Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Scientific foundations and technological solutions of
artificial intelligence: Theoretical and practical significance
Durdona BAKHTIYOROVA
1
Bukhara Innovative Education and Medicine University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
15 February 2025
Artificial intelligence (AI) is one of the greatest achievements
in the realm of science and technology, captivating humanity for
many years with its boundless potential and innovative
solutions. It not only simplifies people's daily lives but also
shapes a new reality where AI is potentially capable of replacing
human labor, which in turn may lead to shifts in employment
structures and a rise in unemployment rates. AI stands as one of
the key directions in the development of modern technologies,
with its scientific foundations rooted in mathematics,
computer science, neurobiology, and several other disciplines.
Contemporary artificial intelligence systems possess the ability
to process vast amounts of data, analyze information, and make
decisions by modeling various aspects of human cognitive
activity. This article examines the scientific foundations of AI, as
well as its theoretical and practical aspects, including the
prospects and potential consequences of its implementation.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
artificial intelligence,
scientific foundations,
mathematical models,
neural networks,
data analysis.
Sun’iy
intellektning ilmiy asoslari va texnologik
yechimlari. Nazariy va amaliy ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sun’iy intellekt,
ilmiy asoslar,
matematik modellar,
neyron tarmoqlar,
ma’lumotlar tahlili.
Ilm va innovatsia olamining ulkan
kashfiyoti bo‘lgan sun’iy
intellekt mana necha yillardan buyon insoniyatni o‘zining
tuganmas, haligacha o‘z chegarasiga yetib kelmagan
kashfiyotlari, noyob yangiliklari bilan insoniyatni lol qoldirib
shuning bilan birga uning hayotini yengillashtirib kelmoqda va
hattoki insoniyatning butkul o‘rnini egallab ishsizlik darajasini
orttirayotgan bir davrga dunyoni olib keldi.
1
Assistant, Bukhara Innovative Education and Medicine University. E-mail: ixtiyorovnadurdona@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
151
Sun’iy intellekt (SI) zamonaviy texnologiyalarning eng
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning ilmiy asoslari
matematika, informatika, neyrobiologiya va boshqa fanlarga
asoslanadi. SI tizimlari inson aqliy faoliyatining turli jihatlarini
modellashtirish orqali ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish
va qaror qabul qilish qobiliyatiga ega. Ushbu maqolada sun’iy
intellektning ilmiy asoslari yoritiladi va uning nazariy hamda
amaliy jihatlari tahlil qilinadi.
Научные
основы
и
технологические
решения
искусственного
интеллекта:
теоретическое
и
практическое значение
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
искусственный интеллект,
научные основы,
математические модели,
нейронные сети,
анализ данных.
Искусственный интеллект (ИИ) –
одно из величайших
достижений в мире науки и технологий, которое на
протяжении многих лет поражает человечество своими
безграничными возможностями и инновационными
решениями. Он не только облегчает повседневную жизнь
людей, но и формирует новую реальность, в которой ИИ
потенциально способен заменить человеческий труд, что, в
свою очередь, может привести к изменению структуры
занятости и росту уровня безработицы. ИИ является одним
из ключевых направлений развития современных
технологий, а его научные основы опираются на
математику, информатику, нейробиологию и ряд других
дисциплин.
Современные
системы
искусственного
интеллекта
обладают
способностью
обрабатывать
большие объемы данных, анализировать информацию и
принимать решения, моделируя различные аспекты
человеческой когнитивной деятельности. В данной статье
рассматриваются научные основы ИИ, а также его
теоретические
и
практические
аспекты,
включая
перспективы и возможные последствия его внедрения.
KIRISH
Sun’iy intellektni o‘rganish uchun mutaxasislar tomonidan turli ilmiy yondashuvlar
qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotda sun’iy intellektningilmiy asoslarini quyidagi metodlar
asosida tahlil qilinadi:
Matematik model va
algoritimlar
Ma’lumotlar tahlili
va qayta ishlash
Kompyuter
texnalogiyalari
Biologic
ilhomlantirilgan
modellar
–
Chiziqli algebra va
ehtimollik nazariyasi.
–
Statistika
va
bayes metodlari.
–
Neyron
tarmoqlar va ularning
ishlash tamoyillari.
–
Katta ma’lumotlar
tahlili
(Big
Data)
metodlari.
–
Ma’lumotlarni
oldindan qayta ishlash
va
normalizatsiya
qilish.
–
Dasturlash tillari
(Python, R, Java) va
ularning SI dagi roli.
–
GPU va bulutli
hisoblash
texnologiyalaridan
foydalanish
–
Inson miyasi va
neyron tarmoqlarning
o‘zaro bog‘liqligi.
