Авторы

  • Шерзод Алимов
    PhD, профессор, Академия Вооруженных Сил Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp64-69

Ключевые слова:

педагогика инновации деятельность креативность мысль проект учитель категория

Аннотация

В статье рассматривается значение и роль современной профессиональной деятельности в подготовке будущих военных педагогов. Особое внимание уделено классификации педагогических инноваций, а также анализу препятствий, возникающих при внедрении инновационных процессов в систему подготовки военнослужащих. Отмечается необходимость учитывать влияние различных факторов, способствующих повышению качества военной подготовки, включая современные подходы, технологии и методики. Эти аспекты играют ключевую роль в формировании профессиональных компетенций будущих военных педагогов и их способности эффективно адаптироваться к требованиям современной военной службы.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Preparing future military educators for modern
professional activity

Sherzod ALIMOV

1


Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 15 December 2024

Available online

25 January 2025

This article examines the significance and role of modern

professional activities in the development of future military

educators. It also highlights the classification of pedagogical

innovations and the challenges encountered when analyzing

innovation processes in military training. Furthermore, the
importance of key factors in enhancing military training is

emphasized.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss6-pp

64-69

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

pedagogy,

innovation,

activity,

creativity,

thought,

project,

teacher,

category.

Bo‘lajak harbiy pedagoglarni zamonaviy kasbiy faoliyatga

tayyorlash

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

pedagogika,

innovatsiya,

faoliyat,

kreativlik,

fikr,

loyiha,

o‘qituvchi,

kategoriya.

Ushbu maqolada zamonaviy kasbiy faoliyatning bo‘lajak

harbiy pedagoglar faoliyatidagi ahamiyati va o‘rni haqida so‘z

yuritilgan. Shuningdek, harbiy xizmatchilarni tayyorlash

jarayonida innovatsion jarayonlarni tahlil qilishda yuzaga

keladigan to‘siqlar va pedagogik innovatsiyalar tasnifi muhim
o‘rin egallaydi

. Shu bilan birga, harbiy tayyorgarlikni

yaxshilashda muayyan omillarning ahamiyati e’tiborga olinishi

lozim.

1

PhD, Professor, Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

65

Подготовка

будущих

военных

педагогов

к

современной профессиональной деятельности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

педагогика,

инновации,

деятельность,

креативность,

мысль,

проект,

учитель,

категория.

В статье рассматривается значение и роль современной

профессиональной деятельности в подготовке будущих

военных

педагогов.

Особое

внимание

уделено

классификации педагогических инноваций, а также

анализу препятствий, возникающих при внедрении

инновационных

процессов

в

систему

подготовки

военнослужащих. Отмечается необходимость учитывать

влияние

различных

факторов,

способствующих

повышению качества военной подготовки, включая

современные подходы, технологии и методики. Эти

аспекты играют ключевую роль в формировании

профессиональных

компетенций

будущих

военных

педагогов и их способности эффективно адаптироваться к

требованиям современной военной службы.

Pedagogning innovatsion faoliyati yaratuvchanlik jarayoni va ijodiy faoliyat

natijasi sifatida qaraladi. Pedagogika sohasidagi sovet va rus olimi V.A. Slasteninning

ta

kidlashicha, o

qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirishda akmeologik

yondashuvni qo

llash muhimdir. Akmeologiya professionalizm va ijodiy rivojlanishni

ilmiy asosda o

rganadi va ular o

rtasidagi o

zaro bog

liqlikni tushuntiradi. Bu jarayonda

quyidagi kategoriyalar farqlanadi:

ijodiy individuallik

pedagogning o

ziga xos ijodiy qobiliyatlari va uslubi;

o‘z

-

o‘zini rivojlantirish va takomillashtirish

pedagogning shaxsiy va

professional o‘sishi;

kreativ tajriba

pedagogning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish jarayonida

to‘plagan ijodiy tajribas

i.

Bu kategoriyalar har bir pedagogning innovatsion yondashuvini shakllantirishda

asosiy omillar sifatida maydonga chiqadi.

O‘qituvchining ijodiy individualligini quyidagi xususiyatlar tashkil etadi:

intellektual-ijodiy tashabbus

yangi g‘oyalarni ilgar

i surish va ijodiy fikrlash

qobiliyati;

bilimlar kengligi va chuqurligi

keng qamrovli va chuqur intellektual qobiliyat;

ziddiyatlarga nisbatan hushyorlik va tanqidiy yondashuv

qarama-qarshiliklarni

payqash va ularga ijodiy, tanqidiy nazar bilan qaray olish, shuningdek, ijodiy

yondashuvda qat’iyat ko‘rsatish qobiliyati;

axborotlarga tashnalik

yangilikka va noodatiy muammolarga qiziqish, bilim

olishga chanqoqlik va professionalizmni kuchaytirish ehtiyoji.

