Авторы

  • Наргиза Кучкорова
    PhD, доцент, кафедра методика дошкольного воспитания, Ургенчский государственный университет, Ургенч, Узбекистан
  • Донохон Машарипова
    Преподаватель, кафедра методика дошкольного воспитания, Ургенчский государственный университет Ургенч, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp152-157

Ключевые слова:

учебная группа социально-эмоциональное развитие социальная адаптация общение концепция «Я» эмоции психологическая подготовка социальная среда педагог

Аннотация

В данной статье представлены сведения о социально-эмоциональном развитии детей в подготовительной группе, а также об их адаптации к социальной среде и процессе общения со взрослыми и сверстниками. Также в статье рассматривается состав понятия «Я» у детей в возрасте 6-7 лет и выделяются особенности процесса формирования и управления эмоциями. Отдельное внимание уделяется психологической подготовке детей.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Peculiarities of social and emotional development of
children of the preparatory group

Nargiza KUCHKOROVA

1

, Donokhon MASHARIPOVA

2

Олийгох

(Cambria Math-11)

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2023

Received in revised form

15 February 2023
Accepted 15 March 2023

Available online

25 April 2023

This article provides information about the social and

emotional development of children of the preparatory group,

their adaptation to the social environment, the process of

communication with adults and their peers, and the

composition of the concept of “I” at 6

-7 years old children, the

formation and management of emotions in them characteristics

are highlighted.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp1

52-157

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

training group,

social-emotional
development,

social adaptation,

communication,

“I” concept,

emotions, psychological
preparation,

social environment,
pedagogue.

Tayyorlov

guruh

bolalarini

ijtimoiy

va

hissiy

rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

ANNOTATISYA

Kalit so‘zlar

:

tayyorlov guruhi,

ijtimoiy-hissiy rivojlanish,
ijtimoiy moslashuv,

muloqot,

“Men” konsepsiyasi,

hissiyotlar,

psixologik tayyorgarlik,
ijtimoiy muhit,

pedagog.

Ushbu maqolada tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy va

hissiy jihatdan rivojlanishi, ularning ijtimoiy muhitga

moslashuvi,

kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqot jarayoni

haqida ma’lumot berilgan hamda 6

-

7 yoshli bolalarda “Men”

konsepsiyasining tarkib topishi, ularda hissiyotlarning

shakllanishi va boshqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari

yoritilgan.

1

PhD, Associate Professor, Methods of Preschool Education Department, Urgench State University. Urgench,

Uzbekistan. E-mail: kuchqarova06071979@gmail.com

2

Teacher, Methods of Preschool Education Department, Urgench State University. Urgench, Uzbekistan.

E-mail: donomasharipova25@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

153

Особенности социально

-

эмоционального развития

детей подготовительной группы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

учебная группа,
социально

-

эмоциональное

развитие, социальная

адаптация,

общение,

концепция «Я»,

эмоции,

психологическая
подготовка,

социальная среда,

педагог.

В данной статье представлены сведения о социально

-

эмоциональном развитии детей в подготовительной

группе, а также об их адаптации к социальной среде и

процессе общения со взрослыми и сверстниками. Также в
статье рассматривается состав понятия «Я» у детей в

возрасте 6

-

7 лет и выделяются особенности процесса

формирования и управления эмоциями. Отдельное
внимание уделяется психологической подготовке детей.

KIRISH

Yurtimizda kelajak avlodning

barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi, yuqori bilim

egallashi uchun barcha shart-

sharoitlar yaratilgan. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z

nutqida “ Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib

biron-

bir o‘zgarishga, farovon hayotg

a erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning

sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”

- deya

ta’kidladilar [1].

Ayni damda maktabgacha ta’lim tizimida qator islohatlar amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bola

larning maktab ta’limiga sifatli tayyorlash masalasi eng

muhim vazifalarimizdan biridir. Ularning bilim egallashi, kelajakda o‘z o‘rnini topishi,

yurtimiz koriga yaraydigan aql-

idrokli inson bo‘lib yetishishi uchun yoshlik vaqtidan

boshlab rivojlanishiga a

lohida e’tibor qilish kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘zini anglash hamda o‘zini idrok qilish psixologiyadagi eng qiyin muammolardan

biridir.

