Авторы

  • Азимбек Азимов
    Докторант, Институт законодательства и правовой политики при Президенте Республики Узбекистан
  • Сардор Жакбаров
    Ведущий научный сотрудник, Сектор законодательства в социальной сфере, Институт законодательства и правовой политики при Президенте Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp120-126

Ключевые слова:

Конституционное право государственная политика молодежная политика союз молодежи молодежная стратегия законы правовые гарантии

Аннотация

В данной статье анализируются правовые основы государственной молодежной политики Республики Узбекистан, ее современное состояние и тенденции развития. Исследованы институциональные механизмы, правовые гарантии и существующие проблемы молодежной политики. Также был рассмотрен международный опыт в этой области и направления совершенствования национального законодательства.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal analysis of youth-related issues in Uzbekistan's state
policy

Azimbek AZIMOV

1

, Sardor JAKBAROV

2


Institute of Legislation and Legal Policy under the President of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article analyzes the legal framework of the state youth

policy of the Republic of Uzbekistan, its modern state and

development trends. The institutional mechanisms, legal

guarantees and existing problems of youth policy have been

studied. The areas of international experience in the field and
improvement of national legislation have also been considered.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

120-126

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Constitutional law,

public policy,

youth policy,

youth alliance,

legal analysis,

youth strategy,

laws,

legal guarantee.

O‘zbekiston davlat siyosatida yoshlarga doir masalalarning

huquqiy tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

konstitutsiyaviy huquq,

davlat siyosati,

yoshlar siyosati,

yoshlar ittifoqi,

huquqiy tahlil,

yoshlar strategiyasi,
qonunlar,

huquqiy kafolat.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid

davlat siyosatining huquqiy asoslari, uning zamonaviy holati va
rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Yoshlar siyosatining

institutsional mexanizmlari, huquqiy kafolatlari va mavjud

muammolari o‘rganilgan. Shuningdek, bu sohadagi xalqaro
tajriba va milliy qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlari

ko‘rib chiqilgan.

1

PhD Student, Institute of Legislation and Legal Policy under the President of the Republic of Uzbekistan.

2

Leading Researcher, Division of Social Sector Legislation, Institute of Legislation and Legal Policy under the

President of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

121

Правовой анализ вопросов молодежи в государственной

политике Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Конституционное право,

государственная

политика,

молодежная политика,

союз молодежи,

молодежная стратегия,

законы,

правовые гарантии.

В данной статье анализируются правовые основы

государственной молодежной политики Республики

Узбекистан, ее современное состояние и тенденции

развития. Исследованы институциональные механизмы,

правовые

гарантии

и

существующие

проблемы

молодежной

политики.

Также

был

рассмотрен

международный опыт

в этой области и направления

совершенствования национального законодательства.

Bugungi kunda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni izchil tartibga solish

va ushbu munosabatni adolatli hamda shaffof amalga oshishi uchun huquqiy

jarayonlarda yoshlarga e’tibor va ularni qo‘llab

-

quvvatlash orqali ulkan siljish bo‘lishiga

turtki bo

‘lmoqda. 2030

-yil kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM)

erishishning belgilangan sanasi

2030-yilga kelib, yoshlar soni 7 foizga oshib, qariyb

1,3 milliard kishini tashkil etishi kutilmoqda [1]. Buning natijasida dunyoda yoshlarga oid

davlat siyosatining dolzarbligi quyidagi omillar bilan asoslanadi:

birinchidan, demografik o‘zgarishlar, ya’ni dunyo aholisi tarkibida yoshlar ulushi

soni 7 foizga oshadi, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlar soni tez o‘sadi.

Ikkinchidan, yoshlar sonining oshishi ayrim bir global muammolarni keltirib

chiqaradi. Jumladan, ta’lim tizimini kengaytirish zarurati, ish o‘rinlari yaratish ehtiyoji,

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yoshlarning diniy-mafkuraviy zaharlanish

holatlarini oldini olish dolzarb masalaga aylanishi kutilmoqda. Xorij ilmiy adabiyotlarida

“Yoshlar deganda, muayyan yosh xususiyatiga ko‘ra boshqalardan ajralib

turadigan, ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tizim, madaniyat, ijtimoiylashuvning faol

subyekti, zamonaviy yosh chegaralari asosida aniqlanadigan ijtimoiy-demografik

guruh tushunilishi”

[

2] ta’kidlab o‘tilgan. Hozirgi kunda yer yuzi aholisining qariyb

20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi, bu

shuni anglatadiki, yoshlar siyosati O‘zb

ekiston taraqqiyotining muhim asoslaridan

biridir. Davlatda yoshlar uchun barcha shart-sharoit imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-

iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini

oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlash to‘g‘risida”gi

Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi [3]. Farmonga muvofiq,

yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har

tomonlama qo‘llab

-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini

tubdan isloh etish maqsadida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy ha

rakati negizida

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan PF

4947 sonli Farmoni asosida

“2017–

2021-

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu

vor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning IV bobining 4.5 bandida yoshlarga oid

davlat siyosatini takomillashtirish haqida davlat dasturi ishlab chiqilgan [4].

