Mualliflar

  • Tojimamatov Isroil Nurmamatovich
  • Mashrabova Charosxon Qaxramonjon qizi
  • Adilbekova Raxila

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103244

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: ASP.NET Core mijozlar bilan ishlash HTTP kontekst asinxron dasturlash keshlashtirish validatsiya xavfsizlik Clean Architecture SOLID tamoyillari unumdorlik kengayuvchanlik

Annotasiya

         Annotatsiya: Ushbu maqolada berilganlar bazasida axborot almashish sxemasi 
(Data Exchange Schema) tushunchasi, uning mohiyati, tuzilishi va amaliy qo‘llanilishi 
yoritilgan. Maqolada axborot almashish jarayonining asosiy bosqichlari, shu jumladan 
ma'lumotlarni kodlash, dekodlash va moslashtirish jarayonlari batafsil tahlil qilingan. 
Shuningdek, turli tizimlar o‘rtasida axborot almashish uchun zarur bo‘lgan sxemalar 
va  ularning  formatlari,  masalan,  XML,  JSON,  CSV  kabi  ma'lumotlar  almashish 
formatlari  ko‘rib chiqilgan. Maqola,  axborot tizimlari o‘rtasida samarali  va  xavfsiz 
axborot almashish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni va amaliy  yondashuvlarni 
taqdim etadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

162

ISSN:3030-3613

BERILGANLAR BAZASIDA AXBOROT ALMASHISH SXEMASI

Tojimamatov Isroil Nurmamatovich

Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi

israiltojimamatov@gmail.com

Mashrabova Charosxon Qaxramonjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs talabasi

charosxonmashrabova@gmail.com

Adilbekova Raxila

Botken Davlat Universitetining

Qizil-Qiya Gumanitar-pedagogikaInstituti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada berilganlar bazasida axborot almashish sxemasi

(Data Exchange Schema) tushunchasi, uning mohiyati, tuzilishi va amaliy qo‘llanilishi
yoritilgan. Maqolada axborot almashish jarayonining asosiy bosqichlari, shu jumladan
ma'lumotlarni kodlash, dekodlash va moslashtirish jarayonlari batafsil tahlil qilingan.
Shuningdek, turli tizimlar o‘rtasida axborot almashish uchun zarur bo‘lgan sxemalar
va ularning formatlari, masalan, XML, JSON, CSV kabi ma'lumotlar almashish
formatlari ko‘rib chiqilgan. Maqola, axborot tizimlari o‘rtasida samarali va xavfsiz
axborot almashish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni va amaliy yondashuvlarni
taqdim etadi.

Kalit so'zlar:

ASP.NET Core, mijozlar bilan ishlash, HTTP kontekst, asinxron

dasturlash, keshlashtirish, validatsiya, xavfsizlik, Clean Architecture, SOLID
tamoyillari, unumdorlik, kengayuvchanlik

Annotation:

This article discusses the concept of data exchange schema in

database systems, focusing on its significance, structure, and practical applications.
The paper analyzes the key stages of the data exchange process, including data
encoding, decoding, and mapping procedures. Furthermore, it examines the schemas
and formats required for information exchange between different systems, such as
XML, JSON, and CSV. The article provides theoretical foundations and practical
approaches essential for effective and secure information exchange between
information systems.

Keywords:

ASP.NET Core, client-side interaction, HTTP context,

asynchronous programming, caching, validation, security, Clean Architecture, SOLID
principles, performance, scalability

Аннотация:

В данной статье рассматривается концепция схемы обмена

данными в базах данных, ее значение, структура и практическое применение. В
статье подробно анализируются основные этапы процесса обмена данными,
включая кодирование, декодирование и сопоставление данных. Также


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

163

ISSN:3030-3613

рассматриваются схемы и форматы, необходимые для обмена информацией
между различными системами, такие как XML, JSON и CSV. Статья
предоставляет теоретические основы и практические подходы, необходимые для
эффективного и безопасного обмена информацией между информационными
системами.

