Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Ethical principles for organizing digital investigation:
Uzbekistan and foreign experience
Bakhtiyorjon KHAMIDOV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 15 July 2024
Available online
25 August 2024
This article examines the ethical issues associated with the
organization of digital investigation. In particular, ways to
improve the methodological support of investigative practice in
this area are proposed. The experience of the United States,
European countries, and the Republic of Uzbekistan in
introducing ethical standards into digital investigative activities,
as well as international approaches to this issue, are analyzed.
The study emphasizes the importance of developing one's ethical
principles for organizing a digital investigation and offers
recommendations for adapting domestic practice to advanced
foreign experience. The author believes that to protect personal
information in the process of digital investigation, it is necessary,
first of all, to determine the ethical principles of working with
digital evidence. The article is based on scientific and practical
research, as well as the opinions of theorists and practitioners in
the field of digital investigation, with an analysis of domestic and
foreign legislation.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
digital investigation,
digital ethics,
legality,
fairness,
transparency,
freedom,
accountability.
Raqamli tergovni tashkil etishningahloqiy tamoyillari:
Oʻzbekiston va xorijiy tajriba
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
raqamli tergov,
raqamli ahloqiy (etiket)
qoidalari,
qonuniylik,
adolat,
shaffoflik,
erkinlik,
Ushbu maqola raqamli tekshiruvlarni tashkil etish bilan
bog
‘
liq axloqiy masalalarni ko
‘
rib chiqadi. Xususan, mazkur
yo‘nalishdagi tergov amaliyotini metodik ta’minlashni
takomillashtirish yo‘llari taklif etilmoqda. AQSh, Yevropa
davlatlari va O‘zbekiston Respublikasining raqamli tergov
faoliyatiga axloqiy me’yorlarni joriy etish tajribasi, shuningdek,
ushbu masalaga xalqaro yondashuvlar tahlil qilingan.
1
Doctor of Philosophy in Law (PhD), Deputy Head of the Department of Criminalistics and Forensic Science, Tashkent
State University of Law. E-mail: Bahtiyor1984bsj@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
199
javobgarlik.
Tadqiqot raqamli tekshiruvlarni tashkil qilish uchun shaxsiy
axloqiy tamoyillarni ishlab chiqish muhimligini ta
’
kidlaydi va
mahalliy amaliyotni ilg
‘
or xorijiy tajribalarga moslashtirish
bo'yicha tavsiyalar beradi. Muallif raqamli tergov jarayonida
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun, birinchi navbatda,
raqamli dalillar bilan ishlashning axloqiy tamoyillarini aniqlash
zarur, deb hisoblaydi. Maqola ilmiy va amaliy tadqiqotlarga,
shuningdek, raqamli tergov sohasidagi nazariyotchilar va
amaliyotchilarning fikr-mulohazalari, mahalliy va xorijiy
qonunchilik tahliliga asoslangan.
Этические
принципы
организации
цифрового
расследования: Узбекистан и зарубежный опыт
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
цифровое расследование,
цифровая этика (этикет),
законность,
справедливость,
прозрачность,
свобода,
подотчетность.
В данной статье рассматриваются вопросы этики,
связанные с организацией цифрового расследования. В
частности,
предложены
пути
совершенствования
методического обеспечения следственной практики в этой
области. Проанализирован опыт США, европейских стран и
Республики
Узбекистан
по
внедрению
этических
стандартов в цифровую следственную деятельность, а
также международные подходы к этому вопросу.
Исследование подчеркивает важность разработки
собственных этических принципов для организации
цифрового расследования и предлагает рекомендации по
адаптации отечественной практики к передовому
зарубежному опыту. Автор считает, что для защиты
персональной информации в процессе цифрового
расследования необходимо прежде всего определить
этические
принципы
работы
с
цифровыми
доказательствами.
Статья
основана
на
научно
-
практических исследованиях, а также мнениях теоретиков
и практиков в области цифрового расследования, с
анализом отечественного и зарубежного законодательства.
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli tranformatsiya jarayonlarini faol realizatsiya
qilinishi "Raqamli Oʻzbekiston –
2030" strategiyasini tasdiqlanishi bilan belgilab berildi[1].
Statistik maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda Internetdan foydalanuvchilar soni 201
6-yilda
12,1 mln. boʻlgan boʻlsa, 2022
-
yilga kelib ikki barobarga, yaʼni 24 mln.dan oshgan. Ushbu
holat mamlakat fuqarolarning qariyib 66% toʻgʻri kelmoqda[2]. Shu bilan birga,
mamlakatdagi aholi yashash maskanlari hududining Internet tarmogʻi bilan
taʼmi
nlanganlik darajasi ham 2016-
yilda 28%ni tashkil qilgan boʻlsa, 2023
-yilda 98% ga
yetgan. Mazkur holatlar mamlakatda faol raqamli transformatsiya jarayonlari amalga
oshirilayotganligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda raqamli texnologiyalarga boʻlgan talab nafaqat
mamlakatda, balki butun dunyo boʻylab juda tez suratlar bilan oʻsib bormoqda[3]. Bu
borada, mehnat bozorlari hamda ish haqi toʻlashning onlayn shakllariga oʻtilishi davlat va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
200
nodavlat tashkilotlariga fuqarolarning shaxsiy hayoti dahlsizligiga doir maʼlumotlardan
keng foydalanish, ularni kuzatish hamda nazorat qilish imkoniyatini ham bermoqda.
