Mualliflar

  • Quvvatali Rahimov
  • Tojimamatov Isroil Nurmamatovich
  • Muhammaddiyorova Madina Bahodirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103251

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Bloklash bank tizimlari berilganlar bazasi tranzaksiya ma’lumotlar integralligi deadlock ikki fazali bloklash Microsoft SQL Server sinxronlashtirish pul o‘tkazmalari.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Maqola  bank  tizimlarida  bloklash  mexanizmlarining 
qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Umumiy, eksklyuziv bloklash va 2PL prinsiplari tahlil 
qilinadi. Pul o‘tkazmalari va hisob balansini sinxronlashtirish misollari orqali bloklash 
ahamiyati ko‘rsatiladi. Deadlock holatlari va ularni bartaraf etish usullari yoritiladi. 
Microsoft SQL Server’da bloklash qisqacha ko‘rib chiqiladi. Maqola mutaxassislar va 
talabalar uchun foydali manba hisoblanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

115

ISSN:3030-3613

BLOKLASH SHAKLLARI VA MEXANIZMLARINING BANK

TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI

Quvvatali Rahimov

Farg`ona Davlat Universiteti, (PhD),

quvvatali.rahimov@gmail.com,

Tojimamatov Isroil Nurmamatovich

Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi

israiltojimamatov@gmail.com

Muhammaddiyorova Madina Bahodirjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs talabasi

mmuhammaddiyorova0110@gmail.com

Annotatsiya:

Maqola

bank

tizimlarida

bloklash

mexanizmlarining

qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Umumiy, eksklyuziv bloklash va 2PL prinsiplari tahlil
qilinadi. Pul o‘tkazmalari va hisob balansini sinxronlashtirish misollari orqali bloklash
ahamiyati ko‘rsatiladi. Deadlock holatlari va ularni bartaraf etish usullari yoritiladi.
Microsoft SQL Server’da bloklash qisqacha ko‘rib chiqiladi. Maqola mutaxassislar va
talabalar uchun foydali manba hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Bloklash, bank tizimlari, berilganlar bazasi, tranzaksiya,

ma’lumotlar integralligi, deadlock, ikki fazali bloklash, Microsoft SQL Server,
sinxronlashtirish, pul o‘tkazmalari.

Аннотация:

Статья посвящена применению механизмов блокировки в

банковских системах. Рассматриваются общие, эксклюзивные блокировки и
принципы 2PL. Показана значимость блокировок на примерах переводов средств
и синхронизации баланса счетов. Освещены тупиковые ситуации и методы их
устранения. Кратко описана реализация блокировок в Microsoft SQL Server.
Статья полезна для специалистов и студентов.

Ключевые слова:

Блокировка, банковские системы, база данных,

транзакция, целостность данных, тупик (deadlock), двухфазная блокировка,
Microsoft SQL Server, синхронизация, денежные переводы.

Abstract:

The article explores the application of locking mechanisms in banking

systems. It analyzes shared, exclusive locks, and 2PL principles. The importance of
locks is demonstrated through money transfers and account balance synchronization
examples. Deadlock situations and their resolution methods are discussed. A brief
overview of lock implementation in Microsoft SQL Server is provided. The article is a
valuable resource for professionals and students.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

116

ISSN:3030-3613

Keywords:

Locking, banking systems, database, transaction, data integrity,

deadlock, two-phase locking, Microsoft SQL Server, synchronization, money
transfers.

