T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
305
ISSN:3030-3613
SHAXSDAGI ASABIYLIK,STRESS VA AGRESSIV XATTI-
HARAKATLARNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Abdiraimova Maxbuba Soatmuradovna
Oltinsoy tumani 2 -sonli umumtaʼlim
maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada shaxsdagi asabiylik va agressiya haqida fikrlar
bayon etilgan.
Kalit soʻzlar
: stress, o`smirlar, deviant xulq-atvor, psixik zo`riqish, agressiv
xulq-atvor.
KIRISH
Asr boshida keng tarqalgan "asab kasalliklari" iborasi sterssdan kelib chiqqan
deya eʼtirof etiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra barcha
kasalliklarning 45% stress bilan bogʻliq. Aholining, shu jumladan kasbiy faoliyatning
turli soha vakillaridagi, qolaversa oʻsmirlardagi psixologik stress muammosi bu
boradagi masalalarga yechim izlashni talab etmoqda. Koʻplab kasb vakillarining ish
sharoitlari va ularning kayfiyati mehnatidagi yuqori samaradorlik va faoliyat sifatiga
ahamiyati katta. Mehnat jarayonida salbiy his-tuygʻular, jismoniy va aqliy
funksiyalarning haddan tashqari kuchlanishi bu - halokat faoliyatidir. Insonda
yuqoridagi omillar taʼsirida rivojlanadigan eng xarakterli ruhiy holat psixologik
stressdir.
Stress - bu vaziyatning jismoniy xususiyatlariga emas, balki shaxs va tashqi
dunyo oʻrtasidagi oʻzaro ta’sir xususiyatlariga reaksiyadir. Stress maxsus ruhiy holat
sifatida his- tuygʻularning paydo boʻlishi va namoyon boʻlishi bilan bogʻliq, lekin u
hissiy hodisalar bilan chegaralanib qolmaydi, balki, shaxsning motivatsion, konginitiv,
irodaviy, xarakteristik va boshqa tarkibiy qismlarida aniqlanadi va namoyon boʻladi.
“Stress” atamasi bir qator bilim sohalarida keng qoʻllaniladi. Shuning uchun bunday
holatning sabablari, rivojlanish mexanizmlari, namoyon boʻlish xususiyatlari va
oqibatlari nuqtai nazaridan biroz boshqacha maʼnoga ega. Stress (inglizcha: stress-
"bosim", "kuchlanish", "tanglik") – so`zidan olingan boʻlib, bu soʻz jismoniy obyektga
qoʻllaniladigan va uni kuchlanishga olib keladigan tashqi kuchga, yaʼni vaqtincha yoki
doimiy oʻzgarishlarga ishora qilish uchun ishlatiladi. Stress - ogʻir, mushkul yoki
murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning zoʻriqishidir. Stressning vujudga
kelish sabablari quyidagicha: inson shugʻullanadigan faoliyat turi, mavjud shart-
sharoitlar, oʻzi yoqtirmagan kasb bilan mashgʻul boʻlishi, tashqi muhitning inson
imkoniyatlaridan, ehtiyojlaridan ortigʻini talab qilishi, shu jumladan, tabiiy ofatlar
(zilzila, toshqin va boshqalar), texnogen ofatlar (portlashlar, transportdagi baxtsiz
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
306
ISSN:3030-3613
hodisalar), taʼsir ostida boʻlgan muhim toifadagi odamlarning umumiy tashvishi,
keskinlik natijasida kelib chiqadi. Masalan: bolaning oʻzi yoqtirmagan, lekin ota -
onaning xohishi bilan tanlangan kasbi ham stressor hisoblanadi. Ammo salbiy
ko‘rinishdagi hayajonning natijasi ham ko‘p hollarda agressiya bilan yakunlanadi, bu
esa bizning shunga o‘xshash vaziyatlar qanday oqibatlarga olib kelishini
o‘rganganligimizga bog‘liq.
Stressning yuzaga kelish sabablari ilmiy nuqtai nazardan turlicha izohlanadi.
Jumladan, eng mashhur qarash G.Selyening nazariyasi bilan bogʻliq. Bunga koʻra
dunyodagi jamiki biologik mavjudotlar muhim mexanizm muvozanatni taʼminlovchi
qurilmaga ega. Ichki va tashqi stressorlarning kuchli va davomiy taʼsirlari mana shu
muvozanatni buzilishiga olib keladi. Aynan mana shu muvozanat buzilishi natijasida
tashqi muhit taʼsiriga organizm moslashishga urinadi. Bu esa stress holati hisoblanadi.
Agarda taʼsir kuchi oʻzgarmasa stress kuchayadi, rivojlanadi va organizmda turli xil
muammo, kasalliklarni keltirib chiqaradi
Bunday holatda insonda:
-
ishtaxaning buzilishi;
-
xotira sustlashishi;
-
uyqusizlik;
-
xatti-harakatlarga sustlik;
-
oʻziga va atrofdagilarga ishonchsizlik tuygʻusi paydo boʻladi.
Stress tushunchasi agressiya bilan bogʻliq tushuncha xisoblanib, agressiya
ham ko‘pincha g‘azab kabi salbiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘lsada motiv bilan zarar
yetkazish yoki xafa qilish istagidir. Albatta, bu omillar tajovuzkor xatti-harakatlarga
juda katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo ularning mavjudligi bunday xatti-harakatlarning
asosiy sharti emas.
Koʻpchilik olimlar stressda quyidagi foydali tavsiyalarni berishadi.
Jumladan, dorivor choylar, bunday holatda qon bosimi koʻtarilanligi bois koʻproq C
vitamini mavjud mevalar istemol qilish tavsiya etiladi. Tadqiqotlar natijasi shuni
koʻrsatadiki, stressdagi shaxs har kuni normal ravshda C vitamini qabul qilishi
natijasida qon bosimi oshmaganligini va stress gormonlari darajasi normal holatga
qaytganligini koʻrsatgan. Stress va tushkunlikdan chiqish uchun inson oʻzini 3 daqiqa
davomida kuldirishi va tabassum qilishi tavsiya etiladi. Kulgan inson organizmida
endofrin gormoni ishlab chiqiladi. Mana shu 3 daqiqalik soxta kulgu esa tabiiy kulguga
aylanadi. Shunday ekan birinchi navbatda tushkunlikka tushgan shaxsning yaqin
insoni uni kuldirishga harakat qilishi zarur. Stress holatida inson yaqinlari mehri va
eʼtiboriga tashna boʻlganligi bois birga sayr qilishlik ham tavsiya etiladi. Bundan
tashqari, inson oʻziga-oʻzi dalda boʻlishligi darkor. Qanday qilib? Masalan: "Ulamolar
nazdida vaqtning qadri" kitobida shunday jumlalar keltirilgan: - "Vaqt sizni emas, siz
vaqtni boshqaring". Albatta, stress holatida insonni vaqt boshqaradi. Shunday ekan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
307
ISSN:3030-3613
hozirgi kunda eng isrof qilinayotgan narsa bu vaqt ekanligini hisobga olgan holda inson
oʻz vaqtini oʻzi boshqara olsin. Yaʼni tashqi boʻlayotgan stressorlarga oʻzida qarshi
immunitet hosil qila olsin. Stressni oldini olish uchun esa haftada uch marta kamida 20
daqiqa piyoda yurish, jismoniy mashqlar qilish tavsiya etiladi. Mashq qilish xam
kayfiyatini koʻtaruvchi va tashvishlarni kamaytiruvchi moddalar boʻlgan endorfinlarni
ishlab chiqarishga undaydi.
XULOSA
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, xar bir shaxs hayoti davomida stressli
vaziyatlarga duch keladi, bunday vaziyatlarda albatta u depressiya ya’ni tushkunlik
holatiga olib borishga yoʻl qoʻymasdan, har qanday qiyin jarayonlarning yeshimi bor
ekanligini, ulardan albatta qutilish mumkinligini, psixikasiga singdirib borishi, hamda
muntazam ravshda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanib borish insonni har qanday
holatda ham stressdan chiqara olish mumkinligini ta’kidlash lozim degan xulosaga
kelish mumkin.Agressiv xulq - shaxsning ma’naviy buzuqlikka asoslangan,
boshqarishning ichki dunyosiga ochiqdan-ochiq salbiy ta’sir o‘tkazib, tajovuz qilib, uni
izdan chiqarishga qaratilgan g‘ayriinsoniy xususiyat. Agressiv xulqning shakllanishi,
kuchayishi va namoyon bo‘lishi ko‘pincha ijtimoiy muhit bilan bog‘liq holda yuz
beradi. Shaxsning o‘ziga qaratilgan tajovuzkorlik “autoagressiya” (bunday holat
shaxsdagi patologik o‘zgarishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi) deb ataladi. O‘z
joniga
qasd
qilish,
o‘ziga
tan
jarohati
yetkazish
autoagressiyaning
ko‘rinishlaridir. Jaholatga botgan, johillik va zo‘ravonlikni maqsadga erishishning
asosiy va ustuvor vositasi deb biladigan shaxslarda Agressiv xulq kuchli bo‘ladi.
Agressiv xulq nafaqat alohida shaxslar, balki butun-butun davlatlarga ham xos bo‘lishi
mumkin. Binobarin agressor — agressiyani sodir etgan kuch yakka shaxs yoki shaxslar
guruhi, siyosiy-mafkuraviy markazlar, davlat yoki bir necha davlatlar bo‘lishi mumkin.
XX asrning 30-yillarida fashistlar hukmronlik qilgan Germaniya ana shunday
tajovuzkorlik xususiyatlari bilan insoniyatga katta talofatlar keltirdi. Bugungi kunda
esa dunyodagi terroristik va ekstremistik markazlar agressiya harakatlari bilan
odamzod boshiga yangi-yangi fojialar keltirmoqda. G‘arbdagi ayrim mafkuraviy
markazlar esa jahondagi yosh rivojlanish yo‘liga kirgan mamlakatlarga informatsion
usullarda tazyiq o‘tkazish orqali o‘zining agressiv xulqini namoyon etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Бодров В. А. Информационный стресс: Учебное пособие для вузов.-М.:
ПЕР СЭ, 2000. 2. Реан А.А. Агрессия и агрессивность личности. - СПб,
1995.
2.
Змановская Э.В. Девиантология (психология девиантного поведения)- М.:
Академия, 2004.
3.
Селье Ганс. Стресс без дистресса. - Москва, Прогресс. 1982. 124 с.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
308
ISSN:3030-3613
4.
Аракулов, Г. (2022). Pedagogik va psixologik mashg ‘ulotlar maktabgacha
yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida. Современные тенденции
инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3),
54-56.
5.
Аракулов, Г. (2022). Факторы, влияющие на формирование агрессии у
подростков. Современные тенденции инновационного развития науки и
образования в глобальном мире, 1(3), 106-109.
6.
Yuldashev, S.,
&
Arakulov, G.
(2023
ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS
OF AGGRESSIVE
BEHAVIOR
IN FAMILY DISPUTES. International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.