T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
256
ISSN:3030-3613
BOLALAR RUHIYATIGA SALBIY TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK
OMILLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Mirzaqulova Xolida Anarkulovna
Jizzax viloyati Zomin tuman
55- maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Bola rivojlanib shaxs boʻlib yetishishi uchun eng avval unga oilaviy
tarbiya kerak boʻladi.Bola nihol kabidir uni qanday parvarish qilsak mevasini ham
shunday olamiz, daraxtning hosildor boʻlib yetilishi eng avval bogʻbon
parvarishidadir.Shunday ekan bolalarni hali shakllanmasdan ijtimoiy muhitga
kirmasligindan oilaviy sharoitda unga toʻgʻri tarbiya berishimiz kerak boʻladi.Bola
kichkinaligida berilgan tarbiya ham huddi bilim kabi naqsh singari muhrlanib qoladi.
Kalit so’zi:
tarbiya,psixik jarayonlar,ruhiyat, agressiya, korreksiya, profilaktika
KIRISH
Bolalaring erkin rivojlanishi haqida konsitutsiyamizda ham belgilab qoʻyilgan
masalan bola dunyoga kelganidan unga "Soʻz erkinligi" beriladi. Bu esa har bir bola
oʻz soʻz erkinligiga ega demakdir. Soʻz orqali har qanday vaziyatda ijtimoiy muhitga
kiraolishi, muammoli vaziyatlarni hech kimdan qoʻrqmay toʻlaligicha hal eta olishi,
turli jamoaviy yigʻinlarda oʻz nutqidan foydalanib gapirish huquqiga egadir. Insoniyat
paydo boʻlganidan buyon rivojlanishning qaysi yoʻnalishidan faydalanib bolalarni
tarbiyalash koʻproq samara berishi haqida olimlar baxs munozaralar qilib
kelmoqda.Biologik omilga qaraydigan boʻlsak bu irsiyat yani bola oʻzida paydo
boʻladigan qobiliyat, talant va boshqalar ota-onadan oʻtadi bunda tarbiya va muhtning
oʻrni yoʻq deya taʼrif beradi.
"Shaxsning barcha hususiyatlari jumladan ong va aqliy hususiyatlari ham nasldan
naslga oʻtadi" deb Torndayk aytadi. Bolaning shakllanishi haqida gʻarb
faylasuflarining fikrlari.Biologik yoʻnalish tarafdorlari odam bolasining shaxs boʻlib
rivojlanishida irsiy omillar hal qiluvchi omil deya taʼriflaydi. Gʻarb olimlarining
fikricha bola dunyoga kelib faqat otaonadan oʻtgan beligilar bilan rivojlanib boradi deb
aytadi. Ular tarbiya va muhitning roʻlini tamomila cheklab shaxs rivojlanishida
irsiyatni birinchi darajaga koʻtaradi.Gʻarb olimlaridan yana biri bu V. Pterndir u "Yangi
tugʻilgan bolani odam emas sut emizuvchi deya taʼriflaydi" Bola dunyoga kelgandan
huddi hayvon kabi boʻladi u irsiyati orqali yaʼni ota - onasidan oʻtgan belgilar bilan
rivojlanib boyib boradi va vaqatlar oʻtib shaxs boʻlib kamolga yetishini aytadi.Byullar
bola faqat qobiliyatlarni ota - onadanmas ahloqiy normalar ham irsiyat orqali oʻtishini
aytadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
257
ISSN:3030-3613
Xalqimizda "onasini koʻrib, qizini ol" degan naql bor yaʼni ota - ona qanday xulq-
atvorga ega boʻlsa bola ham shunday koʻrinishda boʻlar ekan. Irsiyatni biologik
tomondan oʻrganib chiqadigan boʻlsak irsiaytning yaxshi tomoni bilan birga yomon
tomoni ham bor bunga misol qilib ota- ona orqali bolalarga faqatgina yaxshi
hususiyatlari oʻrishi bilan birga yomon belgilari ham oʻtishi mumkin masalan yomon
hulq atvor, turli irsiy kasalliklar. Irsiy kaslaliklar bolaga ota-ona tomonidan oʻtganda
ular umrining oxirigacha saqlanib qolib ketishi mumkin bu ham bolaning rivojlanishi
uchun toʻsiqdir.Meditsina ham shuni aniqlaydi-ki irsiy kasalliklar davolanishi qiyin
yoki ummuman davosiz umrbod saqlanib qoluvchi kasallik ekanligini aytib oʻtgan.Ibn
Sino Inson tashqi koʻrinishi uning ruhiyatiga taʼsir koʻrsatishini aytib oʻtgan. Agar
irsiy kasallik sezilib tursa bolada yanayam rivojlanishda ortda qolish
kuzatiladi.Irsiyatning ijobiy tomonlari ham bor masalan koʻp oilalarda bolalar ota-ona
kasbi davomchisi hisoblandi.