Ключевые слова:

ASP.NET Core, взаимодействие с клиентами, HTTP-

контекст,

асинхронное

программирование,

кэширование,

валидация,

безопасность, Чистая архитектура (Clean Architecture), принципы SOLID,
производительность, масштабируемость

Kirish

Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir paytda, axborot

tizimlari o‘rtasida uzluksiz va ishonchli ma’lumot almashinuvini ta’minlash muhim
masalaga aylandi. Dasturiy tizimlarning murakkablashuvi, ularning tarqoq muhitlarda
ishlashi va turli platformalarda qurilishi natijasida ma’lumotlar bazasida axborot
almashish uchun yagona yondashuv va standartlarga ehtiyoj ortmoqda.

Berilganlar bazasida axborot almashish sxemasi (Data Exchange Schema) — bu

turli dasturiy komponentlar yoki tizimlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish
va qayta ishlash jarayonlarini soddalashtiruvchi va moslashtiruvchi muhim vositadir.
Ushbu sxemalar ma’lumotlar formatlarini, strukturalarini va kodlash usullarini
standartlashtirish orqali tizimlararo integratsiyani ta’minlaydi. Ayniqsa, REST API,
XML, JSON, CSV kabi formatlar asosida ishlovchi zamonaviy ilovalarda bu jarayon
markaziy o‘rin tutadi.

Axborot almashish sxemalarining to‘g‘ri loyihalanganligi va samarali ishlashi

nafaqat tizimlar o‘rtasida ma’lumotlar ishonchliligini ta’minlaydi, balki dasturiy
ta'minotning xavfsizlik, unumdorlik, kengayuvchanlik va moslashuvchanlik kabi
asosiy ko‘rsatkichlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu ishda berilganlar bazasida axborot almashish sxemalarining nazariy

asoslari, texnik jihatlari, zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘lanishi hamda real
dasturlarda qo‘llanilish usullari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ASP.NET
Core, HTTP kontekst, asinxron dasturlash, keshlashtirish, validatsiya, xavfsizlik,
Clean Architecture va SOLID tamoyillari asosida ushbu jarayonlarni qanday amalga
oshirish mumkinligi ham yoritiladi.

Asosiy qism:

Berilganlar bazasi —bu tuzilgan, tartiblangan va

boshqariladigan ma’lumotlar to‘plamidir. Ular BDBT —Berilganlar Bazasini
Boshqarish Tizimi yordamida boshqariladi. Bunday tizimlar foydalanuvchilarga
ma’lumotlar bilan turli amallarni bajarish —yaratish,o‘chirish, yangilash va so‘rov
yuborish imkonini beradi.Berilganlar bazasi turlari:1.Munosabatli BB –ma’lumotlar
jadvallar shaklida saqlanadi. (masalan, MySQL, PostgreSQL, Oracle).2.NoSQL BB


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

164

ISSN:3030-3613

–strukturasi qat’iy bo‘lmagan, yirik hajmli ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan
(MongoDB, Cassandra).3.Grafik BB –obyektlar va ular orasidagi munosabatlar
graf ko‘rinishida saqlanadi (Neo4j).4.Obyektga yo‘naltirilgan BB –dasturlashdagi
obyektlar asosida qurilgan BB (db4o, ObjectDB).Axborot almashinuvi mohiyati va
zarurati. Axborot almashinuvi —bu bir tizimdan ikkinchisiga yoki bir
foydalanuvchidan boshqasiga ma’lumot uzatish jarayonidir. Ma’lumotlar bazasida bu
almashuv ichki va tashqi darajada amalga oshiriladi:1.Ichki axborot almashuvi –bir
tizim doirasidagi komponentlar o‘rtasidagi almashuv.2.Tashqi axborot almashuvi –
turli tizimlar (masalan, moliyaviy tizim bilan logistika tizimi) o‘rtasidagi
almashuv.Axborot almashinuvi sxemalari. Axborot almashinuvi sxemasi –bu
ma’lumotlar qanday usulda, qanday formatda,qaysi qatlamlarda va qanday
protokollar orqali uzatilishini ifodalovchi strukturadir. U quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:1.Ma’lumotni aniqlash (qaysi ma’lumotlar uzatiladi).

