Авторы

  • Кудрат Маткаримов
    Доцент, доктор юридических наук, кафедра Суд, правоохранительные органы и адвокатуры, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp220-228

Ключевые слова:

судья возбуждение дисциплинарного дела в отношении судьи дисциплинарные взыскания

Аннотация

В данной статье подробно рассматриваются принципы дисциплинарной ответственности судей, процедура возбуждения дисциплинарного производства в отношении судьи, виды дисциплинарных взысканий и их применение, а также процедура обжалования решений о применении дисциплинарных взысканий, опираясь на опыт передовых зарубежных стран. Автор анализирует необходимость принятия Закона Республики Узбекистан "О статусе судей в Республике Узбекистан", учитывая положительный опыт зарубежных стран. Кроме того, в статье разработаны обоснованные предложения, направленные на совершенствование теоретико-правовых основ дисциплинарной ответственности судей.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Some issues of disciplinary responsibility of judges:

experience in Uzbekistan and abroad

Kudrat MATKARIMOV

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023

Accepted 20 January 2024

Available online

25 February 2024

This article examines in detail the principles of disciplinary

liability of judges, the procedure for initiating disciplinary

proceedings against a judge, types of disciplinary sanctions and

their application, as well as the procedure for appealing

decisions on the application of disciplinary sanctions, based on

the experience of advanced foreign countries.

The author analyzes the need to adopt the Law of the

Republic of Uzbekistan “On the status of judges in the Republic

of Uzbekistan”, taking into account the positive experience of

foreign countries. In addition, the article develops substantiated

proposals aimed at improving theoretical and legal documents

on the disciplinary liability of judges.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp220-228

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

judge,

initiation of disciplinary

proceedings against the

judge,

disciplinary sanctions.

Sudyalar intizomiy javobgarligining ayrim masalalari:

O‘

zbekiston va xorij tajribasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sudya,

sudyaga nisbatan intizomiy

ish qo

zg

atish,

intizomiy jazo choralari.

Mazkur maqolada sudyalar intizomiy javobgarligining

asoslari, sudyaga nisbatan intizomiy ish q

o‘zg‘atish, sudyaga

nisbatan q

o‘

llaniladigan intizomiy jazo choralari, intizomiy jazo

choralarini q

o‘

llash t

o‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish

ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida muhokama qilingan.

Muallif tomonidan xorijiy davlatlar ijobiy tajribasi asosida

O‘zbekiston Respublikasining “O‘

zbekiston Respublikasida

sudya maqomi t

o‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilish zaruriyati

tahlil qilingan. Shuningdek, muallif tomonidan Sudyalarning

intizomiy javobgarligiga oid nazariy va qonun hujjatlarini

takomillashtirishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab

chiqilgan.

1

Associate Professor, Doctor of Laws, Department Judicial, Law Agencies Enforcement and Advocacy, Tashkent

State University of Law. E-mail: matkarimovkudrat79@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

221

Некоторые вопросы дисциплинарной ответственности
судей: опыт Узбекистана и зарубежья

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

судья,

возбуждение

дисциплинарного дела в
отношении судьи,
дисциплинарные

взыскания.

В данной статье подробно рассматриваются принципы

дисциплинарной

ответственности

судей,

процедура

возбуждения дисциплинарного производства в отношении

судьи, виды дисциплинарных взысканий и их применение,

а также процедура обжалования решений о применении
дисциплинарных взысканий, опираясь на опыт передовых

зарубежных стран. Автор анализирует необходимость
принятия Закона Республики Узбекистан «О статусе судей

в Республике Узбекистан», учитывая положительный опыт
зарубежных стран. Кроме того, в статье разработаны

обоснованные

предложения,

направленные

на

совершенствование

теоретико

-

правовых

основ

дисциплинарной ответственности судей.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko

lamli islohotlar, har bir inson

taqdiriga, uning huquq va manfaatlarini oliy qadriyat darajasida ko

tarish va davlat

muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, pirovard natijada

inson qadri

ni amalda

ta

minlashga qaratilgan. O

zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

tashabbusi bilan ilgari surilgan 2017

2021-yillarda O

zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta

minlash va sud-huquq

tizimini yanada isloh qilish ikkinchi ustuvor yo

nalish sifatida belgilangani bejiz emas.

