O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy vektorida afg‘onistondagi hokimiyat o‘zgarishining (iqtisodiy, siyosiy va gumanitar) o‘rni

CC BY f
92-100
0
0
Поделиться
Абдурасулов, Ж. (2023). O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy vektorida afg‘onistondagi hokimiyat o‘zgarishining (iqtisodiy, siyosiy va gumanitar) o‘rni . Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 92–100. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/28696
Жавлон Абдурасулов, Университет Мировой Экономики и Дипломатии
Аспирант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Surunkali beqarorliklar natijasida Afg‘oniston iqtisodiyoti og‘ir tushkunlikni boshidan kechirmoqda. Bir necha yillar davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu davlatning iqtisodiyotini tiklash va siyosiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha bir qancha yordam va ko‘maklar taqdim etilishiga qaramay, ko‘zlangan natijaga erishilmadi va 2021-yilning avgust oyida Afg‘oniston toliblar nazoratiga o‘tdi. Ushbu maqolada Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelish fonida O‘zbekiston tashqi siyosiy vektorida iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy o‘zgarishlar, o‘zaro munosabatlarning istiqbollari, oqibatlari, imkoniyatlari o‘rganiladi va tahlil qilinadi.


background image

139

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSIY VEKTORIDA

AFG‘ONISTONDAGI HOKIMIYAT O‘ZGARISHINING (IQTISODIY,

SIYOSIY VA GUMANITAR) O‘RNI

Abdurasulov Javlon Abdurayim o‘g‘li,

JIDU doktoranti E-mail:

abdurasulovj1402@gmail.com

Annotatsiya.

Surunkali beqarorliklar natijasida Afg‘oniston iqtisodiyoti

og‘ir tushkunlikni boshidan kechirmoqda. Bir necha yillar davomida xalqaro

hamjamiyat tomonidan ushbu davlatning iqtisodiyotini tiklash va siyosiy

barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha bir qancha yordam va ko‘maklar taqdim

etilishiga qaramay, ko‘zlangan natijaga erishilmadi va 2021-yilning avgust

oyida Afg‘oniston toliblar nazoratiga o‘tdi. Ushbu maqolada Afg‘onistonda

hokimiyat tepasiga toliblar kelish fonida O‘zbekiston tashqi siyosiy vektorida

iqtisodiy, ijtimoiy, geosiyosiy o‘zgarishlar, o‘zaro munosabatlarning

istiqbollari, oqibatlari, imkoniyatlari o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

toliblar, ichki va tashqi siyosat, pushtun, iqtisodiy

vaziyat, Markaziy Osiyo, hukumat, milliy manfaatlar, davlat, ziddiyat, urush,

hamkorlik, strategiya, xalqaro maydon.

Yangi O‘zbekistonning 2022/2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot

strategiyasiga binoan, 2022-yilning Davlat dasturida qo‘shni davlatlar bilan

munosabatlarni izchil davom ettirish belgilab olindi, unda:

- O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama

va mintaqaviy aloqalarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha

kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

- oliy va yuqori darajada o‘zaro tashriflarni tashkil etish;

- yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi

mavjud


background image

140

to‘siqlarni birgalikda hal etish;

- savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash

hajmining o‘sishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar

yaratish belgilangan [1].

Sanab o‘tilgan yo‘nalishlar doirasida O‘zbekiston qo‘shni davlatlar

bilan faol hamkorliklarni yanada jadallashtirishni maqsad qilib oldi.

Afg‘onistondagi 2021-yil avgust oyida hokimiyat o‘zgarishi O‘zbekiston

diplomatiyasi oldida jiddiy imtihonlardan biri bo‘ldi. Afg‘oniston bilan bevosita

chegaradosh bo‘lgan davlatlar milliy va tashqi siyosatida xavfsizlik choralarini

kuchaytirish masalasi kun tartibiga chiqdi. Shuningdek, ekstremistik

mafkuraning tarqalishi va terrorchilar sonining ko‘payishi xavfi tufayli jiddiy

xavfsizlik tashvishlarini keltirib chiqardi. Binobarin, O‘zbekistonda ham.