2.Ma’lumotni tayyorlash (formatlash, normallashtirish).3.Ma’lumotni uzatish (API,
servislar, fayllar).4.Qabul qilish va qayta ishlash.Almashuv sxemasi samarali bo‘lishi
uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:Formatlar (XML, JSON, CSV)Protokollar
(HTTP,

SOAP,

REST,

GraphQL)Interfeyslar

(API,

WebService)Axborot

almashinuvi texnologiyalari. Zamonaviy texnologiyalar orqali ma’lumotlar
almashinuvi ancha avtomatlashtirilgan va xavfsizlashtirilgan. Quyida ularning
ba’zilari keltirilgan:API (Application Programming Interface) ETL (Extract,
Transform, Load) Message Queue tizimlari Application Programming Interface —bu
dasturlar va tizimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan interfeys
yoki protokoldir. API, dasturlarga bir-biri bilan muloqot qilish imkonini beradi,
turli xizmatlar va funksiyalarni bir tizimga kiritishga imkon yaratadi. API’lar,
odatda, ma’lum bir dastur yoki xizmatning ichki ishlashini yashiradi, shuningdek,
dasturchilarga ular bilan muloqot qilish uchun maxsus qo‘llanmalarga, metodlarga
va protokollarga kirish imkoniyatini beradi.Application Programming ning Asosiy
Xususiyatlari1.Modullik: API’lar tizimni modullar bilan ajratib, har bir modul
o‘zining alohida vazifasini bajaradi. Dasturchi faqat kerakli modul bilan ishlaydi va
boshqa qismlar bilan bog‘lanmasdan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.2.Interfeys:
API’lar interfeys orqali tizimning ichki ishini ko‘rmasdan unga ulanish imkoniyatini
beradi. API’lar odatda metodlar va funksiyalarni taqdim etadi, bu metodlar orqali
foydalanuvchilar

tizimga

so‘rovlar

yuborishi

va

javoblar

olishi

mumkin.3.Kengaytirilgan imkoniyatlar: API yordamida dasturlar o‘z
imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Masalan, bir dastur boshqa bir dastur bilan
bog‘lanib, qo‘shimcha funktsiyalarni ishlatishi mumkin (masalan, Google Maps API,
Twitter API).4.Ma’lumotlarni almashish: API’lar, asosan, ma’lumotlarni almashish
uchun ishlatiladi. Ular tizimlar o‘rtasida ma’lumotlarni olish, yuborish va
boshqarish uchun yordam beradi.Extract, Transform, Load —bu ma’lumotlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

165

ISSN:3030-3613

bazasidan ma’lumotlarni olish, ularni o‘zgartirish va keyinchalik boshqa tizimga
yuklash jarayonini ifodalovchi tushuncha. ETL —ma’lumotlar integratsiyasi va
boshqaruvi sohasida keng qo‘llaniladi, ayniqsa, ma’lumotlar omborlarida yoki
ma’lumotlarni bir tizimdan boshqasiga ko‘chirishda muhim o‘rin tutadi.Extract,
Transform, Load turlari:1.Batch ETL jarayoni —bu ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtda
yoki belgilangan intervalda yig‘ish, transformatsiya qilish va yuklash jarayonidir.
Real-time ETL jarayoni —bu ma’lumotlar doimiy ravishda, real vaqt rejimida
yig‘iladi, transformatsiya qilinadi va yuklanadi.2.Real-time ETL jarayoni —bu
ma’lumotlar doimiy ravishda, real vaqt rejimida yig‘iladi, transformatsiya qilinadi va
yuklanadi. Bu usul, ma’lumotlar oqimi (streaming) asosida ishlaydi, ya’ni
ma’lumotlar paydo bo‘lar-yo‘qolmasdan tizimga kiritiladi.3.Micro-batch ETL
jarayonida ma’lumotlar kichik to‘plamlar (batch) holida qayta ishlanadi. Bu jarayon
real vaqt va batch ETL usullari o‘rtasidagi o‘rta yo‘ldir, ma’lumotlar ma’lum bir
kichik intervalda yig‘iladi va tizimga kiritiladi.4.ELT—bu ETL jarayonining bir turi
bo‘lib, unda ma’lumotlar avval ma’lumotlar bazasiga yoki omborga yuklanadi,
keyin esa transformatsiya qilinadi. ELT usuli, ayniqsa, kuchli ma’lumotlar bazalari
yoki omborlarda samarali ishlaydi, chunki ular ma’lumotlarni yuklash va
transformatsiya qilishni tezda amalga oshiradi.5.Hybrid ETL jarayoni —bu batch va
real-time ETL metodlarining kombinatsiyasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkala
jarayonni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu usul, ma’lumotlarni har ikki
tarzda (to‘plamlar va oqimlar) boshqarishni ta’minlaydi.Message Queue tizimlari—
bu tizimlar o‘rtasida asinxron ma’lumot almashinuvi va muloqotni ta’minlash
uchun ishlatiladigan texnologiyalardir. Message Queue (MQ) tizimlari, bir tizimdan
boshqa tizimga ma’lumotlarni yuborish va qabul qilishni tartibga solib,
xatoliklar, uzilishlarva yukni balanslashni boshqarishga yordam beradi. Asosan, bu
tizimlar ma’lumotlarni xabarlarga ajratib, ularni saqlash va kerakli vaqt va tartibda
olishni ta’minlaydi.Message Queue tizimlarining Asosiy
Vazifalari1. Asinxron muloqot: Message Queue tizimlari tizimlar o‘rtasida asinxron
(simultansiz) muloqotni ta’minlaydi, bu esa har bir tizimning o‘z vaqtida ishlashiga
imkon beradi. Ma’lumotlar yuborilganidan so‘ng, qabul qiluvchi tizim ular bilan
ishlash uchun tayyor bo‘lganda ularga kirishim koniyatiga ega bo‘ladi.
2.Yukni balanslash: Message Queue tizimlari bir nechta iste’molchilar o‘rtasida
xabarlarni tarqatishda yordam beradi. Bu jarayon tizimdagi ishlov berish quvvatini
optimallashtirishga yordam beradi, chunki xabarlar iste’molchilar tomonidan qayta
ishlanishi uchun navbatda turadi.3.Qattiq tizimlarni ajratish: Tizimlar o‘rtasida
muloqot qilishni saqlab qolish uchun, ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi
o‘rniga, Message Queue orqali saqlanadi. Bu, bir tizim ishlamay qolganda, boshqa
tizimlar faol bo‘lishi mumkinligini ta’minlaydi.Xulosa: Berilganlar bazasi va
axborot almashinish texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va rivojlanishlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