Zero, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya qilishda, eng avvalo, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud mustaqilligini ta

minlash, odil

sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish
muhim ahamiyat kasb etadi. O

tgan davr mobaynida O

zbekistonda barcha sohalar qatori

sud-huquq yo

nalishida ham keng ko

lamli ishlar amalga oshirildi. Keyingi yillarda sud-

huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2020-yil
7-dekabrdagi

Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta

minlash hamda sud tizimida

korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to

g

risida

gi

Farmoni sud tizimda katta o

zgarishlarga sabab bo

ldi. Ta

kid etilishicha, sudyalar

qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. Shu bois
barcha sudya bir xil maqomga ega. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy
adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta

minlashga qaratilgani bois sudyaning

zimmasidagi mas

uliyat katta hisoblanadi. Mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimini

shakllantirish hamda xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda institutsional islohotlarni
hayotga tatbiq etish bugungi kunda davlatimiz siyosatida ustuvorlik kasb etmoqda.
Ayniqsa, odil sudlovda ochiqlik, jamoatchilik mexanizmi qo

llanilishi, sud hukmi qabul

qilinishida insonparvarlik tamoyili namoyon bo

lishi aholi haq-huquqlari, manfaatlarini

qonuniy kafolatlayotir. Albatta, buni sud-huquq sohasiga katta e

tibor qaratilayotgani

natijasi, deyish mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

222

MUXOKAMA VA NATIJALAR

O

zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 25

26-iyun kunlari bo

lib

o

tgan o

n oltinchi yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlardan

Sudlar to

g

risida

gi

O

zbekiston Respublikasi Qonuni haqida to

xtaladigan bo

lsak, 1993-yilda qabul qilingan

va o

zgartishlar va qo

shimchalar kiritilib, 2000-yil 14-dekabrda yangi tahriri

tasdiqlangan, 2021-yil 28-iyulgacha amalda bo

lgan O

zbekiston Respublikasining

Sudlar

to

g

risida

gi Qonuni mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan bo

lib, Qonunda

sud tizimida olib borilgan islohotlar natijasida vujudga kelgan o

zgarishlar to

liq aks

ettirilmagan edi

. “

Sudlar to

g

risida

gi O

zbekiston Respublikasi Qonuni 14 ta bob va

101 ta moddadan iborat bo

lib, Qonun bilan odil sudlovning asosiy prinsiplari va sud

hujjatlarini qayta ko

rish tartibi takomillashtirildi, sudyalarning maqomi, ularning

mustaqilligi kafolatlari kuchaytirildi, sudyalik lavozimiga nomzodlar va saylanadigan
shaxslarga nisbatan qo

yiladigan talablar xalqaro standartlarga moslashtirildi,

sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko

rib chiqildi

, sudyalar vakolatlarini

to

xtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi aniqlashtirildi hamda

sudyalarning ijtimoiy himoyasi bog

liq masalalar aks ettirildi.

Mazkur maqolada sudyalar intizomiy javobgarligi ayrim masalalari keng tahlil

ostiga olinadi. Keling, sudyalarning intizomiy javobgarligi haqida s

o‘

z yuritishdan oldin

intizomiy javobgarlik tushunchasini keng tahlil ostiga olaylik. Chunki, Sudyalarning
intizomiy javobgarligi mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun, umuman olganda,
intizomiy javobgarlikni tushunish zarur [1]. Intizomiy javobgarlik deganda

o‘

z mehnat

vazifalarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor
b

o‘

lgan xodimga q

o‘

llaniladigan ta'sir chorasi tushuniladi.

Ya‘ni Xodimning o‘

z mehnat

vazifalarini jinoiy javobgarlikka tortishga sabab b

o‘

lmaydigan darajada bajarmaganligi

yoki lozim darajada bajarmaganligi intizomga xilof noj

o‘

ya harakat hisoblanadi.

