Авторы

  • Mashrapova Xilola Ulmasboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103354

Аннотация

Agressiv  hulq-  atvor  deganda  shaxsning  buzg'unchilikka  intilishi  bilan 
harakterlanuvchi  hususiyat  bo’lib  asosan  subyektlararo  munosabatlar  sohasida 
namoyon boladi. Agressiv og’ir havfli vaziyat paydo bo’lganida agressivlik himoya 
bazida esa vaziyatni bartaraf etuvchi vazifani bajaradi.Agressiv hulq ayniqsa bolada  
yoshga hos bo`lgan o`tish davrida kuzatiladi.Bu shundan dalolat beradiki, yosh davrlari 
krizisi paytida bolaning yashashi qiyinlashadi, har qanday murakkab vaziyatda bola 
qiyinchilikni  his  qiladi  va  shu  sababli  agressiv  hulqning  elementlarini  kuzatish 
mumkin.  Bu  normadagi  bolaga  ham  agressiv  huquqli  bolaga  ham  birdek  tegishli. 
Affektiv buzilish bo`lganda agressiya odatiy hodisaga aylanadi, hatto hulq-atvorning 
birdan bir shakli bo`lip qoladi. Biroq bunga qaramasdan, bola hulqida agressivlikning  
bor  bo`lishi  ular  bilan  o`zaro  munosabatda  qiyinchilik  tug`diradi.  Agressiv 
tendensiyalarni tasodifiy salbiy holat deb baholab bo`lmaydi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

240

ISSN:3030-3613

AGRESSIV XULQLI BOLALAR BILAN ISHLASH PSIXOLOGIYASI

Mashrapova Xilola Ulmasboyevna

Andijon viloyati Izboskan

tumani 44-maktab psixologi

Agressiv hulq- atvor

deganda shaxsning buzg'unchilikka intilishi bilan

harakterlanuvchi hususiyat bo’lib asosan subyektlararo munosabatlar sohasida
namoyon boladi. Agressiv og’ir havfli vaziyat paydo bo’lganida agressivlik himoya
bazida esa vaziyatni bartaraf etuvchi vazifani bajaradi.Agressiv hulq ayniqsa bolada
yoshga hos bo`lgan o`tish davrida kuzatiladi.Bu shundan dalolat beradiki, yosh davrlari
krizisi paytida bolaning yashashi qiyinlashadi, har qanday murakkab vaziyatda bola
qiyinchilikni his qiladi va shu sababli agressiv hulqning elementlarini kuzatish
mumkin. Bu normadagi bolaga ham agressiv huquqli bolaga ham birdek tegishli.
Affektiv buzilish bo`lganda agressiya odatiy hodisaga aylanadi, hatto hulq-atvorning
birdan bir shakli bo`lip qoladi. Biroq bunga qaramasdan, bola hulqida agressivlikning
bor bo`lishi ular bilan o`zaro munosabatda qiyinchilik tug`diradi. Agressiv
tendensiyalarni tasodifiy salbiy holat deb baholab bo`lmaydi.

Shuni esda tutish kerakki effektiv taraqqiyot jarayonida bola aktivligi qonuniy

ravishda oshishi mumkun.Odatda, kattalar yordamida o`tkazilgan psixokorreksiyaning
bu zaruriy bosqichida bola o`zini qurshagan reallik bilan nisbatan adeqvat turdagi
muloqotni o`zlashtirishi mumkin.

Bola agressiyasini karrektiya qilishni uning sababini aniqlashdan boshlash

lozim.

Agar agressiya emotsional mativatsion sferaning buzilish sababli bo`lmasa

korreksion faoliyatni uni yo`qatishga emas, balki salbiy oqibatlarga olib keluvchi
agressiv hulqni yumshatish va uning namoyon bo`lishiga yo`l qo`ymaslikka qaratish
lozim. Shu bilan birga kattalarni uning agressiv reaksiyasiga adekvat idrok qilishga
tayyorlash lozim. Boshqa holatda, ya`ni agressiya emotsional motivatsion sferaning
buzilishini namoyon bo`lishi bo`lsa, psixolog yoki tarbiyachi harakati bolaning
mustahkamlanmagan agressiv harakatiga yo`naltirilishi lozim.