1996-yilda Tolibon Afg‘onistonni ilk bor egallab, mamlakatni xalqaro

terrorizm maydoniga aylantirgani haligacha hech kimning esidan chiqmagan.

Tolibon harakati Afg‘oniston dastlabki nazorati natijasida Markaziy Osiyo

notinch hududga aylanib, ko‘plab teraktlar sodir etilgan va ular hokimiyatining

og‘ir oqibatlarini Markaziy Osiyo davlatlari ham boshdan kechirgan.

Tolibon harakati va uning Markaziy Osiyo mamlakatlariga harbiy

tahdidi yetarli darajada jiddiy deb baholashga asos qilib quyidagi faktlarni

keltirishimiz mumkin: rasmiy ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, 2021- yilning

may-avgust oylarida Tolibon tomonidan mag‘lubiyatga uchragan Afg‘oniston

armiyasi xalqaro armiya reytingida 140 davlat orasida 75-o‘rinni egallagandi.

Tojikiston armiyasi 99-o‘rin, Turkmaniston 86-o‘rin [2], O‘zbekiston 2021-yilda

51-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, 67- pog‘onani band qilgan. Bu

ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, qo‘shni davlatlarning Tolibonga

qarshi mudofaa qobiliyati katta savol ostida qolishi mumkin, degan qarashlar

bir qancha mutaxassislar tomonidan yangragani ahamiyatga ega.

Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Beata Ashment fikricha, Markaziy

Osiyo davlatlari Afg‘onistondagi hokimiyat almashinuvi borasida ikki xil

pozitsiyaga ega: Turkmaniston va O‘zbekiston hokimiyatga kelgan Tolibon


background image

141

bilan aloqalar tarafdori, O'zbekiston vakillari hatto Dohada Tolibon bilan

muzokaralarda qatnashgan. Tojikiston esa, aksincha, Tolibonga muxolif

hisoblanadi. Tolibon Tojikistonda faoliyati taqiqlangan radikal islomiy

tashkilotdir.

Mintaqada Tolibonga nisbatan turlicha munosabatning bir qancha

sabablari bor. Turkmaniston va O‘zbekiston, birinchi navbatda, aniq iqtisodiy

manfaatlarga ega. Gap O‘zbekiston eksporti haqida bormoqda, uning

salmoqli qismini elektr energiyasi tashkil etadi. Afg‘oniston bo‘yicha ekspert

S.Bo‘ronovning fikriga ko‘ra, “O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hozirgi kunda

o‘rtadagi masofani saqlagan holda, uzoqlashib ham, yaqinlashib ham

ketmasligi kerak”. Lekin “hozirgi vaziyatda Qo‘shtepa kanali qurilishi

boshlanganidan so‘ng O‘zbekiston Afg‘oniston bilan munosabatlarni

yaxshilashi va kanal qurilishida faol ishtirok etishi kerakligi” kabi qarama-

qarshi fikrlarni Afg‘oniston bo‘yicha mutaxassis R.Rashidov ilgari surgandi[3].

Jahon hamjamiyati va mintaqadagi qo‘shni davlatlarning munosabati

haqida gapirganda mavjud vaziyatni kuzatish mumkin: O‘zbekiston

Afg‘oniston bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanish tendensiyalarining

pasayish ehtimolidan xavotir bildirmoqda. Senat raisining birinchi o‘rinbosari

va JIDU rektori Sodiq Safoevning “Xalq so‘zi” gazetasining 2021-yil 27-mart

sonidagi “Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi mintaqada

osoyishtalik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi” nomli

maqolasida “Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, O‘zbekiston uchun

transport yo‘laklarini barpo qilish juda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda

mamlakatimiz chiqayotgan eng yaqin dengiz portlari 3000 kilometr uzoqlikda

joylashgan. O‘zbekistondan o‘sha portlarga borishga o‘rtacha 20-22 kun

ketadi. Bu ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistondagi eksport-import

operatsiyalari o‘rtacha 15-17 foiz qimmatlashuviga sabab bo‘layapti.

