T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
46
ISSN:3030-3613
QIZLARNING OʻSMIRLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK OʻZGARISHLARI
Sharipova Gulnora Xalimovna
Samarqand shahar 43-sonli ayrim fanlar chuqur o'tiladigan
sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
: O‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab
psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha
jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham
o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fizio¬logik
holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat
holatlarda ularda birbiriga qarama-qarshi bo‘lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu
davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning
o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari bu¬tunlay boshqacha
xarakter kasb etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan
shakllanadi, o‘z-o‘zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o‘zgaradi.
Kalit so’zlar
: o’smir , o’tish , xolat , xususiyat , inqiroz , davr , murakkab ,
ruhiyat, psixik jarayonlar.
KIRISH
O‘smirlik davri insonni bolalikdan yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa
davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabrok kechishi bilan farqlanib turuvchi
davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va
11—12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu
davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O‘smirlik davri ayrim
maxsus psixologik adabiyotlarda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi
nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabligi»
nimalar bilan asoslanadi?
O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar shundan iboratki, bola
rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub
o‘zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish
jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir
endokrin sistemasining o‘zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining
funksiyalari faollashadi. Uning old kismidan ajralib chiqadigan garmon organizm
to‘qimalarining o‘sishi va boshqa muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez,
buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning faoliyati o‘smir
organizmida ko‘plab o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi, jumladan bo‘y o‘sishining keskin
tezlashishi (bir yilda o‘g‘il bolalarda 4-5 sm, qizlarda 3-4 sm o‘sishi kuzatiladi), jinsiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
47
ISSN:3030-3613
balog‘atga yetish, jinsiy organlarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning
paydo bo‘lishi amalga oshadi.
Bu jarayon qiz bolalarda 13-15 yoshlarda nisbatan jadal kechadi. Jismoniy
rivojlanish va jinsiy yetilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda
ayrim qizlar 9—10 yoshda, o‘g‘il bolalar esa, 11-12 yoshlarida jinsiy balog‘atga
yetishning ilk bosqichida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘smirlik davrida ichki
sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog‘liq ravishda organizmda keskin o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Ayniqsa, qalqonsi¬mon bez va jinsiy bezlar ajratib chiqaradigan garmonlar
organizmda modda almashinishining katalizatori vazifasini bajaradi. Chunki, endokrin
va nerv sistemalari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, o‘smirlik davri bir
tomondan quvvatning keskin ortishi va ikkinchi tomondan patogen ta’sirlarga o‘ta
sezgirligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun aqliy yoki jismoniy ortiqcha toliqish,
uzoq muddatli asabiy zo‘riqish, effektlar, kuchli salbiy hissiyotlar (qo‘rqish, g‘azab,
xafagarchilik) endokrin buzilishlarga (menstrual siklning vaqtincha buzilishiga) va
nerv sistemasi funksiyasining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday buzilishlar
ta’sirlanuvchanlikning ortishi, o‘zini tuta bilmaslik, parishonxotirlik, ishda
mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi kabilarda namoyon bo‘ladi. O‘smirlik
davrida endokrin va nerv sistemalari faoliyatining bolalik davrida mavjud bo‘lgan
muvozanati buziladi, yangisi esa endigina o‘rnatilayotgan bo‘ladi. Bunday qayta
qurilishlar, albatta, o‘smirning ichki holati, kayfiyati, ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi va
ko‘pincha, uning umumiy noturg‘unligiga, ta’sirlanuvchanligiga, serjahlligiga, harakat
faolligiga, vaqti-vaqti bilan hamma narsalarga befarq bo‘lib qolishi va lanjligiga asos
bo‘ladi.
Bunday holatlarning yuzaga kelishi ko‘pincha, qizlarda menstrual sikl
boshlanishidan bir oz oldinroq yoki sikl davrida ko‘proq kuzatiladi. Jinsiy balog‘atga
yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish o‘smir ruhiyatida yangi psixologik
tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o‘smir uchun
juda sezilarli bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib, ular o‘smirning katta bo‘lganini his
qilishining yuzaga kelishida ob’ektiv manba bo‘lib xizmat qiladi (uning asosida o‘smir
o‘zining kattalarga o‘xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish
boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiyot, tuyg‘ularni
yuzaga keltiradi.
O‘smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati
darajasi ularning o‘smir hayotidagi o‘rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o‘smir
hayotining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari
bilan belgilanadi. Bu o‘rinda o‘smir shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun
mo‘ljallangan kitoblar va kinofilmlar salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bularning
barchasi, shuningdek o‘rtoqlari bi¬lan sevgi va jins muammolari haqida gaplashishlari
o‘smirlarda odamlar munosabatlarining intim jihatlariga ko‘tarinki qiziqishni yuzaga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
48
ISSN:3030-3613
keltirishi, erotik an’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. Har ikkala jins
o‘smirlari uchun bu davrda ilk romantik hislarning yuzaga kelishi «birinchi
muhabbat»ga duch kelishi, birinchi bo‘salarni olish kabilar me’yoriy hol hisoblanadi.
