Авторы

  • Нилуфар Юлдашева
    Докторант, Чирчикский государственный педагогический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp231-234

Ключевые слова:

образование зарубежный опыт инновация информационный ресурс электронный учебник мультимедиа виртуальная интерактивная книга креативность мотивация

Аннотация

В статье анализируется методика использования инновационных электронных информационно-образовательных ресурсов на уроках исторического краеведения. Электронный учебник представляет собой учебный продукт, разработанный автором по рекомендованному курсу, соответствующий утвержденному учебному плану или программе, который воспроизводится (используется) исключительно с помощью средств информатики (в том числе компьютера).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methodology for using innovative electronic information
and educational resources in local history lessons

Nilufar YULDASHEVA

1


Chirchik State Pedagogical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 25 May 2025

Available online

15 June 2025

This article analyzes the methodology of using innovative

electronic information and educational resources in historical

local studies lessons. An electronic textbook is defined as an

educational product developed by the author for a

recommended course, aligning with the approved curriculum or
program, which can only be reproduced (used) through

information technology tools (including computers).

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss5/S-pp231-234

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

education,

foreign experience,
innovation,

information resource,

electronic textbook,
multimedia,

virtual interactive book,
creativity,

motivation.

Tarixiy o‘lkashunoslik darslarida innovatsion elektron

axborot-

ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ta’lim,

xorijiy tajriba,

innovatsiya,

axborot-resurs,

elektron darslik,
multimediya,

virtual interaktiv kitob,

kreativlik,

motivatsiya.

Maqolada tarixiy o‘lkashunoslik darslarida innovatsion

elektron axborot-

ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasi

tahlil qilingan. Elektron darslik

tavsiya etilgan kurs bo‘yicha

muallif tomonidan ishlab chiqilgan, tasdiqlangan o‘quv rejasi

yoki dasturiga mos keladigan, faqat informatika vositalari (shu

jumladan kompyuter) yordamida qayta ishlab chiqariladigan

(foydalaniladigan) o‘quv mahsuloti hisoblanadi.

1

PhD Student, Chirchik State Pedagogical University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

232

Методика использования инновационных электронных

информационно

-

образовательных ресурсов на уроках

исторического краеведения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образование,

зарубежный опыт,

инновация,

информационный ресурс,

электронный учебник,

мультимедиа,

виртуальная

интерактивная книга,

креативность,

мотивация.

В статье анализируется методика использования

инновационных

электронных

информационно

-

образовательных ресурсов на уроках исторического

краеведения. Электронный учебник представляет собой

учебный

продукт,

разработанный

автором

по

рекомендованному курсу, соответствующий утвержденному

учебному плану или программе, который воспроизводится

(используется) исключительно с

помощью средств

информатики (в том числе компьютера).

Ta’lim jarayonida xorijiy tajribani o‘rganar ekanmiz, quyidagi muhim jihatni ajratib

ko‘rsatishimiz mumkin: o‘qituvchi bizning an’anaviy darslarimizdagidek ma’lumot

tarqatuvchi emas, balki

maslahatchi rolini bajaradi. Bunda o‘quv kursi talabalari o‘quv

jarayonida faol ishtirok etib, o‘z qarashlarini rivojlantiradilar.

Jadal suratlarda rivojlanib borayotgan texnika asrimizda zamonaviy elektron

qurilmalar asosida yangi avlod interaktiv multimediali elektron darsliklarini yaratish va

ulardan foydalanish dolzarb vazifa sifatida qo‘yilmoqda. Respublikamizda xalqaro

tajribalar asosida tabaqalashtirishni amalga oshirishda masofaviy shakl elementlaridan

foydalangan holda informatika o‘qitish mazmunini loyihlashtirish, masofaviy o‘qitishning

didaktik imkoniyatlarini nazariy-

metodik asoslash, uning dasturiy va metodik ta’minotini

tabaqalashtirishning muayyan shakllari va unda masofaviy o‘qitishning roli haqidagi

tushuncha, tasavvurlarni rivojlantirishni oldindan belgilaydi. 2020-yil 5-oktyabrdagi

PF

6079-

sonli “Raqamli O‘zbekiston

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ham aynan shu raqamli

texnologiyalar va masofaviy ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston

Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim samaradorligi

imkoniyatlarini rivojlantirish, mehnat bozorini yuqori malakali kadrlar tayyorlash

siyosatini davom ettirish vazifasi ilgari surildi [1].

Hozirgi kunda butun dunyoda zamonaviy elektron darsliklarni yaratish va joriy

etish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, Janubiy Koreyada 2007-

yildan beri “Elektron

darslik” nomli dastur ishlab kelmoqda, uning doirasida “Virtual interactive ubiquitous

book” (Virtual interaktiv kitob) 3D darsliklar ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida

ulardan keng foydalanib kelinmoqda [2].

