Авторы

  • Улугбек Яздонов
    Доктор философских наук, профессор, заведующий кафедрой фундаментальных и гуманитарных наук, Самаркандский институт агроинноваций и исследований
  • Фарход Джуманиязов
    Преподаватель, Самаркандский академический лицей МВД

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp30-35

Ключевые слова:

эффективность образования и воспитания киберобразование образовательно-воспитательный процесс социальная значимость образования индивидуально-человеческо-личностное развитие

Аннотация

В данной статье исследуются социальные тенденции киберпространства, активно формирующиеся в современном обществе. Обозначены сферы его влияния на разных уровнях: локальном, региональном и глобальном. Освещены научные исследования по данной тематике, проводимые в ведущих научно-исследовательских центрах мира. Статья предоставляет сравнительный анализ практических результатов, выявленных в ходе этих исследований, и акцентирует внимание на проблеме «киберугроз». Отдельное внимание уделено анализу «социальных угроз» для процессов образования и воспитания.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Criteria for determining cyberspace factors hindering

educational and educational efficiency

Ulugbek YAZDONOV

1

, Farkhod DJUMANIYAZOV

2

Samarkand Agroinnovation and Research University,
The Ministry of Internal Affairs, Samarqand Academic Lyceum

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2023
Received in revised form

15 September 2023
Accepted 25 September 2023

Available online

15 October 2023

In this article, the social trends of the cyber space factor,

which is becoming established in modern society, its sphere of

influence: local, regional, and global forms, the scientific research
conducted in the advanced research centers of the world in this

regard, and the practical results obtained from them are
comparative

ly analyzed. The issue of “social threat” to the

process of education and upbringing was considered.


2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp30-35

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

effectiveness of education
and upbringing

cyber education,

process of education and
upbringing,

social importance of
education,

individual-human-personal

development.

Ta’lim va tarbiya samaradorligiga to‘siq bo‘luvchi

kibermakon omillarini aniqlashtirish mezonlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ta’lim va tarbiya

samaradorligi,

kiber ta’lim,

ta’lim va tarbiya jarayoni,

ta’limning ijtimoiy

ahamiyati,

individ-inson-shaxs
kamoloti.

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda qaror topib

borayotgan kibermakon omilining ijtimoiy tendensiyalari, uning

ta’sir doirasi: lokal, regi

onal va global shakllari, bu borada

jahonning ilg‘or tadqiqot markazlarida olib borilayotgan ilmiy

izlanishlar, ulardan olinayotgan amaliy natijalar qiyosiy tahlil

etilib, “kiber tahdid”ning ta’lim va tarbiya jarayoniga

o‘tkazayotgan “ijtimoiy tahdidi” masalasi ko‘rib chiqilgan.

1

Doctor of Philosophy, Professor, Head of the Department of Fundamental and Humanitarian Sciences, Samarkand

Agroinnovation and Research University

2

Teacher,

The Ministry of Internal Affairs, Samarqand Academic Lyceum


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

31

самарадорлигини

оширишга

қаратилган

таклифлар

шакллантирилган

.

Критерии

для

определения

факторов

киберпространства, влияющих на эффективность

обучения и воспитания

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

эффективность

образования и
воспитания,

киберобразование,

образовательно

-

воспитательный процесс,

социальная значимость
образования,

индивидуально

-

человеческо

-

личностное

развитие

В данной статье исследуются социальные тенденции

киберпространства,

активно

формирующиеся

в

современном обществе. Обозначены сферы его влияния на
разных уровнях: локальном, региональном и глобальном.
Освещены научные исследования по данной тематике,
проводимые в ведущих научно

-

исследовательских центрах

мира. Статья предоставляет сравнительный анализ
практических результатов, выявленных в ходе этих
исследований, и акцентирует внимание на проблеме
«киберугроз». Отдельное внимание уделено анализу
«социальных угроз» для процессов образования и
воспитания.

Kirish.