166

ISSN:3030-3613

zamonamizda biznes va texnologiyalarni bir-biriga bog‘laydigan muhim omillarga
aylangan. Berilganlar bazalari (BB) axborotni samarali saqlash, ishlov berish va
uzatish imkoniyatlarini yaratadi. Har bir tizim o‘zining ma’lumotlar bazasiga ega
bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil etilishi va samarali boshqarilishi yuqori
samaradorlikka erishish imkonini beradi.Axborot almashinuvi sxemalarining to‘g‘ri
tashkil etilishi, ma’lumotlarni uzatish formatlari va protokollarini to‘g‘ri tanlash
tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani samarali tarzda amalga oshiradi. API, ETL va
Message Queue tizimlari kabi texnologiyalar, tizimlar orasidagi ma’lumot
almashuvini

avtomatlashtirish,

xavfsizlashtirish

va

ish

jarayonlarini

optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi.API tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani
ta’minlash, ETL esa ma’lumotlarni integratsiya qilish va boshqarishni osonlashtiradi.
Message Queue tizimlari esa asinxron muloqotni va yukni balanslashni
ta’minlaydi, bu esa tizimlarning ishonchliligi va samaradorligini oshiradi.Shunday
qilib, axborot almashinuvi texnologiyalari, berilganlar bazasining turli turlari va
tizimlar o‘rtasidagi muloqotnisamarali tashkil etish zamonaviy texnologik
infratuzilmaning asosini tashkil etadi. Bu jarayonlarning to‘g‘ri amalga oshirilishi,
ma’lumotlar bilan ishlashni ancha samarali va tezkor qilishga imkon beradi, bu esa
oxir-oqibatda biznes jarayonlarini optimallashtirishga olib keladi.
Axborot almashish (yoki informatsiyani uzatish) – bu ikki yoki undan ortiq subyekt
(foydalanuvchi, tizim, qurilma yoki dastur) o‘rtasida ma’lumotlar yetkazilishi
jarayonidir.

Uzatilish yo‘nalishiga ko‘ra:

Tur

Tavsifi

Biryo‘nalishli (Simplex)

Axborot faqat bitta tomonga yuboriladi, qaytadan
javob

bo‘lmaydi.

Misol: Televizor – faqat ko‘rsatuv uzatiladi,
tomoshabin javob bermaydi.

