SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
188
VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN
JINOYATLARNI TERGOV QILISH VAZIYATLARI TAVSIFI
Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.11447927
Annotatsiya.
ushbu tezisda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etiladigan jinoyatlarni tergov qilish vaziyatlari tavsifi, ularning o‘ziga xos
jihatlari, mutaxassislarning nazariy yondashuvlari, ushbu jarayonda tergovchiga
qo‘yilgan talablar va uning kompetentligi, mazkur jarayonlarni amalga oshirish
tartibi, mavzugo oid huquqiy norma va qonunlar mazmuni, voyaga yetmaganlar
o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika qilish orqali jinoyatlar
sonini keskin kamaytirishga oid muammolar, ularni yechish yo‘llariga oid
tavsiyalar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmagan, jinoyat, tergov, huquqiy asos, huquq,
profilaktika, me’yoriy hujjatlar, qonun va qonunosti hujjatlari, modda, ijtimoiy
soha.
Аннотация.
настоящая дипломная работа содержит описание
ситуаций
расследования
преступлений,
совершаемых
несовершеннолетними, их специфику, требования, предъявляемые к
следователю в данном процессе и его компетентность, порядок
осуществления этих процессов, содержание правовых норм и законов,
относящихся к предмету, проблемы, связанные с резким сокращением
числа
преступлений
путем
предупреждения
и
профилактики
преступности среди несовершеннолетних, способы их решения. о путях
сообщения.
Ключевые
слова:
несовершеннолетний,
преступление,
расследование, правовая основа, право, профилактика, нормативные акты,
закон и подзаконные акты, статья, социальная сфера.
Annotation.
this thesis provides a description of the circumstances of the
investigation of crimes committed by minors, their specifics, the requirements
and competence of the investigator in this process, the procedure for carrying
out these processes, the content of legal norms and laws on the topic, problems
related to a sharp reduction in the number of crimes by preventing and
prophylactic crime among minors, recommendations on ways to solve them.
Keywords:
minor, crime, investigation, legal basis, Law, prevention,
regulatory documents, law and legislative acts, article, social sphere.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
189
Jinoyatlarni tergov qilishda tergovchi tomonidan tergovni rejalashtirish
jarayonida tergov vaziyatlaridan kelib chiqib turli tusmollar ilgari suriladi.
Tusmollar jinoyatning alohida belgilari va jinoyat ishi holatlaridan kelib chiqadi.
Tipik vaziyatlardan kelib chiqib to‘g‘ri tanlangan tusmol va uni tekshirish
tergovchining vaqti behuda sarflanmasligiga olib keladi. Noto‘g‘ri tanlangan
tusmolni tekshirish jarayonida jinoyatchilar izlarni va dalillarni yo‘q qilishga
ulgurishi mumkin. Bu esa jinoyat ishini chigallashtiradi. Shu kabi qiyinchiliklarni
bartaraf etish maqsadida tergov tusmollarining to‘g‘ri ishlab chiqilishi jinoyat
ishini tergov qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilgari surilgan “tergov tusmoli” tushunchasining ta’riflarini tahlil etadigan
bo‘lsak, G‘.Abdumajidov tergov tusmolini bu tergovchining tekshirilayotgan
hodisa mohiyati va sabablari, aybdor shaxslar va ular aybining xususiyati,
ishning boshqa holatlari to‘g‘risidagi taxmini; tekshirilayotgan hodisalarning
tergovchi tasavvurida fikran yaratilgan obrazi, modeli, shakl-shamoyili; fikrlash
jarayonining uchta jihati: bilishga oid, mantiqiy va ruhiy jihatlari birligining
natijasi; tasavvur mahsuli tergov qilinayotgan hodisaning har jihatdan to‘kis
axborot beradigan mantiqiy modeli sifatida ta’riflaydi. Fikrimizcha, mazkur
ta’rifda tergov tusmolining qator belgilari o‘z aksini topmagan, jumladan, tergov
tusmoli aniqlangan faktlar yoki mavjud ma’lumotlar asosida shakllanishi, tergov
tusmollari nafaqat tergovchi, balki boshqa ishtirokchilar tomonidan ham ilgari
surilishi mumkinligi holatlariga e’tibor qaratilmagan.
