T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
87
ISSN:3030-3613
DEHQON XOʻJALIKLARINI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mengniyozov Botirbek Jumayevich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti
Annotatsiya.
Maqolada qadimdan qishloq xoʻjaligi rivojlangan maskan
hisoblangan mamlakatimizning bugungi saloxiyati va rivojlantirish yoʻnalishlari
keltirilgan. Shunday yekan, qishloq xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining
mavsumiy xarakterga ega yekanligi, er resurslarining unumdorlik darajasini saqlab
turish ushbu sohani doimiy ravishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash zarurligini keltirib
chiqaradi. Jahon er fondi bugungi kunda 13,4 mlrd.gektarni tashkil qiladi, uning atigi
1,5 mlrd.gektari, yaʼni 11 foiz qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun iqtisodiy
jihatdan qulay hisoblanadi.
Kalit soʻzlar
. Fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, yer resurslari,
samaradorlik, rentabellik koʻrsatkichlari, moliyaviy taʼminot.
Аннотация.
В стате представлено современное состояние и направления
развития нашей страны, которая издревле считается местом развития селского
хозяйства. Поэтому сезонност производственного процесса в селском хозяйстве,
поддержание уровня производителности земелных ресурсов создает
необходимост постоянной финансовой поддержки этой отрасли. «Сегодня
мировой земелный фонд составляет 13,4 млрд га, из которых толко 1,5 млрд га,
то ест 11 процентов, экономически пригодны для производства
селскохозяйственной продукции».
Ключевые слова.
Фермерские хозяйства, крестянские (фермерские)
хозяйства, земелные ресурсы, производителност, показатели рентабелности,
финансовая поддержка.
Asosiy qism.
Qishloq xoʻjaligi erlaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab
chiqarish hajmini oshishida kichik er egalari boʻlgan aholi tomorqalarida yetishtirilgan
mahsulot muhim rolʼ oʻynaydi.
Mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan alohida
eʼtibor qaratilmoqda, bu borada 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida qishloq
xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab
berildi. Unda “...oxirgi yillarda yaratilgan imkoniyatlar tufayli yangi korxonalar paydo
boʻlyapti, tadbirkorlar yemin-erkin rivojlanyapti, qayta ishlash darajasi oshyapti.
Klasterlar tuzib, erni egali qilganimiz uchun uning unumdorligi ham oʻzgarayapti. er
unumli boʻlsa, tadbirkorga oson boʻladi, mahsuloti amaliyot yekanligini hisobga olib,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
88
ISSN:3030-3613
ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartiblarini, shu jumladan xarajatlarni
subsidiyalash, er ajratish tartibini koʻrib chiqish hamda kreditlash tizimini
soddalashtirish lozim”.
Qishloq xoʻjaligini moliyalashda kredit munosabatlari kapitalizmdan oldingi
davrlarda ham mavjud boʻlgan. U davrda mayda er egalari, yaʼni tomorqa xoʻjaliklari
mahsulot ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taʼminlash maqsadida sudxoʻrlik
kreditlaridan foydalanganliklari toʻgʻrisida tarixiy maʼlumotlarni uchratish mumkin.
Hozirgi davr iqtisodiy adabiyotlarida ham qishloq xoʻjaligini kreditlash
zarurligi, kreditning mahsulot yetishtirish jarayonlaridagi roli toʻgʻrisida fikr va
mulohazalar mavjud. Biz ularning barchasini inobatga olgan holda qishloq xoʻjaligida
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash munosabatlarining muqarrarligini eʼtirof yetib,
iqtisodiyot taraqqiyotining turli bosqichlarida qishloq xoʻjaligini moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash mexanizmining doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib borishini eʼtirof
yetmoqchimiz.
Iqtisodiy adabiyotlarda “moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi” va
“moliyalash mexanizmi” kabi tushunchalar mavjud boʻlib, ularning mohiyati va bir-
biridan farqi toʻgʻrisida mulohazalar bildirilgan. Biz bu ikki tushunchaning bir-biridan
farqi borligini “moliyalash mexanizmi”, “moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi”
ning asosiy yelementlaridan biri yekanligini toʻliq eʼtirof yetgan holda, ilmiy
izlanishimizning maqsadiga muvofiq aholi tomorqa xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash mexanizmi ustida toʻxtalib oʻtishni lozim topdik.
