Авторы

  • Шохрух Абдираимов
    преподаватель, Ташкентского государственного университета Узбекского языка и литературы имени Алишера Навои, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp379-385

Ключевые слова:

художественный текст оценка контрольные задания критерии оценки понимание прочитанного

Аннотация

В статье анализируются и комментируются критерии оценки умения читать и понимать художественные тексты при обучении на родном языке и методика выполнения заданий.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Assessment of literature textile skills in mother tongue teaching

Shohruh ABDIRAIMOV

1


Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021

The article provides analysis and comments on the criteria for

assessing the ability to read and comprehend literary texts in
mother tongue education and the methodology of assignments.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Reading comprehension,
literary text,
assessment,
test assignments,
assessment criteria.

Ona tili ta’limida badiiy matnni o‘qib tushunish malakasini
baholash

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Oʻqib tushunish,
badiiy matn,
baholash,
test topshiriqlari,
baholash mezonlari

Maqolada ona tili taʼlimida badiiy matnni oʻqib tushunish

koʻnikmasini baholash mezonlari va topshiriqlar metodikasi
yuzasidan tahlillar va mulohazalar keltirilgan.

Оценка навыков чтения и понимания литературных текстов
в обучении родному языку

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Понимание прочитанного,
художественный текст,
оценка,
контрольные задания,
критерии оценки.

В статье анализируются и комментируются критерии

оценки умения чтения и понимания художественных
текстов при обучении родному языку и методика
выполнения заданий.

1

Lecturer, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, Tashkent, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

380

Ona tili taʼlimida matn ustida ishlash oʻziga xos jarayon boʻlib, oʻquvchi matn orqali

til ifoda imkoniyatlarini samarali oʻzlashtiradi, oʻrganadi. Shuning uchun avvalo “matn”
tushunchasiga toʻxtalsak, Oʻzbek tilining izohli lugʻatidamatnga quyidagicha izoh beriladi.
“Matn [arabcha –

yelka, nutqning yosuvdagi ifodasi, tekst

] 1. Yozuvda yoki bosma holda

shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat” [8. B. 557]. Ilmiy manbalarda esa unga
shunday izoh beriladi: “Matn – nutq koʻrinishi boʻlib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy
butunlikdir” [5. B. 5]. Darhaqiqat, matn – tilning ifoda imkoniyatlarini toʻla oʻzida aks
ettiradigan kommunikativ birlik hisoblanadi. Shu bois til taʼlimi autentik matn asosida olib
borilsa, oʻquvchilar real kommunikativ jarayonlarga tayyor boʻlib boradi. Bu esa,
bizningcha, maqsad muvofiq hisoblanadi.

Ma’lumki, ona tili ta’limida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va

baholash alohida e’tiborni talab qiladigan jarayon hisoblanadi, chunki ona tili taʼlimida
“biror matn tilshunoslik fani nuqtayi nazaridan tekshirilar, biror adabiy til kategoriyalari
– leksik, fonetik, morfologik va sintaktik birliklardan qay darajada foydalanganliklari
nuqtayi nazaridan oʻrganiladi”[5. B. 8]. Amaldagi holatni ham tahlil qilib chiqqan olima
I. Azimova ham oʻzining tadqiqotida quyidagicha izohlaydi: “5-sinfdan keyin matnni
tushunish faqat adabiyot darslari bilan cheklanadi. Ona tili darslarida ham baʼzan matndan
parchalar beriladi, ammo ular bevosita oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantirishga
qaratilmagan. Adabiyot fani badiiy matn bilan ishlaydi Badiiyat obrazlar bilan ish koʻrar
ekan, unda matnda qoʻllangan vositalarni toʻgʻri dekodlash masalasiga alohida eʼtibor
qaratilmaydi” [1. B. 220–221]. Shuning uchun ham ona tili ta’limida o‘quvchi uchun badiiy
matnni nazariy tahlilqilish koʻnikmasini shakllantirish emas, balki matnning ifoda-
mazmuni, yaʼni uni toʻgʻri dekodlash – idrok qilish ahamiyatli hisoblanadi. Shuni ham
taʼkidlashimiz kerakki, amaldagi ona tili ta’limida o‘quvchilarimizda o‘qib tushunish
malakasini shakllantirish – matn ustida ishlash deyilganda faqat badiiy matn, ustiga ustak,
asosan, mumtoz va didaktik matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi shakllantirish nazarda
tutilmoqda. Bu, bizningcha, maqsadga muvofiq emas. Negaki, umumta’lim maktablaridagi
o‘quvchilarning hammasi ham kelajakda filolog bo‘lmaydi. Shuni alohida hisobga
olishimiz, darsliklarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirayotganimizda ham
umumiy jihatidan yondashishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun badiiy
matnni o‘qib tushunish malakasini baholash jarayonida quyidagi ko‘nikmalarni
tekshirishga va o‘quvchilarda aynan shu koʻnikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratsak,
kutilgan natijani beradi deb o‘ylaymiz. Shulardan kelib chiqib, “Ona tili” darslarida badiiy
matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirishda quyidagi ko‘nikmlarni shakllantirish
lozim bo‘ladi:

– ko‘chma ma’noda ishlatilgan leksik birliklarning ma’nosini anglash;
– mantndagi ibora, maqol, hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish;
– matnda qo‘llangan sintaktik birlikning vazifasini anglash;
– matnda ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni idrok etish;
– asar obrazlariga tavsif berish;
– matnning yoki uning qismlarining umumiy ma’nosini tushunish;
– matn bilan ishlayotganda o‘zlarining shaxsiy fikrlari va tajribalaridan foydalana

olish;

– matn keltirilgan voqea-hodislar o‘rtasidagi “sabab-oqibat-yechim”, “shakl va

mazmun mutonosibligi”, “inkorni inkor qilish”, “qiyoslash”, “izchillik” kabi falsafiy
qonuniyatlarni anglash;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

381

– matnda muallif maqsadini aniqlash;
– mant g‘oyasini anglash;
– matn mazmunini tushunish va talqin qila olish;
– matndagi fikrlar va muallif nuqtayi nazarining aniqligini baholay olish;
– matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tatbiq qila olish.

Mazkur koʻnikmalarni rivojlantirishda esa turli topshiriqlardan: qisqa javobli ochiq

testlar, koʻp variantli test topshiriqlar, moslashtirishni talab etadigan topshiriqlar, “binar”
testlar va batafsil javobni talab etadigan ochiq test topshiriqlaridan foydalanish nihoyatda
samarali boʻladi.

Quyida badiiy matnni o‘qib tushunish malakasini baholashda foydalanish mumkin

boʻlgan autentik matn asosida tuzilgan topshiriq namunalarini keltiramiz va ularni tahlil
qilib chiqamiz.

QUYIDA KELTIRILGAN MATNNI O‘QING VA U ASOSIDA BERILGAN

1–8-TOPSHIRIQLARNI BAJARING.

“O‘ZBEKNING SODDASI”
O‘shanda sakkiz yoshlarda edim. Ikkinchi sinfda o‘qiyotgan bo‘lsam ham zehnim

o‘tkir ekanmi, savodim chiqib qolgan, ya’ni otam aytib tursa, men fakturasini yozib
borardim. Otam rayon matlubot jamiyatida magazinchimi, bir nima bo‘lib ishlar edi. U kishi
shunday katta ishda tursalar ham, jussalari mendaqaning o‘ntasiga teng kelsa ham,
savodlari haligidaqa edi. Lekin otamni mahalla ahli hurmat qilar, u kishi bilan “Polvon
bobo” deb so‘rashishar...

Biz yoz oqshomlari alla-pallagacha gurunglashib o‘tirardik.Otamning oshnalari

kelganda, muk tushib, doston o‘qishar, navbat bilan do‘mbira chertishar, momom ham
qozon boshidan jilmasdi. Esimda: biznikilar ayniqsa, “Alpomish” dostonini sevishar edi.
Yusuf degan bir tanishimiz bo‘lardi, uyga keldimi, lo‘labolishni o‘mroviga tortib, shu
dostonni o‘qishga boshlar edi. Men jiddiy quloq solib o‘tirar, keyin uxlab qolganimni bilmas
edim, ertalab supa pastidagi yog‘och karavotda ko‘rardimo‘zimni.

