Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Features of advocacy groups in the Republic of Uzbekistan
Kudrat MATKARIMOV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 15 June 2025
Available online
25 June 2025
This article discusses some aspects related to the
peculiarities of advocacy groups. Issues related to the role and
importance of advocacy groups as one of the organizational and
legal units of the legal profession in the effective
implementation of advocacy activities, the legal status of
advocacy groups in our country, the legal status of law firms,
law firms, bar associations, and legal consultations were also
considered.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp425-431
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
advocacy groups,
law bureaus,
law firms,
bar associations and legal
consultations.
O‘zbekiston Respublikasida advokatlik tuzilmalarining
o‘ziga xos jihatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
advokatlik tuzilmalari,
advokatlik byurolari,
advokatlik firmalari,
advokatlar hay’atlari va
yuridik maslahatxonalar.
Mazkur maqolada Advokatlik tuzilmalarining o
‘
ziga xos
xususiyatlari bilan bog
‘
liq ayrim jihatlarga e
’
tibor qaratilgan.
Shuningdek, advokatlik faoliyatini samarali amalga oshirishda
advokaturaning tashkiliy-huquqiy birliklaridan biri sifatida
advokatlik tuzilmalarining o
‘
rni va ahamiyati, mamlakatimizda
advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomi bilan bog
‘
liq
masalalar, advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar
hay
’
atlari va yuridik maslahatxonalarning huquqiy maqomi
haqida fikr mulohazalar yuritgan.
1
Doctor of Law (DSc), Associate Professor, Department of Court, Law Enforcement Agencies and Advocacy,
Tashkent State University of Law. E-mail: matkarimovkudrat79@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
426
Особенности адвокатских формирований в Республике
Узбекистан
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
адвокатские
формирования,
юридические бюро,
юридические фирмы,
коллегии адвокатов и
юридические
консультации.
В данной статье рассматриваются некоторые аспекты,
связанные с особенностями адвокатских формирований.
Также были рассмотрены вопросы, связанные с ролью и
значением адвокатских формирований как одной из
организационно
-
правовых
единиц
адвокатуры
в
эффективном осуществлении адвокатской деятельности,
правовым статусом адвокатских формирований в нашей
стране, юридическим статусом адвокатских бюро, адвокатских
фирм, коллегий адвокатов и юридических консультаций.
Advokatlik faoliyatini samarali amalga oshirishda advokaturaning tashkiliy-
huquqiy birliklaridan biri sifatida advokatlik tuzilmalarining o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir. Olib borilgan
o‘rganishlar
shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda advokatlik
tuzilmalarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalar hali ilmiy va amaliy nuqtai
nazardan yetarlicha keng o‘rganilmagan. Bundan tashqari, huquqni qo‘llash amaliyotida
advokatlik tuzilmalari odatda nodavlat notijorat tashkilotlar
sifatida ko‘riladi
. Yuridik
adabiyotlarda ushbu holatning asosiy sababi sifatida “qonunchilikda ularning huquqiy
maqomi aniq belgilab berilmaganligi”[1]
.
ta’kidlanadi.
Jumladan, I. Bekov va V. Davlayatovlar o
‘
z o
‘
rnida advokatura institutining 9 ta
o
‘
ziga xos xususiyatlarini sanab o
‘
tishgan. Bular, birinchi,
advokaturaning oʻziga xos
xususiyati uning maqsadi bilan bogʻliq. Advokaturaning maqsadi jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari, erkinligi va manfaatlarini himoya qilishdan iborat boʻlgan
malakali yuridik yordam koʻrsatishdan iborat. Advokatura tuzilma
larining ikkinchi o
‘
ziga
xos xususiyati bu
–
ommaviy xususiyati namoyon boʻladi. Advokatura davlatning eng
muhim vazifalaridan biri
–
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinligi va
manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi. Shunday qilib, advokatura ommaviy
xususiyat kasb etadi.
