SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
66
1924-YILLARDA BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI “OZOD
BUXORO” GAZETASIDA KOMMUNISTIK MAFKURA TA’SIRI
Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich
Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11177482
Annotatsiya.
Maqolada 1924-yillarda buxoro xalq sovet respublikasi “ozod
buxoro” gazetasida kommunistik mafkura ta’siri
,
uning faoliyati, amalga
oshirilgan ishlar, gazetaning ommaviyligi va o‘qimishligini ta’minlashda bosh
muharrir said ahroriyning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan maqolalari
mazmuni, cho‘lponning nashr isho‘laridagi samarali faoliyati, gazeta
nashrlaridagi tanqidiy, real hayotni tasviflovchi materiallar haqida ma’lumotlar
berilgan.
Kalit so‘zlar:
gazeta, nashr ishlari, matbuot, jadidchilik harakati, nashr,
muharririyat, muxbir, hukumat a’zolari, “Buxoro axbori” gazetasi
1924-yilning boshlaridan “Ozod Buxoro” gazetasida kommunistik mafkura
ta’siri kuchayganligi ko‘rinadi. Gazetadagi xabar va maqolalar ko‘proq “Qizil
choyxona”, “Qizil burchak”, “Firqa turmushindan”, “Firqaga a’zolik shartlari”,
“Qora taxtaga” (BKP safidan chiqarilganlar haqida - ) kabi ruknlar ostida e’lon
qilingan.
“Ozod Buxoro” gazetasi mafkuralashib borayotgan hamda sovetcha
tartiblar va qoidalarni targ‘ib qilish minbariga aylangan bir davrda bolshevik
targ‘ibotchilarni uning ishiga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoro
Kommunistik partiyasi (BKP)ning tashviqot va targ‘ibot ishlaridagi ilg‘or
kadrlaridan biri Abbos Aliyev 1924-yil aprel oyidan boshlab bu mas’ul vazifaga
loyiq deb topilgan. Bu haqda “Ozod Buxoro”ning “Buxoro xabarlari” ruknida:
“Markaziy firqo‘m tarafindan gazetamizg‘a Abbos Aliyev, Ahmad Ahmadov va
Abu Zarif o‘rtoqlardan iborat 3 kishilik hay’at tahririya tayin etildi. Bulardan
Aliyev - siyosiy mas’ul yo‘lboshchi (bosh muharrir), Ahmadov - a’zo, Abu Zarif -
texnik muharrir vazifasini o‘tajaklar”,- deb yozilgandi.
“Ozod Buxoro” gazetasida 1923-yilning oxiri va 1924-yil boshlarida
kommunistik mafkura ta’sirida yangi ruknlar ochildi. Shunday ruknlardan
“Bosmachilikning
so‘nggi
kunlari”,
“Bosmachilikka
qarshi
kurash”,
“Bosmachilarga qarshi tadbirlar”, “Ikki haftalik” (maorif ikki haftaligi, ushr ikki
haftaligi va hokazo), “Xotin-qizlar o‘rtasida”, “Kommunist yoshlar hayotidan”
kabilarni sanab o‘tish mumkin. Ayniqsa, “bosmachilik harakati”
1
bilan bog‘liq
1
“Bosmachilik harakati” - Turkiston mintaqasida sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat nazarda tutilmoqda. Bu haqda
tarixchi olim Q. Rajabovning tadqiqotlarida batafsil so‘z yuritiladi. Qarang: Rajabov Q. Mustaqil Turkiston fikri uchun
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
67
maqola va xabarlarning ko‘p mikdorda hamda deyarli gazetaning har bir sonida
berilishi yuqoridagi fikrning dalilidir. Kommunistik mafkura ta’sirining gazeta
mazmuniga chuqur kirib borganligini uning sahifalarida “bosmachilik
harakati”ga qarshi mitinglarda so‘zlangan ma’ruzalarning to‘liq chop etilishi,
1924-yilning oktabr oyidagi sonlaridan boshlab gazetaning 9-10-sahifalari rus
tilida (krill imlosida) “Postanovleniye”, “Prikaz”, “Polojeniye”, “Dekret” kabi
hujjatlarning e’lon qilinishi, milliy-hududiy chegaralanish masalalariga tegishli
hukumat rahbarlarining ma’ruzalari to‘liq matnining keltirilishi bilan izohlash
mumkin. Hatto 1924-yil 2-sentabrda chop etilgan “Ozod Buxoro”ning 135-soni
maxsus nashr sifatida chiqqan bo‘lib, unda “Buxoro inqilobi”ning jahonshumul
ahamiyati bir tomonlama orttirilib ko‘rsatilgan. Ushbu yilning 7-noyabrida
oktabr inqilobi (to‘ntarishi) kuniga bag‘ishlab chiqarilgan maxsus son ham
gazeta kommunistik mafkuraning targ‘ibotchisiga aylanib bo‘lganligidan dalolat
beradi.
