Mualliflar

  • Alisher Boltayev Ismailovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103358

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Oila ota-ona va bola munosabatlari me’yor tabiya kelajak ruhiy holat

Annotasiya

Annotatsiya.  Insonning  shaxs  bo`lib  rivojlanishi,  uning  odatlari,  xulqi  qay 
darajada bo`lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg`ularini shakllantirish tarbiya jarayonida 
hosil  bo`ladi.  Shaxsning  jamiyatdagi  o`rnini  topishi,  his-tuyg`u,  kechinmalarini 
yo`nalishi, o`sishi tarbiyaga bog`liq.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

224

ISSN:3030-3613

FARZAND TARBIYASI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI

PSIXOLOGIK OMILLAR

Alisher Boltayev Ismailovich

Samarqand viloyati Payariq tumani

MMTBGA qarashli 82-umumiy oʻrta ta'lim

maktabi amalyotchi psixologi

Annotatsiya.

Insonning shaxs bo`lib rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay

darajada bo`lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg`ularini shakllantirish tarbiya jarayonida
hosil bo`ladi. Shaxsning jamiyatdagi o`rnini topishi, his-tuyg`u, kechinmalarini
yo`nalishi, o`sishi tarbiyaga bog`liq.

Kalit so‘zlar.

Oila,

ota-ona va bola munosabatlari, me’yor, tabiya, kelajak,ruhiy

holat

KIRISH

Tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama ijtimoiy-tarixiy tajriba

asosida yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo`lgan hissiyotlarga ega bo`lishini ta`minlash yo`lida ko`riladigan
choratadbirlar yig`indisi.Tarbiya jarayoni- o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil
etiluvchi hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayoni.

Demakki, insonning shaxs bo`lib rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada

bo`lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg`ularini shakllantirish tarbiya jarayonida hosil
bo`ladi. Shaxsning jamiyatdagi o`rnini topishi, his-tuyg`u, kechinmalarini yo`nalishi,
o`sishi tarbiyaga bog`liq. O`z-o`zini tarbiyalash shaxsni o`zida ijtimoiy qadrga ega
bo`lgan fazilatlarni hosil qilish, takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarini bartaraf
etishga qaratilgan ichki faoliyat.Inson hayotidagi har xil illat va nojo`ya holatlar
tarbiyadagi xato tufayli kelib chiqadi.

Bolalikdan tarbiya to`g`ri yo`naltirilsa bunday ’’og`ishlar’’ bo`lmaydi.

Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish
tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat
qilish o`zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning
muhim tamoyillaridandir. Yana insonda e`tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o`zini-
o`zi anglashi, keng fikr yuritishi o`zini va boshqalarni fikri, g`oyalari, qarashlarini
baholashi ham tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.

Jamoa bilan ishlash, boshqalarga nisbatan hurmat hissini oshirish, insonda

hamkorlik tuyg`usini shakllantirish ham tarbiya asosida vujudga keladi. Bizning olam,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

225

ISSN:3030-3613

borliqqa nisbatan qarashlarimiz paydo bo`layotgan g`oyalarimiz negizida ham aynan
shu tarbiya tamoyillari yotadi.

Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.

Pedagogikada tarbiya ikki ma`noda farqlanadi: keng ma`nodagi tarbiya va tor
ma`nodagi tarbiya. Keng ma`noda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta`sir etishi, ijtimoiy
hodisa sifatida qaraladi. Ya`ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va
jamiyatning ta`siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiya.

ʼTor ma`nodagi tarbiya- pedagogik jarayon sharoitida ta`lim maqsadini amalga

oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati
hisoblanadi. Bunda, tarbiya ma`lum bir ta`limni o`rganish maqsadida tashkil etiladi va
pedagog va o`quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi.

Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk, barkamol insonni

shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol toptirishdagi asosiy
tushuncha ham bu tarbiyadir. Shaxsni jamiyat talabidan kelib chiqib shakllantirishni
tarbiya desak, tarbiya ham sohasiga ko`ra turlarga bo`linadi. Aqliy tarbiya, mehnat
tarbiyasi, jismoniy tarbiya. Ta`lim muassasasidagi yo`nalishlarga asosan ekologik,
iqtisodiy, huquqiy, fuqarolik, siyosiy, axloqiy tarbiyaga bo`linadi.

Mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy qiyofasini mustaqillik mafkurasi, uning

insoniy tamoyillari asosida shakillantirishga bosh vazifa sifatida qaralayotgani bejiz
emas. Eng quvonarlisi shundaki, davlatimiz rahbari yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga,
ularning bilim va kasb mahoratini oshirish masalalariga alohida e’tibor berib
kelmoqdalar. Chunki mustaqilligimizning uch tayanchi – mustaqil siyosat, iqtisodiy
qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning uyg‘un
rivoji ta’minlansagina O‘zbekiston buyuk yurt sifatida jahon hamjamiyatida o‘z
munosib o‘rnini egallay oladi.

Oila - oziga xos ijtimioy birlik. Uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik

munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda eng
asosiysi ota-onalarning bolalarini tarbiyalash majburiyatlari turadi. Oila deganda ko’z
oldimizga birinchi navbatda ota-ona va bolalar keladi. Oila jamiyatning bir bo’lagi
hisoblanadi. Shu bilan birga oilada yurtning kelajagi ya’ni barkamol farzandlar o’sib
ulg’ayadi, kamolga yetadi. Biz oilani bir bog’ deb tasavvur qiladigan bo’lsak oiladagi
farzandlar – mevali daraxt, ota-onalar esa bog’bonlardir. Mana shu bog ichidagi mevali
daraxtlar doim bog’bonga muhtoj. Farzand ham xuddi shunday,ota-ona parvarishiga,
ota-ona ko’magiga muhtoj. Bog’bon qachonki mevali daraxtini o’z vaqtida
parvarishlasa undan mo’l hosil oladi. Ota-ona ham qachonki farzandini to’g’ri
tarbiyalasa, kelajakda u ham albatta o’z mevasini beradi. Agar aksincha bo’lsa-chi ?
Oilada ota-ona farzandga e’tibor bermasa, farzandi u uchun ahamiyatga ega bo’lmasa,
xuddi bog’dagi mevali daraxt meva bermaganidek, ota-ona bag’ridagi farzand ham o’z
yutuqlarini bermaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

226

ISSN:3030-3613

Keling, endi ota-ona va bola munosabatlari, ularning tarbiyalari to’g’risida

gaplashsak. Aslida tabiatdagi barcha jonzot bolasi uchun jon kuydiradi. Odamzod esa
nasli davomchisi bo’lgan dilbandi uchun ulardanda ziyod qayg’uradi. Chunki ota-ona
farzandi ulg’ayib, el-yurt koriga yaraydigan, yaxshi joyda ishlab, farovon hayot
kechiradigan, hurmatga sazovor inson bo’lishini xoxlaydi. Bu ezgu orzular amalga
oshishi uchun albatta ota-ona farzandiga to’g’ri tarbiya berolishi kerak.To’g’ri tarbiya
berish uchun ham ota-ona qaysidir ma’noda ota- lik va onalik roliga tayyor bo’lishi
lozim. Chunki bola dunyoga kelgan payti hamma narsani bilib tug’ilmaydi. U xuddi “
top-toza qog’oz “. Bu qog’ozga sekin-asta ota-ona bergan tarbiya, muhit tarbiyasi va
hayot qonuniyatlari yozilib borilaveradi. Qachonki ota-ona farzandini avaylab,
e’zozlab katta qilsa u shunchalik mehroqibatli bo’ladi. [2]

Agar oilada farzandga to’g’ri tarbiya berilmasa, farzand bilan to’g’ri munosabat

qilinmasa, u bola kelajakda barkamol shaxs bo’lib kamolga yetolmaydi. Ota-ona o’z
farzandiga qanchalik e’tiborsiz bo’lsa bola ruhan eziladi, o’zini baxtli va kerakli inson
deb his qilmaydi. Hayotda har bir bola baxtli yashashga haqli. Chunki ular dunyodagi
eng begunoh insonlardir. Shu o’rinda psixolog olim V.I.Selivanov fikrlarini keltirib
o’tsak - “baxtli bolalik bu oiladagi quvonchni, hamjihatlikni hamda ota-onalarning
bolalariga g’amxo’rligining samarasidir”. Biz bilamizki, inson xató qilish xususiyatiga
ega. Oilada ota-ona ham farzand tarbiyasida bir qancha xatoliklarga yo’l qo’yadi.
Quyida ota-ona yo’l qo’yadigan xatolarni keltirib o’tsak.