Tusmolni farazning bir turi sifatida baholagan holda muallif tusmolni
boshqa farazlardan farqlovchi belgilari quyidagilarda namoyon bo‘lishini
uqtiradi:
1) amal qilish sohasida (jinoyat sudlov ishlarini yuritish);
2) mazmunida (ish uchun ahamiyatli faktik ma’lumotlar o‘rtasidagi taxmin
qilingan aloqalar);
3) tekshirishning o‘ziga xos usullarida (dalillarni to‘plashning protsessual
usullari);
4) pirovard maqsadda (jinoyat sudlov ishlari bo‘yicha haqiqatga erishish).
Muallif fikricha, tergov tusmoli quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur:
-real daliliy ma’lumotlarni o‘rganish asosida tuzilgan bo‘lishi;
-ilmiy ma’lumotlarga mos kelib, ularga qarshi chiqmasligi;
-mantiqan to‘g‘ri tuzilgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lmasligi.
R.Shakurov, Sh.Djumanov, N.Toshtemirov, D.Turaeva, O.Allanazarovlarning
fikricha, tergov tusmollari jinoyat va jinoyatchi (hodisa joyida topilgan izlar va
predmetlar, jinoyat sodir etilishi usuli, jinoyatchining jinoyat sodir bo‘lgan
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
190
hudud haqidagi ma’lumotlarga egaligi darajasi, jinoyat soxtalashtirilishi imkoni
mavjudligi) haqidagi tergovchida mavjud ma’lumotlarning majmui asosida
ishlab chiqiladi.
Boshqa bir guruh olimlar tergov tusmolini tergovchining qo‘l ostida bo‘lgan
materiallardan kelib chiquvchi hamda jinoiy voqea yoki uni sodir qilgan shaxslar
to‘g‘risida yetarli darajada asoslantirilgan ehtimollari sifatida
baholagan.
Bunda asosiy urg‘u tergov tusmolining asoslantirilganligi va tergov
materiallarida aks ettirilgan holatlardan kelib chiqishiga qaratilgan.
Tergov tusmollari haqidagi qarashlarni o‘zida aks ettiruvchi xorijiy
adabiyotlarda “tergov tusmoli” tushunchasi turli nuqtai nazardan kelib chiqib
ta’riflanadi. Chunonchi, V.Kornouxov tomonidan ishlab chiqilgan ta’rifga
tayanadigan bo‘lsak, tergov tusmollari jinoyat sodir etilishi holatlari borasidagi
tergovchining faktik ma’lumotlarga asoslangan taxminlaridir.
A.V.Shmonin tomonidan tergov tusmoliga quyidagicha ta’rif berilgan:
“tergov tusmoli alohida holatlar (jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish
maqsadiga erishishda ahamiyatga ega yoki ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar)
yoki ular majmui (to‘liq yoki qisman) borasidagi tergov organi asoslantirilgan
taxminining mavhum ideal informatsion- mantiqiy modeli bo‘lib, shunday
holatlar kelib chiqishi va ularning o‘zaro aloqadorligini tushuntirish maqsadida
ishlab chiqiladi”.
I.F.Gerasimov, L.Ya.Drapkin, Ye.P.Iщenko tergov tusmolini funksional
dinamik model deya ta’riflab, dastlabki tergovning har qanday bosqichida har
bir noaniq yoki shubha ostidagi holat yuzasidan ishlab chiqilishini ta’kidlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tergov tusmollarining o‘ziga xos
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: tergov tusmoli - faraz (gipoteza),
taxminning bir turi; tergov olib borishning har qanday bosqichida shakllanishi
mumkin; jinoyat ishi bo‘yicha bilish faoliyati sub’ektlari tomonidan ishlab
chiqiladi; mantiqan asoslantirilgan bo‘lishi lozim; sodir etilgan jinoyat yuzasidan
yig‘ilgan dastlabki faktik ma’lumotlarga asoslanadi; tergov tusmollari
tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Tergov tusmollarini tasniflashda turli xil adabiyotlarda turlicha berilgan.