Ikki yo‘nalishli navbatma-navbat
(Half-Duplex)

Har ikki tomon axborot yuborishi mumkin, lekin
navbat

bilan.

Misol: Radiostansiya (piyoda-aloqa qurilmasi)

Ikki yo‘nalishli bir vaqtning o‘zida
(Full-Duplex)

Har ikki tomon bir vaqtda axborot yuboradi va
oladi.
Misol: Telefon suhbati

Ishtirokchilar soniga ko‘ra:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

167

ISSN:3030-3613

Tur

Tavsifi

Bir-birga (One-to-One)

Bitta jo‘natuvchi, bitta qabul qiluvchi.
Misol: SMS, e-mail

Bir-ko‘pchilikka (One-to-Many)

Bitta jo‘natuvchi bir nechta qabul qiluvchilarga
yuboradi.
Misol: Televizion eshittirish

Ko‘pchilikdan-ko‘pchilikka
(Many-to-Many)

Har bir ishtirokchi yuboruvchi va qabul qiluvchi
bo‘lishi

mumkin.

Misol: Guruhli chat (Telegram guruhlar)

Texnologik vositasiga ko‘ra:

Tur

Tavsifi

Qo‘lda (Offline) Hujjatlar, maktublar, fleshkalar orqali axborot uzatiladi

Elektron

Elektron pochta, fayl uzatish, internet orqali

Tarmoq asosida LAN, WAN orqali avtomatik ravishda almashiladi

Bulutli

Cloud xizmatlar (Google Drive, Dropbox) orqali uzatish

Uslubiga ko‘ra:

Tur

Tavsifi

Sinxron (Syncronous)

Axborot real vaqtda uzatiladi, tomonlar bir vaqtda onlayn
bo‘ladi.
Misol: Videoqo‘ng‘iroq

Asinxron
(Asynchronous)

Tomonlar bir vaqtda onlayn bo‘lishi shart emas.
Misol: Elektron pochta

Maqsadiga ko‘ra:

Tur

Tavsifi

Axborot tarqatish Yagona manbadan ko‘pchilikka tarqatiladi (yangiliklar, xabarlar)

Axborot
almashinuvi

Ikki yoki undan ortiq tomon o‘zaro ma’lumot uzatadi (korxona va
foydalanuvchi)

Axborot yig‘ish

Axborot bir manbada jamlanadi (so‘rovnomalar, tizimlar)


Axborot almashish shakllari – bu axborotni qanday usulda, qanday yo‘l bilan uzatish
va qabul qilishni ifodalaydi. Shakllar odatda aloqa uslubi, vositasi va ishtirokchilariga
qarab farqlanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

168

ISSN:3030-3613

1. Og‘zaki (verbal) axborot almashish
Tavsifi: So‘z orqali axborot uzatish.
Misollar:

1.Telefon suhbati
2.Yig‘ilishda gapirish
3.Darsda o‘qituvchining tushuntirishi

Afzallik:

Tez

va

jonli

aloqa

Kamchilik: Hujjatli iz qoldirmaydi

2. Yozma axborot almashish
Tavsifi: Axborot matn orqali uzatiladi.
Misollar:

1.Elektron pochta
2.Rasmiy hujjatlar, maktublar
3.SMS yoki chat xabarlari

Afzallik: Hujjatli tasdiq qoladi
Kamchilik: Tezlikda sekinroq
3. Elektron axborot almashish (Digital Communication)
Tavsifi: Elektron qurilmalar va raqamli texnologiyalar orqali uzatiladi.
Misollar:

1.Kompyuter tarmoqlari orqali fayl yuborish
2.API orqali tizimlararo axborot almashish
3.Web-sayt orqali ma’lumot olish

Afzallik:

Avtomatik,

keng

miqyosda,

tez

Kamchilik: Texnik nosozlikka moyil
4. Tarmoq orqali axborot almashish
Tavsifi: Internet, lokal tarmoq (LAN) yoki global tarmoq (WAN) orqali amalga
oshiriladi.
Shakllari:

1.Client-server modelida
2.Peer-to-peer (P2P) tarmoq orqali
3.Bulutli xizmatlar orqali (Google Drive, OneDrive)


