T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
229
ISSN:3030-3613
BOSHLANG‘ICH 1-2-SINFLARDA O‘QUVCHILARINI VAQT O‘LCHOV
BIRLIKLARI BILAN TANISHTIRISH VA VAQT O‘LCHOV
BIRLIKLARIGA DOIR MASALALAR YECHISHGA O‘RGATISH
METODIKASI.
“Liderlar maktabi” NTM
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Mahammadjonova Go’zal
guzellia09@gmail.com
Annotatsiya
: Maqolada 1-2-sinf o‘quvchilarini vaqt o‘lchov birliklari bilan
tanishtirish va vaqt o‘lchov birliklariga doir masalalar yechishga o‘rgatish bo‘yicha
fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar;
Miqdorlar, vaqt, kun, tun sutka, oy, yil, asr, soat, minut, sekund,
arifmetik amallar, masalalar,yechim.
Аннотация:
В статье излагаются идеи по знакомству учащихся 1–2
классов с единицами времени и обучению их решению задач, связанных с
единицами времени.
Ключевые слова;
Величины, время, день, ночь, месяц, год, век, час,
минута, секунда, арифметические действия, задачи, решения
Abstract:
The article presents ideas on introducing 1st-2nd grade students to
time units and teaching them to solve problems related to time units.
Keywords;
Quantities, time, day, night, month, year, century, hour, minute,
second, arithmetic operations, problems, solution
Kirish
1-2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va
ularningo‘lchovbirliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. 1-sinfda o‘quvchilar
quyidagi miqdorlarbilantanishadilar: uzunlik – santimetr (cm), og’irlik – kilogram,
hajm, vaqt haqida va ularningo‘lchovbirliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. 2-
sinfda soat, minut, millimeter, kilometr, kvadrat,detsimetr kabi miqdoriy birliklar bilan
tanishadilar. 3-sinfdan boshlab o‘rganiladiganbirliklarning xossalari murakkablashib
boradi: asr, sekund, gramm, tonna, sentiner. Misollarniyechish jarayonida ular baho,
qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorliktushunchalaribilan tanishadilar.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zarobog‘liq,
ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam»
tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak.
Muhokama va natijalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
230
ISSN:3030-3613
O‘quvchilarda miqdorlar va vaqt tushunchasiga oid bilimlarni shakllantirishda
hayotiy misollarning va tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati juda katta xisoblanadi.
Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklarini
taqqoslash, qo‘shish, ayirishmumkin. Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o‘lchash,
taqsim qilishi, qadrlasho‘quvi bilanbog‘liq. Vaqt uzluksiz o‘tadi, uni to‘xtatish ham,
qaytarish ham mumkin emas. Vaqt oraliqlario‘lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan
vaqt oralig‘idan bir martagina foydalanish mumkin.Shuning uchun vaqt birligi
muntazam ravishda takrorlanuvchi jarayon bo‘lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday
birlik qilib sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut,
soat, sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan,
soat,minut, sekund birliklari kishilar o‘ylab topgan. Kun va tunning almashinishi
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan, yil fasllarining almashinishi Yerning Quyosh
atrofidagi harakati natijasidasodir bo‘ladi. Yer Quyosh atrofida yil deb ataluvchi vaqt
davomida to‘la aylanibchiqadi. Yiltaxminan 365 sutka-yu 6 soatga teng (yil
sekundgacha aniqlikka 365 sutka 5 soat 48minut46sekundnu o‘z ichiga oladi). Har bir
yangi yilning boshlanishi har xil vaqtga to‘g‘ri kelmasligi uchun uchyil ketma-ket365
sutkadan (bu yillar “oddiy” yillar deyiladi). “Kabisa” yili deb atalgan to‘rtinchi yilni
esa366sutka deb hisoblash qabul qilingan. Shunday qilib, kabisa yilda o‘tgan uchta
oddiyyildayig‘ilibqolgan xatolik to‘la to‘g‘rilanadi. Raqamlari yig‘indisi 4 ga
bo‘linadigan yillar kabi fayillar hisoblanadi, masalan, 1948-yil, 1962-yil va hokazo.
Katta aniqlik o‘rnatish maqsadida asriy yillar (1800, 1900, 2000 va hokazo) uchun
maxsus qoida mavjud, ya’ni birinchi ikki raqami 4gakarrali bo‘lgandagina bu yillar
kabisa yil hisoblanishi haqida va shunga o‘xshash ma’lumotlar masalalar yechish
jarayonida berilib borilishi o‘quvchilar kompetentliklarini rivojlantiradi.Birinchi
sinfning tayyorgarlik davridayoq “oldin”, “keyin” tushunchalari kiritiladi.
Masalan,to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan foydalanib, qaysi fasl oldin keladi,
qaysisi keyinkeladi,degan savollarni tushuntirish mumkin. O‘quvchilar 1-sinfdan
boshlab tong, kunduz, kechqurun,tun bugun, kecha, ertaga tushunchalari bilan tanishib
boradilar. Sinfda kalendardan(taqvim)foydalanish, shu asosda hafta, oy, yil kabi
ularning orasidagi bog‘lanishni o‘rganishmumkin.“Vaqt o‘lchovlari” mavzusi
bo‘yicha darslarda odamlar turmushida vaqtningqandayrolo‘ynashini, kichik
chaqaloqligidan keksa bo‘lgunga qadar o‘tgan oraliqdagi odamlarningyoshibo‘yicha
suhbat uyushtirish mumkin. da vaqt o‘lchov birliklarini o‘rganishga doir quyidagi
misol va masalalar keltirilgan: 1-sinf matematika darsligning 2-bob 20-darsi “Hafta.
