Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Current issues of protection of rights and interests of
minority shareholders
Bekzod UMAROV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 August 2023
Accepted 25 August 2023
Available online
15 September 2023
This article explores one of the important factors directly
affecting the development of the securities market in our
country and the wide involvement of investments in joint-stock
companies, the urgent problems of improving national
corporate relations, and legislation aimed at protecting the
rights and interests of minority shareholders.
Also, in joint-stock companies, legal mechanisms and forms
of protection of the rights of minority shareholders are
analyzed, and proposals are outlined for improving legal norms
aimed at protecting the rights of minor shareholders with an
assessment of the activities of specially authorized bodies in the
activities of the corporation.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp159-166
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Joint Stock Company,
minority shareholder,
controlling package of
shares,
majority shareholder,
corporate governance,
board of directors,
committees.
Minoritar aksiyadorlarni huquq va manfaatlarini himoya
etishning dolzarb masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
aksiyadorlik jamiyati,
minoritar aksiyador,
aksiyalar nazorat paketi,
majoritar aksiyador,
korporativ boshqaruv,
kuzatuv kengashi,
q
o‘
mitalar.
Mazkur maqolada mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar
bozorini rivojlantirish hamda aksiyadorlik jamiyatlariga
investitsiyalarni keng jalb etishga bevosita taʼsir etuvchi muhim
omillardan biri, minoritar aksiyadorlarning huquq va
manfaatlarini himoya etishga qaratilgan milliy korporativ
munosabatlarni hamda qonunchilikni takomillashtirishning
dolzarb muammalari o‘rganilgan.
Shuningdek,
aksiyadorlik
jamiyatlarida
minoritar
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy
mexanizmlari va shakllari tahlil etilgan hamda korporatsiya
faoliyatida maxsus vakolatli organlarning faoliyatiga baho
1
Senior Lecturer, Department of Business Law, Tashkent State University of Law.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
160
berilgan holda minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilishga qaratilgan huquqiy normalarni takomillashtirishga oid
takliflar bayon etilgan.
Актуальные вопросы защиты прав и интересов
миноритарных акционеров
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
акционерное общество,
миноритарный акционер,
контрольный пакет акций,
мажоритарный акционер,
корпоративное
управление,
наблюдательный совет,
комитеты.
В данной статье рассмотрены актуальные проблемы
совершенствования
национальных
корпоративных
отношений и законодательства, направленные на защиту
прав и интересов миноритарных акционеров, как одного из
важнейших факторов, непосредственно влияющих на
развитие рынка ценных бумаг и широкое привлечение
инвестиций в акционерные общества в нашей стране.
Также проанализированы правовые механизмы и
формы защиты прав миноритарных акционеров в
акционерных обществах и дана оценка деятельности
специально уполномоченных органов в деятельности
корпорации,
изложены
предложения
по
совершенствованию правовых норм, направленных на
защиту прав миноритарных акционеров.
Mustaqillikdan buyon mamlakatimiz bosib
o‘
tayotgan taraqqiyot y
o‘
lining chuqur
tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyukturasi keskin
o‘
zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotganinini k
o‘
rsatmoqda. Shu jihatdan, davlatimizni
yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha
yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va r
o‘
yobga chiqarishni nazarda tutib,
O‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda
“O‘
zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish b
o‘
yicha harakatlar strategiyasi
t
o‘g‘risida”gi 4947
-sonli Farmoni qabul qilindi [1]. Farmonda asosiy besh y
o‘
nalishlardan
biri etib “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”
sohasidagi ishlar belgilandi. Mazkur y
o‘
nalishdagi ishlar doirasida asosiy vazifalardan
biri sifatida korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish lozimligi
ta’kidlandi.
Shuningdek, ushbu islohotlarga 2022
–
2026-
yillarga mo‘ljallanga yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
xizmat qilmoqda. Mazkur hujjatarlarda bozor
iqtisodiyoti sohasidagi
o‘
zgarishlarning mustahkam va ishonchli qonunchilik bazasini
shakllantirish b
o‘
yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Zotan, mavjud qonunlarimizning
k
o‘
pchiligi ularni q
o‘
llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari
rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta k
o‘
rib
chiqishni talab qilayotgandi.