Ushbu holatlar manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq psixologik va huquqiy
dilemmalarni yuzaga keltirishi, tabiiydir. Bunda, bir tomondan fuqarolarning shaxsiy
hayot dahlsizligi va shaxsga doir maʼlumotlarning muhofaza qilinishi bilan bogʻliq
konstitutsiyaviy huquqlari ustuvorlik qilsa, boshqa tomondan davlat va nodavlat
tashkilotlarining manfaatlari hamda xavfsizlikka doir masalalar huquq normalari
oʻrtasidagi turli ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyatda qonun normalari
oʻrtasidagi muvozanatni saqlash, tenglik, mahfiylik, adolatlilik va shaffoflikni taʼminlash
etikaning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Taʼkidlash joizki, raqamli transmormatsiya jarayonlari huquqni muhofaza qilish
faoliyatiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Xususan ushbu holatlar tergov jarayonidagi
raqamli muhitdagi munosabatlarni tartibga solishda yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Bu
borada q
onun chiqaruvchi va uni qoʻllovchining tajribasizligi nazariya oldiga sohaga doir
ilmiy tadqiqotlarni hamda ilgʻor xorijiy amaliyotlar va xalqaro standartlarni oʻrganish
vazifasini qoʻymoqda.
Ahloqiy (etiket) muammolar
Ijtimoiy hayotga bir nazar tashlansa, inson va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar
nafaqat qonun normalari bilan, balki muayyan ahloqiy meʼyorlar asosiga qurilganiga ham
guvohi boʻlamiz. Ahloqiy meʼyorlar oʻzaro hurmat, eʼtibor, ishonch, xis
-
tuygʻular, ahloqi
y
bilim, tasavvur va mushohadalar yoxud boshqa ahloqiy qadriyatlar ustiga quriladi. Odatda,
ushbu normalar qonun bilan tartibga solinishi majburiy boʻlmagan holatlarga nisbatan
tadbiq etiladi. Demak, ushbu meʼyorlar qonun normalarini ishlab chiqishda qaysi
dir
maʼnoda metodologik asos vazifasini ham oʻtaydi[4].
Tabiiyki, ahloqiy normalar ommaviy foydalanishda boʻlgan vertual dunyo
meʼyorlariga ham bevosita aloqadordir. Sababi, raqamli transformatsiya jaranyolari
ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, xususan, har bir insonning kundalik hayoti, biznesi,
jamiyat va
davlat munosabatlariga bevosita taʼsir etmoqda. Mazkur holatlar hayot
kechirish va faoliyat yuritishning yangicha shakllari hamda qadriyatlarini yuzaga
keltirmoqda.
Raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan ahloqiy muammolar tergov
jarayonida shaxsga doir maʼlumotlar dahlsizligini taʼminlash bilan bevosita bogʻliqdir.
Qoida tariqasida, ushbu maʼlumotlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
shaxsning ismi-
sharifi, tugʻilgan yili;
ijtimoiy sugʻurta nomeri;
pasport yoki haydovchilik guvohnomasi rekvizitlari;
ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy holati;
bank hisob-raqami, kredit yoki plastik kartalari normerlari;
PIN-kodlar, elektron imzo va/yoki parollar;
biometrik yoki genetik maʼlumotlar;
kasallik tarixi yoxud tibbiy xizmat koʻrsatish paytida toʻplangan har qanday
maʼlumotlar;
jinsi, jinsiy hayoti yoki jinsiy moyilligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
jinoiy hulq-
atvori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
sudlanganlik holati;
kadrlar boʻlimidagi hodimlar haqidagi maʼlumotlar;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
201
ish haqi, mehnatga layoqatsizlik yoki nogironlik holati haqidagi maʼlumotlar;
abonent raqami;
uy manzili;
GPS joylashuvi maʼlumotlari;
GPS trayektoriyalari,
IP-manzili (Mac-manzili);
telekommunikatsiya tizimlaridan olingan joylashuv maʼlumotlari;
elektron pochta manzili;
shaxsiy
qiziqishlarga doir maʼlumotlar;
shaxsiy yoki xulq-atvor stereotiplari;
fotosurat yoki videolar;
irqiy yoki etnik kelib chiqishi, diniy yoki falsafiy eʼtiqodlari haqidagi maʼlumotlar;
kasaba uyushmalariga aʼzolik maʼlumotlari;
kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarga doir maʼlumotlar[5].
Ushbu maʼlumotlar shaxsni (tovlamachilik) yoki uning moliyaviy mablagʻlarini
boshqarish huquqini yoxud jabrlanuvchining shaxsidan foydalanish imkoniyatini berishi
(jabrlanuvchini jinoyatchi qilib koʻrsatishi ehtimoli yuqoriligi) bilan ham, oʻta havflidir.
Bugungi kunda, shaxsga doir maʼlumotlarning dahlsizligi taʼminlash nafaqat
mamlakatda, balki butun xalqaro hamjamiyatni jiddiy tashvishga solayotgan
muammolardan biri sanaladi. Bu borada, Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir
maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan boʻlsa
-da, biroq mazkur Qonun tezkor-
qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-
tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga qarshi ku
rashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov
berish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi[5].
Bundan
tashqari,
raqamli
transformatsiya
jarayonlarining
faollashuvi
jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatida qoʻllaniladigan raqamli texnologiyalar
doirasining kengayishiga ham sabab boʻlmoqda. Tergov organlari va sudlar faoliyatni
bosqichma-bosqich raqamlashtirilishi[6] hamda faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng
joriy etishlishi[7; 8] ularni qoʻllash bilan bogʻliq ahloqiy (etiket) qoidalarni belgilash
zaruriyatini ham yuzaga keltirmoqda.
Amaldagi tergov faoliyati uchun ishlab chiqilgan ahloqiy qoidalar moddiy olamdagi
munosabatlarni tartibga solish uchun moʻljallanganligi bois, ularni raqamli muhitga
nisbatan toʻgʻridan
-
toʻgʻri tadbiq etilishi koʻzlangan natijani bermaydi. Boisi, ushbu
qoi
dalar raqamli muhitdagi munosabatlarning spetsifik xususiyatini toʻlaqonli aks
ettirmaydi. Shu bois, qonunni qoʻllovchi oʻz ichki ishonchi va intelektual salohiyatiga
tayanishiga majbur boʻladi.