Chunonchi, G‘.Abdumajidov tergov tusmollarini quyidagicha tasniflaydi:
-tusmollarni olg‘a surish sub’ekti va faoliyat xususiyatiga ko‘ra, tekshirish
chog‘ida tergov va sud, qidiruv va ekspert tusmollari;
-tergov qilinayotgan hodisa holatlarini izohlash ko‘lamiga ko‘ra umumiy va
xususiy tusmollar;
-aniqligi darajasiga ko‘ra tayin (aniq va mavjud) va axtaruv (qidiruv) tusmollari;
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
191
-asosiy tusmollar va qarshi tusmollar; ish tusmollari (tergovchi ayni chog‘da
ish olib borayotgan tusmollar);
-mantiqiy to‘g‘ri, ya’ni asosli va noto‘g‘ri tusmollar;
-chin, ya’ni voqelikka mos hamda soxta, voqelikka nomuvofiq tusmollar
o‘zaro farqlanadi.
V.Ye.Kornouxov tergov tusmollarini isbotlash predmetidan kelib chiqib,
umumiy hamda isbotlash fakti va turli isbotlash manbalaridan kelib chiqib,
xususiy tusmollarga ajratadi. Ushbu tasnif tor ma’noda ishlab chiqilgan bo‘lib,
tergov tusmollarining bir qancha o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor
qaratilmaganligini qayd etib o‘tish lozim.
R.S.Belkin tomonidan tergov tusmollarini turlarga ajratish maqsadida
quyidagi tasnif ishlab chiqilgan:
-ishlab chiqilishi sub’ektiga qarab tergov, tezkor-qidiruv, sud, ekspert
tusmollari;
-hajmiga ko‘ra umumiy va xususiy;
-aniqlik darajasidan kelib chiqib, tipik va aniq tusmollar.
Fikrimizcha, ekspertlar tomonidan ham taxminlar ilgari surilishi mumkin,
biroq ular tusmollar sifatida tan olinishi va ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq
emas.
I.F.Gerasimov, L.Ya.Drapkin, Ye.P.Iщenko tusmollarni turli asoslarga qarab
ajratish mumkinligini ta’kidlaydi: huquqni muhofaza qilish va huquqni qo‘llash
faoliyati xususiyatidan, tadqiq etilayotgan hodisa holatlarini aniqlash hajmidan,
ilgari surilayotgan taxminlarning aniqligi darajasidan (tipik va maxsus), ishlab
chiqqan sub’ektdan, mazmuniga ko‘ra va evristik yo‘naltirilganligidan kelib
chiqib (umumiy va xususiy), tergov tusmollari har-xil turlarga ajratiladi.
A.V.Shmonin esa tusmollarning ancha kengaygan tasnifi ro‘yxatini ilgari
suradi: qidiruv-bilish jarayonidagi funksiyalardan kelib chiqib tavsiflovchi va
tushuntiruvchi tusmollar (tavsiflovchi tusmol - ish uchun ahamiyatga ega
bo‘lgan yoki ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan sodir etilgan jinoyat belgilari haqidagi
tergov organining asoslantirilgan taxmini; tushuntiruvchi tusmol - tergov
qilinayotgan ish holatlarining kelib chiqishi sabablari haqidagi tergov organining
asoslantirilgan taxmini); tushuncha (aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar) hajmiga
ko‘ra, umumiy, xususiy va ishchi tusmollar (umumiy tusmol butun jinoiy
qilmishning qonuniy aloqalari va empirik takroriyligi haqidagi tergov organining
asoslantirilgan taxmini; xususiy tusmol - jinoyat ishi bo‘yicha ob’ektiv haqiqatni
aniqlashda ahamiyatga ega bo‘lgan yoki ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida
holatlar va ularning o‘zaro aloqadorligi haqidagi tergov organining
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
192
asoslantirilgan taxmini; ishchi tusmol - jinoyatning dastlabki tergovi chog‘ida
tergov organi tomonidan ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, jinoyat ishi
qo‘zg‘atilishi vaqtida mavjud ma’lumotlarga tayanib dastlabki tushuntirish
berish uchun qo‘llaniladi); tusmollarni ilgari suruvchi sub’ekt bo‘yicha tergov,
tezkor-qidiruv va aralash tusmollar; aniqlik darajasiga muvofiq tipik va aniq
tusmollar (tipik tusmol - sodir etilgan jinoyatning alohida holatlari yoki ularning
majmui (to‘liq yoki qisman) borasidagi tergov organining muayyan tergov
vaziyatida eng ko‘p uchrab turadigan taxmini; aniq tusmol - sodir etilgan
jinoyatning alohida holatlari yoki ular majmui (to‘liq yoki qisman) haqidagi
tergov organining tergov muayyan vaziyatida ilgari surilgan asoslantirilgan
taxmini).