Bu asosan xodim zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxona, tashkilotdagi ichki
mehnat qoidalarini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar bilan yuklangan mehnat
vazifalarini buzishga qaratilgan harakat yoki harakatsizligida ifodalanadi. Xodim
intizomga xilof xatti-harakati uchun ish beruvchi tomonidan intizomiy javobgarlikka
tortiladi yoki boshqa ta'sir chorasi q

o‘

llaniladi. Xullas, intizomiy javobgarlik deganda

O‘

zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 300-moddasida keltirilgan ta'rifga k

o‘

ra,

xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu
xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi q

o‘

llanilishida ifodalanadigan yuridik

javobgarlik bu intizomiy javobgarlik deyiladi. U ikki turga b

o‘

linadi: umumiy va maxsus

intizomiy javobgarlik. Mehnat kodeksiga muvofiq xodim tomonidan sodir qilingan

intizomiy qilmish intizomiy javobgarlik uchun asos hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki,

intizomiy javobgarlikka tortishdan oldin uni aynan intizomiy qilmish sodir qilgan yoki
qilmaganini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi

o‘

tkaziladi.

O‘

zbekiston Respublikasi

Mehnat kodeksining 302-moddasida xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi
faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir
etilishiga imkon bergan sabablar va shart sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi
mumkin b

o‘

lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga

oshiriladigan tekshirish xizmat tekshiruvi ekanligi belgilangan.

Xizmat tekshiruvi

o‘

tkazilishidan oldin albatta unga asos kerak b

o‘

ladi. Ommaviy

axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbari bildirgisi, jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim intizomiy qilmish sodir etganligi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

223

tasdiqlashga хizmat qiladigan boshqa ma’

lumotlar xizmat tekshiruvi

o‘

tkazishga asos

hisoblanadi va ish beruvchi buyrug

i bilan rasmiylashtiriladi. Xizmat tekshiruvi

o‘

tkazish

uchun ish beruvchining buyrug

i bilan kamida uch kishilik komissiya tuziladi. Xizmat

tekshiruvi tashkil qilish, tayyorlash va

o‘

tkazish sifati, uning natijalari, xulosalari va

takliflarining xolisligi uchun shaxsan javobgar shaxs bu komissiya raisi hisoblanadi.
Shu

o‘

rinda

o‘

ziga nisbatan xizmat tekshiruvi

o‘

tkazilayotgan xodim ham bir qancha

huquq va majburiyatlarga ega ekanligini takidlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O‘

zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 306-moddasiga k

o‘

ra xodim xizmat

tekshiruvi nima sababdan

o‘

tkazilayotgani bilishga, komissiya a

zolarini rad etish

t

o‘g‘risida arz qilishga, xizmat tekshiruvi davomida iltimosnomalar berishga

, xizmat

tekshiruvi materiallari bilan tanishishga va ulardan k

o‘

chirma nusxa olishga, xizmat

tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnoma bilan tanishishga va boshqa bir qancha
huquqlarga ega. Qonunga muvofiq xizmat tekshiruvi

o‘

tkazish muddati 15 ish kunidan

oshmasligi kerak. Agar xizmat tekshiruvini obyektiv sabablarga k

o‘

ra shu muddatda

tugallash imkoni mavjud b

o‘

lmagan alohida hollarda ish beruvchi komissiyaning

asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvi

o‘

tkazish muddatini yana 15 ish

kunigacha uzaytirishi mumkin. Xodim xizmat tekshiruvi davomida ishdan chetlatiladimi?

Bizga ma‘lumki, O‘

zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 309-moddasiga binoan agar

xodimning ish joyida hozir b

o‘

lishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb

taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud b

o‘

lsa, ish beruvchi xodimni ishdan

chetlashtirishga haqli hisoblanadi va u ish beruvchining buyrug

i bilan rasmiylashtiriladi.

O‘

zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasida intizomiy jazo choralari

sifatida quyidagilar keltirilgan:

1) hayfsan;
2)

o‘

rtacha oylik ish haqining 30 % dan k

o‘

p b

o‘

lmagan miqdorda jarima;