“Ozod Buxoro” gazetasining mafkuralashuv jarayoni gazetada o‘qimishli
va jiddiy maqolalar mutlaqo bosilmadi, degan ma’noni anglatmaydi. “Ozod
Buxoro” nomi bilan chiqa boshlagan 1-sonidan boshlab deyarli barcha
nashrlarda “Fan va texnika” rukni ostida ilm va madaniyat yangiliklarini targ‘ib
qiluvchi dolzarb maqolalar, xabarlar berib borildi
“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari nomi bilan chop etilgan
ushbu alohida nashrlarning birgalikdagi 300 - maxsus soni (1924-yil may)da
1920-1924-yillardagi mahalliy matbuot xodimlari, ularning fotosuratlari va
tarjimayi hollarining berilishi O‘zbekiston matbuoti tarixi solnomasini yaratish
uchun boy manbalardan biri bo‘la oladi.
Abbos Aliyevning gazetadagi faoliyati davri tahlil qilinar ekan, Buxoro va
butun Turkiston mintaqasidagi sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat
kommunistik mafkura nuqtayi nazaridan baholanib, barcha madaniy-ma’rifiy
muassasalarning sovetlashtirilishi targ‘ib qilinganligi, BXSR (keyinchalik BSSR)
iqtisodiy manfaatlarini Markaz ixtiyoriga buysundirish manfaatiga urinilganligi
mujodalalar (1917-1935-yillar). -T.: O‘zbekiston, 2000; Shu muallif. Razvertivaniye osvoboditelnogo dvijeniye v
Buxare //Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti. -T.: Sharq. 2000. -S. 522-553;
O‘sha muallif. Buxoro va Xorazm Respublikalaridagi qurolli muxolifat kurashi (1920-1924) //O‘zbekistonning yangi
tarixi. 2-kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.-T., 2000; O‘sha muallif. Buxoro va Xorazm Xalq
Respublikalari: davlatchilikning demokratik shakli //O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. -T., 2001; O‘sha
muallif. Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash. -T.: Ma’naviyat, 2002; O‘sha muallif. Voorujennoye
dvijeniye v Turkestanskom kraye protiv sovetskogo rejima (1918-1924 gg.) Avtoref.diss. sois.uchen. step. dokt. ist.
nauk. -T., 2005; O‘sha muallif. Teoretiko-metodologicheskaya osnova izucheniya istorii voorujennogo dvijeniya v
Turkestane v 1918-1935 gg. Rossiya-Uzbekistan: istoriya i sovremennost (ch.II) //YevroAziya. Moskva, 2008. № 3. -S.
4 -15.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
68
guvohi bo‘linadi. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO)
2
faoliyatining
ijobiy baholanganligi, BKPning har bir tadbirini to‘g‘ri va adolatli deb
hisoblanganligi haqidagi maqolalar uchun gazeta ochiq mafkura minbari va
maydoniga aylandi. Gazetaning bir qator sonlarida “Siyosiy hangoma” rukni
ostida hukumatning mahalliy xalq orasidan chiqqan halol va millatparvar ayrim
rahbarlari va milliy ziyolilarning vakillari hajviy tanqid ostiga olindi.