Olimlar ta’kidlagan
uchinchi xususiyat advokatura faoliyat sohasi
sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularning
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi inst
itut sifatida
qaraladi. An’anaviy ma’noda advokatura –
huquq va erkinliklarni himoya qilishga
qaratilgan tizim sifatida shakllangan. Haqiqatan ham, advokatning asosiy faoliyati
fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rta
sida yuzaga
keladigan nizolarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish bilan shug‘ullanuvchi sudlar va
boshqa organlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
To
‘
rtinchi xususiyati uning
mazmuni bilan bogʻliq. Advokatura institutining mazmunini advokatlarning
qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi majmui tashkil
etadi. Advokatura institutining beshinchi muhim xususiyati
–
uning tarkibi maxsus
shaxslar
–
advokatlardan iborat boʻlishidir. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Re
spublikasi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatini
belgilangan tartibda advokat maqomi boʻlgan shaxslar amalga oshiradi. Advokatlik
faoliyatining kasbiy professionallik xususiyati advokat boʻlish istagidagi shaxslarga
muayyan talablarni
qo‘yish
bilan belgilanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
427
Advokat maqomini olish istagidagi shaxs, avvalo, malaka imtihonini belgilangan
tartibda
muvaffaqiyatli topshirishi zarur. Shundan so‘ng, Advokatlar palatasining
hududiy boshqarmalari qoshida faoliyat yurituvchi malaka komissiyasi tomonidan unga
advokatlik maqomini berish haqida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror esa tegishli adliya
boshqarmasiga yuboriladi.
Advokatura institutining oltinchi muhim xususiyati
–
advokatlik faoliyatini amalga
oshirishda advokatning mustaqilligidir. Advokatura institutining mustaqilligi prinsipi
advokatlik faoliyati mustaqilligining mantiqiy davomi hisoblandi. Bu, oʻz navbatida,
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining advokatlik faoliyatiga aralashmasligida
namoyon boʻladi
.
O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 10
-moddasiga
muvofiq, advokatning kasbiy huquqlari, sha’ni va qadr
-qimmati qonun himoyasidadir.
Advokatlarning kasbiy faoliyatiga har qanday aralashish, shuningdek, ular xizmat
vazifalarini bajara
yotgan paytda olingan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni talab etish
qat’iyan man etiladi.
Bundan tashqari, advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslari
va texnik xodimlaridan ham bunday ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat
kasbiy vazifala
rini ado etayotgan jarayonda unga istalgan shaklda ta’sir ko‘rsatishga
yo‘l qo‘yilmaydi
[2]. Advokatura institutining yettinchi muhim jihati
uning
chegaralanganligidir. Ushbu xususiyat advokatning mustaqilligi
bilan bevosita bogʻliq
boʻlib, advokat boshqa
haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas
[3].
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra advokat quyidagilardan tashqari haq
to‘lanadigan ishlar bilan shug‘ullanmasligi lozim:
1)
ilmiy va pedagogik faoliyat;
2)
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatla
r palatasidagi va uning hududiy
boshqarmalaridagi faoliyat;
3)
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
4)
shartnomaviy-
huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi
organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati
xodimi sifatidagi faoliyat;
5)
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi
faoliyat.
Advokatura institutining sakkizinchi xususiyati
shundaki, advokat oʻz faoliyatini
shaxsiy javobgarligi ostida amalga oshiradi. Advokat tomonidan qonunchilik talablari
buzilganda yoki yuridik yordam lozim darajada koʻrsatilmaganda unga nisbatan salbiy
oqibatlar yuzaga keladi. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
14-moddasiga asosan advokat tomonidan advok
atura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari,
Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga
nisbatan intizomiy choralar qoʻllanishiga sabab boʻladi. So‘ngi ya’ni advokaturaning
toʻqqizinchi muhim xususiyati
uning n
otijorat ekanligidir. “Advokatura toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1
-moddasiga asosan advokatura huquqiy institut
boʻlib, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik
amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini
oʻz ichiga oladi. Advokatura notijorat boʻlib, foyda olish uning asosiy maqsadi hisoblanmaydi.
Qonunchilikdagi bir qator omillar advokaturaning notijorat hisoblanishini belgilab beradi.
Shu bilan birga, mashhur A.P.
Glagolov “Advokatlik tuzilmalari advokatlarning
o
‘
zini o
‘
zi boshqarish organining tarkibiy bo
‘linmasi”
[4]. ekanligini aytib o
‘
tgan.
A.G. Kucherovaning fikriga ko
‘ra, advokatlik tuzilmalarini “advokaturaning tashkiliy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
428
tuzilmalaridir”.
Yurtimizdagi huquqshunoslar, xususan, M.H. Rustamboyev va
B. Salomov [5]. olib borgan tadqiqotlaridan kelib chiqib advokatlik tuzilmalarini
“advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari” deb e’tirof etiladi.