O‘smirlik davrida esa aksincha, o‘smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta
odam». Katta odam esa mustaqil bo‘lishi, o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu
davrda kattalar yordamiga murojaat qilish tengdoshlar tomonidan qoralanadi va buni
o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smirlarga kattalar tomo¬nidan
oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini erkalab,
silab-siypashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan bildiriladigan
olqishlarni «yoqtirmaydilar». Endi ular atrofdagilarni hissiy qo‘llab-quvvatlashlaridan
xoliroq bo‘lishga, o‘z muammolarini o‘zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari
ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib
ota-onasidan yordam so‘ragan bo‘lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki
eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga bildirmaslikka harakat
qiladi va imkon qadar ota-onasi uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi.
O‘smirlik davrining xarakterli jihatlaridan yana biri jinsiy balog‘atga yetish, (qizlarda)
menstrual siklning boshlanishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, men strual sikl bilan shaxs
ruhiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud.
Qizlarda, ayollarda kuzatiladigan menstrual sikl 4 bosqichdan iborat bo‘lib,
o‘rtacha 28 kun davom etadi va bu bosqichlarda shaxs ruhiyatida kuzatiladigan
o‘zgarishlarni shartli ravishda yilning to‘rt faslidagi ob-havo o‘zgarishlariga qiyoslash
mumkin. Jinsiy bezlar estrogen va androgen gormonlarini ajratib chiqaradi. Estrogen
garmonlari odamda ruhiy quvvatni oshiruvchi gormonlar bo‘lsa, androgen gormonlari
aksincha, ruhiy quvvatni yemiruvchi gormon hisoblanadi. Ularning ajralib chiqish
miqdori menstrual sikl¬ning turli bosqichlarida turlicha bo‘ladi. Menstrual sikl
tugagandan keyingi birinchi haftada estrogen garmonlarining ajralib chiqishi ko‘payib
ayol, o‘smir qiz organizmi tabiat xuddi qishdan keyingi bahor kunlarida yangi
kuchlarga to‘lib borgani kabi yashnab-yayrab ruhiy quvvatlarga to‘yinib boradi.
Bu davrda qizlarning o‘z-o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan bo‘lgan
munosabatlari yaxshilanib, ularning o‘ziga ishonchi, o‘zini baholash tuyg‘usi ortib
boradi. Navbatdagi ikkinchi haftani yashash yengil va yoqimli bo‘lgan yoz fasliga
qiyoslash mumkin. Bu davrda androgen miqdori juda kamayib, estrogen eng ko‘p
miqdorda ajralib chiqarila boshlaydi. Odamning ruhiyati ham eng yaxshi darajada
bo‘ladi. Bu bosqichda qizlarning o‘ziga ishonganligi siklning boshqa davrlariga
qaraganda eng yuqori darajada bo‘ladi. Bu kunlar, qizlar uchun eng ko‘p quvvatga,
zavq-shavqqa to‘lgan, atrofdagilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan va o‘z-o‘zini
baholash darajasi ko‘tarilgan vaqtlardir. Davr o‘rtalariga borib optimizm o‘zining eng
yuqori cho‘qqisiga yetadi. Bu «yoz» kunlarida qizlarning atrofdagi¬lar, ayniqsa
qarama-qarshi jins vakillari bilan bo‘ladigan munosabatlari eng a’lo darajada bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
49
ISSN:3030-3613
Tabiatda issiq yoz o‘rnini o‘zining izg‘irin shamollari bilan kuz egallaganidek,
menstrual siklning uchinchi haftasida organizm uchun quvvat manbai bo‘lgan estrogen
miqdori kamayib, androgenning ajralib chiqishi kuchaya boradi. U estrogen ta’sirini
kamaytirib, hayz ko‘rish boshlanishi oldidan ruhiy siqilish holatini yuzaga keltiradi,
organizmni qishga, ya’ni navbatdagi menstruatsiyaga tayyorlaydi.
Bu davrda o‘smir qizlar ruhiyatida tajanglik, jizzakilik, befarqlik, o‘z-o‘ziga
nisbatan ham, atrofdagilarga nis¬batan ham ishonchsizlik ortib boradi. O‘z-o‘zini
baholash darajasi keskin pasayadi. Bu holat qizlarda nafaqat noqulaylik hissini, balki
«Men hech kimga kerak emasman!», «Naqadar xunukman», degan fikrlarni ham
tug‘diradi. Bunday fikr, bunday baho o‘smir qiz uchun qay darajada og‘ir ekanligini
faqat shu holatni boshidan kechirganlargina his qila olishi mumkin. Ayni shu davrda
atrofdagilar, sinfdoshlari, o‘qituvchilar, ota-onalar tomonidan o‘smir qiz shaxsiyatiga
taalluqli bo‘lgan arzimagan gap ham unga o‘ta haqoratdek tuyulishi va fojeali
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holat hafta davomida kuchayib boraveradi.