Ota-ona egallagan kasbni egallaydi. Biron bir hunarmandchilikning turiga qiziqsa
bola ham oʻsha yoʻldan ketadi. Irsiyatga oʻtmishda ham katta eʼtibor bergan Amir
Temur bobomiz kelin tanlayotganda kelining yetti pushdini surishtirib kelin qilgani
buning yaqqol namunasidir. Oila tarbiyasi- oilada otaona vasiy yoki katta kishilar
tomonidan bolalarni tarbiyalash. Oila tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda muhim oʻrin
tutadi.Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch oilada ruhiy ruhiy
xotirjamlik,samimiy munosabat ota- ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab
qoʻyishda oila kattalari oʻrtasida birlikning saqlanishi kerak boʻladi.Barkamol shaxsni
shakllantirish uchun oilaviy muhitda mehnatsevarlik muhitini yaratish, bolalarni
mehnatni sevishga oʻrgantish kerak boʻladi.
Bola rivojlanib shaxs boʻlib yetishishi uchun eng avval unga oilaviy tarbiya kerak
boʻladi.Bola nihol kabidir uni qanday parvarish qilsak mevasini ham shunday olamiz,
daraxtning hosildor boʻlib yetilishi eng avval bogʻbon parvarishidadir.Shunday ekan
bolalarni hali shakllanmasdan ijtimoiy muhitga kirmasligindan oilaviy sharoitda unga
toʻgʻri tarbiya berishimiz kerak boʻladi.Bola kichkinaligida berilgan tarbiya ham huddi
bilim kabi naqsh singari muhrlanib qoladi. "Tarbiya -inson kamolotiga taʼsir qiluvchi
tashqi va eng muhim omil hisoblandi"Oilada qanday tarbiya koʻrgan boʻlsa bolalar bu
tarbiyani ijtimoiy muhitda ham koʻrsatdi.Oila bu jamiyatning bir boʻgʻini hisoblanadi.
Oilaviy muhit yaxshi boʻlgandagina jamiyat rivojlandi. Shuning uchun hozirgi kunda
prezidentimiz oilaga ,oilaviy sharoitga alohida eʼtibor bermoqda.Har bir ota-ona
kelajakda maʼnaviy sogʻlom farzandi boʻlishini hohlasa, avvalo oilaviy sharotini
yazshilashi, sogʻlom oilaviy sharoitni yaratishi kerak. Sogʻlom farzand sogʻlom
sharoitda voyaga yetadi.Ota -ona bola qiziqishlariga alohida eʼtibor qaratishi, uning
hohishini bajarishi kerak.Bolaning maktabgacha yoshidagi boʻlgan qiziqishlari uning
kelajagi uchun poydevordir. Bola bogʻcha yoshida qiziqishlar uygʻonadi har bir ota -
ona qiziqishlarni toʻgʻri baholab qishqishlarni ragʻbatlantirishi,bolani qishiqishi tomon
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
258
ISSN:3030-3613
yoʻnaltirishi kerak. Buyuk sportchilarning hayotiga nazar soladigan boʻlsak hozir
shugʻillanib kelayotgan sportlariga bogʻcha yoshidan qiziqib ota -onasi toʻgʻri
yoʻnaltirgani sabab shunday yutuqlarga erishgan.Maktabgacha yosh davri bolalar
hayotida isteʼdodlar uygʻonadigan davrdir. Oilada sogʻlom muhit deganda ota -ona
oʻrtasidagi iliq munosabatlardir "Qush inida koʻrganini qiladi "degan naql bor ota -ona
bir biriga yaxshi munosabatda boʻlar ekan bola voyaga yetib ota -onasi yaratgan oilaga
oʻxshagan oila yaratadi. Oilada bola qiziqishlari va uning hohishlarini vaqtida qondira
bilish kerak, ularga vada berib vadani vaqtida bajarsa bola ongida ijobiy gʻoyalar paydo
boʻldi. Bola hohishlarini aytgan paytida qondirish salbiy oqibatlarga ham olib keladi.