Bizning fikrimizcha, mazkur olimlar “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi Qonunining 4-
moddasida belgilangan “Advokatura faoliyatining prinsip va
tashkiliy shakllari” nomli huquqiy norma talablari asosida o‘z fikrlarini bildirganlar.
Shuni tan olish kerakki, “advokaturaning tashkiliy shakllari” atamasi boshqa qonun va
qonunosti hujjatlarida o‘z aksini topmagani tadqiqotimiz jarayonida aniqlangan.
Shu sababli, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari (birliklari) tushunchasi advokatlik
tuzilmalari tushunchasiga nisbatan ancha kengroq kategoriya ekanligi haqida xulosa
chiqarish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 4
-moddasi
2-
qismiga ko‘ra, Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yuridik maslahatxonalarni hisobga olish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari markazlari
tomonidan amalga oshiriladi. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar
hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shun
ingdek, yuridik maslahatxonalarni hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari
markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, O‘zbekiston
Respublikasida advokatura tuzilmal
arining tashkiliy shakllariga ko‘ra
4 turi mavjud:
1)
advokatlik byurolari;
2)
advokatlik firmalari;
3)
advokatlar hay’atlari
;
4)
yuridik maslahatxonalar;
Yuqorida sanab o‘tilgan advokatura tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta
tashkil etilishi va
tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablag‘larni sarflash tartibi,
rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari
faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), ta’sis shartnomalari
bilan tartibga solinadi. Yuqorida qayd etilgan 4 ta tashkiliy tuzilmalarga ta’rif berib o‘tamiz.
Birinchi navbatda advokatlik byurosi bu advokatlik faoliyatini yakka tartibda
amalga oshirish uchun ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuz
ilmasidir.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning
4
–
1-moddasiga muvofiq, advokatlik byurosi
–
bu advokat tomonidan yakka tartibda
advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan notijorat advokatlik tuzilmasi
hisoblanadi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, qonunchilikda ilk marotaba amaldagi
advokatlar hay’ati bilan bir qatorda advokatlik firmasi va advokatlik byurosi kabi
tuzilmalarni tashkil etish imkoniyati belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida, yuridik
xizmatlar
ko‘rsatishda kasbiy faoliyatni individuallashtirishga qaratilgan ilg‘or demokratik
islohotlarning amalga oshirilishi zarurati bilan bog‘liqdir. Yuqorida aytilganidek,
advokatlik byurosini tashkil etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asos
ida yoki
boshqa qonuniy asoslarda egalik qilayotgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin.
Bunda, advokatga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan advokatlik
byurosi faoliyati uchun foydalanish maqsadida, ularni yashash uchun mo‘ljallanm
agan
obyektlar toifasiga o‘tkazish talabi qo‘yilmaydi.
Advokatlik byurolarining
O‘zbekiston Respublikasi hududi rivojlanish
tendensiyasiga nazar soladigan bo‘lsak, bu kabi advokatlik tuzulmasi juda keng
tarqalmoqda. Xususan, 1997-yilda mamlakatimizda 80 ta
advokatlik byurosi ro‘yxatdan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
429
o‘tgan bo‘lsa,
2005-yil 1-
yanvar holatiga ko‘ra 289 ta, 2007
-yilga kelib 438 [6]. tani
tashkil etgan. 2019-yil 1-yanvarga ko
‘
ra, mamlakatimizda advokatlik byurosi
1154tani [7], bugungi kunda esa 3970 tani tashkil etmoqda [8].
Advokatlik firmasi
sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga
oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik
tuzilmasidir.
Advokatlik firmasini ta’sis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda o‘zaro
sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga ko‘ra, advokatlar –
sheriklar
barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun o‘z sa’y
-harakatlarini
birlashtirish majburiyatini oladi.
Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida
boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi.
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi
bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan
ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch
bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar bilan bitimlar
(shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari
ko‘rsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va
uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkaziladi. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘
tkazish
(hisobga olish) to
‘g‘risida nizomga ko‘
ra advokatlik firmasini ro
‘
yxatdan o
‘
tkazish uchun
belgilangan talablar keltirib o
‘tilgan. Xususan, ro‘yxatdan o‘
tkazish uchun adliya organiga
quyidagi hujjatlar taqdim e
tilishi aytib o‘tilgan
[9].