“Moliyalash mexanizmi” termini ishlatilganda koʻz oldimizga birinchi
keladigan tushuncha kreditlash mexanizmi boʻlib hisoblanadi. Buning muhim tomoni
shundaki, “moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi” kengroq tushuncha boʻlib,
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni kreditlashdan tashqari,
iqtisodiy xarakterga ega boʻlgan soliqlar orqali qoʻllab–quvvatlash, bojxona bojlari
orqali qoʻllab–quvvatlash, sugʻurta toʻlovlari orqali qoʻllab–quvvatlash, byudjet
mablagʻlari va jamgʻarma mablagʻlari, xorijiy-moliyaviy institutlar mablagʻlari orqali
qoʻllab–quvvatlash mexanizmlari tushiniladi.
Aholi tomorqalaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlashda iqtisodiy siyosatning
ajralmas qismi boʻlgan soliq siyosati orqali taʼsir qilish yeng samarali usullardan biri
hisoblanadi. Soliqlardan beriladigan imtiyozlar yaratiladigan mahsulot tannarxiga
bevosita taʼsir koʻrsatib, bozorlarimizni arzon va sifatli mahsulot bilan toʻldirishga
xizmat qiladi. Aholining erga boʻlgan munosabatini oʻzgartirishga yaqindan yordam
beradi.
Xorijiy davlatlarda qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash darajasi va
ajaratiladigan mablagʻlar miqdori mamlakatda yaratiladigan YAIM hajmiga bogʻliq.
Qishloq
xoʻjaligi
maxsulotlari
qancha koʻproq islab chiqarilsa qishloq xoʻjaligiga
ajratiladigan subsidiyaʼ miqdori shuncha oshib boraveradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
89
ISSN:3030-3613
Mamlakatda olib boriladigan pul-kredit siyosati aholini arzon va zaruriy mablagʻ
bilan taʼminlash imkonini beradi. Tijorat banklari orqali beriladigan kreditlarning foiz
stavkasining past yoki yuqoriligi, kreditlash mexanizminining qay darajada yoʻlga
qoʻyilganligi tomorqa xoʻjaligi rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Kredit foiz
stavkasininig yuqoriligi mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari tannarxinining yuqoriligi aholining xarid qobiliyatini pasaytirish bilan
birga aholining oʻrtacha daromadi va jamgʻarmasining kamayishiga olib keladi.
Ushbu rasmda aks yetgan bevosita qoʻllab-quvvatlash shakllariga qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moddiy texnik resurslar uchun
byudjetdan ajaratiladigan subsidiyalar, kredit foiz stavkalarini maʼlum bir qismini
qoplash uchun subsidiyalar, sugʻurta xarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetidan
ajratiladigan subsidiyalar yeng samarali usul hisoblanadi. Bu usul xorijiy malakatlar
iqtisodiyotida uzoq muddat foydalanilgan va amaliyotda keng qoʻllanilib kelingan.
Bilvosita shakllariga tijorat banklari kreditlari, soliq imtiyozlari, bojxona
toʻlovlari uchun imtiyozlar, koʻrsatiladigan sugʻurta xizmatlari, davlat yehtiyoji uchun
sotib olingan mahsulotlar, tashqi bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatini
himoya qilish kabi iqtisodiy vositalarni qoʻllash kiradi.
Amaliyotda keng uchrab turadigan taʼsir qilish usullaridan biri vositachilar
orqali ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Bunda tomorqa er
egalarini qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmalar, sohaga oid davlat dasturlarini ishlab
chiqish, xodimlarni oʻqitish va qayta tayyorlash muassasalari, ixtisoslashtirilgan
moliyaviy institutlar va hokazolar hisoblanadi. Aholi tomorqalaridan foydalanuvchilar
kategoriyasini aniqlashtirish va taʼrifni shakllantirish lozim.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
90
ISSN:3030-3613
1.1-rasm. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy
qoʻllab-quvvatlash shakllari va usullari
Oʻzbekiston Respublikasining “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida” gi Qonunida
aholi tomorqa xoʻjaligiga quyidagicha taʼrif berilgan: “Tomorqa xoʻjaligi-shaxsiy
tomorqa er uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham
oila yehtiyojlari uchun yetishtirish bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir”. Ushbu taʼrifdan
kelib chiqib, aholi tomorqalaridan foydalanuvchilar boʻlib, kadastr hujjatlarida aks
yetgan shaxsiy er maydoniga ega, oila mehnatiga asoslangan, mahsulot ishlab
chiqarish, qayta ishlash orqali oʻz isteʼmolidan tashqari bozorga sotish uchun faoliyat
yurituvchi jismoniy shaxslar tushiniladi. Ushbu tadqiqot ishida “Tomorqa xoʻjaligi” va
“Aholi tomorqasi” kategoriyalari bir xil mazmunni ifoda yetuvchi tushunchalar sifatida
talqin yetiladi. Yuqoridagi maʼlumotlardan kelib chiqqan holda,
umumiy taʼrif
berishga harakat qildik:
aholi tomorqalaridan foydalanishni davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash deganda — oʻziga tegishli boʻlgan qonuniy er maydonida mahsulot ishlab
chiqarish, qayta ishlash, saqlash, sotish natijasida iqtisodiy va ijtimoiy samaraga
erishish uchun zarur miqdordagi daromadni shaklantiruvchi jismoniy shaxslarga
davlat tomonidan muayyan maqsadni koʻzlab (oziq-ovqat mahsulotlari hajmini
koʻpaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida) imtiyozlar taqdim qilish va
Bevosita
Turli mulkchilik shakllaridagi qishloq xoʻjaligi subyektlari
Aralash mulk
davlat yoki
xususiy
sherikchilik mulki
Xususiy mulk
Davlat mulki
Tijorat banklari kreditlari, soliq
imtiyozlari, bojxona toʻlovlari
uchun imtiyozlar, koʻrsatiladigan
sugʻurta xizmatlari, davlat
yehtiyoji uchun sotib olingan
mahsulotlar, tashqi bozorda
mahalliy ishlab chiqaruvchilar
manfaatini himoya qilish
va
xokazo
Vositachilar orqali
Bilvosita
Qishloq
xoʻjaligi
maxsulotlari
va
moddiy texnika resurslari uchun
subsidiyalar:
Kredit foiz stavkalarini
subsidiyalash;
Sugurta xarajatlarini qoplash uchun
subsidiyalar va xokazo:
Tomorqa yer yegalarini
qoʻllab-quvvatlovchi
jamgʻarmalar, sohaga oid
davlat dasturlarini ishlab
chiqish, xodimlarni
oʻqitish va qayta
tayyorlash muassasalari,
moliyaviy institutlar
va
hokazolar
.
Uy
xoʻjaligi
yoki
Tomorqa
xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarni
moliyaviy
qullab-quvvatlash shakllari
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
91
ISSN:3030-3613
moliyaviy xarakterga ega resurslar bilan taʼminlashda yuzaga keladigan iqtisodiy
munosabatlar majmui tushiniladi.
Tomorqa er egalari xarajatlarini iqtisodiy qoʻllab–quvvatlash mexanizmlarini
takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslari klassik iqtisodchi olimlar: A.Smit,
D.Rikardo, F.Kene, A.Tyurgo, P.Dyupon, N.Turgenev, A.Staxnyuk, Rudoy,
N.Burmistrov, S. Korotkova, Yu.Tkach, D.Kirichenko, N.Jaxov, S.Petuxova,
V.Bondarenko, V.Zagshevskiy, D.Shishkina, Y.Shumpeter asarlarida va ilmiy
ishlarida oʻrganilgan.
Mahalliy iqtisodchi olimlar A.Altiyev, Shodmonov, A.Toshqulov, N.Jumayev,
N.Qoʻziyeva, S.Xudoyqulov, A.Shomirov, J.Isakov, M.Yusupov, I.Alimardonov,
M.Ismaylova, D.Murodova, N.Nurmatov, A.Avliyakulov ilmiy ishlarida tomorqa er
egalari xarajatlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish
bevosita va bilvosita tadqiq qilingan.
Xususan, A.Smit er resurslaridan samarali foydalanishda kichik er egalari
mahsulot ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka ega yekanligini oʻz asarlarida
koʻrsatib oʻtadi. Uning fikricha, qishloq xoʻjaligida yirik er egalari mahsulot ishlab
chiqarish jarayonida yeng katta xarajatni ishchi kuchi sotib olishga sarflaydi. Qishloq
xoʻjaligida mahsulot realizatsiyasida ijtimoiy-zaruriy ish vaqti har doim ham eʼtiborga
olinmaydi. Tabiiy ofatlarning tez-tez roʻy berishi koʻzlangan mahsulot yetishtirishga
imkon bermaydi.
D.Rikardo, F.Kene, A.Tyurgo, P.Dyuponlar qishloq xoʻjaligidan olinadigan
daromadlarni soliqqa tortishda tabaqalashgan usulda olib borish va mahsulot ishlab
chiqaruvchilarni soliqlar orqali qoʻllab-quvvatlash lozimligini tadqiq yetadi. Chunki,
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda iqlim sharoiti hisobga olinishi, er
unumdorligini oshirish va saqlab turish ortiqcha xarajat va mehnat talab yetishi, er
resurslaridan oqilona va samrali foydalanishda doimiy ravishda mablagʻ talab yetishini
oʻzlarining tadqiqot ishlarida taʼkidlab oʻtadi.
N.Burmistrovning fikriga koʻra, oziq-ovqat sanoatida faoliyat yuritayotgan
kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirishda tomorqa er egalari faoliyatini
moliyalashtirish tizimini takomillashtirish muhim oʻrin tutadi. Uning fikriga koʻra,
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini notekis rivojlanganligi, erga boʻlgan munosabatni
oʻzgarishiga sabab boʻladi. Bunday yondashuv oziq-ovqat sanoti mahsulotlarining
barcha turlari boʻyicha isteʼmol va ishlab chiqarish oʻrtasidagi mutanosiblikka erishish
imkonini beradi.
Bu erda N. Burmistrov oziq-ovqat sanoti mahsulotlarining turlari isteʼmolining
oʻzgarishiga nisbatan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish yelastikligidan kelib
chiqqan holda moliyalashtirishni taklif qilayapti. Bu yesa, amaliy ahamiyat kasb
yetadi. Talab ortgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun
yetarli darajada moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlishi kerak.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
92
ISSN:3030-3613
S. Korotkova, Yu.Tkach oʻz asarlarida qishloq xoʻjaligi yeksportini kreditlash
samaradorligini taʼminlashning zaruriy sharti boʻlib, tijorat banklari tomonidan
yeksportni moliyalashtirish maqsadida berilgan kreditlarning foizini bir qismini davlat
tomonidan qoplab berilishi (bonifikatsiya) hisoblanadi. Bu usul taraqqiy yetgan
mamlakatlar iqtisodiyotida keng qoʻllanilib kelinmoqda.
D.Kirichenkoning fikriga koʻra, qishloq xoʻjaligida kichik biznes subyektlarini
soliqqa tortishning asosiy maqsadi boʻlib, ular faoliyatini rivojlantirish uchun zarur
boʻlgan nisbatan qulay muhit yaratish hisoblanadi, chunki, ushbu sektor
iqtisodiyotning zaif tarmogʻi sifatida qaraladi.
Taraqqiy yetgan mamlakatlarda soliq imtiyozlari qishloq xoʻjaligida tomorqa er
egalarini tartibga solishda muhim rol oʻynaydi. Masalan, AQSHda fermerlarning
ishlab chiqarishning ustuvor yoʻnalishlariga investitsiya qilingan xarajatining 25
foizigacha boʻlgan qismi soliqdan ozod qilinadi, yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yesa,
fermerlarning soliq toʻlovlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.
E.Rudoy fikriga koʻra, yendi ish boshlayotgan qishloq xoʻjaligida kichik biznes
subyektlarini moliyalashda asosiy eʼtibor kreditlashning ijtimoiy samarasiga qaratilishi
kerak. Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlari kengaygandan soʻng, ular
bozor stavkalarida beriladigan kreditlarga boʻlgan talabning oshishiga sababchi
boʻlishadi.
M.S.Petuxova qishloq xoʻjaligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash olib tashlansa,
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻlami sezilarli darajada kamayishini matematik
yoʻl bilan isbotlab beradi. Uning hisob –kitobi boʻyicha sanoat mahsulotlari hajmi 1/2
nisbatda kamayishining asosiy sababi qishloq xoʻjaligi sanoat tarmogʻi uchun xom-
ashyo baʼzasi rolini bajarishidadir.
N.V. Jaxov iqtisodiyotni tartibga solishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi tomorqa er egalarini iqtisodiy vositalar orqali moliyaviy qoʻllab-
quvvatlashni bir vaqtning oʻzida olib borish zarurligini taʼkidlaydi. Aks holda, oziq –
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamayib, narxlarning keskin oshishi va
taqchillik vujudga kelishi lozimligini uqtiradi.
V.G.Zakshevskiy yesa qishloq xoʻjaligi samradorligini intensiv usulda
rivojlantirishda davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash lozimligi, sohaga
yangi innovatsion texnologiyalarni olib kirish, er va suv resurslaridan tejab-tergab
foydalanish zararligini taʼkidlaydi.
V.Bondarenko, D.Shishkinalar fikricha, tomorqa er egalarini moliyaviy qoʻllab-
quvvatlashda davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil yetish davlat byudjetini tejash
imkonini beradi. Fermer va dehqon xoʻjaliklariga nodavlat tijorat banklari tomonidan
beriladigan kreditlar, shu jumladan, yeksport kreditlarining foizini bir qismi davlat
tomonidan bonifikatsiya qilinadi. Ammo, qichik ishlab chiqaruvchi hisoblangan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
93
ISSN:3030-3613
tomorqa er egalari faoliyatida bu amaliyotni qoʻllash uchun yetarlicha shart sharoit
yaratilmagan.
Avstriyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning innovatsion jarayonlarni davlat
tomonidan qoʻllab-quvvatlash xususidagi gʻoyasi tomorqa xoʻjaligi subyektlari uchun
ham muhim amaliy ahamiyat kasb yetadi. Y.Shumpeterning
fikriga koʻra, innovatsiya
tadbirkorlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan ishlab chiqarish omillarining yangi ilmiy-tashkiliy
uygʻunligidir va davlat tomonidan innovatsion jarayonlar qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
Buning sababi shundaki, tomorqa xoʻjaligi subyektlari yirik er egalari subyektlaridan
farqli oʻlaroq, innovatsion ishlanmalar uchun katta miqdorda mablagʻ sarflay olmaydi.
Bir guruh taniqli iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalari koʻrsatadiki,
taraqqiy yetgan mamlakatlarda kichik er egalari subyektlari aylanma mablagʻlarining
60 foizdan ortiq qismi taqsimlanmagan foyda hisobidan moliyalashtirilayotganligi
sababli, ularning investitsion xarajatlarni moliyalashtirish imkoniyati juda cheklangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Malikov T. S., Haydarov N. H. Moliya: umumdavlat moliyasi. Oʻquv qoʻllanma. –
T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2022, 566 bet.
2.
Muxiddinov X. S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy
rivojlanishini modellashtirish. Monografiya. T.: “FAN”, 2023. 12 b.
3.
Nizomiddin Haydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari “Akademiya”
nashriyoti –T., 2022,79 b.
4.
Ostonaqulov M. Mahalliy byudjetlar gʻazna ijrosining buxgalteriya hisobi. - T.:
Iqtisod-moliya, 2022.- 88 b.