3) mehnat shartnomasi bekor qilish.
Mehnat kodeksda, boshqa qonunlarda, intizom t

o‘

g'risidagi ustavlar yoki

nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralari q

o‘

llashga y

o‘

l q

o‘

yilmaydi. Shu

o‘

rinda intizomiy jazo choralarini q

o‘

llash tartibini ham yoritib ketaylik. Mehnat

kodeksining 313-moddasi intizomiy jazo choralarini q

o‘

llash tartibiga ba

g‘

ishlangan

b

o‘

lib, unda qayd etilishicha, intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan

shaxslar (organlar) tomonidan q

o‘llaniladi. Ya’ni xodimga nisbatan intizomiy jazo

chorasini q

o‘

llashga ishga qabul qilish huquqiga ega shaxs haqli ekan. Yana ushbu

normada ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi q

o‘

llanilguniga qadar yozma

tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi
natijalariga k

o‘

ra aniqlangan b

o‘

lsa, talab qilishi shart ekanligi, xodimning yozma

tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi q

o‘

llanilishi uchun

monelik qilmasligi va u hozir b

o‘

lgan guvohlar k

o‘

rsatilgan holda dalolatnoma bilan

rasmiylashtirilishi belgilangan. Bizga ma’lumki, har bir intizomiy qilmish uchun faqat

bitta intizomiy jazo chorasi q

o‘

llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi

ish beruvchiga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini q

o‘

llashda sodir etilgan qilmishning

og‘ir

-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori

hisobga olinadi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, o‘

ziga nisbatan intizomiy jazo

chorasini q

o‘

llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi

b

o‘

lmagan deb hisoblanadi. Intizomiy javobgarlikning

O‘

zbekiston Respublikasi Mehnat

kodeksi asosidagi tahlili s

o‘

ngida intizomiy jazo choralarini q

o‘

llash va uning amal qilish


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

224

muddati haqida ham qisqacha t

o‘

xtalaylik. Intizomiy jazo intizomiy qilmish

aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay

q

o‘

llaniladi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati esa u q

o‘llanilgan kundan e’tiboran

bir yildan oshmasligi kerak. Agar intizomiy jazo q

o‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil

ichida xodimga yangi intizomiy jazo q

o‘

llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb

hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik

tarzda tugallanadi.

Yuqorida

O‘

zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida intizomiy javobgarlikning

umumiy tushunchasi, turlari, intizomiy javobgarlik asoslari, uni q

o‘

llash va uning amal

qilish muddatlari haqida qisqacha ma’lumot berdik. Endi esa intizomiy javobgarlik

masalasini xorijiy davlatlar yuridik soha mutaxassislari fikrlari asosida tahlil qilaylik.
Rossiyalik yuridik fanlar doktori Baxrax fikricha, intizomiy javobgarlikni tarmoqlararo
ta

’lim, ya’ni

sub

ektning

o‘

z aybi bilan mavjud mehnat funktsiyalarini bajarmaganligi yoki

lozim darajada bajarmaganligi deb hisoblaydi [2]. Yana boshqa yuridik fanlar doktori
fikricha, sudyalarning intizomiy javobgarligi nafaqat yuridik javobgarlik tizimining
elementi, balki maxsus intizomiy javobgarlikning bir turi hamdir [3]. Boshqa olimlar,
jumladan V.I. Vasilev va P.V.

Shumov “Sudyalar intizomiy javobgarligini hal qiluvchi

yagona intizomiy organ yaratish kerakligini

o‘

zlarining maqolasida taklif sifatida

berishgan berishgan. Boshqa olimlardan biri I.V. Popryaduxina

o‘

zining ilmiy ishida

sudyalarning intizomiy javobgarlikka tortish masalasi ancha murakkab jarayon
ekanligini bayon qilgan [4]. Bu fikrga soha ilmiy izlanuvchisi E.L. Barsegova ham

o‘

z

maqolasida quyidagicha s

o‘

zlari bilan q

o‘shilgan: “Sudyaning javobgarligi masalasi eng

qiyin masalalardan biridir” [5]. Yana bir fan doktori Fursov esa

:

Sudyaning mustaqilligi

va uning faoliyati natijalari uchun shaxsiy javobgarligi

o‘

rtasidagi muvozanatni topish va

ta

minlash juda qiyin

degan xulosani bergan [6]. Xulosa qilib Trexenning fikrini

keltiramiz

intizomiy javobgarlik muammosi yuridik fanda eng kam

o‘

rganilgan

masalalardan biridir [7]” va bu fikrlar nega sudyalar intizomiy javobgarligi masalasini

chuqur tahlil ostiga olganimizning sababi hisoblanadi.