Tahlil
Raqamli tergov faoliyatidagi munosabatlarni toʻgʻri tartibga solinishi taʼminlash
uchun avvalo, raqamli dalillar bilan ishlashning ahloqiy tamoyillari belgilanishi zarur.
Mazkur tamoyillar raqamli dalillar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan xavfni
minimalla
shtirish, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda ishonchlilik va
javobgarlik[9] masalalarini ilmiy asoslangan usul va vositalar orqali hal etish imkonini
beradi. Bundan tashqari, raqamli dalillar bilan ishlashning ahloqiy tamoyillarini belgilash
orqali tergovga taaluqli boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilinishi
taʼminlanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
202
Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 66 % respondentlar tergov ishiga
aloqador boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarni jinoyat ishi meteriallaridan ajratib olish
zarur, degan fikrni qoʻllab
-
quvvatlagan[10]. Bu borada, xorijiy ilgʻor amaliyotlar tahlil
qilinganida ushbu institut raqamli tergov faoliyatida mahfiylik (shaxsga doir
maʼlumotlar)ni taʼminlash maqsadida joriy etilganligi aniqlandi[11].
Raqamli dalillar bilan ishlashning ahloqiy (etiket) qoidalari muayyan ish yuzasidan
raqamli dalillarni toʻplash, tekshirish hamda baholashda ekspert, tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror yoki sudlar tomonidan amal qilinadigan hulq-atvor qoidalarini belgilaydi.
Mazkur qoidalar raqamli tergov muhitidagi munosabatlarni tartibga solishga
qaratilganligi bois, spetsifik xususiyat kasb etadi.
Taʼkidlash joizki, raqamli dalillar oʻta taʼsirchan xususiyatga ega. Shu sababli, ularni
toʻplash va tekshirishda qonunni qoʻllovchi xolislik taʼminlash bilan bogʻliq muammolarga
duch keladi. Boisi, katta hajmdagi raqamli maʼlumotlarni tekshirish va tahli
l etish, ochiq
manbalar va sunʼiy intelektdan foydalanish hamda raqamli manbalardan ish uchun
ahamiyatli raqamli dalillar va maʼlumotlarni chiqarib olish, saqlash va tekshirish qonunni
qoʻllovchidan soha boʻyicha muaynya tajriba va masʼuliyatni talab etadi
. Xorijiy davlatlarda
ushbu masalalar ahloqiy aspektlar doirasida hal etilgan.
Xalqaro amaliyotda ham sud muhokamasi jarayonida raqamli dalillarni qanday
usulda toʻplangani va tekshirilgani muhim ahamiyat kasb etadi. Sudlar ayblovni qoʻllab
-
quvvatlayotgan tomondan ushbu dalillar qanday usulda chiqarib olinganligini izohlab
berishni hamda namoyish (prezentatsiya) qilishni talab qilish huquqiga egadirlar[12].
Ushbu institut odil sudlovni amalga oshirishda holislik va shaffoflikni taʼminlash
maqsadida joriy etilgan. Shu bois, ekspert, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror har qanday turdagi
raqamli dalillarni sudga taqdim etishda puxta tayyorgarlik koʻradi. Shu bilan birga, ushbu
subyektlar raqamli dalillar tadqiqotiga doir har qanday nooʻrin yoki ishonchliligi
tasdiql
anmagan fiklarni bildirishdan oʻzlarini nazorat qiladilar.
Qonunning “nazorat qilish” funksiyasi unga rioya etilishini taʼminlash vositasi
hisoblanadi. Aks holda, qonun normalari avvalo, qonunni qoʻllovchi tomonidan buziladi.
Tergov jarayonida mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan ahloqqa
zid harakatlarni yoki qonun buzilishlarini oldini olish hamda bartaraf etish uchun ham
avvalo, raqamli muhitdagi ahloqiy normalar doirasini aniq belgilanishi maqsadga
muvofiqdir.
Taʼkidlash joizki, raqamli tergovni amalga oshirish hamda xavflarni
minimallashtirishda protsess ishtirokchilarining ishonchi juda muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, tergovchi raqamli texnologiyalarni qoʻllash jarayonida ham xavfsizlik va
ishonchlilikn
i taʼminlashga alohida eʼtibor qaratishi zarur. Tadqiqot jarayonida mazkur
holat boʻyicha bir qator xorijiy ilgʻor amaliyotlar tahlil etildi. Bu borada, AQSH, Angliya
hamda Yevropa davlatlarda dastlabki tergov (politsiya) va sud jarayonlarida shaxga doir
maʼlumotlarning dahlsizligini taʼminlashga qaratilgan bir qator hujjatlar oʻrganildi[13].
Raqamli tergovning bosh taʼmoyillari haqida soʻz ketganda, Ien Fergyuson
(I.Ferguson), Karen Reno (K.Renaud), Sara Vilford (S. Wilford) va Alaster Ayrons (A.
Irons)lar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega (1-jadval). Bu
borada, ilgari surilgan tamoyillar mamlakatdagi tergov faoliyatini takomillashtirishda
samarali natija berishi mumkin [14]. Ushbu tamoyillar Tergovning asosiy doktirinasi (the
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
203
Core Investigative Doctrine
–
CENTREX, 2015), Jinoyat protsessi va tergov toʻgʻrisidagi
Qonun (the Criminal Procedure and Investigations Act
–
CPIA) va Politsiya katta zobitlari
Assotsiatsiyasining raqamli dalillar uchun “Eng yaxshi amaliy qoʻllanma”si (AC
PO) asosida
ishlab chiqilgan.