Transafg‘on yo‘lagi ochilsa, mazkur masofa 2-3 kungacha qisqaradi. Bu

nafaqat mintaqa, balki Afg‘oniston uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu

ma’noda aytganda, ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishi mintaqada


background image

142

barqaror rivojlanishning asosiy omili bo‘ladi, ayni paytda Osiyoning Yevropa

davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorligini faollashtirish, tranzit-

transport imkoniyatlari integratsiyalashuvini ta’minlash imkonini ham beradi”

deyiladi maqolada [4]

.

Rasmiy hokimiyatning qulashi so‘nggi yillarda

O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan barcha loyihalar (iqtisodiy,

infratuzilmaviy, transport va boshqalar) bo‘yicha kelishuvlarga xavf soladi.

Janubiy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish

bevosita mamlakatimizning qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni

ta’minlash bo‘yicha tashabbuslariga mos keladi. Prezidentimiz Shavkat

Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “yon qo‘shnimiz bo‘lgan Afg‘oniston Markaziy

Osiyo mintaqasining bir qismi hisoblanadi. O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari

asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan.

Afg‘oniston hududida ko‘plab mutafakkir olimlarimiz yashagan va o‘zidan

ulkan meros qoldirgan. Shuning uchun ushbu zaminda tezroq tinchlik

o‘rnatilishi, mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarning manfaatlarini hisobga

olgan holda, hamda ularning ishtirokida inklyuziv hukumat tuzilishini qo‘llab-

quvvatlaymiz.

Biz

Afg‘oniston

xavfsizligini mamlakatimiz xavfsizligi va butun mintaqaning barqarorligi va

farovonligi kafolati, deb qabul qilamiz va shunday bo‘lib qoladi”.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli

kitobida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik

aloqalarida savdo-iqtisodiy, tranzit-kommunikatsiya, transport-logistika va

energetika kabi sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va

tashabbuslarini ilgari surgan:

-

Markaziy

va

Janubiy

Osiyoda

Termiz-Mozori

Sharif- Kobul-Peshovar temir yo‘l tarmog‘i orqali zamonaviy, samarador va

xavfsiz

transport-logistika infratuzilmasini yaratish va ikki mintaqaning tranzit

salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish;

- Mamlakatlarimiz va BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari yetakchi


background image

143

ekspertlarini keng jalb etgan holda savdo, tranzit, chegaralardan o‘tish

borasida istiqbolli raqamli platformalarni joriy etish;

- Bepoyon mintaqalarimiz hududida hamkorlikda oziq-ovqat

xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini izlash;

- Xavfsizlik va barqarorlikka tahdid, jumladan, terrorizm, ekstremizm,

transmilliy, xususan, kibermakondagi jinoyatchilikka qarshi kurashishda

kuchlarni birlashtirish.

Janubiy Osiyo mamlakatimizning kelgusi istiqboldagi eng muhim

mintaqalardan biri. Shundan kelib chiqqan holda, Afg‘onistondagi hukumat va

shakllangan vaziyatga O‘zbekiston Respublikasining tutgan siyosati juda

qiziqarli. O‘zbekiston tashqi siyosatining Afg‘onistondagi vaziyatga nisbatan

yuritayotgan siyosatning bir nechta jihatlarini namoyish etadi. 1990-yillarda

Tolibon harakatini yakkalash siyosati o‘zini oqlamaganligini ko‘rsatmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat va avvalgi yillar tajribasi Afg‘onistonning yangi

hukumati bilan konstruktiv muloqotlarni davom ettirishni taqozo etmoqda.

Bunday yondashuv asosida yangi hukumatni xalqaro jamiyat qonunlarini

inkor etmagan holda qo‘shnilar bilan o‘zaro tinch-totuv yashashga intiluvchi

kuchga transformatsiyalash imkonini beradi degan ishonch bor.