Korreksion metodikaning qo`llanishi to`liqligicha agressiv hulqning sababiga

bog`liq bo`ladi. Korreksiya metodi konkret hodisa va konkret bolani hisobga olgan
holda tanlanadi. Bu quyida sharhlangan karreksiya metodlarini diqqat bilan ko`rib
chiqishni taqozo etadi.

1 Agressiyaga moyillikni e’tiborga olmay qo`yish, unga atrofdagilarning diqqat

qaratmasligi.

2 Agressiv harakatlarni o`yin mazmuniga kiritish va unga yangi emotsional

mazmun berish.Bu orqali bolaning atrofdagilarga zarar yetkazmagan holda agressiv


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

241

ISSN:3030-3613

moyilligini chiqarib yuborish (masalan, qaroqchi va qazaqlar o`yinida agressiv hulqli
bolaga qaroqchi ro`lini berish).

Agressiv hulqli bolaning ota- onasi bilan ishlash
Bu juda murakkab ishlardan biri hisoblanadi. Agressiv hulqli bolalarning ota

onalari tez- tez bolaga nisbatan yoqimsiz hissiyotni boshdan kechiradilar va bolaga
yordam berish uchun emas, balki bolani ’’yuvvoshlantirish’’ uchun psixologik
konsultatsiyaga murojat qiladilar. Ular bolaning tinchlantirilishini va bola ularni hafa
qiluvchi ishlarini tugatishini istaydilar.

Ko`p hollarda agressiv hulqli bolaning ota-onasi tushkunlikka tushgan va

hayotidan norozi odamlar bo`lishadi. Ko`pincha sobiq agressiv hulqli bolalar
o`zlarining psixologik qiyinchiliklarini o`z bolalariga o`tkazadilar. Shu sabali psixolog
birinchi navbatda bolaning ota -onasi bilan psixaterapevtik ish olib borishi lozim.

Psixolog quyidagilarga alohida et`ibor qaratishi lozim. Birinchidan, ota -onaning

qadr -qimmatiga negativ ta’sir etishdan qochish lozim (siz o`z bolangizning shaxsi
bo`lishi haqida hech nima bilmsaysiz, hozir men sizga tushuntirib beraman). Ota-
onaning shaxsiyatiga tegmagan holda vaziyatni aniqlab olishlozim.Ota-onalar bazan
o`zlari hayotida erisholmagan narsalariga farzandlari erishishini hohlaydilar va undan
talab qiladilar ( masalan, men taniqli rassom, vrach yoki biror boshqa kasb egasi bo`la
olmadim, bolam bo`lishi kerak). Ikkinchidan, ota- ona bolaga bo`lgan ustanovkasini
o`zgartirishi lozim. Ular agressiv hulqli bolani noshukur deb hisoblashadi. O`zlarining
jahli va ta’na malomatlariga javoban bolaning aybdorlik tuyg`usini his qilishini,
afsuslanishini, kechirim so`rashi va ularni tinchlantirishini kutadi. Bu yuz
bermaganidan ular achchiqlanadi va bolani "be’mani, buzilagan, yomon"xisoblashadi.
Ota-onani bolaga achinishga chaqirish lozim va ko`rsatib o`tish kerakki, har doim
agressif bola birinchi navbatda baxtsiz bola. Ot - onaga psixolog g`azabning namoyon
bo`lish mehanizmlarini va yana agressivlikni emotsional buzilish sifatida ko`rsatib
o`tishi lozim.

Uchinchidan, ota-onaga o`zlarining bolalik xotiralarining, o`sha davrdagi

agressiv qilmishlarining sabablarini eslatish kerak. Balki bu ko`pgina shaxsiy
komplekslarni ochishi mumkin. Bu holatda ularga psixik yordam ko`rsatish va
shaxsiyatini barqarorlashtirish kerak bo`ladi. Bolalar muammosi har doim oilaviy
muammolarni ko`taradi. Bolani o`rab turgan odamlar yordamisiz uning o`ziga alohida
yordam ko`rsatish deyarli mumkin emas. Bolaning o`zini alohida ajratib olib yordam
ko`rsatilganda ham bu yaxshi samara bermaydi, chunki oiladagi muammolar
agressiyaning yana qaytarilishiga sabab bo`lishi mumkin. To`rtinchidan, bola
tug`ilguncha va chaqaloqligining birinchi oylarida ota-onaning unga bo`lgan
munosabatini aniqlab olish lozim. Ba’zan bola onaning "majburiy" yoki "tasodifiy"
homiladorligi asosida dunyoga kelgan bo`lishi mumkin. Bu holatda ota-ona


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

242

ISSN:3030-3613

qattiy bir qarorga kelishi lozim. Agar bola ularning hohishisiz tug`ilgan bo`lsa ham
baribir ota-ona unga g`amho`rlik qilishga burchli.

