T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
59
ISSN:3030-3613
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA
YO’NALTIRISHDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR KOʻLAMINI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Jabborova Shaxlo Oʻrolovna
Toshkent viloyati Ohangaron umami MMTB
tasarrufidagi 59-umumiy oʻrta ta'lim maktab psixologi
ANNOTATSIYA
Kasbga yoʻnaltirish
-bu oʻquvchining butun hayoti uchun oʻzi tomonidan kasb
tanlashi emas, balki, inson kasbiy faoliyatini boshlaganda, oʻzini unda
namoyon eta olishi uchun shaxsiy ichki resurslarini faollashtirishi hamda
kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlanishning shakllanishidir.
Kalit soʻzlar
:qobiliyat,istak,xohish,kasbiy shakllanish,kichik maktab davri
KIRISH
Kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlari boshlangʻich sinflarda (1-4 sinflar) kichik
maktab yoshidagi oʻquvchilar uchun (6-9 yoki 7-10 yoshlilar) tashkil etiladi va amalga
oshiriladi.
Boshlangʻich kasb-hunarga yoʻnaltirishning asosiy maqsad va vazifalari:
-kichik maktab yoshida oʻqishga va mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishni
shakllantirish, ularning jamiyatda va inson hayotida muhim ahamiyatga egaligini
tushunish;
-ota-onasining va boshqa oila aʼzolarining hamda turli kasblarga
boʻlgan qiziqishini rivojlantirish, “Kasblar olami” bilan tanishtirish;
-oʻquv, mehnat, ijodiy va kommunikativ faoliyatda malaka va koʻnikmalarni
rivojlantirish;
-kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning psixologik-pedagogik tashxisi,
umumiy psixologik, aqliy va jismoniy rivojlanishi korreksiyasi (boshlangʻich sinfda
oʻqish va ushbu bosqichda kasb-hunarga yoʻnaltirishning vazifalari bilan bogʻliq);
-koʻrgazmali-obrazli, koʻrgazmali-xarakat, verbal va mantiqiy tafakkurni,
tasavvurni, koʻrgan va eshitgan maʼlumotlarni yodda saqlash va qayta tiklashning
oddiy va murakkab operatsiyalarini rivojlantirish (kasbiy maʼlumotni qabul qilish bilan
bogʻliq);
-umumiy oʻquv, mehnat va kommunikativ malaka va koʻnikmalarini
rivojlantirish (biror bir kasb uchun ahamiyatli boʻlgan oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi
bilan bogʻliq);
-kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning iqtidorini, qobiliyatini aniqlash, ota-
onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish (iqtidorli bolaning boshlangʻich sinflarda va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
60
ISSN:3030-3613
oilada taʼlim va tarbiyasi; shuningdek, kelgusida ixtisoslashtirilgan litsey, maktab yoki
internatlarda oʻqish imkoniyati bilan bogʻliq).
Kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining uslubi va vositalari:
-kasb-hunarga yoʻnaltirish haqida hikoya, suhbat, sheʼr, topishmoqlar, kitoblar,
(kichik maktab yoshi davriga tushunarli tarzda kasbiy maʼlumot berish);
-kasbga yoʻnaltirish mavzusida rasm (kartochka), plakatlar, slaydlar,
videofilmlar namoyish qilish (kichik maktab yoshi davriga tushunarli tarzda
koʻrgazmali-obrazli kasbiy maʼlumot berish);
-rivojlantiruvchi va oʻrgatuvchi kasbiy oʻyinlar (kichik maktab oʻquvchilariga
oʻyin, oʻquv va kommunikativ faoliyatlari bilan birgalikda kasbiy maʼlumot berish);
-oʻquv darslari, “mehnat darsi”, “kasbga yoʻnaltirish darslari” konkurslar
(mehnat va ijodiy, oʻquv faoliyat jarayonida kasbiy maʼlumot);
-ota-onalar uchun suhbat va topshiriqlar (bolalarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha
tavsiyalari, kasbiy maslahat, kasbiy maʼrifat, ularning bilimlarini mustaxkamlash va
rivojlantirish, mehnat malakalari va koʻnikmalarini oilaviy sharoitda tarbiyalash).
