T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
190
ISSN:3030-3613
OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Baxtiddinova Zarifa Hamidjonovna
Buxoro viloyati G'ijduvon tumani 63- IDUM psixologi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oiladagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy-
pedagogik xususiyatlari hamda ota-ona va bola o‘rtasidagi psixologik muloqotni
tashkil etish haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
oila, muloqot, munosabat, yosh davrlari, xulq, muomala.
Har tomonlama sog‘lom muhit hukmron ekan, farzandlarimiz barkamol voyaga
yetadilar, fuqarolari barkamol jamiyat esa hech qachon zavol topmaydi. Rivojlanib
borayotgan jamiyatimizda sog‘lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish
masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot
madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim sharti hisoblanadi. Aynan
muloqot yordamida insonlar tabiatni o‘zlashtirish va o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun
birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy
amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik
aspektlari, muloqotga o‘rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning
psixologik vositalarini o‘rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o‘rinni
egallamoqda. Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa
jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek,
oilaviy muhitda, bolalar tarbiyasida muloqot psixologiyasi bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish juda muhim sanaladi.Bola shaxsning har tomonlama
shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalarni o‘rganish uchun ham
taqlid orqali o‘zaro muloqotda bo‘lish zarur. Jamiyat qonun -qoidalariga asoslangan
holda munosabatlar rivojlanadi.
Pedagogik jarayon ishtirokchilaridan esa konfliktning buzg‘unchilik
imkoniyatining rivojlanib ketishiga to‘sqinlik qilish, uning yaratuvchanlik
imkoniyatini esa ta'minlash taqozo etiladi. Oilaviy nizolarning ham unda ishtirok
etayotgan barcha tomonlar va ular vakillarini ba'zan juda kattiq stress holatiga tushirib
qo‘yadi. Qattiq stress holatini ota-onalar ham, farzandalar ham, oila a'zolari ham
boshidan o‘tkazishi mumkin. Agar stress holatini yengib o‘tishga katta insonlarning
biroz malakasi va hayotiy tajribasi bo‘lsa, oilaviy nizolarni kattalashib ketishga imkon
bo‘lmaydi. Yangi oila qurganlarga esa malaka va hayotiy tajriba mavjud emas, shuning
uchun statistika bo‘yicha ajrimlar shu davrda ko‘p kuzatiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
191
ISSN:3030-3613
Oilaviy nizolar davrida eng katta zarba, yangi kelinga, uning psixologik holatiga
tushadi. Binobarin, stress holatiga tushgan inson, eng ijtimoiy ko‘makka muhtoj inson
sanaladi. Biroq real hayotda konfliktning yaratuvchanlik imkoniyati mavjudligini
ko‘pchilik bilmaydi. Shunga ko‘ra, ko‘pchilik undan o‘z vaqtida to‘g‘ri va samarali
foydalanishni amaliyotda qo‘llamaydi. Real hayotdagi ko‘pchilik konfliktlarda uning
buzg‘unchilik imkoniyati ko‘proq amal qiladi. Konfliktning buzg‘unchilik imkoniyati
kuchli xususiyat bo‘lib, tomonlar xis-tuyg‘ulari, emosiyalari va qarashlari ustidan
hukmronlik qila boshlaydi. Shunga ko‘ra, konfliktning buzg‘unchilik imkoniyatidan
voz kechish insondan iroda, o‘zini tutish, bosiqlik ko‘nikma va malakalarining ma'lum
darajada shakllangan bo‘lishini taqozo etadi. Agar pedagogik jarayon ishtirokchilari,
xususan pedagog shaxsining o‘zi konfliktning buzg‘unchilik imkoniyati mavjudligini
bilib, mana shu holatni adekvat anglab, irodasini ishga solib, tomonlarni
yaratuvchanlikka o‘tkaza olsa, ziddiyat tomonlarga shaxsiy, emosional, jismoniy,
tibbiy zarar yetkazmasdan to‘g‘ri yo‘lga solingan bo‘ladi.
Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy, yangi
davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib
tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini
shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e’tibor qaratilgan.
