T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
253
ISSN:3030-3613
TARBIYASI OGʻIR BOLALARNING RUHIY
HOLATLARINI OʻRGANISH
Choriyeva Sojida Oltiboyevna
Buxoro viloyati Olot tuman MMTB ga qarashli
13-umumiy oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
: Maqolada «qiyin» o‘smirlarning xususiyatlari, ularning
psixologik holati, ijtimoiy munosabatlari va tarbiyaviy yondashuvlar haqida tahlil
qilinadi. Maxsus e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar orasida o‘smirlarning
ishonchni yo‘qotishi, ota-onalar va pedagoglar bilan muloqotdagi muammolar va
ijtimoiy adaptatsiya jarayonlari keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari tarbiya jarayonini
samarali tashkil etishda yordam berishi mumkin.
Kalit so'zlar
: qiyin o‘smirlar, psixologik tavsif, tarbiya, o‘sish davri, ijtimoiy
munosabatlar, psixologik muammolar, ota-onalar bilan muloqot, ijtimoiy adaptatsiya
KIRISH
Agar o‘smirlik yoshining klassik tadqiqotlariga nazar soladigan bo‘lsak, unda
turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligini ko‘rish mumkin.
O‘smirlik yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida
L. S. Vigotskiy tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda o‘smir
psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy
konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. O‘smirlik yoshini «pubertat davr» deb
atagan Sh. Byuler ishlarida ushbu davrning biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat
davr biologik o‘sish davri hisoblanib, jinsiy yetilish o‘z nihoyasiga yetadi, ammo
jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy
davrlarga ajratadi. O‘smirning yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar
undagi o‘zidan o‘zi qoniqish va xotirjamlikni izdan chiqarib, uni o‘zga jinsni
qidirishga undaydi. Biologik yetilish o‘smirni izlanuvchan qilib qo‘yadi va uning
«men»ida «u» bilan uchrashish istagi tug‘iladi. Sh. Byuler psixik pubertatlikni
tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o‘g‘il bolalarda
o‘rtacha 14–16,qiz bolalarda esa 13–15 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunday
farqlashlarda shahar va qishloq, alohida mamlakatlar va hatto iqlimning ta’siri ham
hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10–11 yosh,yuqori chegarasi 18 yosh
bo‘lishi kerak. Shu ma’noda o‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai nazar,
prinsip, o‘zligini anglash, baholash va hokazolar shakllanadigan davr hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy,
beixtiyor orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip,
e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazar asosida tashkil qila boshlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
254
ISSN:3030-3613
O‘smirlik yoshining psixologik xususiyatlari alohida namoyon bo‘lganda ular
«o‘smirlik kompleksi» va uning kechishi bilan bog‘liq tarzdagi xulq-atvor buzilishi –
«pubertat inqiroz» degan nom oladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar iborasi tez-tez
uchrab turadi. Biz tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar fenomenlarining ayrim jihatlarini
yoritishga harakat qilamiz.Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘smirlik davrida ular
tomonidan sodir etiladigan har qanday xatti-harakat aktlari: aksilijtimoiy xulq-
atvor,pedagogik qarovsizlik, moslasha olmaydigan xulq, axloqsiz xulq, deviant xulq,
autodestruktiv (o‘zini o‘zi fosh qilish) xulq va hokazolar o‘tish davrining o‘ziga xos
odat tusiga qirib qolgan tartib shakli sifatida tan olinadi.
Ko‘pgina adabiyotlar tahliliga ko‘ra, IQ (intellekt)ning ko‘rsatkich darajasi
qanchalik past bo‘lsa, tarbiyasi «qiyin»lik darajasi shunchalik yuqori ko‘rsatkichga
ega. Shu sababli IQ (intellekt) tarbiyasi «qiyin»lik ko‘rsatkichi sifatida ma’lum
darajada ijtimoiy ma’no kasb etuvchi psixologik jarayon bilan aloqador.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning o‘zligini anglashda «Men» timsoli alohida o‘rin
tutadi. Tarbiyasi «qiyin»likning vujudga kelishi va uning kechishini subyekt
tomonidan anglanishi ular bilan olib boriladigan psixoprofilaktik, psixodiagnostik,
psixokorreksion ishlarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [ 3; 76]. Psixolog,
psixoterapevt va, umuman, ta’limtarbiya ishlariga mas’ul xodimlarning barchasi
tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar xulq-atvorining ijtimoiy me’yorlarga moslashuvi yoki
moslasha olmaslik strategiyasi o‘smir shaxsining himoyaviy-moslashuv mexanizmini
aks ettirishini hisobga olishlari zarur.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning ijtimoiy institutlar orqali o‘tadigan individual
yo‘li:
1.
Ota-ona
−
nomaqbul ijtimoiy nufuz
−
yomon maishiy sharoitlarda yashash
−
ijtimoiy rejaning yo‘qligi
−
farzandlarining kelajagiga umidsizlik
−
ota-onalik
majburiyatlariga
mas’uliyatsizlik
−
shakllanmagan
va
ta’sir
ko‘rsata
olmaydigan muhit
2.
Ular bilan yonma-yon yashovchilar (qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla ahli)
− qarovsiz uy-joy sharoiti
− omadsizlik va tashkil topmagan ichki madaniyat
− ko‘cha bolalari
3.
Bolalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
255
ISSN:3030-3613
−
salbiy ijtimoiy ko‘nikmalar va shakllanmagan
xulq-atvor
−
ta’limda bilimning yetishmasligi va intellektning
sustligi
−
ta’lim berishda bilimdonlikning yetishmasligi
−
ijtimoiy aloqalarning yetishmasligi
−
ijtimoiy umidsizlik
−
o‘zini o‘zi baholashning pastligi
4.
Tengqurlar guruhi
− delikvent ko‘nikma va munosabatni o‘rnatish
− tengqurlar orasidagi nufuz
− o‘zini o‘zi baholashning tiklanishi va qaytarilgan qadriyatlar
− deviant xulqning yuqori tavakkalchiligi
5.
Huquq tashkilotlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi aloqaning o‘rnatilishi
− sigmatizatsiya
− ijtimoiy rejalarning pasayishi
6.
Mehnat bozori
− ishsizlik yoki doimiy ishning yo‘qligi
− kam daromad
− sust ijtimoiy qiymatlilik
7.
Ular ota-ona bo‘lishadi
− ular nomaqbul ijtimoiy yo‘lni bosib o‘tishgan
− yomon maishiy sharoitlarda yashashda davom etadi
Ko‘rinib turibdiki, tarbiyalanganlik va tarbiyasi «qiyin»likning ko‘rsatkich
darajalari keng ijtimoiy doirada hal qilinishi zarur.
Ichki ishlar idoralari faoliyatida esa qonunni buzishi yoki qoidaga xilof ish
qilishi darajasiga qarab tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy
qoidabuzar (tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi.Shaxsning biologik
o‘sishidagi
nuqsonlar, sezgi-irodalarining kamchiliklari,o‘qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv
faoliyati va temperamentdagi qusurlar tarbiyasi «qiyin»larni keltirib chiqaradi.
Shaxsning ijobiy fazilatlari tarkib topishida axloqiy sifatlarning yetishmasligi,
o‘qituvchi, sinf jamoasi, oila-a’zolari bilan noto‘g‘ri muloqot, ishyoqmaslik, bo‘sh
vaqtni to‘g‘ri taqsimlamaslik va boshqalar salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Tarbiyasi «qiyin»
o‘smirlarni o‘rganishda kinolavhalar, yuridik varaqa,ishontirish, rag‘batlantirish,
bo‘ysundirish, qo‘rqitish singari usullardanfoydalaniladi. Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar
bilan alohida-alohida suhbat o‘tkazish ularning ruhiy kechinmalari bilan tanishishning
eng samarali usulidir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_2-to’plam_Iyun-2025
256
ISSN:3030-3613
O‘tkazilgan suhbatlar o‘smirning psixik dunyosiga shunday nozik ta’sir qilish
kerakki, natijada unda vijdon azobi, o‘ng‘aysizlik tuyg‘usi vujudga kelsin. O‘smir
shaxsiyatiga tegadigan muomalada bo‘lish man etiladi.Suhbat davomida iliq
psixologik muhit, do‘stona munosabat bo‘lmog‘i shart.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarni, tipologik xususiyatlariga ko‘ra, bir nechta shartli
guruhga ajratish mumkin. Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki
subutsizlar
deyiladi. Ular bila turib qonun qoidalarni buzadilar, noma’qul ishlarni
qiladilar. Ular o‘zlarining gunohkor ekanliklarini tan olmaydilar. Bunday bolalar betga
chopar, o‘jar tabiatli, rahm-shafqatsiz, «zo‘ravon» bo‘ladilar.
Ikkinchi guruhga mansub tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar yaxshi va yomonni
tushunadilar, biroq mustaqil e’tiqodga, barqaror his-tuyg‘uga ega emasliklari sababli
«orqa»da turib qoidani buzadilar. Ular jamoa oldida katta va’da beradilar, biroq,
ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, bergan va’dasini butunlay unutadilar. Uchinchi guruhga
mansub tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar shaxsiyatparastlik tufayli qonunbuzarlik,
tartibbuzarlik yo‘liga kirib qoladilar. Ular qilmishlari uchun afsusnadomat chekadilar,
ruhan eziladilar. Ulardagi axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon
bo‘ladi.
XULOSA
Injiq tabiatli o‘smirlar to‘rtinchi guruhga mansub bo‘lib, sinfda,tengqurlari
orasida o‘z o‘rnini topa olmaganidan qayg‘uradilar. Shu bois ginaxon, arazchi
bo‘ladilar.Shu ma’noda o‘smir tomonidan sodir etilgan jinoiy harakat uning xulqiga
emas, balki vujudga kelgan vaziyatga ko‘ra sodir etilganda o‘smir shaxsining ijobiy
sifatlari va jinoyatchilikning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar berilmaydi. Shuning uchun ham vujudga kelgan vaziyatlarga bog‘liq
bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishda o‘smir shaxsining xususiyatlarini, uning ijobiy
va salbiy sifatlari hamda xarakterini hisobga olgan holda ish tutish maqsadga
muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Umumiy psixologiya // A.V.Petrovskiy tahr. ostida 3-qayta ishlan. va to‘ldirilgan
ruscha nashr tarjimasi.-T:. O’qituvchi.1992. -512 b.
2.
G’ozev E.G’. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). O‘quv qo‘llanma - T.:
O‘qituvchi, 1994. -224 b.
3.
Gоziеv E.G. Tulaganоva G.K. Tarbiyasi qiyin o`smirlar . T.: «Univеrsitеt» 2005. –
179 b
4.
Internet materiallari