Авторы

  • Дилрабо Топилдиева
    Преподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp296-302

Ключевые слова:

документ текст идентификация признак криминалистика письмо метод рукописный текст

Аннотация

В данной статье рассмотрены понятие, виды, основы, сущность и система криминалистической проверки рукописных текстов документов. А также проанализированы способы идентификации и идентификационные знаки данных видов документов.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Concept, essence and system of forensic checking of
handwritten texts of documents

Dilrabo TOPILDIEVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 20 January 2024

Available online

25 February 2024

This article discusses the concept, types, fundamentals,

essence, and system of forensic verification of handwritten texts

of documents. Identification methods and identification marks

of these types of documents are also analyzed.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp296-302

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

document,

text, identification,

sign,

criminalistics,

letter, method,

handwritten text.

Hujjatlarning qo

lyozma matnlarini kriminalistik usulda

tekshirish tushunchasi, mohiyati va tizimi

ANNATATSIYA

Kalit so‘zlar

:

hujjat,

matn,

identifikatsiya,

belgi,

kriminalistika,

xat,

usul,

qo‘lyozma matn.

Ushbu

maqolada

hujjatlarni

qo‘lyozma

matnlarini

kriminalistik usulda tekshirish tushunchasi, turlari, asoslari,

mohiyati va tizimi yoritilgan. Shu bilan birga, ushbu turdagi
hujjatlarning identifikatsiya qilish usullari va identifikatsion

belgilari tahlil etilgan.

1

Lecturer, Tashkent State University of Law, Tashkent, Uzbekistan. E-mail: d.topildieva@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

297

Понятие, сущность и система криминалистической
проверки рукописных текстов документов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

документ,

текст,

идентификация,

признак,

криминалистика,

письмо,

метод,

рукописный текст.

В данной статье рассмотрены понятие, виды, основы,

сущность и система криминалистической проверки

рукописных

текстов

документов.

А

также

проанализированы

способы

идентификации

и

идентификационные знаки данных видов документов.


Zamonaviy kriminalistikada hujjatlarni tekshirish bugungi kunning eng muhim va

dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi, zero, hozirgi vaqtga kelib, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari shiddat bilan rivojlanishi munosabati bilan hujjatlarni qalbakilashtirish va
soxtalashtirish kabi holatlar keng avj olmoqda. [1, c. 9]

Ayni damda hozirgi vaqtga kelib hujjatlarni kriminalistik usulda tekshirish, uning

natijasida shaxsni, unga xos xususiyatlarni, ayniqsa, dastlabki tergov bosqichida aniqlash
jinoyatni fosh etishda ustuvor vazifalardan sanaladi [2].

Kriminalistikaning, shu jumladan, kriminalistik hujjat yurituvining yangi usullarini

rivojlantirish yuqori aniqlikda u yoki bu hujjatning ijrochisining muallifligini aniqlash imkonini
beradi. Ushbu usullar shaxsning millati, yashash hududi, yozuv malakasini olgan hududi, jinsi,
yoshi va hattoki uning sodir etilgan jinoyatga daxldorligi bilan bo

g‘liq muhim ma’lumotlarni

olish imkonini beradi.

Kriminalistika nuqtai nazaridan hujjat unda maxsus qayd etilgan jinoyat sud ish yurituvi

uchun ahamiyatga ega b

o‘

lgan axborotning moddiy tashuvchisi sifatida tavsiflanishi mumkin.

Kriminalistika fani nuqtai nazaridan quyidagilar hujjatlarga misol b

o‘

la oladi: pasportlar;

guvohnomalar; aktlar, bayonnomalar; fotohujjatlar; fotosuratlar; kinovideohujjatlar; chizmalar;

telegraf va teletayplar ma’lumotlari; stenogrammalar, EHM kodlari va dasturlari; yozuv

mashinkalarida va tipografik usullarida yozilgan matnlar hamda shunga

o‘xshash ma’lumotlar.

Bunday ma’lumotlar jinoyatga taalluqli bo‘

lsa, faqat shundagina hujjat b

o‘

la oladi. Bunday

hujjatlar biror-bir jinoyat sodir bulgan joyda q

o‘

lga tushirilsa, shunda u daliliy ashyo sifatida

olinadi va daliliy ashyo deb ataladi [3].

Tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan blankalar, muhrlar, belgilar, himoyalash uchun

ishlab chiqarilgan maxsus belgilar, ranglar,

o‘

lchamlar, shtamplar, fotokartochkalar, muqovalar

rekvizit deb ataladi.

