Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
On the complex archaeological research conducted in the
Kokand Oasis
Mukhriddin PARDAEV
1
National Archaeological Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
This article presents the results of archaeological research
conducted at the sites of the ancient and early medieval periods
in the Sokh Basin of the Fergana Valley (Uzbekistan). Analysis of
the remains of ceramics and architectural structures discovered
at the Tepakurgan site has shown that these settlements arose in
the late II
–
early I centuries BC. The archaeological data obtained
confirm that active processes of irrigated agriculture and
urbanization have been taking place in the Sokh Valley since
ancient times. Intensive exploitation of agricultural lands led to
the formation of many settlements in various parts of the basin,
especially in micro-oases. However, the long-term practice of
irrigation in the lower part of the basin caused a rise in
groundwater, swamping and salinization of lands, which in turn
led to the abandonment of settlements at the end of the early
Middle Ages and their relocation to the northwestern parts of the
basin. The obtained results are an important source for future
research in the Sokh Basin and other regions and contribute to a
deeper understanding of the formation of ancient landscapes and
urbanization processes in the Fergana Valley.
The results of this research may provide a valuable source for
further studies of Sokh Basin and beyond. And they were offering
a deeper understanding of the formation of anthropogenic
landscape and the development of urbanization in this area.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Fergana (Uzbekistan),
Sokh Basin,
Tepakurgan,
archaeological survey,
anthropogenic landscape,
GIS-based analysis.
1
Scientific researcher, National Archaeological Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.
E-mail: mrreusmuxriddin@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
280
Q
o‘
qon vohasida olib borilgan kompleks arxeologik
tadqiqotlar haqida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Far
g‘
ona,
S
o‘
x havzasi,
arxeologik tadqiqot,
antropogen landshaft,
GIS asosidagi tahlil.
Mazkur maqolada Far
g‘
ona vodiysi (
O‘
zbekiston) S
o‘
x
havzasining antik davr va ilk
o‘
rta asrlarga oid yodgorliklarida
olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.
Jumladan, havzaning quyi, shimoliy qismida joylashgan
Tepaq
o‘
r
g‘
on yodgorligida aniqlangan sopol buyumlar va
meʼmoriy inshoot qoldiqlariga asoslanib eramizdan avvalgi
II
–
I asrlarning oxiriga kelib, mazkur manzilgohning paydo
boʻlganligi dalillandi.
Tadqiqotlar natijasida aniqlangan arxeologik ma
’
lumotlar
S
o‘
x vodiysida qadimdan su
g‘
orma dehqonchilik va
urbanizatsiya jarayonlari faol kechganligini tasdiqladi. Xususan,
antik davrda q
o‘
riq yerlarning intensiv
o‘
zlashtirilishi natijasida
havzaning barcha qismidagi alohida mikrovohalarda k
o‘
plab,
turli tipdagi aholi manzilgohlari shakllangan. Biroq, uzoq vaqt
mobaynida keng maydonlarda olib borilgan su
g‘
orma
dehqonchilik faoliyati sababli, havzaning quyi qismidagi
hududlarda yer osti suvlari tez k
o‘
tarilishi, botqoqlanish va
sh
o‘
rlanish holatlari kuzatilib, ilk
o‘
rta asrlar s
o‘
nggida bu
yerlardagi manzilgohlar tashlab ketilganligi hamda havzaning
shimoli-
g‘
arbiy qismlariga
o‘
rnashganligi aniqlandi.
Mazkur tadqiqotlar S
o‘
x vodiysi va boshqa hududlarda
o‘
tkaziladigan kelgusi ilmiy izlanishlar uchun asosiy manba
b
o‘
lib,
Far
g‘
ona
vodiysidagi
qadimgi
landshaftlarning
shakllanishi va urbanistik jarayonlarning rivojlanishini
chuqurroq
o‘
rganishga xizmat qiladi.
О комплексных археологических исследованиях,
проведенных в Кокандском оазисе
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Фергана (Узбекистан),
бассейн Соха,
археологические
исследования,
антропогенный ландшафт,
ГИС
-
анализ.
