Authors

  • Matmuratova Muhayyo Jumaboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103355

Abstract

Insonning har qanday faoliyati aqliy, ijodiy va jismoniy ishlari zo‘riqishni talab 
qiladi. Shunday yo‘l bilan insonlar hayotiy vaziyatlardaoldilarida turgan vazifalarga 
uzoq vaqt ishni diqqatlarini jamlab, ularni ishonch bilan to‘liq yecha oladilar. Inson 
ishni muvffaqiyatli tugatgandan so‘ng yengillashish va bo‘shashish hissini boshdan 
kechiradi.Bu holat bo‘shashish deb ataladi. Nerv va gormonal yo‘llar orqali zo‘riqib, 
funksiyaning organik (stress) muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. U 
inson uchun zararli hisoblanmaydi, agar sarflangan energiya tezda bo‘shashish orqali 
qayta  tiklansa,tanafusslar  va  bo‘sh  vaqtdan  unumli  foydalanish  yo‘li  bilan 
bo‘shashishga erishish mumkin. Bo‘shashishga boshqa faoliyat turiga ko‘chish orqali 
ham  erishish  mumkin.  Lekin  zo‘riqish  inson  ijodiy  faoliyatini  tormozlashi,  ish 
qobiliyatini pasaytirishi,sog‘liqqa zararli ta’sir ko‘rstishi mumkin. Agar bo‘shashish 
yetarlicha  bo‘lmasa,yuqoridagi  xolatlarni  kuzatish  mumkin.  Ular  shaxsiy  hayot  va 
ishdagi nizoli vaziyatlar,shaxslararo munosabatning buzilishi, kelajakka ishonmaslik, 
xavf-  xatardan  qo‘rqish,  ishni  doimo  qisqa  muddatdatopshirish  tufayli  o‘z  vaqtida 
ulgura olmaslikdan qo‘rqish va boshqalarni kiritish mumkin.Shu bilan birga jamoadag 
ino  sog‘lom  psixologik  iqlim,  shaxs  xarakterining  bo‘shligi,  qo‘rqish, 
muvaffaqiyatsizliklar,  o‘z  imkoniyatlarini  yuqori  baholsh,  boshqa  kishilar  bilan 
munosabat  aloqalarning  yetishmas-ligi,  ijtimoiy  ajralib  qolish  ham  uzoq  zo‘riqish 
xolatiga olib kelishi mumkin. Barcha stress xolatlarida salbiy hissiyotlar rol o‘ynaydi. 
Ular  inson  faoliyatiga  va  uning  organizmiga  buzuvchi  ta’sir  ko‘rsatadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

237

ISSN:3030-3613

RUHIY ZO‘RIQISH VA UNI OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOSLIGI

Matmuratova Muhayyo Jumaboyevna

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir

tumani 4-maktab psixologi


Insonning har qanday faoliyati aqliy, ijodiy va jismoniy ishlari zo‘riqishni talab

qiladi. Shunday yo‘l bilan insonlar hayotiy vaziyatlardaoldilarida turgan vazifalarga
uzoq vaqt ishni diqqatlarini jamlab, ularni ishonch bilan to‘liq yecha oladilar. Inson
ishni muvffaqiyatli tugatgandan so‘ng yengillashish va bo‘shashish hissini boshdan
kechiradi.Bu holat bo‘shashish deb ataladi. Nerv va gormonal yo‘llar orqali zo‘riqib,
funksiyaning organik (stress) muvaffaqiyatga erishishda muhim omil hisoblanadi. U
inson uchun zararli hisoblanmaydi, agar sarflangan energiya tezda bo‘shashish orqali
qayta tiklansa,tanafusslar va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish yo‘li bilan
bo‘shashishga erishish mumkin. Bo‘shashishga boshqa faoliyat turiga ko‘chish orqali
ham erishish mumkin. Lekin zo‘riqish inson ijodiy faoliyatini tormozlashi, ish
qobiliyatini pasaytirishi,sog‘liqqa zararli ta’sir ko‘rstishi mumkin. Agar bo‘shashish
yetarlicha bo‘lmasa,yuqoridagi xolatlarni kuzatish mumkin. Ular shaxsiy hayot va
ishdagi nizoli vaziyatlar,shaxslararo munosabatning buzilishi, kelajakka ishonmaslik,
xavf- xatardan qo‘rqish, ishni doimo qisqa muddatdatopshirish tufayli o‘z vaqtida
ulgura olmaslikdan qo‘rqish va boshqalarni kiritish mumkin.Shu bilan birga jamoadag
ino