Hujjatlar quyidagilarga b

o‘

linadi: asl hujjatlar va soxta hujjatlar.

Asl hujjatlar ikkiga b

o‘

linadi: 1) asl haqiqiy hujjatlar; 2) qonuniy kuchga ega b

o‘

lmagan

hujjatlar.

Soxta hujjatlar esa quyidagilarga bo‘linadi: 1) to‘la soxta hujjatlar;

2) qisman soxta hujjatlar. To‘liq soxtalanish deyilganda, hujjatdagi ma’lumot umuman
voqeilikka to‘g‘ri kelmaydi, qisman soxtalanish deyilganda esa, hujjat to‘g‘

ri keladiyu, ammo

biror fakti qisman to‘g‘

ri kelmaydi [4, c. 93-95].

Soxta hujjatlar mazmunan ikki

turga bo‘linadi: 1) intellektual soxtalashtirish.

2) moddiy soxtalashtirish. Intellektual soxtalashtirishda hujjatlarni rekvizitlari

o‘

zgartirmasdan

ular mazmunan

o‘zgartiriladi. Moddiy soxtalashtirish deyilganda, hujjatga ma’lum bir


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

298

o‘

zgartirish kirgizish tushuniladi. Har bir hujjatni tergov jarayonida k

o‘

zdan kechirishga qonun

majbur etadi, shuning uchun har bir hujjatni k

o‘

zdan kechirish majburiydir.

Odamning fikrini ma’lum bir belgilar orqali biror

-

bir ob’ektga yetkazish kriminalistikada

xat deb ataladi.

Dasxat deganda, har bir harfning yozilish tarzi tushuniladi. Kriminalistika fanining

xatshunoslik b

o‘

limida xatning ekspertizalash asoslari, ekspertizalarni

o‘

tkazish usullari,

ekspertning xulosalari, qayd qilish qoidalari va ularni tergov olib boruvchi shaxslar tomonidan
baholanishi

o‘

rganiladi.

Inson xat yozishni o‘rganishi bilan birga, uning dasxati ham rivojlanib boradi va 20–

25

yoshlarda ma’lum shaklni anglatadigan bo‘ladi. Ya’ni, harflarni ma’lum bir shaklda ifodalab
yozadigan davrni egallaydi. Odamning dastxatiga ta’sir qiladigan holatlar quyidagilardan iborat:
sub’ektiv holatlar va ob’ektiv holatlar.

Sub’ektiv holatlar –

anatomik va psixofizologik xususiyatlarni tashkil kiladi. Anatomik

xususiyatlar

bu q

o‘

llar, barmoqlar va muskullarning shakllanishidir.

Psixofiziologik (ruhiy, fiziologik) xususiyatlarga, harflar shaklining qabul qilinishi, ularni

eslab olinishi, belgilarini shakllarini qayd qila olinishini tipik nerv tizimining xususiyatlarini
tashkil etadi.

Ob’ektiv holatlar

xat yozish vaqtida odam qaysi holatda b

o‘

lganligi, qanday holatlarda

xatni yozganligi, xat yozish usulini

o‘

rganishdan iborat [5].

Xatning identifikatsiyali xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Umumiy belgilar

q

o‘

lyozmaning umumiy kurinishi, tuzilishi va umumiy xususiyatidir.

Bularga yozuvning yaratilish darajasi, yozish tezligi, harflarning tuzilishi,

o‘

lchamlari, bo

g‘

lanishi

va boshqalar kiradi. Yozuvning ishlanish darajasi

yuqori, o‘rta va past (yoki ishlanmagan)

bo‘lishi mumkin.

Yozuvni tavsiflovchi hamma belgilar yi

g‘

indisini ikki katta guruhga: xatdagi til, nutq

belgilari hamda dasxat belgilariga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhdagi belgilar yozuvning mazmunida aks etib, nutqning o‘ziga xosligini

ko‘rsatadi.

Bular quyidagi belgilardir:

a) grammatik belgilar

gap tuzishdagi xatolar, imlo belgilarini noto‘g‘ri ishlatish, so‘z

tarkibidagi ma’naviy xatolar va shu kabi grammatik belgilar shaxsning umumiy savod

-

saviyasidan darak beradi;

b) leksik belgilar

yozuvda, qo‘lyozmada ishlatiladigan so‘zlarning tizimi va xususiyatlari,

shaxsning lug‘at boyligi darajasi, ayrim atama va baynalminal so‘zlarni ishlatish, tildagi sheva

hamda dialektning xatda aks ettirilishidir.

