Mualliflar

  • Turgunov Farhodjon Nabiyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103334

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: o‘z-o‘zini baholash maktab o‘quvchisi psixologik rivojlanish ijtimoiy moslashuv trening shaxsiy o‘sish motivatsiya test pedagogik yondashuv.

Annotasiya

Annotatsiya 
Mazkur  maqolada  maktab  o‘quvchilarining  o‘z-o‘zini  baholash  darajasini 
aniqlash  va  uni  rivojlantirish  yo‘llari  ilmiy-amaliy  jihatdan  yoritilgan.  Bolaning 
shaxsiy rivojlanishida o‘zini to‘g‘ri baholash ko‘nikmasi ijtimoiy moslashuvchanlik, 
motivatsiya va muvaffaqiyatga erishishning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqotda 10–
16 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar orasida psixologik testlar yordamida ularning o‘z-
o‘zini baholash darajalari o‘rganildi. Tahlillar natijasida o‘z-o‘zini past yoki ortiqcha 
baholash holatlari maktab muhitidagi ijtimoiy-psixologik omillar, oilaviy tarbiya va 
o‘qituvchilar  bilan  bo‘lgan  munosabatlarga  chambarchas  bog‘liq  ekani  aniqlandi. 
Muammoning  yechimi  sifatida  o‘z-o‘zini  baholashni  rivojlantiruvchi  treninglar, 
o‘yinli mashg‘ulotlar, tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi topshiriqlardan foydalanish 
tavsiya  etiladi.  Tadqiqotda  maktab  amaliyotida  qo‘llanishi  mumkin  bo‘lgan  amaliy 
tavsiyalar keltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash 
va ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishga xizmat qiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

172

ISSN:3030-3613

MAKTAB O‘QUVCHILARINING O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH DARAJASINI

ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi

8-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Turgunov Farhodjon Nabiyevich

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini baholash darajasini

aniqlash va uni rivojlantirish yo‘llari ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Bolaning
shaxsiy rivojlanishida o‘zini to‘g‘ri baholash ko‘nikmasi ijtimoiy moslashuvchanlik,
motivatsiya va muvaffaqiyatga erishishning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqotda 10–
16 yosh oralig‘idagi o‘quvchilar orasida psixologik testlar yordamida ularning o‘z-
o‘zini baholash darajalari o‘rganildi. Tahlillar natijasida o‘z-o‘zini past yoki ortiqcha
baholash holatlari maktab muhitidagi ijtimoiy-psixologik omillar, oilaviy tarbiya va
o‘qituvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarga chambarchas bog‘liq ekani aniqlandi.
Muammoning yechimi sifatida o‘z-o‘zini baholashni rivojlantiruvchi treninglar,
o‘yinli mashg‘ulotlar, tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi topshiriqlardan foydalanish
tavsiya etiladi. Tadqiqotda maktab amaliyotida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan amaliy
tavsiyalar keltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash
va ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

o‘z-o‘zini baholash, maktab o‘quvchisi, psixologik rivojlanish,

ijtimoiy moslashuv, trening, shaxsiy o‘sish, motivatsiya, test, pedagogik yondashuv.

WAYS TO DETERMINE AND DEVELOP THE LEVEL OF SELF-

ASSESSMENT OF SCHOOL STUDENTS

Abstract

This study is aimed at helping schoolchildren develop self-control and provide

scientific and practical support in this direction. The ability to behave correctly in a
child's personal life is an important factor in achieving a social role, motivation and
success. The study examined the levels of self-control, tested by tests, among students
aged 10–16. The analysis revealed that low or excessive self-control is closely related
to socio-psychological, physical education and relationships with teachers in the school
environment. It is recommended to use trainings, game activities, and the formation of
critical thinking to develop self-production in solving the problem. The study contains
practical recommendations for use in schools, which will help students to be more
effective and secure in social adaptation.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

173

ISSN:3030-3613

Keywords:

self-direction, school student, technique, social adaptation, training,

personal growth, motivation, testing, pedagogical production.

СПОСОБЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ УРОВНЯ

САМООЦЕНКИ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация

Данное исследование направлено на помощь школьникам в развитии

самоконтроля и оказание научно-практической поддержки в этом направлении.
Умение правильно вести себя в личной жизни ребенка является важным
фактором достижения социальной роли, мотивации и успеха. В исследовании
изучались уровни самоконтроля, проверяемые тестами, у учащихся 10–16 лет.
Анализ выявил, что низкий или чрезмерный самоконтроль тесно связан с
социально-психологическим, физическим воспитанием и взаимоотношениями с
учителями в школьной среде. Рекомендуется использовать тренинги, игровые
виды деятельности, формирование критического мышления для развития
самопродукции при решении проблемы. Исследование содержит практические
рекомендации для использования в школах, которые помогут учащимся быть
более эффективными и уверенными в социальной адаптации.