Keling

endi

sudyalar

intizomiy

javobgarlik

masalasini

O‘

zbekiston

Respublikasining

Sudlar t

o‘g‘

risida

gi qonuni asosida tahlil qilaylik. Chunki Mehnat

kodeksining 11-moddasida Sudyalarga nisbatan mehnat t

o‘g‘risidagi qonunchilikning

sudlar t

o‘g‘risidagi qonunchilikda tartibga solinmagan qismi bo‘

yicha tatbiq etiladi deb

belgilangan. Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasida sudyalarni intizomiy javobgarlikka

tortish tartibi va asoslari Rossiya Federatsiyasining

Rossiya Federatsiyasida

sudyalarning maqomi t

o‘

g'risida

”gi qonuni va “Rossiya

Federatsiyasida sud hamjamiyati

organlari t

o‘

g

risida

Federal qonuni bilan belgilanadi. Biz

O‘

zbekiston Respublikasining

Sudlar t

o‘g‘

risida

gi qonuni asosida ushbu masalani tahlil qilish uchun ushbu qonunning

11-bobiga yuzlanishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ushbu bob Sudyalarning
intizomiy javobgarligiga ba

g‘

ishlanadi. |Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ushbu

qonunda sudyalar intizomiy javobgarliga alohida bitta bob ajratilishi ushbu masalani
jiddiy ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.

Sudlar t

o‘g‘

risida

gi qonun 11-bobi

o‘

z

ichiga 4 ta moddani qamrab oladi. Keling ularni birma bir tahlil ostiga olaylik. Sudlar
t

o‘g‘risida”gi qonunning 74

-moddasida sudyalarning intizomiy javobgarlikka tortish

asoslari batafsil yoritilgan hisoblanadi. Unda qayd etilishicha, Sudya faqat tegishli

sudyalar malaka hay’ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka

tortilishi mumkin:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

225

odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;

sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida y

o‘

l q

o‘

ygan

kamchiliklari uchun;

sudyalik sha’ni va qadr

-

qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘

sini

tushiradigan noj

o‘

ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;

Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun.

Shu

o‘

rinda alohida takidlab ketilishi muhim b

o‘

lgan jihat shuki, Sud qarorining

bekor qilinishi yoki

o‘

zgartirilishining

o‘

zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan

sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan
vijdonsizlikka y

o‘

l q

o‘

ymagan b

o‘

lsa, javobgar b

o‘

lishiga sabab b

o‘

lmaydi.

Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya

74-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy
javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi. Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish
tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.

Shu

o‘rinda sudyalar malaka hay’ati qanday tuzilma ekanligiga ham aniqlik kiritib

ketaylik.

Sudlar t

o‘g‘

risida

gi qonunning 80-moddasiga muvofiq, Sudyalar malaka

hay’atlari quyidagi masalalarni ko‘

rib chiqish uchun tuziladi:

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatlarini t

o‘

xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;

sudyaning daxlsizligini ta’minlash;

sudyaga malaka darajasini berish;

xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini

o‘

tkazish b

o‘

yicha ishlarni

tashkil qilish;

sudyaning qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksiga rioya etilishi ustidan nazorat

qilish.

Sudyalar malaka

hay’atlari O‘

zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining

zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga k

o‘

maklashadi. Sudyalar oliy malaka

hay’ati O‘

zbekiston Respublikasi sudyalari qurultoyi tomonidan besh yil muddatga

saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar

sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi. Sudyalar malaka

hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda
belgilanadi. Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, sudyalar malaka
hay’atlari ko‘

rib chiqadigan masalalar ichida sudyalarning intizomiy javobgarligi

masalasi ham mavjud ekan. Demak biz sudyalarning intizomiy masalasini chuqurroq

tahlil qilish uchun sudyalar malaka hay’ati faoliyatini tartibga soluvchi nizom bilan ham
tanishib chiqishimiz lozim. Ya’ni sudyalar intizomiy javobgarligi masalasini O‘

zbekiston

Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun va malaka hay’atlari faoliyatini tartibga soluvchi

nizom moddalari asosida tahlil qilamiz. Ushbu nizom 2014-yil 22-apreldagi

O‘

RQ

368-sonli

O‘

zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan hisoblanadi. Uning

6-bobi sudyalar intizomiy javobgarligi t

o‘g‘

risidagi ishlarni k

o‘

rib chiqishga ba

g‘

ishlanadi.

Uning 47-moddasida biz yuqorida qayd etgan

Sudlar t

o‘g‘

risida

gi qonunning

74-moddasidagi sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish asoslari k

o‘

rsatib ketilgan.