Bugungi kunda, mamlakatimizda qimmatli qo
g‘
ozlar bozorini rivojlantirish hamda
aksiyadorlik jamiyatlariga investisiyalarni keng jalb etish maqsadida korporativ
qonunchilik sohasida qilinishi lozim b
o‘
lgan eng muhim ishlardan biri bu, shubhasiz,
minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya etishga doir qonunchilikni
takomilashtirishdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
161
Ta’kidlash joizki, yildan yilga minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoyalash
kafolatlari haqidagi normalarning doirasi kengaymoqda. Minoritar aksiyadorlarning
huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida ularning jamiyatni boshqarishdagi
ishtiroki mexanizmi, ya’ni bunday aksiyadorlarning manfaatlarini ifodalovchi jamiyat
boshqaruv organlari tizimida aksiyadorlar tomonidan saylanadigan va aksiyadorlarning
umumiy yi
g‘
ilishiga b
o‘
ysunuvchi minoritar aksiyadorlar q
o‘
mitasi tashkil etildi. Ushbu
q
o‘
mitaning asosiy funktsiyasi minoritar aksiyadorlarning murojaatlarini k
o‘
rib chiqish,
ular manfaatlariga zid ravishda jamiyat tomonidan tuzilgan bitimlar b
o‘
yicha xulosalar
kiritishdir.
Qonunchilik bazasinin takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlar natijasida mamlakatimiz 2016-yilga nisbatan 2020-yil b
o‘
yicha Jahon
bankining biznesni yuritish shartlarini ifoda etadigan
“Doing business” reytingida
“Minoritar investorlarni himoya qilish” ko‘
rsatkichi b
o‘
yicha 51 po
g‘
ona yuqoriladi [2].
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 10-noyabrdagi
“Raqamli
O‘zbekiston–2030” Strategiyasini tasdiqlash va samarali amalga oshirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
6079-sonli Farmoni bu borada amalga oshirilayotgan sayi harakatlarning
mantiqiy davomi b
o‘
ldi [3].
Bugungi kunda xalqaro korporativ amaliyotda aksiyadorlarning
“minoritar”
va
“majoritar”
turlari farqlanadi. Majoritar aksiyador deganda koʻp sonli aksiyalar paketini
oʻzida jamlagan hamda kompaniya faoliyatiga oid qarorlar qabul qilishda muhim oʻrin
tutuvchi aksiyador tushuniladi. Kam sonli aksiya ega hamda umumiy yigʻilishda ovoz
berish orqali qaror qabul qilishga taʻsir koʻrsatmaydigan aksiyador esa
minoritar
aksiyador
sifatida eʻtirof etiladi
[4].
Minoritar aksiyadorlar huquq va manfaatlarining himoyalanganlik darajasi
iqtisodiyotda bugungi kunning muhim ahamiyatga ega masalasi hisoblanadi. Chunki,
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun mavjud investitsiya muhiti holati hamda xorijiy
investorlarning ishonch darajasi, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati
samaradorligi minoritar aksiyadorlar huquqlarining qay darajada kafolatlanganligiga
bogʻliq. Shu sababdan ham minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish
iqtisodiyotimizing eng asosiy muammolaridan hisoblanadi [5].
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 370
-
son Qonunida “minoritar” va “majoritar”
aksiyador tushunchasiga aniq taʻrif berilmagan. Faqatgina bir oʻrinda, ya’ni minoritar
aksiyadorlar qoʻmitasini tuzish masalasida aks etganini koʻrish mumkin
[6].
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar
bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2015-yil
10-avgustdagi minoritar aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan
№
2015-09-
sonli buyrugʻi qabul qilinib, unga asosan “Aksiyadorlik jamiyatida minoritar
aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Aynan mazkur Nizomda “minoritar aksiyador” tushunchasi keltirilgan. Unga koʻra,
minoritar aksiyadorlar deganda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishi va
ovoz berishi yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha ovoz berish natijalariga taʻsir
oʻtkazmaydigan aksiyalar egalari tushuniladi
[7].