В статье представлены результаты археологических
исследований, проведенных на памятниках древнего и
раннесредневекового периодов в Сохской котловине
Ферганской долины (Узбекистан). Анализ керамических
остатков и архитектурных сооружений, обнаруженных на
памятнике Тепакурган, позволил установить, что это
поселение возникло в конце II –
начале I века до н. э.
Археологические
данные
свидетельствуют,
что
с
древнейших времен в долине Соха активно развивались
процессы орошаемого земледелия и урбанизации.
Интенсивное использование сельскохозяйственных
земель способствовало образованию многочисленных
поселений в разных частях бассейна, особенно в
микрооазисах.
Однако
длительная
эксплуатация
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
281
ирригационных систем в нижней части бассейна привела к
подъему грунтовых вод, заболачиванию и засолению
земель. Эти процессы стали причиной заброшенности ряда
поселений в конце раннего средневековья и их
постепенного перемещения в северо
-
западные районы
бассейна.
Полученные результаты служат важным источником
для дальнейших исследований в Сохской котловине и
других регионах. Они также способствуют более глубокому
пониманию формирования древних ландшафтов и
урбанизационных процессов в Ферганской долине.
KIRISH
O
ʻ
zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va
Namangan davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi 2022-yilgi qazishma mavsumida
hozirgi Qo
ʻ
qon shahrining markaziy qismida joylashgan Tepaqo
ʻ
rg
ʻ
on arxeologik
yodgorligida arxeologik qazishma olib bordi. Tadqiqot Qo
ʻ
qon shahrining qadimiy asosi
sifatida belgilangan Tepaqo
ʻ
rg
ʻ
on yodgorligi tarixiga oid yangi ma
ʼ
lumotlarni qo
ʻ
lga
kiritish maqsadida amalga oshirilgan.
Tepaqo
ʻ
rg
ʻ
on yodgorligi Qo
ʻ
qon shahrining shimoliy qismida joylashgan bo
ʻ
lib,
yodgorlik uzoq yillar davomida shaharning qabristonlaridan biri sifatida foydalanib
kelingan [1,
с
. 21]. Faqatgina o
ʻ
tgan asrning 70
–
80-yillarida olib borilgan qurilish
rekonstruksiya ishlari natijasida qabriston faoliyati to
ʻ
xtatilgan. Ammo yodgorlik hududi
keyingi yillarda ham zamonaviy qurilish-rekonstruksiya ishlari ta
ʼ
siri ostida barcha
tomondan buzilgan. Bugunda yodgorlik hududining 1,5 ga hajmdagi maydoni, jumladan,
62х62
m o
ʻ
lchamdagi arki va uni janubdan, sharqdan o
ʻ
ragan shahristonning bir qismi
saqlanib qolgan.
Arxeologik yodgorlikdagi dastlabgi tadqiqot ishlari 2008-yilda O
ʻ
zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Yahyo G
ʻ
ulomov nomidagi Arxeologiya institutining
“
Qo
ʻ
qon otryadi
”
tomonidan aniqlashtiruvchi kichik qazishmalari bilan boshlangan [2].
Yodgorlikdagi keng ko
ʻ
lamdagi tadqiqot ishlari esa O
ʻ
zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2009-yil 15-dekabrda qabul qilgan
“
Qo
ʻ
qon shahrining me
ʼ
moriy qiyofasi
va shahar infrastrukturasini tubdan o
ʻ
zgartirish bo
ʻ
yicha chora tadbirlar
”
qaroriga
muvofiq, O
ʻ
zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yahyo G
ʻ
ulomov nomidagi
Arxeologiya institutining Qo
ʻ
qon va uning atrofida joylashgan Mo
ʻ
yi Muborak va
Tepaqo
ʻ
rg
ʻ
on yodgorliklaridagi arxeologik qazishmalari bilan yanada kuchayadi.
2009
–
2011-yilgi qazishmalar natijasida Qo
ʻ
qon shahrining o
ʻ
zida joylashgan
Tepaqo
ʻ
rg
ʻ
on yodgorligida ham arxeologik tadqiqotlar olib borilgan [3]. Mazkur
arxeologik qazishmalar chog
ʻ
ida 4 ta qazishma obyektida ishlar o
ʻ
tkazildi. 2022-yilgi
qazish mavsumida esa, 4 qazishma obyektida qazishma olib borilishi bilan birgalikda
yangi 5-qazishma obyekti ham qo
ʻ
shildi.