Tergov qilishning rahbariy qoidalari
№
Tamoyil nomi
Manba
IG1
Tergovni toʻliqligi
(Exhaustively investigate)
Ministry of Justice, Section 3.5,
CENTREX, 2015
IG2
Barcha maʼlumotlarni qayd qilish
Comprehensively record all information
CPIA, Part II
IG3
Ishga aloqador barcha tomonlarni tergov qilish
Investigate all relevant related parties
Ministry of Justice, Section 3.6
IG4 Ma
hfiy maʼlumotlar yozib olish
va ularga
belgi qoʻyish
Sensitive material should be recorded but marked as such
Ministry of Justice,
Section 6.7
IG5
Nomoddiy axborotlarni qayd qilish
Record Intangible information
Ministry of Justice, Section 4.1,
Principle 3, ACPO, 2012
IG6
Toʻplangan axborotlar bayonnomasini prokurorga
taqdim etish
Give prosecutor record of gathered information
CPIA, Part II, CPIA, Part I
IG7
Barcha axborotlarni saqlash
Retain all information
CENTREX, 2015;
CPIA, Part II, Ministry of
Justice, Sections 5.5 & 5.6
IG8
Ayblanuvchiga axborot bilan tanishishga ruxsat
berish
Allow accused to inspect information
CPIA, Part II
IG9
Tergovchi tergov hisobotini berish uchun layoqatli
boʻlishi
Investigators must be competent to report on
investigation
Principle 2, ACPO, 2012
IG10
Axborotni yaxlitligi taʼminlanishi kerak
Information Integrity should be maintained
Principle 1 and 4, ACPO, 2012
1-
jadval. Rahbariy tamoyillar roʻyxati
Ushbu tamoyillar tergovchilar uchun moʻljalangan boʻlib, bunda raqamli muhitda
tergovni olib borishning umumiy qoidalari koʻrsatilgan. Misol uchun, IG3
-bandda
belgilangan qoidalar ishga aloqador uchinchi tomonlar uchun amal qiladi. Unga koʻra, agar
tergovchi boshqa shaxslar (aloqa provayderi)da ishga aloqador materiallar mavjudligi
haqida maʼlumotga ega boʻlsa, ushbu maʼlumotlarni belgilangan tartibda (soʻrovnoma
yuborish orqali) saqlanishini taʼminlash hamda bu yuzasidan habardor qilish boʻyicha
ishlarni tashkil etishi lozim. Bundan tashqari, IG5-
bandda oʻrnatilgan qoidalar ham tergov
faoliyatini takomillashtirishda alohida ahamiyat ega. Unga koʻra, “ish uchun ahamiyatli
axborotlar muayyan shaklda qayd etilmaganligi aniqlangan taqdirda, tergovchi ushbu
mate
riallarni saqlanishi va chiqarib olinishini taʼminlashi zarur.
Raqamli dalillarga nisbatan qoʻllanilayotgan har qanday jarayonlarni nazorat jurnali
yoxud boshqa qaydlarda saqlanishini taʼminlash lozim. Mustaqil uchinchi shaxs
(aylanuvchi, advokat, sud yoki provayderlar) ushbu jarayonlarni oʻrganishi va natijalarni
tak
rorlash imkoniyatiga ega boʻlishi kerak”[15].
Raqamli tergov jarayonida inson huquqlarini hurmat qilinishini taʼminlash shaxsga
doir maʼlumotlarni muhofaza qilish orqali amalga oshiriladi. Tergovchi ushbu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
204
maʼlumotlarning mahfiyligini taʼminlashga alohida ahamiyat qaratishi zarur. Bu borada,
ISO/MEK 29100:2011 xalqaro standartida belgilangan ahloqiy taʼmoyillardan
metodologik asos sifatida foydalanish mumkin (2-jadval)[16].
Ilgʻor xorijiy amaliyotlarda shaxsga doir maʼlumotlarning mahfiyligini taʼminlash
borasida huquqni qoʻllovchiga nisbatan muayyan talablar oʻrnatilgan. Unga koʻra, tergovga
jalb etilgan kompyuter texnikasi sohasidagi mutaxassis mahfiylikning shakllari va ta
ʼriflari
bilan, shu bilan birga shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash va ulardan foydalanishga oid
huquq va majburiyatlar bilan ham tanish boʻlishi[17] zarur.
Tamoyillar nomi
P 1
Rozilik va tanlov
Consent & choice
P 7 Ochiqlik, shaffoflik va bildirishnoma
Openness, transparency & notice
P 2
Maqsadning haqiqiyligi va uning
spetsifikatsiyasi
Purpose legitimacy and specification
P 8
Individual ishtirok va kirish
Individual participation and access
P 3
Axborot toʻplashni cheklash
Collection limitation
P 9
Masʼuliyat
Accountability
P 4
Maʼlumotlarni minimallashtirish
Data minimization
P10
Axborot xavfsizligi
Information security controls
P 5 Foydalanish, saqlash va oshkor qilishda
cheklovlar
Use, retention and disclosure limitation
P11
Muvofiqlik
Compliance
P 6
Aniqlik va sifat
Accuracy and quality
2-jadval. Mahfiylik tamoyillari
Ien Fergyuson (I.Ferguson), Karen Reno (K.Renaud), Sara Vilford (S. Wilford) va
Alaster Ayrons (A. Irons)lar tadqiqotlarda raqamli tergovning 10 ta asosiy ahloqiy
tamoyillari taklif etilgan (3-jadval). Biroq, ushbu tamoyillarni qabul qilishda huquq
tizimlarining oʻziga xos jihatlarini eʼtiborga olish maqsadga muvofiqdir. Boisi, romono
-
german huquq tizimiga ega boʻlgan ayrim davlatlarda, xususan Oʻzbekiston R
espublikasi
qonunchiligida ham tergovning ahloqiy taʼmoyillari amaldagi normativ
-huquqiy
hujjatlarda belgilangan (bu xususida quyida batavsil).