sog‘lom psixologik iqlim, shaxs xarakterining bo‘shligi, qo‘rqish,

muvaffaqiyatsizliklar, o‘z imkoniyatlarini yuqori baholsh, boshqa kishilar bilan
munosabat aloqalarning yetishmas-ligi, ijtimoiy ajralib qolish ham uzoq zo‘riqish
xolatiga olib kelishi mumkin. Barcha stress xolatlarida salbiy hissiyotlar rol o‘ynaydi.
Ular inson faoliyatiga va uning organizmiga buzuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nevroz
organizm va muhit orasidagi dinamikaning barqaror bo‘lishi oqibatida paydo
bo‘ladigan kasallik bo‘lib, ma’lumotlarni qayta ishlash, hissiyot, boshqarish bilan
bog‘liq miyadagi jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar motor va
sensor funksiyalarni jalb qiladi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishiga olib
keladi.Organizm va muhit orasidagi dinamika yoki muhitning noanomal sharoitlari
yoki organizmning anormal holatidan buzilishi mumkin. Masalan, muhitdan keluvchi
bir kuzatuvchiningo‘zi bir odamga undovchi ta’sir ko‘rsatsa, boshqa birida og‘riq
reaksiyasini vujudga keltirishi mumkin. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, jismoniy va
ruhiy mashq qilgan, kelajakka ishonch bilan qarovchi inson sog‘lig‘iga ziyon
keltirmasdan ishlashi mumkin.Tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq nerv psixik
kasalliklarining vujudga kelishi va taraqqiyotida stresslarning ta’siriga katta ahamiyat
beriladi, ayniqsa, bu yurak-qon tomir kasalliklariga tegishlidir. Shu bilan birga stressga
ijobiy ta’sir, ya’ni ish qobiliyatini oshirish xislati xos. Shuning uchun ham stressni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

238

ISSN:3030-3613

"hayot tuzi" deb atashadi. Tuzdan foydalanishda me’yor rol o‘ynaganidek, stressning
ham me’yori mehnat unumdorligini oshirishi mumkin yoki me’yordan ortishi sog‘liq
uchun zararli bo‘lishi mumkin. Inson aqlli mavjudot sifatida, agarda u bilimlar, tartib,
irodaviy hislatlar va faollikka ega bo‘lsa stressning to‘g‘ri dozasini o‘zi uchun
aniqlashi mumkin.

Stress - bu inson atrof-muhit o‘zgarishlariga moslashishida yuzaga keluvchi

ruhiy va jismoniy holat. Bu organizimning zarbaga, tashqaridan qilingan bosimga
javoban keskinroq qarshilik ko‘rsatish. Biz ularni uncha yoqimlibo‘lmagan odatiy hol
sifatida qabul qilamiz bu atrof muhitning uzoq vaqt ta’siri bo‘lib, individ uchun hissiy
organizmning boshqariluvchi tizimida va markaziy nerv sistemasida unga mos
reaksiyalarni vujudga keltiradi. Amaliy nuqtai nazardan stress nima? Buni tushunish
uchun stressning asosiy alomatlarini ko‘rib chiqamiz:

Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday

sabablarsiz yuzaga keladi.

Yomon, notinch uyqu.
Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh og’rig’i, charchoq, biron narsa qilish

yoqmasligi. Diqqatni kamayishi, bu o‘qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi
muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.

Dam olish, ish va muammolarni bir chetga chetga surib qo’ya olmaslik.

Boshqalarga, hatto eng yaxshi do‘stlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning
yo‘qligi. Doimiy paydo bo’ladigan yig’lash, ko’z yosh to’kish, xafagarchilik,
umidsizlik, o‘z-o‘ziga achinish hissi.

