Авторы

  • Dilaram Begenova
    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (Biznes innovasiyalar va tadbirkorlik) mutaxassisligi tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.53298

Аннотация

Hozirgi raqobat kurashida yengib chiqish uchun avvalo korxona o’z rivojlanish yo’lini tanlashi va shunga mos marketing strategiyasini ishlab chiqishi zaruriy holga aylanmoqda. Korxona o’zining strategiyasi orqali bozorda o’z o’rnini mustahkamlashi, iste’molchilarga tez va aniq yo’nalishlar orqali ta’sir etadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

243

KORXONANI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA MAHSULOT ISHLAB

CHIQARISH STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISH

Begenova Dilaram Kesikbayevna

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (Biznes

innovasiyalar va tadbirkorlik) mutaxassisligi tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11499006

Hozirgi raqobat kurashida yengib chiqish uchun avvalo korxona o’z

rivojlanish yo’lini tanlashi va shunga mos marketing strategiyasini ishlab
chiqishi zaruriy holga aylanmoqda. Korxona o’zining strategiyasi orqali bozorda
o’z o’rnini mustahkamlashi, iste’molchilarga tez va aniq yo’nalishlar orqali ta’sir
etadi.

Korxonani rivojlantirish bo’yicha marketing strategiyasi - o’z zaminida

korxonaning asosiy vazifalari, marketing sohasidagi vazifalari hamda tayinli
marketing strategiyalarini yaxlit ishlab chiqilgan rejalashtirish jarayoni
ekanligini anglatadi. Odatda, ushbu korxonalarning o’sish jarayoni strategik
rejalashtirish nomi bilan ham amaliyotda keng qo’llaniladi.

Marketing sohasining dastlabki rivojlanish davrida korxona o’sish

strategiyalarining faqatgina 3 turi asosiy hisoblangan edi. 1957 yil I.Ansoff
“Strategik diversifikasiya” haqida ilk bor fikr yuritib, korxonaning o’sish
strategiyalari ichida ushbu yo’nalishlar alohida ahamiyat kasb etishini
ta’kidlagan edi. (1-jadval).

1-jadval
Joriy va yangi mahsulot bozorini tanlash strategiyasi

1

Bozor/mahsulot

Joriy mahsulot

Yangi mahsulot

Joriy bozor

Bozorga

chuqurroq

kirib borish strategiyasi

Mahsulotni
takomillashtirish
strategiyasi

Yangi bozor

Bozorni rivojlantirish
strategiyasi

Diversifikasiya
strategiyasi

Korxona marketing strategiyasinini amalga oshirish uchun qanday aniq

harakatlar kerakligini belgilash zarur.

Korxona rejalarni asoslash uchun tovarlar va xizmatlar marketingi bilan

bog’liq bo’lgan tizimli ma’lumotlarni tahlil qilish va ifoda etishlari kerak.

1

Ergashxodjaeva SH. Strategik marketing. Darslik. - Т.: FAYLASUF, 2021. -240 b.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

244

Shular asosida korxonalarni kelajakda bozordagi o’rnini bashoratlash

imkonini beradi. Bundan tashqari korxona faoliyatida 4 “R” modelining amal
qilishi marketing bo’yicha yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.

Hozirgi davrda R.Loterborn tomonidan 4 “S” modeli taklif etilgan. Bu

quyidagi jadvalda o’z ifodasini topgan.

2-jadval
4 “R” va 4 “S” “marketing-miks” elementlari

2

Sotuvchi nuqtai nazaridan 4 “R”

Xaridor nuqtai nazaridan 4 “S”

product

mahsulot

customer needs
and wants

iste’molchining
ehtiyoji

va

muhtojligi

price

narx

cost to customer

mijozlarning
xarajatlari

place

o’rin-joy

convenience

qulaylik

promotion

siljitish

communicaton

kommunikasiyalar

Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki, 4 “R” modeli sotuvchi nuqtai nazaridan

taklif etilgan bo’lsa, xaridor nuqtai nazaridan 4 “S” modeli taklif etilgan. Mazkur
modellar korxonaning bozordagi kuchayotgan raqobat sharoitida zamonaviy
tovarlar taklif etishda muhim dasturi amal hisoblanadi. Bu esa korxonada
marketingni tashkil etilishi bilan bog’lanadi.