Arxeologik qazishmalar tarixi
Tepaqoʻrgʻon yodgorligidagi 2008–
2012-yillarda A. Anarbayev boshchiligida olib
borilgan arxeologik qazishma ishlari 4 nuqtada olib borilgan.
I qazishma.
Bu obyektda 12x2 m o‘lchamda olib borilgan qazishma 7 m
chuqurlikkacha davom ettirilib, 17 madaniy qatlam aniqlangan. Bu yerdan aniqlangan
sopol majmualari eraning II-VI
asrlariga taaʼluqliligi aniqlangan [3].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
282
II qazishma.
Obyekt manzilgohning janubi
-
g‘arbiy qismida joylashgan, biroq u
XX asr chiqindilari bilan to‘la ekanligi sababli qazishma ishlari to‘xtatilgan.
III qazishma
. Ushbu qazishma ham
manzilgohning janubiy
-
g‘arbiy qismida
joylashgan va XX asr chiqindilari bilan to‘la ekanligi sababli qazishma ishlari to‘xtatilgan.
Dastlab 5x5 m o‘lchamda qazishma o‘tkazilgan. Qazishmada juda ko‘plab ommaviy qabr
qoldiqlari uchraganligi, ular tufayli madaniy qatlamlarning aralash uchrashi aniqlangan.
Ushbu qazishmadan asosan eraning II
–
III asrning birinchi yarmi va V
–
VI asrlariga oid
sopol majmualari aniqlangan.
IV qazishma.
Qazishma obyekti yodgorlikning shimoliy-
g‘arbiy qismida
joylashgan. Dastlab 2x6 m ochamdagi shurf tashlangan. 25
–30 santimetrdan so‘ng paxsa
devori qoldiqlari aniqlana boshlangan. So‘ng qazishma g‘arb va sharq tomonga
kengaytirilib, umumiy o‘lchami 4,5x30 metrga yetkazilgan. Natijada qazishmadan
uzunligi 20 m, qali
nligi 4 m bo‘lgan, diametri 4 metrga yetadigan yarimaylana shakldagi
minora bilan kuchaytirilgan mudofaa devori aniqlangan. Devor paxsa bloklardan
qurilgan. Mudofaa devorining ochiligan, janubiy qismi balandligi 2 metrga yetadi [3].
METODLAR
Arxeologik qazishma ishlari
2022
–
2023-
yillarda tadqiqot hududi haqida batafsil ma’lumot to‘plash maqsadida
intensiv dala tadqiqotlari ham o‘tkazildi (5
-rasm).
So‘x havzasida intensiv arxeologik tadqiqotlar quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
•
Sistematik yurish (fieldwalking):
belgilangan hudud bo‘ylab tizimli ravishda
yurib, ko‘rinadigan artefaktlarni to‘plandi hamda topilmalarning har biriga unikal raqam
berib xaritalashtirildi [4; 5].
•
Qazishma ishlari:
Aniqlangan joylarda kichik qazishma ish
lari o‘tkazilib, yer
ostidagi qatlamlar o‘rganildi. Bu orqali madaniy qatlamlar va ularning tarkibi haqida
batafsil ma’lumot olindi. Bundan tashqari t
adqiqotlar davomida Axsikent kompleks
arxeologik ekspeditsiyasi (AKK
E) tarkibidagi Qoʻqon ekspeditsiyasi t
omonidan
2022-
yilda Qoʻqon shahri markazida joylashgan Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligida
qazishma ishlari olib borildi [5].
NATIJALAR
2022-yilgi tadqiqotlarda 2008
–
2012-yilgi qazishma mavsumi davomida ochib
oʻrganilgan IV qazishma obyekti kengaytirildi hamda yangi V qazishma obyekti o‘rganildi
[6].
VI qazishma.
Qazishmada Tepaqoʻrgʻon yodgorligining ark qismi mudofaa devori
va uning soqchilik burji ochib oʻrganildi.
