Mualliflar

  • Kamolova Ferangiz Bahodirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106250

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: zoʻravonlik maishiy zoʻravonlik mexanizmlar ”kaltaklangan bolalar sindromi

Annotasiya

Annotatsiya:  Bizning  fikrimizcha,  oilaviy  (maishiy)  zoʻravonlik  bunday 
zoʻravonlik  qurbonini  kamsituvchi  moliyaviy,  jinsiy,  jismoniy,  hissiy  yoki  boshqa 
holatga  keltiradigan,  shuningdek  jabrlanuvchiga  nisbatan  jismoniy  taʼsir  va  boshqa 
tarzda unga taʼsir qilish, tushuniladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

327

ISSN:3030-3613

JAMIYATIMIZDA OILAVIY ZOʼRAVONLIK HOLATLARINING

KUZATILISHI HAMDA BOLALAR RUHIYATIDA TA’SIRI

Kamolova Ferangiz Bahodirovna

Buxoro viloyati Kogon tumani

25-maktab amaliyotchi psixologi


Annotatsiya:

Bizning fikrimizcha, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bunday

zoʻravonlik qurbonini kamsituvchi moliyaviy, jinsiy, jismoniy, hissiy yoki boshqa
holatga keltiradigan, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy taʼsir va boshqa
tarzda unga taʼsir qilish, tushuniladi.

Kalit soʻzlar:

zoʻravonlik, maishiy zoʻravonlik,mexanizmlar,”kaltaklangan

bolalar sindromi",ruhiy bosim, korreksiya, profilaktika

KIRISH

Bilamizki, “Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi

mamlakatimizda 2021-yilning 25-noyabrida eʼlon qilindi. Kampaniya boshlanishini
eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Senat raisi Tanzila Narbayeva zoʻravonlikka
qarshi kurashda “uzoq va mashaqqatli ishlar” turganini va unda “har birimizning
ishtirokimiz muhim” ekanligini taʼkidlagandilar. Shuningdek, “Mamlakatimizda
ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya
qilish boʻyicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga
jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchrab turibdi, bunday
xolatlarni endi yashirib boʻlmaydi. Ammo baʼzi opa-singillarimiz oʻzlari bilan sodir
boʻlgan zoʻravonlik holatlarini oshkor qilmaslikni afzal koʻrishlarini ham yaxshi
bilamiz”, – deya alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Respublikamizda bugungi kunga kelib, zoʻravonlikka uchragan ayollarga

yordam koʻrsatuvchi 10 dan ortiq tashkilotlar bor. Endi “Xotiniga yengil tarsaki urgan
yoki yomon soʻz aytgan” xam jinoyatchi hisoblanishi Qonunchiligimizda belgilab
qoʻyildi. Xususan, Oʻzbekistonda turmush oʻrtoqlardan biriga ogʻir tan jarohati
yetkazganlik uchun endilikda ular 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Shuningdek,
mamlakatimizda bolaga nisbatan bunday harakatga yoʻl qoʻygan shaxslar kim
boʻlishidan qatʼiy nazar qonunan javob berishi taʼminlanadi.

Bundan kelib chiqadiki, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikning oldini olish

masalasini qonunchilikda hal etish boʻyicha qizgʻin bahsmunozaralarga qaramay,
bizningcha, jinoyatchining bunday harakatlari shaxslar bunday qilmishlar uchun
nafaqat jinoiy javobgarlik belgilashni, balki ularni muayyan psixokorreksiya, yaʼni
ruhan sogʻlomlashtirishni ham taqazo etadi. Biz oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka qarshi
kurash jarayonida huquqiy va psixologik mexanizmlar jalb qilinishi kerak, deb


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

328

ISSN:3030-3613

hisoblaymiz. Jinoiy-huquqiy xarakterdagi choralar orasida koʻplab tadqiqotchilar
qoʻshimcha sifatida - majburiy psixologik va ijtimoiylashtirish choralarini ham
qoʻllashni koʻrib chiqadilar. Bu chora-tadbirlar oilaviy (maishiy) zoʻravonlik
jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga tadbiq etilishi taklif qilinadi. Majburiy psixologik-
resotsializatsiya takrorlangan taqdirda psixologik yordam koʻrsatish choralarini
koʻrish yordamida jinoyatchini jamiyatga jalb qilish va uning jamiyatda mavjud
qadriyatlar haqidagi gʻoyalarini oʻzgartirish, shuningdek, yangi zoʻravonlik
jinoyatlarining oldini olishga zamin yaratiladi, deb hisoblaymiz. Biz bu nuqtayi nazarni
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikning oldini olish masalasini hal qilishda atroflicha
yordam berishiga ishonamiz.

