidagi matnni o‘qib tushunish darajasini
aniqlash matnni ta’sirchan va ifodali o‘qish jarayonini tekshirish emas, balki o‘qilgan
matnni idrok qilish, fahmlash va real hayotda qo‘llay olish bilan bog‘liq ko‘nikma va
malakalarni baholash jarayonidir.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
122
Jahon til o‘qitish metodikasida matnni o‘qib tushunish malakasini baholash o‘tgan
asrning 60-yillaridan boshlab ta’lim jarayonida keng qo‘llanila boshlagan. Buning omili
sifatida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasi, o‘qish savodxonligi yuqori bo‘lgan
yurtlarda iqtisodiy-ijtimoiy o‘sish yuqorilashgani qayd etilgani keltiriladi. Hozirgi kunda
o‘qib tushunish ko‘nikmasini, umuman savodxonlikni, amaliy ko‘nikmalarni baholash,
tahlil qilish va o‘quvchilarning savodxonlik darajasi bo‘yicha xalqaro reytinglarni tuzish
bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur dalillar ham
ona tili o‘qitish metodikasining oldida o‘quvchilarning o‘qib tushunish malakasini
rivojlantirish metodikasi va baholash mezonlarini yaratish dolzarb masalalardan bir bo‘lib
turganligini ko‘rsatadi.
J.Ch. Alderson “O‘qib tushunish malakasini baholash” qo‘llanmasida tilni
egallaganlik darajasini baholovchi xalqaro tashkilotlarning baholash mezonlarini qiyoslab
chiqib, baholovchi konstruktlar ikki guruhga ajratilishini qayd etadi[4.128].
1.Umumiy konstruktlar.
2. Analitik konstruktlar.
Shuningdek, olimning o‘qib tushunish malakasini baholovchi konstruktlarini
umumlashtirib quyidagicha belgilashimiz mumkin:
–
matndagi aniq ma’lumotlarni topa olish;
–
matndagi ma’lumotlarni anglash;
–
matn mazmunini, voqealar ketma-ketligini aniqlash
–
muallif ko‘zlagan asosiy g‘oyani topish;
–
matnning asosiy mavzusini va konsepsiyasini aniqlash;
–
matndagi g‘oyalar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash, taxmin, sabab, ta’sir,
yechimlarni idrok qilish;
–
matndagi dalillarni, fikrlarni, ta’riflarni, natijalarni farqlash va taqqoslash;
–
matndagi fikrlarni, dalillarni baholash, uning kamchiliklarini aniqlash;
–
matnga mavzusi, konsepsiyasi va dalillari asosidan munosabat bildirish;
–
matndagi dalillar asosida mantiqiy xulosalar chiqarish;
–
matndagi asosiy g‘oyani tushunish
–
matn maqsadini aniqlash;
–
matn mazmunini amaliyotda qo‘llay olish.
Mazkur nazariy qarashlarni umumlashtirib, tadqiqotlarimizga tayanib ona tili
ta’limida matnni o‘qibtushunish malakasini baholashda quyidagi indikatorlar
(konstruktlar)ga asoslanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:
–
matnda aniq ifodalangan ma’lumotni (raqam, nom va hokazo) topa olish va
tushunish;
–
matndao‘z ma’nosida ishlatilgan leksik birliklarning ma’nosini tushunish;
–
matnda ko‘chma ma’noda ishlatilgan leksik birliklarning ma’nosini tushunish;
–
matndagi ibora, maqol, hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish;
–
matn qismlarini bog‘lovchi vositalar ma’nosi va ularning matndagi vazifasini
tushunish;
–
matnning grammatik qurilishini anglash;
–
matnda ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni tushunish;
–
matndagi chizma va diagrammalarda berilgan vizual ma’lumotlarni anglash;
–
matndagi verbal va vizual ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunish;
–
matndagi mazmuniy bog‘lanishlarni anglash;
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
123
–
matnning yoki uning qismlarining umumiy ma’nosini tushunish;
–
matnda muallif maqsadini aniqlash;
–
matn g‘oyasini anglash;
–
matn mazmunini tushunish va talqin qila olish;
–
matndagi fikrlar va muallif nuqtayi nazarining aniqligini baholay olish;
–
matndagi ma’lumotlarni tashqi ma’lumotlar bilan bog‘lab tahlil qila olish;
–
matndan olingan ma’noni o‘zining borliq haqidagi tasavvurlari bilan bog‘lash;
–
matnni o‘qib tushunib hayotiy muammolarni hal qila olish, unga yechim topa
olishi;
–
matnni o‘qib tushunib, real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish;
–
matn mazmunidagi ziddiyatlarning sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash
hamda o‘z g‘oyalarini taqdim eta olish.
Matnni o‘qib tushunish metakognitiv jarayon boʻlib, ona tilidagi matnlarni oʻqib
tushunish malakasini baholashda matnni oʻqib tushunish darajalarining barchasini
qamrab olish maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz.
Xulosa qilib aytganda, ona tili taʼlimida oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish
malakasini baholash, oʻquvchilarda insonlarni tushunish, voqelikni fahmlash, hayotiy
vaziyatlarni idrok qilish koʻnikmasini rivojlantiradi. Bu esa koʻplab muammolarga yechim
topa olish, jamiyat farovonligi, xalq birdamligi, totuvligiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
I. Azimova, Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik
asosi. Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –
Toshkent: PRINT 25, 2019. – B. 215–224.
2.
Brown Colin M., Hagoort P., Kutas M. Postlexical Integration Processes in Language
Comprehension: Evidence from Brain- Imaging research // The New Cognitive
Neurosciences. Ed. Michael S. Gazzaniga.Massachusetts Institute of Technology, 2000. – Р. 881.
3.
Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash (Ona tili va
adabiyot fani o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma).
Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazi. – Toshkent, 2019. – B. 92.
4.
J. Charles Alderson.Assessing Reading.Cambridge University Press 2000. – P. 398.
5.
Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari. – T.: Akademnashr, 2020, – B. 252.
6.
Abdiraimov Sh.S. Theoretical fundamentals of mother tongue level assessment.
Academia: An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 10, Issue 12,
December 2020. 10.5958/2249-7137.2020.01751.6.
7.
Meena Singhal. Effective Methods of Assessing Reading Comprehension.
https://medium.com/age-of-awareness/effective-methods-of-assessing-reading-
comprehension -b2ace7f5f9a0
