Annotatsiya: Mazkur maqola ketonlar ishtirokida Mannix reaksiyasining
kimyoviy mohiyati, mexanizmi, sintezdagi amaliy ahamiyati va ekologik (yashil
kimyo) yondashuvlar bilan uyg‘unligini tahlil qiladi. Bugungi kunda β-aminoketonlar
— farmatsevtik, biologik faol va polifunksional materiallar sifatida katta ahamiyat
kasb etmoqda. Ayniqsa, Mannix reaksiyasining ekologik toza usullar orqali (suvli
muhitda, erituvchisiz) amalga oshirilishi zamonaviy kimyo uchun dolzarb yo‘nalish
hisoblanadi.