Mualliflar

  • Narzikulova Xabiba Xursanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103324

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: psixologik jismoniy muhim faoliyat o‘qish muloqot ruhiy ma’naviy xususiyatlar a’zolar o‘zgarishlar tashqi qiyofa jinsiy balog‘at jiddiy munosab qarama-qarshiliklar ruhiy holat.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr 
deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek 
o‘smirlik  yoshidagi  bolalarning  yosh  va  individual  xususiyatlari  haqida  zarur 
bilimlarga ega bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiyalash juda qiyin 
deb  o‘ylaydilar.  Lekin  hozirgi  kunda  o‘smirlarni  tarbiyalashni  o‘ziga  xos 
xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va 
vujudga kelishining murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

220

ISSN:3030-3613

O‘SMIRLIK DAVRIDA BOLALARNING RIVOJLANISHIDA OTA-

ONALAR HAMDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING OʻRNI VA

AHAMIYATI

Narzikulova Xabiba Xursanovna

Samarqand viloyati Urgut tumani

147-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr

deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek
o‘smirlik yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur
bilimlarga ega bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiyalash juda qiyin
deb o‘ylaydilar. Lekin hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos
xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va
vujudga kelishining murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir.

Kalit so‘zlar:

psixologik , jismoniy, muhim, faoliyat, o‘qish, muloqot, ruhiy,

ma’naviy, xususiyatlar, a’zolar, o‘zgarishlar, tashqi qiyofa , jinsiy balog‘at, jiddiy
munosab, qarama-qarshiliklar, ruhiy holat.

KIRISH

O‘smirlik davri o‘zining taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning

shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Bu
o‘smirlarga xos xususiyatdir. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir
o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar biologik, fiziologik hamda psixologik
o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq
ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va
organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar
bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir.

O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda

psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy xususiyatida ham burilishlar sodir
bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular, avvalo, ta’lim
jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va
uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qonikmaslik
holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi hakidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib
keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

221

ISSN:3030-3613

Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini

o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap
ko‘tarmas bo‘lib qoladi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot
hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik,
o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir.O‘smirda psixik
jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi.
Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida,
kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar
paydo bo‘ladi, bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar,
ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.

Butun a’zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka,

yurak, jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham
o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun
eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar
yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar
bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning
o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga
kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan
shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.

O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga

keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik
kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida
yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.O‘smir
o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri o‘tishi bilan
bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘sishi
to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo‘lsalar
foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.

Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan,

ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish,
shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi
qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq
kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular
o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga
urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari
bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy,
ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali,
kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala
qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

222

ISSN:3030-3613

ish tutsalar, oilada O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy
vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham
shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv
hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir.

O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy

munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat
qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks
holda o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning
uchun o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.

O‘smirning jismoniy jihatdan o‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol

o‘ynaydi, jinsiy balog‘atga yetish o‘smir organizmi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar
yasaydi. Jinsiy balog‘at natijasida o‘smirlarda o‘ziga xos psixik holat vujudga keladi.
Shuning uchun bu davrda maktab va oilada ta’lim- tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yil-
masa, o‘smirning yosh fiziologik xususiyatlari xisobga olinmasa, uning xulq atvoridagi
salbiy sifatlar ortib borib, bola xarakterining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
va keyingi hayoti davomida ham o‘zgartirish qiyin bo‘lgan chuqur iz qoldirishi
mumkin.

O‘qituvchilar, tarbiyachilar, sinf rahbarlari dastavval shuni chuqur anglashlari

lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotga ta’sir qilishdan tashqari
o‘smirning psixik taraqqiyotiga ham albatta ta’sir qiladi. O‘smirlarda jinsiy yetilish
munosabati bilan shu paytgacha ularga noma’lum bo‘lgan va qandaydir ma’noda ular
uchun kutilmagan jinsiy moyillik va tegishli fikrlar, xislar, kechinmalar, qarama-qarshi
jinsga spetsifik qiziqish, ma’lum mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning
gaplariga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi mutlaqo zarur, tabiiy va me’yoriy
holdir. Jinsiy tarbiyaning muhim vositalaridan biri o‘smirlar diqqatini odamlar
o‘rtasidagi intilish munosabatlar doirasidan boshqa ob’ektlarga ko‘chirishdir. Bu
o‘smirlar diqqatining jinsiy kechinmalar ustida to‘rejaishini ozaytiradi.O‘smirning
hayot kechirish tarzi va uning psixik taraqqiyotga ta’siri

.

Kichik yoshdagi

o‘quvchilardan farqli ravishda o‘rta yoshdagi o‘quvchilarning hayot kechirish tarzida
jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Oilada, maktabda va o‘quvchilar jamoasida o‘smirning
mavqei sezilarli darajada o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. O‘smirlarning oila
a’zolari bilan ham yangicha munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi.

O‘smir shaxsining takomillashuvi va shakillanishiga turtki bo‘lgan omillardan

biri o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishlardir. O‘smir endi faqat bilimlar
tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish
uchun emas, balki tengqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda
yaxshi odam bo‘lish uchun o‘quv motivlari ustuvor bo‘lib boradi, lekin o‘quv faoliyati
motivlari orasida bilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli,
ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy xis tuyg‘ular va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

223

ISSN:3030-3613

xavotirlik xislarini boshdan kechiradi. Kattalar tomonidan o‘smirning yurish turishi,
xulqiga javob berish talab qilinadi. O‘smirga uning ilgari qondirilib kelinayotgan
ehtiyoj va xohishlari endi qondirilmasligi, ularning ko‘pidan voz kechish lozimligi
uqtiriladi. O‘smir qiyinchilik bilan bo‘lsada, o‘zining yangi mavqeini tushuna
boshlaydi, o‘z xulqini o‘zgartirib unga moslasha boradi.

Maktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha

o‘qituvchi o‘qitadi. O‘smir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va
usullariga moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa
turadi. Endi o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi.
O‘smirning bolalar jamoasiga bo‘lgan munosabati ham murakkablashadi. O‘smirga
o‘zining o‘qishi, mehnati va xatti- harakatlariga mas’uliyat bilan qarash jamoat
topshiriqlarini aniq bajarish, bilim va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali
ravishda ko‘tarila borish kabi avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab qoʻyiladi.

XULOSA

O‘smirning oiladagi mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi

sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabat-lar o‘rta yoshdagi
o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida
yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va
malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning
uchun o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va o‘sishini ta’minlash
uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan ta’lim-
tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi zarur.O‘smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy
davrdir. Uni ba’zi olimlar « krizislar » « tanazzullar » davri ham deb ataydilar. Sababi
o‘smir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ro‘y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan
o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomon-dan, o‘zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli
yetmaydi.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1970

2.

G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994

3.

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976

4.

Karimova V. Va boshqalar. Mustaqil fikrlash. T., “Sharq”, 2000

5.

Ahloq-odobga doir hadis namunalari.-T., 1990

6.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., “O‘qituvchi”, 1970

G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976

Karimova V. Va boshqalar. Mustaqil fikrlash. T., “Sharq”, 2000

Ahloq-odobga doir hadis namunalari.-T., 1990

Internet materiallari