O‘rta asr musulmon xalqlari falsafasida naturfalsafiy g‘oyalarning ilgari surilishi va asoslanishi

CC BY f
201-207
4
0
Поделиться
Умарова, Р. (2021). O‘rta asr musulmon xalqlari falsafasida naturfalsafiy g‘oyalarning ilgari surilishi va asoslanishi . Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 201–207. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/22049
Розигуль Умарова, Ташкентский Государственный транспортный Университет

кандидат философских наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

0‘rta asr musulmon falsafasini Abu Rayxon Beruniy asarlari orqali 0‘rganish borliq, uning mavjudlik usul va shakllari to‘g‘risidagi taTimotini o'rganish borliq to'g'risidagi tasavvurlarimiz cvolyusiyasini aniqlashtirishda muhim hisoblanadi. Darhaqiqat, Bcruniyning tabiiy-ilmiy va falsafly qarashlari o'zaro uyg'un holda rivojlangan boTib, o'ziga xos naturfalsafiy ko'rinishga egaligi mavjud adabiyotlarda yetarli darajada toTa ochib berilmaganligi sababli, uni maxsus tadqiq etish talab etiladi. Bcruniyning falsafly qarashlari, xususan borliq haqidagi ilmiy ta’limoti ko'plab chct cl va rcspublikamiz manbaashunos olimlari tomonidan jiddiy o'rganilib kelinayotganligiga qaramay, uni maxsus tadqiq etish, falsafly umumlashtirish, xulosalash va baho berish ishlari hali yakunlamnaganligini ham ta'kidlash lozim. Bu holat mutafakkirning borliq to‘g‘risidagi ta’limotini yangicha yondashish asosida tadqiq etishning o‘ta dolzarb muammo ekanligini ko'rsatmoqda.


background image

201

Umarova Ro‘zigul Sheralievna

falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Tashkent davlat transport univer site ti

O‘RTA ASR MUSULMON XALQLARI FALSAFASIDA NATURFALSAFIY

G‘OYALARNING ILGARI SURILISHI VA ASOSLANISHI

Kirish.

O‘rta asr musulmon falsafasini Abu Rayxon Beruniy asarlari orqali o‘rganish borliq, uning

mavjudlik usul va shakllari to‘g‘risidagi taTimotini o‘rganish borliq to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz
evolyusiyasini aniqlashtirishda muhim hisoblanadi. Darhaqiqat, Beruniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy
qarashlari o‘zaro uyg‘un holda rivojlangan boTib, o‘ziga xos naturfalsafiy ko‘rinishga egaligi mavjud
adabiyotlarda yetarli darajada toTa ochib berilmaganligi sababli, uni maxsus tadqiq etish talab etiladi.
Beruniyning falsafiy qarashlari, xususan borliq haqidagi ilmiy ta’limoti ko‘plab chet el va respublikamiz
manbaashunos olimlari tomonidan jiddiy o‘rganilib kelinayotganligiga qaramay, uni maxsus tadqiq etish,
falsafiy umumlashtirish, xulosalash va baho berish ishlari hali yakunlanmaganligini ham ta’kidlash lozim. Bu
holat mutafakkirning borliq to‘g‘risidagi ta’limotini yangicha yondashish asosida tadqiq etishning o‘ta
dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.

Muxokama va natijalar.

Naturfalsafa odatda falsafiy va tabiiy-ilmiy fanlarning uyg‘unligi tushuniladi,

uning doirasida tabiatda mavjud bo‘lgan barcha bilimlarni ba’zi boshlang‘ich prinsiplarga asoslangan yagona
tizimga qisqartirishga harakat qilinadi. Ilmiy bilimlardagi muqarrar bo‘shliqlar, ushbu davrda qabul qilingan
dunyoning ilmiy manzarasiga asoslanib, ma’lum bo‘lgan dalillarni asoslash bilan toTdirildi. Natur
faylasuflaming tadqiqoti doirasiga kosmologiya, kosmogoniya, materiyaning tuzilishi, harakat mohiyati
masalalari kiritilgan. Turli tabiiy falsafiy tizimlarga substansiya, materiya, fazo, vaqt, harakat, tabiat qonuni
vaboshqa muhim tabiatshunoslik tushunchalari flat.

natura

«tabiat» dan) - tarixiy atama (taxminan XVIII

asrgacha) tabiat falsafasi tushunilgan.fi]

Demak, borliqning muhim mavjudlik shakli bo‘lgan tabiat borlig‘i masalasi falsafaning fundamental,

o‘zak muammosi hisoblanadi. Bu masala olam haqidagi diniy - mifologik qarashlar va old falsafada ham o‘z
aksini topgan. Barcha davrlarda mutafakkirlar, shu jumladan, Beruniy falsafaning bosh vazifasini
mavjudotning mohiyatini bilishda deb hisoblagan. Lekin, shuni ham aytish kerakki, bu muammo hozirga
qadar juda ko‘p yechimini topmagan savollarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, nemis biologi Ernst Gekkel
va nemis fiziologi, faylasufi Emil Genrix Dyubua-Reymonlarning qayd etishicha, hozirgacha olamning
yettita jumbog‘i o‘z yechimini topmagan. Ulardan ikkitasi fizikaga, ikkitasi biologiyaga, uchtasi
psixologiyaga mansub. Ular quyidagilar:

1-

jumboq: materiya va kuchning mohiyati hozirgacha ochilmagan;

2-

jumboq: harakatning kelib chiqish sababi aniqlanmagan;

3-

jumboq: hayotning kelib chiqishi isbotlanmagan;

4-

jumboq: tabiatdagi maqsadga muvofiqlikning ildizi noma’lum;

5-

jumboq: sezgi va ongning paydo bo‘lish sababi ma’lum emas;

6-

jumboq: tafakkur va nutqning kelib chiqishini bilmaymiz;

7-

jumboq: iroda erkinligi nimaligi hech kimga ayon emas”.