Psixologlardan

B.G. Ananyeva,

A.S. Arsentieva,

A.A. Badaleva,

I.S. Kon,

S.A. Rubinshteyn, E. Elkonin va boshqalar shu muammo doir tadqiqotlar olib borishgan.
R. Ouen, Ch. Darvin, Makarenko, M.I. Lisina, Kolomenskiy va boshqalar bolalar psixologiyasi

bilan bog‘liq fikrlar bildirishgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada tayyorlov guruhi bolalarini ijtimoiy va hissiy jihatdan rivojlantirishning

ahamiyati muhokama qilinadi. Xususan, 6-

7 yoshli bolalarda kattalar va o‘z tengqurlari

bilan muloqot jarayoni, ularda

“men” konsepsiyasi va his

-

tuyg‘ularning shakllanishi

tavsiflanadi. Bolaning maktabda bilim olishga psixo

logik jihatdan tayyor bo‘lishi va

psixologik-emotsional rivojlanishi tahlil etiladi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Farzand

inson hayotining mazmuni, nasl-nasabining davomchisi, kelajak

poydevoridir.

U tug‘ilishi bilan butun oila quvonchga to‘ladi. Ota

-onaning e

sa mas’uliyati

yanada ortadi.

Oilada farzand dunyoga kelganidan boshlab oilaning jamiyat oldida javobgarligi

kundan kunga ortib boradi [2]. Chunki bola tug‘ilishi bilan duch keladigan ijtimoiy muhit

-

oiladir. Bola oila a’zolarini xatti

-harakatlarini kuzatad

i, ulardan har xil vaziyatda o‘zini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

154

qay holda tutish, qanday so‘zlarni qo‘llash mumkinligini zimdan kuzatib, shuni

takrorlashga harakat qiladi. Bunday jarayonda esa ota-

ona bola uchun namuna bo‘ladi.

Ular orasidagi munosabatlar bolalarga o‘rnak bo‘ladigan

darajada samimiy, mehrli

bo‘lishi lozim.

Haqiqatan ham bola uchun oila birinchi ijtimoiy muhit hisoblanadi. U oila a’zolari

bilan ijtimoiy munosabatga kirishadi, ular bilan muloqot qiladi. So‘ngra bola ulg‘aygan

sari uning ijtimoiylashuv doirasi kengaya bo

radi, ya’ni u bog‘cha yoshiga yetganidan

keyin o‘sha maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘ziga do‘st orttiradi. O‘z tengdoshlari bilan

muloqotga kirishadi, ular bilan o‘yinlar o‘ynaydi.

Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim

-tarbiya,

shaxsiy faollikka bog‘liqdir [3]. Bola dunyo yuzini ko‘rishi bilan atrofdagilar bilan ijtimoiy

munosabatga duch keladi.

Maktabgacha yosh davri

inson hayotidagi muhim, o‘ziga xos davrdir. Bu atrofdagi

dunyoni faol bilish vaqtidir [4]. Bu vaqtda bola atrofdagi voqea-hodisalarga katta qiziqish

bilan qaraydi.

6-7 yoshli bola aqliy, jismoniy va shu bilan birga, psixologik jihatdan ham maktab

ta’limiga tayyor bo‘lishi lozim. Bu jarayonda faqatgina bolaning aqliy va jismoniy faolligi,

bilimlarni o‘zlashtira olishi asosiy o‘rinda bo‘lmasligi zarur. Bola muloqatchan, nutqi

rivojlangan bo‘lsa, tushunmagan narsalarini so‘rab bilib oladi.

Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga muvofiq, maktabgacha

yoshdagi 6-7 yoshli bolaning tayanch kom

petensiyalarining to‘rt turi mavjud:

kommunikativ;

ijtimoiy;

shaxsiy (“Men” konsepsiyasini qurish);

bilish.

Bu 6-7 yoshli bolalarning tayanch kompetensiyalaridir. Ularning yaxshi

rivojlanganligi bolaning keyingi davrida eng zarur jihatdir.

Kommunikativ kompetensiya

atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning

konstruktiv usullari va vositalariga ega bo‘lishni taqozo qiladi [5]. Nutqni rivojlantirish

ham ushbu kompetensiya orqali amalga oshadi. Nutqning rivojlanganligi bolalarda bilim

olishning yaxshi b

o‘lishida, fikrini aniq aytishida, boshqalar bilan tajriba almashishda

ahamiyatli. Bolalar nutq bilan bog‘liq mashg‘ulotlarga ijobiy nazar bilan qarashadi.

Bunday mashg‘ulotlar ular uchun juda sevimli. Bolalarda nutqni rivojlantirishda turli

o‘yinlardan foydalanilsa, ular uchun yanada oson bo‘ladi.