Qazishmalardan uning yuqori qismidan
1
–3 metrgacha boʻlgan qismi qabristonga aylantirilganligi sabab buzib yuborilganligi
maʼlum boʻldi. Shu bois yuqori qatlamlardagi arxitektura deyarli buzilib ketgan. U yerda
joylashgan mudofaa devorining bir qismi va undagi burj tozalandi va yuqoriga tomon
davom ettirildi. Qazishmaning eniga va boʻyiga ham kengaytirilib, katta hajmdagi tuproq
olib tashlandi. Ushbu VI qazishma obyektda 20x20 metr oʻlchamdagi hudud belgilab
olindi. Bu yerda dastlab 1
–
1,5 m chuqurlikkkacha tushildi. Ushbu qatlam asosan chiqindi
va ommaviy qabrlardan iborat boʻlganligi bois, madaniy qatlamlar buzib yuborilgan. Shu
bois qazishma olib borishda juda murakkabliklar vujudga keldi. Ushbu qazishmada
asosan mudofaa devori va soqchilar burji joylash
gan. Qazishmaning yuqori qismi oʻtgan
asrda buzib yuborilgan va chiqindiga toʻldirilganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, koʻplab
ommaviy qabrlar ham qazilgan. Shunga qaramay mudofaa devorining qalinligi aniqlandi.
Mudofaa devori ikki qatorli mudofa chizigʻidan iborat ekanligi maʼlum boʻldi. Qoʻzgʻalmas
nuqtadan 210 sm pastdan boshlab, oddiy turar joylarga tegishli deb taxmin qilingan
devor qoldiqlari chiqa boshladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
283
Shuningdek, ushbu qazishmadagi soqchilar burjining yuqori qismi ham tozalandi.
Tozalash davom
ida unga chiqindi tashlanganligi va tartibsiz qabrlar boʻlganligi maʼlum
boʻldi. Burjdan arkning ichki qismi tomon qazishmalar davom ettirilib, birinchi va
ikkinchi mudofaa devorlarining chegarasi aniqlandi. Mudofaa devorlari kamida
4 metrdan iborat ekanl
igi aniqlandi. Ular bir biriga tutashib ketgan va oʻta mustahkam
himoya chizigʻini tashkil etganligi maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari soqchilar burjining har ikki yonidagi mudofaa devorlarining
qolgan qismlari ochilib, mustahkam qolipli paxsadan terilganlig
i kuzatildi. Gʻishtlarining
oʻlchamlari 65x65 smni tashkil etgan. Soqchilar burji ham xuddi shunday qolipli
paxsadan barpo etilgan boʻlib, diametri 4,2 metrga teng. Mudofaa burjining 1,5–
2 metrga
teng balandligi ochib,
oʻrganildi. Uning yuqori qismining diametri 4,2 m. boʻlsa, qoʻyi
qisminiki esa 5,2 metrga teng ekanligi ayon boʻldi. Qazishmadan antik, ilk va soʻng
g
i oʻrta
asrlarga oid sopol buyum siniqlari koʻplab aniqlandi.
Mazkur qazishmaning sharqiy chekkasida, ikkinchi mudofaa chizigʻi tugagan joyda
juda yirik xom gʻisht
-
bloklar aniqlandi. Devor gʻarb
-
sharq yoʻnalishi boʻylab joylashgan.
Bloklar xar-
xil boʻlib, eng yirigi 110x50 sm oʻlchamga ega.
Ushbu qurilmalar shahar
arkining V
–
VI asrlarga tegishli qismi ekanligi, devor va minora esa arkning shimoliy
g‘arbiy qismi mudofaa inshooti ekanligi ma’lum bo‘ldi.
V qazishma.
Mazkur qazishma Tepaqoʻrgʻon arkining shimoli
-
gʻarb
iy tomonida
joylashgan. Ushbu qazishma dastlab uchta qazishma hududiga ajratildi. V-qazishmaning
qoʻzgʻalmas nuqtasidan 200–
230 sm chuqurlikkacha tushildi. Qazishmaning bu maydoni
arkning oʻziga toʻgʻri keladi. Mazkur qazishmaning yuqori qismi keyingi asrlarda buzib
yuborilgan boʻlib, xoʻjalik va qurilish chiqindilariga toʻla. Bundan tashqari bir nechta ommaviy
qabrlar va traktor yordamida buzib yuborilgan qabrlar aniqlandi. Qabrlar ommaviy va
tartibsiz ravishda joylashganligi bois qazishma olib borishga juda katta toʻsqinlik qildi.