Jamiyat hayotida kuzatilayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlashtirish, ularni

harakatga keltiruvchi sub’yektiv elementlarni, ob’yektiv vositalarni topish, bir

-birini

to‘ldiruvchi, o‘zaro korrelyatsion aloqadorlikka olib chiquvchi “ta’sir elementlari”ga aniqlik

kiritish dolzarb masala hisoblanadi. Xususan, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlash, tadrijiy

taraqqiyot bosqichga olib

chiqishda kibermakon omilining salbiy ta’sir doirasini

“kuchsizlantiruvchi” mexanizmni ishlab chiqish zarurati kun tartibida qolmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ta’lim va tarbiya

samaradorligiga to

‘siq bo‘luvchi

kibermakon omillari

o‘rtasidagi o‘zaro

korrelyatsion aloqadorlik koeffitsi

y

entining mavjud yoki

mavjud emasligi analiz va sintez metodi ko‘magida tahlil etilib, muammoni keltirib chiqaruvchi

sababiyat turkumlashtiriladi, ya’ni hodisa mohiyati tarkibiy qismlariga ko‘ra boʻlaklarga

ajratilib, olingan natijalar murakkablik darajasiga nisbatan yaxlitlashtiriladi. Tadqiqot

xulosalari o‘zaro ta’sir kuchidagi differensi

yallashuv darajalariga qarab, mantiqiy asoslanib,

taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Natija

.

Yangilanayotgan O‘zbekistonning ko‘plab sohalarida jiddiy islohotlarni olib

borish taqozo etilmoqda. Xususan, 2023-

yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom

berilishi − ta’lim va tarbiya samaradorligi borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlarning ko‘lamidan

dalolat beradi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda − bugun biz ulug‘ niyatlar bilan poydevorini

qo‘yayotgan yangi Uyg‘onish davrida, xalqimiz hayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga

o‘zimizdan munosib meros qoldirishga xizmat qiladigan konsepsiyani ishlab chiqishimiz, ya’ni

“2022

-2030-

yillarda O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim va tarbiya sohasini

gumanitarlashtirish strategiyasi”ni yaratishimiz maqsadga muvofiqdir[1]. Shu maqsadda,
davlatimiz tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirilishi reja qilingan

davlat dasturi qabul qilindi (2023-yil 28-fevral, PF-27-son). Dasturda quyidagi vazifalarni

amalga oshirish belgilab olindi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

32

2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy

o‘rta ta’lim

muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb

-

hunarga o‘rgatish amaliyotini

bosqichma-

bosqich yo‘lga qo‘yish;

2023/2024-

o‘quv yilidan boshlab bosqichma

-

bosqich umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va mil

liy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida

tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va

kreativ fikrlash, jamoa

bo‘lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari

amaliyotga kiritish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1

-4-

sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba

asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;

professional ta’lim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning

talablariga mos bo‘lgan malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash;

2023-yil 1-

sentabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent

shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish

sifatini ta’minlash tizimi talablariga to‘liq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional

ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish[7] masalalari belgilab olindi.

Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasi hukumati bosh islohotchiligida olib

borilayotgan amaliy ishlar o‘z natijasini bermoqda. Jumladan, maktabgacha ta’limdagi qamrov

darajasi hozirda 62 foizni tashkil etmoqda[8]. Bu ko‘rsatgich 2016

-yilgacha 27 foizdan[9]

oshmagan edi. yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 32 foizga oshirildi. Agar bu

ko‘rsatgichni 2017

-

yilga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘idagi “maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga

qamrov” ko‘rsatgichi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 3,5 baravar[10]ga ortganini ko‘rishimiz
mumkin bo‘ladi.

Ammo masalaning ikkinchi tomoniga ham e’tibor qaratish zarur. Ya’ni faqat “qamrov”

darajasiga ko‘ra ta’lim sifatini oshirib bo‘lmaydi. Aksincha, ilmga layoqatli yoshlarni yetishtirish,

malakali kadrlarni tayyorlash, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirish orqali −

jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin. Albatt

a, mamlakatimizda bu borada ko‘plab ishlar

qilinmoqda. Buni e’tirof etgan holda, yoshlarni sifatli ta’lim olishiga, milliy o‘zligimiz,

mentalitetimizga mos va xos ravishda tarbiya topishida jiddiy to‘siq bo‘lib kelayotgan omillar

keng qamrovda tus olmoqda.

Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta’kidlaganidek, “dunyo

shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna solayotgan

turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy

tarbiya,

yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan

ham muhim”[2] bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yondashganda,

zamonaviy kibermakon ta’sirida yoshlarni buyuk avlodlarga munosib bo‘lib tarbiya

to

pishiga quyidagi omillarning salbiy ta’siri sezilmoqda

:

1.

Ommaviy axborot vositalarining globallashuvi. OAV auditoriyasining cheksizligi, bir

vaqtning o‘zida psixologik, pedagogik, sotsiologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ta’sir etish

imkoniyatining kengligi, bu vositaga ko‘plab “inson qalbiga yo‘l eshiklarini” ochib bermoqda.

Albatta, XXI asrda OAVdan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Ya’ni OAV insonlar (

bizlarning

)

hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bu borada Maxatma Gandining quyidagi fikrini keltirib

o‘tish kifoya: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim ham berkitib o‘tira olmayman, chunki

uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan

kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar

-

to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib

yuborishini ham istamayman”[3]. Bundan xulosa shuki, OAV yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir

etmasligi uchun, avvalo “ommaviy axborot vositalari seleksiyasini” to‘g‘ri yo‘lga quyish kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

33

Birgina misol, O‘zbekiston telekanallarida qo‘yilayotgan bugungi seriallar (

Masalan, Turk

seriallari

), o‘zida mujassam etilgan “Sharq va G‘arb mentaliteti qorishmasi”ga oid g‘oyalari bilan,

yoshlar ongi shuurida, dunyoqarashida “ommaviy madaniyat”ga moyillik “instink”larini

oshirmoqda.

2.

Dunyoviy davlat sifatida o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olishga urinayotgan

jamiyatimizda fikrlar xilma-

xilligi, e’tiqod erkinligi, so‘z

-fikr bildirish demokratiyasining

mustahkamlanib borayotganligi ortidan − aksariyat yoshlar qalbida (

ongida

) “qadriyatsizlik”,

“ma’naviyatsizlik” elementlari ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Milliy ma’naviy

qadriyatlarga sodiq bo‘lib tarbiya topish o‘rniga kosmopolitistik g‘oyalar qaror topmoqda.

Bunga albatta o‘zimiz (

chuqur tafakkur etmay qabul qilgan qarorlarimiz

) sabab bo‘lmoqda.

Masalan, aksariyat ota-

onalar hayot tarzida − bolamni moddiy ta’minotini ta’minlash mening

asosiy burchim, qabilidagi tushuncha ortidan kirib kelayotgan “bola tarbiyasiga

e’tiborsizlik”,

yoshlar (

balog‘atga yetmagan farzandlar

) o‘rtasidagi ko‘plab ijtimoiy muammolarni yuzaga

keltirmoqda. Aniqroq aytganda, farzandini yo

shi ulg‘ayib, “farzand tashvishlari” boshlanguniga

qadar, uning moddiy jihatdan ta’minotini qondirishga qaratilgan harakatlari (

masalan, chet

davlatlariga borib ishlash maqsadida − mehnat migratsiyasini amalga oshirish

), guldek beg‘ubor,

yosh niholdek tarb

iyaga muhtoj bo‘lgan farzandini − ma’naviy qashshoq, ilmiy salohiyatsiz,

mehri kamtik, xudbin bo‘lib voyaga yetishiga olib kelmoqda.

3.