Keyingi bosqich- “Kasblar olamiga sayohat” qidiruv-rivojlantiruvchi kasbga
yoʻnaltirish”. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari oʻrta sinflarda (6-7 sinflar) kichik
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining kichik va oʻrta yoshdagi oʻsmirlar uchun 11-12,
13 -14 yoshlilar) tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Maktab oʻquvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash.
Kasb-hunarni mustaqil tanlashga ehtiyojning paydo boʻlishi uning
dunyo bilan oʻzaro munosabatlar tuzilmasida shaxs nuqtayi nazariga ega boʻlish
istagi shaxs rivojlanishining ancha yuqori darajasiga erishganidan dalolat
beradi.
Psixologik
jihatdan
shaxsiy
mustaqil
tanlov–bu
oʻzi nimani
istashi (maqsad, vazifalar, hayotiy rejalar, eng yuksak orzular), oʻzini anglash
ekanligini (oʻzining shaxsiy va jismoniy xususiyatlari), oʻzi nimalarni uddalay olishini
(imkoniyatlari, moyilliklari, isteʼdodi, qobiliyati), undan boshqalar nimani istashini va
kutishini (jamoa va jamiyat) anglagan subyekt, yaʼni ijtimoiy munosabatlar tizimida
faoliyat yuritishiga tayyor subyekt. Mustaqil tanlash, munosabatlar sohasiga bogʻliq
holda hayotiy, ijtimoiy, shaxsiy va kasbiy turlarga boʻlinadi.
Kasbga
oʻrgatish
singdirilgan
taʼlimiy-axloqiy
asarlarda,
hunar
oʻrganishga doir risolalarida barkamol inson tarbiyasi haqida nazariy va amaliy
jihatdan ilgari surilgan. Bularning barchasida maʼnaviy barkamol shaxsga xos
fazilatlarni taʼriflash, ayniqsa, mehnat ahlini ulugʻlash, yosh avlodning kasb-hunarni
egallashga undash, ustoz-shogird talablari va tamoyillari muhimdir.
Hayotda oʻz oʻrnini mustaqil topish murakkab, integrativ tushuncha boʻlib, u oʻz
ichiga ijtimoiy, boshqaruv, kasbiy, oilaviy va shaxsiy mustaqil tanlovning boshqa
turlarini ham qamrab oladi. Hayotda oʻz oʻrnini mustaqil topish-bu hayot davomida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
61
ISSN:3030-3613
kasb faqatgina hayotning strategik yoʻlini qurish vositasi sifatida aks etuvchi, turmush
tarzining tanlovidir. Shaxsning faoliyati, oʻzini rivojlantirishni xarakatlantiruvchi
kuchi boʻlib hisoblangan faolligi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy oʻrnini mustaqil tanlash
-
bu jamiyatda tanlab olgan va oʻzi tomonidan
qabul qilingan ijtimoiy munosabatlarning maʼlum bir sohasiga va maʼlum bir ijtimoiy
doiraga tegishliligi mezonlariga nisbatan belgilashi hamda oʻzini kasblarning maʼlum
bir doirasi bilan cheklashdir. Ijtimoiy oʻrnini mustaqil tanlash ijtimoiy holatni va
maqomni tanlashni nazarda tutadi. Shaxsiy oʻrnini mustaqil tanlash
–
bu jamiyatda
ishlab chiqilgan va inson tomonidan qabul qilingan, shaxsning qaror topishi
mezonlariga nisbatan oʻz oʻrnini mustaqil tanlashi va oʻzini mazkur mezonlar asosida
ijobiy namoyon qilishidir.Shaxsiy oʻrnini mustaqil tanlashning hayotiy oʻrnini
mustaqil tanlashdan muhim farqi shundaki, insonlar shunchaki oʻzlashtirmaydi, balki
yangi rollarni anglab yetadi va maʼlum bir maʼnoda xatto ijtimoiypsixologik norma
ijodi bilan shugʻullanadi. Shaxsiy oʻrnini mustaqil tanlash-bu oʻziga xos
“men
obrazi”
ni topish, bu obrazni doimiy rivojlantirish va uni atrofdagi odamlar orasida
tasdiqlashdir. Shaxsiy maʼnoda oʻz oʻrnini mustaqil tanlash odamning yosh
xususiyatlariga bogʻliq holda turli xil mazmunga ega. Maktabda taʼlim olish yillarida
oʻz oʻrnini topish jarayoni oʻquvchilarning oʻzini hayotiy vazifasini anglash, shaxsiy
imkoniyatlarini bilib olish va oʻz kelajagini belgilash ichki ehtiyoji bilan bogʻliq. Oʻz
oʻrnini mustaqil tanlashni rivojlantirish maktab oʻquvchilarida ularga ijtimoiy
jamiyatda qabul qilingan meʼyorlarni, qadriyatlarni oʻzlashtirishda ularga yordam
beradigan hayot faoliyati va oʻzini anglash subyekti nuqtayi nazarini shakllantirish
bilan bogʻliq. Shaxsning kasb-hunarni mustaqil tanlashi kasbiy faoliyat subyektining
qaror topishi va rivojlanishini aks ettiruvchi hayot yoʻlining mustaqil yoʻnalishi
sifatida, mehnat subyektining kasbiy-hayotiy yoʻlini tashkil etuvchi muhim voqealar
yigʻindisi sifatida ifodalanishi mumkin.