O‘sha kecha uyimizda mehmon ham yo‘q edi. Otam ham qayoqqadir ketib,

kelavermadi...

Men zerikib, karavotimga chiqib yotdim. Bir mahal uyqu aralash payqab qoldim:

supada g‘o‘dir-g‘o‘dir gap bo‘lyapti. Ayniqsa, enamning ovozi baland-baland chiqardi.
Otam bosiq, lekin u ham ba’zan “E! E!” deb qo‘yardi, men shunda beixtiyor hushyor bo‘lib
ketdim. Otamning odatlari qiziq-da: meni hech vaqt “To‘raboy, ke!” deb chaqirmaydi,
shunchaki, “To‘raboy!” deb qo‘ya qoladi, demak, bu – beri ke, deganlari ham bo‘ladi. “Ulim!”
deb qo‘yardilar, vassalom, men yugurib borishim kerak. Otam singillarimni ham “ulim” deb
chaqirardi... U kishining “E!” deganini ko‘p eshitganman. Dashtda bir sigirimizni cho‘pon
o‘ziniki qilib, “bo‘ri yedi”ga chiqargan ekan. Shunda enam cho‘pondan sigirimizni undirish
haqida ko‘p gapirgan. Otam: “E! E!” deb turib, qo‘l siltagan edi. Shundan keyin enam otamga
gap kor qilmasligini bilib, cho‘ponni qarg‘ay-qarg‘ay tinchigan edi.

– E! – dedi otam birdan baqirib. – Shu pul bilan biri ikki bo‘larmidi, kampir?
– Siz shunday deysiz-da, hoy! – dedi enam. – Dashtdagi mol ham sanoqli qolgan, biz

uni qaytib to‘laymiz! O‘ylaysizmi?


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

382

– Mol sizlarga, – deb to‘ng‘illadi otam. – Men endi manglayda borini ko‘raman,

kampir! E, gapirma! – otam qizishib ketdi: – Nima qilay? Selpo raisi o‘g‘irlik qildi, savodim
yo‘q, meni go‘l bilib, shuncha pulga tushirdi, yordam qilinglar, deb arzga boraymi? – E, men
bu ishti qilolmayman! Insofi bo‘lsa, o‘ylab ko‘radi, kampir! Olti bolam bor, ko‘rib turibdi
o‘zi. Nokaslik qilmas.

– O, sho‘r boshim, sho‘rgina boshim! – dedi enam kuyinib va idishlar taraqlab ketdi:

– Siz arz qilmasangiz, men qilaman! Ertalab milisaga boraman, tekshirib ko‘ringlar, bu
odam selpodan hech mahal muncha pul olgani yo‘q, fakturayam tuzgani yo‘q. Tuzgan
bo‘lsa, kopiyasi o‘zida bo‘lardi-da!.. Bu odamni o‘sal qilib, o‘zlari padlo‘k dakumit tuzgan,
shuncha pulni buning bo‘yniga urgan! Tekshirib ko‘ringlar. Buning pakturalarini o‘g‘lim
yozib berardi, uniyam keltirib so‘roq qilinglar, deyman!

Otam jimidi. Men bu gaplarning ma’nosiga tushunmas edim. Biroq kimdir otamni

aldagani, uning boshida xavf borligini sezdim. Biz bolalar tayyorga ayyor bo‘libo‘sar edik:
oilada paydo bo‘ladigan qiyinchilik, kamchilikni ota-onamiz tuzatar, to‘ldirar edi. Bizga
o‘yin bo‘lsa, yonboshlab yotib doston eshitish bo‘lsa yoki pistaga pul bo‘lsa bo‘ldi edi.

Men otamga faktura yozib berganlarimni eslab, ichimda xursand bo‘lib, ko‘rpaga

o‘raldim. …

Otamning oxirgi so‘zi shu bo‘ldi:
– E, kampir, boshimni qotirma. Men aytdim aytgichimni unga. Nomard ekansan, uka.

Mayli, shu o‘tirikpuldideb ket, lekin biring ikki bo‘lmasin. Bir kuni seni bolalaring ham ota
deb qolsin, dedim. Bo‘ldi shu gap, kampir. Yurakti bo‘shatdim. Agar hayvon emas, odam
naslidan bo‘lsa, keladi u – ukkig‘ar!

O‘rtoqlarim bilan so‘kishib yurganlarimni esladim, otam: “O‘zbekning gapi bir

bo‘ladi”, degich edi. Men yana, hamma vaqt bir so‘zli bo‘lishni o‘yladim. So‘ng nima
uchundir shu tobda otamning tutgan yo‘lini to‘g‘ri deb bildim va keyin uxlab qoldim.

Yopiray! Juda notinch bo‘ldi-da, bu kecha!
Yana uyg‘onib ketdim: supada g‘o‘dir-g‘o‘dir gap-so‘zlar qulog‘imga yetmasidan

qozonda jiz-biz bo‘layotgan go‘shtning hidi dimog‘imga yetdi. Hayron bo‘lib, boshimni
ko‘tardim. Dashtdan otamning oshnalari kepti deb o‘ylagan edim. Yo‘q, lampa yoritib
turgan dasturxonning bir tomonida matlubot jamiyatining raisi cho‘kka tushib o‘tirar, u
otam bilan kulishar edi. Enam o‘choq boshida.

Men bu odamni yaxshi tanir edim, qachon otamga ergashib uning omboriga borsam,

shu kishini ham ko‘rardim, u burchak-burchakda uyilib yotgan yong‘oq, olmaqoqi va
olchaqoqilardan hovuchlab olib hidlar, so‘ng sochib tashlab, kaftlarini bir-biriga urib
qoqar, keta turib, menga qoshini uchirib qo‘yar edi. Lekin uyimizga hech kelmagan edi.

Qovurdoqning hididan uning hali yetilib pishmaganini sezdim. Uyda mehmon

borida dasturxondan chetda tur, hadeb o‘rtaga qo‘l uzataverma, bir ishora qil, o‘zim
beraman, xohlagan narsangni,der edi enam. Men o‘zimning uyg‘oq ekanimni enamga
qanday bildirsam deb o‘ylab turgan edim, ular yana kulib yuborishdi. Shunda otamning
oqshomgi kayfiyatini eslab, ishi o‘ngidan kelgani – tutgan yo‘li to‘g‘ri chiqqaniga ishondim
va xursand bo‘lib ketdim. Enamga tikilaman, harakatlaridan u kishining ham kayfi chog‘
ekani bilinib turibdi.

Lekin baribir turishga jur’at etolmadim.
– Ha, Polvon aka, menga yomon ta’sir qildi gapingiz, – dedi rais. – Men shuncha

yoshga kirib, bunday gapni eshitmagan edim. Yashirmayman, mard odamsiz, tushunasiz...
Bunday ishlar avval ham bo‘lgan. Lekin birovi ham o‘zimga havola qilib ketmagan edi.
Odamga ta’sir qilar ekan, men ham odam bolasiman... Ana, faktura, dela! Yangamga bering,
yoqib yuborsinlar. O‘tgan ishga salovat, Polvon aka.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

383

Men karavotdan sekin tushib, o‘choq boshiga chopdim.
– Suv ichaman, suv – dedim enamga.
– Go‘sht-chi, yemaysanmi, bolam? – dedi enam.
Men tirjayib, cho‘nqaydim. Shunda rais meni chaqirib, qoshini chimirdi. Men

o‘rnimdan turib salom berdim.

– Berman ke, ulim, berman ke! – dedi otam. Bunday vaqtda borishim kerak. Enam

ham yelkamga qoqdi. Otam yoniga o‘tqazib:

– Sher ulim! – dedi. – Uxlamadingmi?..Endi go‘shtdan yeysiz-u kirib uxlaysiz. Xavotir

olma, bolam! Mard odamning sadag‘asi ketsang arziydi. Mana, amaking ham mard chiqib
qoldilar...

Ular kulishdi. Shunday qilib, bu notinch kecha o‘tdi.
Hozir men o‘sha kecha, o‘sha suhbatlardan yigirma besh yil beridaman. Ularni

tushdagidek eslayman. … (866 ta so‘z)

Shukur Xolmirzayev, 1972


Quyidagi savollarga matn asosida javob bering.
Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko‘chiring.


1. Ajratib ko‘rsatilgan

“muk tushib”

iborasining matndagi ma’nosini aniqlang.