Umumiy belgilarga matnning hujjatda, imzo va raqamlarning chiziq b

o‘

ylab joylashish

xususiyatlari ham kiradi. Bu belgilar sudda, xatshunoslik nazariyasida topografik belgilar deb
ataladi. Masalan, s

o‘

zlarning chiziqqa nisbatan joylashuvi, hoshiyalarning joylashuvi (masofasi),

o‘

lchamlari, yozish chiziqlarining oraliq masofasi, y

o‘

nalishi va shu kabilar q

o‘

lyozmaning yoki

uning ayrim qismining

o‘

zaro joylanishi topografik belgilar jumlasiga kiradi [4].

Dasxatning xususiy belgilari

ayrim harflarda va ularning elementlarida aks etadi.

Yuqorida keltirilgan hamma umumiy belgilar ayrim harf va ularning qismlarida xususiy belgi
sifatida aks etadi. Bu ikki kategoriyaning bir-birida aks etishi, ularning

o‘

zaro bo

g‘

lanishi, xususiy

tushunchalari, umumiydan kelib chiqishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xususiy belgilardan eng k

o‘

p uchraydigani va identiifkatsiya uchun k

o‘

p

q

o‘

llaniladiganlari quyidagilar: harflarning chiziqdagi y

o‘

nalish tomoni (chapdan

o‘

ngga va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

299

aksincha), harflar yoki ularning ayrim qismlarining boshlash usuli, chiziqda joylashuvi,

o‘

lchamlari va shakllari, harf elementlarining bir-birlariga nisbatan joylashuvi va boshqalar.

Q

o‘

lyozmani tahlil qilishda xususiy belgilar katta ahamiyatga egadir, chunki ularni

umumiy belgilarga qaraganda

o‘

zgartirish ancha qiyindir. Yozgan shaxsni aniqlash uchun yozuv

va dasxatning umumiy hamda xususiy belgilari yi

g‘

indisi

o‘

rganiladi. Ayrim belgilarning

o‘

xshashligi yetarli emas, albatta, dasxatni tavsiflovchi hamma sifat va belgilar takrorlansagina,

qat’iy xulosaga kelish mumkin.

Qo‘lyozma matni, uni yozgan shaxsning yozuvini identifikatsiya qilish uchun

tekshirilayotgan qo‘lyozma matnini gumon qilingan shaxsning qo‘lyozmasi bilan solishtiriladi.
Tekshirilayotgan hujjat ashyoviy dalil bo‘lib, gumonlangan shaxsning matnlari uning qo‘lyozma

nusxalari hisoblanadi.

Identifikatsiya o‘tkazish uchun gumonlangan shaxsning erkin

eksperimental xat nusxalarini olishga to‘g‘ri keladi [6, c. 15].

Xat nusxalari ikki turda bo‘lib, birinchisi erkin va ikkinchisi eksperimental nusxalar deb

ataladi. Erkin xat nusxalari jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan hujjatlar bo‘lib, ularning qo‘lyozmasi
gumonlangan shaxs tomonidan erkin sharoitda, ya’ni kelgusida ekspertiza uchun qo‘llanishi

mumkinligini bilmagan holda yoziladi.

Eksperimental nusxalar ekspertiza uchun maxsus sharoitda (aytib turish, topshiriq

asosida) tayyorlanadi. Ekspertiza tayinlagan shaxs (tergovchi, sud va hokazo) ma’lum sharoitda

maxsus matn mazmunini gumonlangan shaxsga diktovka qiladi yoki unga shu matnni k

o‘

chirib

yozib berishni taklif qiladi. Imzo nusxalari kerak b

o‘

lganda, bir necha varaq qo

g‘

ozga q

o‘

l q

o‘

yib

berish taklif qilinadi. Tekshirilayotgan q

o‘

lyozma qisqa, bir yoki ikki s

o‘

zdan iborat b

o‘

lsa,

eksperimental xat nusxasini olishda shu s

o‘

zlarga shakli t

o‘g‘

ri keladigan s

o‘

z birikmalarini, harfi

takrorlanadigan s

o‘

zlarni avval tayyorlab, aytib turish zarur b

o‘

ladi. Chunki, ashyoviy dalil

b

o‘

lgan hujjatning q

o‘

lyozmasini xat nusxalari bilan solishtirish uchun ularning har ikkalasi

mazmun jihatidan ham, shakl jihatidan ham bir-biriga t

o‘g‘

ri kelish-kelmasligi

o‘

rganiladi.

