T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
244
ISSN:3030-3613
BOLALARDA XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK
TADQIQOTLARDA OʻRGANILISHI
Norboyeva Rayhon Mamayusupovna
Surxondaryo viloyati Angor tumani
37-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishi XX asrning
ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik
tabiati haqidagi tasavvurlarga o‘zgaradi. Bola nafaqat o‘z atrofidagilarning ta’sirini
his qiluvchi, balki o‘zi ham ularga ta’sir ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zaro aloqa bo'yicha
ham korsubyekt sifatida faol mavjudot sifatida ko‘rib chiqila boshlandi.
Kalit so’zlar:
Pedagogika, psixologiya, ijtimoiy o‘rganish, ijtimoiylashuv,
ijtimoiy tasavvurlar, shaxslararo moslik,ruhiy holat,ijobiylik
KIRISH
Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi sifatida ijtimoiylashuv
Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o‘rganishning kuchli psixologik
yo‘nalishi yuzaga kelgan. Ijtimoiy o‘qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning
bir necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o‘zida
ajratib ko‘rsatilgan.Klassik bixeviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy
o‘qitish nazariyasi xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning
qo‘zg‘atuvchi funksiyasining muhimligini ta’kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan
kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik, og‘riq) birlamchi qo‘zg‘atuvchilarni jahl, ayb,
harakatlarga ehtiyoj, qo'rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo‘zg‘atuvchilarni
ajratganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi qoniqish tamoyili ular
tomonidan qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga (rag‘batlantirish) o'zgartirilgan.
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida qonun,
Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan
foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va
sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.Dastlab ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi qat’iy
obyektiv (pozitiv) empirik bilimlarni egallash metodlarini ishlab chiqishga yaqqol
ifodalangan yo‘nalganlik bilan salbiy va ijobiy falsafiy asosga qurilgan.
Psixologik tadqiqot metodologiyasi rejalashtirishning puxtaligini ma’lumotlarni
qayd etishning tizimliligini bog'liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni nazorat
qilish va o'zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab qiladi. Individga
xulq-atvor namunalari rollar, me’yorlar motivlar, kutuvlar, hayotiy qadriyatlar,
emotsiyalarni o‘tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
245
ISSN:3030-3613
shakllantirishni ifodalash uchun N.Miller va D.Dollard tomonidan ijtimoiy o‘rgatish
atamasi kiritilgan edi. Ushbu ilmiy yo‘nalish vazifalarini uning nazariy yetakchisi
Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika
psixologiyasini rivojlanishi uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash
mumkin. Jamiyat bolalarni umum qabul qilingan me’yoriy muammolar bilan
muvofiqlikda o‘zlarida tutishlariga undashda qo‘llaydigan mexanizmlar ya’ni
usullarni yetilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy o‘qitish nazariyasi
psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning
qarama-qarshiligi) ba’zi bir holatlarni qabul qilib o'zlashtirgan va ularni o‘rgatishning
bixevioristik tamoyillari bilan bog‘langan. Ijtimoiy o‘qitish yo‘nalishi nazariyasining
butun bir spektridan iborat. O‘qitishning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda
nazariya mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o‘rgatish
g'oyasi ahamiyatini butunlay qo‘llab-quvvatlaydilar.O‘tgan asrning 40—50-yillarida
manipulyativ laboratoriya eksperimenti tadqiqotning hukmron metodi bo‘ldi. Ijtimoiy
o‘rgatishda bolalik o’tib ketuvchi nevroz bilan qiyoslanganda xulq-atvor buzilishi va
qayta yo‘naltirish davri sifatiga tushunilgan. Bu tushunchalardan kelib chiqib, bolani
ijtimoiylashtirishi uchun ota-onaning vazifasi quyidagilardan iborat bo‘lgan:
ovqatlantirish, tuvakka o'rgatish, bolada agressiyaning namoyon bo’lishi, uni jinsiy
identifikatsiyasi va me’yoriy xulq-atvorning boshqa xususiyatlari bilan bog'liq bo‘lgan
yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish. Kuzatish, taqlid qilish orqali o‘rgatish
fenomeni Murakkab ijtimoiy xulqatvorning egallanishini izohlash uchun operant va
respondent o'rgatish mexanizmlari yetarli emas.
Xulq-atvor modeliga amal qilish kodlangan axborot ma’lumotga tayangan
holda sodir bo'ladi. Agressiyani moyillashtirish sharoitlarini o'rganish ijtimoiy
o‘rgatish nazariyasining tayanch mavzularidan biridir. Ijtimoiylashuv tushunchasi
favqulotda keng va ko‘p qirralidir, har bir madaniyatda jamiyatning tarkibiy a’zosini
sifat va bilishga o‘z talablari mavjud. Biroq, xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari ko‘proq
universal umumiy rol o‘ynaydi? Hamkorlik, o'zaro yordam, altruistik xulq-atvor,
agressiyaning maqbul shakllari hayotning bunday jihatlariga o‘rganish har qanday
ham jamiyatda mutlaqo zarurdir. Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarning
o‘zgarishi. Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida
rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarga o‘zgaradi.
Bola nafaqat o‘z atrofidagilarning ta’sirini his qiluvchi, balki o‘zi ham ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zaro aloqa bo'yicha ham korsubyekt sifatida faol mavjudot
sifatida ko‘rib chiqila boshlandi.