Bola tug’ilganidan boshlab ota-onasining bag’rida voyaga yetadi. Bola

ulg’aygan sari taqlid qilishni, ota-onasining harakatlarini bajarishni boshlaydi. Ya’ni
bola ko’radi, bola qaytaradi. Oilada ota-ona nima harakat qilsa bola o’shani bajaradi.
Agar oilada ota-ona bir-birini hurmat qilsa, to’g’riso’z, xushmuomala, mehribon
bo’lsa, bola ham xuddi shunday bo’ladi. Aksincha, oilada o’zaro hurmatsizlik, turli xil
kelishmovchiliklar, ziddiyatlar bo’lsa, bu bolaga ta’sir qiladi. U ham ulg’ayganda turli
xil zo’ravonliklarni amalga oshirishi mumkin. Agar bunday oilada ota-ona farzandiga
to’g’ri yo’lda yurishni maslahat bersa,bu hol ularning o’zida mavjudligini aytib, ota-
onasining

gapiga

quloq

solmasligi

mumkin.

Unutmang

farzandingiz

maslahatlaringizdan ko’ra amallaringizni ko’proq bajaradi. Shuning uchun oilada
farzandingizga o’rnak bo’lish uchun avvalo o’zingiz tarbiyalangan bo’lishingiz
kerak.Farzand tarbiyasida ota-ona yo’l qo’yadigan eng katta xatolardan biri bubolani
urish. Oilada bolaga turli xil tazyiqlar o’tkazilsa, ular ham atrofdagilarga tazyiq, ziyon
yetkazishi mumkin. Bunday hollarda bolalar muammoni kuch bilan hal qilish mumkin
degan fikrda bo’ladi. Ular turli xil tazyiqlar orasida o’sganligi sababli, ulg’ayib o’z
oilasini qurganda ham xuddi shunday zo’ravonliklarni amalga oshiradi. Bu kabi
xatoliklar avloddan-avlodga o’tib borsa, butun bir kelajak yovuzlik to’riga tushib
qoladi. Shu sababli butun jamiyat aziyat chekmasligi uchun oilada turli xil
munosabatlarni, muammolarni murosa yo’li bilan hal qiling. Shu bilan birga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

227

ISSN:3030-3613

farzandiningiz oldida boshqalar bilan urish qilmang, boshqa insonlar to’g’risida
yomonlab gapirmang. U bu kabi holatlarni ko’rsa dunyoda yomon odamlar ko’p ekan
degan xulosaga kelib qoladi.

XULOSA

Farzand tarbiyasida barcha narsa o’z me’yorida bo’lishi kerak. Bolani haddan

tashqari qo’rqitish, haddan ziyod erkalash ham kerak emas.Tarbiya jarayonida
bolaning o’z fikrlarini ham inobatga olish kerak. Turli xil muammolarga duch kelganda
uning fikrini to’liq eshita olish lozim. Unga muammoning tayyor yechimini o’zingiz
bermasligingiz kerak. Agar muammolarni o’zingiz hal qilsangiz, u bunga o’rganib
qoladi. O’z muammolarini o’zi hal qilishga urinmaydi, o’zining shaxsiy fikriga ham
ega bo’lmaydi. Agar farzandingiz mustaqil inson bo’lishini xoxlasangiz va barkamol
inson bo’lib ulg’ayishini istasangiz, o’z xatolaringiz ustida ishlang. Axir farzandingiz
sizning xatolaringiz evaziga badal to’lashi kerak emas. Aziz ota-onalar
farzandingizdan mehringiz va vaqtingizni qizg’onmang.Ularning tarbiyasiga e’tiborli
bo’ling. Zero farzandingiz tarbiyasidagi bugungi munosabat, kelajakda
oyoqlarinigizda kuch qolmaganda seziladi!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

1.

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. Toshkent, «Adolat», 1998, 46-bet 2.
Yo’ldoshev J.G’. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:2000.

2.

54-bet

3.

Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного
консультирования: Учебное пособие. М.: Гардарики, 2005. - 320 с.

4.

Uzoqov H, G’oziyev E, Tojiyev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T: O’qituvchi
1992. 128 b.

5.

Xo’jayev N. Tarbiya nazariyasi. – T.: 2003. 75-bet.

6.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. Toshkent, «Adolat», 1998, 46-bet 2.

Yo’ldoshev J.G’. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:2000.

54-bet

Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного

консультирования: Учебное пособие. М.: Гардарики, 2005. - 320 с.

Uzoqov H, G’oziyev E, Tojiyev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T: O’qituvchi

128 b.

Xo’jayev N. Tarbiya nazariyasi. – T.: 2003. 75-bet.

Internet materiallari