2012-

yilda Epl (Apple) ta’lim mazmunini ishlab chiquvchilar uchun original o‘quv

materiallari quyidagi funksiyalarni

qo‘llab

-quvvatlaydigan elektron darslik formatiga

aylantirish imkonini beruvchi vositalar: kerakli ma’lumotlarni tezkor qidirish, fotosuratlar

va illyustratsiyalarni masshtablash, interaktiv uch o‘lchovli modellarni aylantirish, sahifa

eskizlarining kerakl

i bo‘limiga tez o‘tish, tartib yo‘nalishini vertikaldan gorizontalga

avtomatik o‘zgartirish, so‘zlarning qalqib chiquvchi talqinlarining mavjudligi, chekkalarda

eslatma qilish, bo‘limlarni ajratib ko‘rsatish qobiliyati, matnni rang bilan to‘ldirish, qisqa

parchalar yaratish, o‘qiganlarni birlashtirish uchun so‘rovnomalar yaratish, o‘qituvchi

bilan fikr-mulohazalar almashish kabi imkoniyatlarni taqdim etdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

233

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2012

-

yildan beri hukumatning “Raqamli darsliklar

hamkorligi” tashabbusini

amalga oshirish davom etmoqda, uning doirasida yaqin kelajakda

har bir amerikalik maktab o‘quvchisini zamonaviy elektron (raqamli) darsliklar bilan
ta’minlash, noutbuk, planshet kompyuter yoki boshqa zamonaviy qurilma orqali olish
mumkin. Tajriba shuni ko‘

rsatadiki, elektron darsliklar bilan jihozlangan shaxsiy

kompyuterlar haqiqatan ham o‘qituvchilar va o‘qituvchilarning yordamchilari bo‘lib,
talabalar bilimini sinovdan o‘tkazish va baholash ishlarini o‘z zimmalariga oladilar [3].

Respublikamiz ta’lim tizi

miga axborot-kommunikatsiya hamda innovatsion

texnologiyalarning tadbiq etilishi ta’lim tizimi sifatini oshirishni tashkil etishning shakli va
mazmunida ulkan o‘zgarishlar yasamoqda. Hukumatimiz tomonidan bu borada bir qator

qarorlarning qabul qilinishi ta

’lim muassasalarini axborot texnologiyalari bilan jihozlashda

hamda bilim oluvchilarning eng zamonaviy vositalar orqali ta’lim olishida muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Bugungi kunda o‘qitish samaradorligini oshirishda, an’anaviy darsliklar bilan

bir qatorda,

zamonaviy yangi avlod elektron o‘quv adabiyotlari: multimediyali (ko‘p

axborotli) elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, elektron dasturlar,
dayjest, ma’lumotlar banki va boshqalar alohida muhim o‘rin egallaydi [4].

Tarixiy o‘lkashun

oslik

manbalari

vositasida talabalarning tadqiqotchilik

kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida, ta’lim jarayonida elektron darsliklarni qo‘llash
orqali o‘qituvchi nafaqat darslik matni va turli rasmlardan, balki audio, videokliplar,
animatsion qo‘shimch

alar, 3D modellardan ham foydalanishi mumkin. Bu esa tahsil

oluvchilarni o‘lka tarixiga qiziqtirish va materialni ko‘proq ko‘rish imkonini beradi.

Elektron darsliklarning odatiy nashrlardan bir qancha farqlari mavjud, jumladan:

ma’lumotlarni o‘zgartirish, yangilash va tarqatish juda qulay;

ma’lumotlarni topishga ko‘p vaqt sarflanmaydi;

masofadan turib ishlash imkoniyatiga ega;

dunyoning istalgan chekkasida turib, ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Oliy ta’lim muassasalari tarix yo‘nalishi tarixiy o‘lkashunoslik fanida innovatsion

elektron darsliklardan foydalanish o‘quv

-tarbiya jarayoning jadallashuviga imkon beradi.

Xususan:

talabalarni bir maqsadga yo‘naltirish;

talabalarni rag‘batlantirish orqali motivatsiyasini kuchaytirish;

ta

labalarga beriladigan ma’lumotlar hajmini kengaytirish;

ta’lim jarayonida talabalarning faolligini oshirish;

talabalarning o‘zini

-

o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish kabi omillarni kiritish mumkin.

Tarixiy o‘lkashunoslik darslarida innovatsion elektron dar

slikdan foydalanishning

qanday afzalliklari mavjud, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki,
ta’lim jarayoni uchun muhim bo‘lgan,

ilmiylik;

tizimlilik;

izchillik;

ko‘rsatmalilik kabi o‘qitishning didaktik tamoyillari rivojlan

adi.

Fanni samarali o‘rganish bu nafaqat tarixiy voqealar va sanalarni eslab qolish,

balki talabalar intellektual faoliyatining rivojlanishidir.