Ключевые слова:

самонаправление, школьник, методика, социальная

адаптация, тренинг, личностный рост, мотивация, тестирование, педагогическое
производство.

Kirish

Hozirgi ta’lim tizimida o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga,

ayniqsa ularning o‘z-o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek:

“Ta’lim-tarbiya tizimining har bir bo‘g‘inida avvalo insonning ichki dunyosi, uning
qobiliyati, o‘zini anglash va ishonch darajasi ustida ishlashimiz zarur.”

Bu fikr

bugungi kunda maktab o‘quvchilarida o‘z-o‘zini baholash jarayoniga tizimli
yondashishni zarur qiladi.

O‘z-o‘zini baholash – bu shaxsning o‘zini bilish, o‘z kuchiga ishonch hosil

qilish, ijtimoiy holatini tushunish orqali shakllanuvchi muhim psixologik jarayondir.
Bu jarayon bola maktabga chiqqan ilk davrlardan boshlab bosqichma-bosqich
shakllanadi va o‘quv faoliyati, oila muhiti, o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan
munosabatlar orqali rivojlanib boradi.

O‘zini to‘g‘ri baholay olgan o‘quvchi o‘zini anglaydi, kamchiliklarini biladi,

muvaffaqiyatga erishish uchun aniq reja tuzadi. Aksincha, o‘zini past baholovchi
o‘quvchi o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi, darslarda passiv ishtirok etadi, ijtimoiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

174

ISSN:3030-3613

faolligi past bo‘ladi. Bu esa uning kelajakdagi shaxsiy va kasbiy hayotiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Baliqchi tumani maktablari misolida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash holati

o‘rganiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, aynan qishloq hududidagi maktablarda
bu boradagi muammolar yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois o‘z-o‘zini baholash
darajasini aniqlash va uni rivojlantirish yo‘llari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil
etiladi

Adabiyotlar tahlili

O‘z-o‘zini baholash masalasi psixologiya va pedagogika fanlarida muhim

tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mashhur psixologlar V.S.Muxina,
L.I.Bojovich, K.Rodjers, E.Erikson kabi olimlar o‘z-o‘zini anglash va baholashni
shaxsiy rivojlanishning ajralmas qismi deb baholaydilar. L.I.Bojovich fikricha, o‘z-
o‘zini baholash bolaning o‘z qadrini his etishi, ijtimoiy rollarni anglash orqali
shakllanadi va bu jarayonda tarbiya muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonlik olimlardan A.Azimov, D.Xudoyberganova, Z.Solijonova,

G.Jalolova va boshqalar maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda o‘z-o‘zini
baholash holatini tadqiq qilgan. Ularning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki,
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholashi maktabdagi ijtimoiy psixologik muhit,
o‘qituvchining munosabati, oilaviy tarbiya, o‘zaro munosabatlar sifati bilan
chambarchas bog‘liqdir.

So‘nggi yillarda “soft skills” (yumshoq ko‘nikmalar) doirasida o‘z-o‘zini

anglash va baholashni rivojlantirish muhim psixopedagogik vazifa sifatida
ko‘rilmoqda. Psixolog A.S.Rubinshteyn o‘z-o‘zini baholash shaxs motivatsiyasi va
ijtimoiy faoliyatiga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy mexanizm ekanini ta’kidlaydi.

Biroq o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash darajasini oshirishda hali ham amaliy

muammolar mavjud. Jumladan, maktablarda ushbu ko‘nikmani o‘rgatishga
bag‘ishlangan darslar yoki treninglar yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Shu sababli
zamonaviy adabiyotlarda o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirishda sinf rahbari va maktab
psixologining hamkorligi, o‘yin texnologiyalari, “self-assessment” metodlari,
emotsional aql mashqlari samarador deb e’tirof etilgan. Ushbu ilmiy yondashuvlar
Baliqchi tumani maktablaridagi tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqotlar qismi

Tadqiqot Baliqchi tumani 3 ta umumta’lim maktabi (6-, 14-, va 21-maktablar)

o‘quvchilari o‘rtasida olib borildi. Tadqiqotda 7–9-sinflarda o‘qiyotgan jami 90 nafar
o‘quvchi ishtirok etdi. O‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash darajasi test va kuzatuv
metodlari orqali o‘rganildi. Test sifatida Shvarts shkalasi, "Men kimman?" metodi va
“O‘ziga ishonch darajasi” testi qo‘llanildi.

Natijalar quyidagicha bo‘ldi: 90 nafar o‘quvchidan 38 nafari (42%) o‘z-o‘zini

past baholaydi, 33 nafari (37%) o‘rtacha, 19 nafari (21%) yuqori baholashga ega.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

175

ISSN:3030-3613

Ayniqsa 7-sinf o‘quvchilari orasida past baholovchilar soni ko‘proq bo‘ldi. Bu holat
ularning maktabdagi ishtiroki, sinfdoshlar bilan munosabatlarida seziladi.

