TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Ushbu tezisda bank amaliyoti holati tahlil qilingan. Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga banka ham manfaatli hisoblanadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqitgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya-kredit yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari tushuniladi. Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi va bundan tijorat banklari turli shakldagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qulay shartlar asosida kreditlash imkoniyatlarini kengaytiradilar. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi bo‘lib hisoblanadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
129-137
90

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shamsiyev , N. . (2025). TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(1), 129–137. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/65271
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu tezisda bank amaliyoti holati tahlil qilingan. Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga banka ham manfaatli hisoblanadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqitgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya-kredit yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari tushuniladi. Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi va bundan tijorat banklari turli shakldagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qulay shartlar asosida kreditlash imkoniyatlarini kengaytiradilar. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi bo‘lib hisoblanadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

129

TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Shamsiyev Nodir Muratovich

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti

katta o‘qituvchisi (PhD)

https://orcid.org/0009-0002-3081-4040

https://doi.org/10.5281/zenodo.14799306

Annotatsiya

. Ushbu tezisda bank amaliyoti holati tahlil qilingan.

Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga
jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina
omonatchiga emas, shu bilan birga banka ham manfaatli hisoblanadi. Depozitlar
omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar jarayonida bank
hisobvarag‘ida ma’lum vaqitgacha saqlanadigan mablag‘lar hisobidan
shakllantiriladi. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya-kredit
yoki bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul
mablag‘lari tushuniladi. Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlar
orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi va bundan tijorat banklari turli
shakldagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qulay shartlar asosida kreditlash
imkoniyatlarini kengaytiradilar. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh
pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank
marjasi bo‘lib hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Bank, bank-moliya tizimi, kapitallashuv, resurs, ustav

kapitali, deposit, kredit, reyting, omonat, mijoz, yuridik shaxs, jismoniy shaxs,
operatsiya, mablag‘, omillar, sub’ekt

Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini

yetarli darajada jalb etishi va ushbu mablag‘larni samarali joylashtirishni
boshqarish hozirgi kunda ularning muhim hamda asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Buning asosiy sababi, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining
tobora chuqurlashuvi va iqtisodiyotning yanada erkinlashtirilishi natijasida
tijorat

banklari

o‘rtasida

resurslarga

bo‘lgan

talabning

yanada

kuchayganligidadir. Natijada, banklarning arzon va muddati jihatdan uzun
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi ushbu mablag‘larni shakllantirish
va ularni samarali boshqarish muhim masalalardan biri ekanligini ko‘rsatib
bermoqda. Mazkur holat mamlakat miqyosida mavjud bo‘lgan vaqtincha bo‘sh
pul mablag‘larni banklar o‘rtasida taqsimlashda va moliya bozorlaridan
qo‘shimcha resurslarni jalb etishda banklar o‘rtasidagi erkin raqobatni
kuchayishiga ijobiy samara ko‘rsatmoqda.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

130

Xalqaro bank amaliyotidan hamda qisqa davrdagi bozor munosabatlari

sharoitida orttirilgan bank tajribasidan ma’lumki, tijorat banklarining asosiy
resurs bazasi ularning depozitli resurslari hisobidan shakllantiriladi.

Tijorat banklari tomonidan puxta ishlangan depozit siyosati orqali

barqaror pul mablag‘larni jalb qilish banklar resurs bazasining oshishiga, bu esa,
o‘z navbatida, banklarning kredit berish amaliyotida resurs yetishmasligi
muammosining oldini oladi..

Hozirgi kunda tijorat banklarini barqaror resurs manbasi sifatida depozit

sertifikatlarini misol qilishimiz mumkin. Tijorat banklari tomonidan chiqarilgan
depozit va jamg‘arma sertifikatlari 2010 yil boshiga 205,3 mlrd. so‘mni tashkil
etgan bo‘lsa, 2023 yil boshiga tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan
va joylashtirilgan depozit hamda jamg‘arma sertifikatlari 1178,3 mlrd. so‘mni
tashkil qildi.

Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini muomalaga chiqarish

ijobiy holat bo‘lib, ular aniq muddatga chiqariladi va ushbu muddat davomida
tijorat banklari uchun barqaror resurs sifatida xizmat qiladi. Tijorat banklari
tomonidan muomalaga chiqarilgan depozit sertifikatlarining mijoz uchun
afzalligi shundan iboratki, mijoz tomonidan bankka qo‘yilgan mablag‘ni mazkur
bankning istalgan filialidan sertifikatning muddati kelgandan so‘ng olish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, depozit sertifikatlari chiqarish orqali jalb
qilingan mablag‘lar majburiy zaxiraga tortilmaydi.

Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan so‘nggi yillarda depozit

sertifikatlarini muomalaga chiqarish amaliyoti rivojlanib borayotgan bo‘lsada,
ushbu noemissiyaviy qimmatli qog‘ozning banklarning depozitlari tarkibidagi
ulushi pasayish tendentsiyasini namoyon etmoqda.

Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tijorat banklari depozit

sertifikatlarining umumiy ulushi 2019 yilda depozitlar tarkibida 3,2 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda 1,7 foizga pasaygan.

Rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh tijorat banklari tomonidan

muomalaga chiqarilayotgan depozit sertifikatlarning asosiy qismi 3 yildan ortiq
muddatga chiqarilib, ushbu sertifikatlar ikkilamchi bozorda erkin muomalada
bo‘ladi. Shuningdek, mazkur sertifikatlar FDIC (Depozitlarni sug‘urtalash
Federal Korporatsiyasi) tomonidan sug‘urtalanadi.

Bundan tashqari, depozit sertifikatlari bo‘yicha to‘lanayotgan foizlarning

miqdori inflyatsiya darajasidan ancha yuqori. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki har qanday jismoniy shaxs o‘z aktivlarini
yuqori darajada daromad keltiruvchi sohaga yo‘naltirishga intiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

131

Shu sababli, sertifikatlarni emissiya jihatidan qulay joylashtirishni

ta’minlash uchun banklar quyidagilarni hisobga olishlari kerak:

-

investor uchun jozibador foiz stavkasi;

-

omonatchilar uchun qulay bo‘lgan sertifikat qiymatlari, shu jumladan

minimal nominal qiymat;

-

chiqarilishning standart shartlari (bir necha turdagi nominal va qulay

muddat);

-

nominal va hisoblangan foizlarni to‘lashning ishonchli kafolatlari;

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda bank tizimida amalga oshirilayotgan

islohotlar natijasida bank tizimiga aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
ishonchi ortib borayotgan bo‘lsada, banklar tomonidan jalb qilingan
depozitlarga to‘lanayotgan foizlarning darajasi inflyatsion daromadning
yuqoriligi sababli o‘z jozibadorligini yo‘qotib qo‘ymoqda.

Mamlakatimizda jami depozitlarning yuqori salmog‘i davlat banklari

hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘z navbatida depozit sertifikatlari banklar uchun
barqaror va qulay vosita hisoblanadi. Bank kapitali tarkibida davlat ulushi yuqori
bo‘lgan tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozit sertifikatlari chiqarish
va ularga to‘lanayotgan foizlar barqarorligini ta’minlash orqali bank tizimi depozit
bazasini mustahkamlashga erishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit operatsiyalarini

optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolar, fikrimizcha,
quyidagilardan iborat:

1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va inflyatsiya darajasining

yuqori ekanligi sababli tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini yuqori
ekanligi.

Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bazaviy stavka bo‘lganligi

sababli uning o‘zgarishi tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalariga kuchli
ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining
o‘zgarishi quyidagi uch omilga bog‘liq:

– inflyatsiya darajasiga;
– yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atiga;
– mamlakat bank tizimining barqarorligiga.
Odatda, inflyatsiya darajasining yuqori bo‘lishi Markaziy bankka qayta

moliyalash stavkasini pasaytirish imkonini bermaydi. Ammo, yalpi ichki
mahsulotning o‘sish sur’atini sekinlashishi Markaziy bankni qayta moliyalash
stavkasini pasaytirishga majbur qiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

132

Mamlakat banklarida balanslashmagan likvidlilik muammosining paydo

bo‘lishi, odatda, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini pasaytirilishiga
olib keladi. Chunki, past qayta moliyalash stavkasida kreditlar berilishi tijorat
banklaridagi likvidlilik muammosini hal qilishda muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, inflyatsiya darajasining oshishi ham tijorat banklarini

kreditlarning foiz stavkasini oshirishga majbur qiladi. Chunki, inflyatsiya
darajasining oshishi tijorat banklarining kreditlardan olinadigan foizli
daromadlarning real qiymatini pasayishiga sabab bo‘ladi.

Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini past va barqaror darajada

saqlab turish O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy bosqichida
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu esa, fikrimizcha, quyidagi sabaablar bilan
izohlanadi:

A. 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

Taraqqiyot strategiyasida istiqbolli investitsiya loyihalarini tijorat banklari
tomonidan kreditlashni kengaytirish makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining
barqarorligini ta’minlashning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z
navbatida, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini past va barqaror
darajasini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Chunki, foiz stavkalari
kreditning bahosi bo‘lganligi sababli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
maqsadiga beriladigan kreditlarning hajmini oshirish bevosita kreditlarning
bahosiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

B. Aholining tadbirkorlik faoliyatini kreditlash hajmini oshirishning

zarurligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-

sonli «Tadbirkorlik sub’ektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish
tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq,
tadbirkorlik sub’ektlari va barcha aholi qatlamining imtiyozli mikrokreditlardan
keng foydalanishini ta’minlash, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini
rag‘batlantirish orqali aholi bandligini yanada oshirish vazifasi qo‘yilgan

1

.

V. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan

ta’minlanganlik darajasining past ekanligi.

Iqtisodiyotni pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining past

bo‘lishi to‘lovsizlik muammosini hal qilish imkonini bermaydi. Buning ustiga,
banklar tomonidan berilgan kreditlarni qaytmasligi to‘lovsizlik muammosini
yanada chuqurlashishiga xizmat qiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

133

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan
ta’minlanganlik darajasi foizda

2


1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2014-2018 yillarda O‘zbekiston

Respublikasi iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi past
bo‘lgan. Buning ustiga, 2016-2018 yillarda ushbu ko‘rsatkichning pasayish
tendentsiyasi kuzatilgan. Bu esa, iqtisodiyotdagi to‘lovsizlik muammosini hal
etish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi.

Xalqaro amaliyotda mamlakat iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan

ta’minlanganlik darajasini oshirishning ikki imkoniyati mavjud. Birinchi
imkoniyat tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning hajmini oshirish
bo‘lsa, ikkinchi imkoniyat bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlarini oshirish
hisoblanadi. Hozirgi kunda esa, respublikamizda iqtisodiyotni pul mablag‘lari
bilan ta’minlashning har ikkala imkoniyatidan foydalanish murakkablashdi.
Buning sababi shundaki, birinchidan, tijorat banklari kreditlarining foiz
stavkalari yuqori, ikkinchidan, davlat byudjeti defitsit bilan bajarilmoqda.
Bunday sharoitda tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini past va
barqaror darajasini ta’minlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

2. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi sababli

xo‘jalik

yurituvchi

sub’ektlarning

kredit

to‘loviga

layoqatliligini

pasayayotganligi.

Muammoning mohiyati shundaki, milliy valyutaning qadrsizlanish

sur’atining yuqori ekanligi importning qimmatlashishiga va inflyatsiyaning
kuchayishiga olib keldi. Buning natijasida korxonalarning xorijiy valyutalarda


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

134

olgan kreditlarini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari va mahsulotlar
tannarxining oshib ketishi yuz berdi. Natijada, ularning to‘lovga qobillik darajasi
pasaydi.

