Авторы

  • Наргиза Кучкорова
    PhD, доцент, кафедра методика дошкольного воспитания, Ургенчский государственный университет, Ургенч, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp189-194

Ключевые слова:

цифровые технологии педагогические технологии воспитатель средства ИКТ компьютерные технологии интерактивная игра интерактивность электронные пособия

Аннотация

В данной статье представлена информация о том, как научить детей дошкольного возраста расширять память, восприятие, воображение, свободное мышление, самостоятельно выражать свое отношение к происходящим событиям с помощью использования цифровых технологий в дошкольных образовательных организациях в современный период. О продуктивном использовании ИКТ в процессе деятельности с целью формирования интеллектуальных способностей детей свидетельствуют научно-исследовательские работы ряда ученых.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Training future teachers to use digital technology

Nargiza KUCHKOROVA

1

Urgench State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2022
Received in revised form

15 January 2023
Accepted 25 February 2023

Available online

15 March 2023

This article discusses information about teaching preschool

children to expand memory, perception, imagination, free

thinking, independently express their attitude to current events

through the use of digital technologies in preschool educational
organizations. The productive use of ICT in the process of

activity in order to form the intellectual abilities of children is

evidenced by the research work of a number of scientists.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2/S-pp189-194

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

digital technologies,

pedagogical technologies,
kindergartener,

ICT tools,

computer technologies,

interactive game,
interactivity,

electronic textbook.

Bo‘lajak

tarbiyachilarni

raqamli

texnologiyadan

foydalanishga o‘rgatish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

raqamli texnologiya,
pedagogik texnologiya,

tarbiyachi,

AKT vositalari,

komputer texnologiyalari,

interaktiv o‘yin,

interaktiv qobilyat,

elektron qo‘llanma.

Ushbu maqolada hozirgi davrda maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali

maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xotira, idrok,

tasavvularini kengaytirish, erkin fikrlash, voqea-hodisalarga

mustaqil o‘z munosabatlarini bildirishga o‘rgatish haqida
ma’lumotlar berilgan.

Ularning intellektual qobilyatlarini

shakllantirish maqsadida faoliyatlar jarayonida AKTlardan

unumli foydalanish haqida bir qancha olimlarning ilmiy-

tadqiqot ishlari ko‘rsatib o‘tilgan.

1

PhD, Associate Professor, Department of Methods of Preschool Education, Urgench State University, Urgench,

Uzbekistan. E-mail: kuchqarova06071979@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

190

Обучение будущих воспитателей использованию

цифровых технологий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

цифровые технологии,

педагогические

технологии,

воспитатель,

средства ИКТ,

компьютерные

технологии,

интерактивная игра,

интерактивность,

электронные пособия.

В данной статье представлена информация о том, как

научить детей дошкольного возраста расширять память,

восприятие,

воображение,

свободное

мышление,

самостоятельно выражать свое отношение к происходящим

событиям с помощью использования цифровых технологий в

дошкольных образовательных организациях в современный

период. О продуктивном использовании ИКТ в процессе

деятельности с целью формирования интеллектуальных

способностей

детей

свидетельствуют

научно

-

исследовательские работы ряда ученых.

KIRISH

Hozirgi davrda har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalashda yoshlarni intellektual

qobilyatini oshirish va ularni barcha jabhalarda faol, barkamol inson qilib voyaga

yetkazish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Sababi, ham jismonan

yetuk ham ma’nan boy shaxslargina buyuk davlatni b

arpo qiladi.

Yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, tarmoqlarini

kengaytirish, yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yaxshilash,

tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim–

tarbiyaviy faoliyat

jarayonlarida zamonaviy ta’lim dasturlarini qo‘llash, bolalarni har tomonlama: jismoniy,

aqliy, axloqiy, estetik, intellektual salohiyatlarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish

maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevn

ing 2017-yil 9-sentabrdagi

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tubdan takomillashtirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ

3261-son [1], 2018-yil 30-

sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni

takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

3955-son [2]

hamda O‘zbekiston

Respublikasining 2019-yil 16-

dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi

595-sonli Qonuni [3] yaratildi.

Bolaga ta’lim

-tarbiya berish jarayoni qanchalik erta boshlansa, natijasi ham

shuncha erta namoyon bo‘

ladi.