O‘z-o‘zini baholash darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan psixologik suhbatlar

va trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida “O‘zini tanish”, “Ijobiy
fikr aytish”, “Kuchli tomonlarni aniqlash” mashqlari orqali o‘quvchilarda o‘ziga
ishonchni mustahkamlashga harakat qilindi. Treningdan so‘ng ayrim o‘quvchilarda
sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Shuningdek, sinf rahbarlari va ota-onalar uchun
seminarlar o‘tkazilib, ularning o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi roli muhokama
qilindi. Bu ishlar orqali maktabdagi psixologik muhitni yaxshilash va o‘quvchilarning
o‘z-o‘zini baholashini ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkinligi isbotlandi.

Xulosa

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Baliqchi tumani maktab o‘quvchilari

orasida o‘z-o‘zini past baholash holatlari yetarlicha ko‘p. Bu holat o‘quvchilarning
shaxsiy rivojlanishida to‘siq bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatda qatnashishini cheklashi
mumkin. O‘z-o‘zini past baholaydigan o‘quvchilar ko‘pincha o‘ziga ishonmaydi,
ijtimoiy vaziyatlarga moslashishda qiynaladi va bilim olishda passiv bo‘ladi. Bunday
holatlarni oldini olish uchun maktablarda tizimli psixologik yordam ko‘rsatish zarur.
Xususan, psixologik diagnostika, o‘z-o‘zini anglashga oid mashg‘ulotlar, motivatsion
treninglar samarali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchining oilasi, sinfdoshlari va
o‘qituvchilari bilan muloqoti, baholash uslublarining adolatli tashkil etilishi ham
muhim omillardandir.

Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, o‘z-o‘zini baholash darajasini oshirish

orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi, o‘ziga ishonuvchi, ijtimoiy faol shaxslar qilib
tarbiyalash mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Yo‘ldoshev Q. (2019).

Psixologiya asoslari

. Toshkent: «Fan va texnologiya»

nashriyoti.

2.

Karimova L.T. (2021).

Yosh davrlari psixologiyasi

. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy universiteti nashriyoti.

3.

Abdukarimov A.A. (2018).

Ta’limda shaxsni o‘rganish va baholash metodlari

.

Toshkent: TDPU nashriyoti.

4.

Xoliqova N.M. (2020).

Pedagogik texnologiyalar va pedagog mahorati

.

Toshkent: «Iqtisod-Moliya» nashriyoti.

5.

Sattorov O.A. (2017).

Ta’lim psixologiyasi

. Samarqand: «Zarafshon» nashriyoti.

6.

Rasulova D.A. (2022).

O‘quvchilarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni

shakllantirish

. Toshkent: Innovatsion pedagogika markazi.

7.

Nurmatova M. (2021).

Maktab psixologiyasi: nazariya va amaliyot

. Toshkent:

TDPU nashriyoti.

8.

Abdullaeva D. (2016).

Shaxs psixologiyasi

. Toshkent: «Ilm ziyo» nashriyoti.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

176

ISSN:3030-3613

9.

Usmonxo‘jaeva G. (2023).

Maktabgacha va kichik maktab yoshi psixologiyasi

.

Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti.

10.

Hasanov B.Q. (2020).

Ta’limda monitoring va baholash usullari

. Toshkent:

«Fan va texnologiya» nashriyoti.



Bibliografik manbalar

Adabiyotlar ro‘yxati:

Yo‘ldoshev Q. (2019). Psixologiya asoslari. Toshkent: «Fan va texnologiya»

nashriyoti.

Karimova L.T. (2021). Yosh davrlari psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy universiteti nashriyoti.

Abdukarimov A.A. (2018). Ta’limda shaxsni o‘rganish va baholash metodlari.

Toshkent: TDPU nashriyoti.

Xoliqova N.M. (2020). Pedagogik texnologiyalar va pedagog mahorati.

Toshkent: «Iqtisod-Moliya» nashriyoti.

Sattorov O.A. (2017). Ta’lim psixologiyasi. Samarqand: «Zarafshon» nashriyoti.

Rasulova D.A. (2022). O‘quvchilarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni

shakllantirish. Toshkent: Innovatsion pedagogika markazi.

Nurmatova M. (2021). Maktab psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent:

TDPU nashriyoti.

Abdullaeva D. (2016). Shaxs psixologiyasi. Toshkent: «Ilm ziyo» nashriyoti.

Usmonxo‘jaeva G. (2023). Maktabgacha va kichik maktab yoshi psixologiyasi.

Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti.

Hasanov B.Q. (2020). Ta’limda monitoring va baholash usullari. Toshkent:

«Fan va texnologiya» nashriyoti.