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan

60-sonli

“20

22

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida” farmoni qabul qilinganligi va ushbu farmonning “Adolatli


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

122

ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” IV bobining 70

-maqsadida

:

yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish aks etgan [

5]. Shuni ta’kidlash lozimki,

prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan bu kabi qaror va ustuvor vazifalar

yurtimizda yoshlarning keng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishiga

xizmat qilmoqda.

Chunki yoshlar milliy davlatchilik asoslarini yaratish jarayoniga keng jalb qilinsa, davlat

va jamiyat mustahkam bo‘ladi. Ana shundagina yangicha tafakkur zamonaviy sivilizatsiya

asosida ilg‘or ong qaror topadi

[6].

Ushbu maqolada huquqiy tahlil qilish uchun

doktrinal tadqiqot

yondashuvi asosida

batafsil mavzuga doir ma’lumotlar berib boriladi. O‘zbekiston va jahonda yoshlarga oid
davlat siyosati va ushbu siyosatni amalga oshirish mexanizmlari haqida ma’lumotlar va
uning samaradorligini baholash, yoshlarning huquq va burchlarini ta’

minlovchi islohotlar

ko‘lamini yanada oshirish masalalari tahlil qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosatini” konstitutsiyamiz

misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining 1992

-yilda qabul qilingan

konstitutsiyasi bi

lan amaldagi yangi tahrirdagi konstitutsiyasi o‘rtasida sezilarli farqni

ko‘rishimiz mumkin. Birinchi konstitutsiyamizning faqatgina 56

-moddasining birinchi

qismida “yoshlar tashkiloti” jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilishi belgilab o‘tilgan va
o‘z

navbatida, 1992-yilda qabul qilingan konstitutsiyamizni qolgan qismida yoshlar

masalasiga alohida urg‘u berilmagan. Yoshlarga oid davlat siyosati yangi tahrirdagi

konstitutsiyaning Onalar, bolalar va yoshlar deb nomlangan XIV bobida keltirilgan. Ushbu
bob birinchi konstitutsiyamizda

XIV bob oila deb nom olgan, shunga ko‘ra XIV bob

o‘zida hech qanday yoshlarga oid davlat siyosatini aks ettirmagan. Yangi tahrirdagi
konstitutsiyaning XIV bob “Oila, bolalar va yoshlar”da yoshlarning huquq va

majburiyatlari kel

tirib o‘tilgan. Jumladan, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning

79-moddasida davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik

huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok
etishini rag‘

batlantirishi belgilangan [

7]. Ushbu konstitutsiyaviy normaning o‘ziyoq

yoshlarga keng huquq va imkoniyatlar yaratib beradi. Shu asnoda, yurtimizda yoshlar

siyosatiga oid bir necha dasturlar qabul qilinmoqda. Misol tariqasida, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining

“O‘zbekiston –

2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni

qo‘llab

-

quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi 2024

-yilning

21-fevralida PF

37-sonli Farmoni qabul qilindi [8]. Farmonda konstitutsiyada keltirilgan

konstitutsiyaviy normalar asosida yoshlarga keng huquq va imkoniyatlar yaratib berilishi
nazarda tutiladi.Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatini qay tarzda tashkil etilish
mexanizmini belgilab berayotgan 2016-yil 14-

sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid

davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406

-sonli Qonun yoshlarga oid muhim normativ-huquqiy

hujjat hisoblanadi. Ushbu Qonun boshqa qonunlardan farqli jihati davlat siyosati

darajasida e’tiborga olinganligi va ushbu muhim holatni uning o‘z nomida belgilab
o‘tilgani

desak yanglishmagan bo‘lamiz. Qonunda

yoshlarga oid davlat siyosati

davlat

tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va

ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun

shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy
chora-

tadbirlar tizimi sifatida ta’kidlab o‘tilgan

[

9]. Yoshlar deganda O‘zbekiston

Respublikasi fuqarosi bo‘lgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan

shaxslar tushuniladi. Mustaqilligimizning ilk yillarida ham yoshlarga oid davlat siyosati
dolzarb masalaga aylangan. Shuning uchun ham, 1991-yil 20-

noyabrda “O‘zbekiston


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

123

Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul

qilindi. Ushbu qonunda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning
ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy

salohiyatini ro‘yobga chiqarish qonuning asosiy maqsadi sifatida keltirib o‘tilgan.
O‘zbekiston R

espublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab yoshlarga

oid davlat siyosatiga alohida e’tibor berib kelmoqda

[10].

