Mualliflar

  • Aygul Satipova Ivadullayevna
  • Dilfuza Qurbonboyeva Egamberganovna
  • Muhayyo Sayidova Maxsudovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103249

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: interfaol ta’lim metodlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim muassasalari an'anaviy darslar.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu  maqola  darslarni  samarali  tashkil  qilishda  turli  interfaol 
o'yinlardan  foydalanish, darslarni sifati va o’quvchilarni bilim saviyasini oshirishda 
interfaol  ta’lim  metodlarini  ahamiyati  va  dars  jarayonida  interfaol  metodlardan 
foydalanish  haqida  ma'lumotlar  berilgan  hamda  hozirgi  paytda  ta'lim  jarayonida 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni foydalanishni afzalliklari va muhim ahamiyati 
haqida to'xtalib o'tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

129

ISSN:3030-3613

DARSLARNI SAMARALI TASHKIL QILISHDA TURLI INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH

Aygul Satipova Ivadullayevna

Xorazm viloyati

Urganch tumani 35-sonli maktabning

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Dilfuza Qurbonboyeva Egamberganovna

Xorazm viloyati Urganch tumani

35-sonli maktabning fizika fani o’qituvchisi

Muhayyo Sayidova Maxsudovna

Xorazm viloyati

Urganch tumani 35-sonli maktabning

texnologiya fani o’qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqola darslarni samarali tashkil qilishda turli interfaol

o'yinlardan foydalanish, darslarni sifati va o’quvchilarni bilim saviyasini oshirishda
interfaol ta’lim metodlarini ahamiyati va dars jarayonida interfaol metodlardan
foydalanish haqida ma'lumotlar berilgan hamda hozirgi paytda ta'lim jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni foydalanishni afzalliklari va muhim ahamiyati
haqida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar

: interfaol ta’lim metodlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar,

ta'lim muassasalari, an'anaviy darslar.


Introduction:

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng

qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash,o’qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli- tuman metodlar
bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.

Materials and Medhods:

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim jarayoni

samaradorligini kafolatlaydigan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
bo‘yicha katta tajribalar asosini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar deb ataladi.
Interfaol ta'lim usullari hozirgi kunda barcha turdagi ta'lim muassasalarida eng keng
tarqalgan va keng qo'llaniladigan usullardir. Shu bilan birga, interfaol ta'lim
usullarining ko'plab turlari mavjud bo'lib, ular o'quv jarayonining deyarli barcha
vazifalarini amalga oshirish uchun mos keladi.Amaliyotda ulardan muayyan
maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda
interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

130

ISSN:3030-3613

muammosini keltirib chiqargan.Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi,
ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim
jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik
bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda
ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar
kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash talab etiladi.Interfaol usul - faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro
munozarada fikrlash jarayonida, birlik bilan hal qilishdir. Bumetodning afzalligi
shundaki, butun faoliyat talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi va uni mustaqil
hayotga tayyorlaydi.

Results and Discussions:

ta’lim, metodika, ta’lim vositalari, didaktika,

mashg‘ulot, mutafakkirlar, faoliyat, iroda sohasi, zamonaviy usullar, interfaol usul.

Ta'lim

jarayonining

muvaffaqiyati uning shakligagina

emas,

balki

qo‘llanilayotgan metodlar va vositalar samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, u ta'lim
nazariyasida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

“Metod” — yunoncha “metodos” – “yo‘l” degan so‘zdan paydo bo‘lib, u, tadqiq

qilish ma'nosini anglatadi. Ta'lim metodi ta'lim jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir.

Ta'lim metodlari - o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish

usullarini hamda o‘quv materialini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.
O‘qitish metodlari ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining
qanday bo‘lishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini
hamda shu jarayonda ta'lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini
belgilab beradi. Shuningdek, ta'lim metodi o‘qituvchi va ta'lim oluvchilarning o‘qish
vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo‘lidir.

Ta'lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini

tushunishga bog‘liqdir, ya'ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim
jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta'lim jarayonining mohiyatini va tamoyillarini
to‘g‘ri anglash natijasidir. Ta'lim materiali ta'lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr
mantig‘iga bog‘liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan bo‘lsa,
ta'lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog‘liq bo‘ladi. Pedagogika fani
maktablar va ta'lim beruvchilarning ilg‘or ish tajribalarini umumlashtiradi, an'anaviy
ta'limning ilmiy asoslarini ko‘rsatib beradi, o‘qitishning zamonaviy, samarali
metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.

Shu sababli ham ta'lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
1.

O‘quv materialini o‘rganish yo‘li fikr yuritishning didaktik-materialistik

usullarini, milliy mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-
atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak.

1.

Ta'lim metodi ilmiy dalillar bilan aniq va ravshan asoslangan bo‘lishi lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

131

ISSN:3030-3613

2.

Ta'lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.

3.

Ta'lim metodlari oldiga muqarrar sur'atda qo‘yiladigan yana bir talab -

ularning tushunarli bo‘lishi.

4.

Bolani sezgi organlari orqali bilishga o‘rgatish va o‘quv jarayonida

ko‘rsatmali qurollardan iloji boricha ko‘proq foydalanish.

5.

Ta'lim metodlari oldiga qo‘yiladigan talablardan yana biri – bu bilimlarning

asosli va puxta bo‘lishi.Ta'limmet odlari yaxshi natija beradigan bo‘lishi lozim.
Ta'lim beruvchining tushuntirish va ta'lim oluvchilarning o‘zlashtirish usuli
rejalashtirilgan yoki mo‘ljallangan natijani berishi kerak.

Pedagogika fanida, o‘qituvchilaring amaliy tajribasini o‘rganish va

umumlashtirish asosida ta’1im metodlarini tanlashda o‘quv-tarbiya jarayoni
kechayotgan shart- sharoitlar va aniq holatlarga bog‘1iq muayyan yondashuvlar
vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

Ta’limning umumiy maqsadlari.
Fanning va o‘rgani1ayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari. Biror

fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.

Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni. O‘quvchilarning yoshi

va bilish imkoniyatlari.

O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganigi.
O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni

egallaganlik darajasi.

Ta’lim metodlari ta’1im vositalari bilan birgalikda qo‘1laniladi. Ta’lim

vositalari

— bu yangi bilimlarni o‘zlashtirishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan

foydalaniladigan obyekt. Ta’1im vositalari pedagogikada katta ahamiyatga ega.

Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga

oshiradi. Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur
bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadrıyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’1im
metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar “qanday o‘qitish?”
savoliga javob bersa, vositalar esa “uning yordamida nimani o‘qitish?” savoliga javob
beradi.

An’anaviy ravishda qo‘llaniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar,

jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, o‘quv jarayonini tashkil
etish va boshqarish vositalari kiradi. Hozirgi kunga kelib zamonaviy axborot texnika
vositalari, kompyuter va internetni ham o‘quv jarayonining tashkil etishida bevosita
ishtirokini ko‘rishimiz mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

132

ISSN:3030-3613

Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi

funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil
qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar
audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish,
optimallashtirish funksiyalarini bajaradi.

Ta’lim vositasi fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining

ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin.
Ta’lim vositasini qo‘llanilishining yana bir jihati, albatta, ta’lim jarayonining tarkibiy
qismi sifatida aks ettirishidir. Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlash
bilan bog‘liq.

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng

qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar
bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining

samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida
katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan
yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi
ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga,
interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli
hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud.
Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash
mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga
oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan

ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil
rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning
mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara,
muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, obrazli o‘yinlar kabi metodlarni
qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab
etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-
munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi
shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil
hayotga tayyorlaydi. O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti,
ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga
olinadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

133

ISSN:3030-3613

Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil

fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar
tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok
etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim
oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:

ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; ta’lim oluvchining yuqori

darajada rag‘batlantirilishi; ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;

ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; amalda
bajarish orqali o‘rganilishi;

ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish

o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol
metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini
kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy
va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchi-talabalarning
bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.

Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va

shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo‘ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan
umumiy mulohazalarni keltiramiz.

Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim

strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga

bog‘liq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to‘g‘ri
tanlash va ularni qo‘llash samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari
quyidagicha qayd qilinadi:

birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga

bog‘liq; ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning harakteriga bog‘liq;

uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;
to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan

(hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;

beshinchidan, o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;

oltinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv

jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari

bo‘yicha bilimlariga bog‘liq. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni
bajaradi, lekin shakl va metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani hosil
qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o‘quv jarayonining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

134

ISSN:3030-3613

psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. Bu metodlarni tasniflashda
ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik
organayzerlarga ajratish mumkin.

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”,

“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va boshqalar.

Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-

zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol
ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini
tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga
asoslaniladi.

Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim

metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.

Interaktiv o'yinlar tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish va ma'lumotni saqlash

kabi kognitiv jarayonlarni rivojlantirishida muhim ahamiyatga ega. Bu o‘yinlar o‘quv
viktorinalari, boshqotirmalarni yechish faoliyati yoki simulyatsiyaga asoslangan
mashqlar ko‘rinishida bo‘lsin, talabalarni bilimlarini faol ravishda oshirishga yordam
beradi va shu orqali mavzuni chuqurroq tushunishga imkoniyat yaratadi. Bundan
tashqari, ko'plab interfaol ta'lim metodlari talabalarni mavzularni o'zlashtira olmaslik
muammolarini hal etishga va talabalarni bilim darajalarini oshirishga yordam beradi.

Conclusion:

Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o’quvchilarning faol

munosabati, bir-birini to`liq tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o`quv
jarayoniga joriy etishning tub maqsadi - dars qaysi shaklda bo`lmasin, qayerda
o`ztkazilmasin, darsda o`qituvchi bilan talabalarning hamkorlikda ishlashini tashkil
etishdir. O`qituvchi darsida tegishli muammolarga talabalarni jalb etishi, ularning
harakatini faollashtirishi va natijada o`zlashtirishlarini ta’minlashi lozim. Bunda
o`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi)
vazifasini bajaradi. Ushbu metodlar orqali talabalarning mustaqil fikrlash
qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish,
hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijobiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin
tayyorlanadi.

References:

1.

Avlayev O.U., Jo’rayeva S.N., Mirzayeva S.P. “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy

qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017.

2.

Amanova A.N. O‘zbekistondagi gen muhandisligi sohasining istiqbollari va

mavzuni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. “Journal of Natural Science”

3.

№2(7) 2022

4.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi.: Nasaf, 2000.4. Yo’ldoshev
J.G’., Usmonov S. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. T.: O’qituvchi, 2004 yil.

5.

R.Yo'ldoshev,

R.Xusainova,

U.Bobojonova.

Ta’limning

interfaol


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

135

ISSN:3030-3613

metodlari(metodik qo‘llanma). Urganch-2011.

6.

www.ziyonet.uz

Bibliografik manbalar

References:

Avlayev O.U., Jo’rayeva S.N., Mirzayeva S.P. “Ta’lim metodlari” o’quv-uslubiy

qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017.

Amanova A.N. O‘zbekistondagi gen muhandisligi sohasining istiqbollari va

mavzuni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. “Journal of Natural Science”

№2(7) 2022

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi.: Nasaf, 2000.4. Yo’ldoshev

J.G’., Usmonov S. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. T.: O’qituvchi, 2004 yil.

R.Yo'ldoshev, R.Xusainova, U.Bobojonova. Ta’limning interfaol metodlari(metodik qo‘llanma). Urganch-2011.

www.ziyonet.uz