Shunday qilib, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosini oʻrganish quyidagi

xulosalar chiqarishga olib keldi:

1.

Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosi sohalararo xarakterdagi

muammolardan biridir.

2.

Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka qarshi kurashda nafaqat jinoiy-huquqiy,

balki psixologik mexanizmlar va boshqa usullardan foydalanishimiz kerak.

3.

Barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlarining oʻzaro aloqasi

chambarchas bogʻliq. 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMT Global kun tartibi va
Oʻzbekistonning Milliy maqsad va vazifalarida ham oilaviy zoʻravonlikni bartaraf
etish masalasi mavjud. BMTning “hech kim ortda qolmaydi” tamoyilini hayotimizga
tatbiq etishimiz lozim. Bunda biz Barqaror rivojlanish maqsadlarining inson

huquqlariga rioya qilishga asoslanishi, ularning inson huquqlari boʻyicha

milliy, mintaqaviy va xalqaro mexanizmlar tomonidan monitoring qilinishini amalga
oshirishimiz kerak.

4.

Profilaktik chora-tadbirlar qatorida jinoiy-huquqiy xarakterdagi boshqa

choralar sifatida qaralishi lozim boʻlgan psixologik va ijtimoiylashtiruvchi majburlov
choralarini koʻrish zarur.

Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik birinchi marta ijtimoiy muammo sifatida XX asr

oxirida tan olinganligini bilamiz. Biroq, XX asrning oʻrtalariga qadar ushbu mavzuga
bagʻishlangan jiddiy va keng koʻlamli tadqiqotlar mavjud emas edi. Oʻsha paytda olib
borilgan tadqiqotlar asosan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik turlariga tegishli edi.
Masalan, oʻtgan asrning 60-yillarida Genri Kempe bolalarga beparvolik va jismoniy
zoʻravonlik muammolari bilan shugʻullangan va 1962-yilda birinchi marta
"kaltaklangan bolalar sindromi" atamasini ilmiy muomalaga kiritgan. Oʻzbekistonda
faqat XX asrning oxirida oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosi juda keng tarqalgan
holda paydo boʻlgan. Hozirgi vaqtda qonunchilikda bunday zoʻravonlikka qarshi
kurashishning mutlaqo samarali mexanizmi mavjud emas, bu esa: bu sohadagi ishlar
holatiga albatta salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosining
dolzarbligi. Statistik maʼlumotlar oilaviy (maishiy) zoʻravonlikning global miqyosda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

329

ISSN:3030-3613

ham, milliy miqyosda ham, xususan, Oʻzbekiston Respublikasida dahshatli koʻlamini
koʻrsatmoqda.

Amerikalik tadqiqotchilar quyidagi statistik maʼlumotlarni taqdim etdilar: 15,5

mln. AQSH bolalari yiliga kamida bir marta ota-onalardan biri tomonidan zoʻravonlik
sodir boʻlgan oilalarda yashaydi; yetti million bola ota-onadan birining yaqin sherigi
tomonidan qattiq zoʻravonlikka uchragan oilalarda yashaydi

Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlarining asosiy qismi ayollar va bolalardir.

Sh.U. Stepanyanning taʼkidlashicha, ayollar va bolalar oilaviy zoʻravonlik
qurbonlarining 70% ni tashkil qilishi jiddiy tashvish uygʻotadi. Bolalar, qariyalar,
nogironlar, qaramlik holati tufayli oʻzini himoya qila olmaydigan ayollar oilada har
yili oiladagi zoʻravonlik natijasida halok boʻlganlarning qariyb 38 foizini tashkil
qiladi.Statistik maʼlumotlarga koʻra, har besh ayoldan biri hayotida kamida bir marta
oilaviy zoʻravonlikka duchor boʻladi va har yili 15 milliondan ortiq bola oila aʼzolariga
nisbatan zoʻravonlikka guvoh boʻladi.