Kirish

Zamonaviy axborot tizimlarida berilganlar bazalari ma’lumotlar integralligi va

tranzaksiyalarni sinxronlashtirishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu
jarayonda bloklash mexanizmlari tranzaksiyalar o‘rtasidagi konfliktlarni oldini olish
va ma’lumotlarning izchil holatda saqlanishini kafolatlash uchun asosiy vosita sifatida
xizmat qiladi. Umumiy (shared), eksklyuziv (exclusive) va boshqa bloklash turlari,
shuningdek, ikki fazali bloklash (2PL) kabi mexanizmlar berilganlar bazasi
tizimlarining samarali ishlashini ta’minlaydi. Ayniqsa, bank tizimlari kabi yuqori
darajada ishonchli va sinxronlashtirilgan operatsiyalarni talab qiluvchi sohalarda
bloklash mexanizmlari alohida ahamiyatga ega. Masalan, pul o‘tkazmalari yoki hisob
balansini yangilash jarayonida noto‘g‘ri sinxronlashtirish jiddiy moliyaviy xatolarga
olib kelishi mumkin. Bank tizimlari doirasida bloklash mexanizmlari nafaqat
ma’lumotlar integralligini ta’minlaydi, balki deadlock kabi muammolarni bartaraf
etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola blokirovka shakllarini tahlil qilish va
ularning bank tizimlaridagi amaliy qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Maqolada umumiy va eksklyuziv bloklash, 2PL prinsiplari va deadlock holatlarini hal
qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Microsoft SQL Server misolida bloklash
mexanizmlarining zamonaviy berilganlar bazasi tizimlarida qanday amalga oshirilishi
qisqacha yoritiladi. Maqola bank tizimlari, berilganlar bazasi mutaxassislari va ushbu
sohada bilim olmoqchi bo‘lgan talabalar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilishga
qaratilgan.

Berilganlar bazalarida tranzaksiyalarni sinxronlashtirish va ma’lumotlar

integralligini ta’minlash uchun bloklash mexanizmlari muhim ahamiyatga ega.
Bloklash tranzaksiyalarni parallel ravishda bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
konfliktlarni oldini oladi va ma’lumotlarning izchil holatda saqlanishini kafolatlaydi.
Ushbu bo‘limda blokirovka shakllari, ularning turlari va ikki fazali bloklash (2PL)
prinsiplari ko‘rib chiqiladi.

Bloklash mexanizmlari turli shakllarda qo‘llaniladi, ularning har biri ma’lum bir

vazifani bajaradi. Eng keng tarqalgan blokirovka turlari quyidagilardan iborat:

Umumiy bloklash (Shared Lock): Ushbu turdagi bloklash bir nechta
tranzaksiyalarga ma’lumotni faqat o‘qish imkonini beradi. Masalan, bir
tranzaksiya ma’lumotni o‘qiyotgan bo‘lsa, boshqa tranzaksiyalar ham uni
o‘qishi mumkin, lekin uni o‘zgartirish (yozish) taqiqlanadi. Bu ma’lumotni
o‘qishda izchillikni ta’minlaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

117

ISSN:3030-3613

Eksklyuziv bloklash (Exclusive Lock): Eksklyuziv bloklash ma’lumotni faqat
bitta tranzaksiya tomonidan o‘qish va yozish uchun bloklaydi. Bu turdagi
bloklash ma’lumotni o‘zgartirishda boshqa tranzaksiyalarning aralashuvini
oldini oladi. Masalan, agar tranzaksiya ma’lumotni yangilayotgan bo‘lsa,
boshqa tranzaksiyalar bu ma’lumotni na o‘qiy oladi, na o‘zgartira oladi.

Yangilash bloklash (Update Lock): Bu bloklash ma’lumotni o‘qishga ruxsat
beradi, lekin uni yangilashga tayyorlanayotgan tranzaksiyalar uchun maxsus
ishlatiladi. U deadlock holatlarini kamaytirishga yordam beradi. Misol uchun,
agar ikkita tranzaksiya bir xil hisob balansini yangilamoqchi bo‘lsa, update lock
birinchi tranzaksiyaga ma’lumotni o‘qish va yangilashga ruxsat beradi, ikkinchi
tranzaksiyani esa kutishga majbur qiladi, bu esa eksklyuziv bloklashga o‘tishdan
oldin konfliktlarni kamaytiradi.


Bloklashlar turli darajalarda qo‘llanilishi mumkin: qator darajasida (row-level),

sahifa darajasida (page-level) yoki butun jadval darajasida (table-level). Qator
darajasidagi bloklash eng keng tarqalgan bo‘lib, u faqat ma’lum bir qatorni bloklaydi
va boshqa qatorlar bilan ishlashga imkon beradi, bu esa tizimning samaradorligini
oshiradi. Ikki fazali blokirovka (2PL) prinsiplari.