Qazishmaning yuqori qismi te
kislash asnosida xoʻjalik chiqindilari ham tashlanib, 50–
100 sm
qatlamni hosil qilgan. Shu bois ham qazishmaning yuqori madaniy qatlamlari buzib
yuborilgan. Uning yuqori qismidan XIX
–XX asrlarga oid pishgan gʻishtlar aniqlandi.
Qazishmaning birinchi kvadratida arxitektura qoldiqlari uchramadi. Faqatgina
qoʻzgʻalmas nuqtadan 1,85 sm pastda oʻchoq oʻrni aniqlandi. Oʻchoq ovalsimon boʻlib,
diametri 80 smni tashkil etadi. Uning deyarli yarmi buzilib ketgan. Uning saqlanib qolgan
qismining chekkas
iga xom gʻishtlar terib chiqilgan.
V-
qazishmaning ushbu madaniy qatlamidan bir nechta soʻngi antik va ilk oʻrta
asrlarga oid bir nechta noyob topilmalar, jumladan haykalchaning oyoq qismi, 2 ta
urchuqbosh va oʻrtasi har ikkala tomondan teshilgan tuxumsimon
tosh aniqlandi (11-rasm).
Qazishmaning bu kvadratini 7 ta stratigrafik qatlamga ajratish mumkin.
1-
qatlam. Eng yuqori qatlam boʻlib, asosan chimdan iborat. U oʻrtacha
10
–
20 smdan iborat.
2-qatlam. U 50
–
60 smni tashkil etib, texnika yordamida surish va chiqindi tashlash
oqibatida hosil boʻlgan. Qatlamdan turli davrlarga oid sopol buyumlar va sochilib yotgan
skeletlar aniqlandi. Bundan tashqari soʻngi oʻrta asrlar va oʻtgan asr boshlariga oid butun
va pishgan gʻisht boʻlaklari ham chiqdi.
3-qatlam. Ushbu qatlamning madaniy qatlami buzib yuborilgan va topilmalar
aralash holda turibdi. Qatlamda sopol buyumlardan tashqari ilk oʻrta asrlarga oid xanjar
qolipi ham aniqlandi. Shuningdek bu qatlamdan soʻngi oʻrta asrlar va oʻtgan asr
boshlariga oid but
un va pishgan gʻisht boʻlaklari gʻam aniqlandi. Bu qatlamdan tartibsiz
holda qoʻyilgan qabrlar mavjud. U 40
-50 smni tashkil etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
284
4-qatlam. Mazkur qatlamdan kuchli kuygan kul qatlami aniqlandi. Bu qatlamda
chiqindi va keyingi asrlarga xos sopol va gʻishtlar mavjud emas. Antik va ilk oʻrta asrlarga
oid sopol parchalari topildi. Shuningdek, xom gʻisht boʻlaklari aniqlandi. Mazkur qatlam
40 sm qalinlikka ega.
5-qatlam. Mazkur qatlamdan kul qatlami davom etgan. Shuning bu yerdan qabrlar
tugaydi. Qatlamdan an
tik va ilk oʻrta asrlarga oid sopol buyumlar, tosh tegirmon parchasi
va urchuqbosh aniqlandi.
6-qatlam. 30
–
40 smga yaqin oqizindi qatlam.
7-
qatlam. Ushbu qatlam qoʻzgʻalmas nuqtadan 230 sm pastda joylashgan boʻlib,
asosan qizgʻish kul qatlamidan iborat.
Qatlamning qalinligi 35 smni tashkil etadi.