Yoshlarni hayotga “yengil

-

yelpi” qarashi, shoshqaloqlik bilan qarorlar chiqarishi,

“ommaviy madaniyat”ga bo‘lgan moyilligini ortishi, ilm olishni sharafli mashg‘ulot emas,

aksincha majburiyat sifatida baholashi, ularda ilmsizlikni qaror topishiga olib kelmoqda. Bu

jarayonga kibermakon imkoniyatlari yanada kuchli ta’sir etmoqda. Masalan, aksariyat yoshlar
o‘zini onlayn “qahramonlar” obrazi kabi tutishga urinishi, kitob orqali ilm izlashdan ko‘ra

onlayn (

Google, Instagram, Twitter, Facebook va boshqalar

) ilm izlashni afzal bilishi,

tasdiqlanmagan, rasmiy manbaga ega bo‘lmagan ma’lumotlar orqali “ilmiy qurollanishi”, ya’ni

hayotiy

tajribaga, diniy e’tiqodga oid ilmlarni onlayn xizmatlardan izlashi natijasida − yoshlar

ongida ishonchsiz ma’lumotlarni to‘planib borayotganligi, natijada ularda ilmsizlik ortib,

fundamental bilim olishga urinishdan ko‘ra “noaniq manbali” yoki “tajribada sinalmagan o‘git,

pand-

nasihat”ga ishonish alomatlari avj olmoqda.

4.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmoqlaridan unumli foydalanish

tizimini tartibga solish bo‘yicha davlat dasturlari zamon talablariga mos holda ishlab

chiqilmayotgani, y

oshlarda “axborot seleksiyasi”ni amalga oshirish ko‘nikmasi ojizligicha

qolishiga turtki bo‘lmoqda. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar bilim va kerakli axborotni olish uchun

ulkan imkoniyatlar yaratish bilan birgalikda, inson hayotining deyarli barcha jihatlariga

(

xususiy

) daxl qilmoqda[6]. U shaxsga o‘z bilimlarini oshirish, professionalizmini yuksaltirish,

ehtiyoj va mayllaridan “tartibsiz” qondirishga sabab bo‘lmoqda. Bu borada psixolog Turman

Sornuris shunday xulosa beradi: zamonaviy texnologiya inqilobi oldin

ma’lum bo‘lmagan

komputer va internetga qaramlik − ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu kasalliklarning

xatarli jihati shundaki, ular omma xulq-

atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, giyohvandlik kabi og‘ir

asoratlarni beradi. Keyingi yillarda ruhiy-as

ab va boshqa kasalliklar ko‘paydi. Bunga komputer,

internet, video va uyali telefonning ommalashgani sabab bo‘ldi. Chunki bular insonning

yolg‘izlanishi, oilaviy aloqalarning uzilishiga olib keldi. Bular insonni boshqalarga emas, balki

faqat o‘zi bilan o‘zi band qilib qo‘ydi[4].

5.

Kibermakonning texnologik qurilmasi bo‘lgan axborot

-kommunikatsiya rivoji, birinchi

navbatda inson shaxsi, ongi va dunyoqarashiga ta’sir etib, uning ijtimoiy o‘lchovlarini

o‘zgarishiga olib keldi. Masalan, oilada olib borilishi zarur bo‘lgan farzand tarbiyasida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

34

deformatsiyalashuvni olib keldi. Bu “universal tarbiya” qaror topishiga turtki bo‘ldi. Oxir oqibat

tarbiya borasida ijtimoiy amaliyotda “kristallashgan” an’analarda “transmilliy” buzilish

yuzaga kelib, ming yillar davomida s

hakllanib kelgan “milliy tarbiyaviy qadriyatlar” o‘rtasidagi

funksional institutsionallashuvga “qaqshatqich zarba” berildi. Demak, tarbiya bir tomonlama
olib borishga qaratilgan “ijtimoiy jarayon” emasligini, unga avvalo ota

-

ona mas’ulligini anglab

yetmas

ekanmiz, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashga qaratilgan ishlarimiz samarasiz bo‘lib

qolaveradi.

6.