Afg‘onistondagi vaziyat va jarayonlarga nisbatan O‘zbekistonning tutgan

pozitsiyasi va siyosatning amalga oshirilishini to‘laqonli siyosiy realizm va

qisman siyosiy konstruktvizim nazariyalariga kiritish mumkin. Bunday

pozitsiyani nafaqat O‘zbekiston, balki Yevropaning ba’zi mamlakatlari

(Rossiya, Belarus) va Osiyo (Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, BAA,

Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqalar) egallagan. O‘zbekiston

tomonidan bunday siyosat yuritilishi muayyan natijalarni bermoqda. Buni

«Tolibon» harakati boshchiligidagi hukumatning xavfsizlik borasidagi

O‘zbekiston hukumatiga bergan kafolatlari, o‘zbek xalqining buyuk

namoyandalari maqbaralarining tiklanishi va obodonlashtirilishi, iqtisodiy-

ijtimoiy loyihalar, jumladan, Termiz-Mozori- Sharif-Qobul-Qarachi Trans-

Osiyo temir yo‘l loyihasini tezlik bilan davom ettirish bo‘yicha tayyorgarligida


background image

144

ko‘rish mumkin.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston tashqi siyosatining

keyingi jihati bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldirib turuvchi

ustuvor yo‘nalishlar, yondashuvlar va omillarga ega, ya’ni:

-

geosiyosiy:

global davlatlar o‘rtasida geosiyosiy kurashlarning

oqibatlarini kamaytirish va yangi “katta o‘yin” (“Big game”)ni boshlashga

bo‘lgan harakatlarning oldini olish, beqarorlikning mamlakatdan tashqariga

chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

-

xavfsizlik va siyosat:

Afg‘oniston fuqarolarining, jumladan, o‘zbek

millatiga mansub aholining xavfsizligi, siyosiy huquqlarini

(mamlakat

aholisining 9%dan ortig‘i) va umumiy chegaradagi xavfsizlikni ta’minlash;

-

ijtimoiy:

Amerika harbiylari chiqib

ketishi va

Afg‘oniston

iqtisodiyotini moliyalashtirish to‘xtatilganligi bilan bog‘liq gumanitar

halokatning oldini olish (Afg‘onistonga moliyaviy yordam oqimlari 2009-yilda

100%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib, 42,9%, 2022-yilda 20% gacha

kamayganini qayd etish mumkin);

-

iqtisodiy:

Afg‘oniston bozori

O‘zbekiston uchun yirik eksport bozorlaridan biri hisoblanadi. Xususan,

birgina 2020-yilning o‘zida O‘zbekistonning ushbu mamlakatga eksporti

776,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Vaholanki, import hajmi 334 marotaba

kam bo‘lib, bor-yo‘g‘i 2,3 mln. dollarni tashkil etdi. Shuningdek, 2022-yilga

O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti 524,96 million dollarni, importi 9,06

million dollarni tashkil etdi. Afg‘oniston bilan o‘zaro tovar aylanmasini 1.4

mlrd. dollarga yetkazilishi diqqatga sazovar. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro

tovar aylanmasining o‘sishi har ikki davlat uchun ham o‘ta foydali bo‘lib, bu

so‘nggi yillarda iqtisodiy jihatdan jadal o‘sayotgan O‘zbekiston uchun minglab

qo‘shimcha ish o‘rinlari deganidir.

O‘zbekiston pozitsiyasining geosiyosiy jihati shundan iboratki,

mamlakat geostrategik o‘ringa ega bo‘lib (geografik determinizm), asta-

sekinlik bilan Yevroosiyoning strategik jihatdan muhim mintaqalariga

«darvoza» sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday holat, o‘z navbatida,


background image

145

mintaqa doirasida O‘zbekistonning milliy manfaatlarini muhofaza qilishi va

mustaqil siyosat yuritishi uchun zarur geostrategik o‘ringa (geografik

determinizm), jumladan, iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatga ega

ekanligidan dalolat beradi. Amaliyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Afg‘oniston

muammolarini harbiy kuch asosida yechish muvaffaqiyatsiz yakunlandi va

asosga ega emasdi. Shulardan kelib chiqqan holda, toliblar bilan “yumshoq

kuch” (soft power ) yordamida olib borilayotgan konstruktiv muzokaralar

(O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar misolida) Afg‘oniston aholisining hayoti

xavfsizligi va fuqarolik huquqlarini ta’minlash imkonini bermoqda, shu

jumladan, o‘zbek diasporasi vakillari uchun ham.