Bloklash mexanizmlarining samarali ishlashi uchun ikki fazali bloklash (Two-

Phase Locking, 2PL) protokoli keng qo‘llaniladi. 2PL protokoli tranzaksiyalarni ikki
bosqichda boshqaradi: Kengayish fazasi (Growing Phase): Bu bosqichda tranzaksiya
kerakli ma’lumotlarni bloklaydi, ya’ni bloklashlar qo‘yiladi, lekin hech qanday
bloklash olib tashlanmaydi. Qisqarish fazasi (Shrinking Phase): Bu bosqichda
tranzaksiya barcha operatsiyalarni bajarib bo‘lgach, bloklashlar olib tashlanadi, ya’ni
ma’lumotlar boshqa tranzaksiyalar uchun ochiladi. 2PL protokoli tranzaksiyalarning
seriyalashuvini (serializability) ta’minlaydi, ya’ni tranzaksiyalar parallel ravishda
bajarilsa ham, ularning natijasi ketma-ket bajarilgandek bo‘ladi. Bu ma’lumotlar
integralligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq, 2PL protokoli deadlock
holatlarini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Masalan, agar ikkita tranzaksiya bir-birining
bloklagan ma’lumotlarini kutsa, deadlock yuzaga keladi. Bunday holatlarni bartaraf
etish uchun deadlock aniqlash (deadlock detection) va oldini olish (deadlock
prevention) usullari qo‘llaniladi.

Bloklash va uning muammolari.
Bloklash mexanizmlari foydali bo‘lsa-da, ular ba’zi muammolarni keltirib

chiqarishi mumkin. Eng keng tarqalgan muammo – deadlock holati. Deadlock ikkita
yoki undan ko‘p tranzaksiya bir-birining bloklagan resurslarini kutganda yuzaga
keladi. Masalan, tranzaksiya A hisob X ni eksklyuziv blokirovka bilan bloklaydi va
hisob Y ni yangilashni kutadi. Shu bilan birga, tranzaksiya B hisob Y ni bloklaydi va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

118

ISSN:3030-3613

hisob X ni kutadi. Natijada, ikkala tranzaksiya ham davom eta olmaydi, ya’ni deadlock
yuzaga keladi. SQL Server’da deadlock aniqlash algoritmi (deadlock detection) ushbu
holatni aniqlaydi va odatda bir tranzaksiyani to‘xtatib, boshqasiga davom etish
imkonini beradi. Buni oldini olish uchun tranzaksiyalar resurslarni doim bir xil tartibda
bloklashi tavsiya etiladi. Bloklash mexanizmlari tranzaksiyalarni sinxronlashtirishda
muhim vosita bo‘lib, ayniqsa bank tizimlari kabi yuqori darajada ishonch talab qiluvchi
sohalarda keng qo‘llaniladi.

Bank tizimlari yuqori darajada ishonch va sinxronlashtirish talab qiluvchi

sohalardan biridir. Pul o‘tkazmalari, hisob balansini yangilash va boshqa moliyaviy
operatsiyalar paytida ma’lumotlar integralligini ta’minlash uchun blokirovka
mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu bo‘limda blokirovka mexanizmlarining
bank tizimlaridagi amaliy qo‘llanilishi misollar orqali tahlil qilinadi.

Bank tizimlarida eng keng tarqalgan operatsiyalardan biri pul o‘tkazmalaridir.

Faraz qilaylik, foydalanuvchi A dan foydalanuvchi B ga 1000 so‘m pul o‘tkazmoqchi.
Bu jarayonda ikkita tranzaksiya amalga oshiriladi: A ning hisobidan 1000 so‘m
ayiriladi va B ning hisobiga 1000 so‘m qo‘shiladi. Agar ushbu operatsiyalar
sinxronlashtirilmasa, ma’lumotlar integralligi buzilishi mumkin. Masalan, agar A ning
hisobidan pul ayirilgan bo‘lsa, lekin tizim nosozligi tufayli B ning hisobiga pul
qo‘shilmagan bo‘lsa, moliyaviy xato yuzaga keladi. Bunday holatlarni oldini olish
uchun eksklyuziv bloklash qo‘llaniladi. Tranzaksiya boshlanganda A va B ning hisob
ma’lumotlari eksklyuziv blokirovka bilan bloklanadi, ya’ni boshqa tranzaksiyalar bu
ma’lumotlarni o‘qiy olmaydi yoki o‘zgartira olmaydi. Quyidagi tarzda jarayon amalga
oshiriladi:

1.