O‘

zbekiston Respublikasi

Sudlar t

o‘g‘

risida

gi qonunning 75-moddasida esa Sudyaga

nisbatan intizomiy ish tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan sudya ushbu Qonun


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

226

74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etilganligi
t

o‘g‘

risidagi ariza yoki xabar b

o‘

yicha

o‘

tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga k

o‘

ra

q

o‘

z

g‘

atilishi mumkin ekanligi belgilangan. Rossiya Federatsiyasining sohaga oid

qonunchiligiga k

o‘

ra, sudya tomonidan intizomiy huquqbuzarlik sodir etilganligini

isbotlash haqidagi barcha bartaraf etilmaydigan shubhalar sudya foydasiga talqin etiladi
deb belgilangan [8].

Biz ilmiy ishimizning yuqori qismida intizomiy javobgarlikka tortish asoslarini

Mehnat kodeksi asosida

o‘

rganishimiz davomida xodim tomonidan sodir qilingan

intizomiy qilmish intizomiy javobgarlik uchun asos hisoblanishini, intizomiy
javobgarlikka tortishdan oldin uni aynan intizomiy qilmish sodir qilgan yoki qilmaganini
aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi

o‘

tkazilishi haqida t

o‘

xtalgandik

. O‘

zbekiston

Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 76

-moddasiga yuzlanadigan b

o‘

lsak, ushbu

moddada sudyaga nisbatan q

o‘

llaniladigan intizomiy jazo choralari turlari aniq

k

o‘

rsatilgan. Ushbu moddaga muvofiq quyidagilar sudyalarga q

o‘

llaniladigan intizomiy

jazo choralari hisoblanadi:

ogohlantirish;

hayfsan;

o‘

rtacha oylik ish haqining

o‘

ttiz foizidan ortiq b

o‘

lmagan miqdorda jarima;

malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish;

vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

Shuni alohida takidlash joizki, intizomiy jazo choralari q

o‘

llanilayotganida

qoidabuzarlikning xususiyati va oqibatlari, noj

o‘

ya xatti-

harakatning og‘ir

-yengilligi,

sudyaning shaxsi, aybdorlik darajasi inobatga olinadi.

Ilmiy ishimizning yuqori qismida intizomiy javobgarlikka tortish asoslarini Mehnat

kodeksi asosida

o‘

rganishimiz davomida intizomiy jazo choralarining umumiy turlari

haqida ham ma’lumot berganimiz sizga sir emas. Bundan biz shuni anglashimiz

mumkinki, Mehnat qonunchiligi b

o‘

yicha xodimga nisbatan q

o‘

llaniladigan intizomiy jazo

choralari turlari sudyalarga nisbatan q

o‘

llaniladigan intizomiy jazo turlaridan farq qilar

ekan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 77

-moddasida

sudyalarga nisbatan intizomiy jazo choralarni q

o‘

llash t

o‘g‘

risidagi qaror ustidan shikoyat

qilish mexanizmi belgilangan. Unga muvofiq, Sudyalar malaka hay’atining intizomiy jazo

choralarini q

o‘

llash t

o‘g‘risidagi qarori ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga shikoyat

qilish mumkin. Sudyalar oliy malaka hay’atining qarori ustidan esa O‘

zbekiston

Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga shikoyat berish mumkin. Keling endi sudyalarning
intizomiy javobgarligi masalasini k

o‘rib chiqishni Sudyalarning malaka hay’atlari

t

o‘g‘

risidagi Nizom asosida davom ettiraylik. Uning 48-moddasiga yuzlanadigan b

o‘

lsak,

Sudyalarning oliy malaka hay’ati:

O‘

zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda

Toshkent shahar sudlari raislari

va rais

o‘

rinbosarlarining;

O‘

zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi

ishlarni k

o‘rib chiqadi deb belgilangan. Quyi turuvchi sudyalarning malaka hay’atlari esa

sudyalarning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi ishlarni o‘

z vakolatlari doirasida k

o‘

rib

chiqadi. Demak sudyalar intizomiy javobgarligi t

o‘g‘

risidagi ishlar k

o‘

rib chiqish

Sudyalarning oliy malaka hay’ati va malaka hay’atlari o‘

rtasida taqsimlangan ekan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

227

Yuqoridagi nizomning keyingi moddasi ya’ni 49

-moddasida,

O‘

zbekiston Respublikasi

Oliy sudining raisi

O‘

zbekiston Respublikasi sudlari sudyalariga nisbatan sudyaning

intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atish huquqiga ega ekanligi ham e’tirof etilgan.