№
Ahloqiy taʼmoyillar nomi
Manba
E
1
Tergov koʻlamini belgilash
Delineate Remit
Nikkel, 2014, Srinivasan,
2007
E
2
Subyektning mahfiyligini himoya qilish
Respect the privacy of the subject
Law et al., 2011;
Dehghantanha and Franke,
2014
E
3
Boshqa tomonlarning harakatlarini faqat ularning
ishtiroki toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlganda
tekshirish
Only investigate other parties if there is evidence of their
involvement
Van Staden, 2013
E
4
Shaxsiy maʼlumotlarni chiqarib tashlash
Exclude private information
John, 2012;
Dehghantanha and Franke,
2014
E
5
Barcha harakatlarni hujjatlashtirish
Document all actions
Saleem et al., 2014;
Srinivasan, 2007
E
6
Tekshiruvni soddalashtirish (osonlashtirish)
Gay, 2012
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
205
Facilitate audits
E
7
Tergov harakatlari haqida hisob berish
Report all investigative activities
Losavio et al., 2015;
Saleem et al., 2014; Roux and
Falgoust, 2012
E
8
Tergov masshtabi va toʻplangan maʼlumotlarga
nisbatan shaffof boʻlish
Be transparent about the extent of the investigation, and
the gathered information:
Saleem et al., 2014
E
9
Tergovchilarning malakasini muntazam oshirib borish
Investigators should undergo regular training
Saleem et al., 2014
E
10
Maʼlumotlarning yaxlitligi va
mahfiyligini saqlash
Informationʼs Integrity and Confidentiality should be
maintained
ACPO, 2012; Srinivasan,
2007
3-jadval. Raqamli tergovning ahloqiy tamoyillari
roʻyxati
Raqamli tergovning ahloqiy taʼmoyillari uni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning tergov organlari tomonidan belgilangan[18].
Har bir tashkilot doirasida bir necha oʻnlab tamoyil va qoidalar ishlab chiqilgan. Ushbu
qoidalardan kompyuter axborotiga qonunga hilof ravishda (sanksiyasiz) kirish jinoyatini
tergov qilish uslubiyotini takomillashtirishda ham foydalanish mumkin. Quyida ushbu
tashkilot va institutlar roʻyxati keltirilgan (4
-jadval
).
№
Tashkilot nomi
Qoidalarlar soni
1
–
10
10
–
20
20 va undan
ortiq
1.
Raqamli kriminalistika boʻyicha Amerika
Akademiyasi
(American Academy of Forensic Science
–
AAFS)
✓
2.
Amerika kriminalistlari kengashi
(American Board of Criminalistics
–
ABC)
✓
3.
Raqamli kriminalistika va elektron dalillarni
olish boʻyicha
Amerika jamiyati
American Society of Digital Forensics and e-discovery
(ASDFD)
✓
4.
Kaliforniya kriminalistlar assotsiatsiyasi
California Association of Criminalists (CAC)
✓
5.
Raqamli kriminalistika boʻyicha mutaxassislar
konsorsiumi
(Consortium of Digital Forensic Specialists
–
CDFS).
✓
6.
Kiberxavfsizlik instituti
(Cybersecurity Institute
–
CI)
✓
7.
Raqamli kriminalistika sertifikatlash kengashi
(Digital Forensics Certification Board
–
DFCB)
✓
8.
EC Kengashi
(EC-Council
–
ECC)
✓
9.
Yuqori texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni
tergov qilish assotsiatsiyasi
(High Technology Crime Investigation Association
–
HTCIA)
✓
Tables 4 and 5 are formulated according to Sh.Filipo.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
206
10.
Kompyuter
tadqiqotlari boʻyicha
mutaxassislarning xalqaro assotsiatsiyasi
(International Association of Computer Investigation
Specialists
–
IACIS)
✓
11.
SANS instituti
(SANS Institute
–
SANS)
✓
12.
Kompyuter kriminalistikasi ekspertlarining
xalqaro jamiyati
(International Society of Forensic
Computer Examiners (ISFCE))
✓
4-jadval. Raqamli ahloqiy (etiket) qoidalari joriy etilgan xalqaro tashkilotlar
Tahlillar ushbu kodekslarda belgilangan tamoyillarning oʻzaro oʻxshash va umumiy
xarakterga ega
ekanligini koʻrsatadi (5
-jadval). Tergov qilish amaliyoti texnik xususiyatga
ega boʻlganligi bois, ushbu holatni tabiiy deb, qabul qilish mumkin. Bu borada,
Sh.Filiponing ushbu kodekslarda ahloqiy (etiket) masalalarga doir ayrim kamchiliklar
mavjud, degan
fikrinini qoʻllab
-quvvatlash mumkin. Uning fikricha, guvohlarning
koʻrsatuvlari, (CI, ECC, HTCIA, IACIS, SANS), manfaatlar toʻqnashuvi (HTCIA, IACIS),
moliyaviy stavkalar (DFCB, ECC, HTCIA, IACIS, SANS), mijozlar oldidagi javobgarlik
(ASDFD, CDFS, HTCIA, IACIS) va qonun talablariga rioya etish (HTCIA, IACIS, SANS) [19]
kabi masalalar ochiq qolgan.