“Ozod Buxoro” gazetasi BXSRda kechayotgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida maqola va xabarlar bosish o‘rniga
mayda ijtimoiy muammolar: kichik o‘g‘rilik, ichkilikbozlikka berilgan odamlar,
mayda talafotlar, giyohvand ayrim kimsalar haqidagi ma’lumotlarni bergan.
Mafkuraviy cheklanish, sayoz va bo‘sh mazmun kasb etuvchi maqolalarning
ko‘payishi “Ozod Buxoro” o‘quvchilarining gazetaga qiziqishini bir oz
susaytirgani tabiiy hol. Gazeta sahifalari ko‘proq moliyaviy holatni yaxshilash
uchun pul topish evaziga katta-yu kichik e’lon, bildirish, reklama tarzidagi
xabarlar bilan to‘ldirib tashlangan. Bu salbiy jihat bilan birga kichik xabar,
e’lonlarning ostidagi ism-shariflar orqali BXSR hukumati a’zolari, viloyat va
tumanlardagi rahbar xodimlar, davlat muassasalarining turli lavozimlarida
ishlagan kishilar haqida hamda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatlarda
ishtirok qilgan shaxslar bilan bog‘liq keng ma’lumot olish mumkin. Bu esa o‘z
davri tarixiy jarayonlarini atroflicha tahlil qilib o‘rganishga yordam beradi.
“Ozod Buxoro” gazetasida BXSRdagi matbuotning ahvoli, matbaachilik ishi,
gazeta va jurnallar chop ettirish, matbuot bilan bog‘liq muammo va vazifalar
haqida ham maqolalar chop etib borilgan. Gazetalardagi matbuot haqida
yozilgan xabar va maqolalardan matbuotning o‘sha davrdagi umumiy ahvoli,
gazetxonlarning matbuotga munosabati, gazetalarning moddiy-texnikaviy
bazasini yaratish yo‘lidagi ishlar, gazetalarni uning o‘quvchilari orasida tarqatish
kabilardan voqif bo‘linadi. “Ozod Buxoro”ning ko‘plab sonlarida va undan oldin
chop etilgan “Buxoro axbori” gazetasida “Matbuotimiz nima uchun
yuksalmaydur”, “Matbuot haqida yana bir-ikki so‘z” (Ziyo Usmoniy),
“Turkistonda matbuot” (muxbir), “Matbuot nimadur?” (Bekboy), “Gazetaga
ko‘mak bering!” (taxririyat), “Buxoroda matbuot”, “Uchqun” jurnali” (Buxoro
xabarlari), “Chorjo‘yda til gazetasi” (muxbir), “Matbuot va adabiyot” (muxbir),
“Gazetaga yordam beringlar” (tahririyat), “Qo‘rqma, gazeta gunohsizlarni
tishlamaydur!” (“Mufattish”), “Gazeta yuborishga diqqat qilinsun!” (Behbudiylik-
Qarshi shahridan), “Gazetaning birinchi davri”, “Gazetani tuzatish masalasi”,
“Matbuot bayramiga tayyorlanmak kerak” (Said Ahroriy), “Gazetaning qishloqda
2
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) - 1923-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning birinchi ta’sis qurultoyi
1923-yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan. 1926-yilda u qayta tuzilgan.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
69
tarqalishi” (muxbir) kabi maqola va xabarlar
3
o‘rin olgan. Ushbu mavzudagi
maqola va xabarlarning mazmuni asosan quyidagi masalalarga qaratilgan.