Korxonada ham bir qancha yangi masalalarni yechish kerak. Korxonada

maqsadli bozorni tanlash, tovarlar assortimenti va xizmatlar kompleksi, narx
siyosati, korxonalarni rag’batlantirish va ularni joylashtirish haqidagi qarorlarni
qabul qilish zarur bo’ladi. Bunday hollarda xo’jalik va ijtimoiy sohalar faoliyatini
rivojlantirish o’z-o’zini moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi.

So’nggi davrda marketing izlanishlarining jadallashuvi, firma imkoniyatlarini
bozor talablariga moslashtirish g’oyasining dolzarb ahamiyat kasb etishi tegishli
korxonaning o’sish yo’nalishlarini takomillashuviga olib keldi. Strategik
rejalashtirishni korxonaning yangi o’sish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida
amalga oshirishga bo’lgan talab bir muncha kuchaydi. Chunki, so’nggi yillar
mobaynida yangi tarmoqlarning va biznes sohalarining vujudga kelishi,
korxonaning kelgusi o’sish imkoniyatlarini qiyoslashda, samarali yo’llari
belgilashda ham nazariy, ham amaliy jihatdan g’oyat dolzarb bo’la boshladi.

Shuningdek, korxonalarda tovarni siljitish masalariga mutaxassislarni jalb

qilish zaruriy ahamiyatga aylanib bormoqda.

2

Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент 14-с издание. СПБ.: 2014.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

245

Avvallari kompaniyada sotishni siljitishdagi rolini hyech kim o’ylamagan.

Hozirgi

davrda

kompaniyalar

integrasiyalashgan

marketing

kommunikasiyalaridan foydalanadi.

Integrasiyalashgan

marketing

kommunikasiyasi

kompaniyani

kommunikasiya kanallarini integrasiyalashuvi va o’z ishini muvofiqlashtiruvchi
konsepsiyadir. Quyidagi 2 - rasmda integrasiyalashgan marketing
kommunikasiyasi ifodalangan.

2-rasm. Integrasiyalashgan marketing kommunikasiyasi

3

Har qanday marketing obyektining strategik ahamiyati mavjuddir. Strategik

tahlil o’z mohiyati jihatidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan va amaldagi joriy
strategiyani qayta baholashga, solishtirishga asoslanadi. Strategik tahlilning
zarurati shundan iboratki, amalga oshirilayotgan va kelajak uchun
rejalashtirilgan vazifalar bevosita firma faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holatlarni,
o’zgarishlar va favqulodda sharoitlarni hisobga olmasdan, uning izchilligini va
samaradorligini ta’minlab bo’lmaydi.










3

Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга. –М.: ООО “И.Д. Вильямс”, 2012.- 489

с.

Kompaniya,
uning tovari

haqida aniq

lo'nda xabar

reklama

shaxsiy

sotuv

PR

to'g'ridan-

to'g'ri

marketing

sotishni

rag'batlant

irish


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

246


































Tashqi muhit:

-iqtisod;
-siyosat;
-social idora;
-xaridorlar;
-ta’minlovchilar;

va boshqalar.

Ichki muhit:

-moliya;
-texnologik;
-kadrlar;
-tashkiliy-tuzilish

va

boshq.

Korxonani maqsadi:

-

O’z-o’zini

ta’minlashni

rivojlantirish;

-

Ishchilarga haq to’lash;

-

Jamiyat

oldidagi

sotsial

majburiyati.

Marketingni maqsadi:

-

Iste’molchilarni talabini aniqlash;

-

Raqobatchilardan o’zish;

-

Bozorni bir qismini egallash;

-

Sotishni o’sishini ta’minlash.

