T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
261
ISSN:3030-3613
BOSHLANGʻICH SINF FANLARI NING TABIIY FANLAR BILAN
OʻZARO INTEGRATSIYASI.
Mamatova Kamola Fayziyevna
Mirishkor tumani 21- maktab psixologi.
Annotatsiya
Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib
oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan
foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha tushunchalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
STEAM, integratsiya, multimedia, texnologiya, dars loyihasi
Barchamizga maʼlumki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining xorijiy tajribalarga
moslashtirilib tuzilayotgan darsliklari bir qadar qiyinlik qilyapti. Muammo nimada?
Oʻqituvchi va oʻquvchilar saviyasida yoki tarbiyasidami? Moddiy- texnik baza va yo
oʻqitish uslubidami? Bugungi kunda "integrallashgan dars", "integratsiyaviy
yondashuv" tushunchalari faol. Integratsiya lotincha " toʻldirish", "yaxlit", "bir butun"
degan maʼnoni bildirib, ta'lim jarayonida u bir darsning oʻzida bir nechta fanga
murojaat qilishdir. Oʻqituvchi dars loyihasini tuzayotganda ataylab,Dars vositalarini,
texnologiyalarni va usullarni boshqa fanlar bilan bogʻliqlikda amalga oshirishi nazarda
tutiladi. Boshlangʻich sinf dasturidagi tabiiy fan bu toʻliq integratsiya hisoblanadi . Bu
fandan oʻquvchilar 4 ta fanni oʻzlashtiradi. Labaratoriya mashgʻulotlari, amaliy va
multimediali dars mashgʻulotlari koʻp oʻrin egallagan.STEAM texnologiyasi asosida
taʼlim beruvchi bu fanni texnologiya, muhandislik, sanʼat, matematika fanlari bilan
bogʻliqlikda oʻrgatishi kerak. Oʻsimliklar haqidagi mavzuni boshqa fanlar bilan
integratsiyasini koʻrib chiqamiz.Texnologiya va muhandislik fanlariga bogʻlash:
bunda oʻquvchi oʻzi uyida tuvak yoki yerga gul ekadi, uni parvarishlaydi va bir
daftarga gul oʻstirish jarayonidagi amaliy ishlarini bosqichma bosqich qayd qilib
boradi.
Adabiyot bilan bogʻlash: gul oʻstirish jarayonidagi ichki kechinmalarini
qogʻozga yozadi. Bu she' r, hikoya, ertak yohud masal janrida boʻlishi mumkin.
Biz bolaning ixtirochilikka, tadqiqotchilikka ragʻbatini, qiziqishini oshirib borishimiz
kerak. Ular koʻproq nazariy bilimlarni amaliyotda sinab koʻrsa, oʻz tasavvuriga,
umumiy tushunchalardan oʻzining fikriga, bilimiga ega boʻladi. Bilimlari bilimligicha
qolib ketmaydi. Hayoti davomida foydalanishni oʻrganadi. Biz bolaga oʻrgatishimiz
kerakk, bugun qanday yangi bilimga ega boʻlsa, u bu bilimni qoʻllab koʻrsin. Uni
analiz va sintez qilsin. Tabiiy fanlarning ko‘pgina masalalari matematik
modellashtirishni talab qiladi. Matematika tabiiy fanlar uchun
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
262
ISSN:3030-3613
universal til hisoblanadi. Fizika qonunlari, kimyoviy reaktsiyalar va biologic
jarayonlar matematik usullar yordamida aniqlanadi.Matematika o‘quvchilarning
mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarinirivojlantiradi.Matematika
va tabiiy fanlarning uyg‘unligi zamonaviy ilm-fan rivojlanishiningasosiy
poydevorlaridan biridir. Tabiiy fanlar adabiyot bilan uygʻundir. Badiiy asarlardagi
tabiat tasviri, tabiatni asrash tushunchasi va insoniyatning tabiatga keltirayotgan
ayanchli zararlarini adabiyot qalamga olib, badiiy soʻz bilan ifoda etmoqda. " Oq
kema", "Qiyomat", "Boqiy darbadar" Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning har
tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
bosqichida beriladigan bilimlar bolaning kelajakdagi shaxsiy vaakademik yutuqlariga
asos bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiy fanlar esa bu jarayonda o‘zining realhayotga yaqinligi,
kuzatuvchanlikni rivojlantiruvchi xususiyati bilan ajralib turadi. Tabiiy fanlarorqali
o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat, ilmiy tafakkur
va
eksperimentalfaoliyatga bo‘lgan qiziqish shakllanadi.1.Tabiiy fanlarning boshlangʻich
taʼlimdagi oʻrni:Bu fanlar o‘quvchilarda atrof-muhitni anglash, kuzatuvchanlik, sabab-
oqibatni tushunish, tajribao‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Fanlar o‘rtasida
integratsiya hosil bo‘lishi orqali boladayaxlit tasavvur shakllanadi. Dunyoqarashni
shakllantirish – Bolalar tabiat, hayvonot, o‘simliklar,ob-havo va boshqa tabiiy
hodisalarni o‘rganish orqali atrof-muhitni anglay boshlaydilar.Kuzatuvchanlik va
tafakkurni rivojlantirish – Tabiiy fanlar o‘quvchilarni hodisalarni kuzatish,solishtirish
va xulosa chiqarishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
1.
Karimov, I. (2018). Biologiya asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi nashriyoti.
2.
Rasulov, B. A. (2020). Kimyo: Umumiy kurs. Toshkent: Fan va Texnologiya.
3.
Qodirov, S. T., & To‘xtayev, A. S. (2019). “Yerning geologik tuzilishi va uning
rivojlanish qonuniyatlari.” O‘zbekiston tabiiy fanlar jurnali, 23(2), 45-52.
4.
Smith, J. & Jones, R. (2016). Fundamentals of Environmental Science. London:
Cambridge University Pressomat", " boqiy darbadar".