Jumladan, 1991-

yildagi qonun mustaqil O‘zbekistonning yoshlarga oid ilk huquqiy

hujjati sifatida tarixiy ahamiyatga ega. Bu qonun yoshlar siyosatining asosiy tamoyillarini

belgilab berdi va keyingi islohotlar uchun poydevor bo‘lib xizmat qildi. Qonunda
yoshlarning ta’lim olish, kasb tanlash, mehnat qilish kabi asosiy huquqlari

mustahkamlandi. Shuningdek, davlat organlarining y

oshlar masalalari bo‘yicha vazifalari

belgilandi.

Biroq, zamon o‘zgarishi bilan yangi talablar va ehtiyojlar paydo bo‘ldi.

Globallashuv, raqamli texnologiyalar rivojlanishi, mehnat bozorining o‘zgarishi yoshlar
siyosatiga yangicha yondashuv zarurligini ko‘

rsatdi. Shu sababli, 2016-yilda yangi

tahrirdagi qonun qabul qilindi. Shunga ko‘ra, amaldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati
to‘g‘risida”gi 406

-sonli Qonunda 1991-

yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida

yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to

‘g‘risida”gi Qonundan farqli ravishda uning

hajmi 21 moddadan 33 moddaga(qo‘shimcha 12 modda) ko‘paydi.

Undan tashqari, 1991-yil hamda 2016-yildagi qonunlarning asosiy farqlarini

taqqoslab ko‘ramiz:

1.

1991-

yildagi qonunda asosiy tushunchalar to‘liq yoritilm

agan, 2016-yildagiga

esa “Yoshlar”, “Yoshlarga oid davlat siyosati”, “yosh oila”, “yoshlar tadbirkorligi” kabi
asosiy tushunchalarga aniq ta’riflar berilgan.

2.

1991-

yildagi qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

umumiy tarzda belgila

b o‘tilgan. 2016

-yildagi normativ-huquqiy hujjatda 13 ta aniq

yo‘nalish belgilangan va har birining mexanizmlari ko‘rsatilgan.

3.

Vakolatli organlar : 1991-

yildagi qonunda umumiy tarzda ko‘rsatilgan. Amaldagi

qonunda esa barcha darajadagi davlat organlari vakolatlari aniq belgilangan.

4.

Yoshlarni qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlari: 1991-yilda joriy qilingan qonunda

umumiy qoidalar keltirilgan. 2016-

yil qabul qilingan qonunda “Yoshlar daftari”, ijtimoiy

himoya dasturlari, grantlar va subsidiyalar hamda imtiyozli kreditlar kabi aniq
mexanizmlar belgilangan.

O‘zbekiston

Respublikasida

jamiyatni

yanada

demokratlashtirish

va

modernizatsiyalash sharoitida aholining asosiy salmog‘ini tashkil etuvchi yoshlarning

ijtimoiy faolligi va bandligini

ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham

O‘zbekiston istiqlolga erishishi bilanoq yoshlarga jiddiy e’tibor qaratgan holatda

yoshlarga oid davlat siyosatining asoslarini ishlab chiqdi. Yoshlarga oid davlat siyosati

davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish

va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun

shart-

sharoitlar yaratilishini ko‘zda tutadigan ijtimoiy

-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy

chora-tadbirlar tizimidir [11].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh

Assambleyasining 72-

sessiyasida so‘zlagan nutqidan o‘rin olgan “Sayyoramizning ertangi

kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.

Bizning

asosiy vazifamiz

yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

124

yaratishdan iborat”

degan fikrlari yer yuzidagi har bir davlat uchun birdek ahamiyatli

kasb etishi haqida alohida to‘xtalib, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yos

hlarga

qaratilayotgan samarali islohotlar haqida so‘z ochib, yoshlar huquqlarini ta’minlashda
O‘zbekistonning xalqaro minbarlardan bildirayotgan tashabbuslari alohida e’tibor bilan
qabul qilinayotganini ta’kidlaydi

[12]. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan

islohotlar natijasida yoshlarga jiddiy e’tibor qaratish davlatning ichki funksiyalarining

asosini tashkil etmoqda.