5. Avtomatik axborot almashish (tizimlararo)
Tavsifi: Kompyuter tizimlari avtomatik tarzda ma’lumot almashadi.
Misollar:

1.Bank tizimlari o‘rtasida tranzaksiyalar
2.Davlat xizmatlari (masalan, soliq va YHXBB ma’lumot almashuvi)


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

169

ISSN:3030-3613

6. Shaxsiy va guruhli axborot almashish

Shakl

Tavsifi

Misollar

Shaxsiy Bir kishi bilan bevosita almashish SMS, email, shaxsiy suhbat

Guruhli Bir nechta ishtirokchi o‘rtasida

Telegram/WhatsApp

guruhlari,

forumlar

Ommaviy

Barcha

foydalanuvchilarga

uzatiladi

Web saytlar, ijtimoiy tarmoqlar


Shakllarning taqqoslanishi (jadvalda):

Shakl

Afzalliklari

Kamchiliklari

Og‘zaki

Tez, jonli, tushunarli

Iz qolmaydi, unutilishi mumkin

Yozma

Hujjatli tasdiq

Sekinroq, vaqt talab qiladi

Elektron

Tez, avtomatik, zamonaviy

Texnik nosozlik bo‘lishi mumkin

Tarmoq orqali

Masofadan, global o‘zaro
aloqa

Internetga bog‘liq

Tizimlararo
(avtoatik)

Ishonchli, doimiy almashuv

Soha bo‘yicha sozlash talab
etiladi

Xulosa

Axborot almashish zamonaviy jamiyat va texnologik taraqqiyotning ajralmas

qismlaridan biridir. Turli tizimlar, tashkilotlar va insonlar o‘rtasidagi samarali
hamkorlik aynan to‘g‘ri tashkil etilgan axborot almashish shakllari orqali amalga
oshiriladi.

Axborot almashishning asosiy shakllari — og‘zaki, yozma, elektron, tarmoq

asosidagi va avtomatik (tizimlararo) shakllardir. Har bir shaklning o‘ziga xos
afzalliklari va qo‘llanilish sohasi mavjud. Masalan, og‘zaki almashish tez amalga
oshadi, biroq rasmiy tasdiq qolmaydi. Yozma shakl hujjat sifatida saqlanishi mumkin,
elektron shakl esa tezkor va avtomatlashtirilgan aloqa imkonini beradi.
Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa internet va tarmoq tizimlari, axborot almashish
jarayonini yanada yengillashtirdi. Kompaniyalar, davlat organlari va foydalanuvchilar
o‘rtasidagi axborot oqimi avtomatik tizimlar yordamida uzluksiz amalga oshmoqda.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, axborot almashish shakllarini chuqur tushunish va
ulardan to‘g‘ri foydalanish, har qanday tashkilot yoki tizimning samarali ishlashi
uchun muhim omildir. Bu bilimlar hozirgi raqamli asrda har bir mutaxassis uchun zarur
bo‘lgan ko‘nikmalardan biridir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

170

ISSN:3030-3613

Foydanilgan adabiyotlar:

1.

Tojimamatov, I. N. (2023). NOSQL MA’LUMOTLAR BAZASI: TANQIDIY
TAHLIL VA TAQQOSLASH. IJODKOR O‘QITUVCHI, 3(28), 134–146.

2.

Tojimamatov, I. N., & Doniyorbek, A. (2023). KATTA HAJMLI
MA’LUMOTLAR AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI. OBRAZOVANIE
NAUKA I INNOVATSIONNYE IDEI V MIRE, 18(6), 66–70.

3.

Tojimamatov, I. N., Topvoldiyeva, H., Karimova, N., & Inomova, G. (2023).
GRAFIK MA’LUMOTLAR BAZASI. Евразийский журнал технологий и
инноваций, 1(4), 75–84.

4.

Tojimamatov, I. N., Olimov, A. F., Khaydarova, O. T., & Tojiboyev, M. M. (2023).
CREATING

A

DATA

SCIENCE

ROADMAP

AND

ANALYSIS.

PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(23), 242–250.

5.

Tojimamatov, I. N., & Azizjon o‘g‘li, N. A. Z. (2024). The SQL server language
and its structure. American Journal of Open University Education, 1(1), 11–15.

6.

Tojimamatov, I. N., & Usmonova, S. (2023). DATA MINING MASALALARI VA
ULARNING YECHIMLARI. “TRENDS OF MODERN SCIENCE AND
PRACTICE”, 1(2), 60–63.