Haqiqatan ham bolaning kommunikativ kompetensiyasi rivojlanganligi juda muhim.

Chunki 6-

7 yoshli bolaning muloqotchan bo‘lishi va nutqining rivojlanganligi natijasida

aytilgan ma’lumotni anglab, fikrlay boshlaydi

hamda unga berilgan topshiriqlarni qiynalmay

bajaradi. U tengqurlari va o‘zidan kattalar bilan muloqotga kirishib, anglay olmagan narsa

-

hodisalarni nutqi orqali hissiyotlarini ham qo‘shgan holda bayon qila oladi.

Bolaning rivojlanish

kompetensiyalari o‘zbek pedagoglari tomonidan ham

o‘rganilgan.

Pedagog N.M. Quchqorova va R.S. Nuraddinovalar bu borada turli

adabiyotlarni o‘rganib, shunday fikr bildirishgan: “Ijtimoiy kompetensiya –

bu bolaning

belgilangan tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar

bilan birgalikda ishlash qobiliyatidir” [6]. Bu kompetensiya sabab bola o‘zidan kattalarni

hurmat qilishini, biror ish qilmoqchi bo‘lganda ularning fikrini ham hisobga olish

kerakligini anglab oladila

r. O‘zbek xalqida ijtimoiy munosabatlar yaxshi rivojlangan, bu

farzandlar tomonidan ham shu zaylda davom etmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

155

6-7 yoshli bolalarda ijtimoiy kompetensiyaning rivojlanishi juda muhim. Chunki

ular yangi ijtimoiy muhitga qadam qo‘yishadi. Maktabga borganla

rida ular yangi muhit,

yangi insonlar, yangi tartib-qoidalarga duch keladi.

O‘zini qadrlash, ishiga mas’uliyatli bo‘lish, o‘zining har kungi faoliyatini boshqarish

kabilar shaxsiy kompetensiya orqali shakllanadi.

Bolalarda o‘zi haqida ijobiy baho shakllantirish, o‘z qadrini bilishga o‘rgatish

uchun, o‘zini anglashi uchun turli o‘yinlarni qo‘llash mumkin. Masalan: “Men o‘zim
haqimda nimani bilaman”, “Men nimani eshityapman”, “Sizning portretingiz”, “Yasanish
o‘yini”, “Men chiroyliman”, “Mehr yuragi” va shu

kabilar.

“Men chiroyliman” o‘yini.

Maqsad: Har bir bolada o‘zi haqidagi ijobiy bahoni shakllantirish.

Materiallar: Rangli qalamlar, qog‘oz.

O‘yin jarayoni:

1.

Pedagog bolalar bilan quyidagi savollarni muhokama qiladi: “Siz kimsiz?”,

“Siz nima bilan tez

-t

ez shug‘ullanasiz ?”, “Do‘stingiz qanday munosabatda bo‘ladi?”

2.

Bolalarni o‘zlarini chiroyli va yaxshi deb baholashga yo‘naltiradi.

3.

Bolalarga qalam va qog‘oz berib, o‘zlarini chiroyli va yasangan ko‘rinishda

chizish taklif qilinadi.

4. Pedagog chizilg

an rasmlarni muhokama qiladi, bolalarning e’tiborini ularning o‘z

rasmlarining ijobiy tomonlariga qaratadi.

Bolalarning rasmlari ko‘rgazmasi namoyish qilinadi (1

-rasm).

1-rasm. Bolalarning quvnoq holati tasviri

Bu rasmda bolalarning o‘zi haqidagi ijobiy qarashlari aks etgan bo‘lib, bolalar

maktabgacha davrdan boshlab, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrlashni o‘rganishi zarur.

Bilamizki, men tushunchasi bolaning 5 yoshigacha shakllanib bo‘ladi. Bolaning o‘z

-

o‘zini anglash jarayonining me’yorida ke

chishiga ota-onasi yoki yaqinlari, pedagog

xodimlar xalaqit bermasliklari zarur. Bolaning o‘z g‘oya va qiziqishlarini bemalol bayon

qilishi uchun sharoit yaratib berishi, uni diqqat bilan tinglashi zarur.

Buyuk siymolarimizdan biri Abdurahmon Jomiy tarbiyachi-muallimlar aql-iqrokli,

adolatparvar bo‘lishi va o‘zini munosib tutishi kerakli haqida aytib o‘tgan.