Tahlil:

-

Bozor vaziyatini;

-

xaridorlarni;

-

raqobatchilarni;

-

tovarlarni;

-

ichki muhitni.

Axborot tizimi va

boshqaruv

Rejalash:

Yangi tovarlar va ularni sinash


Bozor tanlash

tovar i/ch boshq.


Bozorni oldindan ko’ra bilish

Marketing qarorlari:

Tovar, Tovar xarakati, sotish joyi, talabni
shakllantirish tizimi, sotishni rag’batlantirish, narx
siyosati va boshqalar.

Tahlil va nazorat:

(bozorni, xaridorlarni, raqobatchilarni,tovarni)


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

247

3-rasm. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish strategiyasini amalga

oshirish modeli chizmasi

4

Birinchidan, korxona “yaxlit tizim” sifatida qaralishi, raqobatchilar,

safdoshlar, ta’minotchilar, xaridorlar, bozorlar holati va raqobatdagi mavqyeiga
bog’liqligi hozirgi sharoitda yanada ortiq va keng tashqi ko’lamda strategik
tahlilni taqozo etdi.Belgilangan strategiyaga o’zgarishlar kiritishni, ya’ni davriy
va muttasil strategik tahlilni talab etadi.

Ikkinchidan, korxonaning ichki o’zgarishlarini samarali tashkil etish, ilmiy

yangilanish sari intilishning kuchayishi – har bir bosib o’tiladigan bosqichdan
so’ng yana strategik mavqyeini qayta baholashni,

Uchinchidan, korxonaning tadbirkorlik obyekti sifatida faoliyat yuritish,

iqtisodiy ko’rsatkichlar samaradorligini doimiy nazorat etib borish zarurati,
joriy reja tahlilini, qolaversa joriy strategiyani miqdoriy baholashni talab etadi.
Demak, strategik tahlil-tashqi muhit va raqobatchilik mavqyei, imkoniyatlar va
cheklanishlar, natijalar va holatlar ko’lamida qaralishini talab etadi.

Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish davriy, uzluksiz jarayondir,

shu sababdan har bir bosqichda amalga oshirilayotgan strategiyani belgilangan
maqsadlar yo’naltirilganligiga baho beriladi.

Shunday qilib, strategik marketingning roli korxonani manfaatli iqtisodiy

imkoniyatlarga yo’naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan,
uning o’sish va rentabellik salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga
yo’naltirishdan iborat. Strategik marketing jarayoni o’rta va uzoq muddatli
istiqbollarga egadir. Uning vazifasi korxonaning missiyasini aniqlash,
maqsadlarni belgilash, o’sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining
muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iboratdir. Strategik tahlil amaliy
jihatdan korxona faoliyatida dastlab:

-

marketing faoliyatiga bog’liq bo’lgan o’zgarishlari tahlilini;

-

innovasion faoliyatiga bog’liq bo’lgan o’zgarishlar tahlilini o’z ichiga

oladi va ushbu yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, korxonani rivojlantirish bo’yicha mahsulot
ishlab chiqarish strategiyasini amalga oshirish

faoliyat samaradorligini, ishlab

chiqarish miqdorining oshishiga qaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Ergashxodjaeva SH. Strategik marketing. Darslik. - Т.: FAYLASUF, 2021. -

240 b.

4

Muallif ishlanmasi..


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

248

2.

Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент 14-с издание. СПБ.:

2014.
3.

Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга. –

М.: ООО “И.Д. Вильямс”, 2012.- 489 с.
4.

Muallif ishlanmasi.

Библиографические ссылки

Ergashxodjaeva SH. Strategik marketing. Darslik. - Т.: FAYLASUF, 2021. -240 b.

Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент 14-с издание. СПБ.: 2014.

Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга. –М.: ООО “И.Д. Вильямс”, 2012.- 489 с.

Muallif ishlanmasi.