Авторы

  • Abduraxmonova Dilshoda Sayfidin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103311

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Ekologiya iqlim o‘zgarishi Orol dengizi barqaror rivojlanish ekologik ta’lim yashil makon iqlimga moslashish tabiiy resurslar atrof-muhitni muhofaza qilish O‘zbekiston

Аннотация

Annotatsiya 
Ushbu  maqolada  O‘zbekistonning  ekologik  holati,  iqlim  o‘zgarishlari  va 
ularning oqibatlari, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik himoya 
va iqlimga moslashuv bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Muallif Orol dengizi 
ekologik  falokatidan  tortib,  respublikada  yashil  hududlarni  kengaytirish  va  ta’lim 
tizimida  ekologik  madaniyatni  rivojlantirishga  qaratilgan  davlat  siyosati  va  amaliy 
loyihalarni  tahlil  qiladi.  Shuningdek,  iqlim  o‘zgarishiga  qarshi  kurashish  va  unga 
moslashish  yo‘lida  ilmiy  tadqiqotlar  va  xalqaro  hamkorlik  faoliyatlari  haqida 
ma’lumotlar  keltirilgan.  Maqola  ekologik  ongni  oshirish  va  barqaror  rivojlanish 
tamoyillarini amalga oshirish zaruratini ta’kidlaydi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

60

ISSN:3030-3613

IQLIM O‘ZGARISHLARIGA O‘ZBEKISTONDAGI MUNOSABAT

Muallif: Ilmiy tadqiqotchi, Abdulla Avloniy

nomidagi Pedagogik Mahorat Milliy Instituti

“Kattalar ta’limi” yo‘nalishi magistranti

Abduraxmonova Dilshoda Sayfidin qizi

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning ekologik holati, iqlim o‘zgarishlari va

ularning oqibatlari, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik himoya
va iqlimga moslashuv bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Muallif Orol dengizi
ekologik falokatidan tortib, respublikada yashil hududlarni kengaytirish va ta’lim
tizimida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va amaliy
loyihalarni tahlil qiladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va unga
moslashish yo‘lida ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik faoliyatlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Maqola ekologik ongni oshirish va barqaror rivojlanish
tamoyillarini amalga oshirish zaruratini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

Ekologiya, iqlim o‘zgarishi, Orol dengizi, barqaror rivojlanish,

ekologik ta’lim, yashil makon, iqlimga moslashish, tabiiy resurslar, atrof-muhitni
muhofaza qilish, O‘zbekiston

Аннотация

В статье рассматривается экологическое состояние Узбекистана,

последствия изменений климата, а также меры по охране окружающей среды и
адаптации к климатическим изменениям, реализуемые в стране. Автор
анализирует экологическую катастрофу Аральского моря, государственную
политику по расширению зеленых зон и развитию экологической культуры в
системе образования. Также представлены данные о научных исследованиях и
международном сотрудничестве в области борьбы с изменением климата. Статья
подчеркивает необходимость повышения экологического сознания и реализации
принципов устойчивого развития.

Ключевыеслова:

Экология, изменение климата, Аральское море,

устойчивое развитие, экологическое образование, зеленые пространства,
адаптация к климату, природные ресурсы, охрана окружающей среды,
Узбекистан

Abstract

The article discusses the ecological state of Uzbekistan, the impacts of climate

change, and the environmental protection and climate adaptation measures undertaken
in the country. The author analyzes the Aral Sea ecological disaster, state policies
aimed at expanding green spaces and developing ecological culture within the


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

61

ISSN:3030-3613

education system. Information on scientific research and international cooperation in
combating climate change is also provided. The article emphasizes the importance of
raising ecological awareness and implementing sustainable development principles.

Keywords:

Ecology, climate change, Aral Sea, sustainable development,

environmental education, green spaces, climate adaptation, natural resources,
environmental protection, Uzbekistan

Kirish

Zamonaviy ekologiya fanining markaziy nazariy asoslaridan biri — bu tabiiy

ekotizimlarning mavjudligi va ularning barqaror ishlashidir. Bu tizimlar energiyaning
uzluksiz harakati, uning shakllanish manbalari hamda turli komponentlar o‘rtasidagi
uzviy bog‘liqlik orqali tavsiflanadi. Bugungi kunda biologik xilma-xillikning keskin
kamayishi, ayniqsa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlari
O‘zbekiston “Qizil kitobi”da qayd etilishi orqali e’tiborga olinmoqda. Jahon miqyosida
esa ekologik muvozanatning buzilishi, tabiiy resurslardan asossiz foydalanish va
ifloslanish holatlari ekotizimlarning yemirilishiga olib kelmoqda.

Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik falokat bunday salbiy oqibatlarga misoldir.

O‘tmishda suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va paxtachilikning mutlaq
ustuvorligi Amudaryo suvlarining kamayishiga, natijada Orol dengizining qurib
borishiga olib keldi. Hozirda uning qurigan qismidan yillik 15-75 million tonna
atrofida chang va tuz havoga ko‘tarilib, atrof-muhitning keskin ifloslanishiga, tuproq
sho‘rlanishining ortishiga, cho‘llanish jarayonining kengayishiga sabab bo‘lmoqda.[1]
Bu esa mintaqada ekologik falokat holatining yuzaga kelishiga, aholining sog‘lig‘iga
salbiy ta’sir etayotgan kasalliklar sonining ortishiga olib kelmoqda.

So‘nggi o‘n yilliklarda iqlim o‘zgarishlari insoniyatning hayot tarzi, iqtisodiyoti

va ekologik xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim global muammolardan
biriga aylandi. Atmosfera haroratining ko‘tarilishi, yomg‘ir va qurg‘oqchilik
rejimining buzilishi, suv resurslarining kamayishi, cho‘llanish va biologik xilma-
xillikning kamayishi kabi holatlar O‘zbekiston hududida ham tobora sezilmoqda. Shu
sababli, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va uni yumshatish bo‘yicha ilmiy, amaliy va
tarbiyaviy choralar zarur.

Atmosfera havosining ifloslanishi ham respublika miqyosidagi jiddiy

muammolardan biri hisoblanadi. Iqlim sharoitining quruqligi, o‘rmonzorlar va
yaylovlarning kamayishi, chorvachilik ko‘lamining oshishi o‘simlik dunyosiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda. [2] Sanoat sohasining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda havodagi
ifloslanish miqdori ham ortmoqda. Ayniqsa, aholisi zich va sanoati rivojlangan
Toshkent hamda Farg‘ona hududlari ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlar
qatoriga kiradi.[3]


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

62

ISSN:3030-3613

O‘zbekiston Respublikasi kontinental iqlim zonasida joylashgan bo‘lib, yozlari

issiq va quruq, qishlari esa sovuq va kam yog‘ingarchilikli bo‘ladi. O‘zbekistonda
iqlim o‘zgarishining quyidagi asosiy oqibatlari kuzatilmoqda:

O‘rtacha yillik haroratning oshishi (so‘nggi 50 yilda 1,5–2°C ga

ko‘tarilgan);

Suv resurslarining kamayishi, ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo

havzalarida;

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik inqirozning kuchayishi;

Cho‘llanish jarayonining tezlashuvi;

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligiga salbiy ta’sirlar.

Atrof-muhitning yomonlashuvi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy

muammo sifatida ham ahamiyat kasb etmoqda. Havoning ifloslanishi inson
salomatligiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatiga, shuningdek, tarixiy
yodgorliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [4]

1999–2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi

kurashish va unga moslashish bo‘yicha qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Quyida bu davr mobaynida amalga oshirilgan asosiy ishlar va dasturlar keltirilgan:

1. Huquqiy-me’yoriy asoslarning mustahkamlanishi

1999–2000 yillar: Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ilk davlat siyosati

shakllana boshladi. O‘zbekiston BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doimiy
konvensiyasiga (UNFCCC) a’zo davlat sifatida milliy ma’ruzalar tayyorladi.

2003 yilda: O‘zbekiston Kioto protokolini ratifikatsiya qildi.

Parij kelishuvi – O‘zbekiston 2018-yilda ushbu xalqaro hujjatni

ratifikatsiya qildi va karbon chiqindilarini kamaytirish majburiyatini oldi.

2. Davlat strategiyalari va dasturlari

2015 yilda: "O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish

konsepsiyasi" qabul qilindi. Unda iqlim o‘zgarishiga moslashuv, suv resurslari
boshqaruvi, energetik samaradorlik masalalari o‘rganildi.

2020–2030 yillarga mo‘ljallangan "Yashil iqtisodiyot" strategiyasi ishlab

chiqildi.

2023–2030-yillarga mo‘ljallangan “Iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy

strategiyasi” – iqlimga moslashuvni ta’lim, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, suv
resurslarini boshqarish sohalarida amalga oshirishni nazarda tutadi;

2023 yilda: "Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha Milliy strategiya"

tasdiqlandi. Bu strategiya suv, qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash va
infratuzilma sohalarida moslashuv choralarini belgilaydi.

3. Amaliy chora-tadbirlar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – 2021-yildan boshlab har yili

millionlab daraxt ekish orqali yashil hududlar maydonini kengaytirishga qaratilgan;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

63

ISSN:3030-3613

Suv tejovchi texnologiyalar (tomchilatib sug‘orish) keng joriy etildi;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish: quyosh va shamol

elektr stansiyalari qurilishi boshlandi (Masalan, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo
viloyatlarida);

Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va gaz iste’molini

kamaytirish loyihalari amalga oshirildi;

Orolbo‘yida ekologik tiklash ishlari: Orol dengizi qurigan hududlarda

yashil zonalar (o‘rmonzorlar) yaratildi.

4. Xalqaro hamkorlik

BMT, Yevropa Ittifoqi, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda iqlimga moslashuv, barqaror qishloq xo‘jaligi,
suv resurslarini boshqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi.

Green Climate Fund, GEF (Global Environmental Facility) kabi fondlar

yordamida grantlar jalb qilindi.

Biroq mavjud qonunlar va me’yoriy hujjatlarga to‘liq amal qilinmasligi

sababli yurtimizdagi ayrim yirik shaharlar va hududlar ekologik jihatdan noqulay
hududlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida

“Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga
majburdirlar” deb qat’iy belgilangan. [5]

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining rasmiy chiqishlarida, xususan, 2023-

yilda BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida ta’lim tizimi va ijtimoiy ong orqali
ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasini alohida ta’kidlab, “iqlim o‘zgarishi
Markaziy Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda”, [6] deya
O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasini ochiq bayon qilgan edi. Ushbu yondashuv
davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, keyingi yillarda mamlakatda
ekologik ta’lim va tarbiya sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2017–2021-yillarda amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi

doirasida ekologik muammolarni hal etishda ta’lim tizimining o‘rni kuchaytirildi.[7]
Bu strategik hujjat asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston
Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” va unga muvofiq
“Tadbirlar rejasi” tasdiqlandi[8]. Ushbu hujjatlar asosida ekologik ta’limni uzluksiz
ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, o‘quv dasturlarini dolzarb
ekologik masalalar asosida yangilash, yosh avlodda tabiatga ongli va mas’uliyatli
munosabatni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Bundan tashqari, mazkur Konsepsiyada innovatsion ta’lim metodlarini joriy

etish, ilmiy-huquqiy va moddiy-texnik infratuzilmani yaratish, shuningdek, ekologik
sohaga oid davlat organlari va ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish kabi muhim vazifalar ilgari surildi. Bu chora-tadbirlar, o‘z navbatida,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

64

ISSN:3030-3613

yoshlarda ekologik savodxonlikni oshirish, ekologik ong va madaniyatni
shakllantirish, barqaror rivojlanish tamoyillarini singdirish kabi ijtimoiy-pedagogik
maqsadlarga xizmat qilmoqda.

2025-yilda esa ushbu yo‘nalishdagi islohotlar yanada chuqurlashtirildi.

Prezident tomonidan tasdiqlangan “2024–2026-yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish
va ekologik xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha Milliy strategiya” doirasida ta’lim
muassasalarida ekologik fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish, ekologik madaniyatni
yoshlar ongiga singdirish va amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan metodik qo‘llanmalarni
keng joriy etish rejalashtirildi. [9]

Bu sa’y-harakatlar o‘z natijasini bera boshladi. O‘zbekiston Respublikasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil
boshida bergan ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda har yili 14 milliondan ortiq daraxt
ekilmoqda va bu jarayonga o‘quvchilar ham faol jalb qilinmoqda.[10] Xususan, 2024-
yilda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida 5 mingga yaqin maktabda
ekologik to‘garaklar tashkil etilib, o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan munosabati amaliy
faoliyat orqali mustahkamlanmoqda.

Shunday qilib, davlat siyosatida ekologik tarbiya va ta’limga berilayotgan

ustuvor e’tibor O‘zbekistonda ekologik madaniyatni shakllantirish va barqaror
rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot va monitoring ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

huzurida iqlim

o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik va suv resurslari muammolarini o‘rganuvchi ilmiy
institutlar faoliyati kuchaytirildi.

“O‘zgidromet” (O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi)

faoliyati modernizatsiya qilinib, iqlim monitoringi, prognoz va tahlil ishlari ilmiy
asosda olib borila boshlandi.

Iqlim modellashtirish laboratoriyalari

tashkil etildi va zamonaviy

dasturiy vositalar bilan jihozlandi.

O‘zbekiston bo‘yicha 40 dan ortiq avtomatlashtirilgan meteorologik

stansiyalar o‘rnatildi (2020-yildan boshlab).

Havo harorati, yog‘ingarchilik, tuproq namligi, atmosfera bosimi, shamol

yo‘nalishi va tezligi, quyosh nurlanishi kabi iqlim parametrlarini

doimiy

ravishda

o‘lchash tizimi joriy qilindi.

Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida kuzatuvlar olib borilmoqda (BMT

va Yevropa Ittifoqi ko‘magida).

UNDP, GEF (Global Environmental Facility), Green Climate Fund

va boshqa donorlar bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini
o‘rganishga qaratilgan loyihalar amalga oshirildi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

65

ISSN:3030-3613

Iqlim o‘zgarishining

suv resurslariga, qishloq xo‘jaligiga, sog‘liqni

saqlashga

ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tarmoqlararo tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent davlat agrar universiteti, Qishloq xo‘jaligi instituti,

Toshkent davlat texnika universiteti

qoshida iqlim o‘zgarishiga moslashuv

yo‘nalishida ilmiy ishlanmalar yaratildi.

“O‘zgidromet” veb-sayti orqali iqlim statistikasi, prognozlar, hisobotlar

ochiq va doimiy yangilanadigan shaklda taqdim etilmoqda.

Ilmiy ma’lumotlar GIS texnologiyalari orqali vizual ko‘rinishga

keltirilib, xaritalar va tahliliy grafiklar bilan taqdim etilmoqda.

Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash faqat davlat siyosati bilan cheklanmaydi,

balki har bir fuqaroning ekologik ongiga, yashash madaniyatiga ham bevosita bog‘liq.
Xususan:

energiyani tejash;

chiqindilarni kamaytirish va ularni qayta ishlash;

jamoaviy eko-aksiyalarda ishtirok etish;

tabiatga zarar yetkazmaslik;

suvdan oqilona foydalanish kabilar iqlimga salbiy ta’sirni kamaytiruvchi

amallar sirasiga kiradi.

Ushbu qadriyatlar va ko‘nikmalarni bolalik davridan boshlab shakllantirish

ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning ta’lim orqali
amalga oshirilayotgan eng muhim bosqichidir.

Bugungi kunda ta’lim tizimida iqlim o‘zgarishlari mavzusini integratsiyalash

bo‘yicha bir qator muhim yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan:

maktab darsliklarida atrof-muhit va iqlim muammolari haqidagi mavzular

hajman va mazmunan kengaytirilmoqda;

ko‘chat ekish, chiqindilarni yig‘ish va tozalash kabi ekologik tadbirlar

muntazam ravishda tashkil etilmoqda;

maktablarda ekologik klublar va to‘garaklar faoliyat yuritib,

o‘quvchilarning ekologik masalalardagi ishtiroki kengaymoqda;

iqlim mavzusida interaktiv darslar, muammoga asoslangan o‘rganish

(PBL), hamda STEAM yo‘nalishidagi loyihalar orqali o‘quvchilarda amaliy bilim va
ko‘nikmalar shakllantirilmoqda.

Bu tashabbuslar orqali o‘quvchilarda ekologik fikrlash va iqlim

o‘zgarishlariganisbatan ongli munosabat vujudga kelmoqda. Natijada, ular kelajakda
ekologik barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etadigan, mas’uliyatli shaxslar
sifatida kamol topadilar.

Bu chora –tadbirlarning davomi sifatida joriy yilda ham bir qator tadbir va

festivallar tashkil etildi:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

66

ISSN:3030-3613

1.

Toshkent shahrida 1–3-may kunlari an’anaviy “Gullar festivali” bo‘lib

o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda tashkil etildi va uning
asosiy maqsadi jamiyat e’tiborini ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish hamda
“yashil iqtisodiyot” tamoyillarini rivojlantirishga qaratildi .

2.

Yoshlar ishlari agentligi va “Bahor gullari” kompaniyasi hamkorligida

keng jamoatchilik uchun “Yashil tashabbuslar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada noyob o‘simliklar, turli xil daraxt ko‘chatlari, yashil energiya loyihalari
hamda ekologik mahorat darslari namoyish etildi. Tadbirning eng e’tiborga molik
jihatlaridan biri — yosh tadbirkor Sanjarbek Maxsudov tomonidan “Yoshlar yashil
bog‘lari” loyihasini yanada kengaytirish maqsadida 2000 dona daraxt ko‘chatining
sovg‘a qilinishi bo‘ldi.

3.

15-may kuni, Xalqaro Iqlim kuni munosabati bilan Orolbo‘yi mintaqasida

“Global yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida esa “Yoshlar va iqlim”
xalqaro loyihalar tanlovi o‘tkazildi. “Global yoshlar festivali” doirasida:

“Yashil makon” va “Bek va Lola” multfilmlari namoyishi;

Madina Muminovaning ekologiyaga bag‘ishlangan kitoblari asosida

sahna ko‘rinishi;

Raim Farhodiy va Saida Rashidovaning asarlari asosida o‘tkaziladigan

mutolaa mashg‘ulotlari kabi ekologik tadbirlar tashkil etildi.

4.

Green Spark: Yashil kelajak sari — tanlovi o’tkazildi. Bu Markaziy Osiyo

yoshlari uchun ekologik va texnologik innovatsiyalarni ilgari surishga qaratilgan
xalqaro tanlovdir. Tanlov yoshlar orasida ekologik muammolarga yechim topish,
barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot g‘oyalarini targ‘ib qilishni maqsad qilgan[11]

5.

“Yoshlar va iqlim” xalqaro loyihalar tanlovi o’tkazildi. Tanlov

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), O‘zbekiston Yosh
fermerlar kengashi (O‘zYFK) va Global ekologik fondning kichik grantlar dasturi
(GEF KGD) hamkorligida tashkil etilgan. Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar
orasida ekologik ongni oshirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror
rivojlanish g‘oyalarini ilgari surishdir.

Yuqorida bayon etilgan tadbir va tashabbuslar shuni ko‘rsatadiki,

O‘zbekistonda ekologik tarbiya va yoshlar ongida iqlim masalalariga mas’uliyatli
munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ekologik festivallar, “Yashil makon” kabi harakatlar, xalqaro hamkorlikda tashkil
etilayotgan tanlov va ko‘rgazmalar orqali yosh avlod ekologik qadriyatlar, yashil
iqtisodiyot, barqaror rivojlanish tamoyillarini nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan
ham o‘zlashtirmoqda.

Bu kabi yondashuvlar nafaqat atrof-muhit muhofazasiga, balki fuqarolik

pozitsiyasini kuchaytirishga, ijtimoiy hamjihatlik va ekologik madaniyatni
shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bevosita ishtirok etishi orqali


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

67

ISSN:3030-3613

ular ekologik muammolarni anglaydigan va ularning yechimiga hissa qo‘shadigan
mas’uliyatli shaxslar sifatida voyaga yetishmoqda.

Shu bois, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini innovatsion shakllarda davom

ettirish, yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va keng
jamoatchilikni jalb etish kelgusida O‘zbekistonning ekologik barqarorligiga xizmat
qiluvchi muhim omillardan biri bo‘lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Micklin, P. (2007). The Aral Sea disaster. Annual Review of Earth and Planetary
Sciences, 35, 47–72.

2.

Karimov, I. A. (2015). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent:
Ma’naviyat.

3.

UNECE. (2020). Air Pollution in Central Asia: Assessments and Actions. Geneva:
United Nations Economic Commission for Europe.

4.

World Bank. (2022). Environmental Health in Uzbekistan: Risks and Responses.
Washington, DC: The World Bank.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (1992). Konstitutsiya. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nashriyoti.

6.

Mirziyoyev, Sh. M. (2023).

Speech at the 78th Session of the UN General Assembly

.

Retrieved from

https://president.uz

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2017).

2017–2021 yillarda

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi

. Retrieved from

https://lex.uz

8.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasi.

(2019).

O‘zbekiston

Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va tadbirlar rejasi

.

Retrieved from

https://lex.uz

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2024).

Atrof-muhitni muhofaza

qilish va ekologik xavfsizlik strategiyasi

. Retrieved from

https://lex.uz

10.

Ekologiya vazirligi. (2025).

Yashil makon: Daraxt ekish holati va maktab

to‘garaklari haqida axborot

. Retrieved from

https://ekomin.uz

11.

UNDP Uzbekistan. (2024).

Green Spark: Youth for a Green Future & Climate

Action Projects

. Retrieved from https://www.undp.org/uzbekistan

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar

Micklin, P. (2007). The Aral Sea disaster. Annual Review of Earth and Planetary

Sciences, 35, 47–72.

Karimov, I. A. (2015). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent:

Ma’naviyat.

UNECE. (2020). Air Pollution in Central Asia: Assessments and Actions. Geneva:

United Nations Economic Commission for Europe.

World Bank. (2022). Environmental Health in Uzbekistan: Risks and Responses.

Washington, DC: The World Bank.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (1992). Konstitutsiya. Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nashriyoti.

Mirziyoyev, Sh. M. (2023). Speech at the 78th Session of the UN General Assembly.

Retrieved from https://president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2017). 2017–2021 yillarda

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi. Retrieved from https://lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2019). O‘zbekiston

Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va tadbirlar rejasi.

Retrieved from https://lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2024). Atrof-muhitni muhofaza

qilish va ekologik xavfsizlik strategiyasi. Retrieved from https://lex.uz

Ekologiya vazirligi. (2025). Yashil makon: Daraxt ekish holati va maktab

to‘garaklari haqida axborot. Retrieved from https://ekomin.uz

UNDP Uzbekistan. (2024). Green Spark: Youth for a Green Future & Climate

Action Projects. Retrieved from https://www.undp.org/uzbekistan