Oliy sudning raisi sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror

chiqaradi, unda sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atishning asoslari

k

o‘

rsatilishi kerak. Sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atgan

O‘

zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi sudyani javobgarlikka tortish asoslariga taalluqli

ma’lumotlarni oldindan tekshiradi va undan yozma shaklda tushuntirish talab qiladi.
O‘

ziga nisbatan intizomiy javobgarlik t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan sudya ish materiallari

bilan ular sudyalarning malaka hay’atiga yuborilguniga qadar tanishtirilishi kerak. Bunda

sudya q

o‘

shimcha tushuntirishlar taqdim etishga yoxud q

o‘

shimcha tekshiruv

o‘

tkazish

t

o‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli. Sudyaning intizomiy javobgarligi to‘g‘risida ish

q

o‘zg‘atish haqidagi qaror zarur materiallar bilan birga sudyalarning tegishli malaka

hay’atiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘

risidagi

nizomning 51-moddasida Sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atish

haqidagi qaror ishni sudyalarning malaka hay’atida ko‘

rib chiqish boshlanguniga qadar

chaqirib olinishi mumkin ekanligi belgilangan.

O‘

ziga nisbatan intizomiy javobgarlik

t

o‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror chaqirib olinayotgan sudya ishning sudyalarning

malaka hay’ati tomonidan mazmunan ko‘

rib chiqilishini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Yuqoridagi nizomning 52-moddasida esa Sudya noj

o‘

ya xatti-harakat qilganligi

aniqlangan kundan e’tiboran xizmat tekshiruvlariga ketgan vaqtni, sudyaning uzrli

sabablarga k

o‘

ra ishda b

o‘lmagan vaqtini hamda sudyalarning malaka hay’atida

sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi ishni ko‘

rib chiqishga ketgan vaqtni

hisoblamaganda, kechi bilan bir oy ichida, ammo noj

o‘

ya xatti-harakat sodir etilgan

kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay intizomiy jazoga tortilishi mumkinligi

belgilangan. Keyingi moddada belgilanishicha, zarurat b

o‘

lganda, sudyani intizomiy

javobgarlikka tortish asoslari sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi

ishni k

o‘

rib

chiqish boshlanguniga qadar q

o‘

shimcha tekshiruv

o‘

tkaziladi, bunday tekshiruvni

sudyalar malaka hay’atining raisi sudyalar malaka hay’atining a’zolaridan biriga

topshiradi. Bunda q

o‘

shimcha hujjatlar va materiallarni, shuningdek k

o‘

rib chiqishda

sudya qonun buzilishiga y

o‘

l q

o‘

ygan sud ishlarini talab qilib olishga y

o‘

l q

o‘

yiladi.

Nizomga muvofiq, Sudyalarning malaka hay’ati sudyaning intizomiy javobgarligi

t

o‘g‘risidagi ishni ko‘

rib chiqish natijalari b

o‘

yicha sudyaga nisbatan quyidagi

qarorlardan birini chiqarishi mumkin:

intizomiy jazo berish t

o‘g‘risida;

sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi ishni tugatish haqida;

sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida taqdimnoma kiritish

t

o‘g‘risidagi masalani ko‘

rib chiqish uchun Sudyalar oliy kengashiga sudyaning intizomiy

javobgarligi haqidagi ish materiallarini yuborish t

o‘g‘risida.

Agar Sudyalar oliy kengashi sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

uchun asoslar topmasa, sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi ish sudyalarning

malaka hay’atiga qaytariladi va ish yuritish qayta tiklanadi. Dastlabki qaror chiqarilgan

paytdan to materiallar qaytarilguniga qadar

o‘

tgan vaqt sudyani intizomiy javobgarlikka

tortish muddatiga kirmaydi.