Afsuski bugungi kunda juda koʻp oilalarimiz gʻarb mamlakatlaridan andoza olib
oilasini tartibda,bolalarini gʻarbona tarbiya bilan voyga yetkazmoqda.Oilada mehr
muhannat ota-ona va farzand oʻrtadidagi doʻstona suhbat davralari yoʻq boʻlib
ketmoqda. Eng muhimi oilada axloqiy tarbiya paydo boʻladi. Fitrat oʻzing mazkur
asarida farzand tarbiyasi aqliy tarbiyada aqliy tarbiya, badan tarbiya va axloqiy
tarbiyaning oʻrnining muhimligini takidlaydi.Mazkur uch tarbiyaning eng muhimi
axloqiy tarbiya hisoblanadi. Oʻzingiz xohlaganingizcha bolaning aqliy va badan
tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin va qoʻlingizdan kelguncha uni dono va
baquvvat qiling.Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida boʻlmasa aqli va jismoniy
kuchini oʻzi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi.
Ijtimoiy muhit - insoning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy,
moddiy va maʼnaviy sharoitlar. Muhit keng maʼnoda (makromuhit ) ijtimoiy iqtisodiy
tizimni -ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib qoidalar
majmuini,jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz oʻz ichiga oladi.Tor maʼnoda
ijtimoiy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat oʻquv va
boshqalar guruhlaridan iboratdir. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va
rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi Ayni vaqtda insonning ijtimoiy faolligi,
faoliyati taʼsirida ijtimoiy muhit oʻzgaradi bu oʻzgarishlar jarayonida odamlarning
oʻzlari ham oʻzgaradi. Ijtimoiy muhit bola shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblandi
oilaviy sharoit ham aslida kichik ijtimoiy muhit hisoblandi lekin bunda bola toʻligʻicha
shakllanmaydi. Bola maktabga chiqilib haqiqiy ijtimoiy muhitga kiradi yon
atrofdagilar bilan munosabati tubdan oʻzgaradi va ijtimoiy muloqdotni oʻrganadi.
Oilasida ota onasiga qilgan erkaliklarni yoʻqotib shaxs boʻlib shakllana boshlaydi.
Ijtimoiy muhitda muomala madaniyati ham shakllanadi kimga, qaysi paytda qanday
munosabatda boʻlish jarayonlarini oʻrganadi. Bola tugʻilganida hayvoniy hislatlar bilan
tugʻiladi, huddi hayvon kabi boʻladi ijtimoiy muhit bolani rivojlantiradi shaxs sifatida
shakllantiradi.
Hayvoniy hislatlardan yiroqlashib shaxs boʻlib shakllanadi.Ijtimoiy muhit bola
rivojlanishi uchun muhim boʻlaganligi sababli juda koʻp olimlar ijtimoiy muhitning
bola rivojlanishiga taʼsirini oʻrganib chiqadi.Bixevioraizm asoschilari N.Miller va D
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
259
ISSN:3030-3613
Dollard hisoblanadi.Ular bola hayotida ijtimoiy muhitning roʻlini yuksak baxolab
bolani shakllantiruvchi asosiy qisim deb biladi.Olimlar bola ijtimoiylashuvi uchun ota
-onaning roʻlini yuksak baholab ularning alohida vazifalari borligini aytadi. Bola
ijtimoiylashuvida ota -onalarning vazifasi bolani ovqatlantirish bolada agrsessiyaning
namoyon boʻlishi , uning jinsiy indentifikatsiyasi va meʼyoriy xulq atvorlarning
boshqa xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf
qilish kabi vazifalar yuklatilgan boʻladi.