Aksar tadqiqotchilar oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bolaning psixikasiga, yaʼni

ruhiyatiga salbiy taʼsir qilishini, kognitiv (anglash) va hissiy rivojlanishning
kechikishiga olib kelishini, turli xil fobiyalar, yaʼni qoʻrquvlarni rivojlantirishi bilan
juda zararli boʻlishi mumkinligini taʼkidlashadi. Ushbu holatlar oilaviy (maishiy)
zoʻravonlik sabablarini koʻrib chiqish, shuningdek, unga qarshi kurashishning samarali
vositalarini izlash masalasiga yondashish zaruratini vujudga keltiradi.

Huquqshunos tadqiqotchilarning fikriga koʻra, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikni

toʻrtta tasniflash, yaʼni klassifikatsiya guruhiga boʻlinadi: jinsiy zoʻravonlik,
moliyaviy, yaʼni iqtisodiy zoʻravonlik, jismoniy zoʻravonlik va hissiy zoʻravonlik.
Shuni alohida taʼkidlashimiz lozimki, mazkur zoʻravonlik turlarining har biri ruhiyati
shakllanish jarayonida boʻlgan bolaning hissiy salomatligiga sezilarli zarar yetkazishi
mumkin. Amerikalik tadqiqotchilarning fikricha, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka
uchragan bolalar, travma, yaʼni jarohatdan keyingi stress, yaʼni ruhiy tushkunlik
belgilaridan aziyat chekadi, jumladan, toʻshakni hoʻllash yoki qoʻrqinchli tush koʻrish,
allergiya, astma, oshqozon-ichak muammolari, bosh ogʻrigʻi va tengdoshlariga
qaraganda koʻproq gripp, yaʼni shamollash kasalliklari koʻproq va teztez kuzatiladi.

Bundan tashqari, oilaviy zoʻravonlik prenatal, yaʼni tugʻruq oldi jismoniy

zoʻravonlikni boshdan kechirgan onalari boʻlgan bolalarga ham xuddi shunday salbiy
taʼsir koʻrsatishi aniqlangan boʻlib, bunday bolalar tajovuzkorlik, depressiya yoki
giperaktiv xatti-harakatlarning namoyon boʻlishi mumkinligini ham alohida qayd
etishimiz zarur. Bularning barchasi oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosini
kompleks yondashuv asosida hal qilishni, nafaqat qonunchilikdagi oʻzgarishlarga,
balki huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan, tadqiqot orqali oilaviy
(maishiy) zoʻravonlikning psixologik komponenti va uning oldini olishga taʼsir qilishi
muhim ahamiyatga ega. R. Qayumovning fikricha, “oiladagi ishlarning asosiy qismi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

330

ISSN:3030-3613

xotin-qizlar zimmasiga tushadi, buning natijasida ular oʻzlaring toʻla huquqliligi
imkoniyatidan foydalana olmaydilar, shu sababli davlat oilarda xotin-qizlar va
erkaklarning qoʻshimcha ravishda moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini
koʻrmogʻi darkor”

Fikrimizcha, R.Qayumovning bu boradagi qarashlari biroz mavhum boʻlib,

davlatning aralashuvi oiladagi ayollar, bolalar va qariyalarning huquqlarini
kamsitilishining har qanday koʻrinishini oldini olishning asosiy mexanizmi vazifasini
bajarishi imkonsiz.

Psixologlar “oilaviy zoʻravonlik” va “maishiy zoʻravonlik”

kabi tushunchalarni

sinonimlar deb hisoblashadi. Masalan, E.P. Agapovning fikricha, “oilaviy zoʻravonlik
yoki maishiy zoʻravonlik - qasddan jismoniy va/yoki ruhiy zarar yetkazish va oila
aʼzolariga azob berish, shu jumladan, bunday xatti-harakatlar bilan tahdid qilish,
majburlash, shaxsiy erkinlik mahrum qilish, yaʼni, zoʻravonlik - bu inson ustidan
cheksiz hokimiyatga erishish, boshqa odamning xatti-harakatlari, fikrlari,
histuygʻularini toʻliq nazorat qilish”. Sanab oʻtilgan yondashuv asosan oilaviy
(maishiy) zoʻravonlik taʼrifining psixologik tarkibiy qismiga taʼsir qiladi.