Demak, tusmollarning quyidagi turlari ajratiladi:
tusmollarni olg‘a surish sub’ekti va faoliyat xususiyatiga ko‘ra tekshirish
chog‘ida tergov va sud, qidiruv va ekspert tusmollari;
umumiy va xususiy tusmollar;
tipik (aniq va mavjud) va axtaruv (qidiruv) tusmollari;
asosiy tusmollar va qarshi tusmollar;
ish tusmollari;
mantiqiy to‘g‘ri, ya’ni asosli va noto‘g‘ri tusmollar;
chin, ya’ni voqelikka mos hamda soxta, voqelikka nomuvofiq tusmollar;
tavsiflovchi va tushuntiruvchi tusmollar;
tergov, tezkor-qidiruv va aralash tusmollar.
Tusmollarni tasnif qilish bilan bir qatorda, ularni tuzish, tekshirish va
natijalarini baholashga ham alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq.
Tergov tusmolini tuzish deganda G‘.A.Abdumajidov noma’lum faktlar va ular
o‘rtasidagi aloqalar haqidagi taxminni olg‘a surishni tushungan. Muallif fikricha,
tergov tusmolining tuzilishida quyidagi elementlar mavjud: tergov davomida
olingan va uning o‘zagini tashkil qiluvchi ma’lumotlar; ushbu ma’lumotlarni
o‘rganib chiqish; mazkur ma’lumotlarni o‘rganib chiqish natijasida ilgari
surilgan taxminlar, bu faktlarning ehtimoliy izohi, ularning kelib chiqishi hamda
ular orasidagi aloqa; har bir tusmolning yo‘lini aniqlashga ko‘maklashadigan
natijalarni ishlab chiqish; natijalarni amaliy tekshirish va ularni baholash.
I.F.Gerasimov, L.Y.Drapkin, Y.P.Ishenkoning ta’kidlashicha, tusmollar
mantiq qonuniyatlari (tahlil, sintez, induksiya va deduksiya, analogiya bo‘yicha
o‘rganish) va tergovchida mavjud ma’lumotlarga asoslanib tuziladi hamda ular
ilmiy asoslantirilgan, haqiqatan tekshiriladigan bo‘lishi va muayyan faktlarni
tushuntirishning ob’ektiv zaruratidan kelib chiqishi lozim.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
193
G‘.A.Abdumajidov fikricha, tusmollarni tekshirish tergov harakatlarining
majmuidir. Chunonchi, tergov tusmollarini tekshirish tergovchining mantiqiy
fikr yuritishi jarayonidir. Muallif ta’kidlashicha, tahminlarni tekshirish muayyan
qoidalarga bo‘ysunadi, binobarin, tekshirilayotgan tusmoldan ish holatlari
bo‘yicha barcha zaruriy va ehtimol tutilgan, mumkin bo‘lgan mantiqiy
xulosalarni chiqarib olish; fikr yuritish natijalarini haqiqatda ro‘yobga chiqarish,
ya’ni ish uchun ahamiyatli daliliy ma’lumotlarni topish, olib qo‘yish,
mustahkamlab qo‘yish imkoniyatini beradigan tergov harakatlarini belgilab
olish lozim.
