Авторы

  • Karimova Barnoxon Tursunovna.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106214

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Shaxs xususiyatlari muvaffaqiyat omillari mehnatsevarlik xarakter sevimli mashg’ulot bola ota-ona ruhiyat.

Аннотация

Annotatsiya Kichik  maktab  davrida  boshqarishdan  o‘z-o‘zini boshqarishga  
o‘tishi  nihoyatda  muhimdir.  Yetakchi  bo‘lgan  o‘quv  faoliyatidan  tashqari  boshqa 
faoliyatlar  -  o‘yin,  muloqot  va  mehnat  faoliyati  ham  o‘quvchi  shaxsi  rivojiga  
bevosita  ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs  xususiyatlari  tarkib  topa  boshlaydi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

171

ISSN:3030-3613

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI OʻQUVCHILARNING SHAXS

SIFATIDA SHAKLLANISHI

Karimova Barnoxon Tursunovna.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon

shahar 21-maktab psixologi

Annotatsiya

Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga

o‘tishi nihoyatda muhimdir. Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa
faoliyatlar - o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari
bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari tarkib topa boshlaydi.

Kalit so’zlar:

Shaxs xususiyatlari, muvaffaqiyat omillari, mehnatsevarlik,

xarakter, sevimli mashg’ulot, bola, ota-ona, ruhiyat.

KIRISH

Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini

belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash
davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib
topa boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan
shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik
fazilatlari shakllanadi.

Boshlang’ich sinf davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga

amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda
mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bo‘lish asoslari tarkib topa
boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga
hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar
tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, a so san,
o‘qish va me hnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik maktab
yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va
egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat
jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki taxtalarni
randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq bajaradigan
bo‘lish uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu
harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish
kerak bo‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish natijasida kichik
yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib
boradi. O‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchilarning mehnatiga etarli darajada
e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

172

ISSN:3030-3613

har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga
individual munosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Mehnatsevarlik bolada
o‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi va
rivojlanadi. Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv vazifalarini
mustaqil bajarish layoqati yuzaga keladi.

Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi.

Birinchi, mustaqillikning shaxs hislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga
bog‘liq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari
sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanadi.
Ikkinchi mustaqillikning shaxs hislati sifatida shakllanishida individual
xususiyatlar, shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan
munosabatlarga hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq. Agar
bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo‘lsa, unda asta-
sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. Biroq
bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy hislatlarning shakllanishiga
ham olib kelishi mumkin, chunki u hayotiy tajribalari kamligi uchun asosan,
kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. Mustaqillikni shakllantirish
uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq topshirish va unga ishonch
bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit
yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul vazifani mustaqil bajarishni
topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini tengdoshlari, kattalar va boshqa
odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his bolada mustaqil bo‘lishga undovchi
motivlarni yuzaga keltiradi. 7-11 yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini
anglay boshlaydilar.

Bolaning o‘z- o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana

boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera
boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy
qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi ko‘rinishi va gavda
tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik
maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz-
tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi
tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela
olish qobiliyat i rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga hamda bilim olish
jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi, o‘quvchi xulq-
atvorining motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari
asosiy motivlar bo‘lib qoladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

173

ISSN:3030-3613

Axloqiy his-tuyg’ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari ham shakllanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o‘zini
tuta bilish, sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy
sifatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir. Iroda tarbiyasi bolalarda yomon
sifatlar paydo bo‘lishining oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bo‘lsa, ularni
yo‘qotishdan iboratdir.

XULOSA

Biz bolalarda tafakkurni taraqkiy ettirishimiz bilan birga, ularda o‘z

oldiga to‘la anglab, muayyan maqsadlar ko‘ya olish va juda yaxshi asoslangan qaror
va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy
axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, buning bilan axloxiy qaror qabul qilishga va
Shuning bilan birga, o‘z qaror hamda harakatlariga axloqiy baho berishga
odatlantirib boramiz. Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni
vaqtda boshlang‘ich sinf o‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir. 5-6
Yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yillari
davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. O‘smirlik davrining boshlariga kelib, juda
ko‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari ularning
bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va
chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib,
aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. Kichik
maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan muvaffaqiyatga erishish
motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga
olib keladi desak mutlaqo to’g’ri bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Nazarova, M. (2021). BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QUVCHILARINING
PSIXIK

TARAQQIYOTIDA

INTEGRATSIYAVIY-INNOVATSION

YONDASHUVLAR AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(Buxdu. uz), 7(7). 3. N

2.

Салихов, Т. (2021). Psychological Characteristics Of Increasing Cognitive
Activity In Elementary School Students.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz),

7(7).

3.

Rustamov, Sh. Sh. (2021). Аmaliyotchi psixologlar kasbiykompetenligini
rivojlanishida matematik usullardan foydalanishning amaliy jihatdan oʼrganilishi.

Библиографические ссылки

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Nazarova, M. (2021). BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QUVCHILARINING

PSIXIK TARAQQIYOTIDA INTEGRATSIYAVIY-INNOVATSION

YONDASHUVLAR AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(Buxdu. uz), 7(7). 3. N

Салихов, Т. (2021). Psychological Characteristics Of Increasing Cognitive

Activity In Elementary School Students. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),

(7).

Rustamov, Sh. Sh. (2021). Аmaliyotchi psixologlar kasbiykompetenligini

rivojlanishida matematik usullardan foydalanishning amaliy jihatdan oʼrganilishi.