Tranzaksiya A ning hisobini bloklaydi va balansidan 1000 so‘m ayiradi.

2.

Tranzaksiya B ning hisobini bloklaydi va balansiga 1000 so‘m qo‘shadi.

3.

Operatsiya muvaffaqiyatli bajarilgach, bloklashlar olib tashlanadi va tranzaksiya
tasdiqlanadi (commit).

Bu jarayon ACID (Atomicity, Consistency, Isolation, Durability) xususiyatlarini

ta’minlaydi, chunki tranzaksiya to‘liq bajariladi yoki umuman bajarilmaydi.

Faraz qilaylik, bank tizimidan foydalanuvchi X dan foydalanuvchi Y ga 1500 so‘m

pul o‘tkazishi kerak. SQL Serverda bu jarayon quyidagi tarzda amalga oshirilishi
mumkin:

Dastlab baza yaratildi va yangi jadval ham hosil qilinib, ma’lumotlar kiritildi va

tranzaksiya boshlanadi:


CREATE

DATABASE

BANK_TIZIMI

;

USE

BANK_TIZIMI

;

GO


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

119

ISSN:3030-3613

DROP

TABLE

IF

EXISTS

HISOBLAR

;

GO

CREATE

TABLE

HISOBLAR

(

HISOB_ID

VARCHAR

(

10

)

PRIMARY

KEY

,

BALANS

DECIMAL

(

18

,

2

)

);

GO

INSERT

INTO

HISOBLAR

(

HISOB_ID

,

BALANS

)

VALUES

(

'X'

,

5000

),

(

'Y'

,

3000

);

GO

-- TRANZAKSIYANI BOSHLASH

BEGIN

TRANSACTION

;

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

-

1500

WHERE

HISOB_ID

=

'X'

;

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

+

1500

WHERE

HISOB_ID

=

'Y'

;

COMMIT

TRANSACTION

;

GO

SELECT

*

FROM

HISOBLAR

GO

Natija:

HISOB_ID

BALANS

1

X

3500.00

2

Y

4500.00


Ushbu kod faqat bitta tranzaksiya amalga oshirilganligini ko‘rsatadi. Quyida

esa parallel tranzaksiyalar o‘rtasidagi konfliktlarni ko‘rsatish uchun SQL kod
keltirilgan:


USE

BANK_TIZIMI

-- Tranzaksiya 1: X dan Y ga 1500 so‘m o‘tkazish

BEGIN

TRANSACTION

;

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

-

1500

WHERE

HISOB_ID

=

'X'

;

WAITFOR

DELAY

'00:00:05'

;

-- 5 soniya kechikish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

120

ISSN:3030-3613

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

+

1500

WHERE

HISOB_ID

=

'Y'

;

COMMIT

TRANSACTION

;

-- Tranzaksiya 2: Y dan X ga 1000 so‘m o‘tkazish (parallel ishlaydi)

BEGIN

TRANSACTION

;

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

-

1000

WHERE

HISOB_ID

=

'Y'

;

WAITFOR

DELAY

'00:00:05'

;

-- 5 soniya kechikish

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

+

1000

WHERE

HISOB_ID

=

'X'

;

COMMIT

TRANSACTION

;

Tranzaksiya 1 da tranzaksiya X hisobidan 1500 so‘m ayiradi, 5 soniya kutadi

(parallel tranzaksiya bilan sinxronlash uchun), keyin Y hisobiga 1500 so‘m qo‘shadi.
ROWLOCK qatorni bloklaydi, boshqa tranzaksiyalarning aralashuvining oldini oladi.
Muvaffaqiyatli tugagach, o‘zgarishlar tasdiqlanadi (COMMIT).