Tusmollarni tekshirishda quyidagi jihatlarga jiddiy ahamiyat berish lozim:
tusmoldan barcha tegishli natijalar chiqarilishi kerak; hosil bo‘lgan natijalar
o‘rtasida mantiqiy aloqa bo‘lishi zarur; tusmolni tekshirish, tergov kabi tezkor-
qidiruv tadbirlar o‘tkazish yordamida amalga oshirilishi mumkin; turli tusmollar
bir vaqtda tekshiriladi. Tekshiruvlar ketma-ketligi tergovning amaliy shart-
sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Shuningdek, G‘.Abdumajidov tusmollarni tekshirish uchun birinchi
navbatdagi vazifalar qatorida quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutuvchi harakatlar
amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlaydi:
1) kechiktirish oqibatida yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan dalillarni topish
(hodisa joyini ko‘zdan kechirish, tintuv, olib qo‘yish, guvohlarni so‘roq qilish,
shaxslarni sud-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va h.k.);
2) tergovga ma’lum bo‘lgan, tergov va suddan qochib yurgan xavfli
jinoyatchini fosh etish, qidirish va yakkalab qo‘yish;
3) ushlangan yoki hibsga olingan gumon qilinuvchiga ayb qo‘yish uchun
asoslarni aniqlashtirish;
4) ish bo‘yicha barcha yoki bir qancha tusmollarni tekshirish uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni olish;
5) odatda talay vaqt sarflashni talab qiladigan dalillarni aniqlashga kirishish
(taftishlar, ekspertizalar va h.k.);
6) tergovga qarshi harakat qilishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslar o‘z
maqsadida foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar oshkor bo‘lib qolish
xavfini bartaraf etadigan yangi dalillarni topish.
I.F.Gerasimov, L.Y.Drapkin, Y.P.Ishenkoning fikricha, tusmollarni ishlab
chiqishda ko‘proq induktiv usullardan foydalanilgan bo‘lsa, ularni tekshirishda
aksariyat hollarda deduktiv usullar qo‘llaniladi. Tusmollarni tekshirish, ilmiy
tadqiqotchi bayon etishicha, tergov va boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazish
orqali amalga oshiriladi. Tusmollarni tekshirish jarayoniga nisbatan qator
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
194
talablar ilgari suriladi: tusmollar parallel tekshiriladi; barcha tusmollar
oxirigacha tekshirilishi lozim; tusmolning tergov biror-bir bosqichida
tasdiqlanmaganligi uning haqiqatdan yiroqligidan dalolat bermaydi.
Biroq ko‘rsatilgan talablarni bajarish tergovchidan ortiqcha vaqt va
mablag‘ sarflashni talab etadi. Fikrimizcha, har bir tusmolning so‘nggiga qadar
tekshirib chiqilishi jinoyatdan qolgan izlarning yo‘qolishiga yoki jinoyatchi
tomonidan jinoyat ochilmasligi uchun biror chora-tadbirlar amalga oshirish
imkoni tug‘ilishiga olib keladi.
Olimning fikricha, tusmollarni tekshirishda dastlabki tergov harakatlari
sifatida jinoyatchini qo‘lga olishga qaratilgan chora-tadbirlar; bir qancha
tusmollarni bir vaqtning o‘zida tekshirishga imkon beradigan tergov harakatlari;
amalga oshirilishi ko‘p vaqt talab etadigan tergov harakatlari; dalillar
yo‘qotilishi mumkin deb hisoblangan holatlarda tergov harakatlari o‘tkazilishi
maqsadga muvofiq.
A.V.Shmonin tusmollarni tekshirishni ikki bosqichga ajratadi:
1) taxmindan kelib chiqadigan natijalarni deduktiv ajratib olish;
2) natijalarni aniqlangan holatlar bilan qiyosiy o‘rganish.
Tusmollarni tekshirish natijalarini baholash o‘z mohiyatiga ko‘ra dalillarni
dastlabki baholash jarayoni bo‘lib, u muayyan qoidalarga bo‘ysunadi, ya’ni:
1)
ehtimol tutilgan barcha tusmollar tuzib chiqilgan chiqilmaganini
yana bir bor tekshirish zarur;
2)
olg‘a surilgan tusmollarning barchasi tekshirilganini aniqlash;
3)
tekshirish natijasida tergov qilinayotgan hodisaning bitta izohi
saqlanib qolishi kerak. Barcha qolgan tusmollar asosli tarzda istisno etilishi
shart: barcha boshqa tusmollar asosli tarzda rad qilingan va istisno etilgan
taqdirda bitta tusmol foydasiga maqbul dalillarning dialektik birligi ta’minlashi
lozim.
A.V.Shmonin ham tusmollarni tasdiqlash masalasiga alohida e’tibor qaratib,
agar kelib chiqishi ehtimol tutilgan holatlar yangi aniqlangan (topilgan) holatlar
bilan aynan bo‘lsa, tusmol tasdiqlangan deb topilishi mumkinligini qayd etadi.