Mamlakatdagi bugungi vaziyatdan kelib chiqqan holda barcha

mamlakatlar va jahon hamjamiyatining asosiy vazifalaridan biri mamlakatdagi

gumanitar halokatning oldini olish vazifasi bo‘lishi kerak. Vaholanki, inson

hayoti haqida gap ketganda (bu yerda esa millionlab insonlar hayoti

to‘g‘risida, jumladan, aholining eng zaif qatlami hisoblanmish bolalar va

ayollar haqida so‘z bormoqda) barcha mamlakatlar va kuchlar uchun milliy

manfaatlar, ambitsiya va tamoyillarni chetga surib turish muhim.

Tizimli ravishda bunday siyosatning olib borilishi bir nechta dolzarb

masalalarni hal qilish imkonini yaratadi:

- Afg‘onistondagi tinch aholi ocharchilik va kasalliklardan halok

bo‘lishining oldini olish va gumanitar halokatni kamaytirish;

- “yumshoq kuch” (soft power) vositasi orqali O‘zbekistonning

xalqaro mavqeyini oshirish Qo‘shtepa kanalining qurilishni iqtisodiy va siyosiy

oqibatlarni O‘zbekiston uchun maksimal kamaytirish;

- “Afg‘on xalqini qutqarish” deb nomlangan xalqaro harakatning

muvofiqlashtiruvchisi va yetakchisiga aylanish, transport-logistika markaziga

aylanishi;

- Afg‘oniston hududidan o‘tadigan, Markaziy Osiyo davlatlarini

Janubiy Osiyo bilan bog‘lovchi Trans-Osiyo strategik temir yo‘li qurilishini

davom ettirish, «Surxon-Puli-Xumri” ETL kabi infratuzilmaviy loyihalarni


background image

146

yakuniga yetkazish.

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri

Afg‘onistonda mahalliy mahsulotlar savdosini saqlab qolish va Markaziy

Osiyoning transport-logistika markaziga aylantirishdan iborat.

Shunday qilib, O‘zbekiston Amerikadan so‘ng Xitoy ta’sir kuchi o‘sib

borayotgan Afg‘onistonda o‘zining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olganligini

qayd etishi lozim. Bu yo‘nalishlar nafaqat O‘zbekiston manfaatlarini aks

ettiradi, balki xalqaro me’yorlarga mos bo‘lib, Afg‘onistonning tinch aholisi

manfaatlariga ham mos keladi. Bunday pozitsiya birdaniga bir nechta

vazifalarni yechish imkonini berishi bilan birga har qanday vaziyatda ham

O‘zbekiston manfaatlari ustun bo‘lishi zarurligini va mamlakat uchun siyosiy

realizm va siyosiy konstruktivizm konsepsiyalari asosida siyosat yuritilishi

maqsadga muvofiq ekanini ham anglatadi. Siyosiy tuzumni o‘zgartirish

mumkin, siyosiy figuralarni o‘zgartirish mumkin, lekin qo‘shnini o‘zgartirib

bo‘lmaydi. Qo‘shni Afg‘oniston boshqaruviga qanday siyosiy kuchlar

kelishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston kuchli diplomatik salohiyatni ishga solib,

ular bilan umumiy siyosiy muloqat tilini topish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ш.М.Мирзиёев, “Янги Ўзбекистон стратегияси”, Тошкент,

2021. б-38.

2. “Янги Ўзбекистоннинг 2022-2026 йилларга мўлжалланган

Тараққиёт стратегияси”, Тошкент, 2022, б-12.

3. С. Сафоев, “Халқ сўзи” газетасининг 2021 йил 27 март

сонидаги “Афғонистон бўйича Тошкент халқаро конференцияси
минтақада осойишталик ва барқарорликни мустаҳкамлашда муҳим ўрин
тутади” б-6.

4. “Глобальные процессы и их влияние в центральную азию”

(Сборник тезисов научно-практической конференции 5 мая 2022 года)
Ташкент 2022 ст-137

5. Коргун В.Г. Формирование и эволюция политической

системы современного Афганистана (1919-1999 гг.). Автореф. дисс. док.
ист. наук. - М., 2000. 48 с.