Rus tadqiqotchisi N.V. Vishnekovaning fikr

icha, yuqorida keltirib o‘tilgan

jihatlar

(axborotlarga tashnalik)

o‘qituvchining ijodiy yondashuvini shakllantirishda va uni

takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Innovatsion faoliyatning tuzilmasini tahlil qilishda akmeologik yondashuv

o‘qituvchining kasbiy mahoratini eng yuqori cho‘qqilarga olib chiqish va uning shaxsiy

rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi.

Bu jarayonda o‘qituvchining

innovatsion faoliyatidagi eng muhim xususiyatlardan biri

kreativlikdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

66

Kreativlik atamasi ingliz-amerika psixologiyasida 1960-

yillarda paydo bo‘lib,

individning yangi tushunchalar yaratishi va yangi ko‘nikmalarni shakllantirish

qobiliyatini anglatadi. J.Gilford kreativlikni aniqlovchi quyidagi individual qobiliyatlarni

ajratib ko‘rsatadi:

Fikrining ravonligi

fikrlarni oson va tez ifoda eta olish qobiliyati;

Maqsadga muvofiq fikrlash

fikrlarni aniq bir maqsad sari yo‘naltirish qobiliyati;

O‘ziga xoslik (originalli

k)

noodatiy va yangi g‘oyalarni ilgari sura olish xususiyati;

Qiziquvchanlik

yangi bilimlarga ishtiyoq va yangilikka qiziqish;

Farazlar yaratish qobiliyati

fikrlashda turli taxminlarni yaratish qobiliyati;

Fantaziya

xayol va ijodiy tasavvur qilish qobiliyati.

Ushbu qobiliyatlar o‘qituvchining kreativlik darajasini belgilashda muhim rol

o‘ynaydi va innovatsion faoliyatda samarali ijodiy yondashuvni shakllantiradi. O‘qituvchi
faoliyatidagi kreativlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarni o‘z ichiga

oladi:

Birinchi bosqich

o‘qituvchi tayyor metodik tavsiyanomalarni mavjud shaklda

ko‘chirib foydalanadi.

Ikkinchi bosqich

mavjud tizimga ayrim modifikatsiyalar yoki yangi metodik

usullar qo‘shiladi.

Uchinchi bosqich

g‘oyani to‘la ishlab chiqish; mazmun, metodlar va shakllar to‘liq

ishlab chiqiladi.

To‘rtinchi bosqich

o‘qitish va tarbiyalashning betakror kontseptsiyasi va o‘ziga

xos metodikasi yaratiladi.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasidagi asosiy komponentlardan biri

refleksiya

bo‘lib, u o‘qituvchining o‘z fikr va faoliyatini ob’ektiv baholay olish

qobiliyatidir. V.A.

Slastenin refleksiyani o‘qituvchining o‘z ongini va faoliyatini tahlil qila

olishi, o‘z fikr va harakatlariga go‘yoki tashqaridan nazar tashlash deb ta’riflaydi.
Pedagogik adabiyotlarda reflektiv jarayonlar ikki asosiy yo‘nalishda izohlanad

i:

Reflektiv tahlil

obyektlarning mohiyatini tushunish va ularni qayta tuzish

(konstruktsiyalash) jarayoni.

Refleksiya orqali muloqotni anglash

shaxslararo muloqotning ma’nosini

tushunish.

Bu yo‘nalishlarga muvofiq, pedagog olimlar quyidagi reflektiv j

arayonlarni

ajratadilar:

O‘zini va boshqalarni tushunish

o‘qituvchining o‘z va boshqalarning fikrlash

tarzini anglay olish qobiliyati.

Baholash

o‘z va boshqalarning faoliyatiga baho bera olish.

Izohli tahlil

o‘zini va boshqalarni tahlil qilib, sabab

va izohlarni anglash

imkoniyati.

Bu reflektiv jarayonlar o‘qituvchining ijodiy rivojlanishi va o‘z faoliyatini anglab

yetishida muhim rol o‘ynaydi.