Bu esa insonning kelajakdagi butun hayot tarziga o‘z

ta’sirini o‘tkazadi. Shu boisdan ham, maktabgacha ta’lim tizimiga hozirgi kunda alohida

e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim

-tarbiyaviy jarayonga yangi pedagogik, innovatsion va

raqamli texnologiyalar joriy qilinmoqda.

Shuningdek YUNISEF tashkilotining “Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim dasturi”da

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim

-tarbiya jarayonida yangi pedagogik

texnologiyalardan foydalanishi dolzarb masala ekanligi ta’kidlangan. Qolaversa, bunga

t

aalluqli o‘laroq MTTlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ham bugungi kunning

dolzarb masalalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Hozirgi zamon maktabgacha ta’lim tashkilotlarida raqamli texnologiyalar

hisoblangan AKTlar(interaktiv doskalar, televizorlar, smartfonlar)dan keng foydalanishni

talab qiladi. MTTlarda AKTlardan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarni e’tiborini

tortadi, fikrlash jarayonlarini rivojlantiradi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv

jarayonini vizual (taqdimot, animatsiya), eshitish (tovush va videomateriallar) va taktil


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

191

(interfaol doska, klaviatura) idrokka asoslangan holda qurish imkonini beradi [5]. Olima

Djumabayeva bu jarayonlar tarbiyachi-

pedagogning ta’lim jarayonidagi bir qancha

muammolarini hal q

ilishi mumkinligini o‘rgangan.

Intellektual qobilyatlar bolaning shaxs sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgani

uchun uning asoslarini bolalarning eng yosh davrlaridan boshlab shakllantirish hamma

davrlarda ham dolzarb muammo bo‘lgan. Ko‘plab tadqiqotc

hilar bu muammoning

yechimini topish maqsadida turli yo‘nalishlar va yondoshuvlar asosida tadqiqotlar olib

borganlar va yaxshi natijalarga erishganlar.

Xususan, respublikamiz olimlaridan Sh.R. Sanarova, F.O. Xodjiyeva, O.P. Aslonova,

T.R. Azlarov, X.Yo. Najmiddinova, A.A.

Abduqodirov kabi olimlar ta’limda komputer

texnologiyalaridan foydalanishning turli muammolarini o‘rganganlar

[6].

Raqamli texnologiyalar yordamida bolalarda dastlabki iqtisodiy tushunchalar va

iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirib borila

di. “Iqtisodiy ta’lim

-tarbiya haqidagi dastlabki

fikrlar bundan qariyb 3000 yil muqaddam Vatanimiz hududida zardushtiylikning

muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto” kitobida ham qayd etilgan. Bu asar aslida diniy

qarashlar asosida bitilgan, lekin bu durdona asar turli-

tuman sohalarga tegishli bo‘lgan

ilk g‘oyalarni ham o‘zida mujassamlashtirgan”

[7].

Ta’lim

-

tarbiya jarayonida AKTlardan, ya’ni raqamli texnologiyalardan foydalanish

bir tomondan tarbiyachining pedagogik mahoratidan unumli foydalanish bo‘lsa,

ikkinchi

tomondan bu ta’limga qaratilgan innovatsiya hisoblanadi. Bugungi kunda innovatsiya

tushunchasi va innovatsion faoliyatni boshqarish hamda yanada takomillashtirish

bo‘yicha masalalar olimlar A.N.

Aripov, A.M. Kadirov, K. Shakirova, M.A. Maxkamova va

boshqalar tomonidan o‘rganilgan hamda ularning ilmiy

-tadqiqot ishlarida yoritilgan.

Olim Merriam Vebster lug‘atida “Axborot texnologiyalari” ma’lumotlarni qayta

ishlash va tarqatish uchun komputer tizimlari, dasturiy ta’minot va tarmoqlarni ishlab

chiqis

h, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanishni o‘z ichiga olgan “texnologiya” deb

ta’riflanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyat jarayonida turli

zamonaviy pedagogik dasturlardan, AKT

vositalaridan, elektron qo‘llanmalardan,

interaktiv o‘yinlardan foydalanish orqali bolalarda diqqat, xotirani kuchaytirish,
kuzatuvchanlikni oshirish, raqamli bilimlarning dastlabki bo‘g‘ini hisoblangan iqtisodiy
tushunchalarni shakllantirish va shunga o‘x