Sudyalarning malaka hay’ati sudyaning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi ishni

quyidagi asoslarga k

o‘

ra tugatadi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

228

sudya intizomiy javobgarlikka asossiz tortilgan b

o‘

lsa;

sudyani intizomiy javobgarlikka tortishning ushbu Nizomning 52-moddasida

nazarda tutilgan muddatlari

o‘

tkazib yuborilgan b

o‘

lsa;

sudyaning intizomiy javobgarligi t

o‘g‘risidagi ish materiallarini sudyalarning

malaka hay’ati majlisida ko‘

rib chiqish bilangina chegaralanish lozim topilgan hollarda

intizomiy jazo chorasini q

o‘

llash maqsadga muvofiq b

o‘

lmasa.

XULOSA

Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlar tahlili asosida quyidagi takliflar ilgari surilmoqda:

birinchidan,

O‘zbekiston Respublikasining “O‘

zbekiston Respublikasida sudya

maqomi t

o‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilish va unda sudya maqomi,

sudya vakolatlari,

sudyalarning mustaqilligi, sudyaning intizomiy javobgarligi, sudyaning iste’foga chiqishi

masalalarini qamrab olishi lozim.

ikkinchidan,

intizomiy javobgarlikka oid masalalar b

o‘

yicha Sudyalar malaka

hay’atlarini vakolatlari Sudyalar oliy kengashi vakolatlari o‘

xshash b

o‘

lganligi sababli

ushbu vakolatni bitta sub’ekt vakolatiga o‘

tkazish masalasini chuqur ilmiy jihatdan tahlil

qilish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘

YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarning chinakam mustaqilligini

ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

4.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Sud

organlari

faoliyatini

moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

5.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Sudlar

faoliyatini

yanada

takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni

6.

Бахрах, Д.Н. Укрепление законности в государственном управлении //

Советское государство и право. –

1987.

№ 7

7.

Аулов, В.

K

. Правовые проблемы дисциплинарной ответственности судей в

Российской Федерации /

V.K

. Аулов, Ю.Н. Туганов // Российский судья. –

2010.

№ 2.

8.

Полукаров А.В. Правовые и организационные средства противодействия

коррупционным правонарушениям в социальной сфере // Российская юстиция,
2016. № 5. С. 55

-59

9.

Барсегова Э.Л. ПРОБЛ

E

МЫ ОТВ

E

ТСТВ

E

ННОСТИ СУД

E

Й В РОССИЙСКОЙ

Ф

E

Д

E

РАЦИИ

10.

Фурсов

D.A

. Теория правосудия в кратком трехтомном изложении по

гражданским делам. Т. 1: Теория и практика организации правосудия // Москва,
2009. С. 117.

11.

Терехин

V.A

. Судейская дисциплина и ответственност —

гарантия прав и

свобод граждан. Журнал российского права // Москва, 2001. № 8. С. 26

12.

Бахрах,

D.N

. Юридическая ответственност по административному праву

// Администра

-

тивноэ право и процесс. –

2010.

№ 1.

13.

Пленума Верховного Суда РФ от 31 мая 2007 г. № 27 (в ред. от 20 мая

2010 г.).

Библиографические ссылки

. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to`g’risida”gi Qonuni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni

Бахрах, Д.Н. Укрепление законности в государственном управлении // Советское государство и право. – 1987. – № 7

Аулов, В.K. Правовые проблемы дисциплинарной ответственности судей в Российской Федерации / V.K. Аулов, Ю.Н. Туганов // Российский судья. – 2010. – № 2.

Полукаров А.В. Правовые и организационные средства противодействия коррупционным правонарушениям в социальной сфере // Российская юстиция, 2016. № 5. С. 55-59

Барсегова Э.Л. ПРОБЛEМЫ ОТВEТСТВEННОСТИ СУДEЙ В РОССИЙСКОЙ ФEДEРАЦИИ

Фурсов D.A. Теория правосудия в кратком трехтомном изложении по гражданским делам. Т. 1: Теория и практика организации правосудия // Москва, 2009. С. 117.

Терехин V.A. Судейская дисциплина и ответственност — гарантия прав и свобод граждан. Журнал российского права // Москва, 2001. № 8. С. 26

Бахрах, D.N. Юридическая ответственност по административному праву // Администра-тивноэ право и процесс. – 2010. – № 1.

Пленума Верховного Суда РФ от 31 мая 2007 г. № 27 (в ред. от 20 мая 2010 г.).