Ahloqiy tamoyillar
Raqamli kriminalistik tadqiqotlarni olib boruvchi
xalqaro tashkilotlar
ASDF
D
CDF
S
CI
DFC
B
ECC
HTCI
A
IACI
S
SAN
S
ISFC
E
1. Kasbiy tirishqoqlik
Professional diligence
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
2. Layoqatlilik
Competency
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
3. Malaka
Qualification
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
4. Tadqiqot va tahlil
Examination and
analysis
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
5. Guvoh koʻrsatuvlari
Testimony
✓
✓
✓
✓
6. Manfaatlar
toʻqnashuvi
Conflict of interest
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
7. Hisobot
Reporting
✓
✓
✓
✓
✓
✓
✓
8. Moliyaviy stavkalar
Financial stakes
✓
✓
✓
9. Mijoz oldida
javobgarlik
Responsibility to
Client
✓
✓
✓
✓
✓
10. Qonuniylik
Lawful compliance
✓
✓
✓
✓
✓
✓
5-jadval. Xalqaro
tashkilotlarda oʻrnatilgan ahloqiy (etiket)
tamoyillari
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning raqamli tergov faoliyatiga doir odob-ahloq
qoidalarini belgilashda Angliya, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning Jinoyatchilikka
qarshi kurashish boʻyicha politsiya va kommissarlar uyushmasi (Association of Police an
d
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
207
Crime Commissioners
–
APCC)[20] tajribasi ham ijobiy natija berishi mumkin. Taʼkidlash
joizki, Buyuk Britaniyaning Raqamli politsiya xizmati tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar
tergov faoliyatida yangi texnologiyalarni qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarni
tartibga
soladi[21].
Shu bilan birga, tergov va tezkor-qidiruv faoliyatida yangi texnologiyalardan
foydalanish katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish, ularni toifalash hamda real
vaqt oraligʻi toʻgʻri qarorlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Tom Gesh va Richard
Xobs
(Tom Gash and Richard Hobbs, 2019) tomonidan olib borilggan tadqiqotlarda aynan
ushbu masalalarga eʼtibor qaratilgan [22]. Xususan, tadqiqotda politsiya faoliyatga
blokcheyn, biometrika, sunʼiy intelekt, virtual va 3D texnologiyalarini joriy etish, av
tonom
transport vositalari, dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan xavo vositalari, internet
orqali ishlaydigan narsa-
buyumlarni qoʻllash, shu bilan birga robotlashtirilgan
jarayonlarni avtomatlashtirish, maʼlumotlar tahlili, bulutli servis xizmatlari ham
da
kiberxavfsizlikka doir masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazilgan[23]. Tadqiqotchilar ushbu
masalalarni hal etishda quyidagi taʼmoyillarni belgilashga e’tibor qaratgan (6
-jadval). Shu
bilan birga, har bir tamoyil doirasida hal etilishi lozim boʻlgan masal
alar ham aniq
koʻrsatilgan. Ushbu holat huquq normasini bir hilda qoʻllash imkoniyatini beradi[24].
Ahloqiy tamoyillar nomi
Qonuniylik
(Legality)
Aniqlik
(Accuracy)
Ochiqlik
va
shaffoflik
(Openness and
Transparency)
Samarali
boshqaruv
(Embedded
in Good
Governance)
Adolatlilik
(Fairness)
Hisobdorlik
(Accountability)
6-
jadval. Buyuk Britaniyaning Raqamli politsiya xizmati tomonidan oʻrnatilgan ahloqiy
tamoyillar roʻyxati
Kibermakonda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlashda sohaga zamonaviy raqamli
texnologiyalarni joriy etish isbot talab etmaydigan aksiomadir. Bunda raqamli
maʼlumotlar va axborotlar isbot qilish jarayonining eng qimmatli “aktiv”lari hisoblanadi.
Tadqiqot jarayonida mamlakatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar faoliyati
oʻrganildi. Tahlillar natijasida, mazkur organlar tomonidan ham bir qator odob
-ahloq
qoidalari ishlab chiqilgani va joriy etilgani aniqlandi. Har bir organ kesimida qabul qiligan
odob-
ahloq tamoyillari Oʻzbe
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-
oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob
-axloq qoidalariga rioya
etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595
-son qarori
muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (7-jadval). Biroq, ushbu tamoyillar doirasidagi
vazifalarining aniq belgilanmaganligi raqamli dalillar tadqiqoti (toʻplash, tekshirish va
baholash)da turlicha yondoshuvlarni yuzaga keltiradi.
Ahloqiy tamoyillar
Oʻ
zb
ek
iston
R
esp
u
b
li
k
asi
Bo
sh
p
ro
k
u
ra
tu
ra
si
Bos
h
p
ro
k
u
ra
tu
ra
h
u
zu
ri
d
agi
Iq
ti
so
d
iy
ji
n
oy
at
la
rga
q
ar
sh
i
k
u
ra
sh
ish
d
ep
ar
ta
me
n
ti
Ma
jbu
ri
y i
jro
b
yu
ro
si
Oʻ
zb
ek
iston
R
esp
u
b
li
k
asi
D
av
la
t
Bojx
on
a Qo
ʻmi
ta
si
Oʻ
zb
ek
iston
R
esp
u
b
li
k
asi
Ic
h
ik
i
ish
la
r v
azi
rl
igi
1. Qonuniylik
✓
✓
✓
✓
✓
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
208
2. Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarining
ustuvorligi
✓
✓
✓
✓
✓
3. Shaxsiy masʼuliyat
✓
✓
✓
✓
4. Davlat va jamiyat manfaatlariga
sodiqlik
✓
✓
✓
✓
✓
5. Adolatlilik, halollik
va xolislik
✓
✓
✓
✓
✓
6. Vatanparvarlik va xizmat burchiga
fidoyilik
✓
✓
✓
✓
✓
7. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl
qoʻymaslik
✓
✓
7-
jadval. Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatida
belgilangan ahloqiy tamoyillar
Tahlillar natijasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining amaldagi odob-ahloq
qoidalarida muayayn boʻshliqlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, ushbu
tamoyillar chegarisining aniq belgilanmaganligi raqamli muhitdagi munosabatlarni
tartibga solish muayayn qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, huquqni
muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan oʻrnatilgan odob
-ahloq tamoyillari ham
bir-biridan farq qiladi. Misol uchun, odil sudlovni amalga oshirishda sudlar tomonidan
quyidagi odob-ahloq tamoyillariga[25] amal qilinadi:
Ahloqiy taʼmoyillar nomi
Mustaqillik
Xolislik va
bagʻarazlik
Tenglik
Adolatlilik
Halollik
Layoqatlilik
4-
jadval. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud tizimida oʻrnatilgan
ahloqiy tamoyillar roʻxati
Mazkur tamoyillarni milliy
qonunchilik va tergov amaliyotiga toʻgʻridan
-
toʻgʻri
joriy etish mumkinmi? Amalda bunga qanchalik ehti
yoj
mavjud
?