Refleksiya

(lotincha “reflexio” –

ortga qaytish) shaxsning o‘z ichki psixik tuyg‘u va

holatlarini anglash jarayonidir. Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya

shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni anglab yetish va bu o‘zgarishlar ustida fikr yuritish

jarayoni sifatida talqin

qilinadi. Psixologik lug‘atda refleksiya quyidagicha izohlanadi:

“Refleksiya –

bu nafaqat subyektning o‘zini tushunishi va bilishi, balki boshqalar

tomonidan uning shaxsiy xususiyatlari, tuyg‘ulari va kognitiv tasavvurlarini tushunish va

anglash jarayonidi

r”.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

67

Pedagogikada innovatsion yo‘nalishga bo‘lgan ehtiyoj

quyidagi omillar asosida

shakllanadi:

1. Ijtimoiy-

iqtisodiy o‘zgarishlar

jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va

iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim tizimini va o‘quv jarayonini tashkil etish metodol

ogiyasi va

texnologiyalarini tubdan yangilash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Ushbu yangilanish

pedagogik yangiliklarni o‘zlashtirish va qo‘llash bo‘yicha innovatsion yo‘nalishdagi

o‘qituvchilarning faoliyatini taqozo qiladi va ta’lim siyosatini yangilash

da muhim rol

o‘ynaydi.

2.

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish

o‘qitish texnologiyalarini doimiy

takomillashtirish, o‘quv fanlarining hajmi va tarkibini doimiy ravishda o‘zgartirish, yangi

fanlarni ta’lim dasturiga kiritish zarurati paydo bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda o‘quv

muhitining pedagogik bilimlar nufuzi va roli oshib boradi.

3.

O‘qituvchilarning yangiliklarga munosabati

ta’lim mazmunini qat’iy

tartibga solish sharoitida o‘qituvchilarning yangi dasturlar va darsliklarni tanlash

imkoniyati cheklangan edi. Bugungi kunda esa pedagogikaning yangi texnika va

usullaridan foydalanish imkoniyati va zarurati o‘qituvchilarning yangiliklarni

o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirmoqda.

Ilgari innovatsion faoliyat asosan yuqoridan tavsiya etilgan yangiliklar bilan

cheklangan bo‘lsa, bugungi kunda u tobora tanlab oluvchi, izlanish xarakteriga ega bo‘lib

bormoqda. Shuning uchun bilim yurti rahbarlari va ta’lim boshqaruv organlarining

faoliyatida pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etuvchi o‘q

ituvchilarning boshqaruv

takliflarini tahlil qilish va baholash, ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun sharoit va

imkoniyatlar yaratish muhim yo‘nalish hisoblanadi.

Psixologiya fanlari doktori I.V.

Slobodchikov ta’kidlashicha

jarayonli yondashuv

nuqtai nazaridan innovatsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy g‘oyaning

tug‘ilishidan tortib uni keng amaliyotga tatbiq etishgacha bo‘lgan bosqichma

-bosqich

o‘zgarishni o‘z ichiga oladi. Har bir bosqich muayyan innovatsion faoliyatni amalga

oshirish bilan kechadi, va bu faoliyat tizimi keng qamrovli, uzoq muddatli va aniq

boshqarishni talab etadi.

Harbiy kadrlarni tayyorlash

bu turli pedagogik shakl, usul, vosita va

texnologiyalardan foydalangan holda belgilangan maqsadlarga erishishga yo‘naltir

ilgan

rejalashtirilgan mashg‘ulotlar va tadbirlar tizimidir. Unda o‘qituvchilar va talabalarning

muvofiqlashtirilgan va maqsadli o‘zaro munosabatlari tashkil etiladi. Harbiy

xizmatchilarni tayyorlashda innovatsion pedagogik faoliyat o‘ziga xos

madaniy shaklda

amalga oshiriladi, bunda ta’lim maqsadlari, dasturlari, rivojlantiruvchi muhit, pedagogik

usul va vositalarni yaratish asosida pedagogik loyihalash olib boriladi. Innovatsion

loyihalarni samarali tashkil etish uchun ular tashkiliy va me’yoriy jihatdan ta’minlanishi

lozim. Bu ta’lim jarayonini rivojlantirishda innovatsiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash

imkonini beradi.

Harbiy kadrlarni tayyorlash jarayonining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan

innovatsion pedagogik jarayon aniq bosqichlarga asoslanadi:

1.

O‘zgarishlar zarurligini aniqlash

tayyorlash jarayonidagi kamchiliklarni va

yangilik kiritish zaruriyatini aniqlash.

2.

