T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
179
ISSN:3030-3613
BOLALARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK FAOLLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Berdiyorova Nodira Choriyevna
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
11-maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Maqolada o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar orqali bola tarbiyasiga ta’sir
ko‘rsatuvchi pedagogik, ijtimoiy, psixologik shart-sharoitlarni o‘rganish va milliy
mentalitetimizga mos keladigan tarbiya uslubini tanlash, ish jarayonida unumli
foydalanish haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar
. ijtimoiy faollik, ma’naviy faollik, madaniyat, keng dunyoqarash,
ijtimoiylik, pedagogik vaziyat; ko‘nikma.
KIRISH
Yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish muammolari bo‘yicha olib borilgan turli
sohalardagi tadqiqotlar mazmunini o‘rganish asosida quyidagicha xulosalarga keldik:
1.
O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning mazmunini asoslash,
uning metodikasini ishlab chiqish pedagogika fani va amaliyoti oldidagi muhim vazifa
hisoblanadi.
2.
O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish shaxs umumiy kamolotini
hamda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi,
bugungi kunga qadar yaxlit pedagogik jarayon sifatida tadqiq etilmaganligi
ta’kidlanadi.
3.
O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning ijtimoiy munosabatlar
jarayonidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan
dastlabki kunlardayoq mamlakat aholisi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida mustaqillik
g‘oyalarini targ‘ib etish, ularda istiqlolni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy
faollikni qaror toptirish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bu boradagi vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishda ta’lim-tarbiya jarayonining roli katta.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning
ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi asosida
yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga
oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, ushbu shior shubhasiz
tasodifan tanlanmagan - u O‘zbekiston Prezidentining davlatning rivojlanish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
180
ISSN:3030-3613
istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvini ifodalaydi. Shavkat
Mirziyoev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda.
Ta’kidlash joizki, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotda yoshlarning faolligini
rag‘batlantirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilganlar O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy
hayotdagi o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha yo‘nalish belgilanganini aytish imkonini
beradi. SHu bo‘yicha davlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to‘liq
qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O‘zbekistonning
rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o‘rin tutishini ta’kidlash mumkin.
Yosh avlodning har tomonlama kamol topishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi
asosiy omil bo‘lishi bilan bir qatorda uning shaxs sifatida ijtimoiy faollashuvida ham
etakchi o‘rin tutadi. O‘quvchi shaxsining ijtimoiy faolligi quyidagi ikki jihatga ko‘ra
muhim ahamiyatga ega: birinchidan, shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun
zamin yaratadi, ikkinchidan esa, uning bilimi, kuch-quvvati, imkoniyati hamda iqtidori
jamiyat rivoji yo‘lida mehnat qilishga yo‘naltiriladi.
Manbalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda o‘quvchilar
ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli
ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O‘quvchi
yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o‘ziga xos
ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.
Muammoga oid nazariy manbalar hamda uning amaliy holatini o‘rganish
natijalari mazkur sohada bir qator ziddiyatlarning mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:
–
demokratik jarayonda o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligiga qo‘yilayotgan
zamonaviy talablar bilan ularning bilim, ko‘nikma va malakalari, mavjud ijtimoiy
faollik kompetensiyalari o‘rtasidagi nomutanosiblik;
–
o‘quvchilar ijtimoiy faolligining o‘z-o‘zidan yuzaga kelmasligi, balki doimiy
ravishda olib boriladigan pedagogik faoliyat natijasida shakllantirilishi va bu jarayon
tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib
chiqilmaganligi;
–
o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollashuvining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari va
omillari mavjud bo‘lib, ular etarlicha o‘rganilmaganligi;
–
o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayonning ilmiy asoslangan samarali shakl, vosita va metodlarini qo‘llanilishiga
bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyat
kasb etishini anglatadi.
Bu vazifani samarali amalga oshirishda ijtimoiy faol shaxs xususiyatlari va
shartlari tarkib toptiriladigan shakl, vosita, usul va metodlarni izlab topish, o‘z
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
181
ISSN:3030-3613
navbatida «o‘quvchi-yoshlar», «ijtimoiy faollik» tushunchalari mohiyatini chuqur
tushunish, nazariy jihatdan ham, amaliy tomondan ham juda muhim masaladir.
Inson o‘zining ijtimoiy majburiyatlari, jamiyat oldidagi burchi, o‘z mas’uliyatini
tabiiy bir hol, o‘z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi sifatida qabul
qilgandagina ma’naviy barkamol shaxsga aylanadi.
Insonning faolligi shaxs sifatida shakllanishining asosiy omili hisoblanadi.
Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib
qolmasdan balki inson uni o‘z xohishiga mos ravishda o‘zgartiradi. Jamiyatning o‘zi,
uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi omillar – bularning
hammasi shaxsning bunyodkorlikka asoslangan faoliyatining natijasidir.
Faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning
namoyon bo‘lishi demakdir. Dunyoni o‘zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o‘z
qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtiradi. U shu
asnoda o‘zligini anglaydi, faol shaxs sifatida jamiyatda o‘zini namoyon qiladi. Bunda
insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur ehtiyojlarni
qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o‘sishi yuz beradi.
Shaxsning faoliyati ijtimoiy muhit va moddiy omillar ta’sirida shakllanadi.
Faollik bo‘lmagan joyda shaxs rivojlanmaydi va uning imkoniyatlari ro‘yobga
chiqmaydi. Shaxsning faolligi aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda
tarkib topadi. Shaxs faolligining rivojlanish tendensiyalari mehnat, o‘qish, o‘yin,
muloqot jarayonida amalga oshadi.
Har bir inson jamiyat a’zolari bilan o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishadi.
Jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar, ularning mazmuni, g‘oya va
yo‘nalishlari shaxsning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHaxsning faoliyati,
ijtimoiy borliqqa munosabati, hayotiy yondashuvlari, faolligi, o‘z navbatida, ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra shaxs
ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi va mahsuli hisoblanadi. Inson ijtimoiy
mavjudot sifatida hech qachon ijtimoiy munosabatlardan ajralgan holda yashay
olmaydi.
XULOSA
Ijtimoiy faollik umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan psixologik
jarayon mazmuni ustida ishlash va tarbiyaviy jarayon sub’ektlarining o‘zligini
namoyon qilishlarida katta imkoniyatlarga ega.Mazkur tayanch kompetensiyalar:
kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi,
o‘zini o‘zi
rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va
umummadaniy kompetensiya,
matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasidan iborat bo‘lib, ulardan ayniqsa:
o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
182
ISSN:3030-3613
o‘quvchilardan ham o‘qituvchilardan ham ijtimoiy faollik ko‘nikmalariga ega
bo‘lishni talab qiladi.
FOYDALA
NILGAN ADABIYOTLAR
1.
Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv.
Science
and Education
,
7
(7), 215-220.
2.
Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons.
Academic
research in educational sciences
,
2
(2).
3.
Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o´ zbek tilida ifodalanishi.
Science and Education
,
1
(Special Issue 4).
4.
Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих
собственных потребностей.
Academic research in educational sciences
, (3).
5.
Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning
of foreign languages.
Academic research in educational sciences
,
2
(Special Issue
2).
6.
Internet materiallari