Albatta, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida ushbu taʼmoyilarni toʻgʻidan
-
toʻgʻri
milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi biroz munozarali masala hisoblanadi. Boisi,
xorijiy davlatlarda tergov qilish vakolatiga nafaqat davlat organlari, balki xususiy sektor
vakillari ham ega. Ushbu subyektlar faoliyati fuqarolik huquqiy munosabatlar asosiga,
yaʼni muayyan haq evaziga qurilgan. Buni
mijozlar oldidagi javobgarlik masalasini asosiy
taʼmoyil sifatida belgilanishi ham tasdiqlab turibdi. Shu bois, raqamli tergovning ahloqiy
qoidalarini belgilashda avvalo, mavjud qonunchilikni tahlil qilish va undagi boʻshliqlarni
toʻldirish maqsadga muvof
iqdir.
Ahloqiy tamoyillarni belgilashdagi mazkur tafovutlar odil sudlovni amalga
oshirishda raqamli dalillar tadqiqoti bilan bogʻliq turli muammolarni yuzaga keltiradi.
Xususan, ushbu muammolar doirasiga tenglik, layoqatlilik, aniqlik, ochiqlik va shaffoflikni
ta
ʼminlash yoxud shu kabi boshqa masalalarni kiritish mumkin.
Xulosa
Taʼkidlash joizki, raqamli tergovni tashkil etishning ahloqiy asoslari mamlakatning
amaldagi qonunchiligida belgilanmagan. Biroq, "Raqamli Oʻzbekiston –
2030"
strategiyasini qabul qilinishi istiqbolda raqamli muhitdagi munosabatlarni huquqiy va
ahloqiy jihatdan tartibga solish mexnizmlarini joriy etish va takomillashtirishni taqozo
etadi.
Olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
209
birichnidan
, raqamli texnologiyalarni tergov faoliyatiga joriy etish bilan bogʻliq
huquqiy muammolar juda murakkab boʻlib, ushbu holat mutaxassis yondoshuvini talab
etadi. Bunda, muammoning huquqiy, tashkiliy, texnik masalalari bilan birga, ahloqiy
jihatlari ham tartibga solinishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, har qanday qonunni
qoʻllash amaliyoti ahloqiy tamoyillar asosiga quriladi;
ikkinchidan
, raqamli dalillar bilan ishlashning uslubiy va ahloqiy qoidalari
boʻyicha anʼanaviy tergov va sud amaliyoti yetarlicha malaka va tajribaga ega emas. Shu
bois, amaliyotda yuzaga kelayotgan munosabatlarni tartibga solishda qonunni qoʻllovchi
oʻz intellektual va huquqiy ongiga tayanishga majbur boʻlmoqda. Bu oʻz navbatida, tergov
faoliyatida turli amaliyotlarni shakllanishiga hamda raqamli dalillarni baholashda toʻliq
ilmiy asos ega boʻlmagan metod va vositalarni qoʻllanilishiga sabab boʻlmoqda;
uchinchidan
, raqamli muhitdagi ahloqiy qoidalarni belgilanmaganligi qonunni
qoʻllovchining raqamli dalillar tadqiqotiga doir faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni
taʼminlashga salbiy taʼsir etadi. Bu oʻz navbatida, raqamli dalillar tadqiqotiga doir
natijalarni uchinch
i shaxslar tomonidan tasdiqlanishiga[26] toʻsqinlik qiladi;
toʻrtinchidan
, tadqiqotlar mamlakatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tomonidan qabul qilingan odob-
ahloq qoidalarini xorijiy ilgʻor amaliyotlarga moslashtirish
zarurligini koʻrsatadi. Bu borada quyidagilarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq:
a)
tergov faoliyatida raqamli texnologiyalarni qoʻllash hamda raqamli muhitdagi
munosabatlarni toʻgʻri tartibga solinishini taʼminlash maqsadida raqamli ahloq (etiket)
qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish. Bunda, yuqorida koʻrsatilgan tamoyilarga eʼtibo
r
qaratish yaxshi natija berishi mumkin;
b)
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaldagi odob-ahloq qoidalariga
layoqatlilik, ochiqlik va shaffoflik kabi taʼmoyillarni kiritish maqsadga muvofiq. Shu bilan
birga, har bir tamoyil doirasidagi vazifalarni aniq belgilash hamda tizimlashtirish qonuni
qoʻllash sohasidagi xatoliklarni oldini olishga xizmat qiladi.
beshinchidan
,
raqamli tergovni tashkil etishda quyidagi ahloqiy qoidalarni
belgilash maqsadga muvofiq:
raqamli tergovni tashkil etish va raqamli dalillar bilan ishlash tamoyillariga amal
qilish;
raqamli dalillarni har tomonlama toʻliq oʻrganish, tahlil qilish hamda faktlarni toʻgʻri
bayon etish;
ishga aloqador boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlarni chiqarib tashlash;
isbotlash mumkin boʻlgan faktlarga asosan xulosa chiqarish[27, 28];
maʼlumotlarning yaxlitligi va mahfiyligini taʼminlash;
raqamli dalillar tadqiqotiga doir aniqlik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 5-
oktyabrdagi “"Raqamli
Oʻzbekiston —
2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–
6079-son Farmoni.