Hafta kunlari”deb nomlangan bo‘lib o‘quvchilarda oldin, keyin, kecha, bugun, ertaga,
hafta kunlari kabi tushunchalarni shakllantirishga asoslangan. Bundan tashqari
darslikning boshqa mavzularida ham vaqt tushunchasini rivojlantirishga oid
topshiriqlarni ko‘rishimiz mumkin. 1-masala Bir kunda nechta qovun sotildi? Bu
masalada o‘quvchilarga kunning ikki qismdan tashkil topganini, ya’ni tushgacha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
231
ISSN:3030-3613
bo‘lganvaqt,hamda tushdan keyingi vaqt haqida tushuntirib o‘tiladi. Tushdan keying
sotilgan qovunlarsoninitopish uchun tushgacha sotilgan qovunlar sonidan 13 ni ayriladi
va bir kunda nechta qovun sotilganligini topish uchun tushgacha va tushdan keyin
sotilgan qovunlar sonini qo‘shiladi. 2-masala.Nodir Azizga nisbatan maktabga
yaqinroq joyda yashaydi. Ular bir vaqtdauydan chiqib, bir vaqtda maktabga keldi. Kim
tezroq yurgan? 1M.E.Jumayev. Matematika o`qitish metodikasidan praktikum
Toshkent “O`qituvchi” 2004-y.Masalada kim tezroq yurgani so‘raglan, lekin buni
topish uchun o‘quvchilar qancha vaqt yurgan?(uyidan bir vaqtda chiqib maktabga bir
vaqtda kelishgani uchun bir hil vaqt yurgan) kabi savolgajavob topishimiz kerak
bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar vaqt va tezlikgaoidtushunchalarga ega
bo‘lishlarini talab qiladi. Ya’ni bunda o‘quvchilarga tezlik, yo‘l vavaqtorasidagi
bog‘lanishlar tushuntirilishi lozim. 1-2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari”ga oid materiallarni
o‘rganishda bolalar vaqt o‘lchoviningasosiy birliklaridan yil, hafta, sutka, soat, minut
haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.O‘qituvchi o‘quvchilarni vaqtni aniqlashda
soatdan foydalanishga, hodisa qachonboshlangani,qancha davom etgani va oxirini
aniqlashga, tabel kalendardan foydalanishga o‘rgatishi muhim.2-sinf darsligi 2021-yil
nashrida vaqt o‘lchov birliklari va vaqt o‘lchov birliklarini o‘rganishgadoir masalalar
7 bob 14-darsdan boshlab berilgan bo‘lib, uni o‘rganishga o‘quvtaqvimrejabo‘yicha 5
soat ajratilgan. 14-dars “Vaqt va vaqt o‘lchov birliklari” deb nomlangan va
ushbudarsda vaqt, soatning qoidalari, soat turlari, soat mili, minut mili kabi
tushunchalar beribo‘tilgan. 1- masala O‘quvchilarga minut mili va soat milini
tushuntirish uchun mo‘ljallangan.Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Minut mili bir
marta aylanguncha 1 soat vaqt o‘tadi. Minut mili yarim aylanguncha yarim soat vaqt
o‘tadi. Bu holatda minut mili 6 sonini ko‘rsatadi.Berilgan rasmlarga qaraymiz. Uni
yarim deb ataymiz va quyidagi ko‘rinishda yozamiz: 7:30.Agar minut mili (katta qizil
tayoqcha) 6 sonini ko‘rsatib, soat mili( kichik qizil tayoqcha) 7 va 8 sonlari orasida
bo‘lsa, soat 7 dan o‘ttiz miunt o‘tdi yoki 7 yarimbo‘ladi deb aytiladi. Rasmlarga mos
keluvchi vaqtlarni aytamiz. Bu masalada tungi soat va kunduzgi soat aytilishi va
yozilishi orasidagi farqo‘rgatiladi.Chap tomondagi rasmda 22:00, o‘ng tomondagi
rasmda 10:00. Tush vaqtigacha bo‘lganvaqtlar2 M.Jumayev. Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish metodikasi. 1:00 dan boshlanib 12:00 gacha davom etishi, tushdan
keying vaqtlar esa 13:00danto24:00gacha belgilanishini o‘quvchilarga eslatgan holda,
hamda elektron soatlar orqali ko‘rgazmaliravishda yechishga o‘rgatishimiz
mumkin.Kun tartibi bo‘yicha darslikdagi savollar asosida savol-javob qilinadi.
O‘quvchilar savollarga bajaradigan ishlarining vaqtini aytish orqali javob berishadi.
Topshiriqni bajarayotganda vaqtlarning soat, minutlari to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga
e’tibor qaratiladi. Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush
tajribalarining jamlanib borishi jarayonida asta-sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi
dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgachabo‘lgan davrdayoq oladilar. Tun va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_4-to’plam_Iyun-2025
232
ISSN:3030-3613
kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagirejimli vaziyatlarning
takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Adabiyotlar
1.
Bikbayeva N.U., Ridelnikova I.I., Adamboyeva G.A. ”Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish metodikasi”-Toshkent, ”O‘qituvchi” 1996.
2.
M. Jumayev. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasi. Toshkent.
“Bayoz”2022-y.
3.
Matematika 1-sinf [Matn]: darslik / L.O‘rinboyeva [va boshq.]. – Toshkent:
Respublikata‘lim markazi, 2021 – 160 b.
4.
Matematika 2-sinf [Matn]: darslik / L.O‘rinboyeva [va boshq.]. – Toshkent:
Respublikata’lim markazi, 2021. – 192 b. 5. M.E.Jumayev, Matematika oʻqitish
metodikasidan praktikum. Toshkent“O‘qituvchi” 2004