Ushbu qazishmaning 2 kvadratidan arxitektura qoldiqlari aniqlandi. Ularning
barchasini 1-qurilish gorizontiga oid deb hisoblashimiz mumkin. Kvadratning shimoliy
burchagida, qoʻzgʻalmas nuqtadan 1,72 sm quyidan xom gʻishtlardan iborat pol sathi
aniqlandi. Polning shimol tomonida qalin devor oʻtgan. Devor gʻarb
-
sharq yoʻnalishiga
ega. Biroq devorning katta qismi qabr qoʻyilishi va oʻtgan asrning 70–
80-yillaridagi
3 qurilish rekonstruksiya ishlari davrida jiddiy ravishda buzilib ketgan. Bu kvadratning
devorlari kesmasidan devor mavjudligini koʻrish mumkin. Devorning umumiy qalinligi
4 metrga yaqin boʻlib turli xil oʻlchamdagi xom gʻishtlardan iborat.
5-qazishmaning shimoliy qismi arkning baland va mustahkam devori ochildi.
Ochilgan devorning bir qismi buzib yuborilgan.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, 2022-yilda olib borilgan arxeologik qazuv
ishlari natijasida yodgorlik arkining tuzilishiga oydinlik kiritildi. Xususan, shahar arki
50x50 m oʻlchamda boʻlib, alohida mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Mudofaa devori
joy relyefi tuzilishidan kelib chiqib qurilgan. Mudofaa devori yarim aylana shakldagi
mudofaa devori bilan bilan himoyalangan. Mudofaa
devori 65x65 sm oʻlchamdagi qolipli
paxsadan qurilgan boʻlib, doim taʼmirlanib, kuchaytirib borilgan. Shuningdek, devorni
taʼmirlash ishlarida 50
-47x25-24x8-
10 sm oʻlchamdagi xom gʻishtlardan foydalanilgan.
1-
rasm. Tepaqo‘rg‘on manzilgohi topilmalari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
285
BAHS
Arxeologik qazishmamiz xulosasiga ko‘ra, eramizdan avvalgi I –
eramizning
I asrlarida Qo‘qonsoy irrigatsion mikrovohasida Tepaqo‘rgon manzilgohi shakllangan.
Ushbu xulosalar manzilgohdagi avvalgi qazishmalarda aniqlangan turar joy qoldiqlari va
keramika tiplarining qiyosiy tahlili natijalariga mos keladi [7, 408; 8] III asr oxiri
–
IV asr
boshlariga oid sopol majmuasi (Tepaqo‘rg‘on
-
IV) ko‘p tipligi (yarim sferik, konussimon,
tuvaksimon, tirnama naqshlar bilan bezatilgan tantanali marosim idishlari ko
‘za va
tovoqlar), sifati bilan ajralib turadi [7]. Ularning
barchasi qizildan jigarrangacha bo‘lgan
rangdagi yaltiroq angob bilan qoplangan. Qayd etilishi kerak bo‘lgan jihati, bu davrga
kelib, qo‘
lda yasalgan sopol idishlarning hissasi ortadi. Yuqoridagi xususiyatlar,
shuningdek, manzilgohning mudofaa elementlaridagi o‘zgarishlar uning ushbu davrda
havzaning markaziga aylanganligini ko‘rsatadi.
Eramizning V
–
VI asrlariga oid sopol
buyumlarida yaxshi
sayqallanmagan kuzatiladi, ular sifati pasayadi. Shundan so‘ng
manzilgohda hayot to‘xtaydi. Uning keyingi davri qatlamlari XVII–XVIII asrlarga to‘g‘ri
keladi. Ushbu irrigatsion mikrovohada Tepaqo‘rg‘ondan tashqari Mo‘yi Muborak (№52)
shahar turidagi manzilgohi ham joylashgan. Mazkur manzilgohning hayot davri
Tepaqo‘rg‘oning davriga mos keladi.
IV asr oxiri
–
V asr boshlarida Farg‘ona vodiysida kuchli zilzila ro‘y berib, bir qator
manzilgohlarda hayot to‘xtaydi [
9]. Bu kabi tabiiy ofatlar tez-tez takrorlanishi sababli,
arxitekturada paxsa va xom g‘ishtlarni tayyorlashda loyga ishlov berishning yaxshilanishi
kabi qurilish texnikasi bilan bog‘liq ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi.
