T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
222
ISSN:3030-3613
XULQI OG'ISHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI HAQIDA MA'LUMOT
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani
31-maktab amaliyotchi psixologi
Rasulova Feruza Murodullayevna
Annotatsiya:
Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan bolalarning psixologik holati,
ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ijtimoiy va oilaviy muhitning roli,
shuningdek, bunday bolalar bilan ishlashning samarali usullari yoritilgan. Muallif
bolalarda deviant xatti-harakatlarning sabablari va ularni tuzatish yo‘llarini tahlil qiladi
hamda amaliy tavsiyalar beradi.
Kalit so‘zlar:
xulqi og‘ishgan bolalar, deviant xulq, psixologik muammo,
ijtimoiy muhit, oila, reabilitatsiya, tarbiya, pedagogik
Hozirgi davr
rivojlanish dinamikasi, ayniqsa ijtimoiy andoza (stereotip)lardagi
chuqur va keskin o’zgarishlar nafaqat kattalar, balki bolalar oldiga ham yuqori
talablarni qo’ymoqda. Bularning barchasi oiladagi talabga javob bermaydigan
tarbiyaviy ta’sir, oshkora va yashirin qarovsizlik, qadriyatlarning buzilishi, bolalar
xulqida noijtimoiy, ya’ni jamiyatga yot bo’lgan holatlarning paydo bo’lishi kabi ruhiy
jarohat beruvchi ijtimoiy omillarning kuchayishiga olib keladi. Buning sabablari esa
quyidagilar: maktab va oiladagi kelishmovchiliklar, ijtimoiy moslashuvning
qiyinchiliklari; sog’liq bilan bog’liq muammolar; rivojlanishdan orqada qolish va h..
Bunday murakkab ijtimoiy sharoitda maktabning vazifasi har bir bolaga to’g’ri
yo’lni tanlashga yordam berishdan iborat. Maktab oiladan keyingi eng muhim ijtimoiy
muhit hisoblanib, u ijobiy ijtimoiy xulq qoidalarini o’quvchilar ongiga singdirishi,
bolaning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga imkoniyat tug’dirishi kerak. Bu
vazifalar ta’lim va tarbiyasida muammosi bor bolalarning ta’lim va tarbiya olishi
jarayonida muhim ahamiyatga ega, chunki bu bolalar o’z ijtimoiy vazifalarini
bajarmaydigan oilalarda yashaydilar
Shuning uchun hozirgi zamon maktabining bosh vazifalaridan biri o’quvchilar
o’rtasidagi negativ holatlar va noijtimoiy xulqning oldini olish.
Bu yo’nalishda maktabning vazifalari:
1. O’quvchilarning ijtimoiy malakasi, ijobiy qiziqishlarini rivojlantirish va bo’sh
vaqtlarini tashkillashtirishga yordamlashuvchi tadbirlarni o’tkazish.
2. Huquqbuzarlik, dars qoldirish, o’zlashtirmaslik muammolari bo’yicha
tadqiqot o’tkazish. (anketa, tashxis qo’yish va b.).
3. Mutaxassislarni jalb qilgan holda ijtimoiy, tibbiy, psixologik-pedagogik
yordamga muhtoj bolalar va oilalarni aniqlash.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
223
ISSN:3030-3613
4. Ota-onalar va o’quvchilar o’rtasida huquqiy tartib masalalari bo’yicha
tushuntirish ishlarini kuchaytirish.
5. Maktab oila va mahalla hamkorligida o’smirlar bilan olib boriladigan
tarbiyaviy profilaktika ishlari darajasini ko’tarish.
6. Farzandining o’qishi va tarbiyasida muammolar bo’lgan oilalarga yordam
berish.
7. Bolaning davomati va o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan sabablarni
bartaraf etishga ko’maklashish.
Bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagilar ishtirok etadilar:
Maktab xodimlari.
Maktab o’quvchilari.
Ota-onalar.
Turli jamoatchilik tashkiloti vakillari, jumladan mahalla qo’mitalari.
Bu yo’nalish bo’yicha ishlarni olib borishda keng spektrli metodlar-dan
foydalaniladi:
Konsultatsiyalar, monitoring, guruhli rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, treninglar,
leksiyalar, suhbatlar, anketalar, testlar.
Tor yo’nalishidagi metodikadan foydalanish.
Moslasha olmagan o’smir va uning yaqin atrofidagilari shaxsini o’rganish;
Birgalikdagi o’zaro harakat metodikasi.
Bolaning ijtimoiy farovonlik darajasini aniqlash metodikasi.
Xulqida chetga og’ishga moyillik tashxisini qo’yish metodikasi.
Asosiy yo’nalishlar.
1. O’quvchilarning o’zlashtirmaslik va darsga kelmasligining oldini olish
bo’yicha ishlar.
Agar o’quvchi biron bir sababga ko’ra o’quv dasturining ma’lum qismini
o’zlashtira olmasa, unda keyingi materialni ham o’zlashtira olmayman degan ruhiy
noqulaylik paydo bo’ladi, darsda o’zini keraksizday his qiladi, zerikadi va ko’chadan
topgan do’stlari, o’zi kabi bolalardan yupanch istaydi. Pirovardida, bu o’quvchi jinoiy
muhitning o’ljasi bo’lib qolishi mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, agar o’quvchi bir kun dars qoldirsa va bunga o’z
vaqtida chora ko’rilmasa, ushbu o’quvchida jazolanmaslik tuyg’usi paydo bo’ladi. U
bo’sh vaqtini bozorda, kompyuter klublarida o’tkaza boshlaydi, oson pul topish ilinjida
daydilik va tilanchilikka ham qo’shilishi mumkin. Bunday o’smirni giyohvandlik va
jinoiy faoliyatga jalb etish juda ham oson bo’ladi.