Javob:

________________________________________________________________________________________

Mazkur test topshirig‘i orqali o‘quvchining mantndagi iboraning ma’nosini

tushunish ko‘nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o‘quvchilarda matnda
qo‘llangan ibora, maqol, hikmatli so‘zlarning ma’no, mazmunini idrok etish, fahmlash
ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

2. Hikoyada Polvon tog‘aning ayoli nutqida keltirilgan

“O, sho‘r boshim, sho‘rgina

boshim!”

jumlalari asosida uni qanday ayol deyish mumkin?

A. Nohaqlikka chiday olmaydigan kuyunchak ayol
B. Qanoatli, har narsaga rozi bo‘luvchi, itoatkor ayol
D. Boriga qanoat qilmaydigan, noshukr ayol
E. Gapga chechan, ko‘p gapiradigan ayol

Mazkur test topshirig‘i orqali o‘quvchining matnda qo‘llangan sintaktik birlikning

vazifasini anglash ko‘nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o‘quvchilarda
matnda qo‘llangan sintaksis birliklarni mazmun-mohiyatini idrok etish, uning matndagi
ishoraviy ma’nolarini fahmlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

3. Matnda ajratib ko‘rsatilgan

“o‘tirik”

so‘zining ma’nosini aniqlang.

A. qalbaki
B. bir martalik
D. mehnat qilib topilgan
E. aldov bilan topilgan

Mazkur test topshirig‘i orqali o‘quvchining ko‘chma ma’noda ishlatilgan leksik

birliklarning ma’nosini anglash ko‘nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali
o‘quvchilarda matnda qo‘llangan so‘zlarning lisoniy na nutqiy ma’nolarini tushunish, idrok
qilish kabi ko‘nikmalar rivojlantiriladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

384

4. Rais nima uchun kechki payt Polvon tog‘anikiga kelib qilgan ishidan

pushaymonligini bildirdi?

A. Palvon tog‘a bilan orasi yomonlashib ketishini xohlamagni uchun.
B.O‘zining kirdikorlari ochilib qolishidan qo‘rqqani sababli.
D. Palvon tog‘a og‘irlik qilmaganiga ishongani uchun.
E. Haqiqiy aybdorlar, o‘g‘rilar aniqlanganligi sababli.

Mazkur test topshirig‘i orqali o‘quvchining matn keltirilgan voqea-hodislar

o‘rtasidagi “sabab-oqibat-yechim”, “shakl va mazmun mutonosibligi”, “inkorni inkor
qilish”, “qiyoslash”, “izchillik” kabi falsafiy qonuniyatlarni fahmash, idrok etish ko‘nikmasi
baholanmoqda. Bu ularda real hayotni anglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

5–6. Berilgan obrazlar va unga aloqador tavsiflarni o‘zaro moslashtiring.
ESLATMA! Javob variantlaridani ortiqchasi bor.

Ularga berilgan tavsiflar

Obrazlar

5. Yomonlikni o‘ylamaydigan, hammaga Ollohdan insof tilaydigan, doim
yaxshilikni ko‘zlaydigan bir so‘zli inson. ________________________________________

6. O‘zgalar mol-mulkini o‘ziki qilib o‘zlashtirib olgan, harom-xarishdan ham
qaytmaydigan inson. _____________________________________________________________

A. Cho‘pon

B. Rais

D. Palvon tog‘a


Mazkur test topshirig‘i orqali o‘quvchining asar obrazlariga tavsif berish, matnning

yoki uning qismlarining umumiy ma’nosini tushunish ko‘nikmasi baholanmoqda. Bunday
topshiriqlar orqali o‘quvchida matndagi qahramonlarning o‘ziga xosliklari orqali o‘rnak
olish, xatolari orqali ular qilgan xatolarni takrorlamaslik kabi hayotiy ko‘nikmalar
rivojlantiriladi.