Minoritar aksiyadorlar tushunchasining korporativ huquqiy munosabatlar
amaliyotida qoʻllanilayotgan va xorij ilmiy manbalardagi talqinlarini tahlil etgan holda
mazkur aksiyadorlar huquqiy maqomining quyidagi oʻziga xos jihatlarini qayd etish
lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
162
Birinchidan, minoritar aksiyador tushunchasi aksiyalarning minoritar paketi
tushunchasidan kelib chiqadi. Minoritar aksiya paketi tushunchasi esa “aksiyalarning
nazorat paketi” tushunchasi bilan mutanosiblikni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Yaʻni,
aksiyalarning minoritar paketi
–
bu aksiyalarning nazorat paketi boʻlmagan qismi
[8].
Ikkinchidan, keyingi muhim omil jamiyatda davlatning ishtirokidir. Chunki, bloklovchi
aksiya paketiga yoxud oltin aksiyaga ega boʻlgan davlat jamiyat taqdirini hal qilishda barcha
masalalarda oʻz mavqeini shakllantirishiga, bu esa minoritar va nazorat aksiya paketlari
mantigʻining istisno qilinishiga olib keladi
[9].
Uchinchidan, ustav kapitalida yaqqol ustunlik mavjud boʻlgan hollarda nazorat
imtiyozlarini belgilovchi asosiy korporativ holat bu
–
uxlayotgan aksiyadorlarning mavjudligi,
yaʻni, aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etmayotgan, boshqaruvda oʻz mavqelarini
namoyon qilmayotgan, passiv aksiyadorlarning mavjudligidir [10].
Fikrimizcha, keng maʻnoda minoritar aksiyador bu aksiyalar nazorat paketiga ega
boʻlmagan, aksiyalari soni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masala
boʻyicha qaror qabul qilishga taʻsir qilmaydigan darajada oz aksiyalar paketiga ega boʻlgan
aksiya egasi, degan xulosaga kelish mumkin va bu minoritarlik yuqoridagi omillarga tayangan
holda va muayyan vaziyatdan kelib chiqib belgilanadi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan qabul qilingan
korporativ boshqaruvning asosiy qoidalari ikki qismdan iborat boʻlib, birinchisi
aksiyadorlar huquqlari, aksiyadorlarga teng munosabatlar, manfaatdor shaxslarning roli,
axborot oshkoraligi va shaffofligi, boshqaruvdagi majburiyatlar kabi yoʻnalishlarning
mazmun-mohiyati ochib berilgan [11]
. Shu oʻrinda aksiyadorlarning huquqlari bilan
bogʻliq jihat haqida toʻxtalib, bu boradagi tamoyillar har qanday korporativ boshqaruv
tizimida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz.
Minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlarining himoyalanganlik darajasi
iqtisodiyotda bugungi kunning muhim ahamiyatga ega masalasi hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Republikasida ayni vaqtda faoliyat koʻrsatayotgan aksiyadorlik
jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samarali shakllantirish va faol rivojlantirish,
minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash mahalliy
investorlar bilan bir qatorda xorijiy investorlarning ham aksiya egalari boʻlishga
qiziqishini oshiradi.
Minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning asosiy
yoʻllaridan biri bu –
aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibida
“mustaqil a’zo”
kiritilishi hisoblanadi. Qonunchilikka asosan respublika fond birjasi kotirovkasiga kirgan
aksiyadorlik jamiyatlarining oʻz nazorat kengashi tarkibida kamida bir nafar mustaqil
a’zoning boʻlishi shartligi belgilab qoʻyilgan. Mustaqil a’zo xorijiy amaliyotda aslida
mustaqil direktor deb atalgan boʻlib, (ingl. Independent Director) bu lavozim dastlab
yigirmanchi asrning 80-90-yillarida Buyuk Britaniya va AQShda taniqli
korporatsiyalarning bir qator mojaroli bankrotlik holatlaridan keyin paydo boʻlgan
[12].