Avvalo, BXSRda tub joy aholi tilida (o‘zbek tilida) gazeta va jurnallar chiqarish va
tarqatish boshlanganligi, gazetaning targ‘ibotchilik faoliyatidagi o‘rni, matbuot
uni o‘quvchilar uchun zaruriy ma’naviy ozuqa ekanligi, bu ishda barcha ziyolilar
ishtirok qilishi kerakligi bayon qilinadi. Ayrim maqolalarning asosiy mavzusi esa
3-3,5 mln. aholiga ega bo‘lgan BXSR uchun 2000-2500 nusxada chop etiladigan
“Ozod Buxoro” gazetasi yetarli emasligi, muharrir va muxbirlarning
yetishmasligi va mavjudlarining xam malakaviy tajribasizligi, nashriyot
(poliagrafiya) ishidagi son-sanoqsiz kamchiliklar va yetishmovchiliklar, qog‘oz
va boshqa ashyoviy buyumlar, musulmon shriftining chetdan keltirilishi
muammolariga yo‘naltirilgan.
Ko‘pgina maqolalarda fikrlar qaytarilib, viloyat muxbirlari yetarli darajada
faoliyat olib bormayotganligi, shuning uchun respublika miqyosida atroflicha
ma’lumot olish imkoni yo‘qligi, hukumat rahbarlaridan Fayzulla Xo‘jayev va Qori
Yo‘ldosh Po‘latov singarilardan boshqalar maqolalar bilan uning ishida jiddiy
ishtirok qilmayotganligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
“Ozod Buxoro” sahifalari orqali 1923-1924-yillarda ushbu gazetadan
tashqari boshqa matbuot organlariga asos solinishi yo‘lida xayrli harakatlar,
urinishlar bo‘lganligidan voqif bo‘lish mumkin. Jumladan, Buxoro maorif
nozirligi tomonidan oyda bir marta siyosiy, iqtisodiy, adabiy nashr “Uchqun”
jurnalining 1-soni (1923-yil, mart) nashrdan chiqqanligi, jurnal 36 sahifa
hajmida bo‘lib, unda Abdurauf Fitrat va Qori Yo‘ldosh Po‘latovlarning
fotosuratlari ham aks ettirilganligi xabari bosilgan.
“Qozoq matbuoti” maqolasi orqali qozoq tilida chop etiladigan “Oq jo‘l” (“Oq
yo‘l”), “Ekbaxchim qozoq” (“Mehnatkash qozoq”), “Qozoq tili”, “Bo‘stonduq tavri”
(“Ozodlik bayrog‘i”), “Qizil Qozog‘iston”, “Cho‘lpon”, “Temir qozoq” kabi gazeta
va jurnallar Turkiston ASSR, RSFSR, Boshqirdiston, Uralbo‘yi hududlarida bosilib
chiqqanligi aniqlandi. 1923-yilda Chorjo‘y viloyatida turkman tilida “Til” nomli
gazetani chop etishga urinishlar bo‘lgan.
BXSR hukumati tomonidan 1923-yili yangi “Ochiq so‘z” gazetasini chop
etish choralari ko‘rilgan. Hatto uning 1-soni uchun 1000 oltin so‘m ham
ajratilgan edi. Biroq ushbu nashr chop etilganligi to‘g‘risida uchratgan
manbalarda hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.
3
Раҳмонов К., Нуруллаева Ф. Б у х о р о т а р и х и н и ў қ и т и ш д а “ О з о д Б у х о р о ” г а з е т а с и
м а т е р и а л л а р и д а н ф о й д а л а н и ш //“Олий ўқув юртларида самарадорликни ошириш муаммолари”
мавзуидаги Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами (2-китоб). Бухоро. 2006. 22-23б.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
70
“Buxoro axbori” gazetasining birinchi muharriri Said Ahroriyning “Ozod
Buxoro” sahifalarida “Gazetaning birinchi davri” nomli salmoqli maqolasining
bosilib chiqishini 4 yil davomida Buxorodagi matbuotchilik ishining tahliliga
bag‘ishlangan o‘ziga xos hisobot sifatida baholash mumkin
4
. Mazkur maqolada
“Buxoro axbori” xamda “Ozod Buxoro” gazetalarida ishlagan muxbir va
xodimlar, ular tomonidan yozilgan maqola va xabarlarning o‘ziga xos jihatlari,
gazetaning takomillashib borish jarayoni atroflicha tahlil qilinadi. Shuni o‘rinda
gazetalar qariyb 45 ta turli-tuman ruknlar ostida materiallar bosganligini
alohida qayd etish mumkin.
