Qon yaratuvchi aʼzolar - odam va hayvonlarda qon va limfa hujayralari hosil
boʻladigan aʼzolar. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda qizil koʻmik, taloq, limfa
tugunlari, ayrisimon bez Qon yaratuvchi aʼzolara. hisoblanadi. Qizil koʻmik asosiy qon
yaratuvchi aʼzo. Qizil koʻmikning hamma toʻqimasi qonning yetilgan hujayra
elementlari bilan toʻla boʻladi. Qizil koʻmikdan farq qilib, sariq koʻmikda yogʻ ham
boʻladi. Koʻmikda eritrotsitlar, leykotsitlarning turli shakllari va trombotsitlar
shakllanadi.