shash bir qancha ijobiy natijalarga erishish

yo‘llari muhokama qilinadi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida raqamli texnologiyalardan, axborot

texnologiyalaridan foydalanish va ta’lim jarayonida qo‘llashning asosiy shartlaridan biri

shundaki, tarbiyachi bolalarga komputerdan foydalanish qoidalariga aniq rioya qiladigan,

komputer bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan va komputerning texnik jihatidan
imkoniyatlarini to‘liq biladigan va maktabgacha yoshdagi bolalarga yangi bilimlarni

axborot texnologiyalari orqali faoliyat jarayonida qanday tushuntirishni biladigan

mutaxassislar bo‘lishi kerak. Shuni nazarda tutgan holda hozirgi davrning asosiy talabi va

sharti har bir tarbiyachi-pedagog faoliyat jarayonlarida AKT vositalari (interaktiv

doskalar, televizorlar), komputer texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim sifatini

hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan

yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

192

Qanday turda bo‘lishidan qat’i, nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi har bir

tarbiyachi bugungi davrda faoliyatlar jarayonini AKTdan foydalangan holda tashkil etishi
kerak. Faoliyatlar jarayonida AKTdan foydalanish orqali bolalarga berilayotgan har
qanday bilim rang-

barang, ko‘rgazmali, esda qolarli, interaktiv bo‘lib, tarbiyachining

vaqtdan unumli foydalanishini ta’minlaydi va vaqtining tejalishiga sabab bo‘ladi. Vaqt
tejalishi orqali tarbiyachi bolalar bilan qo‘shimcha ravishda ishlash imkoniyatiga ham ega
bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga takomillashtirilgan “Ilk qadam” o‘quv dasturi

asosida tashkil etilgan faoliyatlarni komputer texnologiylaridan foydalanib, tashkil
etishda bir qancha vazifalar bajarib olinadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida har

tomonlama

komil inson qilib tarbiyalashda tarbiyachining ta’lim

-

tarbiya jarayonida to‘g‘ri yondasha

olishi muhim o‘rin egallaydi. Mashg‘ulot paytida bolaning erkin harakat qilishi, mustaqil

fikrlashi uchun tarbiyachi tomonidan vaziyat yaratiladi. Guruh xonasida markazlarni

to‘g‘ri joylashtirish, jihozlarning yetarli bo‘lishi, mavzuga mos qiziqarli topshiriqlarning,
metodlarning to‘g‘ri tanlanishi tarbiyachidan katta kuch, ko‘p mehnat va mahoratni talab
qiladi. Bolalarning oson o‘zlashtirishlariga imkon berish, o‘zaro tengdoshlari bilan

muloqotga kirishishlari uchun sharoit yaratish maqsadida tarbiyachi oldindan puxta

tayyorgarlik ko‘radi

[8].

Tarbiyachi faoliyat jarayoniga qanchalik puxta tayyorlangan va qurollangan bo‘lsa,

shuncha yaxshi natijalarga erishib boraveradi. Komputer orqali faoliyatlarni, masalan
shaxsiy gigiyena qoidalari (1-rasm) faoliyatini rasmlar, videoroliklar, slaydlar,

multifilmlar, ko‘rinishida taqdim qilish orqali bolalarga tozalikka rioya qilish o‘rgatiladi.

Bolalar komputerda tasvirlangan faoliyat jarayoniga oid rasmlarni hamda videroliklarni

ko‘rish orqali voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishga, erkin fikrlashga, turli savollar
berishga, mustaqil hikoya tuzishga o‘rganib boradilar.

Ularning tasavvurlari kengayib,

diqqati oshib boradi, intellektual qobilyatlari shakllanadi.

Intellektual qobilyatlar deganda S.S.

Otayeva “Maktabgacha ta’limda STEAM

texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasida “idrok jarayonini amalga oshirish va muammolarni
samarali hal qilish qobilyati” tushuniladi, deb ta’

rif bergan. Maktabgacha yoshning oxiriga

kelib, bola kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarda, savollar berishda va

mustaqil ravishda sabab-

oqibat munosabatlarini o‘rnatishda faol qiziqish uyg‘otadi [9]

.

Bu ma’lumotlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fikrlarning isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot

texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.

Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan

borish imkoniyatini beradi.