Ma’lumot to‘plash va ta’lim tizimini baholash

tizimning sifatini baholab, undagi

eskirgan, samarasiz yoki mantiqsiz jihatlarni aniqlash.

3. Innovatsion loyiha ishlab chiqish

loyiha mazmunini belgilash va uning

samaradorligini tahlil qilish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

68

4. Amalga oshirish algoritmini yaratish

aniq vazifalarni belgilash, mas’ul

shaxslarni tayinlash, nazorat shakllarini o‘rnatish.

5. Loyihani ama

lga oshirish va sinovdan o‘tkazish

innovatsion g‘oyalarni

dastlabki sinovdan o‘tkazish orqali amalda qo‘llash.

6.

Institutsionalizatsiya va uzoq muddatli qo‘llash

loyihani tizimli ravishda

qo‘llash va uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish.

7. Tajribalarni ommalashtirish

muvaffaqiyatli tajribalarni boshqa o‘quv

muassasalariga tarqatish va amaliyotda keng joriy etish.

Shu tarzda, harbiy xizmatchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi pedagogik

innovatsiyalar mazmuni, shakllari va usullarini sifat jihatidan yaxshilash ofitserlarning

ijodiy faoliyati samarasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi borasida yuqori

talablar qo‘yilmoqda. Bu talablar zamonaviy qurolli vositalarni takomillashtirish, harbiy

taktikalarni rivojlantirish, tezkor qarorlar qabul qilish va harbiy burchni mukammal

bajarishni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, harbiy kadrlarni tayyorlashda zamonaviy

yondashuvlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu esa tayyorlash usullarini,

o‘quv moddiy bazadan foydalanish texnologiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bu

yondashuv harbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirishga hamda harbiy xizmatchilarni

dolzarb vazifalarga mos tayyorlashga xizmat qiladi.

To‘siqlar:

1. Konservatizm: Ba

zi zobitlar an

analarga k

o‘r

-

ko‘rona rioya qilishadi, bu esa

innovatsion fikrlarni qabul qilishda to‘siq bo‘lishi mumkin.

2. Tayyorlik darajasi: Ofitserlarning innovatsion faoliyatni amalga oshirishga

tayyor emasligi, yangi o‘qitish texnologiyalarini qo‘llashda qiyinchiliklar kelt

irib

chiqaradi.

3. Resurslar: Moddiy va moliyaviy resurslarning etishmasligi innovatsiyalarni

amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.

Pedagogik innovatsiyalar tasnifi:

1.

O‘zgarishlar nuqtasi:

O‘zgarishlar maqsad va vazifalarda, ta'lim mazmunida, usul

v

a texnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

2. Rivojlanish: Harbiy xizmatchilarda motivatsiya, malaka, shaxsiy xususiyatlar va

ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimdir.

3.

Qo‘llash ko‘lami:

Innovatsiyalar muayyan fanlar, qo‘mondonlik yoki harbiy

bo‘linmalarning faoliyatida qo‘llanilishi kerak.

4.

O‘zaro ta’sir:

O‘quv subyektlari o‘rtasidagi jamoaviy yoki individual amaliyot

shakllari innovatsion jarayonlarni yanada rivojlantirishi mumkin.

Amalga oshirish usullari: Rejali, tizimli, tabiiy usullar orqali innovatsiyalarni joriy

etish zarur. Danielning fikri: Harbiylar innovatsiyalarni tezkor jangovar vaziyatlarda

qabul qilishlari, yangi g‘oyalar va strategiyalarni ishlab chiqishlari kerak. Innov

atsiyalar

faqat texnik yoki dasturiy ta'minot bilan bog‘liq emas, balki operatsion konsepsiyalardagi

o‘zgarishlar, biznes jarayonlarni isloh qilish, yangi o‘qitish usullari kabi sohalardan kelib

chiqishi kerak.

Shunday qilib, innovatsion faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun harbiy

tayyorgarlikda pedagogik yondashuvlarni yangilash va rivojlantirish zarur.

Pedagogik tajriba keng tarqalgan va ilg‘or bo‘lishi mumkin, lekin murakkab

pedagogik tajriba tarixan cheklangan. Har bir yangi bosqichda moddiy, kadrlar va boshqa

resurslarni kengaytirish bilan pedagogik faoliyat uchun yangi talablar paydo bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

69

Y.K. Babanskiyning ta'kidlashicha, eng yaxshi amaliyotlar pedagogika fani va amaliyoti

xazinasini boyitish uchun muayyan barqaror elementlarni o‘z ichi

ga oladi.