Ishtahaning pasayishi — ba’zida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb

yuborish.Ko’pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini
tishlaydi va hokazo. Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo’ladi.
Agar siz stress holatda bo’lsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz
qandaydir tashqi ta’sirga javob reaktsiyasini qaytardi. Stressning sababi aslida insonni
ta’sirlaydigan, bezovta qiladigan har qanday narsa bo‘lishi mumkin. Misol uchun,
tashqi sabablarga biron nima tufayli payo bo‘lgan bezovtalikni kiritsa bo‘ladi (ish
joyini o‘zgartirish, qarindoshning o‘limi). Stressning ichki sabablari hayotiy
qadriyatlar va e’tiqodlarni o‘z ichiga oladi. Bunga shaxsiy baholashi ham kiradi. Stress
va depressiya ayol va erkaklarda taxminan teng darajada uchrashi mumkin. Biroq, har
bir organizm o‘z xususiyatlariga ega. Agar siz o‘zingizda stress haqida so‘zlashi
mumkin bo‘lgan alomatlarni sezsangiz, birinchi navbatda holat sababchilarini aniqlash
kerak. Stressning oqibatlaridan ko‘ra sabablarini bartaraf etish ancha osonroq.«Barcha
kasalliklar asabdan» degani yolg‘on emas.Stressning o‘z harakatlantiruvchi qurilmasi
o‘z davriyligi mavjud va bu quyidagilarda ko‘rinadi.

1- bosqich. Xavotirlanish ta’siri. Organizm quvvatni ishga soluvchi garmonlar

ajratgan holda unga qarshilik ko‘rsatadi. Xavotirlanish ta’siri qandaydir shiddatli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

239

ISSN:3030-3613

yallig‘lanish jarayoni yordamida namoyon bo‘lishi mumkin. Keyinchalik hammasi o‘z
o‘rniga tushadi- odam stressgacha bo‘lgan holatga qaytadi. Agar zo‘riqishni yenga
olmagan bo‘lsangiz ikkinchi bosqichni yuzaga keltiradi.

2- bosqich unga moslashish bosqchi boshlanadi. Organizm stress bilan

kelishishga harakat qiladi, nima qilib bo‘lsa ham, undan xalos bo‘lishga intiladi.
Buyrak usti bezlarining faolligi oshadi, ular yalig‘lanishga qarshi xususiyatlargaega
bo‘lgan kortikosterioidlarni qongaishlab chiqaradi. Lekin zo‘riqishgamoslashish
jarayoni o‘z nihoyasiga yetayotgan kuchalarni arang tutib turgan quvvatni so‘rib oladi.
Jang ham, tinchlik ham bo‘lmagan bu holatabadiy davom etishi mumkin emas. Uning
yakuni uchinchi bosqichni yuzaga keltiradi.

3- stressning uchinchi bosqichi: inson organizmini tamoman holdan toyishini

yuzaga keltiradi. Asabiy vaziyatni, yaxshisi birinchi bosqichda, juda bo‘lmaganda
ikkinchi bosqichda bartaraf etish lozim. Buning ikki yo‘li mavjud.1. Muammoda
diqqatni jamlash metodi - asbiy vaziyatning o‘zini nazorat qilish va
o‘zgartirishdan iborat. Umuman olganda muammoda diqqatni jamlash usuli, qoidaga
ko‘ra, boshqarish mumkin bo‘lgan asabiylashish omiliga duch kelganingizda, y'ani
biror chorani qo‘llamoqchi bo‘lgan vaziyatda juda foydali hisoblanadi. Muammoni
tahlil qilib chiqing: ba'zida o‘z muammolarimizni oshirib yuboramiz Haqiqatan ham
muammo bilan ish ko‘ramizmi yoki bu zo‘riqish holati ikki lahzada hal etiladigan
arzimas

narsadan

yuzaga

kelganmi,

aniqlab

olish

zarur.

2. Diqqatni hissiyotlarda jamlash usuli - odamlar vaziyatga nisbatan o‘zlarining
ehtirosli ta’sirlarini nazorat qilishga urinishlaridan iborat. Hissiyotlarda jamlangan
harakatlar nazorat ostidan chiqib ketgan zo‘riqishni engish uchun mos keladi. Bu ikki
usul bir vaqtning o‘zida qo‘llanilishi mumkin.

Biz insondagi ruhiy zo‘riqishni oldidini olish uchun quyidagi tavsiyalarni

beramiz:

1. Tez fursatda tanani bo‘shashtirish.
2. Miyaga dam berish.
3. Zo‘riqishga olib keladigan vaziyatlardan nari bo‘ling.
4. Sun’iy zo‘riqishni yuzaga keltiruvchi salbiy xotiralardan voz keching.
5. Ovqatlanishda foydali maxsulotlarga urg‘u bering