Yozgan shaxsning yozuvi asosida identifikatsiya qilish metodlari bir necha bosqichdan

iborat:

1. Ayrim tahlil

o‘

tkazishda

tekshirilayotgan q

o‘

lyozma bilan nusxalari sifatida olingan

hujjatlar alohida-alohida k

o‘

zdan kechirilib, ularning

o‘

ziga xos b

o‘

lgan identifikatsiyali belgi va

sifatlari aniqlanadi.

2. Solishtirib tekshirishda ashyoviy dalil b

o‘

lgan hujjatlarning q

o‘

lyozma matn bilan uni

yozishda gumonlangan shaxsning xat nusxalari

o‘

zaro solishtiriladi. Umumiy va xususiy

belgilari, til, nutq va tipografik belgilar

o‘

zaro solishtirilib, ularning

o‘

xshashligi yoki bir-

birlaridan farqi aniqlanadi. Solishtirib tekshirish natijasida ma’lum xulosaga kelinadi, bu

kriminalistik identifikatsiyada sintez deb ataladi. Yuqoridagi har ikkala guruhdagi yozuvlarning
sifat belgilari

o‘

xshash b

o‘

lsa, ular bir-

birlarini takrorlasa, tasdiqlovchi xulosa, ya’ni qo‘

lyozma

muayyan shaxs tomonidan yozilgan, degan xulosaga kelinadi. Har ikkala hujjatlardagi yozuv

o‘

zaro farq qilsa, inkor etuvchi xulosa vujudga keladi. Masalan, tekshirilayotgan q

o‘

lyozma

shaxsning dasxati nusxalari bilan solishtirilishi natijasida ulardagi yozuv bir-birlariga t

o‘g‘

ri

kelmasa,

o‘

xshamadi, demak, ashyoviy dalil b

o‘

lgan matn ushbu shaxs tomonidan yozilmagan

b

o‘

lib, boshqa shaxs tomonidan bajarilgan b

o‘

lib chiqadi. Ekspertning bu fikri uning xulosasida

aks ettiriladi.

O‘zbek tilining stilistikasida adabiiy til va sheva usullari namoyon bo‘ladi.

Sheva usuli adabiy usuldan farq qiladi, agarda u yozma nutqqa kirib kelsa, u ham

identifikatsiyali ahamiyatga ega bo‘ladi.

Masalan,

Surxondaryo shevasida “Qaerga san deydi”

kabi gapirish usuli uchraydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

300

Dialektizmlar

o‘zgarmas sheva leksikasi, ma’lum bir hududdagi so‘

zlashish usuli,

masalan, “choy

-

poy”, “osh

-

posh” va hokazo qo‘

shimcha s

o‘

zlar.

Professionalizm

ma’lum bir kasbga, masalan, huquqshunoslar, tibbiyot xodimlariga xos

so‘zlar.

Argotizmlar

umumiy ishlatiladigan so‘zlarni buzib, salbiy ma’noda ifodalanishdan

iborat. Masalan, militsionerlarning so‘zlari –

“bich”, “shakal”, “bomj” va hokazo.

Arxaizm belgilari

bu eski, kam uchraydigan so‘zlar, “mavlono”, “janobi oliylari”, “Padari

buzurukvorimiz” va hokazo.

Grammatik belgilar

odamning savodlilik darajasini belgilaydi, savodlilikni belgilash

darajasiga ko‘ra, 5

-

7 varaqdagi matnda 12 tadan ortiq xato bo‘lsa, bunday odamni savodi past

deb tan olinadi.

Topografik belgilar deyilganda, harflar va matnlarning qog‘oz sathiga joylanishi

tushuniladi. Harflarning katta-

kichik yozilishi, so‘zlarning orasidagi masofasi va hokazo.

Xatning alohida belgilari

bu harflarni yozishda qo‘shimcha qilib ketish yoki harflarning

belgilarini yozmasdan ketish, ba’zi so‘zlarning tagiga chizilishi, ba’zi so‘zlarning qisqartirib

yozilishi va hokazo.