[2. B. 7.]

Tabiiyki, ularni falsafiy bilish darajasida tahlil etish va umumlashtirish borasida ham yechimini

kutayotgan masalalar mavjud.

Turli davrlardagi falsafiy ta’limotlargaxos bo‘lgan umumiy xususiyat shundaki, borliq deganda,

mavjudlikning barcha (moddiy va ma’naviy) shakllari, (real va noreal) turlari, (o‘tmishdagi, hozirgi va
kelajakdagi) ko‘rinishlarini ifoda etuvchi falsafiy kategoriya tushuniladi.[3. - B. 7.]

Bundan O‘rta asr musulmon xalqlari falsafasi ham istisno emas.

Musulmon xalqlari falsafasi Qur’oni Karim sura va oyatlarida va tafsirlarda tavsiflangan borliq -18 ming

olam va uning Alloh taolo tomonidan yaratilganligi, undagi har bir qism, bo‘lak, unsur, narsa, hodisa va
jarayonlaming Alloh tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan tartibda mavjud boTishi, taraqqiy etishi, uning


background image

202

nazorati, taqdiri, azmi - qudrati ostida idora qilib va boshqarilib turilishi, unda ob’ektiv qonuniyat, o‘zaro
aloqadorlik emas, balki Allohning ojiz inson aqli, zakovati tushunishdan ojiz qoladigan, bilolmaydigan ilohiy
hikmat - “al-Hikmat al-asliya”ning hukmronlik qilishi, Allohning o‘z hukmi - irodasi bilan har bir narsa,
jarayonni istagan onda yo‘qdan bor qila olishi, bordan yo‘q qila olishi to‘g‘risidagi teodeistik diniy-ilohiyot
ta’limotini o‘zining birlamchi poydevori, asosi deb qaragan. Bunga, ayni paytda, rasmiy sunniy islom va
shariatning, ya’ni “Ahli Sunna val Jamo‘a”ning diniy-ilohiyot aqidaviy dunyoqarash ta’limoti deb qaraladi.
[4. B.62-73,B.119- 120]

Borliq va uning Alloh taolo tomonidan yaratilganligining Qur’oni Karimning boshidan oxirigacha

barcha sura va oyatlarida ta’kidlanishi ularning asosiy mazmunini tashkil etishiga qaramay, u ayniqsa,
“Fotiha” va “Ixlos” suralari oyatlarida mo‘’jiza darajasida qisqa, lo‘nda,
go‘zal, bir butun va mukammal qarash tarzida ifodalangan. “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Hamdu
sanolar Allohga-olamlarning egasiga, mehribon va rahmli, oxirat kunining podshohiga, biz sengagina ibodat
qilamiz va sendangina yordam so‘raymiz. Bizni to‘g‘ri yo‘lga yo‘lla: g‘azabingga uchraganlar va
adashganlarning yo‘liga emas, O‘zing ne’mat ato qilganlarning yo‘liga!” [5. B.67-68.]

“Ixlos” surasi esa: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1.

(Ey Muhammad), ayting: U - Alloh birdir (ya’ni Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu

yagonadir.)

2.

Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguchidir (ya’ni, barcha xojatlar) Undan so‘raladi, ammo U hech

kimga muhtoj emasdir.

3.

U tug‘magan va tug‘ulmagandir (ya’ni Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy

abadiy Zotdir). 4. Va hech kim U Zotga teng emasdir”.[6. B. 112]

O‘z-o‘zidan ochiq ko‘rinib turganidek, yuqoridagi sura, oyatlarda borliq haqidagi diniy ilohiyotchilik

ruhidagi teodeistik ta’limot mazmun-mohiyati berilgan.

Qur ’ on va tafsirlardagi bu satrlar barcha islomiy diniy-falsafiy ta’ limot va qarashlar -mo‘ ’tazila,

murji’a, kalom, tasavvuf, islomiy bid’at mazhablar, shiya-ismoiliylar, hurfiylar, ishroqiylar va shu kabi
ta’limotlar uchun asos bo‘lgan. Shuningdek, musulmon falsafasining barcha oqim va mazhablari vakillari
ham o‘zlarining borliq haqidagi ta’limotlarida (ba’zi istisnolarni inobatga olmaganda) asosan ana shu
kreasionistik aqidani asos qilib olganlar yoki uni hisobga olishga majbur bo‘lganlar. Musulmon falsafasidagi
kreasionistik ta’limotlar asosan quyidagilar: mashshoiyyun (sharq arastuchilari); tabiyyun; vaxdat-ul-
vujudchilar; ishroqiylar va hokazo.

Metodologik, konseptual jihatdan bunday kreasion ta’limotlar quyidagilardan iborat: 1. Yo‘qdan bor

qiluvchi Alloh taolo tomonidan yaratish yo‘li bilan pay do qilinadigan borliq haqidagi ta’limot; 2. Alloh taolo
borlig‘idan “Fayzi ilohiy”, “As-suduri-ilohiy” yo‘li bilan kelib chiqadigan, pay do bo‘ladigan borliq haqidagi
tasavvufiy ta’limot; [ SHarq arastuchilari-Forobiy, Ibn Sino, Ibn Miskaviyx, qismantasavvufdagi “so‘l
qanoti” vakillari Bistomiy, Xalloj, Ayn-ul Quzzot Xamadoniy, Nasimiy va boshqalar]

3. Borliq asosida yotuvchi ilohiy haqidagi ta’limot. (ishroqiylar) [Ishroqiyya ta’limoti tarafdorlari- SH.

Suxravardiy. S.Koziruniy.]

Albatta, musulmon jamiyatida “Zimmiylar” degan umumiy toifa nomini olgan yahudiy, xristian,

zardo‘shtiylik, manixeychilik kabi oqim, ta’limotlar hamda borliq haqidagi turkiy, hind, xitoy, yunon, sobiy,
xoldeylarga mansub monoteistik, dualistik va shu kabi ta’limotlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmasalar-
da, rudiment holda mavjud edilar. Ular juda ozchilikni tashkil etsalar- da, mavjud gullab yashnayotgan
musulmon jamiyati ilm - fani, diniy-irfoniy tafakkuri doirasida mavjud bo‘lib, o‘zlarining maslakdosh,
izdoshlariga ega edilar.

Shuni aytish kerakki, falsafa tarixi bo‘yicha O‘zbekistonda, mintaqada olib borilgan ilmiy izlanishlar

orasida o‘rta asr - musulmon xalqlari falsafasida borliq muammosining qo‘yilishi, ba’zi talqinlari haqida
akademik I.M. Mo‘minov, M.M.Xayrullaev, A.V.Sagadeev, E.Ahmedov, M.Dinorshoev, A.SHaripov,
B.Turaev,M.A.Usmonov, R. Nosirov, A.Zoxidiy, F.Sirochov, B.Ismatov, M.Hazratqulov va boshqa
tadqiqotchilar ish olib borgan bo‘lsalarda, ularda mazkur masala qanday nazariya, konsepsiya, ta’limotlar
shaklida o‘rtaga qo‘yilganligi, ulaming toTa tasnifi, har bir oqimning borliq haqidagi ta’limoti bir butun tizim
sifatida, mantiqiy izchil tarzda bayon qilinmagan, falsafa tarixi nuqtai-nazaridan umumlashtiruvchi xulosalar


background image

203

berilmagan. Bu mualliflar tadqiqotlarida borliq muammosi maxsus o‘rganish ob’ekti bo‘lmagani uchun,
uning u yoki bu mutafakkir merosida qanday qo‘yilganligini aniqlashga urinish ko‘zga tashlanadi. Xususan,
sovet davridagi hukmron mafkura ta’sirida ulaming ba’zilarida borliq muammosi bo‘yicha ko‘pchilik o‘rta
asr SHarq mutafakkirlari, masalan: Roziy, Beruniy, Ulug‘bek kabilar merosi, dunyoqarashidan nima qilib
boTsa-da materialistik, ateistik konseptual yo‘nalishni qidirib topishga urinish borligi seziladi.

Shunga qaramay, O‘zbekistonda, mintaqada falsafa tarixi tadqiqotchilari orasida borliq muammosi

bo‘yicha quyidagi uchta konseptual yondashish mavjudligini e’tirof etish va himoya qilish ko‘zga tashlanadi:

Borliq haqidagi islomiy, tasavvufiy ta’limotlami ob’ektiv yoki sub’ektiv idealizmning u yoki bu

ko‘rinishi deb talqin etish.

Tabiatshunoslar - Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ulug‘bek va boshqalaming borliq haqidagi

qarashlarini deistik nuqtai nazardan talqin etish (A.Bahouddinov, A.Sagadeev, E.Ahmedov,
A.

SHaripov va boshqalar)

Sharqmutafakkirlari-faylasuflariForobiy,IbnMiskavayh,Ibn

Sino,

ularningmaslakdoshlarini,

izdoshlarini esa panteist deb e’lon qilish. Xususan, akademik M.M. Xayrullaev, butun o‘rta asr mumtoz arab
- musulmon falsafasi vakillari u yoki bu darajada panteistik pozisiyada turganlar, degan xulosani ilgari
surgan.f Xayrullaev, M.1971: b.118-119]

Albatta, XX asrning 50-70 yillarida musulmon xalqlari falsafasi fundamental oqimlarining xato

nomlanishi, kalom, mashshoiyyun, tabiyyun, ishroqiyyun, tasavvuf konsepsiyalari hali jiddiy tadqiq
etilmagan, ko‘p haqiqatlar noma’lumligicha qolayotgan vaziyatda bunday bo‘lishi tamomila tabiiy edi. Bu
davrda mazkur oqimlarning borliq to‘g‘risidagi konsepsiyalari deyarli o‘rganilmagan, o‘ziga xosligi
aniqlanmagan edi. U paytda faqat Sharq arastuchiligi - Sharq peripatetizmi nisbatan yaxshi o‘rganilgan edi,
xolos.

Xorijiy Sharq va G‘arb tadqiqotchilari musulmon xalqlari falsafasida borliq muammosining qo‘yilishi,

talqinlari juda boy va xilma-xil bo‘lganligi to‘g‘risida ancha-muncha yuqori saviyadagi fikr-mulohazalar
bildirgan bo‘lsalar-da, ularda muammoning manbashunoslik va metodologik asoslari chuqur tadqiq
etilmaganligini bu o‘rinda ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Uning sababi, bizningcha, quyidagilardir:

Mavjud hukmron vulgar metodologiya aqidalarining qat’iy va e’tiroz bildirilishiga yo‘l

qo‘ymaydigan mavqega ega bo‘lganligi.

Yangi xorijiy Sharq, G‘arbda e’lon qilingan tadqiqotlardan uzilib qolganligi, ulardan bexabarlik.

O‘rta asr musulmon xalqlari falsafasida borliq muammosining adabiyotlarda, masalan, o‘z paytida

jiddiy tadqiqot deb hisoblangan G.Leyning “Ocherki istorii srednevekogo materializma” (1962) asarida
ulardagi konseptual yondashish o‘sha o‘zimizga ma’lum “materializm va idealizm” qarama - qarshiligi
shaklida, vulgar metodologiya aqidalari ruhida talqin etib berilganligi yomon pand bergan edi. [Ley, German.
1962: s.588.] G.Leyning bunday talqini uning keyin nashr etilgan tadqiqotida [ Ley, Hermann. 1966. P. 1-2.]
bir muncha yumshatilgan bo‘lsa-da, bari - bir o‘zining asosiy va yetakchi vulgar metodologiya aqidalari
ruhidagi talqini, mazmunini saqlab qolgan bo‘lib, bu hamon ayniqsa yot, jiddiy falsafiy - tarixiy tadqiqot
metodlarini egallab ulgurmagan, tajribasiz yoki tadqiqotchilami chalg‘ituvchi rol o‘ynashni davom
ettirmoqda.

O‘rta asr musulmon xalqlari falsafasidagi barcha diniy - falsafiy oqimlar orasida mashshoiyyun-

peripatetiklar, akademikM.M. Xayrullaev iborasigako‘ra esa-“Sharq arastuchilari”[ Xayrullaev,M.197L b.-
310] va tabiyyun-demokritchi oqimi yetakchi bo‘lganligi tarixchilar Ibn an-Nadim, Ashariy, Moturidiy,
Shaxrastoniy, Bayhaqiy, Shaxrizuriy va boshqalar tomonidan, shuningdekhozirgi zamonxorijiy Sharq va
G‘arbdagi tadqiqotchilar asarlaridata’kidlanadi. Mavjud O‘rta asr Sharq falsafasi tadqiqotchilari
izlanishlarida yuqoridagi ikki oqim nafaqat yetakchi yo‘nalishlar sifatida, balki qadimgi yunon ilm-fani,
falsafasining musulmon jamiyatida ma’lum va mashhur bo‘lgan asosiy oqim, falsafiy maktablari sifatida
ko‘rsatiladi.

Holbuki, birgina Ibn an-Nodim “Fixristi” [Polosin, V. 1989.s.260.]yoki Abu Nasr al- Forobiyning

“Falsafani o‘rganishga kirishishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida”[ Forobiy .1975: s.1-14.] va
Beruniyning Roziy va o‘z asarlari bibliografiyasini o‘z ichiga olgan “Fexresti”[ Abu Rayxon Beruniyning


background image

204

o‘z asarlariga o‘zi tuzgan ro‘yxati] lari mazmuni tadqiq etilsa, o‘rta asr musulmon Sharq xalqlari ilm-fani,
falsafasi vakillarining qadimgi yunon falsafasining barcha asosiy va mashhur 10-12 tadan ortiq falsafiy
maktab, oqimlari to‘g‘risida juda yaxshi, mufassal, aniq, hatto maxsus ma’lumotlarga ega bo‘lganliklari, ular
o‘rtasidagi chuqur konseptual farqlar, o‘ziga xosliklarni yaxshi bilganliklariga amin bo‘lish mumkin.
Ayniqsa, Forobiyning qadimgi yunon falsafasida mavjud bo‘lgan maktab, oqimlarni tadqiq etishi, ularning
maqsad, usul va muammolari bo‘yicha maxsus ta’rif va xulosalari yoki Beruniyning o‘z asarlarida, ayniqsa
Roziy va o‘z asarlari bibliografik “Fexresti”da hamda SHayx-ur-Rais Ibn Sino bilan maktublar vositasida
bo‘lib o‘tgan mashhur falsafiy bahs - munozaralarida Aristotel naturfalsafasining ojiz, munozarali o‘rinlarini
ko‘rsatishi, qadimgi yunon falsafasidagi unga muxolif maktab, oqimlar vakillari - demokritchilar, skeptiklar,
stoiklar, dialektiklar (Geraklit, Zenon izdoshlari) bildirgan e’tiroz, dalillariga ishora, havola qilishi ham o‘rta
asr musulmon jamiyatida faylasuflaming qadimgi yunon ilm-fani, falsafasining butun boyligi, oqim, maktab,
muammolaridan juda yaxshi xabardor bo‘lganliklarini tasdiqlaydi [ Rasulov,A.; Abdurahmonov,M. 1956;]

Shuning uchun ham endilikda falsafa, xususan o‘rta asr musulmon xalqlari falsafasi tarixi

tadqiqotchilaribujahonfalsafasiningmislsiz, nodir“Oltindavri”nifaqatarastuchilikperipatetikchilik nuqtai-
nazaridangina emas, balki undagi boshqa yetakchi oqimlar, Geraklit, Demokrit, Ksenofant, Anaksagor,
Empedokl, Parmenid, Zenon va, umuman, eleyliklar, stoiklar, skeptiklar nuqtai- nazaridan ham o‘rganish,
tahlil etish, xulosalar chiqarish payti keldi, deb o‘ylaymiz. Bu ayniqsa, borliq muammosining qanday o‘rtaga
qo‘yilganligi, bu muammo yuzasidan umuman jahon ilm - fani, falsafasi taraqqiyoti nuqtai - nazaridan ham
diqqatga sazovor o‘ta jiddiy, salmoqli va yuksak saviyadagi bahs - munozaralar bo‘lib o‘tganligini, talqinlar
ilgari surilganligini ta’kidlash lozim. Biroq, bizningcha, aynan arastuchilik an’anasiga bo‘lgan ustuvor
qiziqish, diqqat qilish boshqa qadimgi yunon falsafasi maktablari, oqimlariga oid manbalarni qidirib topish,
tarjima qilish va tadqiq etishning o‘lda-jo‘lda bo‘lib qolishiga olib kelgan. Bunday manbalarning mutlaq
ko‘pchiligi noma’lumligicha qolmoqda, ularni falsafiy tadqiq etish borasida izlanishlar bizda endi amalga
oshirila boshlanganini taassuflar bilan qayd qilishga to‘g‘ri keladi.

Keyingi paytda falsafiy merosimizga yangicha yondashuv asosida olib borilgan tadqiqotlarda Yaqin va

O‘rta Sharqda borliq to‘g‘risidagi qarashlar haqida gapirilganda, ularga antik falsafadagi atomistik
nazariyaning ta’sirini ko‘rsatish zarurligi ta’kidlanadi.fKlassicheskaya nauka v Sredney Azii i sovremennaya
sivilizasiya. 2000: s.416], Bu xulosani to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Uning to‘g‘riligini O‘rta asr SHarqidagi juda
ko‘p ta’limotlar, oqimlar, shu jumladan, diniy-falsafiy nazariyalar tasdiqlaydi. Xususan, borliqdagi barcha
narsalar Alloh qudrati ila atomlar( sub strati ar) va aksidensiyalar (xususiyatlar, munosabatlarjdan tashkil
topgan degan fikrni mu’taziliylar, mutakallimlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlaganlar va, hatto,
mu’taziliylar “atomlar va aksidensiyaning imkoniy metafizikasini (ilohiyotini) bayon qilganlar”[ Nosirov
R.N., Sirojiddinov SH.S., Ziyautdinova X.A. 2007:b.l7. ] Bunda atomlar tabiat jismlarini, aksidensiyalar-
ularning sifatini ifoda etuvchi tushunchalar tarzida talqin qilingan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, IX asrga kelib borliqning yaratilishi va tuzilishi, unda atomlar

(substratlar) va aksidensiyalaming o‘zaro munosabati to‘g‘risida bir qancha qarashlar mavjud bo‘lgan.
Ulardan biri VIII asrda yashab o‘tgan Ziraf b. Amrga tegishlidir. Unga ko‘ra borliq atomlar va
aksidensiyalardan iborat bo‘lib, bunda aksidensiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega, ya’ni tabiat jismlarining
mavjudligi aksidensiyalarda o‘z ifodasini topadi, ular bo‘lmasa jismlar ham bo‘lmaydi. U hissiy qabul
qilinadigan predmetlar mustaqil emas, ularning o‘zgarishi, harakati aksidensiyalarga bog‘liq,
aksidensiyalardan biri yoki bir nechtasi o‘rin almashsa, jismlar ham o‘zgaradi, degan xulosaga kelgan.

Ikkinchi qarash unga teskari bo‘lib, uning tarafdorlari moddiy olamning mavjudligi ko‘proq

aksidensiyalarga emas, balki sub strati arga, ya’ni atomlarga bog‘liq, chunki jismlar atomlardan tashkil topgan
deyishgan. Ular qatoridaXishom b. Al-Hakim, al-Asam, Nazzomlar bo‘lgan. Nazzom fikricha,
moddiyjismlardoimiy o‘zgarishdabo‘lib, uning sababijismlarning hamisha aralash holatda bo‘lishi, ya’ni
birining ikkinchisi tarkibida bo‘lib, o‘zaro bog‘liq holda mavjudligidadir. Fizik jarayonlar o‘zgarganda,
ichidagilari namoyon bo‘ladi. Buni Nazzom quyidagi misol yordamida tushuntirgan: jism yonganda, olov
ajralib chiqadi, olovda yashirin holatda bo‘lgan sifatlar - issiqlik vayorug‘lik seziladi. Xuddi shu singari,
butun borliq jismlar bilan to‘labo‘lib, ular tabiiy jarayonlar o‘zgarishida turli darajada namoyon bo‘ladi va


background image

205

seziladi.

Uchinchi qarashga muvofiq, jismlar ham, aksidensiyalar ham borliqning tarkibiy qismlari hisoblanib,

ulaming asosini bo‘linmas elementlar tashkil etadi. Bu mulohaza islom ilohiyotchiligida atomizm g‘oyasi
sifatida mashhurdir [Nosirov R., Sirojiddinov SH, Ziyautdinova X. 2007: - B. 20- 22.]

Atomistik qarashlami IX asrda yashab, ijod qilgan Mu’ammar, Bishr b. Al-Mu’tamirlar ilgari surishgan.

Atomistik g‘oyani rivojlantirganlar qatorida Zakariyo ar-Roziy ham bo‘lgan. [Ashurov G. 1965.: - S. 101-
102]

Mustaqillikdavridabuyo‘nalishdagiizlanishlardanyanabiriB.O.To‘raevningmonografiyasida aks etgan.

Unda o‘rta asr musulmon xalqlari falsafasi, fani tarixida borliq, uning mavjudlik shakllari muammosi
bo‘yicha, garchi birlamchi manbalar yetarli foydalanilmaganbo‘lsada, asosiy qarashlar- substansional va
relyasion konsepsiyalar mavjud bo‘lganligi, ulaming mohiyati, funksional farqlari, o‘zaro munosabati tadqiq
etilib, ba’zi umumlashtiruvchi xulosalar berilgan. “Fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarni o‘rganar ekanmiz,
mavjud fazo va vaqtning u yoki bu belgilariga asoslanuvchi ikki o‘zaro qarama-qarshi konsepsiyalarni ko‘rish
mumkin. - deb yozadi B.O.To‘raev, - Ulardan bin fazo vavaqt degandafaqat (ulaming) mutlaq, o‘zgarmas,
barqarorbelgi, xossalari, tomonlarini tushunsa, ikkinchisi esa, ularning (ya’ni fazo va vaqtning - R.U.) nisbiy,
doimiy o‘zgarib turuvchi tasvirini ko‘rish, shakllantirishga urinib kelgan. Bu o‘zaro qarama-qarshi
konsepsiyalar - substansional va relyasion konsepsiyalardir” [ B.O. Turaev. 1992: - S. 7. ]. Biz bu yerda
substansional va relyasion konsepsiyalarning ontologiyada fazo va vaqt muammosiga oid ekanligini inobatga
olgan holda, va, ayni paytda, fazo va vaqtning moddiy olamning mavjudlik shakllari ekanligini nazarda tutib,
mazkur konsepsiyalarni borliq haqidagi tasavvurlami, ta’limotlami tasniflashga qo‘llasa bo‘ladi deb
hisoblaymiz.

Substansional konsepsiya vakillarining asosiy aqidalari quyidagicha: “fazo materiyaga va moddiy

o‘zaro ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan holda, materiyaning mavjudlik sharti (shakli)dir; u - mutlaq xarakterga
ega (substansiya). Vaqt esa nomoddiy substansiya bo‘lib, o‘zaro zich, fazo, materiya va harakatga bog‘liq
bo‘lmagan holda (alohida) mavjud; u borliq, fazo va harakatning mavjudligiga hal qiluvchi, asosli ta’sir
ko‘rsatadi; zamoniy munosabatlar mutlaq xarakter kasb etib, har qanday hisob tizimlarida bir xildirlar
(Demokrit - Nyuton konsepsiyasi)”.

[Turaev, B.1992: - S.6.] Qadimgi yunon falsafasida Demokrit, Gippokrat, Galen kabi mutafakkirlarning

tabiatshunoslik bilan chuqur bog‘liq bo‘lgan bu naturfalsafiy qarashlari keyinchalik o‘rta asrlardagi
musulmon falsafasida tabiyyun oqimi an’analari sifatida yuzaga chiqqan. Bu oqimning asosiy vakillari Jobir
ibn Xayyon, Muhammad Eronshaxriy [Sarton G.S.. 1927:. vol.I. 622-630], Zakariyo ar-Roziy [Karimov ,U.
1957.], Beruniy, Abu-l-Barakot al-Bag‘dodiy va boshqa buyuk tabiatshunos, naturfaylasuflar bo‘lishgan. Bu
haqda quyida bir muncha batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Ikkinchi oqim borliq, uning mavjudlik shakllari haqidagi relyasion konsepsiyadir. Relyasion konsepsiya

asoschilari Aristotel va uning maktabi vakillari hisoblanadi. Uning o‘rta asr musulmon falsafasidagi
izdoshlari, davomchilari - Kindiy, Forobiy, Ibn Miskavayh, Ibn Sino Umar Hayyom va boshqa mutafakkirlar
ham shu konsepsiyani e’tirof etadilar.

“Relyasion konsepsiya vakillari fazoni moddiy dunyoning tarkiblangan tizimi deb, narsa, jism

tomonidan egallanadigan joy deb qarashadi va uni “ham mavjudlik, yoki bir vaqtda mavjud bo‘lish tartibi”
(tizimi) deb ataydilar. U (ya’ni - fazo) tamomila moddiy tizimlarga ega va ularning harakati bilan bog‘liq
tarzda mavjud bo‘ladi, ya’ni, u-nisbiy, zgaruvchandir. Vaqt esa moddiy tizimlar va hodisalaming (narsalar
ketma-ketligi, tartibining) o‘zaro ta’siri va o‘zgarishlari oqibatidir. Fazo va vaqt, relyasion konsepsiyaga
ko‘ra, nisbiy xarakterga ega”.[ Turaev, B.1992: 6.21-23]

Shunisi diqqatga sazovorki, har ikki konsepsiya vakillari o‘rtasida borliq, uning mohiyati, taraqqiyoti,

mavjudlik usuli va shakllari yoki atributlari muammolari yuzasidan o‘ta qadim zamonlardan boshlab, butun
o‘rta asrlar-u, Uyg‘onish va YAngi davrlarda, to XX asrlargacha qizg‘in, keng koTamli bahs-munozaralar
davom etgan va relyasion konsepsiya faqat relyativistik fizika, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi vujudga
kelgan XIX asr oxiri-XX asr davomida ko‘proq tan olina boshladi, degan xulosani aytish mumkin. Biroq, bu
hali relyasion konsepsiyaning uzil- kesil g‘alabasi degani emas. Zero, substansial konsepsiyaning yana o‘zini


background image

206

ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risidahozirgi kvantfizikasida, umumantabiatshunoslikdaishora, gipotezalar
anchaginamavjud. [Turaev, В. 1992:s. 22-23.] Demak, borliq, uning mohiyati, taraqqiyoti, mavjudlikusuli va
shakllari yoki atributlari haqidagi ilmiy-falsafiy bahs-munozaralar davom etishi kutilmoqda. Bu esa borliq
muammosi bo‘yicha yana yangidan-yangi konsepsiya, nazariyalar ilgari surilishi mumkinligidan, bu borliq
to‘g‘risidagi mavjud tasavvurlarning yanada chuqurlashishidan dalolat beradi.

Lekin, biz uchun eng muhim, falsafiy tafakkur taraqqiyoti nuqtai nazaridan favqulodda ahamiyatga ega

holat shundaki, Sharq mutafakkirlari, xususan o‘rta asr musulmon xalqlari ilm-fani, falsafasining buyuk
vakillari Jobir, Eronshaxriy, Roziy, Beruniy, Bag‘dodiylar borliq muammosi bo‘yicha substansional
konsepsiyani, Kindiy, Forobiy, Ibn Miskavayh, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi Vatanimiz - Turkistondan,
yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz relyasion konsepsiyani o‘z davri fani, falsafasi taraqqiyoti
darajasida xulosalab berishda favqulodda o‘rin tutganlar, xizmat ko‘rsatganlar. Ayniqsa, o‘rta asrlar ilm-fani,
falsafasi asoschilari, quruvchilari bo‘lishgan relyasion konsepsiya vakili Ibn Sino bilan substansional
konsepsiya vakili Beruniyning yozishma-maktublari vositasida 3 bosqichda, muntazam va uzoq davom etgan
qizg‘in ilmiy-falsafiy bahs-munozaralari butun o‘rta asr ilm-fani, falsafasida borliq, uning mohiyati,
taraqqiyoti, mavjudlik usuli va shakllari borasidagi bahs-munozaralarning eng yuksak cho‘qqisi - toji bo‘lgan
edi. Buning ma’nosini faqat XX asr boshiga kelgandagina jahon ilm-fani, falsafasi, madaniyati
tadqiqotchilari, tarixchilari, xususan, K.Brokelmann, J.Sarton va boshqalar tushunib yetdilar va SHarq
mutafakkirlarining ilm- fan, falsafa taraqqiyotidagi yutuqlariga yuksak baho berdilar, ularni e’tirof etdilar. [
Brockelmann, 1902; Sarton, G.1948.]

Ana shu nuqtai nazardan Sharq mutafakkirlarining, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyning borliq,

uning mohiyati, mavjudligi, taraqqiyoti, haqidagi substansional qarashlarining kelib chiqishi, evolyusiyasi,
o‘ziga xosligi, bu taTimotga qo‘shgan hissalarini qayta anglash, bunda ular qo‘llagan usul va uslublarini
tadqiq qilish, umumlashtiruvchi xulosalarga kelish falsafiy tafakkur taraqqiyoti nuqtai-nazaridan muhim
ilmiy nazariy ahamiyat kasb etadi.

Xulosa.

Shunday qilib, biz tadqiq etayotgan Beruniyning naturfalsafiy ta’limoti, borliq, substansiya,

uning mohiyati, mavjudlikusuli, o‘zgarishi, taraqqiyoti, harakatva uning shakllari, fazo, vaqt haqidagi
qarashlari, G‘arb olimlarining yuqoridagi xulosalari, bergan baholari Beruniyning mazkur masala bo‘yicha
qarashlarini maxsus tadqiq etish, bunda, birinchi navbatda, allomaning borliq masalasini o‘ziga xos tarzda
qo‘yganligini yoritish lozimligini ko‘rsatadi.

ADABIYOTLAR:

1.

Abu Rayxon Beruniyning o‘z asarlariga o‘zi tuzgan ro‘yxati //Beruniy tug‘ilgan kunining 1000

yilligiga bag‘ishlangan to‘plam. -Toshkent: Fan. 1973. -B.230-243.

2.

Ashurov G. Filosofskie vzglyady Nosiri Xisrava. - Dushanbe, 1965. - S. 101-102.

3.

Al-Farabi. О tom, chto doljno predshestvovat izucheniyu filosofii //Al-Farabi. Filosofskie traktaty.

Alma - Ata: Nauka.

4.

Brockelmann C. Geschiete der arabischen Litteratur. Bd. I-II. -Weimar-Berlin. 1948.

5.

Frolova V.A. Problemy very i znaniya v arabskoy filosofii. - M.: Nauka, 1983. -169 s.

6.

Ley, German. Ocherki istorii srednevekogo materializma. -M.: IIL, 1962. - 588 s.

7.

Ley Hermann. Geschichte der Aufklarung und des Atheismus.-Berlin: 1966. - P. 1-2.

8.

Karimov U.I. Neizvestnoe sochinenie ar-Razi “Kniga tayny tayn” - Tashkent: Fan, 1957.

9.

Klassicheskaya nauka v Sredney Azii i sovremennaya sivilizasiya. - Tashkent: 2000. - 416 s.;

10.

Nosirov A. Beruniy to‘g‘risida bo‘lgan manbalaming qisqacha mazmuni //Beruniy - o‘rta asrning

buyuk olimi. - Toshkent: O‘zFA, 1950. - 168 b.

11.

Nosirov R.N., Sirojiddinov SH.S., ZiyautdinovaX.A. O‘rta Osiyolik allomalaming falsafiy

qarashlari. - Toshkent: Falsafa va huquq, 2007, - B. 20-22.

12.

Petrushevskiy I.P.Islam v Irane. Kurs leksiy. -SPb. 1996. -S. 62-73; Usmonov M.A. Islom aqidalari

va marosimlari. - Toshkent:O‘zbekiston, 1975,- 120 b.

13.

Polosin V.V “Fixrist” Ibn an-Nodima как istoriko - kulturniy pamyatnik X v. - M.: Nauka, 1989.


background image

207

14.

Qur’oni Karim. Taijima va ilmiy-tarixiy izohlar. 1-kitob. Usmonov M.A, Irisov A., Abdullaev I.,

Uvatov U. - Toshkent: Fan, 2004. - B. 67-68.

15.

Qodirov M. Markaziy Osiyo, YAqin va O‘rta SHarq xalqlari falsafiy tafakkuri. - Toshkent: Falsafa

va huquq, 2009. -B.17.

16.

Rasulov A., Abdurahmonov M. Beruniy bilan Ibn Sinoning savol-javoblari. - Toshkent: Fan, 1956;

17.

ShermuxammedovaN.A.Borliq va rivojlanish falsafaksi.- T.:Noshir, 2013,720b.

18.

To‘raev B.O. Hozirgi zamon tabiatshunosligi konsepsiyalari fani bo‘yicha asosiy tushunchalarga

izohli lug‘at. - Toshkent: Tafakkur, 2009. - B. 7.

19.

To‘raev B.O. Borliq // Falsafa darsligi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2005. - B. 45.

20.

Sharipov A. Maloizvestnye stranisy perepiski mejdu Biruni i Ibn Sinoy //Obshestvennye nauki v

Uzbekistane, - 1965. - № 11;

21.

Sharipov A Velikiy myslitel Beruni. -Tashkent: Uzbekistan, 1972. - S. 12.

22.

Sarton G.S. Intraduction to the history of Science. Baltimore. 1927. vol.I. 622-630.

23.

Xayrullaev. M. Mirovozzrenie Farabi i yego znachenie v istorii filosofii. - Toshkent: Fan, 1967. -

S. 179

24.

Xayrullaev. M. Uyg‘onish davri va SHarq mutafakkiri. - Toshkent: O‘zbekiston, 1971. -B. 118-

119.

25.

Шермухамедова, Нигинахон. "Фалсафа." (2010).

26.

Namozova, Yulduz. "СОЦИАЛЬНО-ИСТОРИЧЕСКИЙ ГЕНЕЗИС ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ

ФИЛОСОФИИ, СФОРМУЛИРОВАННОЙ В ТУРКЕСТАНЕ." Theoretical & Applied Science 10 (2019):
370-374.

27.

Нишанова, Озода Джалолитдиновна. "HUMAN ORIGINS AND NATIONAL FEATURES OF

THE UZBEK ETHNIC CULTURE." Theoretical & Applied Science 9 (2015): 124-126.

Библиографические ссылки

Abu Rayxon Bcruniyning o'z asarlariga o'zi tuzgan ro'yxati Z/Bcruniy tug'ilgan kunining 1000 yilligiga bag'ishlangan to'plam. Toshkent: Fan. 1973. -B.230-243.

Ashurov G. Filosofskie vzglyady Nosiri Xisrava. - Dushanbe, 1965. - S. 101-102.

Al-Farabi. О tom, chto doljno predshestvovat izucheniyu filosofii //Al-Farabi. Filosofskie traktaty. Alma - Ata: Nauka.

Brockclmann C. Gcschictc dcr arabischcn Littcratur. Bd. I-II. -Weimar-Berlin. 1948.

Frolova V.A. Problemy very i znaniya v arabskoy filosofii. - M.: Nauka, 1983. -169 s.

Ley, German. Ocherki istorii srednevekogo materializma. -M.: 11L, 1962. - 588 s.

Ley Hermann. Gcschichtc dcr Aufklarung und des Athcismus.-Berlin: 1966.-P. 1-2.

Karimov U.I. Ncizvcstnoc sochincnic ar-Razi “Kniga tayny tayn” - Tashkent: Fan, 1957.

Klassicheskaya nauka v Sredney Azii i sovremennaya sivilizasiya. - Tashkent: 2000. -416 s.;

Nosirov A. Beruniy to'g'risida bo'lgan manbalaming qisqaeha mazmuni //Beruniy - o'rta asming buyuk olimi. - Toshkent: O'zFA, 1950. - 168 b.

Nosirov R.N., Sirojiddinov SH.S., ZiyautdinovaX.A. O'rta Osiyolik allomalaming falsafly qarashlari. - Toshkent: Falsafa va huquq, 2007, - B. 20-22.

Petrushevskiy l.P.lslam v Irane. Kurs leksiy. -SPb. 1996. -S. 62-73; Usmonov M.A. Islom aqidalari va marosimlari. Toshkent:O‘zbekiston, 1975,- 120 b.

Polosin V.V “Fixrist” Ibn an-Nodima как istoriko - kulturniy pamyatnik X v. - M.: Nauka, 1989.

Qur’oni Karim. Taijima va ilmiy-tarixiy izohlar. 1-kitob. Usmonov M.A, Irisov A., Abdullaev I., Uvatov U. - Toshkent: Fan, 2004. - B. 67 68.

Qodirov M. Markaziy Osiyo, YAqin va O'rta SHarq xalqlari falsafly tafakkuri. - Toshkent: Falsafa va huquq, 2009. -В. 17.

Rasulov A., Abdurahmonov M. Beruniy bilan Ibn Sinoning savol-javoblari. - Toshkent: Fan, 1956;

ShermuxammedovaN.A.Borliq va rivojlanish falsafaksi.- T.:Noshir, 2013,720b.

To'raev B.O. llozirgi zamon tabiatshunosligi konsepsiyalari fani bo'yicha asosiy tushunchalarga izohli lug'at. - Toshkent: Tafakkur, 2009. - B. 7.

To'raev B.O. Borliq // Falsafa darsligi. -Toshkent: O'zbekiston, 2005. - B. 45.

Sharipov A. Maloizvestnye stranisy perepiski mejdu Biruni i Ibn Sinoy //Obshestvennye nauki v Uzbekistane, - 1965. - № II;

Sharipov A Velikiy myslitcl Bcruni. -Tashkent: Uzbekistan, 1972. - S. 12.

Sarton G.S. Intraduction to the history of Science. Baltimore. 1927. vol.I. 622-630.

Xayrullaev. M. Mirovozzrenie Farabi i yego znachenie v istorii filosofii. - Toshkent: Fan, 1967. -S. 179

Xayrullaev. M. Uyg'onish davri va SHarq mutafakkiri. - Toshkent: O'zbekiston, 1971. -B. 118-119.

Шермухамедова, Нигинахон. "Фалсафа." (2010).

Namozova, Yulduz. "СОЦИАЛЬНО-ИСТОРИЧЕСКИЙ ГЕНЕЗИС ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ФИЛОСОФИИ, СФОРМУЛИРОВАННОЙ В ТУРКЕСТАНЕ." Theoretical & Applied Science 10 (2019): 370-374.

Нишанова, Озода Джалолитдиновна. "HUMAN ORIGINS AND NATIONAL FEATURES OF THE UZBEK ETHNIC CULTURE." Theoretical & Applied Science 9 (2015): 124-126.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов