O‘zbek mumtoz adabiyoti Sharq islomiy madaniyatining muhim bir bo‘lagi
sifatida Qur’oni karim va islomiy aqidalar bilan chambarchas bog‘liq holda
shakllangan. Bu adabiyot namoyandalari o‘z asarlarida Qur’on oyatlari, hadislar,
tafsirlar va islomiy ahloqiy-me’yoriy tamoyillarga murojaat qilib, ularni badiiy
tasvirlar bilan uyg‘unlashtirganlar. Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotidagi
Qur’oni karim mazmunlarining aks etishi, ularning poetik talqini va estetik-falsafiy
yondashuvi tahlil qilinadi.