Dars jarayonida elektron ta’lim resurslari (interaktiv jadvallar, xaritalar,

diagrammalar, kompyuter) dan foydalanish talabalarning darsga qiziqishini oshirishi
bilan birga, intellektual faoliyatni va ijodkorlikni faollashtirishga yordam beradi [5].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2025) / ISSN 2181-1415

234

Bundan tashqari, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish talabalarning tarixiy

o‘lkashunoslik faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi.

Vizual-majoziy fikrlashni rivojlantiradi, axborot bilan ishlash (qidirish, tanlash, qayta ishlash,

tartibga solish v.b.) ko‘nikmalarining ijobiy tomonga o‘zgarishiga yordam beradi.

Zamonaviy

axborot texnologiyalari tarixiy o‘lkashunoslik darslarining zarur tarkibiy

qismiga aylanib borayotgan bir paytda o‘qituvchilarning ham zamonaviy texnologiyalaridan

mohirona foydalana olishi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Innovatsion elektron darsliklarni yaratishda quyidagi talablar mavjud:

darslik barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi shart;

darslik ko‘rgazmali materiallar (video, audio, foto materiallar) ga boy bo‘lishi shart;

mustaqil ishlash uchun darslikda aniq va

tushunarli bo‘lgan ma’lumotlar yetarli

darajada bo‘lishi kerak;

bilim va o‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun nostandart topshiriqlardan o‘z

o‘rnida foydalanish kerak.

Tarixiy o‘lkashunoslik darslarida elektron axborot

-

ta’lim resurslaridan foydalani

shning

taqdimotlar, interfaol jadvallar, xaritalar, sxemalar, diagrammalar, krossvordlar, video yoki

videolavhalar tomosha qilish, tarixiy manbalar bilan tanishish, kompyuterda test topshirish,

didaktik o‘yinlar, Internet resurslari bilan ishlash kabi ko‘r

inishlarini taklif qiladi [6].

Shunday qilib, tarixiy o‘lkashunoslik darslarida zamonaviy axborot

texnologiyalaridan

foydalanish

talabalarning

tadqiqotchilik

kompetensiyasini

rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar katta qiziqish bilan ta’lim jarayonida

ishtirok

etganlari uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishni xohlaydilar va bunga tayyorlar,

degan xulosaga kelish mumkin. Elektron axborot resurslaridan tizimli ravishda

foydalanish o‘quv jarayonini yanada samaraliroq qilishga yordam beradi. Lekin bu

nda

e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan muhim jihat –

me’yorni saqlashdir. Boshqacha qilib

aytganda, butun boshli dars jarayonini kompyuterga ishonib topshirmasdan, boshqa

metodik usullardan foydalangan holda dars o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hech

qan

day zamonaviy texnologiyalar o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi. Zamonaviy

axborot texnologiyalari pedagogik texnologiyalarning o‘rnini egallashi emas, balki dars

samaradorligini oshirishga yordam berishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbek

iston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-

oktyabrdagi “Raqamli

O‘zbekiston –

2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 6079 sonli farmoni.

2.

Ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro tajribalar. O‘quv

-uslub

iy qo‘llanma.

Tuzuvchilar: Nazarova D., Jo‘rayev A. –

T., 2021. 133-B.

3.

Мацаренко Т.Н. Электронный учебник

мировой тренд инновационного

образования / Педагогика. Методы и средства // Высшее образование сегодня.

2021.

№ 4.

С. 38

-41

4.

Elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish va rasmiylashtirish. Tibbiy ta’lim

muassasalari pedagoglari uchun uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchilar: To‘xtasinova D.S.,

Xamidov V.S.

T., 2017, 45-B.

5.

Хожиев А.Х. Особенности, преимущества и эффективность электронных

учебников по специальных дисциплинам, применяемым в профессиональных

колледжах // Молодой учёный. 2012. №2. С.311

-313.

6.

Явич П.М. Электронный учебник, его преимущества и недостатки //

Современные

научные

исследования

и

инновации.

2012.

№10.

https://web.snauka.ru/issues/2012/10/16884

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6079 sonli farmoni.

Ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro tajribalar. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchilar: Nazarova D., Jo‘rayev A. – T., 2021. 133-B.

Мацаренко Т.Н. Электронный учебник - мировой тренд инновационного образования / Педагогика. Методы и средства // Высшее образование сегодня. - 2021. - № 4. - С. 38-41

Elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish va rasmiylashtirish. Tibbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchilar: To‘xtasinova D.S., Xamidov V.S. – T., 2017, 45-B.

Хожиев А.Х. Особенности, преимущества и эффективность электронных учебников по специальных дисциплинам, применяемым в профессиональных колледжах // Молодой учёный. 2012. №2. С.311-313.

Явич П.М. Электронный учебник, его преимущества и недостатки // Современные научные исследования и инновации. 2012. №10. https://web.snauka.ru/issues/2012/10/16884