Hujjatlarni texnik-kriminalistik tadqiq etish quyidagi umumiy vazifalardan iborat:

hujjatlarning tayyorlanish usuli yoki shu hujjatning qaysidir bir qismlarini tayyorlash tarzi

o‘rganiladi; hujjatga, ya’ni uning dastlabki mazmuniga uzgartirishlar kiritilganligining tarzi

o‘rganiladi; hujjatlarni rasmiylashtirish paytida ishlatilgan vositalarning aynanligini aniqlash

(yozuv mashinkalari, pechatlar, muhrlar, shtamplar, kassa apparatlarining aynanligi

aniqlanadi); hujjat qaysi materialdan tayyorlanganligini aniqlash [4].

R.Alimova ta’kidlaganidek, “Hujjatlarni ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil

ma’lumot olish mumkin bo‘ladi: qo‘lyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlar kim

tomonidan bajarilgan va ikkinchisi hujjat asl nusxami yoki qalbakiligi, qaysi qismi qanday usulda

o‘zgartirilgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo” [7].

Jinoyat sud ish yurituvida amal qiluvchi hujjatlar doirasi turli-tumandir: ular jumlasiga

oddiy ishlov berilgan, past sifatli hujjatlar ham, shuningdek, mohirona tayyorlangan, barcha

tushunarli bo‘lgan faqatgina mutaxassislar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ham

kiradi.

Xat

inson fikrlarini muayyan belgilar tizimi yordamida ifodalashning eng muhim, yaqin-

yaqingacha esa, yagona usuli bo‘lib kelgan. Xatning bosh funksiyasi bu ma’lumotni maxsus

belgilar (ieroglif, raqam, harf va h.k.) yordamida saqlash va yetkazishdan iborat. Shunday

b

o‘lsada, ma’lumki, xat nafaqat muomala vositasi, balki kriminalistika uchun ahamiyatli bo‘

lgan

axborot manbai hamdir.

Xatlarni tekshirishda qoida tariqasida, ushbu matnning barcha individual o‘ziga xosliklari

o‘rganilishi lozim.

Birinchidan, mazmuni

yozma nutq (hujjat muallifi aniqlanadi); ikkinchidan,

grafik

husnixat (matnning aniq ijrochisi aniqlanadi).

Hujjat muallifi va ijrochisini aniqlash imkoniyati insonning yozuv

harakatlantiruvchi va

nutq malakasining takrorlanmasligi va barqarorligiga asoslanadi. Yozuvning shakllanish

jarayoniga insonni

o‘

qitish shart-sharoitlari, atrof-muhitdagi harakatlar, insonning mehnat va

ijtimoiy faoliyati, psixofiziologik qobiliyatlari ta’sir qiladi.

Hujjatni yozish jarayonida yozuvning avtomatlashganligi xususiyati u odatdagi

sharoitlarda amalga oshirilganda yaqqol saqlanib qolinadi. Xat yozish shart-sharoitlari (jismoniy
va ruhiy bosim, yozma nutqni va husnixatni qasddan buzib ifodalash) keskin

o‘

zgargan hollarda

yozuvning avtomatlashuvini t

o‘

xtashi yoki kuchsizlanishi r

o‘

y beradi, chunki, u ong osti

harakatdan ongning kuchaygan nazorati ostida bajarilishga

o‘

tadi. Biroq, ushbu omillar davomiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

301

b

o‘

lmaganligi bois, xat yozishning shakllangan uslubi butkul y

o‘

qolmaydi, balki faqatgina

t

o‘

mtoqlashadi, xolos. Odatiy sharoitlar tiklanganda esa, avtomatlashgan yozuv malakasi qayta

ishga tushadi.

Ushbu hodisa husnixatni va yozish nutqini qasddan

o‘

zgartirishga harakat qilgan hollarda

ham kuzatiladi. Bunda shakllangan odat bilan mustahkamlangan amaliy k

o‘

nikmalar saqlanib

qoladi hamda hujjatni shakllantirish jarayoniga ta’sir ko‘

rsatadi.

Xatning identifikatsiyaviy belgilari b

o‘

lib: yozish nutqi belgilari; xatning topografik

belgilari; alohida usullar; husnixat xususiyatlari hisoblanadi.