O‘qituvchilarning eng yaxshi tajribalarni yaratish va amalga oshirishdagi munosabati

juda muhimdir. Shuning uchun, yetakchi qoidalarni tahlil qilish va tarqatishda,

shuningdek, tajriba va subyektiv omillarni hisobga olish, baholash variantlarini bashorat

qilish va pedagogik jamoalar bilan hamkorlik qilish zarur.

Tajribani uzatish va o‘zlashtirish jarayonida obyektiv qiymat va shaxsning

namoyon bo‘lishi bir

-

biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir shaxsiy pedagogik

faoliyat ommaviy amaliyotning b

oyligiga aylanishi mumkin. Faqat o‘z tajribasida noyob

va takrorlanmas yangi tajriba yaratuvchi shaxslar o‘z tajribalarini boyitadi. Obyektiv

pedagogik qonuniyatlarni egallash darajasi murakkab ommaviylik asosida shakllangan
pedagogik tajribalarning ifodas

ini ko‘rsatadi.

Ilg‘or pedagogik tajribaning xilma

-xilligi tadqiqotlarning empirik tahlildan nazariy

tahlilga ko‘tarilish bosqichlari va umumlashtirishning noyobligini o‘z ichiga oladi.
Pedagogning innovatsion faoliyat yo‘nalishi pedagogik

-psixologik tajribalar natijalarini

amaliy faoliyatga kiritishni talab etadi.

Pedagogika va psixologiyadagi tajribalarning natijalari ko‘pincha ayrim

o‘qituvchilarda zamonaviy ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli kechikmoqda. Maxsus
tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, pedagog

ik tajriba natijalarini amaliyotga kiritish uchun

amaliy qo‘llovchilar tomonidan olingan ma’lumotlar bilan tanishish, amaliyotga
kiritishning maqsadga muvofiqligini asoslash va ilmiy tajribalarni o‘z tajribalarida
qo‘llash bo‘yicha talablarning rivojlanishi zarur. Bu esa ta’limning maxsus sharoitlarida

operativ metodik ilmiy taqrizlarni amalga oshirish orqali mutaxassislar tomonidan

konstruktiv yordam ko‘rsatish orqali bajarilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Сластенин, Виталий Александрович. Формирование личности учителя

советской школы в процессе его профессиональной подготовки: диссертация ...
доктора педагогических наук : 13.00.01. –

Москва, 1977. –

386 с.

2.

https://infourok.ru/user/vishnyakova-natalya-valerevna2.

3.

Guilfordning

intellekt modelining tuzilishi: uning oʻqituvchilarni tayyorlash

oʻquv dasturiga aloqadorligi. Oʻquv dasturlari nazariyasi tarmogʻi, (3), 47

-64.

4.

Учебные пособия для студентов высшего педагогического учебного

заведения / В. А. Сластенин, И. Ф. Исаев, Е. Н. Шиянов; Под ред. В.А. Сластенина. –

М.: Издательский центр "Академия", 2013;

5.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A0%D0%B5%D1%84%D0%BB%D0

%B5%D0% BA% D1%81% D0%B8%D1%8F.

6.

Слободчиков Александр Александрович Состав. учебн. ( 47/53 ). nlr.ru. Дата

обращения: 31 октября 2022. Архивировано 31 октября 2022 года.

7.

The military's pursuit of innovation. Target analysys. Effictive solutions. By

Daniel M. Gerstein august 13,2018.

Библиографические ссылки

Сластенин, Виталий Александрович. Формирование личности учителя советской школы в процессе его профессиональной подготовки: диссертация ... доктора педагогических наук : 13.00.01. - Москва, 1977. - 386 с.

Guilfordning intellekt modelining tuzilishi: uning oʻqituvchilarni tayyorlash oʻquv dasturiga aloqadorligi. Oʻquv dasturlari nazariyasi tarmogʻi, (3), 47-64.

Учебные пособия для студентов высшего педагогического учебного заведения / В. А. Сластенин, И. Ф. Исаев, Е. Н. Шиянов; Под ред. В.А. Сластенина. - М.: Издательский центр "Академия", 2013;

Слободчиков Александр Александрович Состав. учебн. ( 47/53 ). nlr.ru. Дата обращения: 31 октября 2022. Архивировано 31 октября 2022 года.

The military's pursuit of innovation. Target analysys. Effictive solutions. By Daniel M. Gerstein august 13,2018.