XULOSA
Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, eramizdan avvalgi III asrning ikkinchi yarmi –
II asr
boshlarida So‘x havzasida sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi tufayli jadal urbanistik
jarayonlar ro‘y berib, manzilgohlar soni keskin ortgan. Eramiz boshlarida madaniy
landshaftlar chegarasi hozirgi Markaziy Farg‘ona qumliklarigacha bo‘lgan hud
udlarga
yoyilgan. Eramizning II
–
III asrlarida havzadagi aholi manzilgohlari soni hamda sopol
buyumlardagi rang-baranglik eng yuqori darajasiga chiqqan.
Tepaqo‘rg‘on yodgorligida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida qo‘lga
kiritilgan materiallar qiyosiy tahlili, ushbu shahar manzilgohning antik davrdayoq
shakllanganligi ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida, Qo‘qonsoy mikrovohasida eramizdan
avvalgi II-
I asrlarda sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi natijasida Tepaqo‘rg‘on va Mo‘yi
Muborak shahar manz
ilgohlarining paydo bo‘lganligi haqidagi farazni dalillaydi. Ushbu
manzilgohdagi sopol buyumlar o‘zining sifati, yupqa devorli ekanligi, yaxshi
pardozlanganligi bilan boshqa qishloq manzilgohlar keramika buyumlaridan farq qiladi
va asosan bozor uchun tayyorlanganligini bildiradi. Shahar arki va shahristonidagi
monumental inshootlar qoldiqlari hamda arkning yarim aylana minorali burj bilan
mustahkamlangan mudofaa devorlari mazkur shaharning eramiz boshlarida shahar
sifatida shakllanganligi, so‘ngra IV asr ox
iri V asr boshlarida siyosiy markaz sifatida qaror
topganligini ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Анарбаев А
,
Сайфуллаев
Б,
Саидов
М. Археологические исследования в
г. Коканде и его окрестностях.
Самарканд
. 2014
.134 с.
2.
Анарбаев А.А., Насриддинов Ш., Раҳимов К., Саидов М.,
Юлдашев И.
Қўқон
қадимги
шаҳри
қадимги
тарихини ўрганиш учун 2007 йилда олиб борилган
археологик тадқиқотлар // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2008
-2009
йиллар, 7
-
сони. Самарқанд
-2012. 7-
26 б.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
286
3.
Анарбаев А. А., Саидов М. М., Абдуллаев Б. М., Рахимов К. А., Кубаев С.
Результаты археологических исследований
в
г. Коканде в 2008
-
2011 гг.
//
Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 2008
-
2009 йиллар 8
-
сони. Самарқанд
-
2012.39-
48 с.
4.
Пардаев М. Сўх ҳавзаси археологик ландшафтига антропоген таъсир
(масофадан зондлаш, дала қидирув
-
кузатув ишлари ва маҳаллий аҳолидан ахборот
йиғиш усуллари орқали). O‘zbekiston arxeologiyasi, 2, 27. 2022. –
Б. 88
-102.
5.
Пардаев М. Сўх дарёси ҳавзасининг археологик ёдгорликлари //Общество
и инновации
.
–
2023.
–
Т. 4. –
№. 6/S. –
С. 361
-373.
6.
Анарбаев А., Кубаев С. Ш., Омонов Ш. А., Пардаев М. Қўқон шаҳрида
жойлашган тепақўрғон ёдгорлигида 2022 йилда олиб борилган археологик
тадқиқотлар
7.
Анарбаев
А. Ахсикет –
столица древней Ферганы.
–
Ташкент:
Tafakkur,
2013.
–
535 с
;
8.
Anarbayev
А. Axsikent arxeologiya parki. I jild. Axsikat va Farg‘onaning Buyuk
ipak yo‘lidagi shaharlari. –
Toshkent, 2023.
9.
Корженков
А.
М., Анарбаев
А.
А., Усманова
М.
Т., Захидов
Т.
К., Максудов
Ф.
А., Саидов
М
.
М., Варданян
А.
А. Сейсмические деформации в древнем поселении
Кыркхуджра, расположенном на Великом шелковом пути в Папском районе
Узбекистана // Земля и Вселенная. –
2020.
–
№. 6. –
С. 37
-59.