Bevosita voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar
bo‘yicha ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan tusmollarni tahlil etar ekanmiz, bir
qator olimlarning ta’kidlashicha, mazkur turkumdagi ishlar bo‘yicha quyidagi
tusmollar ko‘rib chiqilishi kerak: katta yoshdagi dalolatchi, jinoyatga undovchi
shaxs va boshqa ishtirokchilarning bor-yo‘qligi; jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar
yoxud kattalar guruhi mavjudligi; o‘smir o‘g‘irlangan buyumlarni saqlash uchun
qoldirgan, ularni sovg‘a qilgan shaxslar va oldindan va’dalashilmagan yashirish
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
195
faktlarining bor-yo‘qligi; voyaga yetmaganlarni tilanchilik, ichkilikbozlik,
qimorga o‘rgatish, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish, daydilik kabi
ishlarga jalb qilish va h.k.
Tergov vaziyati tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etilgan bo‘lib,
chunonchi, G‘.A.Abdumajidov jinoyat ishlari bo‘yicha tergov vaziyatlarini tayin
bir jinoyatni tergov qilishning muayyan paytidagi o‘ziga xos xususiyatlarini
ochib beruvchi holatlar majmui sifatida ta’riflab, ushbu holatlar tarkibini tergov
vaziyatlarining elementlari bilan aynanlashtiradi. Muallif ular jumlasiga
quyidagilarni kiritadi.
1.
Tergov vaziyatining jinoyat xususiyatlari va u haqdagi axborot bilan
bog‘liq elementlari (jinoiy harakatlar tarkibi (vaqti, joyi, usuli va hokazo);
jinoyatning oqibatlari; jinoyatni sodir etgan shaxslar soni va ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlar; gumon qilinganlar ushlanganmi yoki ushlanmaganmi; o‘g‘irlangan
narsa topilganmi yoki topilmaganmi va shunga o‘xshashlar; jinoyat sodir etilgan
paytdan jinoiy hodisa to‘g‘risidagi axborot ma’lum bo‘lgunga qadar o‘tgan vaqt;
jinoiy hodisa to‘g‘risidagi dastlabki axborot mazmuni va manbai; jinoiy hodisa
to‘g‘risidagi dastlabki axborotning to‘liqligi, ishonchliligi va tegishliligi).
2.
Tergov vaziyatining tergov qilish natijalari bilan bog‘liq elementlari
(tergov qilishning dastlabki bosqichida tergov faoliyatining mazmuni va
natijalari bilan bog‘liq elementlar; keyingi tergov qilish bosqichida tergov
faoliyatining mazmuni va natijalari; tergov qilishning yakunlovchi qismi
mazmuni).
3.
Tergov vaziyati davomida tergovchining shaxsi va uning ish sharoitlari
bilan bog‘liq elementlar (tergovchining malakasi va ixtisosi; tergovchilikdagi ish
tajribasi; tergovchining shaxsiy tayyorgarligi (jismoniy va ma’naviy-ruhiy holati);
kasbiy bilimlari, mahorati, ko‘nikmalari darajasi va boshqalar; tergov
bo‘linmasida boshqaruvni va mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning ahvoli;
kriminalistik va maxsus texnika, transport, devonxona materiallari va sarf-
xarajat materiallari; tergovchining o‘z ish yuritishidagi boshqa jinoyat ishlari
bilan bandligi; tergovchining turli xizmat vazifalarini (navbatchilik, ayrim
topshiriqlar va h.k.) bajarishga jalb etilishi).
Tergov vaziyatlarini turkumlashtirish borasida ham turli qarashlar ilgari
surilgan. Jumladan, G‘.Abdumajidov amaliyotda tez-tez uchrab turadigan tergov
vaziyatlari nazariy jihatdan tipik tergov vaziyatlari sifatida baholanishi, kamdan-
kam uchrab turadiganlari esa alohida turdagi tergov vaziyatlari sifatida tahlil
etilishini ta’kidlaydi. Biroq tergov vaziyatlarini turlarga ajratishda boshqa qator
mezonlar ham qo‘llanilib, tergov vaziyatlarini tasnif qilishda yana T.Oripov
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
196
fikricha, tergov qilish vazifalari bajarilishiga erishish nuqtai nazaridan tergov
vaziyatlari qulay va noqulay xususiyatga egaligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Jinoyat
ishlarini tergov qilish bosqichlariga tatbiqan olganda tergov vaziyatlari
boshlang‘ich, oraliq va yakunlovchi bo‘ladi. Jinoyatlarni fosh etishda jinoyat
protsessi ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar mazmuni
nuqtai nazaridan tergov nizoli va nizosiz vaziyatlarga bo‘linadi. Tergov qilish
sharoitlariga tatbiqan olganda tergov vaziyatlari ekstremal (kechiktirib
bo‘lmaydigan) va normal bo‘lishi mumkin.