2
. O’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish.
O’quvchilarni keng ko’lamda sport bilan shug’ullanish, badiiy ijodiyot,
to’garaklarga jalb etish bolaning ijodiy tashabbuskorligini rivoj-lantirish, bo’sh vaqtini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
224
ISSN:3030-3613
faol va foydali o’tkazish, qonunga bo’ysunishni shakllantirishga yordam beruvchi
tarbiyaviy faoliyatning muhim yo’nalishlaridan biridir.
3. Sog’lom turmush tarzi targ’iboti
.
Hozirgi vaqtda o’quvchilarning jismoniy holati bir qancha sabablarga ko’ra
tashvishlidir. Ekologiyanig yomonligi, noratsional ovqatlanish, kam harakatlilik. o’z
sog’ligiga bo’lgan e’tiborsizlik bolalarning jismoniy sog’ligiga ta’sir ko’rsatmoqda.
4. Huquqiy tarbiya.
Voyaga yetmaganlar va ular ota-onalarining huquqiy masalalarga alohida
e’ tibor qaratishi bolalarda o’z xatti-xarakati doirasida.
Ushbu mavzu yuzasidan mutaxassislar fikri haqida malumot.
Allomalar va mutaxassislar fikri
1. Abu Nasr Forobiy
Forobiy inson tarbiyasida ijtimoiy muhitning katta ahamiyatga ega ekanligini
ta’kidlagan. Uning fikricha, insonning axloqiy-ruhiy kamolotiga jamiyatdagi tartib,
adolat va bilim asos bo‘ladi. Bu fikr xulqi og‘ishgan bolalarning tarbiyasida sog‘lom
ijtimoiy muhitning ahamiyatini ko‘rsatadi.
> "Yaxshi inson – bu jamiyatga foyda keltiradigan inson. Yomon muhitda esa
yaxshi inson yetishishi qiyin."
— Abu Nasr Forobiy
2. Ibn Sino
Ibn Sino o‘z asarlarida bolalarning ruhiy holatiga e’tibor berib, tarbiyada mehr,
sabr-toqat va o‘rnak bo‘lishni muhim deb bilgan. U bola shaxsiyati yoshligidan
shakllanishini, bu davrda qilingan har bir ta’sir uning kelajagiga ta’sir ko‘rsatishini
aytadi.
> "Aql va axloqning tarbiyasi – bu shifokor qo‘lida emas, ustoz va ota-onaning
qo‘lidadir."
— Ibn Sino
3. Lev Vygotskiy (zamonaviy psixolog)
Vygotskiy ijtimoiy muhit va madaniyatning bolaning rivojiga ta’siri haqida
chuqur ilmiy asoslar yaratgan. Uning fikricha, har bir bola rivojlanishida o‘ziga xos
“yaqin rivojlanish zonasi” mavjud bo‘lib, bu zona faqat ijobiy ijtimoiy muloqotda
ochiladi.
> "Bola faqat u bilan gaplashilsa, fikrlashni o‘rganadi; u faqat faoliyatda
rivojlanadi."
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
225
ISSN:3030-3613
— L.S. Vygotskiy
4. Z. Freud
Sigmund Freud bolaning xatti-harakatlaridagi buzilishlarni boshqarilmagan
ongsiz impulslar va oilaviy muammolar bilan bog‘laydi. U xulq buzilishlarini
psixoseksual rivojlanishdagi muammolar bilan tushuntiradi.
> "Bola psixologiyasi – bu inson ruhiyatining ildizi. Ildiz sog‘lom bo‘lmasa,
daraxt yaxshi meva bermaydi."
— Z. Freud
5. Erik Erikson
Erikson bola rivojlanishini bosqichma-bosqich tahlil qilgan. Uning fikricha, agar
bola muayyan bosqichda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘lsa, unda shaxsiy
inqiroz va salbiy xulq shakllanishi mumkin.
> "Bola uchun muhim narsa – bu ishonch, qabul qilinish va e’tibor."
— Erik Erikson
Xulosa sifatida:
Ushbu allomalar va psixologlar fikridan ko‘rinib turibdiki, xulqi og‘ishgan
bolalarning shakllanishida ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, psixologik yondashuv va
shaxsiy muloqot muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishda
bu qadriyatlar asos bo‘lishi kerak.
Xulosa:
Xulqi og‘ishgan bolalar bilan ishlashda psixologik yondashuvlar alohida
ahamiyatga ega. Ularning salbiy xatti-harakatlarini tuzatishda faqatgina jazolash emas,
balki muammoning ildizini aniqlash va ijobiy muhit yaratish orqali yechim topish
mumkin. Bu jarayonda psixolog, o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorligi muhimdir.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Karimova Z. "Psixologiya asoslari", Toshkent, 2020.
2. Ergashev S. "Bola psixologiyasi", Toshkent, 2019.
3. Xoldorova D. "Deviant xulq va yoshlar muammosi", Toshkent, 2021.
4. Vygotskiy L.S. "Psixologiya va ta’lim", Moskva, 2017.