Albatta, yosh avlodga ta’lim

-tarbiya beruvchi muallim aql-idrokli, yuksak salohiyatli,

adolatli va shu bilan birga, odob-axloqli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor

bo‘lishi lozim. Tarbiyachi bolalarda ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish, ijobiy his

-

tuyg‘ularni uyg‘otishi va bolalar orasida do‘stona muhit yaratishi kerak. Bolalar bilan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

156

mashg‘ulot davomida ularda turli hissiyotlarni, ya’ni

bir-

biriga mehrli bo‘lish, do‘stining

yutuqlaridan quvonish, ular bilan biror narsani baham ko‘rish kabilarni shakllantirishi lozim.
Bunda u turli o‘yinlardan foydalanishi mumkin. Bilamizki, bolalarga ta’lim

-tarbiya berishda,

ularda turli his-

tuyg‘ularni shakllantirishda, o‘zini anglash va o‘zini idrok qilishga o‘rgatishda

o‘yin eng asosiy faoliyatdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalar hissiyotlarini rivojlantirish uchun turli o‘yinlardan

foydalanishimiz mumkin. Masalan: “Rassom” o‘yini, “Agar shunday bo‘lsa, nima bo‘lar
edi?”, “Kayfiyatni aniqla” va boshqalar.

“Rassom” o‘yini.

Topshiriqlar: qog‘ozda turli xil his

-

tuyg‘ularni ifodalovchi ko‘nikmalarni

rivojlantirish: ajablanish, qo‘rquv, quvonch, g‘azab, qayg‘u, to‘g‘ri nutqni shakllantirish.

Materiallar: turli xil hissiy holat va hissiyotlarga ega bolalarni tasvirlaydigan kartalar.

O‘yin jarayoni:

O‘yin ishtirokchilariga turli hissiy holat va hissiyotlardagi bolalar tasvirlangan

beshta karta taqdim etiladi.

Bitta kartani tanlab, tanlangan his

siy holatga asos bo‘lgan voqeani chizish kerak.

O‘yin oxirida rasmlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bolalar lavha qahramoni kimligini

taxmin qilishadi va ushbu ish muallifi tasvirlangan holatni aytib berishadi.

2-rasm. Bolalarning turlicha his-

tuyg‘ulari a

ks etgan tasvir

Haqiqatan ham bolaning shaxs bo‘lib shakllanishida va uning barkamol, aql

-idrokli

inson bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topishida keng dunyoqarashga ega bo‘lishi juda katta

ahamiyat kasb etadi. Turli jamiyatda yashovchi insonlar turli-tuman fikrlaydilar.

Tayyorlov guruhi bolalar mavqeyidagi o‘ziga xos xususiyat ularning ijtimoiy

zonasini kengaytirishdir. [7] Bu yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy moslashish va

muloqotchanlik juda zarur. Bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga borgan vaqti guruhdagi

bo

lalarga e’tibor bermasligi mumkin, keyinchalik esa o‘ziga yoqqan

bola bilan do‘st

tutinib, birga o‘ynashi mumkin. 6

-

7 yoshli bolalar yangi muhitga qadam qo‘ygan

vaqtlarida ham atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatga kirishadi.

R.

Ismayilova o‘z maqolasida

“Turli yoshdagi bolalarning qilayotgan ayni bir xildagi

xatti-

harakatlari turlicha maqsadda bo‘lishi lozim” deb aytgan [8]. Haqiqatan ham har bir

bolaning harakatlaridagi maqsad turlichadir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

2 (2023) / ISSN 2181-1415

157

Pedagoglarimizdan N.M. Quchqorova maqolasida

“Bolaga ta’lim

-tarbiya berish

jarayoni qanchalik erta boshlansa, natijasi ham shuncha erta namoyon bo‘ladi. Bu esa

insonning kelajakdagi butun hayot tarziga o‘z ta’sirini o‘tkazadi” deya fikr bildirgan [9].

R.M.

Madirimova maqolasida “Ustozning eng buyuk burchi –

uning xalqqa nafi

tegadigan, aql-

idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir” [10] degan fikrlarni

aytib o‘tgan.

Ota-onalar va bolalarga bilim ulashuvchi pedagoglar kelajagimiz poydevori

bo‘lmish bolalar taqdiriga yuksak mas’uliyat bilan qarashlari zarur.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, ijtimoiylashuv jarayoni ham bolaning bilim

olishida, o‘z tengdoshlari bilan jamoaviy o‘yinlar o‘ynashida, ular bilan muloqotga

kirishishida asosiy o‘rinni egallaydi. Bolaning ijtimoiy

- hissiy rivojlanishi uning hayoti

davomida muhim rol o‘ynaydi, chunki bu uning kelajakda rivojlanishi uchun asos bo‘ladi.

