T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
206
ISSN:3030-3613
O'QUVCHILARDA BAYON VA INSHO YOZISH
MALAKALARINI OSHIRISH
Yusupova Nargiza Botirovna
Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi,
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Nutq kishi faoliyatining til vositalari asosida tafakkurini ishga solishdir.
O'quvchilar nutqini o'stirish uchun o'qituvchi o'quvchilar tilining talaffuzi ,lug'ati
bog'lanishli nutqni faol egallashlarida yordam beradigan metod va usullardan
foydalanish kerak.
Bolani kichik yoshdanoq ravon tildа gapirishda , chiroyli so'zlardan foydalanib
fikrini erkin bayon qilishga o'rgatib borish muhim.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchi barcha darslarda nazariy va amaliy bilimlarini
olish bilan jumlani to'g'ri tuzish ,fikrni bayon etish, qayta hikoyalash orqali og'zaki
nutq ko'nikmalari rivojlantirib boriladi .
Ta'lim tizimida yozma ishlarning muhim va murakkab turlaridan biri
inshodir.Inshoga o'quvchining aynan ana shu tafakkur bilan bog'liq mustaqil fikrlash,
taassurotlarni umumlashtirish ,tahlil qilish va xulosalashni ro'yobga chiqaradi.
Insho -arabcha so'zdan olingan bo'lib paydo qilish, yaratmoq, ijod yuzaga
keltirish, yozuv, sochma asar, xat kabir ma'nolarni bildiradi.
O'quvchiga insho yozishni o'rgatishga o'zi yaxshi bilgan narsasi haqida insho
yozishga o'rgatish kerak. Shunda kengroq fikrlab o'rganadi.Masalan :Tabiat
haqida,sevgan hayvoni haqida,yoki sevimli mashg'uloti haqida.
O'quvchilarga insho yozish qoidalarini eslatish kereak:
Tuzilayotgan jumlalar lo'nda va aniq bo'lishi va yozayotganda yuksak
savodxonlik bilan yozish tushuntiriladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari 2-3 sinfdan bayon, 4-sinfdan mustaqil insho yoza
olish malakasiga ega bo'lishlari lozim. Ko'pgina o'quvchilar ertak yoki hikoyadan insho
yozishga qiynaladilar.Ko'p hollarda kitobdan foydalanadilar,ko'chiradilar.
O'quvchini bayon va insho yozishga tayyorlash:
-O'qituvchi matn yoki hikoyani tushunarli qilib o'qib berishi,
-Kitobga berilgan matn yoki ertakni o'quvchiga ovoz chiqarmay o'qitishi,
-Matndagi notanish so'zlar ma'nosini izohlashi,
-Matndagi asosiy mazmunni aniqlash,
-Matn mazmuniga ko'ra qismlarga bo'lish,
-Qisqacha qayta hikoyalash tuzish,
-O'quvchilar bilan birgalikda rejasini tuzish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
207
ISSN:3030-3613
-Hikoya qahramonlari tavsifi ( qahramonlar qanday ishlarni amalga oshirdi,
qahramonni umumiy ko'rinishi )
Oxiridagi xulosa qismini yozishga o'quvchining qahramonga munosabati erkin
fikrlab yozish tushuntiriladi.
O'quvchilarga ana shu tartibda insho yoki bayon yozish singdirilsa ularning
fikrlash qobiliyati keng bo'lib so'z boyligi ham oshib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Aminov M.N ,Majidov A. M,Tarbiya ensiklopediyasi, Ta'lim jarayonida nutq
madaniyatini shakllantirish masalasi.Nutq o'stirish mashg'ulotlari.