Bilamizki, jinoyat huquqi nazariyasida oilaviy (maishiy) zoʻravonlik

tushunchasi koʻpchilik tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Biroq, yagona
yondashuv hech qachon ishlab chiqilmagan. Xususan, A.S. Pashchenko, “Oilaviy
(maishiy) zoʻravonlik” atamasini “oila aʼzolariga nisbatan odamlarni oʻzlari istamagan
narsalarni qilishga majburlash uchun tahdid yoki jazo sifatida ogʻriq, haqorat, jismoniy
cheklash maqsadida ularning irodasiga qarshi harakatlar" jismoniy yoki ruhiy kuch
ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan noqonuniy harakat” deb hisoblaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Mirziyoyev. Sh.M. “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik”. 5-tom.
“Oʻzbekiston” nashriyoti. 295-bet.

2.

Volosova N.Yu. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosi haqida // Rossiya va
xalqaro huquq masalalari. 2017. 7-jild. 3A-son. 310-319-betlar.

3.

McDonald, R., Jouriles, E. N., & Minze, L. C. (2011). Interventions for young
children exposed to intimate partner violence. In S. A. Graham-Bermann & A. A.
Levendosky (Eds.),

How intimate partner violence affects children:

Developmental research, case studies, and evidence-based intervention

(pp. 109–

131). American Psychological Association. https://doi.org/10.1037/12322-006

4.

Stepanyan Sh.U. Oiladagi jinoyat omillari - ayollar jinoyati uchun katalizator
//Fuqaro va qonun. 2008. № 8. B.60-65.

5.

Kolpakova L.A. Oilaviy zoʻravonlik: qurbonlik jihati, javobgarlikni farqlash va
qonunchilik masalalari: dissertatsiya. Qozon, 2007. 26 b.

6.

Граҳам-Берманн С.А., Сенг, Ж. Зўравонлик таъсири ва травматик стресс
белгилари юқори хавфли болаларда соғлиқ муаммоларининг қўшимча


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_4-to’plam_Iyun-2025

331

ISSN:3030-3613

прогнози сифатида // Педиатрия журнали. 2005 йил. № 146 (3). 349-354-
бетлар.

7.

Қаюмов Р. Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий ҳуқуқи. -T.:
“Адолат”,2006.181-бет.

8.

Агапов Э.П. Оилавий психология. М.: "Дашков ва Кº" нашриёт-савдо
корпорацияси, 2012. 400 б.

9.

Пашченко А.С. Оиладаги зўравонлик тушунчаси // Ижтимоий ривожланиш
назарияси ва амалиёти. 2005 йил. № 1. 46-48-бетлар.

10.

Тургунов.М., Туляганов А., Баратов М., Юнусов А., Тешабаев А.,
Ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари. Ўқув қўлланма. Т., 2023.
Б.134




Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Mirziyoyev. Sh.M. “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik”. 5-tom.

“Oʻzbekiston” nashriyoti. 295-bet.

Volosova N.Yu. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik muammosi haqida // Rossiya va

xalqaro huquq masalalari. 2017. 7-jild. 3A-son. 310-319-betlar.

McDonald, R., Jouriles, E. N., & Minze, L. C. (2011). Interventions for young

children exposed to intimate partner violence. In S. A. Graham-Bermann & A. A.

Levendosky (Eds.), How intimate partner violence affects children:

Developmental research, case studies, and evidence-based intervention (pp. 109–

. American Psychological Association. https://doi.org/10.1037/12322-006

Stepanyan Sh.U. Oiladagi jinoyat omillari - ayollar jinoyati uchun katalizator

//Fuqaro va qonun. 2008. № 8. B.60-65.

Kolpakova L.A. Oilaviy zoʻravonlik: qurbonlik jihati, javobgarlikni farqlash va

qonunchilik masalalari: dissertatsiya. Qozon, 2007. 26 b.

Граҳам-Берманн С.А., Сенг, Ж. Зўравонлик таъсири ва травматик стресс

белгилари юқори хавфли болаларда соғлиқ муаммоларининг қўшимча прогнози сифатида // Педиатрия журнали. 2005 йил. № 146 (3). 349-354-

бетлар.

Қаюмов Р. Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий ҳуқуқи. -T.:

“Адолат”,2006.181-бет.

Агапов Э.П. Оилавий психология. М.: "Дашков ва Кº" нашриёт-савдо

корпорацияси, 2012. 400 б.

Пашченко А.С. Оиладаги зўравонлик тушунчаси // Ижтимоий ривожланиш

назарияси ва амалиёти. 2005 йил. № 1. 46-48-бетлар.

Тургунов.М., Туляганов А., Баратов М., Юнусов А., Тешабаев А.,

Ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари. Ўқув қўлланма. Т., 2023.

Б.134