Shunday ekan, oilaviy munosabatlarda muloqot jarayoni mustaqil fikrini erkin
ifodalash malakalarini va ularning ijodkorlik asosida fikrlashini shakllantirish
psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XXI asrda
yashaydigan har bir oiladagi farzandlarni ijodkorlik asosida fikrlashi uchun avvalo
muloqotga o‘rgatish zarur. Oilaviy nizolar ishtirokchilari bir makonda uchrashishga
baribir majburdirlar. Shunga ko‘ra, ular o‘rtasida nizo mavjud bo‘lsa ham, ular oilaviy
xayot jarayonida o‘zaro muomala qilishga majbur sanaladi. Demak, oila a'zolari mana
shu holatni tez yengib va bosib o‘tishga say' qilmog‘i, aslida bunday holatning vujudga
kelishiga yo‘l qo‘ymasligi darkor bo‘ladi. Uzoq muddat davom etadigan mana shunday
oilaviy nizolar barcha a'zolarning asabini izdan chiqaradi, bolani esa, uzoq muddat
nizoli vaziyatda boshqa odamlarga qarshi kurashishga o‘rgatadi. Bola esa bunday
kurashni bilganidan, bilmagani yaxshi sanaladi. Konflikt tomonlarning bir-biriga
(insonga) qarshi muntazam kurashini anglatmaydi. Faqatgina qarashlar xilma-xilligini
anglatadi, xolos. Ba'zi oilaviy nizolarda tomonlar o‘zini butunlay izdan chiqarib
yuborib, kichik bir muammoni ham juda katta muammo sifatida baholash, unga qarshi
chora-tadbirlar ko‘rish, o‘z tomoniga adolatli asosda bo‘lmasa ham, tarafdorlarni
yig‘ish yo‘liga o‘tib olishadi. Bunda konflikt faqatgina ikki kishi o‘rtasidagi konflikt
bo‘lmay qoladi. Bu katta nizolarga aylanadi. Natijada tomonlar qarama-qarshiligi
vujudga keladi. Konfliktda ishtirok etayotgan odamlar soniga to‘g‘ri proporsional
tarzda konflikt ichidagi emosiyalar va g‘azab, qahr kabi his-tuyg‘ular ham ortib boradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
192
ISSN:3030-3613
Shunga ko‘ra, konflikt vaziyat vujudga kelgani uning ilk boshlanish davrida nechta
odam tarkibiga kirgan bo‘lsa, mana shu odamlar tarkibida uni yengib o‘tgan ma'qul
sanaladi. Oilaviy munosabatlarda bolalarni muloqotga o‘rgatish uchun ularga
psixologik, pedagogik adabiyotlarni o‘qishga tavsiya qilish, muloqot jarayonida
yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda psixologik o‘yinlar,
mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir. Shaxsning shakllanishida u dunyoga
kelib, tarbiyalanayotgan oiladagi muhit, undagi psixologik iqlim, oila a’zolarining
o‘zaro munosabatlari, bolaning o‘z ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillariga munosabati
va aksincha, ularning bolaga munosabati, uning oilasidagi turmush tarzi, shaxslararo
munosabatlarining qanday tashkil qilinganligi kabi omillar muhim o‘rin egallaydi.
Shunday ekan, sog‘lom avlodni shakllantirishda yuqoridagi omillarning bola shaxsiga
ta’siri xususiyatlarini o‘rganish, ularning salbiy jihatlarinibartaraf etishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, oilada ota-ona va bolalar
o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, pedagogik-psixologik
nuqtayi nazardan ularni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
1.
Beruniy A.R. Mineralogiya. – T. O‘qituvchi: 1969. – 187 b.
2.
Ibn Sino. Tib qonunlari. Tuzuvchilar: U.Karimov va b. – T.:A Qodiriy nomidagi
xalq merosi nashriyoti. 1-jild. 1992. – 298 b.
3.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.:O‘qituvchi. 1992. – 160 b.
4.
Adizova T. Oiladagi o‘zaro munosabat usullari va o‘smir yoshdagi bolalar
shaxsiningmuloqotga kirishuvchanlik sifatlari /Oila – davlat tayanchi(ilmiy
maqolalar to‘plami). – T.: 1998. – B. 48-54.