Tranzaksiya 2 da esa tranzaksiya Y hisobidan 1000 so‘m ayiradi, 5 soniya

kutadi, keyin X hisobiga 1000 so‘m qo‘shadi. Parallel ishlaydi va ROWLOCK bilan
sinxronlashtiriladi. Tasdiqlash (COMMIT) bilan o‘zgarishlar saqlanadi.

Ikkala tranzaksiya bir vaqtning o‘zida ishlaydi. Tranzaksiya 1 X ni bloklaydi

va Y ni kutadi, Tranzaksiya 2 Y ni bloklaydi va X ni kutadi. 5 soniyalik kechikish
(WAITFOR DELAY) tufayli deadlock holati yuzaga kelishi mumkin, chunki har bir
tranzaksiya boshqasining bloklagan resursini kutadi. SQL Server deadlockni aniqlab,
bir tranzaksiyani to‘xtatadi (masalan, “Transaction was deadlocked” xatosi chiqadi) va
boshqasi davom etadi.

SQL Serverda blokirovkalar samaradorligini oshirish uchun “lock escalation”

mexanizmi qo‘llaniladi. Agar tranzaksiya ko‘p qatorlarni bloklasa, SQL Server
resurslarni tejash uchun qator darajasidagi bloklashdan sahifa yoki jadval darajasiga
o‘tadi. Masalan, minglab qatorlarni yangilashda jadval darajasidagi bloklash avtomatik
qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, tranzaksiya izolyatsiya darajalari (isolation levels)
muhim rol o‘ynaydi. Masalan, READ COMMITTED bank operatsiyalarida keng
tarqalgan bo‘lsa, yuqori izchillik talab qilinadigan holatlarda SERIALIZABLE
ishlatiladi. Misol uchun, quyida agar “HISOBLAR” jadvalida ko‘p qatorlar bo‘lsa
(masalan, 5000 dan ortiq), SQL Server qator darajasidagi bloklashdan jadval


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

121

ISSN:3030-3613

darajasidagi bloklashga o‘tadi (lock escalation). Buni tekshirish uchun SQL Server
Management Studio’da “Activity Monitor”dan locklarni kuzatish mumkin.

USE

BANK_TIZIMI

;

GO

-- Katta miqdorda qatorlarni yangilash

BEGIN

TRANSACTION

;

UPDATE

HISOBLAR

WITH

(

ROWLOCK

)

SET

BALANS

=

BALANS

+

100

WHERE

BALANS

>

0

;

-- Barcha hisoblarni yangilash

COMMIT

TRANSACTION

;

-- Natijani ko‘rish

SELECT

*

FROM

HISOBLAR

;

Xulosa

Maqolada bloklash mexanizmlarining bank tizimlarida qo‘llanilishi va ularning

tranzaksiyalarni sinxronlashtirishdagi ahamiyati o‘rganildi. Umumiy, eksklyuziv va
yangilash bloklashlar hamda ikki fazali bloklash (2PL) prinsiplari tahlil qilindi. Bank
tizimlarida pul o‘tkazmalari va hisob balansini sinxronlashtirish misollari orqali
bloklashlar ahamiyati ko‘rsatiladi. Deadlock holatlari va ularni bartaraf etish usullari
bank tizimlarida xavfsiz operatsiyalarni ta’minlashda muhimligi ta’kidlandi. Microsoft
SQL Server misolida qator darajasidagi bloklash va tranzaksiya boshqaruvi bank
operatsiyalari uchun samarali yechim sifatida ko‘rib chiqildi. Ushbu maqola bank
tizimlari va berilganlar bazasi sohasidagi mutaxassislar uchun foydali manba bo‘lib
xizmat qiladi.

Adabiyotlar va resurslar ro‘yxati:

1.

Джеймс Р. Грофф, Пол Н. Вайнберг, Эндрю Дж. Оппель(2015).

SQL Полное

руководство Третье издание.

2.

Elmasri, R., & Navathe, S. B. (2015).

Fundamentals of Database Systems (7th ed.).

Pearson Education.

3.

S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev.

Axborot xavfsizligi.

4.