7. Quyidagi qaysi hukm matn mazmuniga MOS EMAS?

A. Bola o‘z otasining tutumi, xarakterini, tanlovini har doim to‘g‘ri deb bilgan.
B. Ba’zi insonlarning boylik orttirish uchun har narsadan toymasligi keltirilgan.
D. Bola tarbiyasining o‘zbeklargagina xos bo‘lgan xususiyatlar ham aks ettirilgan.
E. Polvon tog‘aning mardligi muammolarining hal bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur test topshirig‘i orqali o‘quvchining matnning umumiy ma’nosini tushunish

ko‘nikmasi baholanmoqda. Bunday topshiriqlar orqali o‘quvchida matnni to‘liq
o‘zlashtirish, uning tarkibidagi mazmuniy bog‘lanishlarni fahmlash kabi ko‘nikmlar
rivojlantiriladi.

8.Muallif hikoyada “O‘zbekning soddasi” deb kimni nazarda tutyapti? Bu soddalikmi?

ESLATMA. Fikrlaringizni lo‘nda, ixcham ifodalang, 20 ta so‘zdan oshib ketmasin.

Javob:________________________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________________________

Mazkur test topshirig‘i kengaytirilgan javobni talab qiladigan topshiriq bo‘lib,

uorqali o‘quvchining matnda muallif maqsadini aniqlash, matn g‘oyasini anglash, matn
mazmunini tushunish va talqin qila olish, matndagi fikrlar va muallif nuqtayi nazarining
aniqligini baholay olish, matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tatbiq qila olish
kabi ko‘nikmalarni baholanyapti Bunday topshiriqlar orqali o‘quvchida real hayotni


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415

385

anglash, hayotdagi har bir voqelikning mohiyatini idrok eta olish kabi ko‘nikmalar
rivojlantiriladi.

Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarning ona tilidagi badiiy matnlarni o‘qib tushunish

malakasini baholash jarayoninida foydalaniladigan topshiriqlar mazmuni va metodikasi
alohida e’tibor berish shart

.

Negaki, oʻquvchilar til o‘rganuvchisi emas, balki yetkazuvchisi,

til sohibi hisoblanadi. Agarda yetarli darajada e’tibor berilmasa, teskari natija berishi
mumkin. Shu bilan birga, ona tili taʼlimida badiiy matnni oʻqib tushunish malaksini
baholashda topshiriqlar tuzish uchun autentik matnlardan foydalanish lozim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Azimova I., Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik

asosi. Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –
Toshkent. PRINT 25, 2019, – B. 215–224.

2.

Ismailov A. v.b,. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini

baholash. – Toshkent, «Sharq», 2019. – B. 92.

3.

J. Charles Alderson. Assessing Reading.Cambridge University Press 2000.

4.

Jalilov K. Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent, Akademnashr, 2020. – B. 252.

5.

Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. – Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1995. – B. 87.

6.

Mavlonova K., Hakimova N. Ona tili darslarida o‘qish savodxonligini egallash

imkoniyatlari. Oʻzbek tilshunosligini rivojlantirishning dolzarb muammolari. Res. ilm.
amal. konf. mater. – Toshkent, Oʻzkitobsavdo nashriyoti, 2020. – B. 340. – B. 217–224.

7.

Yoʻldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.

8.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 3-tom. – Toshkent, Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2006. – B. 671.

9.

Shukur Xolmirzayev. “O‘zbekning soddasi”. Hikoya. https://n.ziyouz.com/portal-

haqida/xarita/uzbek-nasri/shukur-xolmirzayev-1940-2005/shukur-xolmirzayev-o-
zbekning-soddasi-hikoya.

Библиографические ссылки

Azimova I., Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi. Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –Toshkent. PRINT 25, 2019, 215-224-bet

Ismailov A. v.b,. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash. – Toshkent, «Sharq», 2019, 92 b.

J. Charles Alderson.Assessing Reading.Cambridge University Press 2000.

Jalilov K.. Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent, Akademnashr, 2020, 252 b.

Lapasov J.. Badiiy matn va lisoniy tahlil. –Toshkent, “Oʻqituvchi”, 1995. 87 b.

Mavlonova K., Hakimova N.. Ona tili darslarida o‘qish savodxonligini egallash imkoniyatlari. Oʻzbek tilshunosligini rivojlantirishning dolzarb muammolari. Res.ilm.amal.konf. mater. – Toshkent, Oʻzkitobsavdo nashriyoti, 2020. 340 b. –B. 217–224.

Yoʻldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 3-tom. – Toshkent, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. 671 b.