1)
muassis tomonidan imzolangan ro
‘
yxatdan o
‘
tkazish to
‘
g
‘
risidagi ariza;
2)
advokatlik firmasi yoki advokatlar
hay’atini tashkil
etish, ularning muassislari,
ustavlarini tasdiqlash, rahbarlik organlarini shakllantirish to
‘
g
‘
risidagi (advokatlik
firmalari yoki advokatlar
hay’atlari uchun) ma’lumotlarni o‘
z ichiga olgan
ta’sis
yig
‘
ilishining protokoli;
3)
ta’sis
hujjatlari davlat tilida ikki nusxada;
4)
davlat ro
‘
yxatidan o
‘
tkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji
to
‘
langanligi to
‘
g
‘
risida bankning to
‘
lov hujjati;
5)
ikki nusxada muhr va shtamp namunalarning, agar mavjud bo
‘
lsa
–
emblema va
boshqa ramzlarning eskizi;
6)
davlat statistika organi tomonidan berilgan adashtirib yuborish darajasida bir
xil yoki o
‘
xshash nomlarning yo
‘
qligi to
‘
g
‘risidagi ma’lumotnoma.
Fikrimizcha, advokatlik firmasining yana bir yaxshi jihati bu jamoa bilan ishlashdir.
Kasbiy rivojlanishda advokatlik firmasining o‘rni katta, chunki advokatlik firmalarida
ishlash orqali murakkab huquqiy masalalarni hal qilish tajribasi ortadi, bu esa malaka va
bilimlarni oshiradi. beradi, bu esa amaliy tajriba uchun juda qadrli hisoblanadi.
Advokatlar hay’ati va yuridik maslahatxona.
Advokatura institutini rivojlantirish
jarayonida advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomini ilmiy-nazariy hamda huquqiy
jihatdan chuqur tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida ta’kidlash
lozimki, advokatlar hay’ati va advokatlik firmasi bu advokatlar tomonidan jamoaviy
shaklda tashkil etiladigan advokatlik tuzilmalaridir va ular umumiy xususiyatlar bilan bir
qatorda o‘ziga xos farqli jihatlarga ham ega. Mamlakatimizda advokatlik hay’ati va
advokatlik firmasining bir necha umumiy jihatlari mavjud.
Birinchidan,
Advokatlar hay’ati va advokatlik firmasi kabi advokatlik tuzilmalari
advokatlarning jamoaviy yondashuviga asoslanadi. Advokatlik tuzilmasining ushbu ikki
shakli ad
vokatlar hay’ati va advokatlik firmasi boshqa ikki shakl, ya’ni advokatlik byurosi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
430
va yuridik maslahatxonadan farq qiladi. Ta’kidlash joizki, yuridik maslahatxonada
jamoaviy faoliyat yuritilishi mumkin bo‘lgani kabi, yakka tartibda advokatlik faoliyati oli
b
borilishi ham ehtimoldan holi emas.
Ikkinchidan,
Ustav va ta’sis shartnomasi (yoki sheriklik shartnomasi) advokatlar
hay’ati hamda advokatlik firmasining asosiy ta’sis hujjatlari hisoblanadi.
Qonunchilikda
advokatlik firmasining ta’sis hujjati sifatida
uning muassislari tomonidan tasdiqlangan
ustavning mavjudligi nazarda tutilgan. Shu o‘rinda, O.V.
Pospelovning “sheriklik
shartnomasi advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordamni tartibga soluvchi
hujjat bo‘lib, ta’sis hujjati hisoblanmaydi” degan
fikri bilan rozi bo‘lish qiyin. Bizning
fikrimizcha, sheriklik shartnomasi ham advokatlik firmasining ta’sis hujjati sifatida
baholanishi lozim. Chunki ushbu shartnoma asosida advokatlar o‘z sa’y
-harakatlarini
barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatishga yo‘naltiradi. Natijada, bu holat,
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri bo‘lmasa
-
da, sheriklarning yuridik yordam ko‘rsatishdagi javobgarligiga
ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi
[10].
Yuridik maslahatxona esa,
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuning 4
-moddasiga
ko‘ra,
Yuridik maslahatxona advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar
palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lmagan advokatlik tuzilmasi.
Tegishli hududlardagi yuridik yordamga
bo‘lgan ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan
tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi. Yuridik maslahatxonaning moddiy-
texnika ta’minoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan
advokatl
ar uchun xizmat xonalari va zarurat bo‘lganda, turar joylar ajratish bilan bog‘liq
masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar
hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi. Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining
tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi.