2.
https://yuz.uz/news/ozbekiston-aholisi-36-million-kishidan-oshdi
3.
Istam Astanov, & Baxtiyorjon Xamidov (2021). Obщeteoreticheskiye voprosы,
svyazannыe s elektronnыmi ili sifrovыmi dokazatelstvami: problema i resheniye.
Ob
щ
estvo i
innovatsii, 2 (7/S), 259-278. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss7/S-pp259-278
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
210
4.
Khamidov , B. ., & Askerov , B. . (2023). Ethical principles for organizing digital
investigation in the process of digital transformation : Uzbekistan and foreign experience.
International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(4), 917
–
920.
5.
GOST ISO/IEC 29100-2021 Informatsionn
ы
e texnologii (IT). Metod
ы
i sredstva
obespecheniya bezopasnosti. Osnov
ы
za
щ
it
ы
personaln
ы
x dann
ы
x. 4.2.2
6.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019
-yil 2-
iyuldagi “Shaxsga doir maʼlumotlar
toʻgʻrisida”gi OʻRQ
-547-son Qonuni. 2-modda.
7.
Toshev, O., & Murodkosimov, B. (2023). Sudlar faoliyatini raqamlashtirish odil
sudlovni taʼminlashga xizmat qiladi. Sifrovizatsiya deyatelnosti sudov: tekuщiye i
perspektivnыe zadachi, 1(1), 162–
175.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021
-yil 15-
oktyabrdagi “Ichki
ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi 645
-son qarori.
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
-yil 30-
avgustdagi “Sudlar
faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy
etish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” PQ
-3250-son qarori.
10.
Code of Digital Ethics
—
Version 1.0
–
July 2021 / Merck KGaA, Darmstadt,
Germany. P. 3.
11.
Telegram tarmogʻi orqali oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnoma natijalari.
12.
Ferguson, R.I., Renaud, K., Wilford, S. and Irons, A. (2020), "PRECEPT: a
framework for ethical digital forensics investigations", Journal of Intellectual Capital, Vol.
21 No. 2, pp. 257-290. https://doi.org/10.1108/JIC-05-2019-0097
13.
Astanov, I. ., & Xamidov , B. . (2021). Obщeteoreticheskiye voprosы, svyazannыe
s elektronnыmi ili sifrovыmi dokazatelstvami: problema i resheniye.
Ob
щ
estvo i
innovatsii, 2(7/S), 259
–
278. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss7/S-pp259-
278
14.
Baxtiyorjon Xamidov (2021). Proverka i otsenka rezultatov sifrovoy ekspertizы.
Obщestvo i innovatsii, 2 (3), 91
-97. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss3-pp91-97
15.
https://strathprints.strath.ac.uk/75129/1/Ferguson_etal_JIC_2020_Precept_fr
amework_ethical_digital_forensics_investigations.pdf
16.
Ferguson, R.I., Renaud, K., Wilford, S. and Irons, A. (2020), "PRECEPT: a
framework for ethical digital forensics investigations", Journal of Intellectual Capital, Vol.
21 No. 2, pp. 257-290. https://doi.org/10.1108/JIC-05-2019-0097
17.
ISO/MEK 29100:2011Informatsionn
ы
e texnologii. Metod
ы
obespecheniya
bezopasnosti. Struktura konfidensialnosti.
18.
General Principles 1.6 of the ACM Committee on Professional Ethics, 2018.
19.
Sharevski, Filipo (2015) "Rules of professional responsibility in digital forensics:
A comparative analysis,"Journal of Digital Forensics, Security and Law: Vol. 10 : No. 2 ,
Article 3. P.43. DOI: https://doi.org/10.15394/jdfsl.2015.1201 Available at:
https://commons.erau.edu/jdfsl/vol10/iss2/3
20.
Sharevski, Filipo (2015) "Rules of professional responsibility in digital forensics:
A comparative analysis,"Journal of Digital Forensics, Security and Law: Vol. 10 : No. 2 ,
Article 3. P.43. DOI: https://doi.org/10.15394/jdfsl.2015.1201 Available at:
https://commons.erau.edu/jdfsl/vol10/iss2/3
21.
https://www.apccs.police.uk/about-the-apcc/
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
211
22.
https://southyorkshire-pcc.gov.uk/app/uploads/2020/01/Digital-Policing-
Ethics-Final-for-PAB-1.pdf
23.
Deloitte survey, responses from chief officer representatives from 9 UK police
forces (excludes respondents from national bodies and those not speaking for their
force/unable to complete technology questions)
24.
https://www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/ie/Documents/PublicSect
or/deloitte-uk-policing-4.0.pdf
25.
Deloitte survey, responses from chief officer representatives from 9 UK police
forces (excludes respondents from national bodies and those not speaking for their
force/unable
to
complete
technology
questions)
https://www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/ie/Documents/PublicSector/deloitte
-uk-policing-4.0.pdf
26.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2018
-yil 29-yanvardagi
SOKQ-490-III-son Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar odob-ahloq kodeksi, 5
–
10-
moddalar.
27.
ISO/IEC 27043: Information technology
—
Security techniques
—
Incident
investigation principles and processes
–
10.1.
28.
Mejdunarodnaya
assotsiatsiya
spetsialistov
po
kompyuternыm
rassledovaniyam.