Bunda yozish nutqi belgilariga quyidagilar mansubdir:

uslub (hujjatning umumiy k

o‘

rinishi,

o‘

ziga xosligini belgilovchi xususiyatlar majmui);

leksika yoki lu

g‘

at zaxirasi (q

o‘

llanilayotgan s

o‘

z boyligiga hamda k

o‘

p jihatdan

kishining ta’lim darajasi, kasbi, odatlari, turmush tarzi va h.k. bilan chambarchas bog‘

liq);

umumiy ma’rifatlilik darajasi (matnda turli xatolarning bor yoki yo‘

qligi, ularning

miqdori insonning ta’lim darajasi, shuningdek, u turli tuman hujjatlar tuzish bilan qay darajada

tanishligini k

o‘

rsatadi).

Xatning topografik belgilari matnni yaxlit holda yoki uning alohida qismlarini

joylashtirishning o‘ziga xos jihatlari bilan belgilanadi.

Ushbu belgilar toifasi insonning batartiblik, saranjomlik, pishiq-puxtaligi haqida

mushohada qilish imkoniyatini beradi. Ushbu belgilar k

o‘

p hollarda, kasbiy faoliyat natijasida

shakllanadi, jumladan, ilmiy-ijodiy ish bilan uzoq vaqt shu

g‘

ullangan ilmiy xodimlar aksariyat

hollarda xat tayyorlashda matnning tepa va pastki qismlarida 2,5 sm kesimida joy qoldiradilar,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va bir qator amaliy faoliyat turlarida xodimlar 2 sm
kesimida joy qoldiradilar va h.k.

Topografik belgilarga yana quyidagilar ham kiradi:

kenglik (o‘ng va chap tomondan, hajmi, shakli va boshqa xususiyatlari shaxsning ish

yuritish amaliyoti bilan qay darajada tanishligidan dalolat beradi);

xatboshilarning mavjudligi va ularning hajmi (jurnalistika, adabiyotshunoslik va xat,

yozuv bilan bo

g‘liq ijodiy ishlarda kasbiy faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar uchun xosdir);

satrlar va so‘zlar o‘rtasidagi oraliq joylar hajmi;

satrlarning yo‘nalishi: gorizontal, ko‘tarilayotgan, pastga qarab tushadigan, tekis,

qavariq, botiq, egri-

bukri, pog‘onali va h.k. Qog‘oz chizig‘i bo‘ylab joylashuvi (yuqori, quyi).

Bundan tashqari, tinish va ko‘chirish belgilarining joylashuvi, so‘zboshi, murojaatlarning

joylashuvi, sahifalarning raqamlanishiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Topografik belgilar barqaror bo‘lib, yozuvchi tomonidan nazoratga olinishi mushkul.

Xatdagi alohida usullar:

matnning alohida qismlarini ajratish (bu muallifning hujjatning asosiy

g‘

oyasi,

mazmuniga e’tibor qaratayotganligini ko‘rsatadi hamda uning ommaviy axborot vositalarida
matn e’lon qilish bo‘yicha tajribasi

borligidan guvohlik beradi);

tuzatishlar kiritilganligi (shaxsning batartibligi, e’tiborliligi, uning savodxonlik darajasi

va hujjatni tayyorlash shart-sharoitlari (shoshilinchda, kuchli his-hayajonda, charchoqda)

haqida ma’lumot beradi);

ko‘chirish belgilarining bor yoki yo‘qligi (shaxsning savodxonligi, hujjatni

rasmiylashtirishning individual odatlari);

sanani ko‘rsatishning o‘ziga xosligi (turar joyi, ona tili ta’sirida shakllanadi, jumladan,

o‘zbek tilida dastlab yil, kun va oy, rus tilida kun, oy va yil, ingliz tilida esa, oy, kun va yil ketma

-

ketligida yozish odat tusiga kirgan).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

302

Husnixatning belgilarini quyidagicha ikkiga ajratish mumkin:
1) umumiy belgilar:

husnixatning shakllanganligi (tez yoza olish qobiliyati, yozish sur’ati, harakatlarni

muvofiqlashtirish qobiliyati);

husnixatning murakkabligi (odatdagi husnixat, oddiy va murakkab husnihat va h.k.);

husnixatda harakat yo‘nalishining umumiy shakli (to‘g‘ri va egri, yumaloq va h.k.);

harakatning yo‘nalganligi –

chapga bukilgan va o‘ngga bukilgan;

husnixatning qiyaligi (to‘g‘ri, o‘ngga, chapga);

husnixatning hajmi: yirik

5 mm dan katta; o‘rtacha –

2-5 mm va kichik

2 mm dan

kichkina;

husnixatning tezligi

harflarning kengligining ular bo‘yiga nisbati: qisiq, o‘rtacha

(kenglik balandlikka mutanosib) va keng;

husnixatning o‘zaro bog‘

liqligi (yuqori

5-

6 harf o‘zaro bog‘liq, o‘rtacha –

3-4 harf va uzuq

1-2 harf bo

g‘

langan, xolos);

bosim (kuchli, o‘rtacha va kuchsiz –

sharikli ruchkalardagi xatlarda aniqlash qiyin

bo‘ladi).