Silberschatz, A., Korth, H. F., & Sudarshan, S. (2020).

Database System Concepts

(7th ed.).

McGraw-Hill Education.

5.

Дмитрий Короткевич.

SQL Server.

Наладка и оптимизация для

профессионалов.

6.

Connolly T., Begg C.

Database Systems: A Practical Approach to Design,

Implementation, and Management.

– 6th ed. – Harlow: Pearson, 2014. – 1440 p.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

122

ISSN:3030-3613

7.

Tojimamatov, I., & Mirsiddiqova, M. (2025). BERILGANLAR BAZASIDA
HAYOTIY SIKL. Модели и методы в современной науке, 4(6), 66-70.

8.

Tojimamatov,

I.,

&

Siddiqova,

G.

(2025).

TRANZAKSIYALARNI

TAQSIMLANGAN TARZDA QAYTA ISHLASH MODELLARI. Современные
подходы и новые исследования в современной науке, 4(6), 30-35.

9.

Нурмаматович,

Т.

И.,

&

Рахила,

А.

(2025). НА

ОСНОВЕ

МАТЕМАТИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ ПОВЫШЕНИЕ УСТОЙЧИВОСТИ К
ПОЛОМКАМ

И

АВАРИЯМ. YANGI

O

‘ZBEKISTON,

YANGI

TADQIQOTLAR JURNALI, 2(8), 197-204.

10.

Tojimamatov,

I.,

&

Ahmataliyeva,

S.

(2025).

BERILGANLARNI

MARKAZLASHGAN

TARZDA

BOSHQARISH

TAMOYILLARI. Академические исследования в современной науке, 4(21),
59-64.

11.

Tojimamatov, I., & Adxamova, C. (2025). AMALIY TIZIMLARDA
BERILGANLAR

BAZASINI

BOSHQARISH

TIZIMLARI

O

‘RNI. Академические исследования в современной науке, 4(21), 77-82.

12.

Tojimamatov, I., & Fazliddinov, X. (2025). BERILGANLAR BAZASI
ADMINISTRATORI

VA

UNING

XUSUSYATLAR. Академические

исследования в современной науке, 4(21), 90-95.

13.

Karimberdiyevich, O. M., Nurmamatovich, T. I., & Abdulaziz o‘g‘li, Y. M. (2024).
BIG DATA SOHASIDAGI XALQARO LOYIHALAR. IZLANUVCHI, 1(1), 39-
45.

14.

Karimberdiyevich, O. M., Abdulaziz o‘g‘li, Y. M., & Zarifjon o‘g‘li, X. N. (2024).
DATA MINING METODLARI VA BOSQICHLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON,
YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 1(4), 303-311.

15.

Nurmamatovich, T. I. (2024). BERILGANLARNING TARMOQ MODELLARI:
ODDIY VA MURAKKAB TARMOQ TUZILISHLARI.

16.

Tojimamatov, I., Soliyeva, X., & Israilova, R. (2025). FAYL NOMLARINI
QISQARTIRISH

ALGORITMLARI. Академические

исследования

в

современной науке, 4(26), 45-52.

17.

Nurmamatovich, T. I. (2025). MONGODB DA BIG DATA BILAN ISHLASH
USULLARI. YANGI

O‘ZBEKISTON,

YANGI

TADQIQOTLAR

JURNALI, 2(8), 792-798.

18.

Nurmamatovich, T. I. (2025). MOBIL OPERATSION SISTEMALARNING
KELAJAGI. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 133-139.

19.

Nurmamatovich, T. I., & Umidjon o‘g, M. Z. S. (2025). BERILGANLAR
BAZASIDA HAYOTIY SIKL. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5),
169-178.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

123

ISSN:3030-3613

20.

Nurmamatovich, T. I., & Umidjon o‘g, M. Z. S. (2025). MASHINA KODLARI
BILAN ISHLASH. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 159-168.

21.

Nurmamatovich,

T.

I.

(2025).

BERILGANLAR

BAZASI

ADMINISTRATORI. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 276-
282.

22.

Tojimamatov, I. (2025). ADO-NET TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA
HISOBOTLAR VA FORMALARNI SHAKLLANTIRISH. Академические
исследования в современной науке, 4(25), 122-126.

23.

Nurmamatovich, T. I. (2025). STATISTIKA SOHASIDA AXBOROT
TIZIMLARI

VA

TEXNOLOGIYALARINI

SINTAKSIS

TAXLIL

QILISH. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(4), 157-166.

24.

Nurmamatovich, T. I. (2025). AXBOROTLARNI TAQDIM ETISH VA ULAR
BILAN ISHLASH. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(4), 135-140.

25.

Tojimamatov, I., & Abduvaliyev, X. (2025). KO ‘P FOYDALANUVCHILI BBBT
ARXITEKTURASI. Инновационные исследования в науке, 4(5), 16-22.

26.

Tojimamatov, I., & Xolmurod o‘g, A. O. H. (2025, May). SQL SERVERDA
CHEKLASHLAR.

In CONFERENCE

OF

MODERN

SCIENCE

&

PEDAGOGY (Vol. 1, No. 1, pp. 409-413).

27.

Tojimamatov,

I.,

&

Abdulhafizov,

I.

(2025).

OBYEKTLAR

VA

ATRIBUTLAR. BRIDGING THE GAP: EDUCATION AND SCIENCE FOR A
SUSTAINABLE FUTURE, 1(1), 107-112.

28.

Tojimamatov, I. N., & Iminova, G. I. (2025). SEMANTIK OBEKT MODELI VA
KATTA MA'LUMOTLAR (BIG DATA). ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI
ВЕКЕ, (58-3).

29.

https://www.wikipedia.org

30.

www.geeksforgeeks.org

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar va resurslar ro‘yxati:

Джеймс Р. Грофф, Пол Н. Вайнберг, Эндрю Дж. Оппель(2015). SQL Полное

руководство Третье издание.

Elmasri, R., & Navathe, S. B. (2015). Fundamentals of Database Systems (7th ed.).

Pearson Education.

S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev. Axborot xavfsizligi.

Silberschatz, A., Korth, H. F., & Sudarshan, S. (2020). Database System Concepts

(7th ed.). McGraw-Hill Education.

Дмитрий Короткевич. SQL Server. Наладка и оптимизация для

профессионалов.

Connolly T., Begg C. Database Systems: A Practical Approach to Design,

Implementation, and Management. – 6th ed. – Harlow: Pearson, 2014. – 1440 p.

Tojimamatov, I., & Mirsiddiqova, M. (2025). BERILGANLAR BAZASIDA

HAYOTIY SIKL. Модели и методы в современной науке, 4(6), 66-70.

Tojimamatov, I., & Siddiqova, G. (2025). TRANZAKSIYALARNI

TAQSIMLANGAN TARZDA QAYTA ISHLASH MODELLARI. Современные

подходы и новые исследования в современной науке, 4(6), 30-35.

Нурмаматович, Т. И., & Рахила, А. (2025). НА ОСНОВЕ

МАТЕМАТИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ ПОВЫШЕНИЕ УСТОЙЧИВОСТИ К

ПОЛОМКАМ И АВАРИЯМ. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI

TADQIQOTLAR JURNALI, 2(8), 197-204.

Tojimamatov, I., & Ahmataliyeva, S. (2025). BERILGANLARNI

MARKAZLASHGAN TARZDA BOSHQARISH

TAMOYILLARI. Академические исследования в современной науке, 4(21),

-64.

Tojimamatov, I., & Adxamova, C. (2025). AMALIY TIZIMLARDA

BERILGANLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI O

‘RNI. Академические исследования в современной науке, 4(21), 77-82.

Tojimamatov, I., & Fazliddinov, X. (2025). BERILGANLAR BAZASI

ADMINISTRATORI VA UNING XUSUSYATLAR. Академические

исследования в современной науке, 4(21), 90-95.

Karimberdiyevich, O. M., Nurmamatovich, T. I., & Abdulaziz o‘g‘li, Y. M. (2024).

BIG DATA SOHASIDAGI XALQARO LOYIHALAR. IZLANUVCHI, 1(1), 39-

Karimberdiyevich, O. M., Abdulaziz o‘g‘li, Y. M., & Zarifjon o‘g‘li, X. N. (2024).

DATA MINING METODLARI VA BOSQICHLARI. YANGI O ‘ZBEKISTON,

YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 1(4), 303-311.

Nurmamatovich, T. I. (2024). BERILGANLARNING TARMOQ MODELLARI:

ODDIY VA MURAKKAB TARMOQ TUZILISHLARI.

Tojimamatov, I., Soliyeva, X., & Israilova, R. (2025). FAYL NOMLARINI

QISQARTIRISH ALGORITMLARI. Академические исследования в

современной науке, 4(26), 45-52.

Nurmamatovich, T. I. (2025). MONGODB DA BIG DATA BILAN ISHLASH

USULLARI. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR

JURNALI, 2(8), 792-798.

Nurmamatovich, T. I. (2025). MOBIL OPERATSION SISTEMALARNING

KELAJAGI. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 133-139.

Nurmamatovich, T. I., & Umidjon o‘g, M. Z. S. (2025). BERILGANLAR

BAZASIDA HAYOTIY SIKL. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5),

-178.

Nurmamatovich, T. I., & Umidjon o‘g, M. Z. S. (2025). MASHINA KODLARI

BILAN ISHLASH. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 159-168.

Nurmamatovich, T. I. (2025). BERILGANLAR BAZASI

ADMINISTRATORI. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 276-

Tojimamatov, I. (2025). ADO-NET TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA

HISOBOTLAR VA FORMALARNI SHAKLLANTIRISH. Академические

исследования в современной науке, 4(25), 122-126.

Nurmamatovich, T. I. (2025). STATISTIKA SOHASIDA AXBOROT

TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARINI SINTAKSIS TAXLIL

QILISH. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(4), 157-166.

Nurmamatovich, T. I. (2025). AXBOROTLARNI TAQDIM ETISH VA ULAR

BILAN ISHLASH. Лучшие интеллектуальные исследования, 44(4), 135-140.

Tojimamatov, I., & Abduvaliyev, X. (2025). KO ‘P FOYDALANUVCHILI BBBT

ARXITEKTURASI. Инновационные исследования в науке, 4(5), 16-22.

Tojimamatov, I., & Xolmurod o‘g, A. O. H. (2025, May). SQL SERVERDA

CHEKLASHLAR. In CONFERENCE OF MODERN SCIENCE &

PEDAGOGY (Vol. 1, No. 1, pp. 409-413).

Tojimamatov, I., & Abdulhafizov, I. (2025). OBYEKTLAR VA

ATRIBUTLAR. BRIDGING THE GAP: EDUCATION AND SCIENCE FOR A

SUSTAINABLE FUTURE, 1(1), 107-112.

Tojimamatov, I. N., & Iminova, G. I. (2025). SEMANTIK OBEKT MODELI VA

KATTA MA'LUMOTLAR (BIG DATA). ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI

ВЕКЕ, (58-3).

www.geeksforgeeks.org

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Muhammaddiyorova Madina Bahodirjon qizi, YOSHLAR ORASIDA EKSTREMIZM TARQALISHIDA IJTIMOIY TAQMOQLARNING ROLI , Tadqiqotlar: Jild 62 № 1 (2025)

Quvvatali Rahimov, Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, Abdumannopova Dildora Akmaljonovna, ADO-NET TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA HISOBOTLAR VA FORMALARNI SHAKLLANTIRISH , Tadqiqotlar: Jild 63 № 2 (2025)

Quvvatali Rahimov, Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, Abduraximova Shaxnozabonu Axmadjon qizi, SANOAT VA AVTOMATLASHTIRISH SOHASIDA TRIGGERLARNING QO‘LLANILISHI VA AHAMIYATI. , Tadqiqotlar: Jild 63 № 2 (2025)

Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, Mashrabova Charosxon Qaxramonjon qizi, Adilbekova Raxila, BERILGANLAR BAZASIDA AXBOROT ALMASHISH SXEMASI , Tadqiqotlar: Jild 63 № 2 (2025)