Yangi yondashuvning ayrim jihatlari A.Bandura va D.Gevirts g‘oyalarida
ifodalandi, chunonchi, masalan, hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatish
orqali o‘rgatish haqiqiy amaliyligini, xulq-atvor harakatlari tuzilishida ichki kogniuv
o‘zgaruvchilarni ajratishni, ichki quvvatlovchi javoblar ahamiyatini e’tirof etgan. XX
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
246
ISSN:3030-3613
asrning 70-yillari o'rtalariga kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijtimoiy
o‘rgatish nazariyasi va manipulyativ eksperiment metodidagi asosiy qiyinchilik
yo'nalishning o‘zini ichida aniq bo'ldi:
— ma’lum otlar aniqligi va to'g'riligiga urinishda qidiruv eksperimentidan voz
kechish yuz berdi, eksperimental metod o‘zo‘zidan ma’lum bo‘lgan faraz bilan
laboratoriya testlariga muvofiqlashtirishdi;
— ko‘pincha laboratoriya eksperimenti sun’iy xarakter kasb etgan real hayotiy
muammolardan ajratib olingan va bolaning psixik rivojlanish jarayonlarini tushunish
uchun yaroqsiz amaliyot talablariga javob bera olmaydi:
— tadqiqot natijalari yoshga bog‘liq tafovutlar va kishilar xaraktekistikalarini
qayd etishni o‘zida namoyon etgan, lekin ularning yordami bilan rivojlanish
sabablarini va shartlarini aniqlab bo'lmagan — ко’p takrorlanuvchi empirik
ma’lumotlarda tushunchani umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi; — kattalar
va bolalar, hayvonlar va insonlar psixik faoliyatining umumiy mexanizmlari
mavjudligiga uqtirish insonning ontogenetik rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarning
haqiqiy imkoniyatlarini tizimli ravishda pasayishiga olib keldi.
Ma’lum qilinishicha, rivojlanish psixologiyasi “imkon qadar qisqa oraliq vaqt
mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o‘zaro ta’sir vaziyatida bolaning g'alati
xulqatvori haqidagi fan” istehzoli bo'lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner
ta’riflagan. Ushbu qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika
psixologiyasida yangi tendensiya (g‘oya) tabiiy tadqiqot g‘oyasini tug‘ilishiga
bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi aksentlar aralashuviga olib keladi. XX
asrning 80-yillari boshida ilmiy tadqiqotning majburiy xarakteristikalaridan biri
ekologik validlik talabi bo‘lgan. Ekologik validlik kundalik hayotdagi vaziyatlar
xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab turuvchi shart-sharoitlar
muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tadqiqotchining dolzarb shiori bolaning
bilish jarayonlari va har qanday faolligini bu uning tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyatida qanday o'rin egallasa shunday ko'rinishda o'rganish kerak, eksperimental
tadqiqot o‘tkazishga yangi talablar ilgari surilgan edi: sinaluvchiga ko‘rsatmani
maishiy(kundalik) tilda taqdim qilish eksperimentator faolligini cheklash, sinaluvchini
diqqat bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib borish o‘zgarishlarni
aniqlash o'rgatuvchi eksperimental tadqiqotlar qo’llanilishidan voz kechish real
hayotda aynan shu metod va mexanizmlar qo‘llanilishiga kim kafolat beradi.
XULOSA
Insoniyat taraqqiyotini tushunishga ekologik yondashuvda bu o‘zgarishlar
birmuncha darajada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. U.Bronfenbrenner, D.Kyun,
D.Vulvili, R.Makkol bolaning hayotini yaqin oilaviy qurshovdan boshlab, ijtimoiy,
tarixiy kontekstgacha o‘z ichiga oluvchi real sharoitlarida uning kundalik xulqatvorini
o’ziga xos xususiyatlarini diqqat bilan tadqiq qilish zaruriyatiga e’tiborini qaratadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_3-to’plam_Iyun-2025
247
ISSN:3030-3613
Analizga ekologik ahamiyatli o‘zgaruvchilar sifatida bolaning barcha hayotiy
jabhalari kiritiladi uy, oila, sinf, transport, ijtimoiy rollar va funksiyalar: qiz, opa,
o'quvchi xulq-atvor faolligini xarakteristikasi davomiylik, zo‘riqish.Aslida vaziyat
bundanda murakkab chunki, ajratilgan omillar ta’siri bir qator boshqa xususiyatlar,
xususan jins, yosh, irq, ijtimoiy mansubligi. So‘z inson hayot yo‘liga bu omillarning
murakkab qorishgan ta’siri haqida bermoqda. Shunday qilib, biz inson psixik
rivojlanishini aniqlovchi omillar muammosiga asosiy e’tiborni qaratib, O.Uotsonning
klassik bexiviorizm nazariyasi, B.Skinnerning operant o‘rgatish nazariyasi,
A.Banduraning ijtimoiy kognitiv nazariyasi va U.Bronfenbrennerning ekologik tizim
modeli misolida rivojlanish psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolutsiyasini
kuzatdik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.:
TDPU. 2009.
2.
Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq.
2000.
3.
Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The
Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis).
The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.
4.
Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A
DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
5.
PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.
6.
Internet manbalari