Bola uchun maktabga tayyorgarlikda psixologik, ijtimoiy jihatdan ham tayyor bo‘lishi

muhimdir. Bolaning ijtimoiylashuvi, kattalar tomonidan qo‘llab

-quvvatlanishi unda bilim

olishga yanada intilish, ayrim faoliyatlarda faollikning oshishiga sabab bo‘ladi. Bolada

qanchalik o‘zini anglash jarayoni kechsa, bola o‘ziga ishonsa, u yanada yuksaklikka

intiladi, yangi narsalar o‘rganadi. Hissiy rivojlanish esa, bolada o‘ziga va atrofdagilarga

nisbatan ishonch hissini oshiradi. Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy-hissiy rivojlanish bola

uchun butun umri davomida ta’lim olishi uchun kalitdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 19-oktabrda

Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan

yig‘ilishdagi nutqidan https://president.uz

2.

O. Hasanboyeva, D. Xoliqov, Oila pedagogikasi.

T., “Aloqachi”,

2007, 10-bet.

3.

S.X. Jalilova, S.M. Aripova.; Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.

Toshkent: “Faylasuflar” nashriyoti, 2017.

74-bet.

4.

“Bolalik akademiyasi” platformasi. https://bolakadem.uz

5.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv

dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr / III-bob // 3.1. Maktabgacha yoshdagi

(6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari.

Т

oshkent

2022.

41-bet.

6.

N.M. Quchqorova., R.S.

Nuraddinova. Ilk qadam davlat o‘quv dasturi namunasida

o‘tkazila

digan mavzuli faoliyatlarni tashkil etish.

O‘quv qo‘llanma.Toshkent shahri.

“BOOKMANY PRINT”,

Toshkent

2022.

42-bet.

7.

F. Qodirova, Sh.

Toshpo‘latova, N.

Kayumova, M.

A’zamova. –

Toshkent: Tafakkur

nashriyoti, 2019.

385-bet.

8.

R.I.

Ismayilova. “

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy motivlarini

shakllantirish xususiyatlari”.

Jamiyat va innovatsiyalar

Общество

и

инновации–

Society and innovations Special Issue

02(2023) / ISSN 2181-1415.

186-bet.

9.

N.M.

Quchqorova. “Bo‘lajak tarbiyachilarni

raqamli texnologiyadan foydalanishga

o‘rgatish”.

Jamiyat va innovatsiyalar

Общество

и

инновации–

Society and innovations

Special Issue

02(2023) / ISSN 2181-1415.

190-bet.

10.

M.R.

Madirimova. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy matematik

rivojlantirish va o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari”. Jamiyat va innovatsiyalar

Общество

и

инновации

Society and innovations Special Issue

02(2023) /

ISSN 2181-1415.

214-bet.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 19-oktabrda Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqidan https://president.uz

O. Hasanboyeva, D.Xoliqov, Oila pedagogikasi. T., “ Aloqachi ”,2007, 10- bet.

S.X.Jalilova, S.M.Aripova.; Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.-Toshkent: “Faylasuflar” nashriyoti, 2017.- 74-bet.

“Bolalik akademiyasi” platformasi. https://bolakadem.uz

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr /III-bob // 3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari. Тoshkent-2022.-41-bet

N.M.Quchqorova., R.S.Nuraddinova. Ilk qadam davlat o‘quv dasturi namunasida o‘tkaziladigan mavzuli faoliyatlarni tashkil etish.- O‘quv qo‘llanma.Toshkent shahri. “BOOKMANY PRINT”, TOSHKENT-2022. 42-bet

F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, N.Kayumova, M.A’zamova. -Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. 385-bet.

R.I.Ismayilova. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy motivlarini shakllantirish xususiyatlari”. Jamiyat va innovatsiyalar–Общество и инновации–Society and innovations Special Issue –02(2023) / ISSN 2181-1415. 186-bet.

N.M.Quchqorova. “Bo‘lajak tarbiyachilarni raqamli texnologiyadan foydalanishga o‘rgatish”. Jamiyat va innovatsiyalar–Общество и инновации–Society and innovations Special Issue –02(2023) / ISSN 2181-1415. 190-bet.

M.R.Madirimova. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni mantiqiy matematik rivojlantirish va o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari”. Jamiyat va innovatsiyalar–Общество и инновации–Society and innovations Special Issue –02(2023) / ISSN 2181-1415. 214-bet.