7.

Tojimamatov, I. N., & Saidjamolova, B. M. (2023). BIZNESDA «BIG DATA»
TEXNOLOGIYALARI

VA

ULARNING

AHAMIYATI.

Лучшие

интеллектуальные исследования, 11(4), 56–63.

8.

Tojimamatov, I. N., & Ne’matillayev, A. H. (2023). BIG DATA
TEXNOLOGIYALARI VA UNING MUAMMOLARI. ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(1), 61–64.

9.

Tojimamatov, I. N., & Mamasidiqova, I. (2023). Data Mining Texnalogiyalari
Metodlari Va Bosqichlari Hamda Data Science Jarayonlar. Центральноазиатский
журнал образования и инноваций, 2(3 Part 2), 18–21.

10.

Tojimamatov, I. N., & Gulhayo, M. (2023). MA’LUMOTLARNI QAYTA
ISHLASHDA ERP TIZIMLARI. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA
SAP TIZIMLARI. Journal of Integrated Education and Research, 2(4), 87–89.

Bibliografik manbalar

Foydanilgan adabiyotlar:

Tojimamatov, I. N. (2023). NOSQL MA’LUMOTLAR BAZASI: TANQIDIY

TAHLIL VA TAQQOSLASH. IJODKOR O‘QITUVCHI, 3(28), 134–146.

Tojimamatov, I. N., & Doniyorbek, A. (2023). KATTA HAJMLI

MA’LUMOTLAR AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI. OBRAZOVANIE

NAUKA I INNOVATSIONNYE IDEI V MIRE, 18(6), 66–70.

Tojimamatov, I. N., Topvoldiyeva, H., Karimova, N., & Inomova, G. (2023).

GRAFIK MA’LUMOTLAR BAZASI. Евразийский журнал технологий и

инноваций, 1(4), 75–84.

Tojimamatov, I. N., Olimov, A. F., Khaydarova, O. T., & Tojiboyev, M. M. (2023).

CREATING A DATA SCIENCE ROADMAP AND ANALYSIS.

PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(23), 242–250.

Tojimamatov, I. N., & Azizjon o‘g‘li, N. A. Z. (2024). The SQL server language

and its structure. American Journal of Open University Education, 1(1), 11–15.

Tojimamatov, I. N., & Usmonova, S. (2023). DATA MINING MASALALARI VA

ULARNING YECHIMLARI. “TRENDS OF MODERN SCIENCE AND

PRACTICE”, 1(2), 60–63.

Tojimamatov, I. N., & Saidjamolova, B. M. (2023). BIZNESDA «BIG DATA»

TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI. Лучшие

интеллектуальные исследования, 11(4), 56–63.

Tojimamatov, I. N., & Ne’matillayev, A. H. (2023). BIG DATA

TEXNOLOGIYALARI VA UNING MUAMMOLARI. ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 19(1), 61–64.

Tojimamatov, I. N., & Mamasidiqova, I. (2023). Data Mining Texnalogiyalari

Metodlari Va Bosqichlari Hamda Data Science Jarayonlar. Центральноазиатский

журнал образования и инноваций, 2(3 Part 2), 18–21.

Tojimamatov, I. N., & Gulhayo, M. (2023). MA’LUMOTLARNI QAYTA

ISHLASHDA ERP TIZIMLARI. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA

SAP TIZIMLARI. Journal of Integrated Education and Research, 2(4), 87–89.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Quvvatali Rahimov, Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, Abdumannopova Dildora Akmaljonovna, ADO-NET TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA HISOBOTLAR VA FORMALARNI SHAKLLANTIRISH , Tadqiqotlar: Jild 63 № 2 (2025)

Quvvatali Rahimov, Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, Abduraximova Shaxnozabonu Axmadjon qizi, SANOAT VA AVTOMATLASHTIRISH SOHASIDA TRIGGERLARNING QO‘LLANILISHI VA AHAMIYATI. , Tadqiqotlar: Jild 63 № 2 (2025)

Quvvatali Rahimov, Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, Muhammaddiyorova Madina Bahodirjon qizi, BLOKLASH SHAKLLARI VA MEXANIZMLARINING BANK TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI , Tadqiqotlar: Jild 63 № 2 (2025)