6. Политический анализ и прогнозирование / Учебник для

ВУЗов. Под общ. Редакцией Семенова В.А. - Морсква: Юрайт, 2022. -


background image

147

433 с.

7. Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в

Центральной Азии. - М.: Библион, 2003. 364 с.

8. Hollingsworth J. Who are the Taliban and how did they take

control of Afghanistan so swiftly? / CNN. August 24,

2021.

https://edition.cnn.com/2021/08/16/middleeast/taliban-control-afghanistan-
explained-intl-hnk/index. html

9. Peter G. U.S. Marines launch key operation in Afghanistan /

Reuters.

03.07.2022.

http://www.tiscali.co.uk/news/newswire.php/news/reuters/2009/07/03/world/
us-marines-launch-key-operation-in-
afghanistan.html&template=/news/feeds/story-template-reuters.html

10. Nargiza, Kadirova, and Gafurova Sevara. "The perspectives of

consular offices’ activities of Uzbekistan on the development of trade and
economic relations with foreign countries in modern conditions." European
science 1 (11) (2016): 55-57.

11. Mirkhamidova, Mahinnora Nurullaevna. "Legal Aspects Of

Cooperation Of The Republic Of Uzbekistan Within The Islamic Development
Bank." The American Journal of Political Science Law and Criminology 3.02
(2021): 131-138.

12. Mirzayuldashevna, Khamdamova Shirin. "Practical realization of

the classical principle of the separation of powers: foreign experience and
achievements of Uzbekistan." Вестник науки и образования 14-1 (50)
(2018): 51-55.

Библиографические ссылки

Ш.М.Мирзиёев, “Янги Ўзбекистон стратегияси”, Тошкент, 2021. б-38.

“Янги Ўзбекистоннинг 2022-2026 йилларга мўлжалланган Тараққиёт стратегияси”, Тошкент, 2022, б-12.

С. Сафоев, “Халқ сўзи” газетасининг 2021 йил 27 март сонидаги “Афғонистон бўйича Тошкент халқаро конференцияси минтақада осойишталик ва барқарорликни мустаҳкамлашда муҳим ўрин тутади” б-6.

“Глобальные процессы и их влияние в центральную азию” (Сборник тезисов научно-практической конференции 5 мая 2022 года) Ташкент 2022 ст-137

Коргун В.Г. Формирование и эволюция политической системы современного Афганистана (1919-1999 гг.). Автореф. дисс. док. ист. наук. - М., 2000. 48 с.

Политический анализ и прогнозирование / Учебник для ВУЗов. Под общ. Редакцией Семенова В.А. - Морсква: Юрайт, 2022. - 433 с.

Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной Азии. - М.: Библион, 2003. 364 с.

Hollingsworth J. Who are the Taliban and how did they take control of Afghanistan so swiftly? / CNN. August 24, 2021. https://edition.cnn.com/2021/08/16/middleeast/taliban-control-afghanistan- explained-intl-hnk/index. html

Peter G. U.S. Marines launch key operation in Afghanistan / Reuters. 03.07.2022. http://www.tiscali.co.uk/news/newswire.php/news/reuters/2009/07/03/world/ us-marines-launch-key-operation-in- afghanistan.html&template=/news/feeds/story-template-reuters.html

Nargiza, Kadirova, and Gafurova Sevara. "The perspectives of consular offices’ activities of Uzbekistan on the development of trade and economic relations with foreign countries in modern conditions." European science 1 (11) (2016): 55-57.

Mirkhamidova, Mahinnora Nurullaevna. "Legal Aspects Of Cooperation Of The Republic Of Uzbekistan Within The Islamic Development Bank." The American Journal of Political Science Law and Criminology 3.02 (2021): 131-138.

Mirzayuldashevna, Khamdamova Shirin. "Practical realization of the classical principle of the separation of powers: foreign experience and achievements of Uzbekistan." Вестник науки и образования 14-1 (50) (2018): 51-55.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов