T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
120
ISSN:3030-3613
OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLA TARBIYASI
SHAKLLANISHIGA O'ZARO ALOQADORLIGI HAMDA PSIXOLOGIK
TAʼSIRI
Abduvoxidova Dilnavoz Abdukarim qizi
Samarqand viloyati Jomboy tumani
8-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Oiladagi turli-tuman tarbiya usullarini qoʻllash tarbiyalanuvchining xarakter
xususiyatlariga mos kelishi, ya’ni ota-onalar, tarbiyachilar bolalarning individual
psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiya usullarini va shakllarini qo’llashi
maqsadga muvofiqdir. Aks holda, bolaning xarakter xususiyatlarida tarbiyasi
og’ishish kabi nomaqbul ko’rinishlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Kalit so’zlar:
shaxs, an’ana, urf-odat, munosabat, ota-ona, xarakter, muhit,
tarbiya,ruhiy muhit
KIRISH
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, avvalo,
oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga
xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni izzat qilish,
Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi. Aynan bolalar
o’rtasida sodir etilayotgan deviant xulq-atvor ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik,
giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar
oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri tashkil etilmaganligi oqibatida kelib
chiqmoqda. Yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga
nisbatan kommunikativ shaxslar aro muloqat qoniqarli emasligi xozirga vaqtda
ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi,
shuningdek, «biz» tushunchasi va unga munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan
ajralib turadi.
Bolaning oilada shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta’sir etuvchi omillarning
asosiysi bevosita muhit va mikromuhitdir. Avvalo, bu bolaning qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi, xarakterini shakllantiruvchi jamoa, uning ota-onasi, qarindoshlari,
tengdoshlari, maktabgacha ta’lim muassasasasi tarbiyachilari, maktab pedagoglar
jamoasi va boshqalardir.
Mikromuhit insonga ikki yoqlama ta’sir ko’rsatadi:
-
jamiyat tomonidan tashkil etilgan stereotiplar ya’ni, an’analar, qoidalar,
me’yor va kundalik hayotdagi odatiy sharoitlar orqali;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
121
ISSN:3030-3613
-
shuningdek, yaqin muhitning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari natijasida
bolalarda xarakter xususiyatlarining shakllanishiga eng muhim omil sifatida birinchi
navbatda oila muhiti eng kata tasir ko’rsatadi.
Birinchi rezidentimiz ta’kidlaganidek, “Oila hayotining abadiyligi, avlodlarning
davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan
birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan
tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor. Bola tug’ilganidan boshlab oila
muhitida yashaydi, ulg’ayadi, oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar o’smir
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat
talablarini anglaydi, his etadi”. Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning
ta’lim-tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari,
shuningdek, millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash,
kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada
shakllanadi.
Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini yuzaga
kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning uchun ham
xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi, degan fikr
mavjud. Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik
yoshida xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”, “boshqacharoq bo’lib
qolish” tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni, atrofdagilarga nisbatan
munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo’la
boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va
nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida
aktsentuatsiya
xususiyatlari,
jumladan,
emansipatsiya
reaktsiyasi
kattalar
qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq
reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi.
Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor
ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga
befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini,
ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi
tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi,
natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning
psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi.
Ijtimoiy muhitdagi turli
hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo‘lishiga
odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra, yoshlik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
122
ISSN:3030-3613
chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta
odamlarning barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu
hattiharakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar
oilada, ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini
zimdan kuzatib turadilar. To’g’ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv
jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi
milliy barqarorlik susayib, zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko’zga
tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko ham qo’shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga
ta’sir etuvchi zamonaviy oilalarning o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib
ko’rsatadi:
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va
farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p avlodli
oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos
ijtimoiypsixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo
munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga ta’sir
etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va vaziyatlar
ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi.
-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida
bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi.
Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab, bolalar
ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit, ham
individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir. Keltirilgan turli ilmiy
ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, zamonaviy oilaning o’ziga xos
xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun insonparvarlik tajribasining
cheklanganligi bilan ifodalanadi.
Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga
nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik) sifatlari yetarlicha o’z aksini
topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot almashinish chegaralangan,
to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan
aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga
munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina holatlar oqibati
sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya’ni oila davrasida
bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining haqligini ta’kidlash,
o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi harakatlar qilish, ularning
qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to’liq foydalanmaslik
orqali namoyon bo’lmoqda. Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan
begonalashishning ayrim shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a’zolarining begonalashishi bolalarning
boshqa doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
123
ISSN:3030-3613
bo’lishiga olib kelmoqda. Oila a’zolari o’rtasidagi komunikativ a’loqalarning
cheklanganligi, qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o’zining
ehtiyojini, endi norasmiy guruhlarga qo’shilish, noan’anaviy mashg’ulotlar bilan
shug’ullanayotganini kuzatishimiz mumkin.
XULOSA
Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi
bolalar kompleksini hayotga yo’naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda
boladan noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi
boladada o’z navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan
tashqari jamoalarda himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o’zini
chetga tortishiga, o’z-o’zini himoya qila olmaslikga, biror ta’sirga tezda javob qaytara
olmaslik holatiga va o’zini tezda yo’qotib qo’yish holatiga olib keladi. Bolalarrning
bunday xulq atvori ota-onalari va atrofdagilar uni boshqarishiga, boshqalarga tobe
bo’lib qolishga, bog’lanib qolishiga, mustaqil bo’la olmasligiga sabab bo’ladi. Ketma-
ket bo’lmagan munosabatla.
Bunda ota-onalarning bola tarbiyasidagi ehtiyotsizligi, loqaydligi vabolaga
nisbatan talabchan bo’lmasligi bilan ajralib turadi. Bolalarga nisbatan qo’yilgan
noto’g’ri talablar yo o’zini oqlamagan yoki o’ta yumshoq ko’rinishda bo’lib, muayyan
bir harakati uchun bir safar jazolasalar, keyingi safar e’tiborsiz qoldirishining
natijasiadir. Bunday holatlarda bolalar hulq-atvor normalarida, burch, ma’suliyat hissi
kabi tushunchalar haqida o’ylamaydi va muayyan tasavvurlarga ega bo’lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: ma’naviyat, 2008.
2.
Бойко В.В. Трудный характер подростков. - СПб.:Издательство «Союз»,
2002.
3.
Shoumarov G’.B. “Oila psixologiyasi” “SHARQ” 2008yil
4.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o‘quv
qo‘llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1974. – 194 s.
5.
Dostmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunsova G., Ziyavitdinova G.
“Umumiy psixologiya”. Toshken, 2020-yil