Moliyaviy k
o‘
ngilsizliklar sababi kompaniya rahbariyatining insofsiz harakatlari va
direktorlar kengashi a’zolarining korrupsiyaga aralashgani boʻlgan. Shundan keyin yirik
investorlar (aholining pul mablagʻlarini jalb etuvchi pay, investitsiya, trast va boshqa
fondlar va kompaniyalar) kompaniyalarning asosiy kuzatuvchi organi tarkibiga qarorlar
qabul qilishda xolis va obyektiv harakat qiluvchi mustaqil direktorlarni kiritish taklifini
berishgan. Ularning funksiyalari direktorlar kengashi qarorlari va ularning ijrosini
chetdan doimiy monitoring qilish hamda barcha guruh aksiyadorlarining manfaatlarini
himoyalash etib belgilab qoʻyilgan
[13].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
163
Korporativ boshqaruvning eng ilgʻor amaliyotiga muvofiq, mustaqil direktor
sifatida oʻz nuqtai nazarini shakllantirish uchun yetarli professionallik, tajriba va
mustaqillikka ega boʻlgan, aksiyadorlikjamiyati ijroiya organi, alohida aksiyadorlar
guruhlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar ta’siridan mustaqil ravishda oʻz xolis va
vijdonli fikrlarini aytishga qodir boʻlgan shaxs e’tirof etiladi.
Minoritar aksiyadorlar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishi fuqarolik-
huquqiy, ma’muriy
-huquqiy hamda jinoiy-huquqiy javobgarlikdan iborat.
Xususiy-huquqiy tartibga solish metodining elementi sifatida huquqiy
munosabatlar ishtirokchilarining tengligi nizolarni taraflarning hech biriga ma’muriy
aloqasi boʻlmagan organ tomonidan hal etilishini belgilaydi. Himoya qilishga keladigan
boʻlsak, uning yurisdiksiyaga tegishli (davlat himoyasi) va tegishli boʻlmagan (nodavlat)
shakllari farqlanadi [14].
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
toʻgʻrisida”gi Qonunning 111
-moddasida aksiyadorlar huquqlari va qonuniy
manfaatlarining kafolatlari mustahkamlangan.
Unga koʻra davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya
etilishini kafolatlaydi. Biroq, aksiyadorlik jamiyatining xoʻjalik faoliyatiga va boshqa
faoliyatiga davlat organlarining aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat organlarining
qonunga xilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar
bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2015-yil
10-avgustdagi 2015-09-
son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatida
minoritar aksiyadorlar qoʻmitasining faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
mugofiq minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
maqsadida jamiyatda ularning orasidan qoʻmita tashkil etilishi mumkin. Qoʻmitani tashkil
etish mumkinligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Aksiyadorlar
(aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin oʻttiz kundan kechiktirmay, agar
jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning yillik
umumiy yigʻilishi kun tartibiga qoʻmita tarkibiga nomzodlar boʻyicha takliflar
koʻrsatishga haqli. Aksiyadorlar (aksiyador) qoʻmitaga oʻzlari koʻrsatgan nomzodlar
roʻyxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʻlon
qilingan sanadan eʻtiboran uch ish kunidan kechiktirmay oʻzgartishlar kiritishga haqli.