Valyuta siyosatini liberallashtirilishi munosabati bilan 2017 yilning 5

sentyabridan boshlab so‘mning AQSh dollariga nisbatan nominal almashuv kursi
qariyb ikki barobarga oshdi, ya’ni so‘mning AQSh dollariga nisbatan
qadrsizlanish sur’ati qariyb 200 foizni tashkil etdi. Bu esa, yuqori sur’atdagi
qadrsizlanish sur’ati bo‘lib, importning keskin qimmatlashishiga va, natijada,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalar jalb etish imkoniyatini
pasayishiga olib keldi. Pirovard natijada, mamlakatda investitsiya me’yorining
pasayib ketish xavfi yuzaga keldi. Investitsiya me’yorining pasayishi esa, tabiiyki,
yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atini pasayishiga olib keladi.

2018 yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki milliy valyuta

kursining barqarorligini ta’minlay olmadi. Hamon milliy valyutaning
qadrsizlanish sur’ati yuqori ekanligicha qolmoqda. Milliy valyutaning
qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi banklar tomonidan xorijiy valyutalarda
berilgan krediitlarning qaytmaslik ehtimolini oshiradi. Buning sababi shundaki,
milliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida xorijiy valyutadagi kreditlarni
qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘mdagi xarajatlar miqdori ortadi.

3. Tijorat banklari tomonidan kreditlar berishning me’yoriy-huquqiy

asoslarining takomillashmaganligi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005 yil 20 avgustdagi

1509-sonli “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini
sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi
yo‘riqnomasida bank sindikatida ishtirok etuvchi tijorat banklari va kredit
oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi-bank
sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risidagi kelishuvda qayd etilgan shartlar
asosida kredit oluvchiga o‘z bankida belgilangan tartibda alohida ssuda
hisobvarag‘i ochadi

3

. Bu esa, xalqaro tajribaga zid hisoblanadi. Chunki, xalqaro

bank amaliyotida sinditsiyali kredit bo‘yicha ssuda hisobraqami faqat Yetakchi
bankda ochiladi, kredit bo‘yicha muddatli majburiyat ham Yetakchi bankda
hisobga olinadi.

«Tijorat

banklari

tomonidan

yirik

investitsiya

loyihalarini

sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi
yo‘riqnomaga muvofiq, bank sindikatida ishtirok etuvchi tijorat banklari
tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit shartnomasida belgilangan



background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

135

maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank uchun belgilangan kalendar
muddatida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy
boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda hisobvarag‘idan naqd pulsiz
shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Sinditsiyali kredit summasi har bir ishtirokchi bankning buxgalteriya

balansida, uning sinditsiyali kreditdagi ulushi miqdoriga teng summada aks
ettiriladi. Bundan tashqari, ushbu Yo‘riqnomada berilgan sinditsiyali kredit
bo‘yicha monitoring uchun qaysi bankning ma’sulligi aniq ko‘rsatilmagan.

«Tijorat

banklari

tomonidan

yirik

investitsiya

loyihalarini

sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi
yo‘riqnomaning 29-bandiga muvofiq, qarz oluvchining kreditni qaytarish
qobiliyatidagi o‘zgarishlar, berilgan kreditdan maqsadli foydalanilishi, garov
ob’ektining holati va kafilning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha
monitoring Yetakchi bank tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, mazkur
monitoring Bosh bitim talablaridan kelib chiqqan holda, har bir ishtirokchi bank
tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.

Ssuda hisobarqamini bank sindikatida ishtirok etuvchi barcha banklarda

ochilishi Yetakchi bankka sinditsiyali kreditlash jarayonini nazorat qilish
imkonini bermaydi. Chunki, bank siri degan narsa bor. Shu sababli, bir bank
ikkinchi bankning balans ma’lumotlarini ko‘ra olmaydi.

E’tirof etish joizki, respublikamizda to‘lovlarning maqsadi ketma-ketligi

qo‘llanilayotganligi, davlat soliq inspektsiyalariga solishtirish dalolatnomasisiz
inkasso qo‘yish huquqining berilganligi tijorat banklari tomonidan berilgan
kreditlarni qaytarishga to‘sqinlik qilmoqda.

Xulosa va takliflar:

Yuqorida amalga oshirilgan tahlillar natijasida

mamlakatimiz bank amaliyotida tijorat banklarining depozit bazasini
mustahkamlash bilan bog‘liq bir qator muammolar aniqlandi.

1. Tijorat banklari, ayniqsa kapitali tarkibida davlat ulushi yuqori bo‘lgan

banklar uzoq muddatli depozitlarni jalb qilishga jiddiy e’tibor qaratishmaydi.
Xususan moliyaviy resurslarni jalb etishning bozor tamoyillari va mezxanimzlari
keng joriy etilmagan, natijada ular o‘rtasida raqobat muhiti etarli darajada
shakllanmagan va depozit bazasining mustahkamligi bo‘yicha qator muammolar
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.

2. Fikrimizcha, tijorat banklari depozit siyosati - bank tomonidan jismoniy

va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘lrini jalb qilish hamda keyinchalik
mazkur mablag‘larni o‘zaro manfaatli asosda joylashtirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni o‘zida mujassam etgan bank siyosatidir.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

136

3. Tijorat banklari tomonidan puxta ishlangan depozit siyosati orqali

barqaror pul mablag‘larni jalb qilish banklar resurs bazasining oshishiga, bu esa,
o‘z navbatida, banklarning kredit berish amaliyotida resurs yetishmasligi
muammosining oldini olishga xizmat qiladi.

4. Tijorat banklari depozit sertifikatlarini amaliyotga chiqarish orqali

depozitlar jalb qilishi banklar uchun kam xarajat hisoblanadi. Ya’ni, bunda
Markaziy bank tomonidan majburiy zaxiralarga mablag‘ talab etilmaydi.
5. Tijorat banklari resurlari tarkibida depozitlar, ayniqsa uzoq muddatli
depozitlar ulushining pas tligi beqaror mablag‘larning ulushini yuqori bo‘lishiga
sabab bo‘lib, jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismi qimmat manbalardan,
xususan banklararo kredit va lizinglar hisobidan jalb qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Жуков, Е. Ф. Банковское дело : учебник для бакалавров / Е. Ф. Жуков.

— Москва : Издательство Юрайт, 2012. — 591 с.
2.

Агарков М.М. Основы банковского права. Авторский сборник. 2005.

336 с.
3.

Балабанов И.Т. Основы финансового менеджмента: учеб. пособие /

И.Т. Балабанов. - 3-е изд., перераб. и доп. - К.: Эльга, Ника-Центр, 2005. - 656
с.
4.

Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. -T.: TMI, Iqtisod-Moliya, 2017 yil, 732

b.
5.

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish

masalalari. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
dissertatsiyaavtoreferati, –T.: BMA, 2008. 11 b.
6. Shuxrat, Jumaev. "O‘zbekiston Respublikasi byudjet daromadlarida yirik soliq
to‘lovchilarning roli va ahamiyati." Scientific Journal of Actuarial Finance and
Accounting 4.11 (2024): 32-38.
7. Sh. Jumaev. (2024). On improving the methodology of tax administration of
large taxpayers in the Republic of Uzbekistan. Gospodarka i innowacje. Economy
and Innovation. Volume: 48 | 2024. 330-336.
8. Jumaev Shuhrat. (2024). On The Further Development Of Service To
Taxpayers In The Republic Of Uzbekistan. Procedia on Economic Scientific
Research, 10(1), 147–151.
9. Жумаев Ш. Ўзбекистон республикасида солиқ маъмурчилиги ва солиқ
тизими стратегиясини такомиллаштириш масалалари // Экономика и
социум. 2024. №4-1 (119).


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

137

10. Жумаев,

Ш.

(2024).

Ўзбекистон

Республикасида

солиқ

маъмурчилигини такомиллаштириш. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4),
368–374. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss4-pp368-374
11. Жумаев, Ш. (2023). Йирик солиқ тўловчилар солиқ маъмурчилигини
такомиллаштиришнинг ўзига хос хусусиятлари. Iqtisodiy taraqqiyot va
tahlil,

1(1),

131–136.

Retrieved

from

https://e-

itt.uz/index.php/eitt/article/view/20
12. Jumaev Shuxrat. (2023). Yirik soliq to‘lovchilarning mohiyati, guruhlanishi
va aniqlash mezonlari . Journal of New Century Innovations, 28(1), 36–44.
Retrieved from https://newjournal.org/new/article/view/5934
13. Жумаев Ш. Йирик солиқ тўловчиларнинг солиқ тушумлари
прогнозларини такомиллаштириш масалалари //Economics and Innovative
Technologies. – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 335-341.
14. Shuxrat, Jumaev. "O‘zbekiston soliq tizimida yirik soliq to‘lovchilarni
soliqqa tortish ma’murchiligining shakllanishi." World scientific research journal
15.1 (2023): 14-23.

References

Жуков, Е. Ф. Банковское дело : учебник для бакалавров / Е. Ф. Жуков. — Москва : Издательство Юрайт, 2012. — 591 с.

Агарков М.М. Основы банковского права. Авторский сборник. 2005. 336 с.

Балабанов И.Т. Основы финансового менеджмента: учеб. пособие / И.Т. Балабанов. - 3-е изд., перераб. и доп. - К.: Эльга, Ника-Центр, 2005. - 656 с.

Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. -T.: TMI, Iqtisod-Moliya, 2017 yil, 732 b.

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaavtoreferati, –T.: BMA, 2008. 11 b.

Shuxrat, Jumaev. "O‘zbekiston Respublikasi byudjet daromadlarida yirik soliq to‘lovchilarning roli va ahamiyati." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.11 (2024): 32-38.

Sh. Jumaev. (2024). On improving the methodology of tax administration of large taxpayers in the Republic of Uzbekistan. Gospodarka i innowacje. Economy and Innovation. Volume: 48 | 2024. 330-336.

Jumaev Shuhrat. (2024). On The Further Development Of Service To Taxpayers In The Republic Of Uzbekistan. Procedia on Economic Scientific Research, 10(1), 147–151.

Жумаев Ш. Ўзбекистон республикасида солиқ маъмурчилиги ва солиқ тизими стратегиясини такомиллаштириш масалалари // Экономика и социум. 2024. №4-1 (119).

Жумаев, Ш. (2024). Ўзбекистон Республикасида солиқ маъмурчилигини такомиллаштириш. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 368–374. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss4-pp368-374

Жумаев, Ш. (2023). Йирик солиқ тўловчилар солиқ маъмурчилигини такомиллаштиришнинг ўзига хос хусусиятлари. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(1), 131–136. Retrieved from https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/20

Jumaev Shuxrat. (2023). Yirik soliq to‘lovchilarning mohiyati, guruhlanishi va aniqlash mezonlari . Journal of New Century Innovations, 28(1), 36–44. Retrieved from https://newjournal.org/new/article/view/5934

Жумаев Ш. Йирик солиқ тўловчиларнинг солиқ тушумлари прогнозларини такомиллаштириш масалалари //Economics and Innovative Technologies. – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 335-341.

Shuxrat, Jumaev. "O‘zbekiston soliq tizimida yirik soliq to‘lovchilarni soliqqa tortish ma’murchiligining shakllanishi." World scientific research journal 15.1 (2023): 14-23.