–
Sun’iy
neyron
tarmoqlar va ularning
biologik
modellari
bilan o‘xshashliklari.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
152
Sun’iy intellektning ilmiy asoslari quyidagi natijalarga olib kelmoqda:
Matematik va algoritmik tamoyillar asosida yangi model va yondashuvlar
yaratilmoqda:
sun’iy intellekt orqali matritsalar va vektorlar asosida hisob
-kitoblar
amalga oshiriladi. Bundan tashqari neyron tarmoqlar va mashinaviy o‘rganishda ko‘p
foydalaniladi. Bundan tashqar
i ushbu sohaning bir qismi bo‘lgan “Ehtimollik nazariyasi
va statistik tahlil”da sun’iy intellekt orqali ma’lumotlarni prognoz qilish va qaror qabul
qila olish mumkin va bu soha vakillari uchun juda muhim. Bayes statistikasi va Markov
jarayonlari asosida ishlovchi modellarga asoslanadi. Qolaversa misol uchun
optimallashtirish metodlari sun’iy intellekt tizimlari uchun gradient tushish algoritmlari
va boshqa optimallashtirish usullari ham qo‘llanila oladi.Algoritmik yondashuvlarda esa
bu neyron tarmoqlari va
chuqur o‘rganish metodalarida keng qo‘llaniladi masalan:
neyron tarmoqlarida yangilangan sun’iy neyron tarmoqlar yordamida katta hajmdagi
ma’lumotlarni tahlil qilish va bashorat qilish imkoniyati vujudga keltiradi.
Eng qiziqarli va muhim tomonlaridan biri
shundaki sun’iy intellekt orqali Genetik
algoritmlarni ham hisoblash mumkin: evolyutsion hisoblash tamoyillariga asoslangan
optimallashtirish algoritmlari.
Ma’lumotlar tahlili va qayta ishlash:
ma’lumotlarni qayta ishlashda ilg‘or usullar
ishlab
chiqilmoqda, bu esa sun’iy intellekt tizimlarining samaradorligini oshirishga
yordam beradi. Misol uchun:
ma’lumotlarni oldindan
aniqlash va uni qayta ishlash
imkonini beradi, ma’lumotlarni tozalash ham mumkin bunda noaniq, yetishmayotgan
yoki ortiqcha bo‘lgan ma’lumotlarni yo‘qotib faqat aniq va ixcham ma’lumotlarni saqlab
qo‘yishi yoki yaratib berishi mumkin. Bundan tashqari ma’lumotlarni normallashtirish
imkoniyatiga ham ega bo‘lib bunda
ma’lumotlarning yagona diapazonda bo‘lishini
ta’minlaydi.
Neyron ta
rmoqlar orqali inson miyasi faoliyatiga o‘xshash ya’ni inson bilan bir xil
vazifalarni bajara oladigan tizimlar yaratilmoqda: Neyron tarmoqlar inson miyasi
faoliyatiga o‘xshash ishlaydigan tizimlar yaratishga yordam bermoqda. Ushbu
texnologiyalar inson bil
an bir xil vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan turli sun’iy intellekt
tizimlarini yaratishda qo‘llanilmoqda. Quyida bunday tizimlarga bir nechta misollar
keltirilgan: misol uchun sun’iy intellektning bugunda keng foydakanilayotgan ChatGPT,
Google Bard, Claude tarmoqlari inson bilan tabiiy tilda muloqot qila oladi, matn yozib uni
tahlil qilish va tarjima qilishga qodirdir. Bundan tashqari barchaga ma’lum va mashhur
bo‘lgan qurilma Google Translate orqali ma’lumotlar tilini avtomatik tarjima qilish va
ma’lumotni kontekstga qarab moslashtira oladi, DALL·E, Midjourney, Stable Diffusion
qurilmalari orqali neyron tarmoqlar yordamida mavjud rasmni takroran chizib berish
yoki so‘ralgan talab asosoda
ijodiy rasmlar yaratishi mumkin, inson yuz harakatlarini
o‘rganib,
ularning xatti-
harakatlarini sun’iy ravishda yarata oladi, OpenAI Whisper,
Google Speech-to-Text
kabi sun’iy intellekt qurilmalari yordamida esa ovozdan matnga
aylantirish imkonini beradi, Eleven Labs, Amazon Polly dasturlari orqali matndan ovoz
yaratish (text-to-speech) imkonlarini beradi ,AlphaGo, AlphaZero kabi dasturlar orqali
o‘yinlarni o‘rganish va hattoki insondan
ustun natijalarga erishish qobiliyatiga ega
neyron tarmoqlarini ham ishlab chiqa oladi. Ya’ni shaxmat o‘yini misolida oladigan
bo‘lsak telifon qurilmasidagi bu o‘yin ko‘p hollarda real o‘yinchi ya’ni insonni yega olishi
mumkin va ko‘p hollarda shunday bo‘lgan. Tesla Autopilot, Way mo dasturlari orqali esa
avtomatlashtirilgan haydovchi tizimlari bilan mashinani boshqarish mumkin bunda ba’zi
holatlarda haydovchining ham keragi bo‘lmaydi. Eng muhim va insoniyat uchun
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
153
keraklilik darajasi yuqori bo‘lgan qurilmalaridan biri bu
IBM Watson tizimidir. Bu tizim
tibbiyot, biznes va boshqa sohalarda keng qo‘llanilib ma’lumotlarni
tahlil qilish va
progno
z qilish imkoniyatiga ega sun’iy intellekt qurilmasidir. Robototexnika va
avtomatlashtirilgan tizimlari ham mavjud bo‘lib bugungi kun ayollarining sevimli
dastyoriga aylanib ulgirgan qurilmalar tizimi hisoblanadi. Misol uchun Boston Dynamics
robotlari (Atlas, Spot) muhitni anglab, harakatlana oladigan va vazifalarni bajarishga
qodir bo‘lgan robotlardir
Parallel bir xil paytda bir necha xil muammolarni yechish va hisoblash
bu
texnologiyalari sun’iy intellektning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Pa
rallel hisoblash texnologiyalari sun’iy intellekt rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Bu texnologiya bir vaqtning o‘zida bir nechta muammoni hal qilish yoki katta hajmdagi
ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini beradi. GPU (grafik protsessorlar), TPU (tensor
protsessorlar) va klaster serverlar parallel hisoblash uchun keng qo‘llaniladi. Neyron
tarmoqlarning o‘qitilishi va real vaqt rejimida ishlashini tezlashtirishda ham katta
ahamiyatga ega. Bu texnologiyalar sun’iy intellekt tizimlarini tezroq va samaraliro
q
ishlashiga yordam beradi.