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni

o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy
ehtiyojga aylanishi kerak”

[4]ligi ta’kidlanadi. Bu fikrlardan ko‘rinadiki, raqamli

bilimlarning dastlabki bo‘g‘ini hisoblangan iqtisodiy

tushunchalar maktabgacha ta’lim

tashkiloti tarbiyachisi ta’lim

-tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishi

orqali bolalarda shakllantirib boriladi. Iqtisodiy ta’lim

-tarbiya jarayonini samarali tarzda

olib borish tarbiyachi-pedagoglarning iqt

isodiy rivojlanishi bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

193

1-rasm

XULOSA VA TAVSIYALAR

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda hozirgi davrda maktabgacha

ta’lim tizimiga kuchli e’tibor qaratilayotgan ekan, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:

maktabga

cha ta’lim yoshidagi

bolalarni har tomonlama barkamol, ma’nan yetuk shaxslar

qilib voyaga yetkazishda hamda dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi uchun
zamonaviy ta’lim

-tarbiya berib, zarur bilimlar bilan qurollantirishdadir.

Shunday ekan, yaratilayotga

n imkoniyatlardan to‘laqonli foydalangan holda

maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berishni raqamli texnologiyalardan
foydalangan holda sifat jihatdan eng yuqori darajaga ko‘tarmoq lozim. Bunda har bir

tarbiyachi-pedagog bolalar vaqtini natija be

rmaydigan sabablar uchun o‘g‘irlamasdan,

vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishi, faoliyatlar jarayonini bolalarni xotira, idrok, tasavvurlarini

kengaytirishda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etishi kerak.

AKT vositalari ishtirokida tashkil qilingan faoliyatlar orqali maktabgacha yoshdagi

bolalarda erkin fikrlash, jarayonga munosabat bildirish, intellektual qobilyatlar kabi bir
qancha ijobiy xususiyatlarni shakllantirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Sh.M.

Mirziyoyev. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tubdan takomillashtirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017

-yil 9-sentabr, PQ

3261-son.

2. Sh.M.

Mirziyoyev. “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2

018-yil 30-sentabr, PQ

3955-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasining,

2019-yil 16-dekabrdagi 595-

sonli “Maktabgacha

ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni..

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga

Murojaatnomasidan.

5. G.B. Djumabaeva. Introduction Of Innovation in Education in Preschool

Organizations “Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences” jurnali 114–

116-bet.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2023) / ISSN 2181-1415

194

6. A.A. Abduqodirov,

G.U.

Umarova.

“Boshlang‘ich

ta’limda

informatika

elementlarini o‘qitish metodikasi”, “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016 y.

6 s.

7. Quchqorova N.M.

Tarbiyachilarga “Avesto”da iqtisodiy qarashlar va iqtisodiy

tarbiya masalalarini o‘rgatish”. Journal of Advensed Research and Stability, 1–

2-bet.

8. N.M. Quchqorova, R.S.

Nuraddinova. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi

namunasida o‘tkaziladigan mavzuli faoliyatlarni tashkil etish”. “Bookmany print”

nashriyoti. Toshkent

2022.

84-bet.

9. S.S.

Otayeva. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” “Bookmany print”

nashriyoti. Toshkent

2022.

57

58-bet.

Библиографические ссылки

Sh.M. Mirziyoyev. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 9-sentabr, PQ-3261-son.

Sh.M. Mirziyoyev. “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 30-sentabr, PQ-3955-son.

O‘zbekiston Respublikasining, 2019-yil 16-dekabrdagi 595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni..

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.

G.B. Djumabaeva.. Introduction Of Innovation in Education in Preschool Organizations “Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences” jurnali 114-116-bet.

A.A. Abduqodirov, G.U. Umarova. “Boshlang‘ich ta’limda informatika elementlarini o‘qitish metodikasi”, “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016 y.-6 s

Quchqorova N.M.”Tarbiyachilarga “Avesto”da iqtisodiy qarashlar va iqtisodiy tarbiya masalalarini o‘rgatish”. Journal of Advensed Research and Stability, 1-2-bet.

N.M. Quchqorova,, R.S. Nuraddinova. ““Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi namunasida o‘tkaziladigan mavzuli faoliyatlarni tashkil etish”. “Bookmany print” nashriyoti. Toshkent-2022. 84-bet.

S.S. Otayeva. “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” “Bookmany print” nashriyoti. Toshkent-2022. 57-58-bet.