Kasbga yoʻnaltirish koʻpchilik mualliflar tomonidan shaxsning psixofiziologik
va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini oʻrganishning yoshlarni va mehnatga layoqatli
boshqa yoshdagi guruhlarni ongli va erkin kasbiy mehnat oʻzini belgilashga
tayyorlashning vositalari va metodlarini ilmiy asoslangan tizimi sifatida tushuniladi.
XULOSA
Xulosa o`rnida, hozirgi kunda o’quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda
pedagogik-psixologik va umumtexnik va kasb ta’limi mutaxassilari olib borayotgan
ishlar salmoqli o’ringa egaligi ma`lum. Darhaqiqat, o’quvchi yoshlarning kasbiy
bilimlar va ko’nikmalarini shakllantirish, ularga to’g’ri yo’nalish berish ishlari ko`proq
kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar, pedagog-psixologlar zimmasiga tushadi.
Shu munosabat bilan o’quvchilarni kasbhunarga yo`naltirishga mas`ul
mutaxasislarning quyidagi pedagogik-psixologik va umukasbiy tayyorgarligiga ega
bo`lishi va kasb-hunarga yo’naltirish ishlariga qo`yilgan talablarni amalga oshirish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
62
ISSN:3030-3613
maqsadga muvofiqdir. Jumladan,
birinchidan
- o’quvchilarni kasb-hunarga
yo’naltiruvchi va pedagog-psixologlarni hamda umumtexnik va kasbiy ta’lim
mutaxassislari malakasini va saviyasini oshirib borish, ularga o’quv kursi va seminarlar
tashkil qilib amaliy yordam berish va moddiy ehtiyojlarini qondirilishi;
ikkinchidan
–
o’quvchilarning kasb-hunarga qiziqishlarini, moyilliklarini kuchaytirish maqsadida har
xil kasb-hunar navatorlari bilan davra suhbatlari, baxsmunozaralar, hunarmandlar
maydoniga sayohatlardan mahorat bilan foydalanishi;
uchinchidan
-
o’quvchilarni
kasb-hunarga yo’naltirishda mahalla va ota-onalarning rolini oshirish, sinf rahbarlari
bilan ota-onalar hamkorlikda har oyda bir marta “Kasbiy maslahatlar kuni”ni tashkil
etib, ular bilan turli kasb-hunarlarga tayyorlashda uchraydigan muammo va yechimlar
to`g`risida davra suhbatlarini uyushtirib turish;
to’rtinchidan
– bir necha yillar
davomida halol mehnat bilan elga tanilgan xalq xunarmandlari va mehnat faxriylari
bilan “Mehnat, mehnatning tagi rohat”, “Mehnat-baxt keltiruvchi omil”, “Kasb-u
kamol xusn-u jamol” kabi mavzularda uchrashuvlar tashkil etish kabi tadbirlar muhim
ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni kasb-
hunarga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik
asoslari. // Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.
2.
Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari. – T.: Fan,
2006, - 126 b.
3.
Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya.
-T.:Fan. 2006
4.
Xolmatov P. Raximov B. Darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni
kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi.-T.:Fan.2006.
5.
Internet materiallari