Xullas, “Ozod Buxoro” chop etilgan 1923-yilning kuzidan 1925-yilgacha
bo‘lgan tarixiy davrda, ayniqsa, unga A.Aliyev muharrirlik qilgan vaqtida
hukmron mafkura ta’siri yaqqol seziladi. Shaxsan muharrirning o‘zi
gazetalardagi faoliyati bilan kommunistik tashviqot va targ‘ibotning quruq
ijrochisi bo‘lib qolganligi ko‘rinadi.
“Ozod Buxoro” gazetasida “Buxoro axbori”ga nisbatan viloyat
muxbirlarining roli oshib, ularning gazeta tahririyatiga yo‘llagan ayrim
maqolalari ichida joylarda kechayotgan voqealar tafsilotini xolisona yoritgan
ayrim maqolalar borligini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Ba’zi muammolar ustida
boshlangan munozaralar gazetaning o‘nlab sonlarida davom ettirilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Buxoro axbori” va“Ozod Buxoro” gazetalari BXSR
hukumati o‘rnatilganidan so‘ng o‘zbek tilida chop etilgan matbuot nashrlari
bo‘lib, ular har oyda kamida 4-6-marta chop etilgan. Gazetalarning nashr soni
yildan-yilga o‘sib borgan. “Buxoro axbori”da Said Ahroriy, Abdulxamid Cho‘lpon,
Ziyo Usmoniy, Ostonkul Abdulqiyomov, Qori Yo‘ldosh Po‘latov bosh muharrir
bo‘lib faoliyat yuritgan bo‘lsalar, “Ozod Buxoro” gazetasida esa Qosim Sorokin,
Abbos Aliyev kabi mas’ul muharrirlar hamda ikkala gazetada 90 nafardan ortiq
muxbirlar va mualliflar o‘z maqolalari bilan qatnashganlar. Gazetalarning sifati,
soni, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ta’sirchan kuchi, o‘z davrida kechgan
jarayonlarni xolisona bayon qilinishi, ayniqsa, Said Ahroriy, Abdulxamid
Cho‘lpon, Qori Yo‘ldosh Po‘latovlarning “Buxoro axbori”da muharrirlik qilgan
yillarida yuksalgan.
Xullas, “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari XX asrning 20-yillaridagi
o‘zbek milliy matbuotchiligi tarixida o‘ziga xos o‘rin va mavqega ega bo‘lish bilan
birga tarixiy manba bo‘la olishi jihatidan ham ahamiyatlidir.
4
Rahmonov K., Nurullayeva F. Buxoro tarixini o‘qitishda “Ozod Buxoro” gazetasi materiallaridan foydalanish //“Oliy
o‘quv yurtlarida samaradorlikni oshirish muammolari” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
to‘plami (2-kitob). Buxoro. 2006. 22-23b.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
71
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aliyev S. Cho‘lpon nazdida Buxoro //Buxoro haqiqati. 1997-yil 20-dekabr.
2.
Ostonqul Abdulqiyomov shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarni hozircha
aniqlay olmadik.
3.
Qori Yo‘ldosh Po‘latov (1890, Buxoro amirligidagi Karki shahri - 1965,
Toshkent)- davlat va jamoat arbobi. Buxoroda jadidchilik harakati namoyandasi.
BXSR hukumatida bir qator mas’ul mansab va lavozimlarda ishlagan.
4.
Hayitov SH Muharrirning «Yo‘l xotiralari». «Buxoronoma», 2003-yil, 2-
avgust.
5.
Rahmonov K., Nurullayeva F. Buxoro tarixini o‘qitishda “Ozod Buxoro”
gazetasi materiallaridan foydalanish //“Oliy o‘quv yurtlarida samaradorlikni
oshirish muammolari” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari to‘plami (2-kitob). Buxoro. 2006. 22-23b.