Yuqorida keltirilgan qonunchilikdagi islohotlar natijasida davlatimiz miqyosida

“yoshlarga oid davlat siyosati” masalasi bosqich

ma-bosqich tizimli ravishda

takomillashtirilib borilmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan 2020-yil 30-

iyunda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat

siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 6017

-

sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida O‘zbekistonda

30-iyun

“Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi hamda yoshlar ishlari bo‘yicha alohida tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududlard

agi tarkibiy

tuzilmalari tashkil etildi [13]. 1991-yil 20-

noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida

yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunda esa ushbu agentlik
vazifalari va funksiyalarini Yoshlar ishlari bo‘yicha kengash deb nom olgan

tashkilot

bajargan hamda Yoshlar ishlari bo‘yicha kengash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga

va Prezidentiga har yili yoshlarning ahvoli xususida ma’ruza taqdim etgan.

O‘zbekistonda yoshlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning

evolyutsiy

asida ham buni ko‘rishimiz mumkin:

1991

1996-

yillar: O‘zbekiston Yoshlar ishlari bo‘yicha kengash

;

1996

2001-

yillar: “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kamolot” jamg‘armasi

;

2001-2017-

yillar: “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (Keng vakolatlar va katta

tuzilmaga ega bo‘lgan)

;

2017

2020-

yillar: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (PF–

5106-son, 2017-yil 5-iyul).

2020-yildan:

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (PF–

6017-son,

2020-yil 30-iyun). Lekin bugungi kunga kelib ham yoshlar masalasi dolzarbligicha
qolmoqda, chunki Yurtimiz aholisi yildan-

yilga ko‘payib, yosharib bormoqda. Shularni

inobatga olgan holda, Yoshlar bilan ishlash masalasi ularning huquqlari va qonuniy

manfaatlarini ta’minlash davlatimiz huquqiy siyosatini asosini tashkil qi

lmoqda.

Prezidentimizni 2020-yil 30-

iyunda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat

siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 6017

-sonli Farmoni natijasida tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligining

yutuqli tomonlari bilan birga kamchiliklari ham yetarli darajada, shu sabab, tizimli aniq

reja asosida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish lozim. Jumladan, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvarda 23-

sonli “O‘zbekistonda

yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu

Yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga

oid

davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari

va qarorlari, hukumat qarorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha
Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2030-

yilgacha mo‘ljallangan “Yoshlar strategiyasi”,

Yoshlar manfaatlari bo‘yicha butunjahon harakatlar dasturi, 2020

-yil dekabr oyida

tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari” forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

125

Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid
davlat

siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida

ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyadagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yoshlar siyosati
bo‘yicha xorij tajribasidan samarali foydalanish, o‘zaro tizimli hamkorlikni rivojlantiris

h

maqsadida 13 ta xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan
hamda O‘zbekiston 2018

-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar kengashiga,

2020-

yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashiga teng

huquqli a’zo sifatida qabul qilingan

[

14]. Biz ta’kidlab kelayotgan rivojlangan Yevropa

ittifoqi davlatlarida 2024-

yil yakuni bo‘yicha statistik ma’lumotlariga ko‘ra,

Yoshlarning

ishsizlik darajasi Yevropa Ittifoqida 15,3% ni tashkil etdi. Eng past ko‘rsa

tkichlar

Germaniya (6,4%), Niderlandiya (8,7%) va Chexiya (10,5%)da kuzatilgan, eng

yuqori ko‘rsatkichlar esa Ispaniya (26,6%) va Shvetsiyada (24,4%)

qayd etilgan

[15]. Hozirda

O‘zbekistonda 125 ming nafar ishsiz yoshlar mavjud, agar buni oldini

olinmasa, bu sonlar yildan-

yilga ko‘payishi tabiiy hol. Bugungi kunga kelib

Yoshlar ishlari

bilan shug‘ullanishda, ularni samarali va yuqori daromad keltiruvchi ish bilan
ta’minlashda

xorij davlatlari va ulardagi nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan aloqa

bog‘lash

o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Faqatgina bu hamkorlik ta’lim bilan

chegaralanib qolmasligi, jamiyatdagi barcha sohalarni o‘zida jamlagan bo‘lishi lozim.

Yoshlarga oid davlat siyosati avvalo har bir davlatning ichki siyosati

bo‘lib,

yoshlar

va davlat o

‘rtasidagi munosabatlarni

ijobiy tomonlama maqsadga muvofiqlashtirilishiga

xizmat qiladi.