To‘rtinchi hafta menstruatsiya sikli boshlanganda esa bu holatlar yanada kuchayadi.
Bu davrda o‘smir qizlarning o‘z-o‘zini baholash darajasi nihoyatda pasayib, ular
nafaqat atrofidagilarni, hatto o‘z-o‘zini ham yomon ko‘rib ketadi. O‘zlarini o‘ta
noqulay, o‘ta xunuk, yolg‘iz, hech kimga kerak emas, deb his qiladilar. Ayni shu
vaqtlarda o‘z ruhiyatida, organizmida ro‘y berayotgan bunday o‘zgarishlarning asl
sababi va mohiyatini tushunib yetmagan ayrim o‘smirlar atrofidagilar bilan bo‘ladigan
o‘zaro munosabatlarining buzilishiga, ayrim noxush hodisalarning sodir etilishiga yo‘l
qo‘yishlari mumkin.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘smir organizmida, uning ruhiyatida ro‘y
beradigan bunday tabiiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish, ularning sabablari, kechishi
haqida aniqroq ma’lumotlarga ega bo‘lish «o‘smirlikdek» og‘ir, murakkab davrni
jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta’minlaydi. Buning uchun birinchi navbatda, shu
o‘smirlarning yaqin kishilari, ota-onasi, o‘qituvchilari hozirgi kun o‘smir
psixologiyasi, psixofizilogiyasi masalalariga oid eng zamonaviy ilmiy ma’lumotlardan
xabardor bo‘lishi va o‘smirlar bilan o‘zaro munosabatlarda ulardan o‘rinli foydalana
olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
Jinsiy balog‘atga yetish Jinsiy balog‘atga yetish haqida tushuncha. O‘smirlik
davrida kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy balog‘atga yetishdir. Jinsiy
balog‘atga yetish qanday amalga oshadi? Jinsiy bezlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy
belgilar bola hali ona qornidaligidayoq, paydo bo‘ladi va bola tug‘ilganidan boshlab,
to o‘smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va ularning
funksiyalari bolani rivojlanish jarayonining yaxlitligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Ontogenetik taraqqqiyotning ma’lum bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin
jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi. Jinsiy rivojlanishning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
50
ISSN:3030-3613
tezlashishi jinsiy balog‘atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat hollarda, o‘smirlik
yoshiga to‘g‘ri keladi.
XULOSA
Qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetishishi o‘g‘il bolalarga qaraganda 1-2 yil
ilgarilab ketadi. Jinsiy balog‘atga yetish nisbatan individual xarakterga ega bo‘lib, u
vaqti va tempiga ko‘ra, turli bolalarda turlicha kechishi mumkin. Jinsiy balog‘atga
yetish muddati va uning jadalligi turlicha bulib, u ko‘plab omillarga: salomatlik holati,
ovqatlanish xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq. Bunda
nasliy xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Noqulay maishiy sharoitlar, yetarlicha va
to‘g‘ri ovqatlanmaslik, ularda zarur vitaminlarning yetishmasligi, og‘ir yoki
qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog‘atga yetish davrini kechiktirib yuborishga olib
kelishi mumkin. Odatda, katta shaharlarda o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishishi
qishloq joylardagiga qaraganda, ertaroq amalga oshadi. Jinsiy balog‘atga yetish
davrida gipofiz va qalqonsimon bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida
o‘smirda bo‘y o‘sishi, ikkilamchi jin¬siy belgilarning rivojlanishi, ovozning
o‘zgarishi, muskul kuchlarining ortishi, tananing ayrim qismlarini jun bosishi, ko‘krak
bezlarining rivojlanishi kabilar kuzatiladi. Jinsiy balog‘atga yetish bosqichlari. Jinsiy
balog‘atga yetish tekis kechadigan jarayon emas. U ma’lum bir bosqichlarga bo‘linadi
va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining va butun organizmning o‘ziga xos
funksiyalari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar
majmui bo‘yicha belgilanadi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
ИСАКОВА,
МУЪАЗАМ
ТУЛКИНОВНА.
"СОВРЕМЕННОЕ
ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)." СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
(УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"
Центр инновационных технологий" 8: 45-52.
2.
13.ИСАКОВА, М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН).
СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество
с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий", (8),
45-52.
3.
Закирова М. С. РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В
ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА //ПРОБЛЕМЫ
ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. –2021. – С. 325-331.
4.
Закирова, Мухаббат Сабировна. "РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ
НАРОДНЫХ СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ
РЕБЕНКА." ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ.
2021.