“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo

falokat masalasidir” А. Avloniy.

O`quvchilarning ruhiy holatlarini o`rganish .

Maqsad: Qaltis guruhga mansub o`smirlarning tengdoshlari orasidan to`g`ri

ajratib olish, ularning stress holatiga tushishlari oldini olish va realibitasiya etish,
shuningdek ular bilan olib borishi zarur bo`lgan individual tarbiyaviy va
psixokorreksion ishlarning to`g`ri yonalishini belgilab olish.

Ko`rsatma: psixolog bu mashg`ulotni o`smir bilan alohida yakka tartibda

amalga oshirishi maqul. Chunki ba’zi bir savollar tug`ilishi va ular atrofdagilardan
tortinib murojat eta olmasligi mumkun. (Aniq javob olish maqsadida psixolog
savollarni izoxlab turishi mumkun.

1 O`smir psixologik stress va zo`riqishlariga nisbatan chidamlimi?
2 O`ziga nisbatan ishonchsizlik va o`z -o`zini baholaganda past baho berish

holatlari tez-tez namoyon bo`ladimi?

3 Tengdoshlar bilan ko`chada muomala qilishda qiynalasanmi?
4 Maktabda o`zini tutish yoki muomala munosabatida havotirlanish, qo`rquv

hissini namoyon qiladimi?

5 Qanday yo`l bilan bo`lsada yangi his-tuyg`ulardan rohatlanishga intilishi tez-

tez namoyon bo`ladimi?

6 O`smirda do`stlari va tanishlarining fikriga tez qo`shiluvchanlik, birovlarning

hayot tarziga taqlid qiluvchanlik, tanqidiy va mustaqil fikr bildirishdan yiroqlik
kuzatiladimi?

7 Yuqumli va tug`ma kasalliklar, miya jarohati yoki potologiyasiga bog`liq

bo`lgan og`ishlar uning hulq-atvorida aks etganmi?

8 Nizoli vaziyatlardan chekkada yurish va tinchlik olamiga intilish harakter

hususiyatingda namoyon bo`ladimi?

9 Ota yoki onasining giyohvandlik yoki alkogolizm kasalligi nasliy harakterga

egami?

1,2,3 savollarning “ha” javoblari uchun 5 ball beriladi. 6,8 savollarning”ha”

javoblari uchun-10 ball beriladi. 5,7,9 savollarining “ha” javoblari uchun esa 15 ball
beriladi. “Yo`q” javobi uchun 0 ball qo`yiladi.

15 balldan kam to`plagan bo`lsa, o`smir qaltis guruhga kirmaydi, havf-hatardan

yiroq.

15 dan 30 ballgacha to`plagan bo`lsa, o`smir qaltis guruhga yaqin, uning

hulqatvori

va

yurib-turishi

nazorat etish katta e’tiborni talab etadi.

30 dan yuqori ball to`plagan bo`lsa, darhol tajribalipedagog, psixolog, vrach va voyaga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

243

ISSN:3030-3613

yetmagan huquqbuzarlik ishlari bilan shug`ullanuvchi militsiya hodimlariga murojat
etib, maslahatlashish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Tarbiyasi qiyin guruhga mansub bolalar bilan ishlash G. T. Yodgorova. Toshkent
2007 yil

2.

Kichik bolalardagi katta qo’rquvlar. Zebiniso Ahmedova.Toshkent 2018-yil.

3.

Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda amaliy psixologik
xizmatning o’rni. (O’quv uslubiy qo’llanma.) Abduqahhorova Gulnoza. Toshkent
2019-yil

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar.

Tarbiyasi qiyin guruhga mansub bolalar bilan ishlash G. T. Yodgorova. Toshkent

yil

Kichik bolalardagi katta qo’rquvlar. Zebiniso Ahmedova.Toshkent 2018-yil.

Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda amaliy psixologik

xizmatning o’rni. (O’quv uslubiy qo’llanma.) Abduqahhorova Gulnoza. Toshkent

-yil