XULOSA
Sun’iy intellektning ilmiy asoslari fanlararo yondashuvga asoslangan bo‘lib, uning
asosida matematika, informatika, neyrobiologiya va muhandislik fanlari yotadi. Zamonaviy
algoritmlar va matematik modellar sun’iy intellek
tning rivojlanishiga katta hissa
qo‘shmoqda. Shu bilan birga, SI tizimlarini yanada takomillashtirish va ulardan samarali
foydalanish uchun quyidagi muhim yo‘nalishlarni rivojlantirish lozim: ehtimollik va
statistika modellari ustida ishlash, kompyuter quvvatlarini oshirish va algoritmlarni
optimallashtirish, biologik ilhomlantirilgan modellarni yanada chuqurroq o‘rganish, sun’iy
intellektning axloqiy va huquqiy masalalarini hal qilish bo‘yicha izlanishlar olib boorish
lozimdir. Sun’iy intellektning ilmiy asoslari murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, u matematika,
informatika, neyrobiologiya kabi fanlarga asoslanadi. Matematik modellar, algoritmlar va
kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi SI tizimlarini takomillashtirishga xizmat
qilmoqda. Kelajakda SI ning ilmiy asoslari yanada chuqurlashib, inson faoliyatining turli
jabhalarida yanada samarali qo‘llanilishi kutilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Rustamova, J. (2025).
Sun’iy intellekt orqali til o‘rganishning imkoniyatlari.
International Conference on New Trends in Education and Language Learning, 7 January
2025. Retrieved from https://incop.org
2.
Norboyev, F. Ch. (2024).
Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalari tatbiqi.
ResearchGate, 26 November 2024. Retrieved from https://www.researchgate.net/
publication/386098406_Ta'limda_sun'iy_intellekt_texnologiyalari_tatbiqi
3.
Ernazarov, D. Z. (2024).
Oliy ta’lim tizimida sun'iy intellektning roli va ta’sirini oshirish.
ResearchGate, 19 April 2024. Retrieved from https://www.researchgate.net/ publication/
379925224_Oliy_ta'lim_tizimida_sun'iy_intellektning_roli_va_ta'sirini_ortib_borishi
4.
Sabirova, O. (2024).
Ta’lim sohasida sun’iy intellektdan foydalanish.
CyberLeninka, 2024. Retrieved from https://cyberleninka.ru/article/n/ta'lim-sohasida-
sun’iy
-intellektdan-foydalanish
5.
Sirojidinov, B. (2024).
Ta'limda sun'iy intellektning imkoniyatlari.
Ares, 2024.
Retrieved from https://ares.uz/uz/maqola-sahifasi/talimda-suniy-intellektning-imkoniyatlari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
154
6.
Infocom.uz (2024).
Imkoniyati cheklangan insonlar uchun sun’iy intellektning
ahamiyati.
Infocom, 27 September 2024. Retrieved from https://infocom.uz
7.
RAI-Journal (2023).
Imkoniyati cheklanganlarda sun’iy intellekt.
RAI-Journal,
27 August 2023. Retrieved from https://rai-journal.uz
8.
Kun.uz (2021).
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar
imkoniyati.
Kun.uz, 18 March 2021. Retrieved from https://kun.uz
9.
CyberLeninka (2024).
Ta'limda sun'iy intellektning imkoniyatlari.
CyberLeninka,
2024. Retrieved from https://cyberleninka.ru
10.
Ares.uz (2024).
Ta’limda sun’iy intellektning imkoniyatlari.
Ares, 2024.
Retrieved from https://ares.uz