Husnixatning xususiy belgilari: harakatlanish shakli, harakat yo‘nalishi, harakat

davomiyligi, harakatni ulash turi

tutash yoki uzilgan, harakatlar soni (yozuv belgisini

bajarganda), harakatlar ketma-ketligi (yozuvdan farqli belgi

elementlarini qo‘llash),

harakatlarning joylashuvi (harakatning boshlanish va tugash nuqtasi, kesishi va o‘zaro

bo

g‘

lanishi), harakatlarning murakkabligi (sodda, murakkab harakatlar).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Смахтин

Е.В. Криминалистика в системе юридических наук уголовно

-

правового цикла: теория и практика: Автореф. дисс. ... докт. юрид. наук. –

Тюмень,

2010.

С. 9.

2.

Яблоков Н.П. Криминалистика. Учебник для вузов. –

М.: Юрайт, 2013. –

С. 214.

3.

Филиппов А.Г. Криминалистика. Польный курс. Учебник для бакалавров. –

М.: Юрайт, 2013. –

С. 235.

4.

Баканова Л.П., Маматкулов Т.Б., Тураббаев X.А., Курамбаев К.К.

Криминалистик техника. Маърузалар курси. –

Тошкент: ЎзР ИИВ Академияси,

2004.

Б. 93

-95.

5.

Драпкин Л.Я. Криминалистика. Учебник. –

М.: Проспект, 2013. –

С. 228.

6.

Новик В.В. Криминалистическое обеспечение доказывания по уголовным

делам: проблемы теории и практики: Автореф. дисс. ... докт. юрид. наук. –

М.,

2009.

С. 15.

7.

Криминалистика. Дарслик. 1

-

жилд / проф. Ғ.А.

Абдумажидовнинг умумий

таҳрири остида. –

Тошкент: ТДЮИ, 2003. –

Б. 125.

8.

Каримов, Б. 2023. История цифровой криминалистики и использования

цифровых доказательств.

Общество и инновации. 4, 7/S (авг. 2023), 303–

313.

DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp303-313.

9.

Рахимова, У. 2023. Некоторые особенности назначения и проведения

судебных экспертиз в стадии досудебного производства в Узбекистане.

Общество

и инновации. 4, 7/S (авг. 2023), 50–

55. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-

vol4-iss7/S-pp50-55.

Библиографические ссылки

Смахтин Е.В. Криминалистика в системе юридических наук уголовно-правового цикла: теория и практика: Автореф. дисс. ... докт. юрид. наук. – Тюмень, 2010. – С. 9.

Яблоков Н.П. Криминалистика. Учебник для вузов. – М.: Юрайт, 2013. – С. 214.

Филиппов А.Г. Криминалистика. Польный курс. Учебник для бакалавров. – М.: Юрайт, 2013. – С. 235.

Баканова Л.П., Маматкулов Т.Б., Тураббаев X.А., Курамбаев К.К. Криминалистик техника. Маърузалар курси. – Тошкент: ЎзР ИИВ Академияси, 2004. – Б. 93-95.

Драпкин Л.Я. Криминалистика. Учебник. – М.: Проспект, 2013. – С. 228.

Новик В.В. Криминалистическое обеспечение доказывания по уголовным делам: проблемы теории и практики: Автореф. дисс. ... докт. юрид. наук. – М., 2009. – С. 15.

Криминалистика. Дарслик. 1-жилд / проф. Ғ.А.Абдумажидовнинг умумий таҳрири остида. – Тошкент: ТДЮИ, 2003. – Б. 125.

Каримов, Б. 2023. История цифровой криминалистики и использования цифровых доказательств. Общество и инновации. 4, 7/S (авг. 2023), 303–313. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp303-313.

Рахимова, У. 2023. Некоторые особенности назначения и проведения судебных экспертиз в стадии досудебного производства в Узбекистане. Общество и инновации. 4, 7/S (авг. 2023), 50–55. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp50-55.