Ta’lim va tarbiya samaradorligiga to‘siq bo‘luvchi kibermakon omillarini aniqlashtirish

va oldini olishga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqishni tavsiya

etamiz. Buning uchun −

kiberfazoda nafaqat ta’lim va tarbiya tizimiga ta’sir elementlarini boshqarish, balki, ularni

yuqori murakkablikda ushlab turish, dinamik o‘zgarishini nazorat qilish, hududiy jihatdan ta’sir

elementlarini tashkillashtirish masalasig

a e’tiborni kuchaytirish zarur. Mutaxassislarning

fikricha, kibermakon hali yagona boshqaruv mexanizmiga ega emas. Demak, kibermakon

parametrlari turli darajadagi ta’sirga bardosh berishiga shubhalar bor. Masalan, ta’limga

nisbatan olganda boshqariladigan

ob’yektning holati to‘g‘risida ma’lumotni to‘plash, kerakli

jihozga yuklash, holat to‘g‘risida qaror qabul qilish, holatga iqtisodiy, huquqiy yoki ijtimoiy baho

berish murakkabligi saqlanib qolmoqda. Bu holatdan unumli foydalangan holda “ijtimoiy ong”

shak

lini o‘zgartirishga qaratilgan usullarni tavsiya etamiz. Masalan, “

psixologik aloqaga

kirishish

usuli[5]. Bu metod amaliyotga to‘rtta bosqichga asoslanib tadqiq etiladi:

1) yoshlar ongida o‘rnashgan kibermakonning zararli oqibatlariga qarshi motivat

sion

immunitet hosil etish;

2) yoshlarning aqliy salohiyatini inobatga olgan holda yondashuvni amalga oshirish;

3) yoshlarni ruhiy emotsional kechinmalarini hisobga olish hisobidan targ‘ibot ishlarini

olib borish;

4) tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy muhi

tdagi o‘rniga nisbatan olib borish yuqori samara

berishi uchun quyidagi mexanizmlar amalda ishlashi kerak bo‘ladi:

yoshlar o‘rtasidagi kiber muloqotni prognoz qilishning markazlashgan tizimini joriy

etish zarur;

yoshlarni kibermakondagi harakatini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishga

qaratilgan mexanizmni ishlab chiqish kerak bo‘ladi;

talaba yoshlarni kiber kommunikativ layoqatini baholovchi milliy platforma yaratilishi

va uni ishlash mexanizmini joriy etish zarur;

talaba yoshlarni kib

erolamning qaysi jihatlari ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda?, qanday ta’sir

vositalariga moyilligi yuqori? kabi savollarni tadqiq etuvchi doimiy sotsiologik markazni

tashkillashtirish kerak;

− kibermakon omilini yoshlar ongiga (individual tarzda) ta’sir kuchin

i baholovchi ijtimoiy

tadqiqotlar institutini tashkil etish zarur hisoblanadi.

Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagi

XULOSAga

keldik:

Birinchidan

, kiberfazo tarkibiy tuzilmasi yuqori murakkablik darajasiga ko‘ra: dinamik

o‘zgaruvchanligi, psixologik imkoniyatlaridagi mutanosibligi, vositachi sifatida namoyon
bo‘layotgan elementlarining serqirraligi, jamiyat boshqaruv jarayonida alohida maqomga ega

ekanligi, katta miqdordagi respondentlar auditoriyasiga ixtisoslashganligi −

kibermakon

qiyofasini ko‘rsatadi. Shu jihatdan baholaganda, uning (kibermakon) ta’lim va tarbiya kabi

jamiyat drayverlariga ta’sir kuchi oshib boraveradi.

Ikkinchidan

, strategik maqsadiga ko‘ra kibermakon omili − doimiy rivojlanib borish

tendensiyasida ke

chmoqda. Masalan, aloqa o‘rnatish, munosabatlarni tashkillashtirish,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2023) / ISSN 2181-1415

35

maqsadlarni integratsiyalashtirish, ijtimoiy muomalada jozibadorlikni ta’minlash, inson ongiga

ta’sir etishga qaratilgan yangi protokollar, standartlar va uskunalarni ishlab chiqishni doi

miy

takomillashuvini boshqarish, kibermakonning ma’lum bir “segmenti”ni namoyon etmoqda

.