Xususan, yuridik maslahatxona advokatlar tomonidan mustaqil yoki ixtiyoriy
asosda emas, balki Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil
etiladi va advokat bu
shakldagi advokatlik tuzilmasini o‘z xohishiga ko‘ra tanlay olmaydi.
Aksincha, yuridik maslahatxonaning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli
yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatlarning faoliyatini samarali tashkil etishga
qaratilganlig
ini ko‘rsatadi. Mening fikrimcha, kelajakda advokatlik tuzilmasining ushbu
shaklining huquqiy maqomini belgilashda, mavjud advokatlik tuzilmalarining soni va
hududdagi yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyojni qondirish mezonlaridan emas, balki
aholiga bepul mala
kali yuridik yordam ko‘rsatishni kengaytirish zaruratidan kelib
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Qalandarov K. Advokaturaning yechilmagan muammolari. // Advokat. Jurnali
№5
-6/2018. B. 14-15. (Qalandarov K. Unsolved problems of the legal profession. //
Lawyer.
Journal №5
-6/2018. P. 14-15)
2.
O‘zbekiston Reaspublikasining 1996 yil 27
-dekabrdagi 346-I-
sonli “Advokatura
to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/uz/docs/
-54503?ONDATE=07.02.2024 (Law of the
Republic of Uzbekistan No. 346-I dated December 27, 1996 "On Advocacy"
https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024)
3.
Galoganov A. P. Rossiyskaya advokatura: istoriya i sovremennost. Yurlitinform,
2003. S. 97-98;8. Advokatura: uchebnik dlya bakalavrov / otv. red. Yu.S.Pilipenko.
–
2-ye izd.,
pererab. i dop.
–
Moskva: Prospekt, 2019. S 68. (Galoganov A.P. Russian lawyer: history and
modernity. Yurlitinform, 2003. S. 97-98; 8. Advocacy: uchebnik dlya bakalarov / otv. ed. Yu.
S. Pilipenko.
–
2nd ed., pererab. i dop.
–
Moscow: Prospekt, 2019. P 68
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
431
4.
Rustamboev M.H., Tuxtasheva U.A. Oʼzbekiston Respublikasida advokatlik
faoliyati. Darslik. T.: “ILM ZIYO”, T.: 2012. B. 91. (Rustamboev M.H., Tukhtasheva U.A.
Legal practice in the Republic of Uzbekistan.
Textbook. T.: “ILM ZIYO”, T.: 2012
. P. 91.)
5.
Salomov B. Oʼzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va
advokatlarning ijtimoiy himoyasi (tajriba va muammolar). yu.f.d. ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan diss..., 00.11. T.: TDYuI, 2005. B. 26. (Salomov B. Legal practice in the
Republic of Uzbekistan, its guarantees and social protection of lawyers (experience and
problems). Dissertation for the degree of Doctor of Law..., 00.11. T.: TDYuI, 2005. P. 26.)
6.
Oʼzbekiston Advokatlar Assotsiatsiyasi Boshqaruvining
2003-2007 yillardagi
faoliyati toʼgʼrisida hisobot. // Advokat. №3/2007 yil B. 7
-9. ( Report on the activities of
the Board of the Association of Lawyers of Uzbekistan for 2003-2007. // Lawyer. No.
3/2007, pp. 7-9.)
7.
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy ba
zasi, 29.12.2019 y., 09/19/1046/4242-
son https://e-advokat.uz/ (National database of legislative documents, 29.12.2019, issue
09/19/1046/4242 https://e-advokat.uz/)
8.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qaroriga 2-ILOVA (ANNEX
2 to the Resolution of the Cabinet of Ministers No. 60 of March 9, 2009)
9.
V.X. Davlyatov Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzulmalari
va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalari bo‘yicha yuridik fanlar
boʼyicha falsafa doktori ilmiy da
rajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya 2020.
67-bet (V.Kh. Davlyatov Dissertation prepared for the degree of Doctor of Philosophy in
Legal Sciences on the issues of the legal status of the legal system and the self-governing
div in improving the Institute of Advocacy 2020. Page 67)
10.
O‘zbekiston Reaspublikasining 1996 yil 27
-dekabrdagi 346-I-
sonli “Advokatura
to‘g‘risida”gi Qonuni
https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024 (Law of the
Republic of Uzbekistan No. 346-I dated December 27, 1996 "On Advocacy"
https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024)