Demak, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov
qilish chog‘ida turli xil tergov vaziyatlari kelib chiqishi mumkin bo‘lib, ular
yuqorida aytib o‘tganimizdek, sodir etilgan jinoyatning turiga qarab ajratiladi.
Ammo umumiy holatlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tergov vaziyatlari
mavjud bo‘lib, ular tergov olib borishning dastlabki bosqichlarida va keyingi
bosqichlarda vujudga kelishi mumkin. Dastlabki bosqichlardagi tergov
vaziyatlariga: barcha ma’lumotlar jinoyatning voyaga yetmagan shaxs yoki
voyaga yetmaganlarning guruhi sodir etganligini ko‘rsatmoqda; voyaga
yetmagan jinoyatchi yoki guruhning bir ishtirokchisi aniqlangan; jinoyatchi
aniqlangan, ammo yashirinishga ulgurgan; agar guruh tomonidan sodir etilgan
bo‘lsa, guruh ishtirokchilarining shaxsi aniqlangan, biroq jinoyatdagi roli
belgilanmagan va shu kabilarni kiritish maqsadga muvofiq. Keyingi bosqichlarda
kelib chiqadigan tergov vaziyatlariga: ayblanuvchi o‘zining aybini tan oladi va
ko‘rsatmalar beradi; ayrim jinoyatchilar aybiga iqror, ayrimlari esa aybini tan
olmaydi; ayblanuvchilarning barchasi aybini inkor etmoqda, ko‘rsatmalar
orasida ziddiyatlar mavjud emas; voyaga yetmaganlar o‘z aybiga iqror, ammo
katta yoshli dalolatchining mavjudligi sezilmoqda; ayblanuvchilarning
ko‘rsatmalari orasida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud va boshqalarni nazarda
tutish lozim.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, yuqorida keltirilgan tipik tergov
vaziyatlarini bir-biridan farqlay olish va ularda taklif etilgan tipik tergov
harakatlaridan foydalanish tergovchi uchun ancha qulay va samaralidir. Biz
barcha holatlarda aynan shunday harakatlarni qo‘llash zarur deb ayta olmaymiz,
ayrim jinoyat ishlarida boshqacharoq vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ammo eng
ko‘p tarqalgan tergov vaziyatlari shunday bo‘lib, ularga duch kelganda yuqorida
tahlil etilgan harakatlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 7fevraldagi PF-4947-son
«O‘zbekis ton Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
197
strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
2.
Черненко Е.О. Профилактика несовершеннолетней преступности
//Nauka-rastudent.ru. - 2017. No.08(044)/[Электронный ресурс]-Режим
доступа.-URL:http://nauka-rastudent.ru/44/4337/
3.
Гаджиева
П.Д.,
Магомедов
Г.Н.
Социально-психологическая
характеристика преступности в молодежной сфере // Международный
научный журнал «Символ науки». 2017. № 11. С.67.
4.
Абдумажидов Ғ.А. Криминалистика. - Т.: Адолат, 2003. - Б. 213
5.
Герасимов И.Ф., Драпкин Л.Я., Ищенко Е.П. Криминалистика. - М.:
Высшая школа, 2000. - С.672.
6.
Шмонин А.В. Методика расследования преступлений. Учебное
пособие. - М.: ЗАО “Юстицинформ”, 2006.
7.
Королева О., Ваульхин В. Преступность несовершеннолетних и меры
её предупреждения // Мир науки и образования. - 2015. - № 4. - С. 3.
8.
Ўзбекистон Республикасининг “Бола ҳуқуқларининг кафолатлари
тўғрисида”ги Қонуни. ЎРҚ-139-сон. 07.01.2008 й.