Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Thoughts on ownership and entrepreneurship
Nargiza QUCHQOROVA
1
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
In this article, this article provides an opinion of our great
thinkers about Aristotle, Ahmad Yugagrail, Farobi, Al-Khwarisi
and Abdullah Avlyui on an economical, money and
entrepreneurship. Economic Culture has an integral
description, and the development of philosophical, legal,
economic, sociological, psychological and pedagogical aspects is
based on the views of writing.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp159-162
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
economic,
mercy,
property,
entrepreneurship,
Aristotle,
Ahmad Yugnakhiy,
Farobi,
Al-Khwarizmi,
Abdulla Avloni,
economic opinions,
society development.
Mutafakkirlar mulk va tadbirkorlik xususida
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
iqtisod,
mol-mulk,
tadbirkorlik,
Arastu,
Ahmad Yugnakiy,
Forobiy,
Al-Xorazmiy,
Abdulla Avloniy,
iqtisodiy fikrlar,
jamiyat taraqqiyoti.
Ushbu maqolada buyuk mutafakkirlarimizdan Arastu,
Ahmad Yugnakiy, Forobiy, Al-Xorazmiy va Abdulla Avloniy-
larning iqtisod, pul,mol-mulk va tadbirkorlik xususidagi fikrlari
berilgan. Iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega bo‘lib,
falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik
jihatlar bilan bog‘liqlikda rivojlanib borishi adiblar qarashi bilan
ilmiy asoslangan.
1
PhD., Urgench State University Associate Professor of the Department “Methods of Preschool Education”. Urgench,
Uzbekistan. E-mail: kuchqarova06071979@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
160
Мысли о собственности и предпринимательстве
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
экономика,
товар,
собственность,
предпринимательство,
Аристотель,
Ахмад Юнгнаки,
Фароби,
Аль
-
Хорезми,
Абдулла Авлони,
экономическая мысль,
общественное развитие.
В данной статье представлены взгляды наших великих
мыслителей
Аристотеля,
Ахмада
Югнаки,
Фароби,
Аль
-
Хорезми и Абдуллы Авлони
на экономику, деньги,
собственность и предпринимательство. Экономическая
культура имеет интегральный характер и научно базируется
на развитии философских, правовых, экономических,
социологических, психолого
-
педагогических аспектов.
Iqtisodiy
tarbiya shaxsning barkamol va yetuk bo‘lib voyaga yetishida muhim rol
o‘ynaydi.
Iqtisodiy tarbiya bolalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob
qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya tushunchasi Sharq mutafakkirlari
tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Jumladan, Al-Xorazmiy bobomiz
matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlab o‘tganlar.
Al-Xorazmiy har bir inson hisob-
kitobni bilishi kerak, shundagina u o‘zining va
o‘zgalarning mehnati natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay oladi, degan fikrni aytib o‘tgan.
Al-
Forobiy “Baxt
-
saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z
mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka
olib kela
di. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. Al
-Forobiy
mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq
foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga,
avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun
zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol
-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib
o‘tadi. Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibo
r
beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar
jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va, aksincha: “...shahar aholisi ma’rifatsiz,
tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda ular qonun o‘rnatg
an tartib va
boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib turibdiki, qonun
-qoidalar asosida ish
yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarruf
etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko‘paytirishga undaydi. Fo
robiyning
ta’kidlashicha, “Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o‘z
ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi
iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri
ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib ber
di. Mamlakatimizda
mulkdorlar
sinfining shakllanib, ularning soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli
ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi
g‘oyalari yana ham faollashib bormoqda.
Abdulla Avloniy: “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka
aytilur”, yana: “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va
mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan.
Masalan, uning quyidagi fikrlarini
ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar,
yevropaliklar o‘zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo
biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
161
berub, non o‘rniga kesak tishlaymiz, so‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi
bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat
lozimdur”.
Ahmad Yugnakiy “Hibat ul
-
haqoyiqda”da: “Mol
-mulksiz kishi uchun bilim
–
bitmas-
tugamas mulkdir, kambag‘al
uchun bilim hisob
–
xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni
tushunish mumkinki, har bir inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotda tejamkorlik
ko‘nikmalarini shakllantiradi va o‘z kelajagini oqilona qura oladi. Ibn Sinoning inson
ehtiyojlari to‘g‘risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi
fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: “Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi,
insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq
-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga
ehtiyoj sezadi. Hayvonlar
tabiat ne’matlarini o‘zlashtiradi, inson esa o‘z mehnati bilan
o‘ziga ovqat, kiyim
-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan
shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladi,
odamlar esa yakka hol
da o‘zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar.
Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar”. Ibn Sino ideal
davlat to‘g‘risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi:
•
hamma o‘z foydasini ko‘zlab mehnat qilishi
kerak;
•
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda
juda katta boylik va ashaddiy kambag‘allik bo‘lmasin;
•
barcha kishilar halol mehnat bilan shug‘ullanishi va halol savdo qilishi sababli
urushadigan odamlar bo‘lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy
bahslar esa tinch yo‘l bilan hal etiladi;
•
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‘ladi, shuning uchun ular bir
-
biriga qarama-
qarshi bo‘lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko‘radilar, uzoq
vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to‘g‘risidagi qarashlari Platonning “Qonun”larida,
Aristotelning “Afina siyosatchilari”da, Forobiyning “Saxovatli shahar yashovchilarining
qarashlari to‘g‘risida traktat”ida aytilgan fikrlariga ko‘p jihatdan o‘xshab
ketadi.
Qadimgi Yunon faylasufi Arastu aytganidek, “Moddiy ne’matlarni ayriboshlash
mehnat taqsimoti tufayli yuzaga kelgan. Biron-
bir narsaga kishilarda ehtiyoj bo‘lma
-
ganda, ayirboshlash mutlaqo yo‘q bo‘lar edi.
Bunday ayriboshlarsiz nafaqat kishilar,
davlatning ham yashashi mumkin emas”.
Madaniyat
–
bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy
boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham
ifodalaydi, ya’ni jamiyatdagi bilim,
mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda
gavdalanadi. Madaniyatni o‘rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy
bog‘liqlik haqidagi an’anaviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin.
Iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega bo‘lib, fal
safiy, huquqiy, iqtisodiy,
sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog‘liqlikda rivojlanib boradi.Iqtisodiy
madaniyat
–
murakkab integral ta’lim sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy –
iqtisodiy
madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan, uni bashorat qilish, shakllantirish,
saqlash va mustahkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning ijtimoiy ahamiyatga
ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi shakllantirilishi lozim.
Xulosa qilib aytsak, mutafakkirlarimiz Arastu, Ahmad Yugnakiy, Forobiy,
Al-Xorazmiy va Abdulla Avloniylarning mulk va tadbirkorlik xususidagi fikrlari asrlar
o‘tsa
-
da, o‘z qimmatini yo`qotmagan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
162
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. − Т.: “А.
Қодирий
номидаги халқ
мероси нашриёти”, 1993. − Б. 222.
2.
Ғарб
фалсафаси. –
Т.: “Шарқ”, 2005. –
Б. 141.
3.
Абу Райҳон Беруний. Тарайхалар (Жавоҳирот китобидан). − Т.: “Мерос”,
1991. − Б. 47.
4.
Tolipov
B.X. Shaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma’naviy omillar
uyg‘unligi:Falsafa fan.nom… diss. –
T.: 2009.
–
B. 152.
5.
Ҳасанбоева
О., Ҳасанбоев
Ж., Ҳамидов
Ҳ. Педагогика тарихи: Ўқув
қўлланма. –
Т.: Ўқитувчи, 1997. –
Б. 248.