Qoʻmita aʻzolarini saylash toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
tomonidan bir yil muddatga qabul qilinadi. Qoʻmita tarkibiga saylangan shaxslar
cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin. Qoʻmitaning a’zolarini saylashda
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida hozir boʻlgan va jamiyat kuzatuv kengashiga
nomzodlar koʻrsatmagan yoxud aksiyadorlarning oʻtkazilayotgan umumiy yigʻilishida
kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. Jamiyat
boshqaruvi a’zolari va direktori, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi hamda, taftish
komissiyasi aʻzolari (taftishchisi) jamiyatning qoʻmita aʻzolari tarkibiga kiritilishi
mumkin emas. Qoʻmita a’zolarining soni jamiyat ustavi bilan belgilanib, uch kishidan kam
boʻlmasligi, shuningdek umumiy soni toq sondan iborat boʻlishi lozim. Qoʻmitaning raisi
ushbu qoʻmita tarkibidan uning a’zolari tomonidan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
Qoʻmita faoliyatini tashkil etish maqsadida jamiyat ijroiya organi rahbari qoʻmita
aʻzolariga ish joyini, kompyuter uskunasini, seyfni, telefon yoki faksimil aloqasini
ajratgan tarzda zarur mehnat sharoitini yaratib berishi shart.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
164
Qoʻmitaning vakolatiga quyidagilar kiradi:
–
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi koʻrib
chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga
oid masalalar boʻyicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
–
minoritar aksiyadorlarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqish;
–
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga
minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida
murojaatlar kiritish;
–
qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
Qoʻmitaning majlislari muntazam ravishda oʻtkaziladi va qoʻmitaning tarkibiga
saylangan shaxslarning kamida toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatlidir. Qoʻmita
raisi qoʻmita qarorida kuni va vaqtini belgilagan tarzda minoritar aksiyadorlarni xaftalik
qabulini tashkil etishi lozim. Qoʻmita qarorlari oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi
va yigʻilishda ishtirok etuvchi barcha qoʻmita aʻzolari tomonidan imzolanadigan
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qoʻmitaning bir a’zosi oʻz ovozini shu qoʻmitaning
boshqa bir a’zosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qoʻmita raisi qoʻmitaning vakolati
doirasiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha jamiyatning maʻlumot va hujjatlaridan, shu
jumladan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining
xulosalari va hisobotlari, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshirish
dalolatnomalari, jamiyatga va uning mansabdor shaxslariga nisbatan chiqarilgan sud
qarorlaridan, shuningdek affillangan shaxslar bilan nazarda tutilgan bitimlarni
jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan oʻrganish boʻyicha
bayonnomalaridan erkin foydalanish huquqiga ega. Qoʻmita vakolatiga kiradigan
masalalar boʻyicha hujjatlarni olish toʻgʻrisidagi qoʻmita raisining soʻrovnomalari yozma
ravishda rasmiylashtirilgan holda jamiyat ijroiya organiga taqdim etiladi. Jamiyatning
ijroiya organi qoʻmita raisi tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning nusxalarini
10 kun ichida yoxud soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmagan tarzda
taqdim etishi shart. Qabul qilinib olingan hujjatlar qoʻmita raisi va aʻzolari tomonidan
faqatgina xizmat maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Qoʻmita aʻzolari jamiyat yoki
uning faoliyati toʻgʻrisidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa
sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas. Qoʻmita oʻzining vakolatiga
kirgan masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida har yili aksiyadorlarning
umumiy yigʻilishida hisobot beradi
[15].
Shu tufayli aksiyadorlik jamiyatlarida minoritar aksiyadorlar huquqlari va qonuniy
manfaatlarini buzganlik uchun, shuningdek, jamiyat boshqaruvida, qolaversa, korporativ-
huquqiy munosabat subyektlari tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etish,
dividend siyosatini yuritish hamda jamiyat faoliyati bilan bogʻliq vazifalarini
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Korporativ boshqaruv kodeksi,
umume’tirof etilgan korporativ etika qoidalari hamda korporativ munosabatlarga oid
jamoaviy kelishuvlar talablarini buzganlikda ifodalanuvchi korporativ javobgarlik
oʻrnatilishi lozim.
Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, aksiyadorlik jamiyatlariva aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun korporativ,
ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik choralarining oʻrnatilishi aksiyadorlik jamiyatlarini
namunali tashkil etish hamda jamiyatdagi minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
165
qilishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, bugun Oʻzbekistonda faoliyat
koʻrsatayotgan aksiyadorlik kompaniyalari tajribasidan foydalangan holda mahalliy
sarmoyadorlar qatorida xorijiy aksiyadorlarning ham aksiya egalari boʻlayotganligi milliy
korporativ-huquqiy munosabatlarni rivojlangan davlatlar korporativ qonunchiligi va
amaliyotiga yaqinlashtirish, ayrim oʻziga xos jihatlarni inobatga olgan holda milliy
qonunchilik va korporativ amaliyotga implementatsiya qilish lozim.
Shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasining Maʻmuriy javobgarligi toʻgʻrisidagi
kodeksini 174
2
-
moddasi bilan toʻldirib, aksiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʻmuriy
javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Xususan, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida xabar bermaslik yoki
notogʻri xabar berish yoki aksiyadorlarning navbatdan tshqari yigʻilishini chaqirish
toʻgʻrisidagi talabini noqonuniy rad etish yohud aksiyadorlarning qonunchilik
hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarini buzish,
–
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishning belgilangan tartibini buzish,
aksiyadorlik jamiyatiga va (yoki) aksiyadorga moddiy zarar yetkazmagan boʻlsa, –
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yeti baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa
–
oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab boʻladi.
Bayon etilgan takliflar, pirovard natijada, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida
jamiyatlarni oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli davrda rivojlantirish boʻyicha aniq
strategiyani tasdiqlashga doir talablarga ega normalarni qonunchilik yoʻli bilan
mustahkamlash, ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashining jamiyatlarni rivojlantirish
strategiyasiga erishish yuzasidan koʻrilayotgan chora
-
tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotini
muntazam ravishda eshitib borishni nazarda tutadi. Bir soʻz bilan aytganda, bunday
javobgarlikning amalga kiritilishi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni
samarali shakllantirish va faol rivojlantirish, minoritar aksiyadorlarning huquq va
manfaatlari himoya qilinishini taʻminlashga xizmat qiladi.
References
1.
O‘
zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish b
o‘
yicha harakatlar strategiyasi
t
o‘g‘risida”. Toshkent sh., 07.02.2017 PF
- 4947-
son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 17.03.2021 y., 06/21/6188/0216-son.
2.
http://documents1.worldbank.org/curated/en/688761571934946384/pdf/Do
ing-Business-2020-Comparing-Business-Regulation-in-190-Economies.pdf.
3.
“Raqamli O‘
zbekiston
–
2030” Strategiyasini tasdiqlash va samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari t
o‘g‘risida”. Toshkent sh., 10.11.2020., PF
- 6079-son. Qonun
hujjatlatlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son.
4.
Reinier Kraakman, John Armour, Paul Davies, Henry Hansman and others. The
anatomy of corporate law : A Comparative and Functional Approach.
–
P. 81.
5.
Alan Dignam, John Lowry, Chris Riley. Company law. University of London 2016.
–
P. 127.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2023) / ISSN 2181-1415
166
6.
O‘
zbekiston Respublikasining
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent sh., 06.05.2014., O‘RQ
-370-son.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi., 05.10.2020
-y., 03/20/640/1348-son.
7.
Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatishi
tartibi to‘g‘risida”. Toshkent sh.,
10.08.2015., 2015-09-son. Qonun hujjatlari milliy bazasi,
23.09.2019-y., 10/19/2712-1/3783-son.
8.
Kholmirzaev, Utkirbek. "The Concept Of Control In Uzbek Corporate Law."
The
American Journal of Political Science Law and Criminology
3, no. 12 (2021): 63-67.
9.
Umarov B., Atajanov K. The Role Of Corporate Control In Protection Of The
Rights And Interests Of Shareholders //The American Journal of Political Science Law
and Criminology.
–
2021.
–
Т
. 3.
–
№.
12.
–
С. 32
-41.
10.
Anvarovich, Saidov Ibrokhim. "Corporate social responsibility under the UK
Corporate Governance system."
Eurasian Research Bulletin
21 (2023): 120-125.
11.
OECD (2015), G20/OECD Principles of Corporate Governance, OECD
Publishing, Paris.http://dx.doi.org/10.1787/9789264236882-en
12.
Каландаров, А. 2023. Общие обязанности директоров корпорации по
английскому праву. Общество и инновации. 4, 6/S (авг. 2023), 329–
335.
DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp329-335.
13.
Umarov, Bekzod. "Topical issues of legal regulation of increasing the
authorized capital of a joint-stock company in Uzbekistan."
Eurasian Journal of Research,
Development and Innovation
11 (2022): 35-42.
14.
Ахророва С. Понятие рынка в законодательстве о конкуренции
//Общество и инновации. –
2023.
–
Т. 4. –
№. 1/S. –
С. 68
-73.
15.
“Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat
ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
23.09.2019-y., 10/19/2712-1/3783-son.