Mustaqillikdan so‘ng 2023

-yilga qadar sohaga oid 24 ta qonun,

Prezidentning 16 ta farmoni va 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 41 ta qarori, 32 ta
idoraviy-

me’yori

y hujjatlar qabul qilindi. Bugungi kunga kelib yoshlar siyosatiga oid

100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat mavjud. Demak, yoshlarga oid davlat siyosatiga

oid qonunchilik tizimida jadal sur’atlarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq ushbu

qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish mexanizmida ayrim bir sustkashliklar

kuzatilmoqda. Bu kamchiliklarni to‘g‘ri anglagan holda quyidagi takliflarni havola

qilamiz.

2024-yil 1-

yanvar holatiga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan aholi soni 20,1 million

kishini tashkil etadi, bu umumiy doimiy aholining 60 foizdan yuqorini tashkil qiladi.

Tahlillarga ko‘ra, respublikada jami aholining 56,4 foizi mehnatga layoqatli yoshda.

Shuning uchun ham

zamonaviy O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishi –

turli darajadagi

qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlarning ovozi yanada inobatga olinishini ta’minlash

;

yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish yuzasidan

yoshlar yetakchisi lavozimi maqomini yanada takomillashtirish

;

xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan yoshlar bilan ishlash masalasini keng yo‘lga

qo‘yish dolzarbdir, chunki mamlakatimizda jahon darajasidagi ishchi kuchi mavjud, bu
holatni to‘g‘ri anglagan hola

tda, yoshlar rivojlangan mamlakatlar yoshlari bilan

raqobatlasha oladigan turli sohalarda malakali kadrlarni yetkazib beradigan “Yoshlar
fabrikasi”ni tashkil etish lozim

.

FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MAQOLALAR RO‘YXATI:

1.

BMTning rasmiy statistika portali: https://www.un.org/development/desa/youth/;

2.

Кирницкий В.В. Проблема формирования патриотических ценностей в

массовом сознании российской молодежи:диссертация...кандидата философских
наук. –

Москва, 2016 –

176 с;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

126

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 5-iyuldagi PF-5106-son

“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini qo‘llab

-

quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son;

4.

O‘zbekist

on Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 01.05.2021

-

y., 06/21/6217/0409-son;

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi PF

60-son

“2022 –

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risidagi” Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024

-y.,

06/24/221/0003-son;

6.

Исмоилов

Т

.

И

.

Ўзбекистонда

уюшмаган

ёшларнинг

ижтимоий

фаоллиги

[

монография

].

–Т

., 2021;

7.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

8.

O‘zbekiston Respublikasi Pre

zidentining 2024-yil 21-

fevraldagi “O‘zbekiston –

2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab

-

quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid

davlat dasturi to‘g‘risidagi PF

-37-

son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son;

9.

O‘zbekiston Respublikasining 2016

-yil 14-

sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat

siyosati to‘g‘risida” O‘RQ

-406-

son qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son;

10.

O‘zbekiston Respublikasining 1991

-yil 20-noyabrda 429-XII-

son “O‘zbekiston

Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun //
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2008

-y., 52-son;

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017

-yil

20-sentyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi
nutqidan;

12.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 30-iyunda 6017-sonli

“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi

bosqichga olib chiqish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020

-y., 06/20/6017/1021-son;

13.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 18-yanvarda

23-

sonli “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat

siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi,11.12.2024-y.,09/24/833/1016-son;

14.

Germaniya

statistika

idorasining

rasmiy

veb-sahifasi

//

https://www.destatis.de/Europa/EN/Topic/Population-Labour-Social;

15.

Daryo.uz rasmiy veb-sahifasi https://daryo.uz/2024/05/28/ozbekiston-

aholisining-jinsi-va-yosh-guruhlari-demografik-korsatkichlar-qanday ;

16.

BMT Rivojlanish Dasturi rasmiy veb-sahifasi https://www.undp.org/

Библиографические ссылки

BMTning rasmiy statistika portali: https://www.un.org/development/desa/youth/;

Кирницкий В.В. Проблема формирования патриотических ценностей в массовом сознании российской молодежи:диссертация...кандидата философских наук. - Москва, 2016 – 176 с;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son “2022 – 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son;

Исмоилов Т.И. Ўзбекистонда уюшмаган ёшларнинг ижтимоий фаоллиги [монография]. –Т., 2021;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” O‘RQ-406-son qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda 429-XII-son “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil

-sentyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyunda 6017-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 06/20/6017/1021-son;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvarda

-sonli “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,11.12.2024-y.,09/24/833/1016-son;

Germaniya statistika idorasining rasmiy veb-sahifasi // https://www.destatis.de/Europa/EN/Topic/Population-Labour-Social;

BMT Rivojlanish Dasturi rasmiy veb-sahifasi https://www.undp.org/.