Odam bolasining rivojlanishi ,uning yetuk , barkamol inson boʻlib yetishishi
muhim jarayon hisoblanadi.Hozirgi kunda yetuk shaxsni shakllantirish uchun nimalar
qilish kerak rivojlanishning qaysi turiga alohida eʼtibor berish kerak va bolani qanday
qilib barkamol shaxs qilib rivojlantirish kerak degan savollar hozirgi kunda dolzarb
masala hisoblanadi.Bu davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.Zero rivojlanayotgan
Oʻzbekistonimiz yoshlar qoʻlidadir. Shunday ekan har bir ota -ona hali bola ona
qornida paydo boʻlganidan uni tarbiyalay boshlashi kerak boʻladi."Bir inson bolasini
dunyoga keltirib, bir donishmand yoniga boradi va undan men bolamni barkamol, ham
maʼnan ham jismonan barkamol shaxs qilib tarbiyalashim uchun qanday ishlar qilishim
kerak deb savol beradi, donishmand unga bolangiz dunyoga keldimi deb soʻraydi u
kishi ha deb javob beradi, shunda donishmand siz bolani tarbiyalashga kechikibsiz uni
ona qornidayoq tarbiyalab boshlashingiz kerak edi deb javob beradi"Bundan koʻrinib
turibdiki bolani barkamol qilib shakllantirishimiz uchun bola rivojlanishiga taʼsir
etuvchi omillar muhim hisoblanadi.Bu omillar ijtimoiy omil, irsiyat va oila tarbiyasidir.
XULOSA
Bola ijtimoiylashuvi murakkab jarayon boʻlganligi uchun ota -ona koʻmagi
kerak.Bola ijtimoiy muhitga kirganida uning tarbiyasi yutish -turishi odamlarga
munosabati hattoki oilasiga munosabati ham oʻzgaradi. Agressiyani moyillashtirish
sharoitlarini oʻrganish ijtimoiylashuv nazariyasining tayanch mavzularidan
biridir.Ijtimoiylashuv jarayoni favqulotda keng va koʻp qirrali jarayondir.
Ijtimoiylashuv jarayoni onson boʻlishi uchun oilaviy sharoit ham juda muhimdir bola
xulqi yaxshi boʻlsa ijtimoiylash ham onsonlashadi bolarning turli davralarga erkin kirib
turli odamlar bilan munosabtga kirishishi onson boʻladi.Bunday jarayonda hulq albatta
muhimdir.Bolaning ijtimoiy muhitga kishishida ota -ona juda eʼtiborli boʻlishi kerak.
Bolaning yon atrofidagi oʻrtoqlari unga yomon taʼsir koʻrsatsa bola hayoti ham salbiy
tomonga oʻzgaradi. Barkamol shaxsni shakllantirish ,kelajagimiz poydevori boʻlgan
bolalarni toʻgʻri tarbiyalamogʻimiz kerak.Bolalar rivojlanishiga qaysi taʼsir mihimroq
qaysisi yetarli va qaysisi yetarli emas har birini oʻrganib chiqishimiz kerak . Bola
rivojlanishida qaysi tomonlama boʻshliq boʻlsa uni kerakli maʼlumot va ota -onaning
toʻgʻri maslahati bilan toʻldirish kerak. Zero kelajak yoshlar qoʻlida.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI :
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
260
ISSN:3030-3613
1.
Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Формирование методов групповой
работы с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и
образования, (10 (22)), 149-151.
2.
Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem
Solving) in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9,
85-88.
3.
Ганиева, М. (2021). ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ “ТРИЗ” ДЛЯ
РАЗВИТИЯ УЧЕНИКИ НАЧАЛЬНОГО КЛАССА. Academic research in
educational sciences, 2(5), 129-133.
4.
G’aniyeva, M. (2021). BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA TRIZ
(IXTIROCHI MASALALARINI HAL QILISH NAZARIYASI) DASTURINI
QO’LLASHNING SAMARALI USULLARI. Scientific progress, 2(5), 108-112.
5.
Internet materiallari