Uchinchidan

,

kibermakonni boshqarish tuzilmasidagi ta’sir elementlarini tashkiliy

jihatdan nazorat qilish, uni millatlarning milliy mentalitetiga moslash, urf-odat, an

’anaviy

qadriyatlarga monand shaklda ta’lim va tarbiya jarayoniga xizmat etishiga erishish, ta’lim va

tarbiya jarayonidagi o‘rnini pozitivlik jihatidan o‘zgartirish − kibermakonning avtonom
boshqarish tizimiga o‘tishi bilan belgilanadi.

To‘rtinchidan

, jami

yat miqyosida ro‘y beradigan ommaviy hodisalar ko‘pincha, kichik

(maishiy) ko‘rinadigan “ta’sir elementlari” qurshovida qolishiga sabab bo‘ladi. Kibermakonga

bo‘lgan munosabat shu shaklda kechmoqda. Ammo har qanday jarayonni shakllanish bosqichi

bo‘lgani k

abi, kibermakon ham lokal-regional-

global davriylikni bosib o‘tmoqda. Uning ta’lim va

tarbiyaga o‘tkazayotgan ta’sirini anglash uchun biz − “kiber global” bosqichni ko‘rishimiz shart

emas. Chunki, bu davriylik kelganda “kiber tahdid”ni boshqarib bo‘lmay qo

ladi.

Beshinchidan

, hozirgi davrda kibermakon ta’sir vositalarini ta’lim va tarbiya jarayoniga

yetkazayotgan zararini baholash mezonlari ishlab chiqilmaganligi sababli, uning ijtimoiy

hayotimizga kirib kelish mexanizmini ko‘rishimiz qiyin

kechmoqda. Ammo, yaqin kelajakda

jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarga uning aloqadorligini sezishni boshlaymiz.

Chunki, u jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarda aks etmoqda. Qolaversa, ruhiy-

emotsional holatimizni boshqaruvchi mezon sifatida

ham namoyon bo‘lmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Sh.M.Mirziyoyev, Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. −T.: Oʻzbekiston, 2021. −B.236.
2. Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga

koʻtaramiz. Jild-1. –T.: Oʻzbekiston NMIU, 2017. −B. 27.

3. S.Rahimova, E.Nishanbayeva, Yoshlarimizni maʼnaviy tahdidlardan asrash masalalari

//Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). №. 12 (2). 2022. –P. 136-
142.

4.

Muxammad Amin Yahyo. Inernetdagi tahdidlardan himoya

. –Т.: Movarounnaxr, 2016. –B.

185.

5. Yazdonov, U. B. T. (2019). ОРГАНИЗАЦИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ПОД

ВЛИЯНИЕМ ФОРМ СОЦИАЛЬНОГО СОЗНАНИЯ.

Theoretical & Applied Science

, (9), 88-92.

6. U.Yazdanov, (2017). Jamoatchilik fikrini transformatsiya qilish imkoniyatlari. Ijtimoiy fikr.

Inson huquqlari

.

7. https://lex.uz/docs/6396146.
8.https://yuz.uz/news/maktabgacha-talimdagi-qamrov-darajasi-hozirgi-62-foizdan-kamida-

80-foizga-etkaziladi

9. https://strategy.uz/index.php?news=1387
10. https://uza.uz/uz/posts/oliy-islohotlari-yotgan-imkoniyatlar_392536

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev, Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. −T.: Oʻzbekiston, 2021. −B.236.

Sh.M.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. Jild-1. –T.: Oʻzbekiston NMIU, 2017. −B. 27.

S.Rahimova, E.Nishanbayeva, Yoshlarimizni maʼnaviy tahdidlardan asrash masalalari //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). №. 12 (2). 2022. –P. 136-142.

Muxammad Amin Yahyo. Inernetdagi tahdidlardan himoya. –Т.: Movarounnaxr, 2016. –B. 185.

Yazdonov, U. B. T. (2019). ОРГАНИЗАЦИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ПОД ВЛИЯНИЕМ ФОРМ СОЦИАЛЬНОГО СОЗНАНИЯ. Theoretical & Applied Science, (9), 88-92.

U.Yazdanov, (2017). Jamoatchilik fikrini transformatsiya qilish imkoniyatlari. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari.